Научная статья на тему 'PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI'

PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1711
202
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Prima rubob / musiqa / cholg’u / qashqar rubob / dutor / orkestr / oktava / nota

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmadjon Yo’ldashev, Oltinoy Shukrullo Qizi Mahmudova

Ushbu maqolada prima rubobning yaratilish tarixi haqida so‘z boradi. Shu bilan birga rubob, qashqar rubob, dutor cholg‘ulari haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI»

PRIMA RUBOBNING YARATILISH TARIXI

Ahmadjon Yo'ldashev https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 ahmadj on.yuldashev21 @gmail .com Oltinoy Shukrullo qizi Mahmudova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada prima rubobning yaratilish tarixi haqida so'z boradi. Shu bilan birga rubob, qashqar rubob, dutor cholg'ulari haqida ham batafsil ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Prima rubob, musiqa, cholg'u, qashqar rubob, dutor, orkestr, oktava, nota.

HISTORY OF CREATION OF PRIMA RUBOB

Ahmadjon Yuldashev https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 ahmadj on.yuldashev21 @gmail .com Altinoy Shukrullo kizi Mahmudova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the history of creation of prima rubob. At the same time, detailed information about rubob, kashkar rubob, and dutor instruments is given.

Keywords: prima rubob, music, instrument, kashkar rubob, dutor, orchestra, octave, note.

Vatanimiz mustaqillikka erishgandan keyin musiqa va san'at sohalarining ta'lim tizimini isloh qilish uchun, uning mazmun-mohiyatini tubdan yangilash, zamonaviy texnologiyalar, vositalar bilan ta'minlash davlatimiz siyosati darajasiga ko'tarildi.Yuratboshimiz Shavkat Mirziyoyev "Ta'lim va tarbiya, ilm-fan, sog'liqni saqlash, madaniyat va san'at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo'lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta'minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo'lib qoladi"- deya ta'kidlanganlar.

Musiqa san'ati inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqada inson qalbining nozik kechinmalari, iztirob-u quvonchlari, g'oyalari, fikrlari muayyan ritm va o'zaro uyg'unlashgan ohang vositasida aks etadi. Musiqaning dunyoga kelishiga

I icclT^^^^H 129 http://oac.dsmi-qf.uz

biz yashab turgan zamin, atrofimizni o'rab turgan tabiat, hayotimizdagi rang-barang jarayonlar, holatlar sabab bo'ladi. Aynan ana shu holatlar va biz idrok etib turgan jarayonlar, his etayotgan tuyg'ularimiz musiqaga aylanib yana va yana hayotimizda kirib kelaveradi, hayotdan zavq olib yashashga yordam beradi. To'g'rirog'i, musiqa insonning hayotga munosabatini o'zgartirishga, unga ijobiy tus, rang-baranglik baxsh etishga qodir va inson qalbiga ruhiy quvvat, ko'tarinkilik ulashishdek ilohiy qudratga ega.

XX asrning 30-yillari o'rtalaridan boshlab o'zbek cholg'ularini tizimli tarzda takomillashtirish ishlari boshlandi. 1940-yili San'atshunoslik ilmiy-tadqiqot insitituti qoshidagi eksperimental-tajriba laboratoriyasida O'zekistonda xizmat ko'rasatgan san'at arbobi, professor A.I.Petrosyans rahbarligidagi bir guruh soz ustalari-Usta Usmon Zufarov , V.A.Romonchenko, S.Y.Didenko, A.A.Kexvoyans, X.Muhiddinov, N.Ryuxin, A.Abdug'afforov, B.B.Andreyevlarning ijobiy izlanishlari va tajribalariga tayanilgan holda dutor, tanbur singari ko'plab cholg'ular rekonsturuksiya qilinadi, prima (kichik) rubobi yaratiladi.

O'zbekiston kompazitorlik asarlari bilan birga jahon kompazitorlik ijodi namunalarini ham ijro etish imkonini beradi. An'anaviy qashqar ruboblari kosasi tut daraxti yog'ochidan o'yib ishlangan bo'lsa, yangi yaratilgan ruboblar kosasi yog'och qovurg'achalarni birlashtirib yasala boshlandi. Rubob prima kosasi ham yog'och plastinkalardan, dastasi esa o'rik daraxti yog'ochidan ishlanadi. Kosasiga esa baliq terisi qoplanadi. Cholg'u torlarini tutib turishi uchun kosa tagiga to'rtta ilmoqlar o'rnatiladi. Kosa bilan dasta tutashgan joyida, dastaning ikki tomonida shoxsimon fason qulog'i mavjud bo'lib ular o'ziga xos bezak vazifasini o'taydi. Torlar rubobning bosh qismiga o'rnatiladigan mexanik quloqlarga taqiladi va cholg'u dastasining boshidagi shayton xarrak hamda kosaga qoplangan baliq terisi ustiga joylashgan xarrak ("Xarrak"-cholg'u torini tutib turuvchi moslama) oraliq ilmoqlariga o'tkaziladi. Shayton xarrak va teri ustidagi xarrak torlarning dasta uzra muayyan balandlikda joylashishni ta'minlaydi. Xarrak yumshoq yog'ochdan bo'lmasligi, aksincha qattiq pishiq va sifatli bo'lishi lozim. Chunki xarrak tovush sifatiga katta ta'sir ko'rsatadi. Rubob prima dastasi 24 ta metall plastinkalari bilan bo'lingan bo'lib, ular orasidagi o'zaro masofa parda deb yuritiladi. Pardalar sozning bosh qismidan kosasiga qarab sanaladi. 2, 5, 7, 10, 12, 14 raqamli pardalarga o'ziga xos bo'lgan, turli ko'rinishdagi plastmassa yoki sadafdan ishlangan bezak- belgilar o'rnatilgan bo'lib, ular soz dastasida notalar joylashishni aniqlashda yordam beradi.

Cholg'uni sozlashda xarrakning joylashgan o'rni muhim. Bunda Cholg'u dastasidagi 12 pardada torlar bosilib torning oktava intervalida jaranglashini eshitib ko'riladi. Agarda ochiq tor oktava intervaliga nisbatan baland sadolansa xarrak ilmoq tomonga, va shundan keyingina cholg'uni sozlashga kirishish maqsadga muvofiq. Chunki rubob prima cholg'usi kosasiga qoplangan baliq terisi havo temperaturasiga

I [ccñ^^BI 130 http://oac.dsmi-qf.uz

juda sezgir bo'lib, sozning o'zgarib turishiga sabab bo'ladi. Demak, dastlab ikkinchi tor kamerton yoki fortepianoning LYA tovushiga sozlanadi. So'ngra birinchi tor MI, uchinchi tor RE, va to'rtinchi tor SOL tovushlariga sozlanadi. Cholg'u sozi beshinchi va yettinchi pardalarni bosib torlarning o'zaro oktava inetrvalida sozlanganligini eshitib ko'rish orqali tekshirib olinadi. Shuningdek, torlar sifati cholg'uning sozlanishida kata ahamiyat kasb etadi. Sifatsiz torlar tezda yaroqsiz holga keladi va rubob prima cholg'usi pardalarda soz bo'lmay qoladi. Bunday hollarda albatta torlar sifatida o'z vaqtida e'tibor berish talab etiladi. Bugungi kunda rubob prima cholg'usi ijrochilik amaliyotida mustahkam o'ringa ega.

Yangi musiqiy cholg'ulari qatorida prima rubobi dastlab A.I.Petrosyans rahbarligida Toshkentdagi musiqa bilim yurtining o'quv cholg'u orkestrida sinovdan o'tkazildi. O'sha paytdagi O'zbekiston Davlat Filarmoniyasining o'zbek xalq cholg'ulari orkestri bu borada chinakam tajribaxona vazifasini o'tadi. Shunday qilib, takomillashtirilgan o'zbek xalq cholg'ulari, shu jumladan prima rubobi ham O'zbekiston Davlat Filarmoniyasining yangi turdagi orkestridan munosib o'rin egalladi.

1943-yilda xalq cholg'ularini takomillashtirish va rekonstruksiya qilish bo'yicha o'ziga xos tajriba ijodxonasi bo'lib O'zbekiston filarmoniyasining cholg'u orkestri 45 ijrochini o'z ichiga olgandi. Orkestrda rekonstruksiya qilingan cholg'ulardan iborat 5 ta mustaqil guruh shakllantirildi. Ular orasida rubob-primalar I, II, qashqar rubobi I, II, afg'on rubobi I, II, dutor, bas va kontrabas dutorlarni o'z ichiga olgan torli noxunli (mizrobli) cholg'ular guruhi yetakchi va muhim ahamiyat kasb etdi.

Rubob prima yuqori registrli cholg'u sozi bo'lib, skripka cholg'usidagi kichik oktavadagi sol tovushidan 4 oktavadagi mi gacha bo'lgan tovushlarni ijro qilish imkonini beruvchi diapazonga egadir. O'zbek xalq chog'ulari orkestrida rubob prima boshqa chog'ulardan qator o'ziga xos ahamiyatga molik bo'lib, yetakchi o'rinni egallaydi. Rubob prima xalq cholg'ulari orkestrdagi mizrobli va chertma torli cholg'ular guruhining ijro qilish imkoniyati, mahoratini, ovozini sezilarli darajada oshiradi. Badiiy va ijrochilik jihatidan juda katta imkoniyatlarga ega bo'lganligi sababli rubob prima sozida jahon musiqasining klassik namunalarini, taniqli bastakorlarning asarlarini, o'zbek xalq kuylarini, O'zbekiston bastakorlari yaratgan murakkab yirik asarlarni ham yuksak mahorat bilan ijro etish mumkin.

O'zbek xalq cholg'ulari, qashqar rubob, afg'on rubob, dutor kabi cholg'ularga nisbatan rubob prima cholg'usida pozitsiya birmuncha ahamiyatliroq. Chunki rubob prima cholg'sining ijro diapozoni kattaligi, torlarning barchasi metallardan ishlanligi, ularning kvinta intervali bo'yicha sozlanishi cholg'u dastasining xohlagan qismida tordan-torga o'tib ijro etish imkonyatini beradi. Bu esa o'quvchi- talaba va har qanday sozandadan pozitsiyalar, ularni almashtirish usullari va to'g'ri applikatura qo'yish ko'nikmalarini yaxshi o'zlashtirishini talab etadi. Bunday ko'nikmalar esa

I [ccñ^^BI 131 http://oac.dsmi-qf.uz

ijrochiga torlardagi notalar joylashuvini yaxshi o'zlashtirish, nota o'qish va ijro mahoratini o'stirishda yordam beradi.

Bizning davrimizga kelib, rubob prima cholg'usi andijonlik soz ustalari Kozimjon Nizomiddinov, Abdumalik Madrahimovlar sulolasi va ularning shogirdlari tomonidan yuksak mahorat bilan yasalmoqda. Ular yasagan cholg'ular O'zbekiston ijrochilik san'atining yuksalishiga munosib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida bolalar musiqa va san'at maktablarida, musiqa va san'at kollej, litseylarda, konservatoriyada bu cholg'u bo'yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bugun ham O'zbekiston davlat konservatoriyasida o'z faoliyatini davom ettirayotgan cholg'ular lobaratoriyasida B.Inoyatov, A.Islomov, H.Rahmatov kabi sozgar ustalar tomonidan ushbu soz yasalib mutaxassislarga yetkazib berilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azat Gochbakarov Xalq cholgularida ijrochlik (Rubob prima) "Fan va texnologiya" nashriyoti 2019

2. Rustamjon Abdullayev Rubob-prima sadolari "Turon zamin ziyo" nashriyoti

2016

3. Madrimov B.X Ozbek musiqa tarixi "Barkamol fayz media" 2018

132

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.