Научная статья на тему '"O'ZBEKISTON TARIXI" FANIDAN TALABALARNING IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA STRATEGIYALARI'

"O'ZBEKISTON TARIXI" FANIDAN TALABALARNING IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA STRATEGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
3
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / ijtimoiy faol fuqarolik komptensiyasi / taraqqiyot / sifatli ta’lim / tarix / ajdodlar merosi / mafkura / dunyoqarash / ta’lim yondashuvlari / strategiya. / компетентность / социально активная гражданская компетентность / развитие / качественное образование / история / наследие предков / идеология / мировоззрение / образовательные подходы / стратегия / общество.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — A.T. Teshayev

oliy ta’limda talabalarga yurtimiz tarixini puxta o‘rganish, yoshlarni milliy mafkuramizga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash, xalqimizning boy tarixi, ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarni o‘rganish, ilmiylikka asoslangan yaxlit konsepsiya yaratish zaruratini yuzaga keltirib, tarix fani siyosat bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘zining ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasiga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES AND STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CIVIC COMPETENCE OF STUDENTS IN THE SUBJECT "HISTORY OF UZBEKISTAN"

в высшем образовании необходимо дать возможность студентам досконально изучить историю нашей страны, воспитать молодежь как граждан, верных национальной идеологии, изучить богатую историю нашего народа, жизненный опыт наших предков, уникальные рукописи, вобравшие в себя религиозные, нравственные, научные взгляды, создать целостную концепцию, основанную на научности. имеет общественно активную гражданскую позицию.

Текст научной работы на тему «"O'ZBEKISTON TARIXI" FANIDAN TALABALARNING IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI VA STRATEGIYALARI»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© A.T. Teshayev1^_

1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: oliy ta'limda talabalarga yurtimiz tarixini puxta o'rganish, yoshlarni milliy mafkuramizga sodiq fuqaro sifatida tarbiyalash, xalqimizning boy tarixi, ota-bobolarimizning asrlar davomida to'plangan hayotiy tajribalari, diniy, ahloqiy, ilmiy qarashlarini o'zida mujassam etgan nodir qo'lyozmalarni o'rganish, ilmiylikka asoslangan yaxlit konsepsiya yaratish zaruratini yuzaga keltirib, tarix fani siyosat bilan o'zaro aloqadorlikda o'zining ijtimoiy faol fuqarolik pozitsiyasiga ega.

MAQSAD: "O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish orqali talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda fanning imkoniyatlari, ta'lim tamoyillari va pedagogik yondashuvlardan foydalanish usullari, ta'lim jarayoni samaradorligini ta'minlovchi pedagogik qonuniyatlariga asoslanib talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish

MATERiALLAR VA METODLAR: tadqiqotda falsafiy, tarixiy, pedagogik, metodik, psixologik va pedagogikaga oid adabiyotlarni o'rganish, suhbat, pedagogik kuzatish, so'rovnoma, diagnostika, pedagogik tajriba-sinovdan foydalanildi. Nazariy qarashlar, tadqiqot usullari va yondashuvlar rasmiy manbalardan olinganligi, pedagogik ta'lim sohasidagi respublika va xorijiy davlat tadqiqotlariga asoslanganligi; ilmiy maqola, respublika va xalqaro konferensiyalarda sinovdan o'tkazilganligi xulosalarning tahlil qilinganligi bilan belgilanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: "O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish orqali talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish o'ziga xos talab va tamoyillar asosida amalga oshirilib, bunda pedagogik yondashuvlarni samarali qo'llash, ta'lim tamoyillari, strategiyalari, pedagogik g'oyalar, jamiyat taraqqiyoti va rivojida o'z o'rni, mavqeyiga ega ijtimoiy faol fuqarolarni tayyorlash mavzuning metodologik asosini tashkil etadi.

XULOSA: kuchli jamiyat qurishda hayotiy ko'nikmalarga ega, yuqori bilim va tafakkuri rivojlangan yoshlarga bog'liq bo'lib, ularning faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish orqali hayoti davomida kechayotgan islohotlarda faol ishtirok etishi va kelajak istiqbolini o'zi belgilab olishiga o'rgatish bugungi ta'lim oldida turgan muhim shartlardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: kompetensiya, ijtimoiy faol fuqarolik komptensiyasi, taraqqiyot, sifatli ta'lim, tarix, ajdodlar merosi, mafkura, dunyoqarash, ta'lim yondashuvlari, strategiya.

Iqtibos uchun: Teshayev A.T. "O'zbekiston tarixi" fanidan talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish tamoyillari va strategiyalari. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). B. 173-184.

ПРИНЦИПЫ И СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНО АКТИВНОЙ

ГРАЖДАНСКОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ ПО ПРЕДМЕТУ "ИСТОРИЯ

УЗБЕКИСТАНА"_

© А.Т. Тешаев1Н

1 Бухарский государственный университет, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в высшем образовании необходимо дать возможность студентам досконально изучить историю нашей страны, воспитать молодежь как граждан, верных национальной идеологии, изучить богатую историю нашего народа, жизненный опыт наших предков, уникальные рукописи, вобравшие в себя религиозные, нравственные, научные взгляды, создать целостную концепцию, основанную на научности. имеет общественно активную гражданскую позицию.

ЦЕЛЬ: совершенствование методики преподавания предмета "История Узбекистана" развитие социально активной гражданской компетенции у студентов на основе возможностей науки, принципов образования и методов использования педагогических подходов, педагогических закономерностей, обеспечивающих эффективность образовательного процесса

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовано изучение философской, исторической, педагогической, методической, психолого-педагогической литературы, беседа, педагогическое наблюдение, анкетирование, диагностика, педагогический эксперимент-тестирование. Тот факт, что теоретические взгляды, методы исследования и подходы заимствованы из официальных источников, основаны на республиканских и зарубежных государственных исследованиях в области педагогического образования; что научная статья проверена на республиканских и международных конференциях, определяется анализом выводов.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: развитие социально активной гражданской компетенции у студентов посредством преподавания предмета "История Узбекистана" осуществляется на основе конкретных требований и принципов, использование образовательных принципов, стратегий, педагогических идей, подготовка социально активных граждан, имеющих свое место, положение в развитии и развитии общества, составляет методологическую основу темы.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: одним из важнейших условий, стоящих перед сегодняшним образованием, является обучение молодых людей, обладающих жизненными навыками, знаниями и развитым мышлением, активному участию в реформах, проводимых на протяжении всей их жизни, и самоопределению будущей перспективы посредством развития активной гражданской компетенции.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

Ключевые I слова: компетентность, социально активная гражданская компетентность, развитие, качественное образование, история, наследие предков, идеология, мировоззрение, образовательные подходы, стратегия, общество.

Для цитирования: Тешаев А.Т. Принципы и стратегии развития социально активной гражданской компетенции студентов по предмету "История Узбекистана". // Inter education & global study. 2024. № 3(2). С.173-184.

PRINCIPLES AND STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE

CIVIC COMPETENCE OF STUDENTS IN THE SUBJECT "HISTORY OF

UZBEKISTAN"_

© Azizbek T. Teshayev1H

1Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in higher education, it is necessary to give students the opportunity to thoroughly study the history of our country, to educate young people as citizens faithful to the national ideology, to study the rich history of our people, the life experience of our ancestors, unique manuscripts that incorporate religious, moral, scientific views, to create a holistic concept based on science. He has a socially active civic position.

AIM: to improve the teaching methods of the subject "History of Uzbekistan", the development of socially active civic competence among students based on the possibilities of science, principles of education and methods of using pedagogical approaches, pedagogical patterns that ensure the effectiveness of the educational process

MATERIALS AND METHODS: the study uses the study of philosophical, historical, pedagogical, methodological, psychological and pedagogical literature, conversation, pedagogical observation, questionnaires, diagnostics, pedagogical experiment-testing. The fact that theoretical views, research methods and approaches are borrowed from official sources, based on national and foreign government research in the field of teacher education; that the scientific article has been verified at national and international conferences is determined by the analysis of the conclusions.

DISCUSSION AND RESULTS: the development of socially active civic competence among students through teaching the subject "History of Uzbekistan" is carried out on the basis of specific requirements and principles, while the effective application of pedagogical approaches, the use of educational principles, strategies, pedagogical ideas, the training of socially active citizens who have their place, position in the development and development of society, constitutes a methodological the basis of the theme.

CONCLUSION: one of the most important conditions facing today's education is the training of young people with life skills, high knowledge and developed thinking in building a strong society, active participation in reforms carried out throughout their lives, and self-determination of future prospects through the development of active civic competence.

Key words: competence, socially active civic competence, development, quality education, history, ancestral heritage, ideology, worldview, educational approaches, strategy.

For citation: Azizbek T. Teshayev. (2024) 'Principles and strategies for the development of socially active civic competence of students in the subject "History of Uzbekistan"', Inter education & global study, (3(2)), pp. 173-184. (In Uzbek).

Oliy ta'lim jarayonida fanga oid va hayotiy kompetensiyalarni rivojlantirish - bu talabalarning bilim, ko'nikma va aqliy qobiliyatlarini shakllantirish, ushbu kompetensiyalarni o'rganish va amaliy faoliyatda qo'llash imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan jarayondir. Ta'lim jarayonida belgilangan kompetensiyalarni rivojlantirish uchun zamonaviy ta'lim yondashuvlarini qo'llash o'quv mashg'ulotlarining sifatli va samarali bo'lishini ta'minlaydi. Bunda ta'lim resurslari, metodlari va vositalari integratsiyasi orqali talabalarda o'quv-bilish kompetensiyalari bilan birga shaxsiy - hayotiy sifatlar ham tarkib topib, rivojlantirib boriladi.

"O'zbekiston tarixi" fanini o'qitishda o'rganilayotgan mavzuning zamonaviy nazariyalari va konsepsiyalarini tahlil qilish orqali talabalarga ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasining shaxs va jamiyat uchun zaruriy mohiyati va mazmunini tushunishda muhim rol o'ynaydi [1].

Ayniqsa, "O'zbekiston tarixi" fanini o'rganish sharoitida zamonaviy metodikalar asosida fanga oid tushunchalarni tahlil qilish orqali talabalar faol fuqarolik kompetentsiyasini shakllantirishning asosiy jihatlari, tamoyillari va usullarini o'rganish bilan birga ular jamiyat hayotida samarali ishtirok etishlari va o'zlarida fuqarolik javobgarligini rivojlantirishlari uchun qanday ko'nikma va bilimlar zarurligini o'rganib boradilar.[2] Bu esa, talabalarga ularning ijtimoiy-fuqarolik kompetentsiyasini muvaffaqiyatli rivojlantirib borishlariga yordam beradigan o'qitish metodikasi va dasturlarini takomillashtirib borishga, ushbu sohadagi bilimlarini chuqurlashtirishga, pedagogik ishlarning samarali usullarini ishlab chiqishga, talabalar o'rtasida fuqarolik mas'uliyatini rivojlantirishga hissa qo'shishga yordam beradi. O'zbekiston tarixini o'rganish talabalarga mamlakatning tarixiy rivojlanishi sharoitida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va voqealarni mazmunli ko'rib chiqish, shuningdek, ularning vatanparvarlik tuyg'ulari, fuqarolik va madaniy o'ziga xosligini shakllantirishga, yuritimiz tarixiy o'tmishini yaxshiroq tushunishga, qadrlashga, xalqning madaniy merosi va urf-odatlari to'g'risida ko'proq ma'lumot to'plashga, shuningdek, uning jahon tarixidagi o'rni va rolini chuqurroq anglashga yordam beradi.[3] Shu bilan birga mazkur fanni o'zlashtirish jarayonida talabalar mamlakatimizning madaniy merosi, xalqning madaniy xilma-xilligi, an'analariga chuqur hurmat, bag'rikenglik, boshqa xalq madaniyatiga hurmat va millatlararo dunyoqarashga ega bo'ladilar.

Tadqiqot ishimiz davomida "O'zbekiston tarixi" fanidan talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish maqsadida fanni o'qitish metodikasini ta'lim ehtiyojlari va integratsiyasini hisobga olgan holda takomillashtirishda bir qator yo'nalishlarni e'tiborga olishni lozim topdik (1-jadvalga qarang).

1-jadval.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

O'zbekiston tarixi fanini o'qitish metodikasini takomollashtirish __yo'nalishlari_

№ Yo'nalishlar Mazmuni

1 Faol fuqarolik kompetentsiyasining zamonaviy nazariyalari va tushunchalarini tahlil qilish Turli xil ta'lim nazariyalari va tushunchalarini, faol fuqarolik pozitsiyasini, ijtimoiy mas'uliyatni va talabalarning ijtimoiy-fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishda muhim bo'lgan jihatlarini o'rganish

2 O'zbekistonning tarixiy jihatlarini o'rganish O'zbekistondagi tarixiy voqealar, davrlar va shaxslar фаолиятини tahlil qilish, mamlakatning o'ziga xos xususiyatlarini, uning tarixiy merosini va zamonaviy ijtimoiy muhitni shakllantirishga ta'sirini tushunish

3 Pedagogik metodika va yondashuvlarni ishlab chiqish "O'zbekiston tarixi"fanidan talabalar o'rtasida ijtimoiy-fuqarolik kompetentsiyasini samarali shakllantirishga yordam beradigan yangi pedagogik metodika, o'quv materiallari, faol ta'lim shakllari va usullarini ishlab chiqish

4 Empirik tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar O'zbekiston tarixi kontekstida o'qitish samaradorligini oshirish va fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha empirik tadqiqotlar, talabalar so'rovlari, o'quv jarayonini kuzatish va amaliy tavsiyalar berish

Mavzu bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimiz, o'zbekiston tarixi fanini o'qitish metodikasini faol fuqarolik kompetentsiyasining zamonaviy nazariyalari va tushunchalarini tahlil qilish; O'zbekistonning tarixiy jihatlarini o'rganish; Pedagogik metodika va yondashuvlarni ishlab chiqish; empirik tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar berish yo'nalishlarini takomollashtirish talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi. O'zbekiston tarixi fanini o'qitish metodikasini takomillashtirish zamonaviy ta'lim jarayonida yangicha yondashuv va usullarni taklif qilishga yordam beradigan muhim tadqiqotlardan biri sifatida yoshlarda hayotiy ko'nikmalarni tarkib topish imkoniyatlarini kengaytiradi.[1]

O'zbekiston tarixi fanini o'qitish jarayonida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning o'ziga xos pedagogik tamoyillari mavjud bo'lib, ushbu tamoyillar real ijtimoiy jamiyat qonunlariga asoslangan holda belgilanadi. Jumladan, fan dasturidagi mavzular va uning mazmunini fuqarolik tushunchasi haqida to'liq bilimlarga ega bo'lish hamda uni anglashni ta'minlashga qaratilgan ilmiy - nazariy ma'lumotlar bilan kengaytirish;O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini o'rganishga alohida e'tibor qaratish; fan doirasida talabalarning ma'naviy-ma'rifiy rivojlanishlarini ta'minlashga oid tadbirlarni amalga oshirish; fan o'qituvchisining fuqarolik masalalari bo'yicha malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish; fanni rivojlantirishga oid innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash va yangi g'oyalarni tavsiya etish; talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda kerakli ta'lim resurslari va texnologiyalaridan maqsadli foydalanish; fanni o'qitish jarayonida talabalarga qonunchilik va normativ hujjatlarga muvofiq faoliyatlarini yuritishga va unga qat'iy amal qilishga o'rgatish; talabalarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida kasbiy tajriba almashtirish va ulardan samarali foydalanishga e'tibor qaratish; talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligini rivojlantirishda xalqaro tajribalarni o'rganishga oid o'quvlarni tashkil etish kabilar.

Oliy ta'lim jarayonida "O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish orqali talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik ko'nikmasini rivojlantirishga qo'yilgan talablar: jamoa a'zolarining huquqlarini muhofaza qilish va ularni kengaytirish; ijtimoiy muammolarni o'rganish va ularni muhokama qilish; ishbilarmonlikni tashkil etish va jamoaning ichki holatini yaxshilash; jismoniy va ma'naviy sog'lom muhitni saqlashga oid tadbirlarni amalga oshirish; ijtimoiy faoliyatlarda demokratiya va inkluzivlik prinsiplariga amal qilish; tadbirkorlik, innovatsiya, va ijtimoiy muammolarni o'rganish uchun treninglar va seminarlar tashkil etish; jamoa a'zolarida fuqarolik kompetensiyasini oshirishga ko'maklashuvchi dasturlarni yaratish; ijtimoiy faoliyatlarda qonunchilik va adolatlik prinsiplariga amal qilish; talabalarda ehtiyojlar asosida fuqarolik ko'nikmasini yangilab borish va o'zlashtirish uchun uzluksiz o'z-o'zini rivojlantirishni amalga oshirish; yuqoridagi kabi talablarga rioya qilish asosida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik ko'nikmasini rivojlantirish ijobiy natijadorlikni ta'minlaydi.

Bundan tashqari "O'zbekiston tarixi" fanini o'zlashtirish orqali talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish vazifasi quyidaga bir qator pedagogik qonuniyatlar asosida amalga oshirilishini maqsadga muvofiq deb, hisoblaymiz (2-jadvalga qarang).

2-jadval

"O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish asosida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik

kompetentli kni rivojlantirishning pedagogik qonuniyatlari

№ Pedagogik qonuniyatlar Mazmuni

1 Faol ishtirok Talabalarga jamoat ishlarida faol ishtirok etish, o'z shaxsiy sifatlarini milliy qadriyatlar asosida doimiy rivojlantirishga o'rgatib borish.

2 Qonun va adolat Talabalarga faol fuqarolik mavzusida yangi, qo'shimcha ma'lumotlar berish va jamiyat qonun-qoidalarini bilish, ularga qat'iy amal qilishga oid dastur, loyihalarda ishtirok etishlarini ta'minlash.

3 Tadbirkorlik Talabalarda faollik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, va o'zaro ishonch ko'nikmalarini rivojlantiruvchi tadbirlarni tashkil etish.

4 Innovatsiya Talabalarga yangi g'oyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash, ularning mohiyatini o'rganishlari uchun imkoniyatlar yaratish.

5 Tarbiya Talabalarning ma'naviy-jismoniy salomatligini asrash orqali ularni ijtimoiy foydali mehnat va tadbirkorlikka yo'naltirish.

6 Treninglar Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan seminar - treninglar tashkil etish.

7 Media ta'lim vositalaridan foydalanish Ta'lim-tarbiya jarayonida media vositalardan foydalanish tizimini yo'lga qo'yish orqali tlabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirish.

8 Uzluksiz ta'lim olish, o'z-o'zini rivojlantirish Talabalarning fuqarolik kompetensiyasini oshirishga hamda ko'nikmaning samaradorligini tekshirish uchun o'rganish va bosqichma-bosqich rivojlantirish ishlarini amalga oshirish.

Ushbu pedagogik qonuniyatlar "O'zbekiston tarixi" fanidan talabalarda ijtimoiy fao

fuqarolik ko'nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratadi. Ya'ni, faol ishtirok, qonun va adolat, tadbirkorlik, innovatsiya, tarbiya, trening, media ta'lim, uzluksiz ta'lim olish va o'z-o'zini rivojlantirish kabi pedagogik qonuniyatlarga amal qilib, nostandart o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish belgilangan maqsadlarga erishish samaradorligini oshiradi.

O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish metodikasini dars mashg'ulotlarida innovatsion, akmeologik, aksiologik yondashuvlar asosida takomillashtirish ham fanni o'rganish sifatini

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

oshirib, talabalarning ijodkorligi, mustaqil fikrlash va o'z fikrini erkin bayon etish, jamiyatda yuz berayotgan voqea va hodisalarga o'z munosabatini bildira olish kabi sifatlarini oshiradi

yo'naltirilgan ta'lim yondashuvlari

"O'zbekiston tarixi" fanini akmeologik yondashuv asosida o'qitishda talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish ma'naviy va ishbilarmonlik xususiyatlarini o'z ichiga olib, insonga motivatsion ta'sir qilishni nazarda tutadi. Bilamizki, akmeologiya insonning yetuklik davridagi rivojlanishning yuqori darajaga erishgandagi rivojlanish hodisalari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganuvchi fan sohasi bo'lib, uning mazmuni katta yoshli inson rivojlanishi xaqidagi fan sifatida qo'llaniladi.

Tarix fanini o'qitishda akmeologik yondashuvdan foydalanish talabalarning kasbiy faoliyat va o'z hayotini o'zi belgilash, o'z-o'zini rivojlantirish va ijodkorlik qobiliyati, fuqaro sifatidagi jamiyatdagi o'rni va uning subyekt sifatidagi ta'siri, shaxsiy rivojlanishidagi izchillik va mukammallik cho'qqisiga intilishi, shaxsiy, kasbiy va fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirish, takomillashtirish qobiliyatlari darajasini belgilashga yordam beradi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalarga "O'zbekiston tarixi" fanini innovatsion yondashuvlar asosida o'qitish avvalo, darsda ilm-fan va texnika yutuqlarini keng qo'llagan holda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni tezkor joriy etib, ta'limning sifati va samaradorligini oshirish, dars jarayoni mazmundorligini ta'minlash hamda davlat va jamiyat hayotidagi mavjud barcha sohalarda yoshlar ishtirokini keng jalb etgan holda, yangidan-yangi ijodiy izlanishlar, turli loyihalar yaratish kabi maqsadlarga erishishni nazarda tutadi.

Tarix darslarini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish talabalarga ehtiyojlardan kelib chiqib, yangi g'oyalarni yaratish, o'zaro hamkorlikda bilimlarni egallash, halqaro tajribalarni o'rganish, fuqarolik faoliyatida zarur bo'lgan ko'nikmalarni egallash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni ijodkorlik asosida boyitish, insoniylik va vatanparvarlik ruhida samarali yashash va mehnat qilishga o'rganish kabi fazilatlarga ega bo'lishlarini kafolatlaydi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan darslar (3-jadvalga qarang) mavzuga mos multimedialar, veb-platformalar, mobil ilovalar va interaktiv darsliklar, texnologik vositalar orqali amalga oshirilishi talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga va shu bilan birga talabalarning ma'naviy rivojlanishini tezlashtirish va jamiyat bilan faol hamkorlik hissiyotini yanada kuchaytirish imkoniyatini beradi.

3-jadval

Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirishda innovatsion

Guruh ishlari Rolli o'yinlar Interaktiv darslarni tashkil etish

Ta'lim topshiriqlarini guruhlarda bajarish orqali o'zaro hamkorlikka o'rgatish muammoli ta'lim asosida talabalarda mas'uliyatni o'z zimmasiga olish ko'nikmasini tarkib toptirish dars jarayonida faollikni talab etuvchi usullarni qo'llash orqali talabalarda jamiyatning faol fuqarosiga aylanish imkoniyatini yaratish

Tarix darlarida yuqorid agi pedagogik yondashuvlar va innovatsion ta'lim usullaridan

samarali foydalanish talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik ko'nikmasini yanada oshirib, ularda o'z yurti va xalqi, millati, ajdodlari merosi bilan faxrlanish, ularga sodiq voris bo'lib ulg'ayish, yangi bilimlarni egallash, qalban va ruhan o'z-o'zini rivojlantirish, berilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri foydalanish, oilasi, yaqinlari, do'stlari uchun kerakli va ahamiyatli inson sifatida o'z hayoti va turmush tarzini to'g'ri tanlash, kelajakda yanada mazmunli yashash uchun tinimsiz o'qib, izlanish zarurligini ongli anglashga o'rgatadi. [4]

"O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish jarayonida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish strategiyalarini quyidagi pedagogik tizim asosida ko'rib chiqamiz (4-jadvalga qarang).

4-jadval.

"O'zbekiston tarixi" fanini o'qitishda talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik

kompetentsiyasini rivo lantirish strategiyalarining pedagogik tizim

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

№ Strategiyalar Mazmun

1 Faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirishda "O'zbekiston tarixi" fanining roli O'zbekiston tarixini o'rganishning talabalarning fuqarolik fazilatlarini rivojlantirishga ta'sirini o'rganish: milliy tarix, madaniyat, an'analarni tushunish; fuqarolik o'ziga xosligini shakllantirish

2 Faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirishning zamonaviy usullari va yondashuvlarini tahlil qilish turli pedagogik yondashuvlar, o'yin usullari, interaktiv texnologiyalar va tarixiy manbalar bilan ishlash usullarining samaradorligini baholash

3 Faol fuqarolik kompetentlikni rivojlantirishning ijtimoiy jihatlarini o'rganish: ijtimoiy-madaniy vaziyatning talabalarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga tayyorligiga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlashga, fuqarolik fazilatlarini rivojlantirishga ta'sirini tahlil qilish

4 Faol fuqarolik kompetentlikni shakllantirish strategiyalari va dasturlarini ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish: "O'zbekiston tarixi"fanidan talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan uslubiy tavsiyalar, o'quv qo'llanmalari va dasturlarni yaratish

5 Empirik tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar: ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish strategiyalarining samaradorligini baholash va unga erishishning maqbul usullarini aniqlash uchun so'rovlar, munozaralar, pedagogik tajribalar o'tkazish

"O'zbekiston tarixi" fani mazmunidagi milliy tarixni tushunish, fuqarolikning tarixiy o'ziga xos jihatlarini o'rganish, vatanparvarvarlik tuyg'ularini mustahkamlash, jamiyatdagi

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

barcha sohalarda fuqarolarning faol ishtirokini ta'minlash, tagqidik fikrlashni rivojlantirish, uzluksiz bilim olish va o'z-o'zini rivojlantirish kabi dolzarb masalalar haqidagi ko'nikmalarga ega bo'lish talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi, chunki ularning maqsad va vazifasi, harakatlar g'oyasi, qadriyatlarga asoslanganligi zamirida inson qadri tushunchasi oldingi o'rinda turadi (2-rasmga qarang).

Milliy tarixni tushunish va anglash talabalarga o'z mamlakatining tarixiy o'tmishini tushunish va anglashga yordam beradi, unda milliy o'ziga xoslik tuyg'usini rivojlantiradi.

Fuqarolik tarixiy o'ziga xosligini rivojlantirish talabalarda fuqarolik jamiyatida tarixiy o'ziga xoslik asosida milliy qadriyatlar va an'analarni o'zlashtirishga yordam beradi.

Vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlash talabalarga vatanparvarlik tuyg'ularini, o'z vataniga, uning merosi va madaniyatiga hurmatni rivojlantirishga yordam beradi.

Fuqarolik ishtirokini rivojlantirish talabalarning jamiyat hayotida fuqarolik ishtirokini rivojlantirishga, fuqarolik javobgarligini mustahkamlash va ijtimoiy faollasuvining muhimligini anglashga ko'maklashadi

Tanqidiy fikrlash ko'nikmasini tarkib toptirish talabalarning tanqidiy fikrlashini, tarixiy voqealarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va ma'lumotli qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi

Vatan kelajagi uchun ma'sul bo'lish yoshlarni kelajak hayotda jamiyatda o'z o'rnini topish, uning rivojiga munosib hissa qo'shish, kelajak avlod uchun bebaho boylik qoldirish, namunali oila a'zosi, namunali fuqaro, namunali ishchi xodim kabi sifatlarni o'zida mujassam etishga o'rgatadi

2-rasm. "O'zbekiston tarixi" fani asosida talabalarda fuqarolik ko'nikmasini

rivojlantirish g'oyalari

Tadqiqot doirasida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishning zamonaviy usullari va yondashuvlarini tahlil qilish ta'lim berishda bir qator muhim o'ziga xos jihatlarni o'z ichiga olishi aniqlandi: 1. Fuqarolik kompetentsiyasi nazariyalari va tushunchalarini o'rganish: fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish jarayonining zamonaviy nazariyalari va tushunchalarini tahlil qilish zamonaviy ta'limda qo'llaniladigan asosiy tamoyillar, usullar va yondashuvlarni tushunishga yordam beradi. 2. Fanni o'qitishning metodik samaradorligini baholash: "O'zbekiston tarixi"fanidan talabalar o'rtasida fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishda turli ta'limiy - loyihaviy, noan'anaviy usullar va yondashuvlardan foydalanishni o'rganishni talab etadi. 3. Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy etish: fuqarolik kompetentsiyasini samarali rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalar, onlayn ta'lim, interaktiv platformalar va boshqa interaktiv ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini o'rganish lozim. 4. Fuqarolik kompetentsiyasi sohasidagi tadqiqotlarning amaliy tajribasini tahlil qilish: ilmiy tadqiqotlar natijalarini, pedagogik amaliyotni va fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish sohasidagi boshqa ta'lim muassasalarining tajribasini o'rganish muhim. 5. Yangi metodika va yondashuvlarni ishlab chiqish va sinovdan o'tkazish: talabalarning fuqarolik kompetevakolatlarini samarali

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

rivojlantirish uchun o'z ta'lim dasturlari, o'quv materiallari, o'quv ishlari va boshqa innovatsion usullarni yaratish shart.

Talabalarda faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishning ijtimoiy jihatlarini o'rganish va tahlil qilish fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglash va rivojlantirish uchun muhim hisoblanib, mavzuda belgilangan vazifalarni bajarish davomida mazkur muammoga yechim topishda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozimligi aniqlandi: 1. Ta'lim jarayonida ijtimoiy-madaniy vaziyatning ta'siri: ijtimoiy-madaniy vaziyatning talabalar o'rtasida fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishga ta'sirini tahlil qilish. Fuqarolikni rivojlantirish uchun ijtimoiy muhitning xususiyatlarini o'rganish. 2. Talabalarda fuqarolik javobgarligini o'rgatish: innovatsion ta'lim jarayonida talabalarda fuqarolik javobgarligi ko'nikmasini rivojlantirishni ta'minlovchi ta'lim dasturlari va metodikalarining mavjudligi hamda ularning samaradorligini baholash. Talabalarga ijtimoiy mas'uliyatni o'rgatishning turli yondashuvlarini aniqlash va tahlil qilish. 3. Jamoat institutlarining roli: fuqarolik vakolatlarini rivojlantirishda jamoat institutlarining (ta'lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, jamoat tashkilotlari va boshqalar) rolini o'rganish. 4. Ijtimoiy o'zaro ta'sir va faollik: ijtimoiy o'zaro ta'sir, ijtimoiy hayotda ishtirok etish, jamoat ishlarida faollikning talabalarning fuqarolik kompetentsiyasi darajasiga ta'sirini o'rganish. 5. Empirik tadqiqotlar: talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlanishiga ta'sir qiluvchi ijtimoiy omillar to'g'risida ma'lumot to'plash uchun suhbat, so'rovnomalar, fokus-guruhlar, kuzatuvlar va boshqa usullarni o'tkazish.

"O'zbekiston tarixi" fanidan talabalarning faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, sinovdan o'tkazish o'quv jarayonida muhim rol o'ynaydi va tadqiqot ishining asosiy elementlaridan biri bo'lib hisoblanadi. Bunda biz quyidagi jihatlarga e'tibor qaratishni lozim topdik. 1. Bugungi ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan mavjud yondashuvlarni tahlil qilish: O'zbekiston tarixi asosida fuqarolik kompetentsiyasini shakllantirishning turli usullari va strategiyalarini o'rganish. Talabalarda fuqarolik ko'nikmalarini rivojlantirish uchun ta'limda qo'llaniladigan eng yaxshi amaliyotlarni o'rganish. 2. Pedagogik modellarni ishlab chiqish: "O'zbekiston tarixi"ni o'rganish orqali fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishga yo'naltirilgan innovatsion modellar va o'qitish metodikalarini yaratish. Interfaol o'qitish usullari, o'yin stsenariylari va o'quv loyihalarini amalga oshirish. 3. Amaliy sinov va ko'nikmalarni baholash: talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik ko'nikmasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan strategiya va dasturlarni amaliy sinovdan o'tkazish, ularning fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishda samaradorlik darajasini tahlil qilish va baholash. Natijalarni moslashtirish uchun fikr-mulohazalar va ma'lumotlarni to'plash. 4. Ilmiy xulosalar va tavsiyalar: amaliy tajriba va sinov natijalarini tahlil qilish asosida xulosalar chiqarish. "O'zbekiston tarixi"ni o'rganish asosida fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini takomillashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Hujjatlashtirish va tahlil qilish

v_V

Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasining rivojlantirishni aniqlash

Tavsiyalarni shakllantirish

Amaliy tadqiqotlar: I- J

r > Samaradorlikni baholash J

3-rasm. Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishni

aniqlash bosqichlari

"O'zbekiston tarixi" fanidan talabalarning fuqarolik kompetentsiyasini shakllantirish bo'yicha dissertatsiya ishi doirasida empirik tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar quyidagi bosqichlarni o'z ichiga olishi mumkin (3-rasmga qarang): 1. Ma'lumotlar yig'ish: talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasining hozirgi darajasi, ularning "O'zbekiston tarixi" fanidan olgan bilimlari va yaratgan g'oyalari to'g'risida ma'lumot to'plash maqsadida so'rovnomalar, fokus-guruhlar, intervyular o'tkazish. 2. Natijalarni tahlil qilish: olingan ma'lumotlarni o'rganish va tahlil qilish, talabalar o'rtasida fuqarolik kompetentsiyasini shakllantirishdagi asosiy muammolarni aniqlash. 3. Amaliy tadqiqotlar: "O'zbekiston tarixi" fani asosida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishning turli usullari, strategiyalari va dasturlarini sinab ko'rish maqsadida amaliy pedagogik tajribalar o'tkazish. 4. Samaradorlikni baholash: amaliy tadqiqotlar natijalarini baholash, yangi ta'lim texnologiyalari va dasturlarni joriy etishdan oldingi va keying jarayonda talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasining darajasini taqqoslash. 5. Tavsiyalarni shakllantirish: o 'tkazilgan empirik tadqiqotlar va amaliy test sinovlari natijalari asosida "O'zbekiston tarixi" fanini o'qitish metodikasini innovativ - integrativ asosda takomillashtirish, talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish va o'qitish samaradorligini oshirish bo' yicha ilmiy - amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. 6. Hujjatlashtirish va tahlil qilish: tadqiqotning yakuniy bosqichlari, shu jumladan, natijalarni rasmiylashtirish, ularning ahamiyatini tahlil qilish va ta'lim amaliyotida keyinchalik qo'llash uchun ilmiy - amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Empirik tadqiqotlar va amaliy tavsiyalar nafaqat talabalar o'rtasida ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishning hozirgi holati va samaradorligini baholashga, balki "O'zbekiston tarixi" fanidan o'quv jarayonini takomillashtirish va o'qitish sifatini oshirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar va dasturlarni ishlab chiqishga imkon beradi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. G.Fuzailova. Tarix o'qitish metodikasi va ta'lim texnologiyalari. Darslik.T.-2020. -B.210.

2. A. Sagdiyev, G. Fuzailova, M. Hasanova. Tarix o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. -

Toshkent-2008. -B.24.

3. Quronboev Q.Q "Talabalarning ma'naviy - ijtimoiy faolliklarini rivojiantirishning pedagogik

asoslari (Yoshlar tashkilotlari misolida)": Ped.f.n...diss. - T.: O'zPFITI, 2000 y.

4. Teshayev A. Tarix fanini innovatsion pedagogik texnologiyalar orqali o'qitish. Ta'lim va

innovatsion tadqiqotlar. 2023/7. ISSN 2181-1709 (P) 4 bet

5. Teshayev A. Bo'lajak pedagoglarda tarix fanini o'qitish orqali milliy iftixor tuyg'usini shakillantirish texnologiyalari. Golden brain. ISSN: 2181-4120 volume 1 | issue 26 | 2023

6. Jalalovich, Yadgarov Nodir. "Methods of formation of professional skills of future teachers of drawing through teaching spatially-visual 3d images." International Journal of Early Childhood Special Education 14.8 (2022).

7. Yodgorov N. J. CHIZMACHILIKDA FAZOVIY-VIZUAL 3Д OBRAZLARNING AYRIM PSIXOLOGIK VA PEDAGOGIK JIHATLARI //UMUMINSONIY VA MILLIY QADRIYATLAR: TIL, TA'LIM VA MADANIYAT. - 2022. - Т. 1. - С. 44-48.

8. Yadgarov, Nodir. "Methods of Building Visual 3D Models Based on Descriptive Geometry." Middle European Scientific Bulletin 18 (2021): 242-246.

9. Nodir D. Yadgarov, Taner A§gi, and Ihsan Tokta§. "BiR SANAT VE ZANAAT MUZESi OLARAK OZBEKiSTAN ORTAQAG BUHARA MiMARiSiNDEN YAZLIK SITORA-I MOKHI-KHOSSA SARAYI" Inter education & global study, no. 2, 2024, pp. 25-43. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-25-43

10. Yodgorov, N. J. (2022). Methods of Using "Ar" (Additional Reality) Technology in the Formation of Professional Skills in Future Drawing Teachers. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 2(5), 262-266. Retrieved from https://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/896

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Teshayev Azizbek To'ynor o'g'li, o'qituvchi [Тешаев Азизбек Туйнор угли, педагог],

[Azizbek T. Teshayev, teacher]; manzil: O'zbekiston, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani,

Kalon MFY, 83-uy [адрео: Узбекистан, Бухарская область, Шафиркаской район, Калон

СГМ , 83 дом], [address: Uzbekistan, Bukhara region, Shafirkan district, Kalon, 83th house];

E-mail: azizbek.teshayev.1995@mail.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.