Научная статья на тему 'BEBAHO XAZINA (“Turkiy adabiyot durdonalari” tilimizda)'

BEBAHO XAZINA (“Turkiy adabiyot durdonalari” tilimizda) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
225
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiy davlatlar tashkiloti / turk adabiyoti / o‘zbek adabiyoti / adabiy aloqalar / badiiy tarjima. / Organization of Turkich states / Turkich literature / Uzbek literature / literary connections / literary translation.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mannonov, Abdurahim, Hamidov, Xayrulla

Ushbu maqolada 2022 йил 10-11 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида бўлиб ўтган Туркий давлатлар ташкилотининг I Саммити арафасида нашр этилган, ушбу ташкилотга аъзо ва кузатувчи мамлакатлар адабиётининг сара намуналаридан иборат юз жилдли “Туркий адабиёт дурдоналари” тўплами хусусида сўз боради.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A PRICELESS TREASURE ("Masterpieces of Turkish literature" in our language)

The This article is about the creation of a hundred-volume collection "Masterpieces of Turkic Literature", which was published on the eve of the 1st Summit of the Organization of Turkic States, which was held in Samarkand on November 10-11, 2022.

Текст научной работы на тему «BEBAHO XAZINA (“Turkiy adabiyot durdonalari” tilimizda)»

BEBAHO XAZINA ("Turkiy adabiyot durdonalari" tilimizda)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-271-277

Filol.f.d. Abdurahim MANNONOV

TDSHU professori, Toshkent, O'zbekiston.

Tel: +998 98 1252265; mannonova@gmail .com Filol.f.d. Xayrulla HAMIDOV TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: 90 960 06 23; E-mail: [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada 2022 йил 10-11 ноябрь кунлари Самарканд шаурида булиб утган Туркий давлатлар ташкилотининг I Саммити арафасида нашр этилган, ушбу ташкилотга аъзо ва кузатувчи мамлакатлар адабиётининг сара намуналаридан иборат юз жилдли "Туркий адабиёт дурдоналари " туплами хусусида суз боради.

Kalit so'zlar: Turkiy davlatlar tashkiloti, turk adabiyoti, o'zbek adabiyoti, adabiy aloqalar, badiiy tarjima.

Аннотация: В данной статье речь идет о стотомном сборнике «Шедевры тюркской литературы», который был издан в преддверии 1-го Саммита Организации тюркских государств, который прошел в Самарканде 10-11 ноября 2022 года.

Ключевые слова: ОТГ, Турецкая литература, узбекская литература, литературные связи, художественный перевод.

Abstract: The This article is about the creation of a hundred-volume collection "Masterpieces of Turkic Literature", which was published on the eve of the 1st Summit of the Organization of Turkic States, which was held in Samarkand on November 10-11, 2022.

Key words: Organization of Turkich states, Turkich literature, Uzbek literature, literary connections, literary translation.

Til - inson tafakkurining shaffof ko'zgusidir. Bunday bebaho xazinani nafaqat asrab-avaylash, balki to'xtovsiz takomillashtirib borish davlat, undan ham ziyoda jamiyatning sharafli, ham mas'uliyatli vazifasidir. Darhaqiqat, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 oktyabrda o'zbek tilining davlat tili sifatida qabul qilingan kun munosabati bilan matbuotda e'lon qilingan O'zbekiston xalqiga yo'llagan tabrigida inson uchun ona Vatan, ota-ona qanchalik aziz bo'lsa, uning ma'naviy

271

olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik mo'tabar ekanligi alohida ta'kidlangan. Ushbu tabrikda o'zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining sara namunalari xorijiy tillarga tarjima qilinib, chet ellik kitobxonlarning ham e'tiborini qozonayotgani, xususan iste'dodli olim va ijodkorlarimiz qalamiga mansub ilmiy va badiiy asarlar nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo'layotgani, qolaversa ona tilimizda "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli yuz jildlik muhtasham to'plam nashrdan chiqayotganiga alohida urg'u berilgan edi. Oradan bir necha kun o'tib, aniqrog'i 2022 yilning 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqandda o'tkazilgan I sammiti arafasida ana shu "yuz jildlik" kitoblar turkumi nashrdan chiqdi.

Shu o'rinda Davlatimiz rahbarining 2019 yil 15 oktyabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida o'tkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida tashkilotga a'zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalaridan tashkil topgan "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli yuz jildlik to'plamni har bir mamlakatning ona tilida nashr etish tashabbusini ilgari surganini eslash joiz. Ana o'sha tashabbus asosida ilk bor O'zbekistonda "Yuz jiltlik" tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosida, ona tilimizda chop etildi. Jamlanmaga umumturkiy adabiyotning eng sara namunalari, o'zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg'iz, turkman va venger adabiyotining XI-XXI asrlarga mansub 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarining asarlari kiritilgan.

Majmuaning 17 jildi turk adabiyoti, 16 jildi ozarbayjon, 10 jildi qozoq, 9 jilddan qirg'iz va turkman adabiyoti, 5 jildi qoraqalpoq va 1 jildi venger adabiyoti vakillarining turli yillarda o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlaridan iborat.

Ushbu bebaho xazina nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun turkiy tilli davlatlar orasida ilk bor ro'yobga chiqarilgan yirik adabiy loyihaning natijasi, shu bilan birga ona yurtimizda madaniyat va san'atga ko'rsatilayotgan muhim e'tibor, xalqimizning qardosh xalqlar va ularning so'z san'atiga bo'lgan yuksak ehtiromi ramzidir,

Ushbu turkumni tayyorlash uchun 200dan ortiq tarjimon, 100 dan ziyod adabiyotshunos olim, adib va muharrirlar jalb etilgan bo'lib, "O'zbekiston" nashriyotida chop etildi.

Qadim turkiy tilimizni ilk bor ilmiy asosda tadqiq etgan buyuk alloma Mahmud Koshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniy va Nosiriddin Rabg'uziy asarlarini o'z ichiga olgan besh jildlik "Umumturkiy adabiyot namunalari" bilan boshlangan majmuaning 6-33 jildlar "O'zbek adabiyoti namunalari"dan iborat bo'lib, undan Alisher Navoiydan boshlab to bugungi kunga qadar qalam tebratib kelayotgan o'zbek adabiyoti namoyandalarining durdona asarlarini o'z ichiga olgan. Qolgan jildlarni esa qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg'iz va turkman tillaridan ona tilimizga o'girib turli yillarda nashr etilgan va endi ilk bor chop etilayotgan durdona asarlar tashkil etadi.

"Turkiy adabiyot durdonalari" nomli yuz jildlik to'plamning yaralishida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o'qituvchilari, magistrant va talabalarining ham salmoqli hissalari bor. Jumladan, universitetimiz professorlaridan Boqijon To'xliyev ushbu "yuz jildlik"ning 3-jildi (Yusuf Xos Hojib. "Qutadg'u bilig"), Abdurahim Mannonov 45-jildi (Turkiy adabiyot durdonalari. Yashar Kamol. 45-jild. Adabiy-badiiy nashr. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 320 b.)ga so'z boshi yozgan, Adhambek Alimbekov 44-jildi (Umar Sayfiddin, Sabohiddin Ali. Hikoyalar) va 52-jildi (Tariq Bug'ro. "Usmon G'ozi". Roman) uchun mas'ul bo'lgan va bir necha jildga so'zboshi yozgan. Universitet dotsentlaridan Xayrulla Hamidov 45-jild (Turkiy adabiyot durdonalari. Yashar Kamol. 45-jild. Adabiy-badiiy nashr. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 320 b.) va 51-jild (Turkiy adabiyot durdonalari. Xolida Adib Adivar. Chorasoz (qissa va hikoya). Said Foiq Abasiyoniq. Eftalikus qahvaxonasi (hikoyalar). 51-jild. Adabiy-badiiy nashr. - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 344 b.) larini nashrga tayyorlagan hamda bir necha asarni ona tilimizga tarjima qilgan, Ergash Ochilov 32-jild (O'zbek mumtoz adabiyoti antologiyasi. Saylanma) va 59-jild (Fuzuliy. "Devon"dan she'rlar (tabdil)lar uchun mas'ul, so'zboshi muallifi), Olimjon Davlatov 6-jild (Alisher Navoiy. Saylanma g'azallar) uchun mas'ul, o'qituvchi Shermurod Subhonov 42-jild («Mavlono» romani, «Manas» asari, «Sharqning eng buyuk hukmdori Temur» romani) va 53-jild (Turk shoirlari she'riy to'plamlari tarjimasi: 1."She'rlar, Dostonlar"; 2. "She'rlar")ga so'zboshi yozgan.

Atoqli turk adibi Yashar Kamol asari jamlangan alohida jildga adibning "Og'ritog'i nolasi" romani (Tarjimon: Xayrulla Hamidov), "Ilonni o'ldirsalar" qissasi (Tarjimon: Lola Aminova), "Tunuka" qissasi (Tarjimon: Xayrulla Hamidov) va "Manzara" nomli ilmiy risola kiritilgan (Lola Aminova).

Turkiyalik mashhur adiba Xolida Adib Adivarning "Chorasoz" qissasi (Tarjimon: Xayrulla Hamidov) va "Cho'qqiga quvilgan qashqir" hikoyasi (Tarjimon: Kamola Rasulova) hamda hikoyanavis adib Said Foiq Abasiyoniqning 50 dan ziyod hikoyalari (Tarjimonlar: Miad Hakimov, Rustam Komilov, Mirvali A'zam, Xayrulla Hamidov, Poshshajon Kenjayeva, Kamola Rasulova, Sayyoraxon Hamidova, Dilfuza Shodmonova, Malohat Yoqubjonova, Sevara Bahodirova, Shahrullo Qurbonmurodov, Shohista Yazdanova, Nargiza Sultanova, Nozimaxon Valiyeva va b.) jamlangan 51-jild yaqin kunlarda o'zbek kitobxonlariga tuhfa qilinadi.

E'tiborli jihati shundaki, Said Foiqning 50dan ziyod hikoyalaridan 2 tasi bundan 65 yil ilgari (Miad Hakimov va Rustam Komilovlar tomonidan), 25 tasi 42 yil ilgari (Mirvali A'zam tomonidan) amalga oshirilgan bo'lsa, 24 ta hikoya so'ngi 3-4 yil ichida TDSHUning Tarjimashunoslik kafedrasida X.Hamidov va talabalari tomonidan tarjima qilindi.

Yurtimizda til va adabiyot masalasida olib borilayotgan davlat siyosati, xususan "Turkiy adabiyot durdonalari"ni xalqimiz orasida keng targ'ib etish ishida universitetimiz professor-o'qituvchilarining beg'araz hissalari bizni benihoya quvontiradi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlarning tili, madaniyati va qadriyatlari asrab-avaylab hamda rivojlantirib kelinayotgan bir davrda ushbu yo'nalishda olib borayotgan ishlarda universitetimiz mutaxassislarining ham hissalari borligidan faxr va iftixor tuyamiz.

Yana bir narsaga e'tibor qaratmog'imiz kerak: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev 2022 yil 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan Turkiy davlatlar tashkilotining I Sammitida so'zlagan nutqida "Biz yaqinda tashkilotimizga a'zo va kuzatuvchi mamlakatlar adabiyotining sara namunalaridan iborat yuz jildli "Turkiy adabiyot durdonalari" to'plamini o'zbek tilida nashr qildik. Ushbu

bebaho ma'naviy xazinani barcha a'zo va kuzatuvchi davlatlar tillarida ham chop etsak, qardosh ellarimizni, avvalo yosh avlodlarni o'zaro yaqinlashtirish uchun mustahkam zamin yaratgan bo'lar edik" - deya alohida ta'kidladi. Darhaqiqat, "Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari" shiorining o'zi barcha a'zo davlatlarning aholisiga, ayniqsa, yoshlariga yangi izlanishlar, imkoniyatlar, ilmiy tadqiqotlar ko'prigini ochib beradi. Demak, universitetimizning turkshunos tarjimonlari oldiga yana bir sharafli vazifa qo'yilmoqda: bu o'zbek adabiyoti durdonalarini istiqbolda turk tiliga tarjima qilib Turkiyada Respublikasida nashr etish vazifasidir. Biz bunday sharafli vazifani bajarishga tayyor turmog'imiz kerak.

Xalqlarimiz tarixi, o'tmishi va buyuk kelajagini ma'naviy rishtalar sifatida bog'lab turadigan, turkiy dunyo xalqlari - ulug' ajdodlar qoldirgan buyuk meros vorislari, kelajak davomchilari sifatida Yangi O'zbekistonning ma'rifatli jamiyat sari jahon va zamonning umumbashariy yutuqlariga erishishiga yo'l ochib beradigan "Turkiy sivilizatsiyaning yangi davri: umumiy taraqqiyot va farovonlik sari" mavzusidagi sammiti barchaning e'tiborida bo'ldi. "Zero, tilimiz, madaniyatimiz, hatto buyuk merosimiz ham yaqindir. Ushbu sammit ma'naviy va ma'rifiy ishlarimizning yuksalishida yangi qadam sifatida barchamizga ruhiy tetiklik, bir olam quvonch baxsh etgani bilan tarixga muhrlanadi. Zero, bu kabi muhim tadbirlar nafaqat xalqlarimizning ulug' ijodkorlari qoldirgan boy ma'naviy merosni keng targ'ib etadi, balki ularni asrab-avaylashga, chuqur o'rganishga ham da'vat etadi." - deb yozadi TDYuU professori F.Muhitdinova o'zining "Turkiy xalqlar xazinasi" nomli maqolasida [3].

Darhaqiqat, nashr etilgan mashhur "yuz jiltlik"ning milliy adabiyotimizda tutgan o'rni va tarixiy ahamiyati haqida avvalo shuni aytish kerakki, O'zbekistonimiz Markaziy Osiyoning qoq o'rtasida joylashgan mamlakat va u har sohada markaziy mavqeni egallashi tabiiy. Shu nuqtai nazardan "yuz jildlik"ning ilk o'laroq O'zbekistonda nashr etilgani yarashiqli bo'ldi va turkiy davlatlar o'rtasidagi mavjud adabiy aloqalarimizni yanada mustahkamladi, deb o'ylaymiz.

Ta'bir joiz bo'lsa, "yuz jildlik" "Turkiy dunyo nigohi - 2040" konsepsiyasi hamda bugungi kunda qabul qilinayotgan Turkiy davlatlar

tashkilotining besh yillik strategiyasi doirasida amalga oshirilgan ilk qadam, 170 milliondan ortiq aholi yashaydigan ulkan mintaqani o'z ichiga olgan Tashkilot nufuzini yanada mustahkamlash, qardosh xalqlarimiz va davlatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yuksak pog'onaga olib chiqish niyatimizning ilk ro'yobidir. Zero adabiyotshunos olimlarimiz orasida "Shaxslar do'st bo'lmaganuncha adabiyotlar do'st bo'lmaydi, adabiyotlar do'st bo'lmaguncha davlatlar do'st bo'la olmaydi" degan bir hikmatli gap yuradi. Darhaqiqat, ilgari o'zbek yozuvchilari bilan xorijlik yozuvchilar, xususan sobiq ittifoqda ijod qilgan shoir va yozuvchilar orasida do'stlik aloqalari, mustahkam ijodiy munosabatlar bo'lgan. Masalan, Abdulla Qahhorning Konstantin Simonov bilan, Odil Yoqubov, Abdulla Oripovlarning Chingiz Aytmatov bilan, Omon Matjonning Ye.Evtushenko bilan, shoirlarimizning Rasul Hamzatov kabi mashhur shoir va yozuvchilar bilan do'stona, ijodiy aloqalari xalqlarimiz o'rtasidagi adabiy aloqalarga o'zining jiddiy ta'sirini ko'rsatgan.

Yana bir masalaga e'tibor qaratmoqchimiz. Nazarimizda, bugungi kunda turkiy xalqlar adabiyotlarining har biri o'z qobig'iga berkinib olgan holda rivojlanayotganga o'xshaydi. Yozuvchilar, tarjimonlar orasida hamkorlik munosabatlari uncha sezilmaydi. Ba'zan yosh tarjimonlar bir asarni tarjima qilmoqchi bo'ladilar, lekin ertaga "muallif huquqi"ni poymol qilib qo'ymasmikanman, degan hadik ularni "niyatidan qaytaradi". Nashr etilgan "100 jildlik" adabiyotlarimiz, ijodkorlarimiz o'rtasida adabiy aloqalarimizni yanada mustahkamlash bilan bir qatorda yuqoridagi anglashilmovchiliklarning ham barham topishiga ko'mak beradi, deb o'ylaymiz.

Shu bilan birga, fursatdan foydalanib quyidagilar taklif etmoqchimiz:

- nashr etilgan "100 jildlik" adabiyot durdonalarini keng targ'ib etish maqsadida ushbu asarlarni oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'tgan o'quv yilidan boshlab o'tilayotgan "O'zbek adabiyoti" darslari o'quv dasturlariga kiritish;

- ushbu yo'nalishda to'plangan tajribalar asosida yaqin kelajakda O'zbekistonda "Turkiy xalqlar folklori" deb nomlangan yangi "100 jiltlik"ni nashrga tayyorlash ishlarini boshlab yuborish;

- kelajakda boshqa turkiy davlatlarda bunga o'xshash "yuz jildlik" to'plamlar nashr etiladigan bo'lsa, o'sha turkiy davlat tiliga o'zbek tilidan

o'giriladigan asarlarni tanlash, ularni tarjima qilish ishiga alohida e'tibor qaratish, bunga davlat boshqaruv idora vakillari, arboblaridan ko'proq soha mutaxassislari, iqtidorli tarjimonlarni jalb etish;

- o'zaro yaqin, qardosh tillardan badiiy va ilmiy tarjimalar ustida tadqiqotlarni kuchaytirish, ularda milliylik va badiiylikni aks ettirish usul va vositalari, ekvivalentlik va lisoniy adekvatlik, mualliflar qo'llagan badiiy san'atlarning tarjimada berilishi barobarida bugungi kun tarjimashunosligida ko'p duch kelinayotgan tarjimaning lingvomadaniy aspektlari, muqobilsiz leksika, badiiy tarjimaning psixolingvistik xususiyatlari va kognitiv asoslarini ham ilmiy o'rganishga bag'ishlangan dissertatsiyalarni kun tartibiga qo'yish va b.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

[1] - Turkiy adabiyot durdonalari. Yashar Kamol. 45-jild. Adabiy-badiiy nashr (to'plovchi va nashrga tayyorlovchi: Xayrulla Hamidov). - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 320 b.

[2] - Turkiy adabiyot durdonalari. Xolida Adib Adivar. Chorasoz (qissa va hikoya). Said Foiq Abasiyoniq. Eftalikus qahvaxonasi (hikoyalar). 51-jild. Adabiy-badiiy nashr (to'plovchi va nashrga tayyorlovchi: Xayrulla Hamidov). - Toshkent: "O'zbekiston" nashriyoti, 2022. - 344 b.

[3] - O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2022-yil 16-noyabr / № 43 (4702) "Turkiy xalqlar xazinasi" nomli maqola, 4-bet.

[4] - https://uza.uz/uz/posts/turkiy-adabiyot-durdonalari-ona-tilimizda 418782

[5] - https://zarnews.uz/d71

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.