Научная статья на тему 'MUSIQIY TA’LIMDA DUTOR BAS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MASALALARI'

MUSIQIY TA’LIMDA DUTOR BAS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
219
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa cholgʻulari / dutor bas / diatonik / xromatik / rekonstruksiya / cholg„ular tuzilishi / o'quv adabiyotlari. / musical instruments / dutar bass / diatonic / chromatic / reconstruction / structure musical instruments / educational literature.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Panjiyev Umidjon

Mazkur maqolada dutor bas cholg'usi va undagi ijrochilikda uchrayotgan muammolar o'rganilib, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar berib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the problems of the dutar bass and its performance, also suggests ways to solve them.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY TA’LIMDA DUTOR BAS IJROCHILIGINI O‘RGATISH MASALALARI»

MUSIQIY TA'LIMDA DUTOR BAS IJROCHILIGINI O'RGATISH

MASALALARI

Panjiyev Umidjon

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Professional ta'lim: Xalq ijodiyoti

(cholg'u ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi 1-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi Qudratilla Qobilqoriyev

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada dutor bas cholg'usi va undagi ijrochilikda uchrayotgan muammolar o'rganilib, ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: musiqa cholg'ulari, dutor bas, diatonik, xromatik, rekonstruksiya, cholg'ular tuzilishi, o'quv adabiyotlari.

ABSTRACT

This article discusses the problems of the dutar bass and its performance, also suggests ways to solve them.

Keywords: musical instruments, dutar bass, diatonic, chromatic, reconstruction, structure musical instruments, educational literature.

"O'zbek xalq cholg'ulari xilma-xil bo'lib, xalqimiz tomonidan ardoqlab kelinadi. Ular damli, urma torli, mezrobli, zarbli, kamonli cholg'ulardir".

O'zbek milliy cholg'ulari asosan diatonik tovushqatorda bo'lib, unda kompozitorlar, jahon xalqlarining musiqiy asarlarini ijro etish imkoniyatini oshirish maqsadida rekonstruksiya qilish masalasi ilgari surildi. Undan asosiy maqsad tovush (ohang) xususiyatlarini yaxshilash, cholg'ularda yangi texnik imkoniyatlar yaratish, (tovush tusi) nozikliklariga erishgach, 12 bosqichli ravon sur'atlarga bo'lingan xromatik tuzilmalarni joriy etish, tovush qatorlarni kengaytirishdir.

O'zbek xalq cholg'ularini rekonstruksiya qilish va takomillashtirish, ularni yevropa tovush qatori tizimiga o'tkazish ustida A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir guruh ustalar V.V.Andreyevning tajriba va ijodiy yutuqlariga tayanib ish olib borishdi. Usta Usmon Zufarov ko'plab dutor va tanbur, g'ijjaklarning turdosh oilalarini yaratgan bo'lsa Matyusuf Xarratov changning yuqori registrini qo'shimcha torlar va xaraklar hisobiga kengaytirdi. Yunus Rajabiy Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor-bas, g'ijjak-bas, g'ijjak-alt, namunalarini yaratdilar. Cholg'ularni takomillashtirish natijada xalq cholg'ularimiz diatonik tovushqatordan xromatik tavush qatorga o'tkazildi.

Buning natijasida:

chang cholg'usi asosida chang-pikkolo, chang-prima, chang-tenor, bas chang;

qashqar rubobi asosida prima rubob, rubob-metssosoprano, rubob-alt, afg'on rubobi; dutor cholg'usi asosida dutor-prima, dutor-sekunda, dutor-alt, dutor-tenor, dutor-bas, dutor-kontrabas; g'ijjak cholg'usi asosida g'ijjak-alt, g'ijjak-bas, g'ijjak-kontrabaslar yaratildi.

Yangi musiqa cholg'ulari avvaliga A.I.Petrosyans tashabbusi bilan Toshkent Davlat musiqa bilim yurtida tashkil qilingan o'quv cholg'u orkestr sinfida sinaldi. Keyinchalik O'zbekiston Davlat filarmoniyasi orkestrida cholg'ularni rekonstruksiya qilish tajribaxona vazifasini o'tadi.

O'zbek dutorini takomillashtirish natijasida uning yangi turlaridan biri dutor bas cholg'usi bunyodga keldi.

DUTOR BAS - dutorning kattalashtirilib ishlangan turi bo'lib, mezrob yordamida ijro qilinadi. "Mazkur cholg'u kosadan, pardali dastadan va burama quloqli bosh qismdan iboratdir. Kosa bo'lak-bo'lak yupqa yog'och qovurg'alar birikmasidan hosil bo'lgan. Kosaning ustki yassi tomoniga rezanator teshikchali ovoz o'tkazuvchan yog'och qopqoq ustidan "qalqon" deb nomlangan yog'och qatlami yopishtirilgan. Yog'och qopqoq ustida pardalar uzra torlarni ma'lum balandlikda saqlab turuvchi xarrak qo'yilib, u ishchi torlarning quyi chegarasi hisoblanadi va torlarning to'lqinlanishini ta'minlaydi". [1.B.6]

"Dutor basning to'rtta tori bo'lib, birinchi tori kichik oktavaning "lya" tovushiga, ikkinchi tori kichik oktavaning "re" tovushiga, uchinchi tori katta oktavaning "sol" tovushiga, to'rtinchi tori katta oktavaning "do" tovushiga sof kvinta oralig'ida sozlanadi. Lya tori ichak yoki kaprondan qilingan bo'lib, qolganlari metaldandir.

I 11 111 IV

tfV -o-

1*

/

-e-

-e-

Iva rc sol do

kichik kitjhik katta katta

ok lava ok lava ok (a vu oktava

Dutor-basda xilma-xil interval, uchtovushlik va to'rttovushlik akkordlarini qiyinchiliksiz ijro etish mumkin. Uning ijro usullari - tremolo, stakkato, shuningdek, bosh barmoq bilan chalinadigan pitssikato. Orkestr va ansambl tarkibida dutor-bas, asosan, pastki registr tovoshlarini ijro qilib kelmoqda ".

Dutor bas torlarining yo'g'onligi:

Asosi O'rami

Birinchi tor (ichak yoki kapron)1,2 mm Ikkinchi tori 0,40 mm 0,40 mm. Uchinchi tori 0,50 mm 0,40 mm. To'rtinchi tori 0,50 mm 0,70 mm.

Dutor basning diapazoni katta oktavaning "do" tovushidan ikkinchi oktavaning "lya" tovushigacha.

katta oktava

Dutor bas cholg'usining partiyasi partiturada dutordan keyingi, bas (fa) kalitida yoziladi.

Dutor bas cholg'usi uchun o'quv-pedagogik va badiiy material qilib, asosan, violonchel uchun yozilgan pyesalar foydalanilmoqda. Cholg'uning tuzilishi va sozlanishidagi jarangdorlik va ijrochilik imkoniyatlaridagi ba'zi bir o'xshashliklar bu repertuarning dutor basga ham ortiqcha qiyinchiliksiz moslashtirishga imkon yaratadi.

Dutor bas cholg'usi xalq cholg'ulari orkestri va ansambllarida qo'shimcha ovoz, garmoniya vazifalarini bajarib kelmoqda. Ammo dutor bas cholg'usining kamchiliklari ham yo'q emas.

Fikrimcha dutor bas cholg'usini musiqa maktab o'quvchilariga moslab kichikroq ko'rinishda va simlarini ham ularga moslab takomillashtirish lozim. Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish dutor bas cholg'usining yanada ommalashuviga sabab bo'ladi. Shu bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun anchagina qulaylik yaratiladi hamda ularning ijrolariga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Yana bir muammolardan biri bu dutor bas cholg'usining mutaxassislari kamligidir. Kuzatuvlarim natijasida guvohi bo'ldimki, ba'zi musiqiy ta'lim muassasalarida dutor bas cholg'usi mutaxassislari yetishmasligi sababli boshqa cholg'u mutaxassislari mazkur cholg'udan saboq berib kelmoqdalar. Bu holat bo'lajak dutor bas ijrochilari saviyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Ushbu yo'nalishida uchrayotgan yana bir dolzarb masalalardan biri dutor bas cholg'usi haqidagi o'quv adabiyotlari hamda mazkur cholg'us uchun mo'ljallab yozilgan musiqiy asarlarning yetishmasligidir. Hozirda guvohi bo'layotganimizdek musiqa maktablarida ijro qilingan asarlarni kollejlarda ham ijro qilinishi, kollejda ijro qilingan

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

asarlar esa oliy o'quv yurtlarida ham ijro qilinmoqda. Bu ham hal etilishi kerak bo'lgan muammolardan biridir.

Yuqoridagi kamchilik va muammolarni bartaraf etgan holda dutor bas cholg'usini yanada ommalashtirish va undagi ijrochilikni takomillashtirish mumkin.

REFERENCES

1. Nazarov A. "Bas dutor darsligi" Toshkent: "O'qituvchi" nashriyoti, 1983-yil.

2. Toshmatov O', Beknazarov X. "Cholg'ushunoslik" (darslik), Toshkent: "TURON-IQBOL" nashriyoti, 2018-yil.

3. Turapov Z. "Dutor bas", Toshkent: 2004-yil.

4. Turatov S. "Xalq cholg'ularini o'rganish" Toshkent: 2015-yil.

5. Xakimova F. Maxsus cholg'u Toshkent: "Navro'z nashriyoti", 2019-yil.

6. Yusupov Sh, Rahimov Sh "Cholg'u ijrochiligi" Toshkent: "Musiqa" nashriyoti 2011 -

yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.