Научная статья на тему 'FORTEPIANO IJROCHILIGIDA GAMMA YORDAMIDA MAQOM USULLARINI O’RGATISH METODLARI'

FORTEPIANO IJROCHILIGIDA GAMMA YORDAMIDA MAQOM USULLARINI O’RGATISH METODLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
186
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
maqom / usul / ritm / fortepiano / gamma / maqom usullari / saraxbor / talqin / nasr / ufar / talqincha / savt / qashqaracha / soqiynoma / doyra / arpedjio

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ulug’bek Karimjonovich Xuramov

Ushbu maqolada shashmaqom shakllanishida doyra usullarining roli, “maqom san’atini yoshlarga singdirish, uni tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratish lozim, bugungi kunda yoshlarga maqom san’ati qay darajada o’rgatilmoqda” kabi savollarga javob nuqtai nazaridan ya’ni, fortepiano ijrosini o’rganayotgan o’quvchilarga gamma mashqlari, gamma mashqlari orqali maqom usullarini o’rganishning metodlari va muhim ahamiyatlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FORTEPIANO IJROCHILIGIDA GAMMA YORDAMIDA MAQOM USULLARINI O’RGATISH METODLARI»

FORTEPIANO IJROCHILIGIDA GAMMA YORDAMIDA MAQOM USULLARINI O'RGATISH METODLARI

Ulug'bek Karimjonovich Xuramov xurramov_ulugbek@mail .ru Termiz davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada shashmaqom shakllanishida doyra usullarining roli, "maqom san'atini yoshlarga singdirish, uni tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda nimalarga e'tibor qaratish lozim, bugungi kunda yoshlarga maqom san'ati qay darajada o'rgatilmoqda" kabi savollarga javob nuqtai nazaridan ya'ni, fortepiano ijrosini o'rganayotgan o'quvchilarga gamma mashqlari, gamma mashqlari orqali maqom usullarini o'rganishning metodlari va muhim ahamiyatlari haqida ma'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: maqom, usul, ritm, fortepiano, gamma, maqom usullari, saraxbor, talqin, nasr, ufar, talqincha, savt, qashqaracha, soqiynoma, doyra, arpedjio.

METHOD OF TEACHING MACOM RHYTHMS USING GAMMA IN PIANO

PERFORMANCE

Ulugbek Karimjonovich Khuramov xurramov_ulugbek@mail .ru Termiz State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, the role of drum rhythms in the formation of shashmaqam, what should be paid attention to when teaching the art of maqam to young people, and forming the ability to listen to it, to what extent is the art of maqam taught to young people today, i.e. information about gamma exercises, methods and importance of learning shashmakom rhythms through gamma exercises for students learning to play the piano.

Keywords: makam, method, rhythm, piano, gamma, makam methods, saraxbor, talqin, nasr, ufar, talqincha, savt, qashqaracha, soqiynoma, doyra, arpeggio.

Insoniyat tafakkurining yorqin mahsuli bo'lgan maqom doimo tinglovchilar, muxlislarni hayratga solib kelgan yirik musiqiy qomusdir. Milliy maqomlarimizda xalqimizning qadimiy tarixi, ma'naviy dunyosi, badiiy falsafasi, ruhi mujassam. Shu bois necha asrdirki, maqom bebaho madaniy meros sifatida ardoqlanib kelinmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori o'zbek mumtoz musiqasi tarixida

yangi davrni boshlab bergan muhim hujjat bo'ldi. Unda maqom san'atini yanada rivojlantirish va uni butun dunyo bo'ylab tan olinishiga imkon yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berilgan edi. Jumladan, rahbarimizning ushbu masala yuzasidan amalga oshirilishi kerak bo'lgan chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan bir necha farmon va qarorlari misol bo'la oladi. Bu borada soha mas'ullari ya'ni mutaxassis o'qituvchilar, ustozlar, yetuk sozanda va xonandalar tomonidan ham kerakli vazifalar belgilab olinishi maqsadga muvofiqdir.

So'zimizni isboti o'laroq musiqa ta'limi o'qituvchisi sifatida o'zimizga - maqom san'atini yoshlarga singdirish, uni tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda nimalarga e'tibor qaratish lozim? - bugungi kunda yoshlarga maqom san'ati qay darajada o'rgatilmoqda? - kabi bir necha savollar berib ushbu masalaga jiddiy yondashib amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalarni aniq belgilagan holda ish olib borish kerak bo'ladi. Chunki "maqomlar - bu xalqlar musiqasining klassik uslubidagi namunalaridir"1 deb bejizga aytmagan maqomshunos olim I.Rajabov. Shu mas'uliyatli jarayonni ya'ni yoshlarga maqom san'atini o'rgatish vazifasini yetuk ustozlar o'z vaqtida to'g'ri baholab nafaqat maqom xonandaligi hamda maqom cholg'u ijrochiligi kabi mutaxassislik fanlari orqali qolaversa sohaning boshqa fanlari tarkibida ham namunali qo'llab kelishmoqda. Jumladan, solfedjio darslarida amalga oshirilayotgan va tadbiq etilayotgan o'quv qo'llanmalardan buni bilish mumkin. O'zbekiston davlat konservatoriyasi musiqiy san'at fakulteti musiqa nazariyasi kafedrasi professori s.f.n. Matyakubova Svetlana Kaxxarovnaning bu borada tizimli amalga oshirib kelayotgan ishlari ya'ni "Solfedjio darslarida ritm mashqlari", "Maqom ritmlari solfedjio darslarida", 3 qismdan iborat "Maqom solfedjiosi" o'quv qo'llanmalari tahsinga sazovor hisoblanadi.

Quyida fortepiano ijrochiligida maqom usullarini singdirish metodlari ilmiy ishimizni taqdim etmoqdamiz. Aytish mumkinki mazkur ilmiy ishda yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarning yechimi o'laroq maqom usullarini fortepiano ijrochiligida qay tarzda tadbiq etish va qo'llashimiz mumkin bo'lgan metodlarining ilmiy asoslari aks etadi.

Ma'lumki O'zbekistonda maqom asarlari va turkumlari - Buxoro "Shashmaqom"i, "Xorazm maqomlari" va "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" turkumlari, shuningdek, uning lokal variantlari - Toshkent irog'i, Qo'qon irog'i, Samarqand ushshog'i, Farg'ona "Surnay maqom yo'llari", Xorazm "Dutor maqom turkumi", "Feruz" turkumi va boshqalar mavjud. Maqom2 - musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg'uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma'nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida

1 I.Rajabov. Maqomlar. T.: San'at. 2006. 6-bet.

2 Arab tilidan olingan bo'lib - joy, makon, o'rin ma'nolarini anglatadi.

maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bog'liq boshqa ma'nolarni ham anglata boshladi: lad3 tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholg'u va ashula yo'llari; musiqiy uslub va o'ziga xos maqom usullari ya'ni ritmlari kabi ma'nolarni o'zida mujassam etadi.

Lad ma'nosini beradigan maqom so'zi Sharq musiqa amaliyoti hamda nazariyasida keng qo'llaniladi. Misol uchun arabcha makam, forscha parda, o'zbekcha maqom, ozarbayjoncha mug'om so'zlari bilan yuritiladi. Bundan kelib chiqadiki maqomning ma'nosi ladning ma'nosi bilan mutanosib ekanligi nuqtai nazardan quyidagi ma'nolarni anglatadi:

- musiqiy-estetik tushuncha sifatida - pardalarning o'zaro mutanosibligi, turli balandlikdagi musiqiy tovushlarning uyg'unligi;

- musiqa nazariyasining asosiy tushunchalaridan biri, musiqiy pog'onalarning bosh parda ya'ni asosiy pardalar qo'shilmasi.

Maqomot tizimidagi muhim omillardan yana biri - usuldir. Shuning uchun usul va umuman ritm4 masalasi musiqa risolalarida alohida o'rin egallab kelgan edi. Abu Nasr Forobiy naqra (urish, urg'u, aksent) kuyni tashkil qilgan tovush (nag'ma)larning boshlanish nuqtasidir; ularning oxiri - uzulish nuqtasi ham naqradir (ritmning eng kichik birligi), - deb ta'kidlaydi5. Qolaversa ritm haqida dunyo mutaffikr olimlaridan Aflotun "davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligigiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq", - degan6. Pifagor kuy va ritm inson qalbiga muayyan ta'sir ko'rsatishini ham aniqlagan7. Bu borada R.Qodirov "musiqa psixologiyasi" kitobida o'zining taklif va mulohazalarida shunday deb yozadi: "mehnat jarayonida musiqadan foydalanish ish kuni davomida asabiy-ruhiy holatlarning xususiyatlari bilan bog'liq o'z qonuniyatlariga ega. Bunda mehnat jarayoni uchun kerakli ritmni o'rnatish, ish samaradorligini oshirish, ortib boradigan charchoqni chiqarish kabi ishlab chiqarish muammolarini hal etishga ko'maklashuvchi musiqani tanlash katta ahamiyatga ega"8.

Ritm ma'nosini anglatadigan maqomning ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan usul quyidagi ta'rif bilan izohlanadi:

- musiqaning asosiy elementlaridan biri bo'lib, musiqa tovushlarining vaqt birligi ichida joylashuv qonuniyatini belgilab beradi.

Shuning uchun ham shashmaqom shakllanishida doyra usullarining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Usul kuyning o'lchov-ritmik xususiyatlari asosida tug'ilgan bo'lsa-da, o'z navbatida maqomlardagi ayrim qismlarning yaratilishida yetakchi

3 Rus tilidan olingan bo'lib - uyg'unlik, tartib, pardalar tuzilmasi, tuzuk ma'nolarini anglatadi.

4 Yunoncha so'zdan olingan bo'lib - oqaman, marom, davriylik ma'nolarini anglatadi

5 Y.Rajabiy. O'zbek maqomlari (shashmaqom). T.; Yunesko. 2007. 21-bet

6 R.Qodirov. Musiqa psixologiyasi. T.; Musiqa. 2012. 4-bet.

7 R.Qodirov. Musiqa psixologiyasi. T.; Musiqa. 2012. 7-bet

8 R.Qodirov. Musiqa psixologiyasi. T.; Musiqa. 2012. 10-bet

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

omillardan bo'lgan. Masalan, har bir maqomda birinchi qism sho'balaridagi Talqin uning ma'lum Nasr yo'li hamda Ufari bir-biridan asosan doyra usulining turlicha bo'lishi va shuning natijasida kuyda tug'ilgan o'lchov-ritmik o'zgarishlar bilan farqlanadi. Doyra usullari qo'llanishining o'zida ham ma'lum tizim mavjud. Jumladan, maqomlar cholg'u bo'limining birinchi qismlari - Tasnif va Tarje'lardagi doyra usuli ma'lum darajada sodda bo'lsa. Keyingi qismlarida - Gardunda murakkabroq, Muxammas va Saqillarda esa haddan tashqari murakkablashadi. Agar Tasnifda doyra usuli to'rt taktni tashkil etsa, Muxammasda 16, Saqilda esa 24 taktni tashkil etadi. Doyra usulining shu yo'sinda oddiydan sekin-asta murakkablashib borishini ashula bo'limining birinchi guruh sho'balarida ham ko'ramiz9.

Saraxbor10 2/4 o'lchovida:

Talqin11 3/8 3/4 yoki 3/4 3/8 o'zgaruvchan o'lchovda:

Nasr12 6/4 (2/4 4/4) murakkab o'lchovda:

Ufar13 3/4 yoki 6/8 o'lchovlarda:

Saraxbor doyra usuli eng qadimiy sanalib, "usuli zarbi qadim" deb nomlangan. Doyra usulining "Zarbi qadim"dan sekin-asta murakkablashib borishi maqomlar umumiy rivojidagi dinamikani ham ma'lum darajada ta'minlaydi. Savt namunadagi

9 Y.Rajabiy. O'zbek maqomlari - Shashmaqom. T.; Print-S. 2007. 21-bet

10 Fors va arab tillaridan olingan bo'lib - bosh xabarlar degan ma'noni anglatadi. Shashmaqomning har bir maqomda ashula bo'limi boshlanadigan birinchi, bosh sho'ba.

11 Arab tilidan olingan bo'lib - tushuntirish, nasihat degan ma'nolarni anglatadi.

12 Shashmaqom majmuasidagi maqomlarning ashula bo'limi, qolaversa maqomning mazkur bo'limida 1-guruhni tashkil etuvchi sho'balardan biri.

13 Ufar yoki ufor - qadimiy doyra (shuningdek, nog'ora) usullaridan biri.

sho'balar va ularning shoxobchalarida aksincha dastlabki murakkab doyra usuli ma'lum darajada oddiylashib boradi14.

Savt15 5/4 aralash o'lchovda:

" i p r •

Talqincha16 3/8 3/4 yoki 3/4 3/8 o'zgaruvchan o'lchovda:

Qashqaracha17 4/4 murakkab o'lchovda:

Soqiynoma18 4/4 murakkab o'lchovda: Ufar 3/4 yoki 6/8 o'lchovlarda:

Musiqachi shaxsini tarbiyalashda ritmning ahamiyati nuqtai nazardan quyidagi fikrlarni ta'kidlab o'tishimiz joiz. Aytish mumkinki musiqachi shaxsini tarbiyalashda ham ritm ya'ni usullarning o'rni benihoyadir. Shuning uchun ham o'quvchida ritm tuyg'usini shakllantirish va rivojlantirish musiqa pedagogikasining eng zarur va muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mazkur vazifani ya'ni ritmni o'quvchiga singdirish esa psixologik jarayondir. Shuni ham aytib o'tishimiz joizki ayniqsa fortepiano o'qitish uslubiyotida ko'p uchraydigan kamchiliklardan yana biri shuki, ba'zi o'qituvchilar o'quvchining ijrosida ovoz sifatiga, asarning mazmunini qay tarzda bayon etilishi yoxud musiqiy nutqiga va asarning mohiyatiga emas, balki asarni qay tarzda bo'lsada yod olishiga hamda qo'lning holatiga ko'proq e'tibor beradilar. Qaysidur ma'noda mazkur usul to'g'ri ko'ringni bilan lekin, kelajakda

14 Y.Rajabiy. O'zbek maqomlari - Shashmaqom. T.; Print-S. 2007. 21-bet

15 Arab tilidan olingan bo'lib - ovoz, tovush degan ma'nolarni anglatadi. Biror cholg'u yoki vokal musiqa asari pardalari va kuy ohangi asosida yaratilgan kuy yoki ashula.

16 Talqin doira usuli asosida yaratilgan maqom ashula yo'li, talqin sho'basiga o'xshatma, nazira.

17 Kelib chiqishi uyg'ur musiqasi bilan bog'liq usul hamda shu usul jo'rligida ijro etiladigan kuy va ashulalar.

18 Sharq mumtoz adabiyotida masnaviy shaklidagi lirik janr. Qolaversa, yengil va jonli sur'atdagi mashhur doira usuli, mazkur usulda aytiladigan ashula yo'llari nomi.

professional ijrochi bo'lolmaslik omillaridan bin hisoblanadi. Shuning uchun ham o'qituvchi o'z oldida turgan ulkan mas'uliyatli vazifani anglab yetishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xususan, o'qituvchi tovush, metr, ritm, lad kabi musiqaning muhim elementlarini o'quvchiga mukammalroq tushuntirib borishi o'quvchilarda musiqa ritmi tuyg'usini tarbiyalash va rivojlantirishga omil bo'lib xizmat qiladi. Shu tariqa musiqa asarini o'zlashtirish davomida shu asarning ritmik shaklini o'quvchi tobora yaxshiroq tushunib boradi. O'quvchi musiqa ritmi ya'ni usulini o'zlashtirmasdan turib, kelajakda professional sozanda sifatida shakllanishi mumkin emas.

Fortepiano19 o'qituvchisi ilk darslardan boshlab bolani san'at bilan tanishtirish, musiqiy nutqqa e'tibor bilan quloq solish, uning mazmun va tuzilishini anglash, yangrash sifatini aniqlashni o'rgatish zarur. O'quvchining eshitish tarbiyasi badiiy, shu bilan birga, bola uchun tushunarli va qiziqarli material asosida amalga oshirilishi kerak20. Ayniqsa boshidanoq xalq kuylari, milliy usullarimiz asosida yozilgan kompozitorlik asarlarimizdan foydalanish afzaldir. Bu borada ijrochi tomonidan musiqiy asarni chuqur anglagan holda ijro etishda, badiiy obraz mohiyatini ochib berishda bir necha qiyinchiliklarga uchraydi. Shu kabi muammolarni hal etish uchun fortepiano o'qituvchisi o'quvchilariga mashqlar ayniqsa, turli xil tovush cho'zimlari ko'rinishida gammalar21 ijro etish topshiriqlarini tizimli ravishda berib boradi. Masalan gammalarning ijro etish tartibi kvinta davrasidagi tonalliklarni aks etadi. Ya'ni alteratsiya belgilarining ko'payib borishi yoxud qiyinlik darajasiga qarab do major, lya minor, sol major, mi minor va hokazo tonalliklar ketma-ketligida amalga oshiriladi. O'qituvchi tomonidan o'quvchi ijro texnikasini tarbiyalashda gamma topshiriqlariga katta ahamiyat beriladi. Bu pianinochi tarbiyasining zaruriy qismi bo'lib xizmat qiladi. Bu haqda Avstriya pianinochisi va kompozitori, fortepiano uchun ko'plab etudlar yozib mashhur bo'lgan K.Cherni gamma haqida "musiqa ijro etishni endi o'rganayotganlar uchun ham, yuqori malakali talaba uchun ham, hatto tajribali mahoratli ijrochi uchun ham bir xil darajada foydalidir", deb fikr bildiradi. Hattoki taniqli fransuz pianinochisi va o'qituvchisi Margerit Long esa, "bosh barmoqni tez-tez ishlatish bilan yaqin intervallardagi xromatik gammani o'rganish diatonik gammalarni o'rganishdan oldin bo'lishi kerak", deb tavsiya qiladi. Biz o'zimizning milliy musiqamiz tarkibini tashkil etuvchi milliy usullarimizga shu gamma mashqlarini moslashtirishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yuqorida ta'kidlab o'tilgan, ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantiradigan gammalarni nota matni faqatgina rus o'quv adabiyotlarida aniqrog'i, XX asrning 80-

19 Italiyancha tildan olingan bo'lib, forte - kuchli va piano - kuchsiz degan ma'nolarni anglatadi. XVIII asr boshida B.Kristofore tomonidan ixtiro qilingan torli-urma cholg'u oilasiga mansub royal va pianinolaring umumiy nomi.

20 Z.Muhammadjonova. Fortepianoda chalishni o'rgatish uslubiyoti. T.; Yangi nashr.. 2006. 8-bet

21 Yunon alifbosining 3-harfi. Musiqada - dastlab o'rta asr Yevropa ilmida musiqa tovush qatorining eng past tovushi. Keyinchalik muayyan lad tovushlarining oktava orasidagi tartibi ma'nolarini anglatadi.

yillarida Moskva shahri "Sovet kompozitori" nashriyoti tomonidan 100000 nusxada chiqarilgan N.Shirinskayaning "Fortepiano uchun gamma va arpedjiolar22" deb nomlangan o'quv qo'llanmasida uchratishimiz mumkin. O'zbek fortepiano ijrochilik maktablari uchun mo'ljallangan o'quv adabiyotlari ichida faqatgina, ta'kidlash joizki yagona hisoblangan X.Azimovning "Fortepiano darsligi"ning 5-bo'limi ya'ni "gammalar, akkordlar va arpedjiolar"ga bag'ishlagan qismida gammalarning nota matnini uchratishimiz mumkin. Achinarlisi shundaki ushbu darslik XX asrning so'ngi, 1998-yilida Toshkent shahri "O'qituvchi" nashriyoti tomonidan 3000 nusxada muomalaga chiqarilgan bo'lib, ayniqsa, hozirda boshqa xech qanday adabiyotlar tarkibida gammalarning nota matnini uchratolmaymiz. Shunday bo'lsada o'tgan asrda chiqarilgan kitobni adadini hozirgi zamon talabiga taqqoslash mantiqqa to'g'ri kelmaydigan yechimini talab qiladigan muammoli vaziyat hisoblanadi. Hozirgi vaqtda muomalaga chiqarilayotgan fortepiano ijrochiligi sinflari uchun mo'ljallangan o'quv adabiyotlarida esa pesalar, etudlar va shunga o'xshash asarlar bilan kifoyalanayotganliklarini uchratishimiz mumkin. O'quvchi gammalar yordamida ijrochilik texnikasini o'stirmasdan, rivojlantirmasdan turib mazkur o'quv adabiyotlaridagi musiqiy asarlarni chuqur anglagan holda ijro etishdagi, badiiy obraz mohiyatini ochib berishdagi muammolarga duch kelaveradi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki o'quvchi tomonidan ijrochilik ko'nikmalarini rivojlantiradigan gammalarning nota matniga ehtiyoj tobora ortib borishdan, bu ehtiyojni kechiktirmasdan o'z vaqtida to'g'ri baholab hal etish masalasi bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu ehtiyojni qondirish, fortepiano ijrochiligi sinflarini o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash pirovardida yuqorida ta'kidlab o'tgan muhim masala yotadi. Bular, - maqom san'atini yoshlarga singdirish, uni tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda nimalarga e'tibor qaratish lozim? - bugungi kunda yoshlarga maqom san'ati qay darajada o'rgatilmoqda? - kabi muhim masalalardir. Ta'kidlab o'tilgan masalalar o'z yechimini shunday puxtalik yoxud ilmiy izlanish va ilmiy asoslar bilan yondashish kerakligini talab qiladi.

Gammalarni oddiy, turli o'lchovlarsiz, bir xil ritm ya'ni usulda ijro etishdan tashqari uni maqom usullari bilan ijro etish, yuqorida ko'rsatilgan masalaning tub mohiyati sifatida o'z yechimini topadi.

Misol uchun do major gammasini 3 xil ijro etish nota matnini e'tiboringizga taqdim etamiz. Birinchi rasmda gamma tovushlari bir xil o'lchovda yoxud usulda ijro etish nota matnining ifodalanishi. Ikkinchi rasmda esa gamma tovushlari maqomning talqin va nasr usullarida ijro etish nota matnining ifodalanishi ko'rsatilgan:

22 Italiyancha tildan olingan bo'lib arpeggio - arfada chalish degan ma'nolarni anglatadi. Aniqrog'i, akkordlarning past tovushidan boshlab ketma-ket ijro etilish uslubiga aytiladi.

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X

1-rasm:

2-rasm:

Xulosa o'rnida shuni ham ta'kidlash mumkin-ki, yuqorida ko'rsatilgan maqom usullarida ifodalangan gammalarni ijro etishdan oldin, bir xil o'lchovda ya'ni usulda ijro etish ko'nikmasini shakllantirish talab qilinadi. Chunki o'quvchi avvalam bor ijro etilayotgan gamma tovushlarining qaysi balandlikda, qaysi barmoq bilan ijro etish kerakligi haqidagi oldida turgan masalani hal etishi kerak bo'ladi. O'quvchi o'z oldida gammaning tovushlarini qaysi barmoqlar bilan ijro etishni hal qilganidan so'ng, bosqichma-bosqich qiyinlik darajasiga qarab maqom usullariga moslab, avval osonroq usul undan keyin qiyinroq usullarda ijro etishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Xuddi shu qat'iy tizimli tartib ila ko'zlangan maqsadga erishish oson kechadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent

2. Ахмедов Р. Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2). - С. 5-9.

3. Khurramov, U. K. "Processes of formation of performance traditions in folk instruments." Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari 9 (2021): 186-192.

4. Karimjonovich X. U. Important importance of elementary theory of music in the field of music education //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2022. - С. 200-204.

5. Ortiqov N. YOSH AVLODNI MUSIQIY RITM, ESLAB QOLISH VA ESHITISH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH USULLARI //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. V. - С. 20-28.

6. Смирнова И. А., Ногинская Д. Ш. И. РАБОТА НАД РАЗВИТИЕМ ФОРТЕПИАННОЙ ТЕХНИКИ НА ПРИМЕРЕ ГАММ В МЛАДШИХ КЛАССАХ МУЗЫКАЛЬНОЙ ШКОЛЫ //Часть I. - С. 8.

7. Y.Rajabiy. O'zbek maqomlari (shashmaqom). T.; Yunesko. 2007 yil.

8. I.Rajabov. Maqomlar masalasiga doir. T.: O'zadabiynashr. 1963 yil.

9. I.Rajabov. Maqomlar. T.: San'at. 2006 yil.

10. R.Qodirov. Musiqa psixologiyasi. T.; Musiqa. 2012 yil.

11. N.Shirinskaya. Fortepiano uchun gamma va arpedjiolar. M.; Sovet kompozitori. 1980 yil.

12. X.Azimov. Fortepiano darsligi. T.; O'qituvchi. 1998 yil.

13. Z.Muhammadjonova. Fortepianoda chalishni o'rgatish uslubiyoti. T.; Yangi nashr. 2006 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.