~OTA-ONaLARVamaktabgachata'limTashkT
HAMKORLIGINI STRATERGIK RIVOJLANTIRISHNING MUHIM
JIHATLARI
Turdiqulova Luiza Zayniddinovna
Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti NTM o'qituvchisi. luiza [email protected] U.L.Yoziyeva Qarshi davlat universiteti dotsenti p.f.f.d.(PhD)
Annotatsiya: Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o'zgarishlar va yangiliklar joriy etilmoqda. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'zlarining shakllanishi va rivojlanishida uzoq yо'lni bosib о'tgan bolalar bog'chasi va oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning barcha xilma-xil shakllaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Ota-ona va maktabgacha ta'lim tashkiloti bir-birini almashtira olmaydi. Davomiylikning muhim sharti ota-ona va maktabgacha ta'lim tashkiloti o'rtasida ishonchli ishbilarmonlik aloqalarini o'rnatish bo'lib, uning davomida ota-onalar va tarbiyachi-pedagogning ta'lim pozsiyasi moslashtiriladi. Bunday munosabatlarning asosini ota-ona va maktabgacha ta'lim tashkiloti o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shakllari tashkil etadi.
Bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi muhim hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kelgusida umumiy o'rta ta'lim maktabida muvaffaqiyatli o'qishi, balki hayotiy o'rninining shakllanishi ham ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasiga bog'liq. Maktabgacha yosh davrida oilada va maktabgacha ta'limda tashkil etilgan ta'lim va tarbiya jarayonlarda bolaning shaxsiyati shakllanadi, ya'ni tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy faollik, faol muloqotga kirishuvchanlik, mustaqillik, mas'uliyat, javobgarlik kabi asosiy shaxsiy fazilatlar shakllanadi.
- Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).
Bolalarni tarbiyalash insonning eng qadimgi faoliyatidir. Qadim zamonlarda u san'at bilan taqqoslangan. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo'lsak, yosh avlod tarbiyasida oila birlamchi bo'lganligi haqida ko'plab dalillar mavjud. Inson rivojlanishi jarayonida bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularning jismoniy va aqliy rivojlanishi alohida funksiyaga aylandi va oiladan tashqari ta'lim muassasalari shakllana boshladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'p asrlar davomida oilaning farzand tarbiyasidagi o'rni birinchi darajali ahamiyatga ega [2,146-b].
Maktabgacha ta'lim sohasining yetakchi olimalaridan F.R.Qodirovaning fikricha: "Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog'liq davrlarida
faoliyatning turli xillari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo'lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi" deya maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati ularning yosh bosqichlariga xos ravishda takomillashib borishini ta'kidlaydi [1,139].
Bugungi kunda pedagogik jamoa va ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga katta e'tibor berilmoqda. Ota-onalar ta'lim xizmatlarining mijozlariga aylangan zamonaviy o'zgaruvchan sharoitlarda o'zaro ta'sir sifatini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun "o'zaro ta'sir" tushunchasining mohiyatini ko'rib chiqish muhimdir.
- Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son qarorida "Ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy-madaniy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi lozim"ligi ta'kidlangan. Maktabgacha ta'limda bolaning xulq-atvorni rivojlantirishning asosiy sharti qoidalarni bolalarga yetkazish, ularda mavjud bo'lgan talablarning mazmuniy-mantiqiyligini tushunishdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, guruhni tartibga solish, bolalarning ongli o'zlashtirishi, ularni faol mehnatga jalb qilish, g'oyaviy tuzilmaga bo'lgan qiziqarli tadbirlarni tashkil etish zarur.
SH.Shodmonova kishi hayotining dastlabki faoliyatidagi eng oddiy turi undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, imkoniyatlar asosida ma'lum bir munosabatni rivojlanishida asos bo'lib xizmat qiladi deb hisoblaydi. [4,39-b].
Bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi muhim hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kelgusida umumiy o'rta ta'lim maktabida muvaffaqiyatli o'qishi, balki hayotiy o'rninining shakllanishi ham ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasiga bog'liq. Maktabgacha yosh davrida oilada va maktabgacha ta'limda tashkil etilgan ta'lim va tarbiya jarayonlarda bolaning shaxsiyati shakllanadi, ya'ni tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy faollik, faol muloqotga kirishuvchanlik, mustaqillik, mas'uliyat, javobgarlik kabi asosiy shaxsiy fazilatlar shakllanadi.
Bolalarni tarbiyalash insonning eng qadimgi faoliyatidir. Qadim zamonlarda u
san'at bilan taqqoslangan. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo'lsak, yosh avlod tarbiyasida oila birlamchi bo'lganligi haqida ko'plab dalillar mavjud. Inson rivojlanishi jarayonida bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularning jismoniy va aqliy rivojlanishi alohida funksiyaga aylandi va oiladan tashqari ta'lim muassasalari shakllana boshladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'p asrlar davomida oilaning farzand tarbiyasidagi o'rni birinchi darajali ahamiyatga ega [5,146-b].
Maktabgacha ta'lim sohasining yetakchi olimalaridan F.R.Qodirovaning fikricha: "Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh bilan bog'liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil bo'lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzui, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib turadi" deya maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyati ularning yosh bosqichlariga xos ravishda takomillashib borishini ta'kidlaydi [3,135].
Bugungi kunda pedagogik jamoa va ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga katta e'tibor berilmoqda. Ota-onalar ta'lim xizmatlarining mijozlariga aylangan zamonaviy o'zgaruvchan sharoitlarda o'zaro ta'sir sifatini boshqarishning o'ziga xos xususiyatlarini tushunish uchun "o'zaro ta'sir" tushunchasining mohiyatini ko'rib chiqish muhimdir.
"O'zaro ta'sir" tushunchasi S.I.Ojegov buni ikki fenomen o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, ya'ni fikr, g'oyalar, his-tuyg'ular va tajriba almashish jarayoni deb hisoblaydi.
Umuman olganda, bu tushunchaning turlicha talqinlari uning ta'rifiga turlicha yondashuvlar bilan bog'liq. Falsafiy nuqtai nazardan I.T.Frolov o'zaro ta'sirni "jarayon" atamasi orqali ko'rib chiqadi: "...jismlarning bir-biriga o'zaro ta'sir qilish jarayoni, ularning holatini o'zgartirishning eng umumiy, universal shaklidir" [3,444-b]. Falsafiy ensiklopedik lug'atda V.YE.Kemerov "o'zaro ta'sir" atamasini "kategoriya" va "tushuncha" ning an'anaviy falsafiy asoslari orqali tavsiflaydi. O'zaro ta'sir deganda u hodisalar va obyektlarning bir-biriga ta'sir qilish xususiyatini, ularning o'zaro bog'liqligini, o'zgarishini belgilaydigan falsafiy kategoriyani tushunadi; shuningdek, turli obyektlar orasidagi munosabatlarni tushunish uchun "o'zaro ta'sir" toifasidan foydalanishni taklif qiladi. Biroq, bu talqinlar, M.N.Nedvetskaya [1,51-b], sezilarli takomillashtirishni talab qiladi, chunki o'zaro ta'sir faqat subyektlarning faoliyati bilan chegaralanib qolmaydi, balki subyektlar va obyektlarning bir-biriga bilvosita ta'sirini, ularning birgalikda mavjudligini ham o'z ichiga oladi.
O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonunining 36-moddasi maktabgacha ta'lim
tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga bag'ishlangan bo'lib, unga ko'ra "Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat: maktabgacha bo'lgan yoshdagi bola; bolaning qonuniy vakillari; pedagog xodimlar". Ushbu qonunda "bolalarni Vatanga muhabbat, mehnatga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalashi...; oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta'lim va tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlashi shart"ligi belgilab qo'yilgan. Maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlar muammolariga bag'ishlangan ishlarni tahlil qilib, xulosa qilishimiz mumkinki, tadqiqot mualliflari ta'lim tashkiloti zimmasiga muvaffaqiyatli o'zaro hamkorlik uchun katta mas'uliyat yuklaydilar, shu bilan birga ularning samaradorligi uchun mas'uliyatni yetarli darajada hisobga olmaydilar. Shuni ta'kidlash kerakki, oilaning tarbiyaviy funksiyasining buzilishining sababi ota -onalarning tegishli bilim va ko'nikmalarga ega emasligi, ota-onalar o'rtasidagi ta'limga yondashuvlar bo'yicha nizolar va boshqalarning ta'lim jarayoniga aralashuvidir.
Shunday qilib, ota-ona va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi munosabatlarning asosi samarali hamkorlikdir. Mahalliy maktabgacha pedagogikaning shakllanishi va rivojlanishining butun bosqichida davlat va oilaviy ta'limning o'zaro ta'siri barkamol shaxsni shakllantirishning asosi sifatida tan olinadi. Bu haqda L.G.Bogoslavets, N.A.Vinogradova, A.G.Gogoberidze, O.I.Davidova, R.P.Desheulina, N.V.Dodokina va boshqalar o'z asarlarida yozadilar. XXI asr tarbiyachi-pedagoglari esa bu masalaga katta e'tibor berishadi. Ota-ona va maktabgacha ta'lim muassasasi o'rtasidagi o'zaro munosabatlar bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, ularning aqliy va ma'naviy muvozanatiga qaratilgan bo'lishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aytilishicha, maktabgacha ta'lim muassasasini modernizatsiya qilish maktabgacha ta'limning yangi sifatiga erishishni anglatadi: "maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, ma'naviy-axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish" yo'nalishlari belgilangan. [8].
- Tahlil va natijalar (Analysis and results).
Oila va maktabgacha ta'limning o'zaro ta'siri g'oyalari V.A.Suxomlinskiy asarlarida kuzatilgan. U shunday deb yozgan edi: «Maktabgacha yoshda bola o'zini deyarli butunlay oila bilan identifikatsiya qiladi, o'zini va boshqa odamlarni, asosan, ota-onasining mulohazalari, baholari va harakatlari orqali kashf etadi va tasdiqlaydi» [4,82-b]. Maktabgacha ta'lim tashkilotining oila bilan aloqasi mustahkam bo'lsa,
pedagoglar va ota-onalar o'rtasida ishonch va hamkorlik aloqalari o'rnatilsa, ta'lim -tarbiya oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish mumkin. V.A.Suxomlinskiyning so'zlariga ko'ra, bolalar bilan ishlashdan oldin ularning oilasi va yashash sharoitlari o'rganish lozim. Muallif "maktabgacha ta'lim tashkiloti-oila ta'limi" tushunchasini kiritib, uni to'laqonli xalq ta'limi deb atagan. "Ota va onaning faol ishtirokisiz, kattalar va bolalarning doimiy ma'naviyatini boyitmasdan turib, natijaga erishib bo'lmaydi" [5,83-b]. O'zaro ta'sir ta'lim-tarbiya muassasasi ichidagi bo'linmalarning eng yaqin mikrojamiyat bilan o'zaro munosabatlari orqali ta'lim maqsadlariga erishishning ustuvor mexanizmi, jamoada shaxsni samarali tarbiyalash sharti, kasbiy tayyorgarlik va moslashuv omili sifatida tushuniladi. Ta'kidlash mumkinki, ta'lim muassasasi va oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlar masalalari maktabgacha ta'lim pedagogikasida ko'rib chiqilgan [3,21-b].
"Pedagogik o'zaro ta'sir" tushunchasi V.I.Zagvyazinskiy asarlarida tushuntirilgan. [103, 53b]. Tadqiqotchi buni "ko'p komponentlardan: o'quv va tarbiyaviy faoliyat, ta'lim va tarbiya maqsadlari bilan shartlangan va vositachilik qiluvchi didaktik, tarbiyaviy va ijtimoiy-pedagogik o'zaro ta'sirlardan tashkil topgan murakkab jarayon deb hisoblaydi. Pedagogik o'zaro ta'sir faoliyatning barcha turlarida mavjud: kognitiv, mehnat, ijodiy. Pedagogik o'zaro ta'sirning asosini inson ijtimoiy hayotining boshlanishi bo'lgan hamkorlik tashkil etadi"
O'zaro ta'sirni o'rganishda "Hamkorlik pedagogikasi" alohida rol o'ynadi, bunga SH.A.Amonashvili, I.P.Volkova, YE.N.Ilina, V.F.Shatalova va boshqalarning faoliyati yordam berdi.. Keyinchalik bu fanning yangi yo'nalishi - "o'zaro ta'sir pedagogikasi" ning rivojlanishini belgilab berdi. Ushbu y o'nalish vakillaridan biri YE.V.Korotayeva pedagogik o'zaro ta'sirlarning xilma-xilligini ajratib ko'rsatadi, ular quyidagicha tavsiflanadi [4,49-b]: destruktiv, restrektiv, restruktiv, konstruktiv. Tarbiyachilar tomonidan o'zaro munosabatlarning bir turini tanlashga subyektiv yoki obyektiv omillar ta'sir qiladi.
YE.V.Korotayevaning ta'kidlashicha, maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila o'rtasidagi konstruktiv pedagogik hamkorlikni rivojlantirish jarayonini boshqarish mumkin, yangi boshqaruv omillarini izlash muhim ilmiy vazifa deb hisoblanishi mumkin. Muallif hamkorlik sifatini oshirishga qaratilgan sinergiyaning quyidagi muhim xususiyatlarini aniqlaydi: qadriyat yo'nalishlari, o'zaro ta'sirdagi pozitsiya, motivatsiya, hissiy ko'rinishlar, qo'shma harakatlarni tashkil etish, ma'lumot almashish.
Tadqiqotimiz kontekstida maktabgacha ta'lim tashkiloti va oila o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning o'ziga xos xususiyatlariga e'tibor qaratishimiz kerak.
- Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).
Aytilganlarni sarhisob qilar ekanmiz, shuni ham ta'kidlash kerakki, biz Maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar o'rtasidagi strategik hamkorlikni
rivojlantirishga yordam beradigan ilmiy, uslubiy va didaktik ta'minoti: ilmiy va amaliy konferensiyalar va pedagogik o'qishlarni o'z ichiga oladi; tematik uchrashuvlar; ijodiy ishlarning sharhlari; ilmiy, pedagogik va boshqa adabiyotlar sharhlari; tanlovlar; fan oyliklari; maxsus kurslar va o'zgartirilgan dasturlarni ishlab chiqish; o'z mahorati va tajribasidan unumli foydalanish imkonini beradi.
Bolani har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda uning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi muhim hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning kelgusida umumiy o'rta ta'lim maktabida muvaffaqiyatli o'qishi, balki hayotiy o'rninining shakllanishi ham ma'naviy-axloqiy tarbiyasi darajasiga bog'liq. Maktabgacha yosh davrida oilada va maktabgacha ta'limda tashkil etilgan ta'lim va tarbiya jarayonlarda bolaning shaxsiyati shakllanadi, ya'ni tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijtimoiy-madaniy faollik, faol muloqotga kirishuvchanlik, mustaqillik, mas'uliyat, javobgarlik kabi asosiy shaxsiy fazilatlar shakllanadi.
Bolalarni tarbiyalash insonning eng qadimgi faoliyatidir. Qadim zamonlarda u san'at bilan taqqoslangan. Tarixiy manbalarga murojaat qiladigan bo'lsak, yosh avlod tarbiyasida oila birlamchi bo'lganligi haqida ko'plab dalillar mavjud. Inson rivojlanishi jarayonida bolalarga g'amxo'rlik qilish, ularning jismoniy va aqliy rivojlanishi alohida funksiyaga aylandi va oiladan tashqari ta'lim muassasalari shakllana boshladi. Shuni ta'kidlash kerakki, ko'p asrlar davomida oilaning farzand tarbiyasidagi o'rni birinchi darajali ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. P. Yusupova. Maktagacha pedagogika. Toshkent. "O'qituvchi" 1998yil.1-396bet.
2. Xasanboeva O.I. va boshqalar. Toshkent, «Fan va texnologiyalar» nashriyoti. 2007 yil. 1-274bet
3. Zunnunov A. Pedagogika tarixi // Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: 2004. 1-487bet.
4. Inomova M. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi. - Т.: Nizomiy nomidagi TDPU.2000yil.1-333bet.
5. Hasanboyeva O. Oila pedagogikasi.- Т.: Aloqachi. 2014 Darslik1-184bet.
6. B.R.Djurayeva, H.M.Tojiboyeva, G.M.Nazirova "Maktabgacha ta"lim yoshidagi bolalarga ta"lim-tarbiya berishning zamonaviy tendensiyalari" - T.: O'zPFTTI nashriyoti.2003yil.1-392bet.
7. Nasiba, Q., & Berdiyeva, S. (2023). SIGNIFICANCE AND CONTENT OF PEDAGOGICAL DIAGNOSTIC METHODS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 2(2), 51-53.
8.Berdiyeva, S. (2024). IMPROVING THE METHODOLOGY OF PREPARING STUDENTS FOR CREATIVE ACTIVITY BASED ON FOREIGN
EXPERIENCES. Talqin va tadqiqotlar, (28).
9. Berdiyeva, S. (2024). SINF VA GURUHLARDA INKLYUZIV TA'LIM TUSHUNCHASINI RIVOJLANTIRISH. Talqin va tadqiqotlar.
10. Bokiyev G. O. Factors ensuring continuity between higher education levels and continuing education courses // The American Journal of Social Science and Education Innovations: - USA , December, 2020. -P. 115-121.