Научная статья на тему 'OYBEKNI TURKCHA “SO‘ZLATGAN” IJODKOR'

OYBEKNI TURKCHA “SO‘ZLATGAN” IJODKOR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek-turk adabiy aloqalari / roman / asliyat / badiiy tarjima. / Uzbek-Turkish literary connections / novel / original / literary translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidov, Xayrulla, Rasulova, Kamola

Ushbu maqolada atoqli o‘zbek adibi Muso Toshmuhammad o‘g‘¬li Oybek qalamiga mansub “Qutlug‘ qon” va “Oltin vodiydan shabadalar” ro¬manlarini turk tiliga ag‘darib Turkiyaning “Bengu” ve “Nobel” nashriyotlarida chop ettirgan ijodkor, olima Zamira Hamidovaning tarjimonlik faoliyati xusu¬si¬da so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CREATIVE WHO "SPOKEN" OYBEK IN TURKISH

This article is about the translator and scientist Zamira Ha¬mi¬do¬va, who translated into Turkish the novels of the outstanding Uzbek writer Muso Tash¬muhammed Aybek “The Sacred Blood” and “Winds from the Golden Val¬ley”, published by the Nobel and Bengu publishing houses in Turkey.

Текст научной работы на тему «OYBEKNI TURKCHA “SO‘ZLATGAN” IJODKOR»

о

OYBEKNI TURKCHA "SO'ZLATGAN" IJODKOR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10335828

DSc. Xayrulla HAMIDOV,

TDSHU professori v.b., Toshkent, O'zbekiston Tel: 90 960 06 23; E-mail: hamidovx@gmail .com

Kamola RASULOVA, TDSHU stajor o'qituvchisi, Toshkent. O'zbekiston. Tel: 93 386 63 05; E-mail: rasulovakamola0120@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada atoqli o'zbek adibi Muso Toshmuhammad o 'g 'li Oybek qalamiga mansub "Qutlug' qon" va "Oltin vodiydan shabadalar" ro-manlarini turk tiliga ag'darib Turkiyaning "Bengu" ve "Nobel" nashriyotlarida chop ettirgan ijodkor, olima Zamira Hamidovaning tarjimonlik faoliyati xususida so 'z boradi.

Kalitso'zlar: o'zbek-turk adabiy aloqalari, roman, asliyat, badiiy tarjima.

Аннотйция. В данной статье речь идет о переводчице и ученой Замире Хамидовой, которая перевела на турецкий язык романы выдающегося узбекским писателя Мусо Ташмухаммеда Айбека «Священная кровь» и «Ветерки из золотой долины», опубликованные в издательствах "Нобель" и «Бенгу» в Турции.

Ключевые слова: Узбекско-турецкие литературные связи, роман, оригинал, художественный перевод

Abstract. This article is about the translator and scientist Zamira Hamidova, who translated into Turkish the novels of the outstanding Uzbek writer Muso Tash-muhammed Aybek "The Sacred Blood" and "Winds from the Golden Valley", published by the Nobel and Bengu publishing houses in Turkey.

Key words: Uzbek-Turkish literary connections, novel, original, literary translation.

Joriy yilning ilk haftasida Turkiyada yashab ijod qilayotgan tarjimon, atoqli o'zbek adibi, akademik Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek qalamiga mansub "Qutlug' qon" [1] va "Oltin vodiydan shabadalar" [2] romanlarini turk tiliga ag'darib Turkiyaning "Bengu" ve "Nobel" nashriyotlarida chop ettirgan yurtdoshimiz Zamira Hamidova (Ozturk) bilan respublikamizning bir necha viloyati (Sirdaryo, Samarqand va Namangan)da va poytaxt - Toshkent shahrida ijodiy uch-

rashuvlar, davra suhbatlari va ijodkor tarjima qilgan va olima sifatida yaratgan ilmiy monografiyalarining taqdimotlari bo'lib o'tdi. Jumladan, 6.09.2023 kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan tadbirda O'zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi direktori A.Eminov va talaba yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirni I.Azimov ochib berdi, Markaz direktori o'z nutqida tarjima qilingan romanning ahamiyati jihatidan muhimligi, Zamira Hamidovaning tarjimonlik faoliyati bilan mehmonlarni tanishtirdi. Ushbu romanning tarjima qilinishi o'zbek millati madaniyati, tarixi targ'iboti yo'lida qo'yilgan qadamlardan biri ekanligini ta'kidladi. O'zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sulton Oybekning asarlari o'zbek xalqi kim ekanligini aniq ko'rsatib turishi bilan boshqa yozuvchilardan ajralib tu-rishini alohida ta'kidladi1.

Uchrashuvda so'zga chiqqan Zamira Hamidova asarni tarjima qilishdagi mashaqqatlar haqida gapirib, "Agar tarjima qilayotgan asaringizni tushunmas, uni teran his etmas ekansiz, tarjima qilishingizning hojati yo'q. Millatning madaniyati, ruhiyatini ko'rsatib turadigan asarni to'g'ri, asliyatga mos tarjima qilish muhimdir", dedi. Tadbir so'nggida O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan nashr etilgan kitoblar talabalarga sovg'a qilindi.

Xuddi shunday uchrashuv va "Qutlug' qon", "Oltin vodiydan shabadalar" romanlari turkcha tarjimasi nashri taqdimoti Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti va Alfraganus universitetida ham tashkil etildi. Sharqshunoslik universitetida o'tkazilgan tadbirda "Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika" kafedrasi professor-o'qituvchilari, doktorantlari, Turkiy tillar kafedrasi o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Unda asar haqidagi fikr-mulohazalar, tarjima mashaqqatlari bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Shu o'rinda, so'z borayotgan tarjimon haqida qisqacha ma'lumot: filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), tarjimon Zamira Hamidova 1976 yilning 10

1 Taqdimotlar haqida maxsus reportajlar "Toshkent" telekanali orqali efirga uzatilgan.

yanvarida Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug'ilgan. Uning o'z bolaligi haqidagi quyidagi samimiy so'zlari e'tiborimizni tortdi: "Besh yoshimda o'qish-yozishni o'rganganman. Adabiyotga qiziqishim bolalik chog'larimdan boshlangan. Kichik yoshlarimdan uydagi bor kitoblarni o'qir edim, Toshkentga borib-keladiganlardan menga kitob olib kelishlarini iltimos qilardim. Onam menga ish buyurganlarida bir parcha qog'oz ko'rib qolsam shuni tugatmaguncha qo'ldan qo'ymasligimni ko'p eslardilar. U paytlar pochta orqali uyga juda ko'p gazeta-jurnal kelardi. Hayotimda eng yaxshi ko 'rgan narsam pochta qutisini tekshirish edi, pochta qutisi to'la bo'ldimi mendan baxtli inson yo'q edi. Vodiydagi qarindoshlar bilan maktublashishni judayam yaxshi ko'rardim. Kommunikatsiya sohasiga bo'lgan qiziqishim o'sha paytlardan boshlangan bo'lsa ajab emas. Turkiyaga ilk marotaba 2000-yilda kelganimdan keyin bu yerdagi tanish-bilishlarim bilan ancha vaqtgacha maktublashib yurgandik. O'ylab qarang, qancha tog'-tosh, daryolar oshib to'rt-besh ming kilometrdan uyingizga maktub kelyapti... Birinchi marta o'qigan romanim "Ikki eshik orasi" bo'lgan. Sakkiz yoshda edim. Bir kuni qarasam, "Sharq Yulduzi" jurnalining yangi sonida O'tkir Hoshimov degan yozuvchining yangi romani berilibdi. Romanning ilk bo'limidan juda qattiq ta'sirlandim. Jurnalning keyingi sonini sabrsizlik bilan kuta boshladim. Bir kuni "Minavor Minavor cho'ntagingda nima bor?" deganimni onam eshitib romanni o'qiyotganimni sezib qoldilar va yoshimga mos kelmasligini aytib koyidilar..."

Zamira Hamidova Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani, "Farg'ona" qasabasidagi Amir Temur nomli 5-o'rta maktabda o'qigan. Ota-onasi boshlang'ich sinfdan to maktabni bitirgungacha ilm bergan butun o'qituvchilari unga doimo ishonch bilan qarashgan. Ularning qizlariga bo'lgan ishonchlari o'z ustida ishlashi, yaxshi o'qishi, qiyinchiliklarni yengib o'tishida juda katta rol o'ynagan, qo'rqmasdan kelajakka doir rejalar tuzishiga undagan bo'lsa ajabmas. Zamiraning chet tiliga bo'lgan qiziqishi o'sha paytlarda ko'pchilikda bo'lgani kabi rus tilidan boshlangan. Ko'pmillatli mahallada katta bo'lgani, rus, qozoq, koreys, tatar millatiga mansub qo'shnilari bilan tinch-totuv yashagani va maktabda chet tili o'laroq nemis tili o'qigani, Nizomiy nomidagi pedinstitutga o'qishga kirganidan so'ng turk tilini o'rgangani, maktab davrlarida bolalar xorida qo'shiq aytgani, keyinchalik esa turk xalq qo'shiqlari (turkular)ga mehr qo'ygani bugunga kelib iste'dodli ijodkor, so'z ohangini teran his qiluvchi tarjimon bo'lishi uchun mustahkam zamin hozirlaganiga hech shubha yo'q. Zero bolaligidan haqiqiy musiqa, xususan maqomni teran his qiluvchi insonda har doim bir necha iste'dod mujassam bo'lishi ilmda o'z isbotini topgan. Zamira Hamidovaning o'zi bu xususda shunday deydi: "Turkular turk millatini, bu xalqning urf-odatini, maqol va iboralarini, his-tuyg'ularini qanday ifoda etishini o'rganishimda menga juda katta yordam bergan, Toshkentdagi Nizomiy

pedinstitutida bizga turk tili va adabiyotidan dars bergan ustozimiz, yaqinda Amasyadagi litseydan (Amasya Ögretmen Lisesi) nafaqaga chiqqan Adnan Chakiji (Adnan Çakici) bilan san'at, adabiyot haqida juda ko'p suhbat qilardik. Shunday suhbatlardan birida "însani aglatmayan türkü türkü sayilmaz (Insonni yig'latmagan xalq qo'shig'i (türkü) qo'shiq emas) degan gapimni ustoz haligacha eslab yurar ekanlar..." [3]

Darvoqe, olima va tarjimon Zamira Hamidova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti / O'zbek-qozoq filologiyasi fakulteti, qo'shimcha Turk tili va adabiyoti bo'limida bakalavriat bosqichini, Turkiyadagi Marmara universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Bir necha yil avval taniqli turk adibi Umar Sayfiddinning "Badal", "Ont", "Yakkama-yakka", "Qurbaqa duosi", "Karomat", "Baland poshnalar" va "Cho'qmor" hikoyalarini o'zbek tiliga tarjima qilgan va Marmara universitetida ushbu asarlardagi qo'shma fe'l hamda iboralarni o'zbek tilidagi muqobillari bilan solishtirish mavzusida qiyosiy tilshunoslik mutaxassisligi bo'yicha magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Zamira Hamidova Turkiyaning Hojattepa universitetida "O'zbekistonda til siyosati: standartlashtirish va modernizatsiya" mavzusida falsafa doktorligi (PhD) disertatsiyasini himoya qilgan. Bu ilmiy ish "Turkistonda til siyosati" (O'zbekiston misolida) (Türkistan'da Dil Politikasi Özbekistan örneginde) nomi bilan 2022-yili Bengü nashriyotida chop etildi. O'zbekistonlik vatandoshimiz 2003-2008-yillarda Istanbul shahar hokimiyatiga bog'liq "Turk dunyosi qardoshlar jamiyati"da o'zbekistonlik talabalar vakili lavozimida faoliyat yuritgan. "Turkiston madaniyat va ijtimoiy yordam uyushmasi" tarafidan tashkil etilgan o'zbekcha kursi bo'yicha o'qituvchilik qilgan. Shuningdek, 2014-2018-yillarda Bosh vazirlik, Matbuot va axborot bosh boshqarmasida tarjimonlik qilgandan so'ng 2018-yildan beri Turkiya Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi, Kommunikatsiyalar boshqarmasida tarji-mon sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

20 yildir Turkiyada yashayotgan Zamira Hamidova vatanimiz, tilimiz va adabiyotimiz, urf-odatimizni turk xalqiga tanitish, targ'ib qilish uchun qo'lidan kelganini qilib kelmoqda. "Hech bo'lmaganda o'zbek palovi pishirib bu taomni ilgari tatib ko'rmagan insonlarga ikrom etish eng yaxshi ko'rgan ishlarimdan biri. Bu yil (2023) avgust-sentabr oylarida O'zbekistonning turli shaharlarida o'tkazgan kitob taqdimotlarimda o'zim o'zimni chetdan kuzatdim. 20 yil davomida qilgan ishlarimni sarhisob qildim, chunki shu kungacha bularni o'ylashga fursat bo'lmagandi. O'tkazgan tadbirlarimda menga eng ta'sir qilgan, menga yangi kuch va g'ayrat bag'ishlagan narsalardan biri yoshlarning "Sizga havas qildik, ustoz" deyishlari bo'ldi. Demak, 20 yil umrim, tortgan azob-uqubatlarim bekor ketmabdi..." - deydi olima. Darhaqiqat, mamlakatimizda va Turkiyada juda katta

ehtiyoj sezilayotgan o'zbekcha - turkcha lug'atga yetti yilini sarflaganini ta'kidlagan Zamira Hamidova ushu lug'atning Turkiyadagi Nobel nashriyotida chop etilayotganini aytadi: "Ko'pchilikka ma'lum bo'lganidek lug'at yozish eng qiyin ishlardan biri. O'ylaymizki, bu lug'atimiz o'zbek va turk tillarida ish olib borayotgan va bu tillarni o'rganmoqchi bo'lgan barchaga foydali bo'ladi..."

Zamira Hamidova "Turkistonda til siyosati" (O'zbekiston misolida) [4], "Asab ve Ruhiyat" [5] professor Zarifboy Ibodullayevning kitob tarjimasi, "Ishq tili Yunus Emro" Dr.Mustafo Totchi asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan. Turkiyada nashr etilishi kutilayotgan "O'zbekcha-turkcha" ikki tilli izohli lug'at olimaning eng ko'zga ko'ringan kitoblari orasida muhim o'rin egallaydi, deb umid qilamiz.

Atoqli adibimiz, XX asr o'zbek adabiyotining yirik namoyandasi Musa Toshmuhammad o'g'li Oybekning o'zbek xalqi tarixining XV va XX asrlardagi hayoti yorqin badiiy aks etgan "Navoiy", "Qutlug' qon" va "Quyosh qoraymas" romanlari shu kunga qadar arab, fors va MDH davlatlari tillariga tarjima qilingan bo'lsa, bugunga kelib turk tiliga ham o'girilib nashr etildi. "Navoiy" romani so'nggi chorak asr davomida turk tarjimonlari tomonidan ikki marta turkchaga ag'darilib, nashr etilgan bo'lsa, bundan-da quvonarlisi, adibning "Qutlug' qon" va "Oltin vodiydan shabadalar" romanlari o'zbek tarjimoni Z.Hamidova tomonidan turk tiliga ag'darilib Turkiyaning "Bengu" va "Nobel" nashriyotlarida chop ettirdi. Zamira Hamidova o'zbek adabiyotining iki durdonasini nashr etish jarayoniga turkiyalik ijodkor, Yevroosiyo yozuvchilar uyushmasi raisi, "Bengu" nashriyoti mudiri Yoqub Umar o'g'li va "Nobel" nashriyoti bosh muharriri Nevzat Argun va nashriyot koordinatori, tahririyat kengashining bosh kotibi Gulfem Dursun xonimlar boshchiligi va homiyligida malakali turk mutaxassislari, muharrir va dizaynerlar guruhi jalb qilingani, "Qutlug' qon" romaniga turkiyalik taniqli jurnalist, muharrir, ayni paytda Turkiya atrof-muhitni muhofaza qilish, shaharsozlik va iqlim o'zgarishi vaziri matbuot kotibi Laylo Gunesh xonim mas'ul muharrirlik qilgani, xususan, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Naim Karimovning "Oybek va uning "Qutlug' qon" asari haqida" nomli so'zboshisi ushbu nashr ahamiyatini yanada oshirganini samimiy e'tirof etadi.

"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida PhD.Shuhrat Hayitovning "Adabiy hamkorlik" rukni ostida bosilgan "Qutlug' qon" romani turk tilida" nomli maqolasida "Qutlug' qon" romanining turk tiliga tarjimasi ikki qardosh xalq o'rtasidagi azaliy adabiy hamkorlikning bugungi ifodasi, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning samarasi ekanligi ta'kidlanadi [6].

Kitobda adib hayoti va ijodi hamda XX asr o'zbek adabiyoti haqida ham tushuncha berib o'tilganki, bu narsa turkiyalik kitobxonlarga Oybek haqida keng tasavvur beradi. Shuhrat Hayitov yana shunday yozadi: "O'zbek adabiyotining

Turkiyadagi tolmas tadqiqotchilaridan biri Zamira Hamidova tomonidan tarjima qilingan "Qutlug' qon" asari o'zbek-turk adabiy aloqalari tarixida Alisher Navoiy, Bobur, Lutfiy, Atoyi, Abdulla Qodiriy, Cho'lpon kabi allomalarimiz asarlarining turk tilidagi tarjimalaridan keyingi qimmatli nashr sifatida qadrlidir. Bu tarjima olimaning Yevro Osiyo xalqlari adabiy aloqalariga doir ko'p yillik izlanishlari, tinimsiz mehnati samarasi, qolaversa, o'zbek adabiyotiga bo'lgan ulkan ehtiromi ramzidir".

"Qutlug' qon" romanining turk tiliga tarjimasining Toshkent va viloyatlarda o'tkazilgan taqdimotlarida so'zga chiqqan Zamira Hamidova mazkur asarning tarjima qilish jarayoni bilan bog'liq qiziqarli ma'lumotlar berar ekan, uning asl mazmunini saqlab qolish, turk tilida yanayam jozibali ko'rinishda ega bo'lish uchun ko'plab turk filologlari bilan suhbatlashganini ham ta'kidladi.

Tarjima o'ta murakkab, o'ta nozik, sermashaqqat ish. "Men tarjima qilishni matematikadan misol yechishga o'xshataman, deydi Zamira Hamidova, -Tashqaridan qaraganda oddiygina ishday ko'ringan bu soha aslida juda murakkab. Chunki har bir so'zning o'z kuchi, og'irligi, shiddati, rangi bor. Bir tilda berilgan so'zning o'girilishi kerak bo'lgan tildagi so'zning yuqorida aytib o'tilgan, birma-bir xususiyatga ega bo'lgan so'zni topib ishlatmas ekansiz "tarozining pallalari teng turmaydi, og'ib ketaveradi" U tarjimonlik kasbini kasblar orasida bu ishni qilayotgan insonga har kuni qandaydir yangi ilm o'rgatadigan kasb deb hisoblaydi. "Sababi har yangi matn bizni yangi mavzu haqida bilim egasi bo'lishi mizni talab qiladi, xohlasak xohlamasak har yangi matnda qanchadan-qancha ma'lumotga ega bo'lamiz, miyamizni charxlab turamiz", - deydi olima.

Xulosa o'rnida filol.f.b.f.d. (PhD) Shuhrat Hayitovning quyidagi so'zlarini keltirmoqchimiz: "Z.Hamidova asar ("Qutlug' qon") tarjimasida so'zning ifodaviy imkoniyati cheksiz ekanligini his etadi. Tarjima jarayonida oybekona til va uslub go'zalligini imkon qadar saqlab qolishga intiladi. Bu asar tarjimasi ijodkorning qariyb o'n yillik mehnatlari samarasidir. O'ylaymizki, ushbu tarjima turk kitobxonlariga manzur bo'ladi, Oybek hayoti va ijodini o'rganishdagi keyingi tad qi-qotlar uchun asosiy manbalardan biri bo'lib xizmat qiladi" [6]. Darhaqiqat, ushbu maqola, Oybek asarlari turkcha tarjimalarida muallif uslubi, milliylik va badiiylikning qayta yaratilishi mavzusiga bag'ishlab boshlangan tadqiqotning kichik bir parchasi bo'ladi degan umiddamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] Aybek, M. Kutlu kan, Roman, Çev. Zamira Öztürk. - Ankara.:Bengü, 2023

[2] Aybek, M. Altin Vadiden Esintiler, Roman, Çev. Zamira Öztürk. - A.:Nobel, 2023

[3] - https://www.instagram.com/p/CnPVyS8tLMU/?img index=1

[4] - Öztwk, Z. Trn-kistan'da dil politikasi (Özbekistan Ömeginde) - Bengü.: 2022

[5] - íbadullayev, Z. Sink ve Ruhiyat, Tip kitabi, Çev. Zamiгa Öztrnfc - A.:Nobel, 2G22

[6] - «O'zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasi, 2023 yil 11 avgust № 31 (4742). [V] - Tatchi, M. A§k Dili Yunus Emre, Kitap, Çev. Zamira Öztüгk. - A.: AKDTYK Atatüгk Kültüг Meгkezi Baçkanligi yayini ; 562. Kaynak Eserler ; 44. 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.