ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ
Abdisultanov J.J.
G'ijjak sinfi II-bosqish magistri "Xalq cholg'ulari" kafedrasi O'zbekiston davlat Konservatoriyasi Ilmiy Rahbar: Nozirov Q.N.
professor v.b.
G'IJJAK SOZINING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISHI
Annotasiya: Maqolada G'ijjak sozining paydo bo'lishi O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'atining ko'p asrlik an'analari aynan millatimizning milliy cholg'u sozi sifatida kirib kelishi va uning qayta ishlanib rivoshlanishi.
Kalit so'zi: G'ijjak, orkestr, ansambl, oktava, diez, kvarta, kvinta.
Abdisultanov J.J. fiddle class ii-basque master department of " folk instruments" State Conservatory of Uzbekistan Scientific leader: Nozirov Q.N.
professor v.b.
ORIGIN AND DEVELOPMENT OF FIDDLE SADDLE
Annotation: the emergence of the fiddle instrument in the article centuries-old traditions of modern Performing Arts in Uzbek folk instruments it is the entry of our nation as a national musical instrument and its reproduction.
Key words: Fiddle, Orchestra, Ensemble, octave, diez, quartet, quintet.
O'zbek xalq cholg'ularida zamonaviy ijrochilik san'ati o'z taraqqiyotining ko'p asrlik an'analarini meros qilib oldi. Ularning ildizlari qadim davrlarga borib taqaladi. 1933 - yilda Ayratam shahristoni arxeologik qazilmalarida topilgan materiallar, qadimiy adabiy manbalar o'zidan ilgari turli musiqa asboblari bo'lganligidan dalolat beradi.
Eramiz boshlarida turli-tuman xalq cholg'ularidan kundalik turmushda, ovda, saroy hayotida, madaniy bayram marosimlarida, xalq sayillarida foydalanilgan. Xalq cholg'ulari asrlar davomida insonlarning ma'naviy extiyojlarini qondirib, tabiiy ravishda rivojlandi va takomillashdi.
Moddiy madaniyat yodgorliklari, tasviriy san'at asarlari, jumladan, devordagi rasmlar, sopol haykalchalar va turli xil miniatyuralar eramizning V -VI asridayoq ikki turdagi xalq cholg'ulari ansambli mavjud bo'lgani haqida
Экономика и социум" №2(93)-1 2022
www.iupr.ru
3
ma'lumot beradi. Ulardan biri (damli) va urma zarbli cholg'ulardan, ikkinchisi torli va mizrobli (chertma) cholg'ulardan iborat edi. Bulardan tashqari nay, surnay, chang, tanbur, ud va g' ijjak kabi cholg' ularda yakkanavoz ijrochilik ham mavjud ekanligi ma'lum.
Qadimgi sharq madaniyati quchog'ida o'zbek xalq cholg'ulari shakllandi. Ular ko'p asrlik taraqqiyot davomida o'ziga xos xususiyatlarni tovush tusini saqlab qoldi. O'ziga xos tuzilishi tufayli nay, sunray, tanbur, dutor, rubob, g'ijjak, qobuzlar an'anaviy shakllarda bizgacha yetib keldi. G'ijjak sozi o'zbek xalqining sevimli cholg'ularidan bo'lib, ming yildan ziyodroq davr mobaynida insonlarga ma'naviy meros sifatida xizmat qilib kelmoqda. Uning kelib chiqishi IX-X arslarga borib taqaladi. O'sha davrning mashhur faylasuf olimi Abu Nasr Forobiy ixtiro qilgan kamonli cholg'u "G'ipchak" nomlangan va ikki torli bo'lgan. G'ijjak Bobur zamonasiga kelib uch torli cholg'u sifatida shakllandi.
Zaxriddin Muhammad Boburning (1483-1530) "Boburnoma" asarida e'tirof etishicha, Alisher Navoiy o'z davrida ko'plab o'zbek xalq cholg'uchilarini: ud cholg'uchilar, naychilar, g'ijjakchilar, changchilarning o'z istedodlarini namoyon etishga ko'maklashgani zikr etilgan. Boburning ta'kidlashicha, "Ustoz - Qulmuhammad Uddiy va Xusayn Uddiy kabi moxir cholg'uchilar Navoiyning bevosita yordami va homiyligida katta shuxrat qozondilar, ulkan muvafaqqiyatga erishdilar" Bobur shuningdek, Shox Qulliy G'ijjakiy, Xusayn Uddiy, Xo'ja Abdulloh Marvarid Qonuniy kabi moxir ijrochilarni ham tilga olgan. Navoiy davrida nay, ut, g'ijjak, qonun, karnay, surnay, nog'ora, doira, chang ijrochiligi keng tarqalgan edi. Ularning hammasi ansambl ijosida ham birdek qo'llanildi.
G'ijjak cholg'usiga kelsak yuqorida aytganimizdek Shox Qulliy G'ijjakiy shu musiqa asbobida ajoyib ijrochilik mahoratini ko'rsatgan va cholg'u kuylarini yaratgan usta san'atkor bo'lgan. Uning yaratgan kuylari orasida muxammas ritmida yaratilgan peshavi "Xusayniy" alohida ajralib turadi. 1939 - yil oxirida yog'och damli, torli mizrobli, torli urma zarbli birinchi oktava "do" notasidan uchinchi oktava "re diyez" gacha bo'lgan diapazonli xromatik chang cholg'ular, g'ijjaklar turkumi va urma zarbli cholg'ular kabi mustaqil guruhlarni o'z ichiga olgan yangi orkestrning cholg'ular tarkibi aniqlandi. Shundayqilib ushbu "nota orkestri" deyarli yangicha ko'rinishda shakllandi. Musiqashunos T.Vizgo ta'kidlaganidek: "A.I.Petrosyansga mustaqil jamoa sifatida nota orkestri tuzish topshirilganda, u boshqa pozitsiyada turdi. Rus xalq cholg'ulari asoschisi "V.V. Andreev ijodiy tajribasiga tayangan holda A.I. Petrosyans xalq cholg'ularini ta'mirlashni, binobarin diatonik temperatsiyaga asoslangan teng yarim pardali ta'mirlangan cholg'ularga o'tishni asosiy vazifa qilib belgilagandi" Orkestr tarkibiga ta'mirlangan g'ijjaklar turkumi (kvintet) kiritilgan. Xuddi ana shu nota orkestrining ko'p ovozli jamoa yo'sinidagi sifat jihati ijodda yangi yo'nalishni belgilab berdi. Bu yo'nalish g'ijjak oilasi sinfining kelajakda shiddat bilan rivojlanishini belgilab berdi. Ya'ni bu cholg'ular oilasiga g'ijjak, g'ijjak alt, g'ijjak qobuz - bas, g'ijjak qobuz kontrabaslar kiradi.
'^KOHOMHKa h соцнумм №2(93)-1 2022
www.iupr.ru
G'ijjak cholg'usi Markaziy Osiyo xalqlari, xususan o'zbek, qoraqalpoq, tojik, turkman, shuningdek kazkaz, ozarbayjon hamda arman xalqlari orasida keng tarqalgan kamoncha bilan chalinadigan torli cholg'u hisoblanadi. Ilk g'ijjaklarning kosaxonasi qovoqdan va kokos yong'oqlaridan yasalgan bo'lib, dastasining o'rtasi kovak qilib o'yilgan uzun yog'ochdan ishlangan. Kosaxonaning ustiga pufak (molning yurak pardasi) yoki baliq terisidan foydalangan holda qoplama qo'yilgan. Dastasi dumaloq bo'lib kosaxonaga yaqinlashgan sari ingichkalashib borgan. Kosaga o'rnatilgan temir oyoqchani ijrochi tizzasiga qo'ygan holatda o'tirib ijro etgan. Ilk g'ijjaklarda uchta tor bo'lib, bular kvarta intervali bo'yicha sozlangan. Sozlanishi muhim bir tovushda bo'lmay, balki turlicha bo'lgan. Shu davrlardagi g'ijjaklar ovozi hajmi bir yarim oktavani qamrab olgan. XX asrning 20-yillariga kelib sozandalar g'ijjak ovozini kengaytirish va baland qilish maqsadida unison qilib sozlangan qo'shtorlardan foydalangan. Kamonchasi ot qilidan ishlanib chalish vaqtida o'ng qo'l barmoqlari yordamida tortib turilgan1. 1930 - yillarga kelib Ashot Ivanovich Petrosyans tomonidan o'zbek cholg'ulari takomillashtirilib, g'ijjakka to'rtta tor joriy qilindi2. Bular skripka singari kvinta oralig'ida joylashtirildi. Qayta ishlangan g'ijjak dastasi dumaloq emas, balki, skripka dastasidek yassi qilib ishlangan. Oyoqchasi stulda o'tirib chalish uchun qulaylashtirilgan3. Hozirgi musiqa istilohidagi g'ijjak musiqa asbobi xuddi shu zaylda foydalanib kelinmoqda. O'zbek xalq milliy cholg'ulari orasida g'ijjak sozi o'zining mungi, nolishi va inson tovushiga hamohangligi bilan haraktelidir. Nafaqat, mumtoz kuy qo'shiqlarimiz, qolaversa g'ijjak cholg'usida xalqimizning sho'x navolari, yevropa klassik kompozitor va bastakorlari tomonidan yaratilgan, o'ta texnik imkoniyatlar talab etadigan asarlarni m'eyoriga yetkazib ijro etish imkoniyatiga ega. Hattoki, bundan shuni anglash mumkinki, g'ijjakning imkoniyatlari benihoya kengdir. Unda Toshkent -Farg'ona yo'lidagi maqomlarni, Xorazm maqomlarini, kompozitor va bastakorlar tomonidan yaratilgan murakkab asarlarni mahorat bilan ijro etish mumkin. Hattoki, qushlarning sayrashi-yu, qo'y va echkilarning ma'rashi, uy hayvonlarining o'kirishi-yu, itning hurishi, mushukning miyovi, suvlarning marjon qoyalariga urilib urilib oqishlarigacha, qo'ying-ki, butun qishloq va shahar ko'chalarining to'la ovozlarini aks ettirish mumkin. Gi'jjak cholg'usi o'zining keng imkoniyatlari bilan boshqa cholg'ulardan farq qiladi. Uning tovush hajmi: kichik oktava sol tovushidan 4 -oktava lya tovushiga qadar davom etadi.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Akbarov, Musiqa lug'ati - T.:O'qituvchi, 1997
2. А.И.Петросянц Инструментоведение - O'qituvchi, 1980
1 I.Akbarov, Musiqa lug'ati - T.:O'qituvchi , 1997. 379-b
2 А.И.Петросянц Инструментоведение - O'qituvchi , 1980 - ст.№ 7-8
3 I.Akbarov, Musiqa lug'ati - T.:O'qituvchi , 1997. 380-b
Экономика и социум" №2(93)-1 2022
www.iupr.ru
5