Научная статья на тему 'O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA TORLI-MIZROBLI CHOLG'ULARNING O'RNI'

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA TORLI-MIZROBLI CHOLG'ULARNING O'RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
19
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbek xalq musiqa ijodi / jo’rnavoz / yakkanavoz / torli-mizrobli cholg'ular / ud / tanbur / dutor / rubob / sato.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mirzayev Komiljon Gulomovich

O'zbek xalq musiqa ijodi ko'p asrlik tarixga ega bo'lib, uning shakllanishi va rivojlanishi davomida turli xil cholg'u asboblari o'ziga xos o'rin tutgan. Torli-mizrobli cholg'ular bu asboblar ichida alohida e'tiborga loyiq. Ushbu maqolada O'zbek xalq musiqa ijodida torli-mizrobli cholg'ularning o'rni, ularning tarixi, turli xilligi va ularning xalq musiqasidagi o'ziga xosligi haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA TORLI-MIZROBLI CHOLG'ULARNING O'RNI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIDA TORLI-MIZROBLI CHOLG'ULARNING O'RNI

Mirzayev Komiljon Gulomovich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Milliy qo'shiqchilik kafedrasi professor v.b https://doi.org/10.5281/zenodo.12512265

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 15-June 2024 yil Ma'qullandi: 20- June 2024 yil Nashr qilindi: 24- June 2024 yil

KEY WORDS

O'zbek xalq musiqa ijodi, jo'rnavoz, yakkanavoz, torli-

mizrobli cholg'ular, dutor, rubob, sato..

ud, tanbur,

O'zbek xalq musiqa ijodi ko'p asrlik tarixga ega bo'lib, uning shakllanishi va rivojlanishi davomida turli xil cholg'u asboblari o'ziga xos o'rin tutgan. Torli-mizrobli cholg'ular bu asboblar ichida alohida e'tiborga loyiq. Ushbu maqolada O'zbek xalq musiqa ijodida torli-mizrobli cholg'ularning o'rni, ularning tarixi, turli xilligi va ularning xalq musiqasidagi o'ziga xosligi haqida so'zyuritiladi..

Qadimgi sharq madaniyati bag'rida, o'zbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida o'ziga xos xususiyatlarni, tovush tusini saqlab qoldi. O'ziga xos tuzilishi tufayli chang, nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak, qo'bizlar an'anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi. O'zbek xalq musiqa ijodida torli-mizrobli cholg'ular uzoq tarixga ega. Ushbu cholg'ularning paydo bo'lishi va rivojlanishi O'rta Osiyo hududlaridagi madaniy almashuvlar va savdo yo'llari bilan chambarchas bog'liq. Asrlar davomida bu cholg'ular turli xil xalqaro va mintaqaviy ta'sirlar bilan boyib borgan.

O'zbek xalq musiqasida turli xil torli-mizrobli cholg'ular mavjud. Ulardan ba'zilari quyidagilardir:

Ud, tanbur, rubob musulmon olarnining yetakchi cholg'u asboblari hisoblanadi. O'tmish musiqiy risolalarida mumtoz musiqaning parda tuzilmalarining nazariy va amaliy asoslari aynan ud va tanbur asbobining tovush tizimi yordamida tushuntiriladi.

Butun dunyoga mashhur ud cholg'usining nomi u tayyorlanadigan ashyo (shifobaxsh va xushbo'y modda ajratib olinadigan) noyob ud (shamshod) daraxti bilan bog'liq. Musulmon mamlakatlaridagi ud, Xitoyda - piypo, Ovrupada lyutnya (arabcha "al-ud" so'zidan olingan) nomi bilan mashhur sozning kelib chiqish tarixi islom dini paydo bo'lishidan ancha oldin rivojlana boshlagan.

Ud- torli-mizrobli qadiy musiqa asbobi. Arab, turk, fors, Kavkaz (ozarbayjon, arman) va Markaziy Osiyo (o'zbek, tojik) xalqlarida keng qo'llaniladi. Katta, noksimon va yupqa qopqokli kosaxona, kalta va enli dastaga ega. Tovushi yumshoq va mayin. Uding dastlab 4 tori bo'lganligi, Ziryob ismli (9-asr) sozanda (ayrim manbalarda Forobiy) tomonidan 5 tor qo'shilganligi ma'lum. Hozirda qo'llaniladigan Ud pardasiz va 11 torli. Ulardan 5 tasi juft torlardan, pastki tori bitta bo'ladi. Ud asosan, jo'rnavoz (mumtoz musiqa ansambllari) va yakkanavoz soz sifatida qo'llaniladi.

Tanbur- asosan professional musiqachilar ishlatadigan yangroq ovozli sozlardan bo'lib,

o'yma kosasi yo'g'on va uzun dastasi bilan birga yaxlit tut yog'ochidan yasaladi; umumiy uz. 110—130 sm. Kosasining qopqog'i, ko'pincha, yupqa yog'och taxtachadan qilinadi, unda rezonator teshikchalari bor. Pay ip bilan bog'langan 16—19 pardasi bo'lib, oltinchisi, odatda, ijro etiladigan asarning ladtonallik xususiyatiga ko'ra yuqori yoki pastga surib qo'yiladi. Kosa qapqog'ida cho'pdan yana 4 ta xas pardasi bo'ladi. Tanburning 3 ta toridan birinchisi (yuqoridan) asosiy, 2 tasi yordamchidir; birinchisi va uchinchisi unisonga, ikkinchisi ularga nisbatan kvarta, ba'zan kvinta yoki sekunda past sozlanadi. Tanbur qo'lning ko'rsatkich barmog'iga kiyiladigan noxun bilan turli uslubda (torlarni yuqoridan va pastdan urib) chalinadi. Tanbur O'zbekistonda boshqa torli chertma sozlardan farqli o'laroq, diatonik tovushqatorga ega. tanburning torlari uzun va ingichka, pardalari yo'g'on (diametri 3 mm gacha) bo'lganligidan torni turlicha kuch bilan bosib, tovush balandligini yarim tongacha o'zgartirish mumkin. Mazkur yo'l bilan tanburda kuylarga o'ziga xos tebratma sayqal, nolalar beriladi. tanburning o'ziga xos nozik va ta'sirchan ovozi, keng diapazoni tufayli maqom ijrosida asosiy yakkanavoz va (vokal qismlarda) jo'rnavoz soz hisoblanadi.

"Tanbur" so'zining etimologik ma'nosi xaqida turli talqinlar mavjud. Shulardan biriga ko'ra u ikki ildizdan tashkil topadi: "tan" va "bur". "Tan" tana ma'nosini, "bur" esa "buridan"-"kesish"- fe'lining buyruq maylidir. Odatda bu so'z: "yurakni tirnovchi" ma'nosi deb tushuntiriladi. Professor Fitratning "O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi" kitobida aytilgan boshqa bir taxmin bo'yicha, "tanbur" hozirda ma'lum bo'lgan o'zbek musiqa cholg'usi -do'mbiraning o'zgargan shaklidir.

Do'mbira va tanbur o'z shakllanishining dastlabki bosqichlarida bir-biri bilan juda yaqin aloqada bo'lgan bo'lsa-da, keyingi taqdiri turli musiqa an'analariga muvofiqligi tufayli ularning yo'llari ajralib ketdi. Hozirda o'zbek do'mbirasi baxshilar san'ati bilan bog'liq cholg'uga aylandi. Bunda u faqat bir - "ichki ovoz" uslubidagi (o'ziga xos tomoqdan aytish) dostonchilik va termalar (syujetsiz xarakterdagi ashula kupletlari) ijro etishda ishlatiladi.

Fitrat tanbur tarixi haqidagi fikrlarida, qaysidir bir shayboniy sozandasi Mahmud unga uchinchi tor qo'shgani va bu cholg'u "setor" (uchtor)ga aylangani haqida yozadi. Setor munosabati bilan tanburning yana bir nomi - "sato" haqida aytib o'tish zarur. Hozirgi kunda ham o'zbek sozandalari tanburni kamon bilan ijro etib, uni "sato" deb nomlaydilar va mustaqil cholg'u sifatida ajratadilar. Sato - "setor" so'zining uyg'urcha talaffuzidan boshqa narsa emas, albatta.

Akustik jihatlari nuqtai-nazaridan tanburning yumshoq va yoqimli sadolari, ko'krakdan taraladigan keng ko'lamdagi tenor ovoziga o'xshab ketadi. tanbur maqomlarning o'ta murakkab lad tizimini amalga oshirish uchun barcha zarur tovush imkoniyatlarini o'zida mujassamlashtirgan. Tanbur Shashmaqom parda tizimining kaliti deb hisoblanishi ham bejiz emas. Maqom cholg'uchiligida tanburlarning uch va to'rt torli turlari qo'llaniladi. Ustozlarning fikricha, uch torli tanbur qo'shiqqa jo'r bo'lish, to'rt torli esa cholg'u ijrochiligi uchun mos va qulay hisoblanadi.

Tanbur tovushqatori uch oktavaga yaqin oraliqni qamrab oladi: kichik oktava "sol"dan -uchinchi oktava "mi" - "fa"gacha. Bu o'sha yuksak darajada ixtisoslashgan ashulachilikdagi tovush maydoni va Turk, Zebo pari, Muhayyar kabi maxsus avjlari bilan to'ldirilgan Shashmaqom parda tizimining amaldagi diapazonidir. Tanburning mukammalligi ana shu keng tovush hajmida barcha joyi (tabaqa - registrlar)da bir tekis sadolanishidadir.

Dutor- ko'rinishdan do'mbiraga o'xshagan, ammo o'z ijrochilik imkoniyatlari hamda

tasviriy vositalari bilan undan tubdan farq qilib turadigan faqatgina havaskor xalq ijrochilari uchungina emas, balki mohir professional sozandalar ijro qiladigan qadimiy cholg'u asboblardan biridir. Noksimoi kosaxonasi o'yma yoki qovurg'ali bo'lib, unga yopishtirilgan nisbatan uzun va ingichka dastasiga yapqa qopqoq yopishtirilgan. Kosaxonaga o'rnashtirilgan nisbatan uzun dastasida esa qo'shpay yoka ipak torlardan ikki o'rama qilib bog'langan pardalar mavjud. Odatda, pardalari 13 ta bo'lib, ular ikki oktavadan ortiqroq diapazonli to'la xromatik bo'lmagan tovushqator hosil qiladi. Dutorning ikkita ipak tori kvarta, kvinta yoki unison (oktava) ga sozlanadi. Dutorda ham asosiy ijro usuli do'mbirada bo'lganidek tirnamadir. Ayni vaqtda dutor ishlatiladigan shtrixlarga boyligi, o'ng qo'l barmoqlari hamda panjani ishlatishdagi uslublarning rang-barangligi bilan ajralib turadi.

Oldinlari Xorazm mumtoz musiqasining bosh cholg'usi va "kaliti" dutor bo'lgan. Dutor tabiatan "xonaki" (kamer) sadolanuvchi cholg'u. Bunday deyishimizga uning barcha sifatlari to'g'ri keladi: barmoq uchi bilan ohista chalish, to'g'rirog'i nozik sado beruvchi ipak torlarni qo'lda yumshoq "silab" tovush chiqarish. Tanbur esa dutorga nisbatan ochiqroq va yorqinroq sadoga ega bo'lgan cholg'u.

Afg'on rubobi (Buxoro yoki tojik rubobi deb ham yuritiladi) o'ziga xos shaklga ega bo'lib, chertib chalinadigan noxunli cholg'u asbobdir. Usti teri bilan qoplangan katta va chuqur o'yma. korpusining toraytirilgan yon tomonlaridan yuqori qismiga yupqa qopqoq yelimlangandir. Odatda korpus bilan bir butun yo'niladigan yo'g'on dastasida ichakdan atigi 4 parda bog'langan bo'lib, qolganlarining yog'och qopqog'i ustiga cho'p qalarnchalar yopishtiriladi. Odatda, rubob, 5 ta chalinadigan asosiy paytor (shu jumladan, unison sozlanadigan 1-2, 3-4 qo'sh torlar) hamda yon quloq(go'shak) larga tortiladigan 10-11 ta aks sado beruvchi sim torlarga ega bo'lib, asosiy kuychan torlar o'zaro kvartaga sozlansa, aks sado beruvchi simlar pog'onama-pog'ana ko'tariluvchi sekundalarni tashkil etadi. Diapazona ikki oktava doirasida bo'lganiga qaramay afg'on rubobi deyarli professional xalq sozandalari yakkanavoz soz hamda ansambl sostavida O'zbekistonniig, asosan, Buxoro shahrida ishlatiladi.

XX asrning 40-yillarning oxiri 50-yillarning boshlanishi davlat ta'limi sohasida xalq cholg'u asboblarida yangi ijrochilik yo'nalishini joriy etish vaqtiga to'g'ri keldi. Boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim tizimida o'zbek milliy cholg'u asboblari (tanbur, dutor, g'ijjak, nay, chang va boshqalar)da ko'proq ovro'po, rus va o'zbek kompozitorlarining asarlarini ijro etish birinchi navbatdagi vazifa etib qo'yilgan edi. Ana shu jarayonda qashqar rubobi eng ko'p qo'llaniladigan milliy asboblar qatoridan o'rin tutdi.

Qashqar rubobi- yarim doyra shaklidagi dumaloq o'yma kosaxonasining usti teri bilan qoplangan bo'lib, uning yo'g'on va uzun dasta o'rnatiladigan qismi yon tomonlaridai chiqib turadigan ikkita yog'och shoxchalari ushbu cholg'uning xarakterli belgisi sifatida ko'zga tashlanadi. Qashqar rubobi torlarining soni beshta: uchtasi ipakdan (yoki paydan), ikkitasi simdan (hozirgi paytda hammasi har xil yo'g'onlikdagi simdan)dir. Ular kvarta-kvintaga sozlanadi. Rubob dastasiga uch oktava hajmidaga to'la xromatik tovushqator hosil qiladigan 19—23 ingichka pay parda bog'langan (hozir esa deyarli hammasiiiig dastasi ust qismiga metall qalarnchalar yopishtirilgan) bo'ladi. Oddiy mediator (noxunak) bilan afg'on rubobidek chalinadi. Rubob o'zbek milliy cholg'u asboblari orasida alohida o'rin egallaydi. U an'anaviy va zamonaviy o'zbek musiqasida keng qo'llaniladi, va uning ahamiyati bir necha jihatdan ajralib turadi. Rubob o'zbek xalqining boy musiqiy merosining ajralmas qismidir. Ushbu cholg'u

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

asbobi asrlar davomida xalq musiqasida, dostonlar va ashulalarda muhim rol o'ynab kelgan. U qadimiy an'analar va urf-odatlarni saqlashga yordam beradi. Rubob o'ziga xos ovoz va keng diapazonga ega bo'lib, turli janr va uslublarda ijro etilishi mumkin. U mumtoz va xalq musiqasida ham, zamonaviy aranjimlarda ham foydalaniladi. Rubob maqom ijodiyotida asosiy cholg'u asboblaridan biridir. Maqomlar o'zining murakkab ritm va melodik tuzilmalari bilan ajralib turadi va rubob bu musiqiy tizimning aniq va nozik ijro etilishida muhim rol o'ynaydi. Rubob ijrochilari ko'pincha san'at va madaniyat elchilari sifatida qabul qilinadi. Ular turli festivallar va xalqaro tadbirlarda o'zbek musiqasini namoyish etishadi, shu orqali o'zbek madaniyatini dunyoga tanitishadi. Rubob o'zbek musiqasida nafaqat tarixiy va madaniy ahamiyatga ega, balki zamonaviy musiqa sahnasida ham o'z o'rniga ega bo'lgan qimmatli cholg'u asbobidir. Torli-mizrobli cholg'ular O'zbek xalq musiqasida muhim rol o'ynaydi. Ular nafaqat musiqaning ritmini va ohangini belgilaydi, balki musiqaning ruhini va mazmunini ham ifodalaydi. Ushbu cholg'ular yordamida ijrochilar o'z his-tuyg'ularini, dardlarini va quvonchlarini ifoda etadilar. Shuningdek, torli-mizrobli cholg'ular o'zbek xalq musiqasining boyligi va xilma-xilligini namoyon qiladi.

Bugungi kunda torli-mizrobli cholg'ularni o'rganish va saqlash bo'yicha ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Musiqa maktablari va konservatoriyalarda bu cholg'ular bo'yicha maxsus kurslar tashkil etilgan. Shuningdek, xalq ijodiyoti festivallari va tadbirlari orqali bu cholg'ularning ommalashuvi ta'minlanmoqda. Xulosa:

Xulosa qilib shuni aytsak bo'ladiki, o'zbek xalq musiqa ijodida torli-mizrobli cholg'ular muhim o'rin tutadi. Ularning tarixi, turli xilligi va xalq musiqasidagi roli bu cholg'ularni o'ziga xos va qadrli qiladi. Bu cholg'ular nafaqat o'tmishda, balki bugungi kunda ham o'zbek xalq musiqasining ajralmas qismi bo'lib qolmoqda va kelajak avlodlarga yetkazilmoqda. Torli-mizrobli cholg'ularning boy madaniy merosi O'zbekiston musiqa san'atining yuksakligi va boyligidan dalolat beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi.

2. "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son

3. Nurmatov H. Rubob darsligin Toshkent 1993.

4. Taxalov S.M. "O'zbek xalq musiqa yozuvlari" Qo'lyozma Oz.D.K kutubxonasi

5. R.Qosimov "Rubob navolari" Toshkent 1990 yil.

6. Sh.Shoraxmetov "Maqom yo'llaridagi mashqlar va kuylar to'plami" Toshkent 2005 yil.

7. Ibragimov O. "O'zbek musiqa ijodi". 1990 y.

8. Karomatov F.M. Uzbekskaya instrumentalnaya muzbika. Nasledie. T., 1972.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.