Научная статья на тему 'OVOZ YOXUD TOVUSH VA UNI YOZIB OLISHNING TARIXIY TARAQQIYOTIGA QISQACHA TAVSIF'

OVOZ YOXUD TOVUSH VA UNI YOZIB OLISHNING TARIXIY TARAQQIYOTIGA QISQACHA TAVSIF Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
66
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ovoz / tovush / tovush to‘lqinlari / infratovush / ultratovush / analog ovoz yozish / mexanik ovoz yozish / elektromexanik ovoz yozish / optik ovoz yozish / magnitli ovoz yozish usullari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug‘bek Karimjonovich Xuramov

Mazkur maqolada ovoz yoxud tovush va uni yozib olishning tarixiy taraqqiyoti haqida batafsil ma’lumot misollari bilan berilgan. Qolaversa keltirilgan misollarni tasavvur qilish uchun rasmlar ham keltirilgan. Tovushning hayotimizdagi o‘rni, tovushni yozib olishdagi maqsad vazifalar yuzasidan qilingan ishlarning tarixiy bosqichlari, ovoz yozib olish usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OVOZ YOXUD TOVUSH VA UNI YOZIB OLISHNING TARIXIY TARAQQIYOTIGA QISQACHA TAVSIF»

OVOZ YOXUD TOVUSH VA UNI YOZIB OLISHNING TARIXIY TARAQQIYOTIGA QISQACHA TAVSIF

Ulug'bek Karimjonovich Xuramov xurramov_ulugbek@mail .ru https://orcid.org/0000-0001-5756-2467 Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada ovoz yoxud tovush va uni yozib olishning tarixiy taraqqiyoti haqida batafsil ma'lumot misollari bilan berilgan. Qolaversa keltirilgan misollarni tasavvur qilish uchun rasmlar ham keltirilgan. Tovushning hayotimizdagi o'rni, tovushni yozib olishdagi maqsad vazifalar yuzasidan qilingan ishlarning tarixiy bosqichlari, ovoz yozib olish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ovoz, tovush, tovush to'lqinlari, infratovush, ultratovush, analog ovoz yozish, mexanik ovoz yozish, elektromexanik ovoz yozish, optik ovoz yozish, magnitli ovoz yozish usullari

A BRIEF DESCRIPTION OF THE HISTORICAL DEVELOPMENT OF VOICE OR SOUND AND ITS RECORDING

Ulugbek Karimjonovich Khuramov xurramov_ulugbek@mail .ru https://orcid.org/0000-0001-5756-2467 Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: This article provides detailed information on voice or sound and the historical development of its recording with examples. In addition, pictures are provided to visualize the examples presented. Information about the place of sound in our life, the historical stages of work done on the purpose of sound recording, and sound recording methods is presented.

Keywords: sound, sound, sound waves, infrasound, ultrasound, analog sound recording, mechanical sound recording, electromechanical sound recording, optical sound recording, magnetic sound recording methods

Biz hayotimizni ovozsiz tasavvur qila olmaymiz. Chunki jamiyatda insonlar bir-birlari bilan ovoz orqali muloqot qilishadi. Ya'ni, kundalik hayotimizda qiladigan ishlarimizni yolg'iz o'zimiz yoki boshqa shaxslar bilan birgalikda bajarishimiz mumkin. Manashu bajaradigan ishlarimizni to'g'ri, aniq, ko'zlagan natijamizga erishish uchun boshqa shaxslar bilan birgalikda muloqot orqali erishamiz. Muloqotni

esa ovoz yordamida o'rnatamiz. Yoki yolg'iz bajarmoqchi bo'lgan ishlarimizni ba'zida musiqa sadolari yordamida bajaramiz. Tom ma'noda ovoz orqali ko'zlagan maqsadlarimizga erishamiz. Shuning uchun ham ovoz ju'da katta ahamiyatga egadir.

Hozirgi zamonda nafaqat musiqa asarlarni audio yozuvlari mavjud, qolaversa, matn shaklidagi kitoblarimizni ham audio yozuvlari mavjud. Mazkur audio manbalarni shakllantirishning ayniqsa, ovoz yozish vositalari o'ziga xos tarixiy rivojlanish bosqichlarini bosib o'tgan.

Avvalam bor ovoz ya'ni tovush o'zi nima, uning xususiyatlari, sifatlari haqidagi manbalarga e'tibor qaratishimiz lozim. Kundalik turmushimizda tovush atamasini havoda tarqaluvchi va odam eshita oladigan to'lqinlarga nisbatan qo'llaymiz. Fan tili bilan aytganda mexanik energiyaning materiya1 bo'ylab to'lqinlar2 yordamida tarqalishidir. Tovush va u bilan bog'liq hodisalarni fizikaning akustika bo'limi o'rganadi. Tovush atamasini turli ma'nolari mavjud va har xil fanlar o'ziga xos ravishda tadqiq etadi. Jumladan fizika tovushni gazsimon, suyuq yoki qattiq muhitda to'lqin shaklida tarqaladigan elastik3 muhit zarralarining tebranma harakati deb keng ma'noda tadqiq etadi. Tilshunoslikda nutq tovushi kishining murakkab artikulyatsion faoliyat natijasi hisoblanib, muayyan akustik (eshitilish) va perseptiv (idrok etilish) xususiyatlari bilan ajralib turadigan eng kichik nutq birligi sifatida tadqiq etadi. Musiqa ilmida esa musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi sifatida tadqiq etiladi. Tovushning yana bir ma'nosi esa odam va hayvonlarning maxsus sezgi organlari orqali qabul qilish eshitish hodisasini anglatadi. Shuni ham ta'kidlab o'tish joizki tovushlar eshitiladigan va eshitilmaydigan turlarga bo'linadi. Albatta bular o'lchov birligi yordamida aniqlashitirilgan. Tovushni o'lchash birligi Gs (Hz) esa nemis fizik olimi tomonidan Genrix Gers ilk bor fanga kiritgan va asoslab bergan. Gers o'lchov biriligi jismning bir sekunddagi tebranish sonini ya'ni chastotasini ko'rsatib turadi. Inson eshitish nervlari esa 16 Gs dan 20,000 Gs (20 kGs) gacha bo'lgan tovush to'lqinlarini his qila oladi, boshqacha aytganda eshita oladi. 16 Gs dan past bo'lgan tovush to'lqinlari infratovushlar deyiladi. 20 kGs dan 1 MGs gacha bo'lgan tovush to'lqinlari ultratovushlar deb yuritiladi. 1 MGs dan yuqori bo'lgan tovush to'lqinlari gipertovushlar deb yuritiladi.

Infratovush4 inson qulog'iga eshitilmaydigan past chastotali ya'ni, chastotalari 16 Gs dan past bo'lgan elastik to'lqinlar hisoblanadi. Yer yuzida infratovush hosil qiluvchi manbalar xilma-xildir. Misol uchun chaqmoq chaqishi, tog'lar ko'chishi, o'rmon va dengizning shov-shuvi, shamol guvullashi kabilardir. Infratovush muhitda juda kam yutiladi, shuning uchun u havo, suv va yer yuzida juda uzoq masofalarga tarqaladi.

1 Materiya lotin tilidan olingan bo'lib - modda ma'nosini anglatadi. Ya'ni borliqning moddiy shaklini ifodalovchi umumiy tushuncha.

2 To'lqinlar - fazoda chekli tezlik bilan tarqaluvchi modda yoki muhitning holat o'zgarishlaridir.

3 Elastik muhitni gaz, suyuqlik va qattiq jismlar tashkil etadi.

4 Infra lotin tilidan olingan bo'lib - quyi, past, ostida ma'nolarini anglatadi.

Ifratovushning bu xususiyatlaridan, masalan, atmosferaning yuqori qatlamlarini, yer po'stini tadqiq qilishda, kuchli portlashning uzoqligini va dengizlarda kuchli to'lqinlar tarqalayotgan manba uzoqligini aniqlashda foydalaniladi. Infratovushni o'lchashda maxsus asboblar - mikrofon, gidrofon, geofon yoki vibrator ishlatiladi.

Ultratovush5 tebranishlarni hosil qilishda ma'lum fizik hodisalarga asoslanib yasalgan ultratovush nurlatkichlari qurilmalaridan foydalaniladi. Mexanik nurlatkichlarda ultratovush tebranishlar gaz yoki suyuqlik oqimining mexanik energiyasi hisobiga sodir bo'ladi. Elektromagnit nurlatkichlarning magnitostriksiya va pezoelektr hodisalariga asoslangan turlari keng tarqalgan.

Ultratovush suv osti kemalarini izlashda, dengiz va okean chuqurligini aniqlashda, texnologik jarayonlarni tezlatishda, qiyin kechadigan ba'zi kimyoviy reaksiyalarni ro'yobga chiqarishda, massa almashinish, kristall o'stirish, elektroliz kabi jarayonlarni tezlatishda, moddalarning fizik xususiyatlarini o'rganishda, materiallar sifatini tekshirishda, moddalarga ishlov berishda, diagnostika va davolashda keng qo'llaniladi.

Ovoz yoxud tovush yozish bu - tovush signallarini yozish jarayoni demakdir. Ovoz yozish natijasi esa fonogramma6 hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda fonogramma maxsus texnik vositalar yordamida yozilgan tovush sadolari yig'indisidir. Maxsus texnik vositalarga fonoavtograf, fonograf, gramafon, patefon magnitofon, raqamli rekorder kabilardir. Ovoz yozish jarayonining taraqqiy etish bosqichlarida maxsus texnik vositalar rivojlantirildi, o'zgartirildi, kerak bo'lsa qo'shimcha jihozlar ham qo'shildi. Bu esa yozib olinayotgan tovushning sifatini yanada yaxshilashga xizmat qildi. Zero yozib olinayotgan tovushning aniq balandlik sifatini ta'minlash musiqa asarlari uchun juda ahamiyatli o'ringa ega hisoblanadi. Chunonchi musiqiy asar yoxud musiqiy kompozitsiya yangrayotgan tovushlarning ma'lum bir aniq balandlik va ketma-ketligini talab qiladi. Bunda esa tovush yozib olish moslamalarining tovushni ne chog'li sifatli yozib olishi va uni tinglovchiga xuddi ijrochi tomonidan ijro etilayotgandek yetkaza olish kabi muhim vazifasi hisoblanadi.

Ovoz yozishning ikki ya'ni analogli7 va raqamli turlari mavjud. Analog tarzida ovoz yozib olish deganda, ovoz yoki musiqa tovushlar tebranishini plastinka, silindr kabilarda mazkur tovush to'lqinlarini aks ettiradi. Bunday analogli ovoz yozib olish usullari 1-jadvalda aks ettirilgan:

5 Ultra lotin tilidan olingan bo'lib - ustida, yuqori, chegaradan tashqari ma'nolarini anglatadi.

6 Fonogramma grekcha tildagi phone-tovush va gramma-yozuv so'zlaridan olingan bo'lib tovush yozuvi ma'nolarini anglatadi.

7 Analog so'zi lotinchadan olingan so'z bo'lib, uzluksiz degan ma'noni angalatadi.

Mexanik ovoz yozish usuli yozib olinadigan tovush rupor8 orqali membranaga ta'sir qiladi. Membranaga bog'langan igna plastinka ariqchasida izlar chizadi. Ijro paytida bunga teskari jarayon sodir bo'ladi. Igna tov izida tebranadi va unga bog'langan membrana ham tebranib tovush hosil qiladi. Ovoz konus shaklidagi rupor bilan kuchaytirildi (1-rasm).

Tarixga nazar soladigan bo'lsak, ilk bor ovoz yozish moslamasini 1857-yilda parijlik Eduard-Leon Skot de-Martinvil ixtiro qilgan (2-rasm).

y

Skot ixtiro qilgan moslamaning nomini "fonoavtograf ' deb nomlagan (3-rasm) va o'sha yilning 25-martida Fransiya hukumati ixtiro uchun patent bergan. Ixtironing ilk ko'rinishi ovozni silindr o'rniga gorizontal maxsus qog'ozga yozib olgan. Qurilma akustik konus va igna bilan bog'langan tebranuvchi membranadan iborat edi. Igna kuyik yoki qog'oz bilan qoplangan qo'lda aylantirilgan shisha silindrning yuzasiga

8 Tovush to'lqinlarini ma'lum yo'nalishda kuchaytirib tarqatadigan hamda tovush to'lqinini qabul qiladigan karnay.

241

tegib turgan. Konusdan o'tadigan tovush tebranishlari membranani tebranishiga olib keladi, tebranishlarni ignaga uzatadi, bu esa kuyikda izlarni ya'ni tovush to'lqinlarini qoldiradi (4-rasm).

4-rasm.

Qurilma tovush tebranishlarini yozib olardi, ammo, uni eshittira olishda ba'zi kamchiliklar yaqqol sezilardi. 1959-yilga kelib ovoz yozishdagi tadqiqotlari samarasi o'laroq qurilmaning tuzilishiga biroz o'zgartirish kiritdi. Bunda ovoz yozib olinadigan maxsus qog'oz silindr shaklga keltirildi. Buning afzalliklari oldingisiga nisbatan ovoz saqlash manbayining bir necha metr uzun bo'lishini oldini oldi (5-rasm).

5-rasm.

Fonoavtografning ovoz yozish xususiyati undan keyingi ixtirolar ya'ni fonograf, gramafon, patefonlar oldida juda sodda hisoblanardi. Lekin shunday bo'lsada hozirgi kungacha ixtiro qilingan ovoz yozish moslamalarining etaloni sifatida e'tirof etishimiz darkor. Ushbu fonoavtograf ixtirosi yordamida 1860-yilning 9-aprelida "Oy nurida" deb nomlangan fransuz xalq qo'shig'i yozib olingan, va bizgacha yetib kelgan. Bundan tashqari moslama mukammallashtirilib bir necha asarlar ham yozib olingan.

Mexanik tarzida ovoz yozib olish moslamalariga fonoavtografdan tashqari fonograf, gramafon, patefonlar misol bo'ladi. Fonoavtografning ixtirochisi haqida yuqorida ta'kidlab o'tgan edik. Xuddi shu vaqtlar oralig'ida ya'ni 1877-yil 21-noyabrda amerikalik ixtirochi Tomas Edison o'zining Fonograf deb nomlangan ixtirosini keng ommaga namoyish qildi (6-rasm).

6-rasm

Fonoavtografdan birmuncha mukammalroqligi ya'ni ovoz yozib olish va takrorlash uchun mo'ljallanganligi bilan o'z o'rniga ega bo'ldi. Edisonning ushbu qurilmasining ishlashi Skotning qurilmasidan bir muncha farqli o'laroq mukammalroq bo'lgan (7-rasm).

7-rasm.

Masalan tovush ovoz tashuvchi manba ya'ni silindrda yo'lak ko'rinishida yozilgan va uning chuqurligi tovush kuchini bilidirib turgan. Yozilgan ovozni eshittirish uchun silindrni yozib olishdagidek aylanma harakatga keltirilgan. Bunda yo'lak bo'ylab harakatlanadigan igna tebranishlarni elastik membranaga uzatadi, bu esa tovush chiqishini ta'minlab beradi. Ushbu ixtiro o'sha davrning ajoyib voqeasi bo'lgan.

Edison fonografning taraqqiy etishi uchun 10 ta asosiy qo'llanilishi ro'yxatini tuzdi:

1. diktant va xat yozish;

2. ko'rlar uchun so'zlashuv kitoblari;

3. notiqlik mahoratini oshirish;

4. musiqa yozish;

5. oila a'zolarining ovozini yozib olish;

6. musiqa qutilari va o'yinchoqlar;

7. gapiradigan soat;

8. buyuk kishilarning nutqlarini yozib olish;

9. o'quv-dars mashg'uloti yozuvlari;

10. telefon aksessuari shular jumlasidandir.

Fonografning muttasil rivojlanib borishi natijasida grammofon va patefon kashf etilgan. Fonografning ko'rinishidan va nomlanishidan bir muncha farq qiladigan yana bir turi Grammafondir (8-rasm).

Gramofon fonografning modifikatsiyasi bo'lib, 1877 yilda Sharl Kro va Tomas Edison tomonidan ixtiro qilingan. Emil Berliner Kros ishi bilan tanishib, tovushlarni yozib olish va takrorlash uchun silindrlar o'rniga disklardan foydalanishga qaror qildi (9-rasm).

8-rasm.

9-rasm.

Berlíner yangi qurilmani "gramofon" deb atadi va patent uchun 1887 yil 26 sentyabrda ariza topshirdi. Patentni esa shu yili 8-noyabrda qo'lga kiritdi. Gramafon plastinalari dastlab ebonit va kauchukdan, 1895 yildan esa shellakdan tayyorlangan (10-rasm).

Dunyodagi birinchi grammofon plastinasi sinkdan qilingan. Tovushlarni idrok etuvchi tebranish membranasiga bog'langan to'sar lak diskida modulyatsiyalangan spiral belgi qo'yadi. Disk yuzasiga ovoz tebranishlarini qoldirish uchun dastlab kuyundi qatlam, keyin mumdan foydalanilgan. Gramofonning fonografga nisbatan asosiy afzalligi ko'ndalang yozishdir, bu ovoz yozishdagi buzilishni o'nlab marta kamaytiradi, shuningdek, balandroq ovozni ta'minlaydi. Yozuvlarni takrorlash qulayligi bilan birgalikda bu gramofonning fonograf ustidan tez g'alaba qozonishini ta'minladi. Va nihoyat XX asrning birinchi yarmida gramofonni ham izda qoldirib ovoz yozish qurilmalarining keyingi avlodi ya'ni patefon ham keng tarqala boshladi. Boshqacha qilib aytganda patefon bu grammofonning chamadon ko'rinishi yoxud ko'chma versiyasi hisoblanadi.

20-asr 50-yillarining o'rtalaridan boshlab u elektrofon bilan almashtirila boshlandi. Elektrofonning boshqacha atamalari ham mavjud, bular elektrogramofon va radiogramofonlardir (11-rasm). Shu tariqa Mexanik ovoz yozish usuli elktromexanik ovoz yozish usuliga almasha boshladi.

✓1

10-rasm.

11 -rasm.

Elektromexanik ovoz yozish usuli quyidagicha bayon etishimiz mumkin. Yozib olinadigan tovush tebranishlari mikrofon yordamida mos elektr toki tebranishlariga aylantiriladi. Ular kuchaytirilgandan so'ng elektromexanik o'zgartirgich ignasining tebrantiruvchi magnit maydon hosil qiladi. Igna tebranib disk plastinkasida "tovush izini" hosil qiladi ya'ni yozadi. Tovushni "o'qish" uchun Pezoelektrik yoki magnitli o'zgartirgich (zvukosnimatel) ishlatiladi. Disk plastinkasida igna harakatlanganda tebranadi, o'zgartirgich bu tebranishlarni elektr signaliga aylantiradi. Elektr signallar elektron kuchaytirgichda kuchaytirilib radiokarnayga uzatiladi (12-rasm).

3ayKO]<nMCI>

12-rasm

Optik fonogramma asosan kinoda ishlatilgan. Shuning uchun ham ko'pgina hollarda optik ovoz yozish tushunchasi ovozli kino tufayli keng tarqalgan fotografik usul yordamida ovoz yozishga nisbatan qo'llaniladi. Ovoz kinolenta chetiga zichligi o'zgaruvchan chiziq ya'ni yo'lakcha ko'rinishida yoki o'zgaruvchan optik kenglikka ega yo'lakcha ko'rinishida yoziladi. Ijro etish vaqtida plyonkadan o'tuvchi chiroqning yorug'lik oqimi qayd etilgan tovush tebranishlariga mos ravishda modulyatsiyalanadi. Fotoelement unga tushayotgan o'zgaruvchan yorug'lik oqimini elektr tebranishlariga aylantiradi. Elektr signali elektron kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va kinoteatrning auditoriyasidagi ekran yaqinida o'rnatilgan karnayga uzatiladi (13-rasm).

13-rasm

agnitli ovoz yozishni qayd qilishusulida esa magnit kallakdan foydalaniladi. U harakatlanuvchi magnit lentada o'zgaruvchan magnit maydon hosil qiladi. Magnit lentaning ferromagnit qatlamida qoldiq magnitlanish izi qoladi. Iz fonogrammaning treki yoxud ovoz yo'lagi hisoblanadi. Ijro etish vaqtida magnit kallak harakatlanuvchi magnit lentadagi magnit oqimini elektr audio signaliga aylantiradi. Magnitli ovoz yozish uskunasi sifatida magnitofonni misol keltirishimiz mumkin. Magnitofon tovushni magnit lentaga yozib olish va qayta eshittirish uchun mo'ljallangan apparat (14-rasm).

Magnitofonning professional ya'ni statsionar (15-rasm) va portativ (16-rasm) yoxud ham batareyadan, ham elektr manbasi orqali ishlaydigan xillari bo'ladi.

Magnitofonni tashkil etuvchi qismlarini asosan, ovoz tashuvchi kompakt kasseta (17-rasm) va uni tortish mexanizmi, lentani teskari o'rash mexanizmi, yozib olinadigan va qayta eshittiriladigan tovush signallarni kuchaytirgich, magnit kallak, akustik tizimlardan iborat.

17-rasm.

Bunda tovush signallari magnit kallak orqali bevosita magnit lentaga uzatiladi. Odatda, magnitofonda bitta ya'ni monofonik yoki ikkita ya'ni stereofonik ovoz yozib olish va qayta eshittirish kanali bo'ladi. Yuqorida keltirib o'tilgan ovoz yozish qurilmalari fonoavtograf, fonograf, gramafon, patefon kabilardan magnitofonning afzallik jihatlaridan biri shundaki magnit lentaga yozib olingan tovushni o'chirib, ayni paytda o'rniga yangisini yozib olish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xuramov U. B. K. MUSIQA ASARLARIDAGI DAVRIYA TURLARI //Oriental Art and Culture. - 2022. - T. 3. - №. 4. - C. 198-204.

2. Xuramov U. B. K. VENA KLASSIK MAKTABI YETAKCHISI FY GAYDNNING IJODIGA BIR NAZAR //Oriental Art and Culture. - 2023. - T. 4. - №. 5. - C. 200-207.

3. Karimjonovich K. U. THE IMPORTANCE OF TEACHING MUSIC THEORY IN MUSIC EDUCATION //Academia Repository. - 2023. - T. 4. - №. 9. -C. 4-12.

4. Xuramov U. B. K. YOSH MUSIQACHI O 'QUVCHILARDA MAQOM VA UNING USULLARI HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH NE CHOG 'LI AHAMIYATLI //World of Philology. - 2023. - T. 2. - №. 4. - C. 25-33.

5. Karimjonovich X. U. B. ZAMONAVIY NOTA YOZUVIGA ASOSLANGAN NOTA YOZUVI //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. Special Issue 14. - C. 453-462.

6. Khuramov U. K. FORMATION, DEVELOPMENT AND HISTORY OF HARMONY //Theoretical & Applied Science. - 2019. - №. 12. - C. 77-82.

7. Karimjonovich K. U. et al. Sherna bakhshi's work and its place in sherobod school of friendship //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - T. 25. - №. 4. - C. 13413-13417.

8. Karimjonovich X. U. Important importance of elementary theory of music in the field of music education //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - C. 200-204.

9. Khurramov U. K. Processes of formation of performance traditions in folk instruments //Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari. - 2021. - T. 9. - C. 186-192.

10. Karimjonovich X. U. QADIMIY KUYLAR VA ULARNI TASHKIL ETUVCHI QISMLAR //Scientific Impulse. - 2023. - T. 1. - №. 7. - C. 74-81.

11. Musurmonqulovna B. F., Khurramov U. ARTISTIC INTERPRETATION OF WORKS FOR THE PIANO IN THE WORKS OF YOUNG COMPOSERS OF THE XXI CENTURY //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. - T. 10. - №. 4. - C. 95-97.

12. Xuramov U. B. K. YOSH MUSIQACHI O ' QUVCHILARDA MAQOM VA UNING USULLARI HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH NE CHOG 'LI AHAMIYATLI //World of Philology. - 2023. - T. 2. - №. 4. - C. 25-33.

13. Xuramov U. B. K. QADIMIY O 'RTA OSIYO XALQ KUYLARINI TASHKIL ETUVCHI QISMLARIGA QISQACHA TAVSIF //World of Philology. -2023. - T. 2. - №. 4. - C. 40-48.

14. Xuramov U. B. K. YOSH MUSIQACHI O 'QUVCHILARDA MAQOM VA UNING USULLARI HAQIDAGI BILIMLARNI SHAKLLANTIRISH NE CHOG 'LI AHAMIYATLI //World of Philology. - 2023. - T. 2. - №. 4. - C. 25-33.

15. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ovoz_yozish

16. https://ru.wikipedia.org/ wiki/%D0%A 1 %D0%BA%D0%BE%D 1 %82%D 1 % 82_%D0%B4%D0%B5_%D0%9C%D0%B0%D 1 %80%D 1 %82%D0%B5%D0%BD %D0%B2%D0%B8%D0%BB%D 1 %8C,_%D0%AD%D0%B4%D 1 %83%D0%B0% D1 %80 %D0%9B%D0%B5%D0%BE%D0%BD

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.