Научная статья на тему 'OʻRTA OSIYO XALQLARINING AN’ANAVIY MUSIQA ASBOBLARI'

OʻRTA OSIYO XALQLARINING AN’ANAVIY MUSIQA ASBOBLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
401
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholgʻu / orkestr / dirijyor / madaniyat / nay / surnay / tanbur / dutor / rubob / gʻijjak / qoʻbiz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Juldız Allanova

Xalq cholgʻulari uzoq oʻtmishda paydo boʻlgan. Ma’lumotlarga qaraganda, dastlabki musiqa cholgʻulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan, deb taxmin qilinmoqda. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholgʻular paydo boʻlgan. Chunki eng qadimgi mehnat koʻshiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bogʻliq boʻlgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻRTA OSIYO XALQLARINING AN’ANAVIY MUSIQA ASBOBLARI»

O'RTA OSIYO XALQLARINING AN'ANAVIY MUSIQA ASBOBLARI

Juldiz Allanova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Xalq cholg'ulari uzoq o'tmishda paydo bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki musiqa cholg'ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda dunyoga kelgan, deb taxmin qilinmoqda. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Chunki eng qadimgi mehnat ko'shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan.

Kalit so'zlar. cholg'u, orkestr, dirijyor, madaniyat, nay, surnay, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak, qo'biz

TRADITIONAL MUSICAL INSTRUMENTS OF THE PEOPLES OF

CENTRAL ASIA

Juldiz Allanova

Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: Folk instruments have appeared in the distant past. It is believed that the first musical instruments were born in the XIII millennium BC. Percussion instruments first appeared in music. Because the earliest labor songs were directly related to the rhythmic structure of the work.

Keywords: instrument, orchestra, conductor, culture, flute, trumpet, tanbur, dutar, rubob, gijjak, kobiz

So'nggi vaqtlarda o'zbek xalq cholg'u asboblari orkestriga ham qo'shilmoqda. Surnayda chap va ung qo'l barmoqlari bilan yopiladigan oltita teshikcha bor. Yettinchi teshik esa pastki tomonda bo'lib, chap qo'lning bosh barmog'i bilan berkitiladi. Uning ovoz hajmi kichik oktavadagi lyadan, ikkinchi oktavadagi miga qadar notalari skripka kalitida yoziladi. Surnay tovushi baland bo'lgani uchun, ochiq havoda turli tantanalarda chalinadi. Surnay Kavkaz va Eron xalqlarida ham qo'llaniladi. Surnayda xalq kuylari qatorida maqom yo'llari ham ijro qilinadi. Surnay turli tuy marosimlarida, dor o'yinlarida, karnay va nog'oralar bilan ansambl' bo'lib ijro qilinishi mumkin. Nikoh to'ylarida dastlabki musiqani surnay ijrosidagi "navo" bilan boshlash odatlanilgan. Surnay navosi o'ziga xos yoqimli va zavq bilan tinglanadi.

O'zbek va qoraqalpoq xalqlari o'rtasida keng tarqalgan qadimiy puflama yog'och cholg'u asbob. Surnay yolg'iz, shuningdek, nog'ora, karnaylar bilan ham

birgalikda chalinadi.

Qo'shnay qadimiy o'zbek cholg'u asboblaridan ikki qamish naychadan iborat bo'lib, ularga tovush chiqaradigan til o'rnatiladi. Qo'shnayni chalish uchun ikkita naychaga barovar puflanadi va har ikkala naychada yondosh joylashgan ettita teshikchaning tegishlilari barmoq bilan bosiladi. Ovoz hajmi birinchi oktavadagi Redan ikkinchi oktavadagi Sol'ga qadar. Qo'shnayda o'zbek musiqasi uchun xos bo'lmagan melizmni, qochirimni chalish juda qulaydir.

Nay - puflab chalinadigan yog'och asbob bo'lib, O'zbekiston va Tojikisitonda juda keng tarqalgan. Nayni Buryatiya va Mongoliya Xalq Pespublikasida limba, Xitoyda li, Vetnamda sao, Afg'onistonda esa mola deb yuritiladi. Hay yog'ochdan (yog'och nay), jezdan (mis nay), g'arov (g'arov nay), to'nkadan (bridji nay) yasaladi.

Eng ko'p tarqalgan yog'och nay bilan g'arov nayidir. Nayda barmoqlar bilan berkitiladigan oltita va lab bilan puflash uchun bitta teshik bor.

Yuqoridagilardan tashqari, hech qanday vazifani bajarmaydigan qog'oz yopishtirib qo'yilgan bitta teshik va nayning oxirida to'rtta teshik bor. Bulardan eng pastga joylashgan ikkita teshik o'zining o'rniga qarab asosiy tonning balandligini aniqlaydi.[1.B.90]

Hozirgi zamon naylari qisqadir, chunki ylarning sozi naylarni tayyorlash paytida umumiy uzunligi bo'yicha belgilanadi. Nayda barmoq bilan yopiladigan teshiklar va puflab chalinadigan bitta teshik «labium» joylashgan. Sozning balandligi nayning yuqori qismini ichkarisida joylashgan tiqin (probka) va harakatlanturuvchi golovka bilan tartibga solib turiladi. Golovka yoki probkani siljitish bilan havo to'lqinini ko'paytirish va shu bilan birga, tovushni pasaytirish va kuchaytirish mumkin.

Qonun - cholg'u asbobi, changga o'xshash qadimiy musiqa asbobi bo'lib, u barmoqlarga maxsus yasalgan noxun bilan tirnab chalinadi. 17-asrda Dapvishali Changiy yozib qoldirgan "Risolai musiqiy»da qadimiy cholg'u asboblaridan biri ekanligi qayd etilgan. Hozirgi kunda qonun cholg'u asbobi sinfi san'at kolleji va musiqa yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarida mavjuddir.

Do'mbira cholg'u asbobi ikki xil bo'lib; Torli tirnama o'zbek cholg'u asbobi. Dytop tuzilishidagi do'mbirada ippak yoki ichakdan qilingan ikkita tor bo'lib bu torlar qo'proq kvarta oralig'ida sozlanadi. Do'mbira dastasida bog'langan yoki doimiy parda bo'lmaydi. Qozoq do'mbirasi dastaga bog'langan pardalar bilan ajraladi.

Torli-tirnab chalinadigan qozoq xalq asbobi do'mbira 30-yillarda qayta ishlanib, buning pikkalo, prima, tenor, bas va kontrabas turlari ishlab chiqilgan. Pardalar xromatik qilinib ishlangan. 1934-yil tashkil qilingan Qurmang'ozi nomidagi Qozog'iston Davlat xalq cholg'u orkestrida do'mbira asosiy o'rin egallaydi.

Chinqovuz - ikki lab orasiga qo'yilib o'ng qo'l barmoqlari bilan chalinadigan cholg'u asbobidir. Temirdan qilingan aylanma ramka oralig'ida po'lat til o'pnatilgan,

chalganda barmoq bilan tilni harakatga keltirib to'lqinlantiriladi. Og'iz bo'shligi tovush beruvchi rezonans xizmatini bajaradi va oktava hajmi oralig'ida tovush beradi. Changqovuz Markaziy Osiyo xalqlari xotin- qizlari orasida keng tarqalgan. YOqut xalqlarida erkaklar ham chanqovuz chaladi, ulardan ansambl' tuzilgan. [2.B.68-69]

O'rta Osiyo xalqlarining qadimiy urma cholg'u asbobibi - changdir. Uning sadosi baland bo'lgani uchun, ilgari faqat cholg'u kuylarini ijro etishda ansamblga qo'shganlar, chunki davomiy jaranglovchi sadosi ashulani buzgan. Changning unisonga sozlangan uchtadan tori bo'lib, ovoz hajmi katta oktavadagi Soldan ikkinchi oktavadagi Miga qadar. Ilgari xalq o'rtasida qo'llangan changning tovushqatori diatomik tartibda bo'lgan. Notalar eshitilishiga nisbatan oktava yuqorida, skripka kalitida yoziladi. Chang rezinka qoplangan maxsus ingichka cho'p bilan urib chalinadi. Hozir Chang qayta ishlanib, tovushqatori xromatik, ya'ni yarim tonlik qilingan. Ijrochining o'tirib chalishiga qulay bo'lishi uchun vintlar o'rnatilgan oyoqlari bor. Davomli sadoni yuqotish uchun maxsus pedal' ishlangan.

Doira - o'zbek, tojik va uyg'ur xalqlari orasida keng tarqalgan, tovush balandligi noaniq urma cholg'u asbob. Doira gardishiga buzoq yoki baliq terisi qoplanadi, qirqdan ortiq xalqachalari taqilib, bular doirani chalganda qo'shimcha sado beradi. Doirada ikkita asosiy tovush bor. Biri past "Bum" ikkinchisi baland "bak" deb yuritiladi. Ketma-ket kelgan ikkita qisqa tovush «bakko" yoki "bakka" yoki "baxa" deb yuritiladi. Doira keng tarqalgan cholg'u asboblardan. Doira ijrochiligidagi raqslar o'zbek va tojik xalqlari orasida juda keng tarqalgan. Shoshmaqom doira usulisiz ijro qilinmaydi. Buxoroda har bir maqom aytuvchi hofiz maqom usullarini doirada ustalik bilan o'zlashtirgan va o'z ashulalariga jo'r bo'lgan. Doira tovushlari notada puflama va simfonik orkestrdagi urma cholg'u asboblarinikidek bir chiziqqa yoziladi. [3.B.72] Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o'zbeklar orasida qadimdan keng tarqalgan kamoncha bilan chalinadigan torli cholg'u asbob, kosasi qovoqdan, o'rtasi kovak qilib o'yilgan yog'ochdan yasaladi. Kosaning ustiga baliq terisi yo pufak qoplanadi. Dastasi dumaloq bo'lib, kosaga yaqinlashgan sari ingichkalashtirib ishlanadi. Kosaga o'rnatilgan temir oyokchani ijrochi tizzasiga ko'yib o'tirib chaladi. G'ijjakda dastlab uchta tor bo'lib, ular kvarta bo'yicha sozlangan. Sozlanishi har doim aniq bir tovushda bo'lmay, ashulachining ovozi yoki chalinadigan kuyning xarakteriga ko'ra turlichadir. 20- yillarda sozandalar g'ijjak ovozini baland qilish maqsadida unison qilib sozlangan qo'shtorlar ishlatganlar. G'ijjak yakka va ansamblda chalingan, kamonchasi ot dumidan ishlanib, chalish vaqtida o'ng qo'l barmoqlar bilan tortib turiladi. 30- yillarda g'ijjak qaytadan ishlandi, to'rtta tor joriy qilindi, ular skripkadek kvinta oraligida 4- eng pastgi yo'g'on tor kichik oktavadagi solga, 3- tor birinchi oktavadagi Rega, 2-top birinchi oktavadagi Lyaga va oxirgi 1-tor oktavadagi Miga sozlanadi. Ovoz hajmi kichik oktavadagi SOL'dan, to'rtinchi oktavadagi Lyaga qadar. Qayta ishlangan g'ijjak dastasi dumaloq emas, aksincha, skripka dastasidek

yassi qilib ishlangan, oyoqchasi stulda o'tirib chalish uchun qulaylashtirilgan.

Osiyoning ayrim xalqlari, xususan, o'zbeklar, tojiklar o'rtasida qadimdan keng tarqalgan torli tirnama cholg'u asbob rubobdir. O'rta Osiyo xalqlariga nisbatan Janubiy Xitoyning Sin'tszyan viloyatida yashovchi uyg'urlar o'rtasida keng tarqalgan turi qashqar rubobi deyiladi. Rubob kosasi kazma,ya'ni o'yilib, ustiga teri koplangan, dastasiga ipak yoki ichakdan qilingan pardalar bog'langan.

Rubobda beshta tor bo'lib, uchtasi ipak tor, ikkitasi sim tordir. Bular 5 va 4 torlar katta oktavadagi Lyaga unison. Z-tor kichik oktavadagi Miga va asosiy melodik, 2 va 1-torlar kichik oktavadagi Lyaga unison sozlanadi. Hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan rubob qayta ishlanib, yarim pardalar asosida ishlangan va pardalar doimiy surilmaydigan qilib yasalgan. Bu rubobdagi beshta torning to'rttasi sim tor bo'lib, beshinnchisi ichak tordir, kvarta bo'yicha - tor katta oktavadagi Siga, 4 va 3 torlar kichik oktavadagi Miga unison, 2 va 1- torlar esa kichik oktavadagi Sidan, ikkinchi oktavadagi Lyaga qadar. Rubob notalari eshitilishga nisbatan oktava yuqorida skripka kalitida yoziladi.

Afg'on rubobi - o'zbek xalq cholg'u asboblari orasida o'zining tashqi tuzulishi bilan ajralib turadi. U juda boy tembr tovushiga egadir.

Afg'on rubobi nafaqat respublikamizda, balki Tojikiston, Afg'oniston, Buxoro va boshqa vohalarda ham keng tarqalgan. Bu cholg'u asbobda xalq kuylari bilan bir qatorda, barcha qardosh kompozitor kuylarini ham mohirona ijro etish mumkin. [4.B.180]

Afg'on rubobini Buxoro rubobi ham deyishadi O'zbekistonga ham bu cholg'u asbobini Buxorolik cholg'uchi, sozandachilar olib kelishgan.

Afg'on rubobi qayta takomillashtirilgandan keyin 1960 yili Toshkentdagi Glier nomli musiqa maktab internatida afg'on sinfi ochildi va keyinchalik Toshkent Davlat konservatoriyasining o'zbek cholg'u asboblari bo'limida 1964 yili shu sinf ochildi. Bu sinfda qashqar rubobida o'qigan talabalar olinib, ular shu sinfni tugatishib, boshqa viloyatlarda ham afg'on rubobi sinfi vujudga keldi.

Bizni viloyatimizdagi Termiz musiqa bilim yurtida ham shu sinf 1978-yili Toshkent Davlat Konservatoriyasini tamomlab kelgan yosh mutaxasis o'qituvchi Mardayeva Klara Abdurasulovna tashabbusi bilan tashkil topdi. Hozirgi kunda shu sinfni bitirgan yosh mutaxassis talabalar ham o'z tumanlarida shu afg'on rubobi sinfi musiqa maktablarini ochib bizlarga yaxshi talantli o'quvchilarni yubormoqdalar. Ko'pgina talabalar esa bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida oliy o'quv dargohida, ya'ni Toshkent Davlat konservatoriyasiga, Toshkent madaniyat institutiga borishib, o'qishlarini davom ettirib va tugatib Termiz musiqa bilim yurtida o'qituvchilik faoliyatlarini boshlab yuborishgan.

Hozirgi kunda afg'on rubobiga moslashtirilgan darsliklar etarlicha emas, lekin shu sohada ishlayotgan mutaxassislarning umidi katta, kelajakda kompozitorlarimiz

shu cholg'u asbobi uchun ko'pgina kuylar yaratishi mutaxassis o'qituvchilar esa shu afg'on rubobi moslashtirilgan darsliklar chiqarishlariga to'g'ri keladi.

Dutor - o'zbek, qoraqalpoq, tojik, turkman va uyg'ur xalqlari o'rtasida keng tarqalgan torli tirnama cholg'u asbob.

Dutor ikki qismdan,dasta va kosadan iborat bo'lib, ularni birlashtiruvchi qismi «bo'g'iz» deb ataladi. Dutor kosasi o'yma yoki «qobirg'a»chalarning birlashganidan yasalishi mumkin. O'yma dutor Samarqand, Xorazm va Turkmanistonda qo'llanilib, bir bo'lak tut yog'ochdan o'yib ishlanadi.

Tanbur - bu tan, yurak, dil, ya'ni yurakni qitiqlamoq, larzaga solmoq demakdir.Tanbur ham uzoq asrlardan beri o'zbek, tojik va uyg'ur xalqlariga madaniy xizmat kilib kelayotgan sernola, sersado, serohang, dilrabo milliy musiqa cholg'ularimizdan biri bo'lib, uni tinglayotgan shinavandalar qalbini larzaga solib kelmoqda.

Tanburning kosasi tut yog'ochidan, dastasi esa asosan o'rik va boshqa yog'ochlardan yo'nilib, dastasiga ichak pardalar bog'landi, torlari misdan tortilib, noxun deb ataluvchi metaldan ishlangan moslama yordamida chalinadi. [5.B.154]

Tanbur fortepianoning kichik oktava "sol'", "re" siga sozlanadi. Tanburchilar ko'p, ammo ular orasida el- yurt hurmatiga, shinavandalar tahsiniga sazavor bo'lganlardan:

Sultonxon Hakimov, Rixsi Rajabiy, Shobarot tanburchi, Maqsud Xo'ja Yusupov, Jo'rabek Saydaliyev, Abdumutal Abdullayev, Otavali Nuriddinov, usta Ro'zimatxon Isoboyev, Qayum SHobarotov, Emmanuel Baraev, Yoqubov, Davidov, Shonazar Sohibov (Tojikiston), Nizomiddin Mirzaxo'jayev. Hozirgi kunda xizmat kilib kelayotgan tanburchilar: Turg'un Alimatov, Abdulla Umarov.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. H.Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

2. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi - Rubob navolari T. 1993.

3. R.Qosimov - An'anaviy rubob ijrochiligi O'zbekiston 2000.

4. SH.Raximov - Dutor .T. 2005.

5. B.Raximjonov - Dutorchilar ansambli T. 2002 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.