Научная статья на тему 'O’RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG’U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI'

O’RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG’U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
161
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Forobiy / Darvish Ali / Abduqodir va Xo’ja Abdul-lohi-lori / Mavlono Merik changi Buxoriy / Mavlono Qosim-Rabboniy / Sulton-Ahmadiy “Devona” / rubobchilar aka-uka Shayx Shamsi-Rabboniy lyutnya / tanbur / ud / nay / rubob / chang / shoxrux / qonun / dutor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — G’ayrat Nematjon O’g’li Yuldashev

Xalq cholg’ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda paydo bo’lgan. Va bu cholg’u sozlarining bizgacha yetib kelishida allomalarimizning qilgan xizmatlari va bilimlari beqiyosdir. Ushbu maqola shu haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG’U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI»

O'RTA OSIYO ALLOMALARINING MUSIQIY CHOLG'U SOZLARI HAQIDA ILMIY VA DUNYOVIY QARASHLARI

G'ayrat Nematjon o'g'li Yuldashev O'zbekiston san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Xalq cholg'ulari eramizdan avvalgi XIII ming yillikda paydo bo'lgan. Va bu cholg'u sozlarining bizgacha yetib kelishida allomalarimizning qilgan xizmatlari va bilimlari beqiyosdir. Ushbu maqola shu haqida.

Kalit so'zlar: Forobiy, Darvish Ali, Abduqodir va Xo'ja Abdul-lohi-lori, Mavlono Merik changi Buxoriy, Mavlono Qosim-Rabboniy, Sulton-Ahmadiy "Devona", rubobchilar aka-uka Shayx Shamsi-Rabboniy lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shoxrux, qonun, dutor

SCIENTIFIC AND SECULAR VIEWS OF CENTRAL ASIAN SCHOLARS ON MUSICAL INSTRUMENT SOUNDS

Ghairat Nematjon Yuldashev Fergana regional branch of Uzbekistan Institute of Art and Culture

Abstract: Folk instruments appeared in the 13th millennium BC. And the services and knowledge of our scholars are incomparable in bringing these instrumental words to us. This article is about that.

Keywords: Farobi, Darvish Ali, Abduqadir and Khoja Abdul-lahi-lori, Maulana Merik Changi Bukhari, Maulana Qasim-Rabbani, Sultan-Ahmadi "Devona", the rubobchilar brothers Sheikh Shamsi-Rabbani lute, tanbur, oud, flute, rubob, chang, shokrukh, law, dutor

Buyuk alloma asli ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy, Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targ'ib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta o'zlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qo'shgani uchun "al Muallim assoniy" ("Ikkinchi muallim", Aristoteldan keyin), "Sharq Arastusi" nomlariga sazovor bo'lgan, O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi bo'lgan Al Forobiy mohir ijrochi sifatida ham tanilgan. U damli cholg'u nay asbobini, torli mizrobli cholg'u tanbur va ud musiqa asboblarini juda zo'r mahorat bilan ijro etgan. Forobiy mohir ijrochi sifatida musiqa cholg'u asboblarining jamiyat hayotidagi rolini o'rganishga ahamiyat beradi va u "Jangu jadallarda, raqslarda, to'y-tomoshalarda, ko'ngil ochar bazmlarda hamda ishq va muhabbat qo'shiqlarini kuylashda chalinadigan cholg'ular bor", deb yozgan

I ibiSi^^Bl ^34 http://oac.dsmi-qf.uz

edi. Kitobning ikkinchi qismida halq cholg'ulari lyutnya, tanbur, ud, nay, rubob, chang, shoxrux, qonun, dutor va boshqa cholg'ular izchil va batafsil ta'riflanadi. Lyutnya-torli mizrobli cholg'usi o'sha davrda eng keng tarqalgan bo'lib, o'ziga x os mizrob (chertma) vositasida chalingan, dastasida esa ligatura (lada) lar joylashgan.

IX-X asrlarda lyutnya arabcha ud nomini oladi. Bu cholg'u asbobi ko'pgina Sharq mamlakatlarida, Kavkazorti xalqlari orasida, O'zbekiston va Tojikiston cholg'uchiligida hozirgi kungacha saqlanib kelayapti. (Zamonaviy ud namunalari T.D.K. ning sohaviy-tajribaviy sinovxonasida mavjud)

"Musiqa xaqida katta kitob" da Forobiy yana bir cholg'u asbobi tanburni ta'riflaydi. Olimning fikricha, tanbur forscha tan-bur ya'ni (Dilni tirnash) ud cholg'usiga yaqin turadigan cholg'udir deydi.

Forobiy shuningdek nayni ham ta'riflaydi. U turli xil damli musiqa cholg'ularini ovoz hosil qilish uslubiga ko'ra naysimon guruhga kiritadi, ya'ni nay quvurida havoning damli harakati orqali, tovush hosil bo'ladi. Ulardan biri oddiy nay, yoki bir yo'nalishda joylashgan ko'p teshikli nay. Bu turdagi bo'ylanma naylar yoki turlicha ataluvchi naylar hozirgi kunda ham Sharq xalqlari orasida mavjud. Uning Vetnamliklar sao, tojiklar tutek, tatarlar kaval, qozoqlar sibizg'a, Ozarbayjonliklar nay (juda kam uchraydi), qirg'izlar uo, choor (cho'ponlarning cholg'u asbobi) o'zbeklar nay deydi.

Olim va mashhur cholg'uchi Forobiy surnay musiqa asbobi haqida bir qator ma'lumot beradi. Uning o'rik yoki tut daraxtidan ishlanganligi va o'sha davrda keng tarqalgan musiqa asbobi ekanligi haqida to'xtalib o'tadi.

Forobiy, shuningdek, Dunay, (Mizmar) ni ham alohida tilga oladi. Dunay hozirda qo'shnay yoki turkman cholg'usi gosha-dilli tyuy dyuk (qo'sh qamishdan yasalgan cholg'u) ga o'xshatadi.

Forobiy o'z risolasida o'zi yashagan davrda mavjud bo'lgan rubobni ham batafsil ta'riflaydi. O'sha davrdagi rubob ham hozirgi qashqar rubobiga o'xshash bo'lib, pardalari dutor pardalariga o'xshagan, dastasi ancha uzun bo'lganligini, asosiy qismini yog'och dekali pastki qismi esa charmdan ishlangan, dekali musiqa cholg'usi deb ta'riflaydi. Shuningdek, musiqa asbobi changni ham ta'riflaydi. O'sha vaqtgacha changning 15 ta tori bo'lgan, ular diatonik sozlangan va ikki oktava oralig'iga teng tovush qatorga ega deydi. Yana Forobiyning guvohlik berishicha ud cholg'usi ansambl ijrochiligida yetakchi rol o'ynagan "Cholg'u asboblari haqida kitob" ida olim tanbur, rubob, chang, cholg'u asboblarini udda chalayotgan kuyga yoki yakka navoz xonandaga, uyg'un jo'r bo'lish, uchun sozlash usullarini tushuntiradi.

Shunday qilib, Sharqning ulug' allomasi Al-Forobiy musiqa ilmining bir bo'limi sifatida cholg'u asboblarini o'rganuvchi cholg'ushunoslik sohasiga asos soladi.

O'z davrida shoir, xattot, tabib bo'lib tanilgan, fors tilida ijod qilib, ko'plab Muammo, qasida va ruboiylar yozgan, Jomiyning "Bahoriston" , Navoiyning "Chor

I icclT^^^^H 435 http://oac.dsmi-qf.uz

devon"i 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir G'azzoliining "Ma'rifat ul-mazohib" risolasini nasta'liq xatida ko'chirgan, Darvish Ali musiqa ilmi bilan ham shug'ullnganganligi tarixda bayon etilgan. XVII asrning mashhur ud va chang cholg'usi ijrochisi Darvish Ali o'zining risolasida o'sha davrda qo'llanilgan cholg'u asboblari haqida quyidagicha batafsil ma'lumot bergan. U udni cholg'ular "Shohi" deb ataydi. Udning juft sozlagan o'n ikki tori bo'lgan. Farobiy davridagi dastlabki uddan bir muncha farq qilgan. Risolada yozilishicha chang cholg'ular homiysi Zuhroga bag'ishlangan.

Ta'riflangan changning yetti maqom ijrosi uchun yigirma olti tori va yetti pardasi bo'lgan. Nay ham qadimiy cholg'u sifatida tilga olinadi. Yana risolada qonun, rubob, qobiz, musiqor, enbon nayi (xitoyda tarqalgan) ruhavza (olti tordan iborat noxunli) kabi cholg'ulari to'g'risida yozilgan. Darvish Ali ta'rif bergan cholg'u asboblaridan yettisasi: tanbur, chang, ud, qonun, rubob, qobiz, g'ijjak, nay o'sha davrda juda keng tarqalgan edi. Risolada changchi Dilorom, naychilar Abduqodir va Xo'ja Abdul-lohi-lori, Mavlono Merik changi Buxoriy, Mavlono Qosim-Rabboniy, Sulton-Ahmadiy "Devona", rubobchilar aka-uka Shayx Shamsi-Rabboniy va ko'pgina boshqa mashhur ustozlarning nomlari tilga olinadi. G'ijjak cholg'uchisi Shoh Quliy-G'ijjakiy shu musiqa asbobida ajoyib kuylar ijro etgan va uning yaratgan muhammas ritmidagi peshravi "Husayniy" alohida ajralib turadi.

Darvish Ali, naychi Sulton Ahmadni ijro etgan kuylariga, nayning sehrli ohanglariga, san'at ixlosmandlari chuqur ta'surot qoldirganliklarini aytadi.

Darvish Alining guvohligi yana shunisi bilan qimmatliki, u sayd etgan cholgu asboblarning kattagina qismi ( nay, surnay, karnay, chang, qonun, rubob, ud, tor, tanbur, g'ijjak, qobiz, doira, nog'ora, dutor) O'rta Osiyoning O'zbekiston, Tojikiston va boshqa respublikalarida, ham shu kunlargacha saqlanib keldi va ular takomillashmoqda. Shunday ekan, bu cholg'ularni o'zbek halq musiqa cholg'ulari, deb atash o'rinlidir.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki O'rta-asr Sharq olimlarining asarlarida musiqiy cholg'ular, ular yaratgan ma'naviy madaniy muhit haqida tarixiy ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, ushbu cholg'u sozlarimiz nafaqat oddiy sozandalarni balki buyuk allomalarning ham e'tirofiga e'tiboriga sazovor bo'lggan deyish mumkin. ushbu musiqiy cholg'ular hozirgi kunda ham keng qo'llaniladi va uning zamonaviy va takomillashgan turlari keng tarqaldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy enseklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent -2000 yil

436

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.