Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
O'ZBEKISTONNING YASHIL IQTISODIYOTGA O'TISHI: MUAMMOLAR
VA IMKONIYATLAR
Ruxsora G'ulomova
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Jahonning yirik mamlakatlari qatori bugungi kunda O'zbekistonning ham oldida turgan ekologik muammolarga yechim topish va yashil iqtisodiyotga o'tish bo'yicha sa'y-harakatlarni amalga oshirish zaruratini qo'ymoqda.
Kalit so'zlar: Rejali iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti, Hukumat, Iqtisodiy taraqqiyot va qashshoqlikni qisqartirish vazirligi, atrof-muhit, Yevropa, Markaziy Osiyo, yo'l xaritasi, sog'liqni saqlash, ta'lim, moliya, iqlim o'zgarishi.
АННОТАЦИЯ
Наряду с крупнейшими странами мира Узбекистану сегодня также необходимо найти решение экологических проблем и приложить усилия для перехода к зеленой экономике.
Ключевые слова: Плановая экономика, рыночная экономика, Правительство, Министерство экономического развития и сокращения бедности, окружающая среда, Европа, Центральная Азия, дорожная карта, здравоохранение, образование, финансы, изменение климата.
ABSTRACT
Along with the major countries of the world, today Uzbekistan also needs to find a solution to the environmental problems and make efforts to transition to a green economy.
Keywords: Planned economy, market economy, Government, Ministry of Economic Development and Poverty Reduction, environment, Europe, Central Asia, road map, health, education, finance, climate change.
O'zbekiston barqaror iqtisodiy rivojlanish amaliyotini umumiy iqtisodiy rejalashtirishga integratsiyalashda sezilarli yutuqlarga erishmoqda. O'zbekiston 2016 yildan boshlab rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tishni boshladi. Hukumat iqtisodiyotda yashil yondashuv orqali iqtisodiy transformatsiyani kuchaytirish
225
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
zarurligini tan oldi. Hukumat yanada yaxshiroq va barqaror bo'lgan iqtisodiy rivojlanish modelini yaratish majburiyatini oldi.
Xususan, Prezidentning 2022-yil dekabr oyida imzolangan qarorida bu sohada davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan muayyan islohotlar belgilab berilgan. Yashil iqtisodiyot va yashil o'sish bo'yicha 2030 yilga qadar harakatlar strategiyasi qabul qilindi va u yashil, barqaror va inklyuziv rivojlanishga erishish uchun mavjud ekologik va iqtisodiy muammolarni hal qilish chora-tadbirlarini o'z ichiga oladi.
"Iqtisodiy taraqqiyot va qashshoqlikni qisqartirish" vazirligi hamda boshqa davlat idoralari bilan hamkorlikda tayyorlangan Jahon bankining hisobotida esa mamlakatning yashil iqtisodiyotga o'tishdagi muammolari va imkoniyatlari tahlil qilingan. U eng dolzarb bo'lgan ekologik va boshqa shu turdagi xavflarni aniqlaydi va bu boradagi siyosatga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritishni tavsiya qiladi. Ularning ba'zilari, masalan, energiya samaradorligi bo'yicha chora-tadbirlar va landshaftlarni tiklash dasturlari bir vaqtning o'zida iqtisodiyot va atrof-muhitga foyda keltiradi.
O'zbekistonda tabiiy resurslardan foydalanish va boshqarishni yaxshilashga olib keladi. Mamlakatning tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligi Yevropa Ittifoqi va boshqa o'rtacha daromadli mamlakatlarnikidan ancha past. O'zbekistonda suvdan foydalanish ayniqsa samarasiz bo'moqda. Mamlakatning YaIM birligi uchun energiya iste'moli Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi o'rtacha ko'rsatkichdan qariyb uch barobar, qo'shni Qozog'istondan esa ikki baravar yuqori ekanligini ko'rish mumkin.
Shu bilan birga, shahar va sanoat manbalaridan havoning ifloslanishi shamolning ishi natijasida qumli va bo'ronli kunlarda atmosfera havosiqishloq xo'jaligi yerlarida namning qochishi va o'simliklarning kasallikka chalinishiga sabab bo'lishi bilan kuchaymoqda. Aholining katta qismi muntazam ravishda sog'liq uchun zararli deb hisoblangan havodan nafas olishi natijasida kasalliklar soni ko'payib bu boradagi kasaliklarning yoshi ham qisqarayotganligini ko'rish mumkin. Qishloq xo'jaligi yerlarining foydalanishdan chiqishi (sho'rlanish) natijasida iqtisodiyotga qimmatga tushadi va bu holat o'zaro bog'liq bo'gan ekologik muammolar tufayli yuzaga keladi.
O'zbekiston o'zining yashil ambitsiyalarini ro'yobga chiqarish uchun uch davrga bo'lingan holda ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa muammolarni hal qilishi kerak bo'ladi. Buning uchun quyidagi choralarni ko'rish kerak bo'ladi:
◄ shoshilinch;
226
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
◄ qisqa muddatli;
◄ uzoq muddatli.
Mamlakatning qishloq xo'jaligiga asoslangan iqtisodiyotini va aholi zich joylashgan hududlarda havo sharoitining bosqichma-bosqich yomonlashishini hisobga olgan holda uning eng dolzarb ekologik ustuvor vazifalari sifatida havo sifatini yaxshilash, yer va suvdan barqaror foydalanish bo'ladi. Bunga landshaftni tiklash, suvni samarali boshqarish va havo ifloslanishini kamaytirish choralari orqali erishish mumkin.
Yerdan barqaror tarzda va to'g'ri foydalanish O'zbekistonda kengayishi kerak bo'lgan muhim amaliyotdir. Iqlim o'zgarishlariga sezgir bo'lgan qishloq xo'jaligi amaliyoti yerdan barqaror foydalanishni yanada yaxshilaydi. Uzoq muddatli istiqbolda mamlakat qishloq xo'jaligidan yuqori daromadli deb hisoblangan va baholangan tarmoqlariga (dehqon va fermer xo'jaliklari yerlaridan unumli foydalanish) o'tishni ta'minlasa yuqori natijalarga erishsa bo'ladi. Bu qishloq xo'jaligi ishlarida band bo'lgan ishchi kuchining bir qismini ayniqsa, ayollar va yoshlarni qayta tayyorlashni talab qiladi.
Suv narxini belgilash va sug'orish uchun investitsiyalar jalb qilish orqali suvdan foydalanish samaradorligini oshirish eng muhim vazifa bo'lishi kerak. Suvdan foydalanishga ma'lum bir darajadagi cheklovlar kiritish orqali behuda sarflanyotgan suvni saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo'llash yangi imkoniyatlarni yaratadi. O'zbekistonda kam uglerodli (neft, gaz, ko'mir) energiyaga o'tish va energiya samaradorligini oshirish uchun zarur bo'lgan moliyaviy mablag'larni beradi.
Xalqaro valyuta jamg'armasi va Jahon bankining uglerod (neft, gaz, ko'mir) narxini belgilash vositasi tahlili shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston misolida uglerod (neft, gaz, ko'mir) narxlari yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha bo'lgan qo'shimcha byudjet daromadlarini ta'minlashi mumkin. Bu esa yashil iqtisodiyotli loyihalarni moliyalashtirish yoki uy xo'jaliklariga iqtisodiy ta'sirni yumshatish uchun ishlatilishi mumkin. Bularning barchasi mamlakatning yashil iqtisodiyotga o'tish ta'sirida yuz beradi.
Bundan tashqari, ish o'rinlarini yaratish va tabiiy resurslarni qayta taqsimlash orqali qabul qilingan "yo'l xarita"lari yashil iqtisodiyotga o'tish davridagi ijtimoiy xarajatlarning bir qismini kamaytirishga yordam beradi. Yashil iqtisodiyotga global o'tish ish o'rinlari yaratish va ekologik barqarorlikni ta'minlash uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi va O'zbekiston bu imkoniyatlardan foydalanish uchun qulay sharoitga ega.
227
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
Ish joylarini ham, atrof-muhitga ta'sirini ham optimallashtiradigan sohalarga ya'ni sog'liqni saqlash, ta'lim, moliya va iqlim o'zgarishlariga e'tibor qaratgan holda tog'-kon sanoatini rivojlantirish kerak bo'ladi. Mamlakatning eng yirik bandlik sohasi bo'lgan qishloq xo'jaligi yuqori qo'shimcha qiymatga ega bo'lgan sanoatga o'tish va ekotizim xizmatlari orqali yerdan foydalanishni optimallashtirish orqali yanada ko'proq yashil ish o'rinlari yaratish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga imkon beradi. Bundan tashqari, qayta tiklanadigan energiya manbalari va boshqa innovatsion texnologiyalarga asoslangan holda xuddi shunday yashil potensialga ega bo'lgan tarmoqlarning kengroq ro'yxati keyingi tahlillar asosida rivojlantirishga muhtojdir.
Yashil iqtisodiyotga o'tishning muvaffaqiyatini ta'minlash uchun davlat sektori va yashil iqtisodiyotga asoslangan moliyaviy (ichki va xalqaro investetsiya) sektorni jalb qilish juda muhimdir. Siyosiy qarorlarni qabul qilish orqali moliyaviy tafovutni bartaraf etish va yashil iqtisodiyot sektorlarida yangi ish o'rinlarini yaratish orqali ijtimoiy xarajatlarni ma'lum darajada kamaytirish va ijtimoiy sohalar rivojini xususiy sektorga berish kerak. Bundan tashqari, yashil iqtisodiyot infratuzilmalarini hududlar bo'yicha qayta joylashtirish va eng ko'p zarar ko'rganlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olishi kerak. Ushbu chora-tadbirlar O'zbekiston hukumati tomonidan Jahon banki ko'magida ishlab chiqilayotgan uzoq muddatli "Yashil iqtisodiyotga o'tish" strategiyasining bir qismi bo'lishi mumkin.
Yashil iqisodiyotga ega bo'lish: qiyinchiliklardan imkoniyatlarga. Dunyo yanada barqaror kelajak sari qadam tashlar ekan, O'zbekiston global energetika maqsadlariga erishish, ayniqsa, yuqori energiya va uglerod (neft, gaz, ko'mir) intensivligi bo'yicha jiddiy muammolarga duch kelmoqda. Bu shartlar mamlakatni tashqi savdo siyosati va uglerod yoqilg'ilaridan olinadigan soliqlarining qarshisida zaif holga keltiradi. Biroq, O'zbekiston global miqyosda yashil iqtisodiyotga o'tish va atrof-muhit hamda iqlim o'zgarishlari bo'yicha siyosatini kuchaytirish orqali bu muammoni imkoniyatga aylantirishi mumkin.
Ko'proq mamlakatlar iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda past uglerodli siyosatni qo'llayotganligi sababli, uglerodni ko'p iste'mol qiladigan mahsulotlarga global talab o'rta va uzoq muddatli istiqbolda qisqarishi kutilmoqda. Bu O'zbekistonning ko'p uglerodli yoqilg'ilar (neft, gaz, ko'mir) eksportiga salbiy ta'sir ko'rsatishi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti va boyligiga ta'sir qilishi mumkin. Turli siyosiy senariylarga ko'ra, 2050-yilga borib nafaqat O'zbekistonning tabiiy gazi va nefti, balki uglerodni ko'p iste'mol qiladigan mahsulotlar eksportiga ham ta'sir qilishi
228
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: _Opportunities to Realize Human Potential
mumkin. Jumladan, ko'p uglerodli (neft, gaz, ko'mir) mahsulotlar bo'yicha chegara bojlar narxlari bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi mumkin. Keyinchalik voz kechish ancha qimmatga tushadigan texnologiyalar va tizimlarga bog'lanib qolmaslik uchun O'zbekiston zudlik bilan iqtisodiyotini yashillashtirish jarayonini boshlashi kerak. Yashil maqsadlarga ustuvorlik berish bozor iqtisodiyotiga kengroq o'tishga erishish bo'yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarining ajralmas qismi bo'lishi kerak. Resurs samaradorligini oshirish, yashil bandlik va moliyaviy sektorni rivojlantirish kabi boshqa yashil choralar ham O'zbekistonga qisqa muddatli davrda foyda keltirishi mumkin.
Biroq, mamlakat yashil iqtisodiyotga o'tishning jamiyatga ta'sirini ham hisobga olishi kerak. Yashil iqtisodiyotga asoslangan sektorlarni qo'llab-quvvatlash va uglerod resurslarni (neft, gaz, ko'mir) ko'p talab qiladigan faoliyatdan voz kechish sarmoya va ish o'rinlari yaratish modelini o'zgartirib, g'oliblar va yutqazuvchilarni yaratadi. Eng ko'p zarar ko'rgan jamoalarga yordam ko'rsatish muhimdir. Bu qadriyatlar adolatli iqtisdiyotga o'tishga erishish uchun sa'y-harakatlarni asoslaydi.
Jahon banki O'zbekistonning yashil va inklyuziv o'sishni amalga oshirish borasidagi sa'y-harakatlarini qo'llab-quvvatlash tarafdori. Ekologik siyosat va islohotlarning to'g'ri uyg'unligini qabul qilish orqali mamlakat yashil, barqaror va inklyuziv kelajakning afzalliklaridan foydalanishi mumkin. Yashil iqtisodiyotga global o'tish iqtisodiy o'sish va rivojlanish uchun ko'plab imkoniyatlar ochar ekan, O'zbekiston o'z kelajagini ta'minlash uchun barqaror siyosat olib borishi kerak.
REFERENCES
1. R. Sultonov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari. T.: «Musiqa», 2007.
2. O'zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining ma'ruzalari. T.: «O'qituvchi», 2001.
3. Shodimetov Yu. Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T.: «O'qituvchi». 1994.
4. Holmo'minov J. Ekologiya va qonun. T.: «Adolat», 2000.
5. Egamberdiyev R., Eshchonov R. Ekologiya asoslari. T.: «Zar qalam», 2004.
6. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T.: «O'zbekiston», 2003.
7. Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. T.: «Yangi asr avlodi», 2006.
8. Buriyevna, G. U. R. (2024). STUDY OF SOCIO-ECOLOGICAL POLITICAL ISSUES IN THE CONTEXT OF ECOLOGICAL GLOBALIZATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 12(2), 336-338.
229