Научная статья на тему 'KINODA OVOZ'

KINODA OVOZ Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
143
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
kino / ovoz / kompozitsiya / musiqa / shovqinlar / effekt / kartina / ovoz rejissyori

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Karim Yuldashev, Mamlakat Alijanovna Jo‘raeva

Ushbu maqolada kinolarga ovoz berish usullari, shovqinlarga qanday ovoz yoziladi, kinoda ovozning nechog‘liq ahamiyatliligi haqida ma’lumot beriladi. Ovoz operatorlari va ovoz oformitellar, kino kompozitorlari, ovoz rejissyorlari, dublyaj aktyorlari mehnati yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KINODA OVOZ»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X

KINODA OVOZ

Karim Yuldashev Mamlakat Alijanovna Jo'raeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada kinolarga ovoz berish usullari, shovqinlarga qanday ovoz yoziladi, kinoda ovozning nechog'liq ahamiyatliligi haqida ma'lumot beriladi. Ovoz operatorlari va ovoz oformitellar, kino kompozitorlari, ovoz rejissyorlari, dublyaj aktyorlari mehnati yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: kino, ovoz, kompozitsiya, musiqa, shovqinlar, effekt, kartina, ovoz rejissyori

SOUND IN THE MOVIE

Karim Yuldashev Mamlakat Alijanovna Joraeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides information about the methods of sounding movies, how noises are recorded, and how important sound is in movies. The work of sound operators and sound operators, film composers, sound directors, dubbing actors will be highlighted.

Keywords: film, sound, composition, music, noises, effect, picture, sound director

Odatda ko'pchilik kino tomosha qilayotgan chog'ida asosiy e'tiborini videoqatorlarga va maxsus effektlarga qaratadi, lekin kinoda ovozning ahamiyati ham kattaligi haqida kam o'ylaydi. Ovozsiz kino davri nihoyasiga yetgach, ko'rayotgan kinomateriallarni qabul qilishda ovoz kartinaning muhim qismlaridan biriga aylandi. Darhaqiqat, musiqiy kompozitsiya yoki oddiy ovozni yaratish eng qiyin va haqiqiy ijodiy jarayon hisoblanadi.

Har qanday kinoga yoki serialga ovoz berishda o'z ishining ustalari bo'lgan butun boshli jamoa ish olib boradi. Ular biz uchun yaxshi tanish bo'lgan kino kompozitorlari, ovoz rejissyorlari, dublyaj aktyorlari va unchalik ham ommaviy sanalmagan mutaxassislar - ovoz operatorlari va ovoz oformitellar jamoasi hisoblanadi. Ularni shovqin beruvchilar yoki foli-artistlar, deb ham atashadi.

Biroz tarixga qaytamiz

I icclT^^^^H 739 http://oac.dsmi-qf.uz

Tashqaridan qaraganda, hammasi haqiqiydek, lekin masalan, nima uchun yomg'ir ovozi to'g'ridan to'g'ri yomg'ir yog'ayotganda ko'chadan, deylik suratga olish maydonidan yozib olinmaydi? Hammasi oddiy - gap shundaki, yomg'ir tovushini suratga olish maydonida umuman yozib bo'lmaydi. Chunki ovoz yozish jarayoniga haddan ortiq ko'p begona tovushlar halaqit beradi. Aktyorlar ovozi, ishlayotgan texnikalarning shovqini, xullas barcha begona ovozlar bir-biriga shunchalik qorishib ketadiki, natijada yomg'ir ovozining o'zi umuman eshitilmay qoladi.

Bunday vaziyatlar boshqa ko'plab tovushlar bilan ham yuz berishi mumkin: qadamlar, qurol-yarog'larning jaranglashi, barglarning shitirlashi va shunchaki istalgan harakat - bularning barchasi tovush yasovchilarning studiya sharoitida yaratgan ijodlari bo'ladi. Aynan shu sababli, kassabop kinolarni suratga olishda h ar doim ovozning haqiqiyligini ta'minloshga javob beruvchi mutaxassis bo'ladi.

Avvallari, texnika vositalarining yo'qligi sababli, ovoz suratga olish maydonchasida yozilmagan, balki to'laligicha studiyalarda amalga oshirilgan. Ushbu sohada katta muvaffaqiyatga erishganlarning biri ovozli kinolarning pioneri Jek Foli hisoblanadi. Jekning xizmatlariga chuqur hurmat yuzasidan ushbu kasb hozirda foli-artist deb ataladi. Foli karerasini ovozsiz filmlarda ovoz rejissorlikdan boshlagan, so'ngra ovozli kinoga jadal sur'atlarda o'tishni boshlab berdi. Kinolarda ovoz effektini beruvchi texnikalarning ko'pchiligini Jek Foli ixtiro qilgan bo'lib, ulardan hozir ham muvaffaqiyatli ravishda foydalanib kelinmoqda. Foli 20 asrning o'rtalarida ko'plab kinolarni suratga olish jarayonida ishtirok etdi, ularning orasida eng mashhuri Stenli Kubrikning «Spartak» filmi sanaladi. Ushbu kinoda qurol-aslahalarning jaranglashini, qo'shinlarning saf yurishini o'sha odamlarning o'zi yaratmagan, Foli, kalitlar bog'lamini shiqillatib turgan. Kino yaratuvchilar avval boshdanoq suratga olish maydonchasida yozilgan ovoz qandaydir xira va jozibasiz ekanligini tushinib yetishgandi. Hatto shunday bo'lardiki, haqiqiy ovozlar ham rejissyor kutganidek chiqmaydi. Masalan, amalda qilich qinidan chiqarilganda, haqiqatan ham xira tirnalayotgandek, ovoz chiqaradi. Bundan holat qurolning qinidan chiqayotgandagi jaranglashi yoki zarba bo'lganda yuz beradi.

Taraqqiyot bir joyda qotib qolmaydi, albatta. Hozirgi paytda sifatli fonoteka taraqqiyoti sababli filmlarga jonli ovoz berish kamayib bormoqda. Foli-aktyorlar xizmati arzon turmaydi, ovoz rejissyorlari ham borgan sari tez-tez ovoz kutubxonasiga murojaat qilmoqda. Biroq, qadam tovushlari yoki kiyimlarning shig'illashini hali ham eskicha usulda yozish osonroq.

Kutubxonadan tayyor ovozlar

Ha, minglab ovozlar saqlanadigan omborxona mavjud bo'lib, ularni ham kutubxona deyishadi. Kinoni ovozlashtirishda, tabiiyki, jahon kutubxonalaridagi tayyor tovushlardan foydalanish oson, undan hamma kino yaratuvchilari foydalana oladi. Barcha foydalanilgan tovushlar shovqin yaratuvchilari tomonidan allaqachon

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

yaratilgan va bir filmdan ikkinchi filmga ko'chib yuradi. Masalan, afsonaviy "Terminator 2" filmidagi otilgan o'q ovozi "Oxirzamon" filmida ham ishlatilgan. Bugungi kunda eng ommaviy ovoz «Vilgelm hayqirig'i» dagi ovozdir. Ushbu ovozdan bungacha naq 216 ta filmda foydalanilgan. 1931 yilda namoyish etilgan «Frankenshteyn» kinosidagi momoqaldiroq tovushidan 1980- yillargacha foydalanilar edi. Bu ayniqsa, multfilmlar va seriallarga tegishli edi, chunki ularda umuman haqiqiy ovoz bo'lmasdi-da, tovush yasovchilarni yollash xarajatini esa kartina byudjeti ko'tara olmasdi.

Kutubxonadan tayyor tovush shu jihati bilan qulayki, ularni bir-birining o'rnida foydalanish ham oson. Masalan, «Frankenshteyn»dagi o'sha guldurash ovozi ko'plab aralashgan ovozlarning asosi bo'lib xizmat qildi, ularning orasida eng mashhuri sifatida «Yuulduzlar yo'li», dagi samoviy kemani tezlashtirgich effekti hamda "Yulduzlararo jang" kinosidagi X-Wing qiruvchi samolyotining lazer zambaragi ovozi bo'ldi. 1932 yilda suratga olingan "Tarzan" filmidagi hayqiriq ham juda mashhur. Uning modifikatsiyasi keyingi o'n yillikda ko'plab filmlarda foydalanildi.

Noyob ovozlar kerak bo 'lgan paytda-chi?

Kutubxona arxivida tayyor ovoz bo'lmasa-chi, unda nima qilish kerak? O'z-o'zidan ma'lumki, «Uzuklar hukmdori» suratga olinganda Balrogning o'kirishini hech kim avvaldan yozib qoldirmagan - bunday holatlar ko'plab topiladi. Shu bois kartinaning shovqin yasovchilari biroz "ijod" qilishga va o'kirishni o'zlari yasashga to'g'ri keldi. Buning uchun shlakoblok olindi, va taxta pol ustida turli tezlikda ishqalay boshlandi. Keyin esa, olingan tovush ozroq qayta ishlandi va natijada siz ko'rib turganingizdek, Balrogning hayqirig'i "durdona asar"ga aylandi.

Shunga o'xshash yo'l bilan inson qulog'iga odat bo'lib qolgan ovozlarni ham yaratishadi. Masalan, yilqilar uyurining tuyoq tovushlarini haqiqiy sharoitda yaratish juda murakkab ish. Shu sababli, bir qop oddiy kartoshka olinadi va deylik, bo'sh karton qutiga to'kiladi. Yana ozroq kompyuterda ishlov berish va qarabsizki, ajoyib tuyoqlar tovushiga ega bo'lasiz.

Rejissyor Glen Kayzer o'zining intervyularidan birida ovoz dizayni bo'yicha shunday degandi. U o'zining qisqa metrajli filmini suratga olayotganda, salbiy qahramon mashina ruliga o'tiradi, lekin dvigatelni o't oldira olmaydi. Kayzer kerakli tovushni kutubxonadan uzoq qidiradi, lekin ma'qul keladigan hech narsa topa olmaydi. Shu bois, u mashinani o't oldirish jarayonidagi original tovushni 20 marta qayta yozdi. Shundan keyin tayor yozuvlarni aralashtirdi va qirqib, kerakli tovushni topgan.

«Yulduzlararo jang» kinosida yorug'lik tarqatayotgan qilichlarning tovushi mutlaqo, tasodifan topilgan. Bir kuni kartinaning ovoz rejissyori Ben Byortt qo'lida mikrofon bilan shunchaki televizor yonidan o'tadi. Unga shu ovoz yoqib qoladi. Xullas, kerakli ovozning yarmi shu tovushdan olinadi, qolgan yarmiga esa ishlab turgan proyektorning tovushi asqotadi. «Terminator»ning ikkinchi qismidagi T-1000

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

kiborgining suyuq metal ovozini yozib olishda kulgili holat yuz bergan. Bu yerda hech qanday kompyuter effekti yo'q - shunchaki mikrofonni yupqa rezina sharga urab suli butqasiga botirgan.

Ba'zi holatlarda turli tovushlarni yaratishda bir xil usul qo'llaniladi. «Yulduzlararo jang»dagi blasterning otilish tovushi bolg'ani tarang tortilgan metall kabelga urish orqali olingan. «Yulduzlararo yo'l» serialidagi foton torpedalarning tovushi ham shu usul bilan yozilgan. Bunday misollar yuzlab, minglab topiladi. Hech bo'lmaganda olov tovushini olaylik: supurgini lattaga ishqalash yo'li bilan yaratilgan yoki mushtlashuvda buyinning sinishi ovozi shunchaki, karam qo'l bilan ezilgan.

Qo'rqinchli kinolardagi odamni seskantiradigan va keskin musiqalar ham alohida e'tiborga loyiq. Unda chastotalar keskin pasaytirilib keyin balandlatiladi, noodatiy garmonika va haddan ortiq shovqin, bularning bari qo'rqinchli kinolarga ovoz yozishning o'ziga xos tomonlari. Bunday tovushni yozish uchun maxsus asboblar kerak bo'ladi. Ulardan biri - voterfon. Undan «meni qo'yib yubor» va «Poltergeyst» kartinalarida foydalanilgan. Voterfon - bu, atrofida joylashtirilgan turli uzunlikdagi bronza sterjenli rezonator kosacha, Tovush tayoqcha yoki metal simni to'qqillatish yo'li bilan yoziladi.

Ha, bu hali hammasi emas. Chunki ovoz yaratish, ovoz yozib olish ham haqiqiy ijoddir, binobarin bu ishda kashf qilinadigan hech narsa qolmadi, deyish mutlaqo noto'g'ridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Arastu. Poetika. Ahloqi kabr.- T.: Yangi asr avlodi, 2004.

2. Abdusamatov H. Drama nazariyasi.- T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.

3. Tursunov T. Sahna va zamon. - T.: Yangi asr avlodi, 2007.

4. CHo'lpon. Adabiyot nadir? - T.: CHo'lpon, 1994.

5. G'afur G'ulom "Tanlangan asarlar"- Fan va adabiyot . 1987.

6. Ikromov H. Davr va teatr - T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat taxiliy nashriyoti, 2009.

7. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi . - T.: Yangi asr avlodi, 2007

8. Bayandiev T. San'at masalalari - teatrshunos nigohida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2009.

9. Tursunboev S. O'zbek teatri sarhadlarida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2012.

10. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 02.04.2022 - Features of Dramaturgy

11. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - Oriental Art and Culture O'zbekiston. Volume 2 Issue 4. 12.2021 - Nurli umr

742

http://oac.dsmi-qf.uz

12. Yuldashev Karim, Joraeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 18.06.2022. Volume 2 No 6 ISSN 2792-1883 - Gulom Zafari Dramaturdiy( 1889-1938)

13. K. Yuldashev, M. Jo'raeva "A look at the creative path of the people's artist of Uzbekistan Habibakhanim Ahunova" - Theory and analytical aspects of recent research international scientific-online conference 28.04.2022

14. K. Yuldashev, M. Jo'raeva "Theatriacal Art" - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 21. 05.2022. Volume 2 No 5 ISSN 2792-1883

743

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.