Научная статья на тему 'ABDULLA QODIRIY ASARLARI TARJIMASINI QIYINLASHTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA'

ABDULLA QODIRIY ASARLARI TARJIMASINI QIYINLASHTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
76
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zbek adabiyoti / badiiy tarjima / imlo lug‘ati / izohli lug‘at / tarjima lug‘atlari / leksik birlik / ko‘chma ma’no / badiiylik. / Uzbek literature / artistic translation / spelling dictionary / explanatory dictionary / translation dictionaries / lexical unit / figurative meaning / artistic.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Hamidov, Xayrulla Xudoyorovich

O‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli adib Abdulla Qodiriyning asarlari dunyoning o‘nlab tillariga tarjima qilingan va bu boradagi ishlar davom etmoqda. So‘nggi yillarda adib romanlari xitoy tiliga ham tarjima qilinib nashr etildi. Ta’kidlash kerakki, adib romanlarining xorijiy tillarga tarjimalarining deyarli barchasi nuqson-kamchiliklardan xoli emas va buning asosiy sababi adib asarlarida uchraydigan “notanish”, ya’ni lug‘atlardan topilmaydigan so‘zlardir. Ushbu maqolada Qodiriy asarlaridagi o‘zbek tilining zamonaviy izohli lug‘atlarida uchramaydigan so‘zlar va ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON FACTORS COMPLICATING THE TRANSLATION OF ABDULLA QADIRI'S WORKS

The works of the great figure of Uzbek literature, the famous writer Abdulla Qadiri, have been translated into dozens of languages of the world, and the work in this regard continues. In recent years, the author's novels have been translated into Chinese and published. It should be noted that almost all translations of literary novels into foreign languages are not without defects, and the main reason for this is the "unknown" words found in literary works, that is, words that cannot be found in dictionaries. This article talks about the words in Qadiri's works that are not found in modern explanatory dictionaries of the Uzbek language and the problems that arise in the process of translating them.

Текст научной работы на тему «ABDULLA QODIRIY ASARLARI TARJIMASINI QIYINLASHTIRUVCHI OMILLAR XUSUSIDA»

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 3 | SPECIAL ISSUE 21

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

ABDULLA QODIRIY ASARLARI TARJIMASINI QIYINLASHTIRUVCHI

OMILLAR XUSUSIDA

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2023-21-388-392

DSc. Hamidov Xayrulla Xudoyorovich,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika» kafedrasi dotsenti Tel: 90 960 06 23; E-mail: hamidovx@gmail.com

Annotatsiya

O'zbek adabiyotining yirik namoyandasi, atoqli adib Abdulla Qodiriyning asarlari dunyoning o'nlab tillariga tarjima qilingan va bu boradagi ishlar davom etmoqda. So'nggi yillarda adib romanlari xitoy tiliga ham tarjima qilinib nashr etildi. Ta 'kidlash kerakki, adib romanlarining xorijiy tillarga tarjimalarining deyarli barchasi nuqson-kamchiliklardan xoli emas va buning asosiy sababi adib asarlarida uchraydigan "notanish", ya'ni lug'atlardan topilmaydigan so'zlardir. Ushbu maqolada Qodiriy asarlaridagi o'zbek tilining zamonaviy izohli lug'atlarida uchramaydigan so'zlar va ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar xususida so 'z boradi.

Kalit so'z va iboralar: o'zbek adabiyoti, badiiy tarjima, imlo lug'ati, izohli lug'at, tarjima lug'atlari, leksik birlik, ko'chma ma'no, badiiylik.

Annotation

The works of the great figure of Uzbek literature, the famous writer Abdulla Qadiri, have been translated into dozens of languages of the world, and the work in this regard continues. In recent years, the author's novels have been translated into Chinese and published. It should be noted that almost all translations of literary novels into foreign languages are not without defects, and the main reason for this is the "unknown" words found in literary works, that is, words that cannot be found in dictionaries. This article talks about the words in Qadiri's works that are not found in modern explanatory dictionaries of the Uzbek language and the problems that arise in the process of translating them.

Key words: Uzbek literature, artistic translation, spelling dictionary, explanatory dictionary, translation dictionaries, lexical unit, figurative meaning, artistic.

Mustaqillik yillarida dunyo xalqlari o'zbek adabiyoti, madaniyatini tanidi. Bunda badiiy tarjimaning tutgan o'rni nihoyatda muhim. O'tgan 32 yil mobaynida o'zbek adabiyotining o'nlab yirik vakillari qalamiga mansub asarlar dunyoning eng ko'zga ko'ringan tillari: rus, ingliz, turk, nemis, xitoy, koreys, yapon, hind, arab, fors,

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

qozoq, qirg'iz, turkman, ozarbayjon va boshqa tillarga o'girildi. Xorij bilan adabiyot sohasidagi aloqalarni kuchaytirish, o'zbek adabiyoti, xalqimizning qadriyatlariga hurmat bilan qarayotgan xalqlarga nimalar taqdim etishimiz mumkinligi masalasini kun tartibiga qo'ydi. Ana shu davrda tarjima asarlari asrlar davomida xalqlarning madaniyati, an'analari, urf-odatlari, turmush tarzi, milliy o'ziga xosliklari haqida tasavvur hosil qilishda yanada muhim ahamiyat kasb eta boshladi.

Mustaqillik yillarida nafaqat tarixi va madaniyati bizga juda yaqin, bir til oilasiga mansub qardosh xalqlar, balki ma'naviy, diniy va boshqa jihatlari bilan bizga unchalik yaqin tanish bo'lmagan xalqlar, masalan, hind, xitoy, koreys, yapon va boshqa xalqlar bilan do'stlik aloqalari badiiy tarjima sharofati bilan mustahkamlandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Masalan, tarjimalarning salmoqli qismi turk ag'darilgan asarlar bo'lsa, boshqa tillar, jumladan, xitoy tiliga o'zbek va xitoylik ijodkorlarning mehnati sharofati bilan tarjima qilingan asarlar ham anchagina. Bular orasida xitoy tiliga o'girilib, O'zbekistonda va Xitoyda nashr etilgan Abdulla Qodiriy [Qodiriy 2019], Oybek [Namozova 2023], Odil Yoqubov [Yoqubov 1982], O'tkir Hoshimov [Hoshimov] singari atoqli o'zbek adiblari qalamiga mansub mashhur asarlar ham bor1. Bu asarlar tarjimashunoslik fani, tarjima tanqidi sohasiga katta material berdi.

Bugunga qadar e'tibordan chetda qolib kelayotgan xitoy tiliga badiiy tarjimalar nazariyasi, tahlili va tanqidi, tarjima asarlarining sifat va saviyasini belgilash va tarjimlonlarning so'z tanlash mahorati muammolari ilmiy tadqiqotlar kun tartibiga qo'yildi. Adib asarlari tarjimasini qiyinlashtiruvchi omillar xususida aytish joizki, bugungacha tadqiq etilgan tarjima asarlarining deyarli barchasi nuqson-kamchiliklardan xoli emas va buning asosiy sabablaridan biri adib asarlarida uchraydigan "notanish", ya'ni zamonaviy lug'atlardan topilmaydigan so'zlardir.

Ushbu maqolada Qodiriy asarlaridagi o'zbek tilining zamonaviy izohli lug'atlarida uchramaydigan so'zlar va ularni tarjima qilish jarayonida yuzaga keladigan muammolar xususida so'z boradi. Gap shundaki, o'zbek tilida faol nutqda uchraydigan ayrim so'z va iboralar izohli lug'atlarda yo'q, ayrimlarining esa ma'nolari to'la ochib berilmagan.

Ma'lumki, tarjimon ikki til (asliyat va tarjima tili)ni mukammal biluvchi (zullisonayn) mutaxassis hisoblanadi. U qachon lug'atsiz ishlash kerak, qachon lug'atga murojaat qilish kerakligini yaxshi biladi. Ijodiy ish jarayonida duch kelinadigan barcha muammolarni yo'l-yo'lakay hal qilib ketaveradi. Biroq u matn

1 Oybekning "Navoiy" romani ilk bor 1954 yilda xitoylik uyg'urlar (Ne'matulla Hoji va To'xta Qosim) tomonidan uyg'ur tiliga o'giriladi va "Ikki hayot" jurnalining bir necha sonida e'lon qilinadi. 2003 yilga kelib tarjima Muhammadturdi Mirzaahmadiy muharrirligida "Shinjon" xalq nashriyotida kitob holida uch ming nusxada chop etiladi. Roman xanzu tiliga ham tarjima qilinib chop etilgan (xanzucha - xitoy tili. Bu yerda uyg'urchadan 1999 yilda xitoy tiliga amalga oshirilgan Xao Guang Jong tarjimasi haqida so'z bormoqda. Xao Guang Jong yuqorida nomi qayd etilgan uyg'urcha o'girmaga asoslangan). "Navoiy" romani xitoy tiliga ikkinchi marta 2001 yili Vang Jeng Jong tomonidan o'girilgan [Ziyamuhamedov].

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

tarjima qilayotganda ba'zan umrida ilk bor ko'rayotgan, eshitayotgan so'zga ro'baro' kelishi va lug'atlarga murojaat qilishi, lekin o'zi izlagan so'zni hech qaysi lug'atdan topa olmasligi mumkin.

Bir misol: - Burni(ng) qora bo'ldi, huvari! - deb ota iljaygan edi, og'zidag'i onda-sonda qolg 'on nosvoy bilan ko 'kargan chugur tishlar ko 'rinib ketdi [Qodiriy 1932]. Ushbu misolda belgilangan "huvari" va "chugur" so'zlari o'zbek tilining imlo lug'atida ham, katta izohli lug'atda ham berilmagan [O'TIL 2007]. Jumlaning turkcha tarjimasi: Baba "Burnuna kara degdi, hüvari!" diye gülünce, nas tü-kürdügünde diçlerinin arasinda kalmi§ ye§ilimsi lekeler göründü... Bu yerda huvari so'zini "hüvari" shaklida bir xos so'z sifatida qo'ldirishdan boshqa choramiz yo'q. Qolaversa, hozirgi o'zbek tilida umuman qo'llanilmay qo'ygan bu so'zning nimani anglatishi ma'lum ham emas. Ya'ni izohli lug'atlarda berilmagani uchun, so'zning ma'nosi yopiqligicha qoladi. "Chugur" so'zi ham lug'atlarda yo'q. Faqat o'zbek tilining katta izohli lug'atida ushbu so'zga fonetik jihatdan o'xshash cho'gir so'zi borligini inobatga olish foydadan xoli bo'lmaydi (ЧУГИР 1 айн. чугири.

ЧУГИРИ Сарик ёки малларанг йул-йул, чизикли, олапучок, эртапишар ширин махаллий ковун нави. Чугири

тилимидек олтинранг ой оуиста сузар эди. «Ёшлик» ([O'TIL 2013]) . Shuni hisobga olib, Qodiriy asaridagi "chugur" so'zini izohli lug'atdagi чугир so'zining shakli bo'lishi mumkin, deb xulosa qilish mumkin.

Bir tildagi so'zlarni asos olib, ularning asosiy va ko'chma ma'nolari hamda boshqa so'zlar bilan birga ifodalagan ma'nolari, farqli qo'llanishlarini namoyon qiluvchi, tilning butun zahirasini o'z ichiga oluvchi kitob - lug'atdir. "Tarjima jarayonida umumlisoniy va umummadaniy bilimlar doirasidan chiqib ketadigan so'z va iboralar uchraydiki, tarjimon maxsus lug'atlarga murojaat qilishga majbur bo'ladi" - deb yozadi taniqli tarjimashunos S.Florin [Florin 1971: 327].

Badiiy asarda, har qanday nutqda, matnda bo'lganidek, so'z alohida holda to'laqonli ma'no kasb eta olmaydi. Har qanday so'zning ma'nosi kontekst ichida ochiladi. Buni tarjima jarayonida tarjimon ham hisobga olsa, muammolarni yechish oson kichadi. Buni quyidagi misol orqali ko'rib chiqamiz: ...Roziqqa taqilg'on laqablardan "Po'lag'ur" so'zi, uning yaratilish sifatini yaxshi gavdalantirganlikdan biz ham bundan so'ng Roziqning asil ismini atamay "Po'lag'ur" deb yurutamiz. [Qodiriy 1932]. A.Qodiriyning "Quyosh bilan ham kurashaman" hikoyasidan olingan va o'zbek tilining badiiy ifoda imkoniyatlari namoyon bo'lgan ushbu jumla - misolda ham bir "begona" so'zni uchratamiz: "po'lag'ur". Bu so'z ham imlo va katta izohli lug'atda yo'q. Shunga qaramay, kontekstdan uning ma'nosini taxminan uqib olish mumkin. Sinchiklab qaralsa, "po 'lag 'ur" so 'zining o 'zbek tilining ayrim shevalarida uchraydigan, "to'liq bo'lmagan" ma'nosidagi "po'la" va "pishmagan", "xom" ma'nosidagi "g'o'r" so'zlarining qo'shilishidan yuzaga kelganligini taxmin qilish mumkin. Jumlani turk tiliga quyidagicha tarjima qilgan ma'qul: Razik'a takilmi§ lakaplardan biri de "Polagur"du. Bize göre "Polagur" Razik'a takilmi§ ve onun

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

yaradili§ sifatlarini tam kar§ilayabilmi§ lakapti. O yüzden biz Razik'i bundan böyle "Polagur" diye çagiracagiz.

Matnda uchraydigan so'zlar ikki tilli yoki izohli lug'atda berilmagan bo'lishi mumkinligi, eng mukammal lug'atda ham muayyan olingan so'zning barcha sinonim-lari berilishi amri mahol. Bunday vaziyatlarda mohir tarjimon asliyat so'zlarining sinonimlarini izlashi, asliyat uslubiga mos so'zlar topishi lozim. Sinonimlardan foy-dalanish asar yozishda qanchalik muhim bo'lsa, uni boshqa tilde qayta yaratishda ham shunchalik muhimdir. Shuni ham ta'kidlash joizki, taniqli rus tarjimashunosi K.Chukovskiy aytganidek, «hech qaysi lug'at jonli inson tilidagi nozik ma'no belgilariga yeta olmaydi. Shu boisdan, tarjimonning vazifasi, agar u haqiqatdan ham chin san'atkor bo'lsa, iloji boricha ko'proq xorijiy va ruscha so'zlarning hech bir lug'atda mavjud bo'lmagan muqobillarini izlab topishdan iborat» [Чуковский 1964:88].

Xulosa qilib aytganda, badiiy tarjima jarayonida ijodkor lug'atda uchramaydigan ba'zi so'zlarga duch kelishdan tashqari, asliyatdagi leksik birliklarning hammasiga ham lug'atlardan muqobil topa olmasligi tabiiy. Tarjimani lug'atsiz amalga oshirish qiyinligi rost, ammo faqat lug'atga tayanib qilingan tarjimaning badiiylikdan yiroq bo'lishi ham sir emas. Shundan kelib chiqib va tajribaga tayanib o'zbek tilining imlo va izohli lug'atlarini har besh-o'n yilda yangi so'zlar va eskirib yoki noma'lum sabablar bilan lug'atlardan chiqib ketgan yo bo'lmasa lug'atlarga kirmay qolgan, badiiy asarlardagina uchraydigan so'zlarni kiritgan holda qayta nashr etish taklif etiladi2. Shundagina Qodiriy, Qahhor, Oybek kabi buyuk so'z ustalarining asarlarini qiyinchiliksiz o'girish mumkin bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCE)

[Qodiriy 2019] - Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. Wângxï. (Tarjimon: DÏ Xiäoxia). - 2019. - 381 Жо

[Qodiriy 1932] - Abdulla Qodiriy. Toshkent. 20 iyul 1932 y. ("O'zbek sho'ro adabiyoti", 1932 yil, 3-son. 27-34-betlar).

[Yoqubov 1982] - Odil Yoqubov. Diyonat. ê'fr Liangxïn. (Tarjimonlar: Щ^Ш Sù Zhôuxiông,^^ Gao Chäng). - 1982. - 393

[Hoshimov] - Hoshimov O'. Dunyoning ishlari. £ SS Shenghuô suöshi.

(Tarjimon: Valiyeva Noiba). - Toshkent: TDSHU, 2021. - 180 bet; Nur borki, soya bor. 'Щ^'&'ЩШ Yöu guang bi yöu yïng. (Tarjimonlar: Dildora Ismailova, Zhào Rông, fï^ Guän Yùhông). - Toshkent: "BAYOZ", 2022. - 280 bet.

2 Masalan, turk tilining izohli lug'ati har o'n yilda, imlo lug'atlari esa har 2-3 yilda qayta nashr etiladi. Ularda 10 mingdan boshlab 75 mingtagacha so'zning imlosi beriladi.

391

historical, cultural, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2023: 6.131 | ASI Factor = 1.7

[Namozova 2023] - Namozova G. "Navoiy" romaninmg xitoy tiliga tarjimalarida tarixiy-milliy koloritni saqlash muammosi. Fil.f.bo'yicha PhD diss. - Toshkent, 2023. - 132 b.

[Ziyamumuhamedov] - Ziyamuhammedov J. "Navoiy" romani xitoy tilida. / Jahon adabiyoti. -Toshkent, 2006 y., №5. -B.143.

[Florin 1971: 327] - Флорин С. (Болгария), "Зарур кулланмалар" маколаси. Мастерство перевода. - М. "Советский писатель", 1971. - С.327. [Khomidov Kh.Kh 2021] - Khomidov Kh.Kh. Translation Of Common Words And Phrases In The Novel «Dats Gone By» Abdulla Kadiri // Current Research Journal of Philological Sciences. Volume-1, Issue-1, 2020. - R. 12-18 (№23, SJIF: 5.823). Khomidov Kh.Kh. Regarding The Transferense Of Metaphors In Uzbek Novels In Turkish Translations // Asian Journal of Multidimensional Research. Volume-9, Issue-4, 2021. - R. 200-205 (№23, SJIF: 7.699).

[Чуковский 1964:88] - Чуковский К.И. Высокое искусство. -М.: 1964. [O'TIL 2007] - Узбек тилининг изошли лугати. Туртинчи жилд. - Тошкент: "Узбекистон миллий энциклопедияси" давлат илмий нашриёти, 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.