Научная статья на тему 'AFG‘ON RUBOB CHOLG‘USINING KELIB CHIQISHI TARIXI'

AFG‘ON RUBOB CHOLG‘USINING KELIB CHIQISHI TARIXI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2667
172
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Afg‘on rubob / ohang / cholg‘u tuzilishi / Badaxshon / Al-Farobiy / musiqa / tor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mushtariy Shoxnazar Qizi Xudoyberdiyeva, M.Qurbonova

Milliy musiqa tarixi, Afg‘on rubob kelib chiqishi va tarixi, qadimiy to‘plamlar va arxeologik boy meroslarimiz, musiqa madaniyatimiz, Afg‘on rubob sozandalari va ularning qilgan sayi harakatlari, musiqaning hayotimizdagi o‘rni, nazariyasi va tarixi hususida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AFG‘ON RUBOB CHOLG‘USINING KELIB CHIQISHI TARIXI»

AFG'ON RUBOB CHOLG'USINING KELIB CHIQISHI TARIXI

Mushtariy Shoxnazar qizi Xudoyberdiyeva Ilmiy rahbar: M.Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Milliy musiqa tarixi, Afg'on rubob kelib chiqishi va tarixi, qadimiy to'plamlar va arxeologik boy meroslarimiz, musiqa madaniyatimiz, Afg'on rubob sozandalari va ularning qilgan sayi harakatlari, musiqaning hayotimizdagi o'rni, nazariyasi va tarixi hususida.

Kalit so'zlar: Afg'on rubob, ohang, cholg'u tuzilishi, Badaxshon, Al-Farobiy, musiqa, tor.

THE HISTORY OF THE ORIGIN OF THE AFGHAN RUBOB INSTRUMENT

Mushtari Shokhnazar kizi Khudoyberdiyeva Scientific supervisor: M.Qurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The history of national music, the origin and history of the Afghan rubab, our ancient collections and rich archaeological heritage, our musical culture, the musicians of the Afghan rubab and their many actions, the place of music in our lives, theory and history.

Keywords: Afghan rubab, melody, instrument structure, Badakhshan, Al-Farabi, music, strings.

Milliy cholg'ularimiz juda qadimiy ekanligi ajdodlarimizning musiqa madaniyatiga oid eng qadimiy ma'lumotlar xususan, qoyatoshdagi tasvirlarda, arxeologik qazilmalar paytida topilgan ashyolarda qolaversa turli bosma nashrlarga ishlangan rasm va miniaturada o'z aksini topgan. Shuning uchun ham keyingi yillar arxeologik ekspertiza natijasida topilgan va hozirgacha topilyotgan turli ashyolar va tasvirlar ajdodlarimizning musiqa madaniyati xususan musiqa cholg'ular to'g'risidagi tasavvurimizni yanada boyitmoqda. Ruboblar haqida ma'lumot beradigan bo'lsak, ruboblar 3 xil bo'lib, ularning o'sha davr bo'yicha atalgan nomlari: birinchi, savdogarlar sotib olingan qadimiy rubob, ikkinchisi, Toshkentlik sozgar tayyorlagan yangi rubob va uchunchisi, Qobuldan keltirilgan olti ichakdan eshilgan asosiy tori 9 ta metall rezanator tori bo'lgan Afg'on rubobi rubob sifatida e'tirof etilgan cholg'u pomir rubobi hisoblanadi. Afg'on rubobi o'zbek milliy musiqasi ijrochiligida asosan, Buxorada qo'llanilgan. Afg'on rubob Hindistonda, Pokistonda va Badaxshon

I icclT^^^^H 636 http://oac.dsmi-qf.uz

viloyatlarida turli nomlar bilan tanilgan. Tarixdan ma'lum bo'lishicha aynan shu Afg'on rubobi Badaxshon viloyatining ba'zi mahalgohlari, Afg'oniston hududida, ba'zilari Tojikiston hududida mavjud. Shu bois bu rubob sozi Badaxshonda "Badaxshon rubobi" deb atalgan. Bunda kelib chaqadiki Afg'on rubobi hamma joyda o'xshash joy nomi bilan tilga olinadi. Badaxshon rubobi kosaxona va dasta qismi bir bo'lak yog'ochdan tayyorlangan. Bu musiqa cholg'usining ijrosi ham o'zbek milliy cholg'ulari qatorida barcha musiqiy dargohlarida birdek o'rgatiladi. Afg'on rubobining kelib chiqishi aniqlash qiyin chunki, u turlicha misollar bilan keltirilgan. Qadimda bu cholg'u Markaziy Osiyo, Hindiston va Afg'oniston xalqlari orasida ommalashgan cholg'ulardan biri hisoblangan. Bu cholg'u o'sha davrdagi musiqa madaniyati yetarlicha mashhur cholg'ulardan bo'lgan bo'lsada asosan, milliy kuy va qo'shiqlarini ijro etish imkoniyatiga ega bo'lgan. Ag'on rubobida yangraydigan taronalarni xalqimiz sevib tinglashadi. Sozdan chiqayotgan ohanglarga musiqiy mehr bilan quloq tutadilar. Ma'lumki; XX asrning 30-40 yillarida Respublikamizda o'zbek xalq cholg'ularini takomillashtirish ishlari boshlab yuborilgan. Xususan Afg'on rubob cholg'usi ham takomillashtirilib uning dastasi qorin qismi unga qoplangan terisi torlari va pardalari o'zgartirilgan. Natijada cholg'uning dastasiga xromatik tovush qator o'rnatilib, cholg'uning ijro diapazoni kichik oktava "Lya" dan uchinchi oktava "Mi" notasigacha yetkazildi. Afg'on rubob cholg'usi takomillashtirishda, ya'ni yangi ko'rinishda hozirgi cholg'uni yaratishda sozgar ustalari ushbu cholg'uni yanada takomillashtirish bo'yicha hozirgacha izlanishlar olib borilmoqda. Barcha sozlar qatori Afg'on rubobining umrboqiyligi ham shubhasiz sozgar ustalar faoliyatiga, ularning mahorati va ijodiy izlanishlaga bog'liqligi sir emas. Shundan xulosa chiqadi, demak cholg'uning musiqa madaniyatiga xususan, cholg'u ijrochiligida tutgan o'rni mavqei sozandarlarga ham chambarchas bog'liqdir. Bu borada Afg'on rubobi mashhur sozandalarning yetishib chiqayotganligi, ular orasida faxriy unvorlar davlat mukofotlari, shuningdek ko'plab respublika xalq tanlovlari g'oliblari yetishib chiqayotganligini alohida e'tirof etish mumkin. Misol tariqasida: Usta Muhammad Umar (1906-1918), Tovar Jumayev (1918-1987) Ergash Shukrullayev (1922-1995), Umarjon Xamidov (1919-1985), Azatgul Toshmatova, Dotsent G'ulomqodir Ergashev (1946-2007), Ilhom Azimov va xalq ta'lim a'lochisi Anvarjon Hojinazarov, Nihol mukofoti sovrindori Fazliddin Shafoatov sozandalari yaqqol misol bo'la oladi. Ijrochilikni rivojlantirishda repertuarlar ham o'rin tutishi hammaga ma'lum. Al-Farobiy (X asr) o'z davridagi musiqa cholg'ularini tavsiflar ekan, rubobda bir-biridan farq qiladigan ijroga erishish mumkinligini, uning afzalliklaridan bir deb hisoblagan. Unda baland va mayin chalish imkoni mavjud. Darvesh Ali (XVII asr) "Musiqa haqida risola" asarida musiqa cholg'usining tuzilishi bayon qilar ekan "Rubob-torli musiqa asbobi" O'rta Osiyoda Sulton Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida tarqaldi. Shu davrda Xorazmshoh saroyida tenggi yo'q rubob cholg'uchisi usta Mahammad yashar edi deb

I icclT^^^^H 637 http://oac.dsmi-qf.uz

yozib qoldirgan. Rubobda 5 ta tor bo'lib ulardan 4 tasi ipakdan, bittasi kumushdan edi deb yozib qoldirilgan.

Ma'lumot o'rnida yana bir shaxs N.N Mironov asarlarida keltirib o'tgan ekan rubob juda qadimiy Afg'on cholg'usi. U Hindistonda ham uchrab turadi. Qashqarda u rubob ataladi. Bundan xulosa qilish mumkinki, aynan Afg'on va qashqar rubobi kelib chiqqan joy nomlari bilan atalgan va sozgarlarning qo'l mahoratlari natijasida ko'rinishlari turlicha sayqallangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Yana bir ma'lumot tarixdan Yozivchi Abdurauf Fitrat o'zining "O'zbek klassik musiqa" tarixi nomli asarida bu aynan Afg'on rubob cholg'usini Xorazm amiri-Muhammad Xorazmshox davrida (XV) asr Baxl shahrida noma'lum shaxs tomonidan yasalganligi haqidagi rivoyatni keltirdi. Afg'on rubobi qadim zamondan buyon o'zbek xalqi orasida ayniqsa, Buxoro va Samarqandda keng tarqalgan. Uning korpusi ponasimon shaklda katta va chuqur bo'lib, yon tomonida o'yiqlari bor, dastasi kalta (8-rp) bo'lib, uchi biroz orqaga qayrilgan. Korpusi bilan satasi yaxlit yog'ochdan (ko'pincha tut daraxtidan) o'yib yasalgan. Dastasi pardalarga bo'linadi, uning pastki qismi kengayib borib qoppoqga ulanib ketadi va korpusining ustini o'yiqlarga qadar yopiq ko'rinishda bo'ladi. Afg'on rubobining 3 xil turi mavjud bo'lib, 1.Afg'on rubob. 2.Tojik rubob. 3.Buxoro rubobi. Bu sanab o'tilgan ruboblar bir-biridan tashqi ko'rinishi torlar hajmi va ohanglariga qarab farqlanadi. Yana aytamiz desak ma'lomot judayam ko'p, lekin xulosa qiladigan bo'lsak xususan, Afg'on rubobi, qashqar rubobi va boshqa cholg'ularimiz hammasini o'ziga yarasha o'tmishi, tarixi bor. Lekin bularni birlashtirib jamlab turuvchi birgini so'zni bilaman, bu ham bo'lsa musiqa. Dunyodagi barcha insonlar desam mubolag'a bo'lmaydi, hammasining yoqtirgan cholg'u asbobi, yoqtirgan kuy va qo'shig'i bo'ladi. Shu joyida aytib o'tish kerakki, buyuk bobomiz alloma, mutaffakkir Af-Farbiy o'zining "Qadimiy musiqiy tarixi" kitobida shunday oltinga teng so'zlar keltirib o'tgan. Inson miyyasining shunday hilvat joylari borki! - unga faqat musiqa irqaligini kirish mumkindir. Haqiqatdan ham musiqa insonni uning har qanday holatda bo'lishiga qaramay, unga orombaxsh etuvchi bir ilohiy tuhfadir desam mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'.Toshmatov,S.Tenatov ("Ko'hna cholg'ular taraxi).

2. Al-Farobiy (Musiqiy cholg'u tarixi)

3. Sh.Raximov,A.Lutfullayev (Cholg'ushunoslik).

4. I.I.Mamajonov Afg'on rubob tarixi-Zenado maqolasi).Intemet ma'lumoti elektron manzil - www.-pedagoglar.uz

638

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.