Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
rivojlanish / maktabgacha ta’lim / kattalar mehnati / kasbga yo’naltirish / kasblar olami / faoliyat / faoliyat turlari / qobilyat / qiziqish / individuallik / rivojlanish / tizimlilik / tasavvur olami / topqirlik.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahmedova Lola Abdivasi Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari mashg’ulot jarayonlarida bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishda foydalaniladigan metodlar va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarini rivojlantiruvchi tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINI KASBLAR OLAMI BILAN TANISHTIRISHDA TARBIYACHINING ROLI

Ahmedova Lola Abdivasi qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti 2-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11234459

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari mashg'ulot jarayonlarida bolalarni kasblar olami bilan tanishtirishda foydalaniladigan metodlar va maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarini rivojlantiruvchi tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: rivojlanish, maktabgacha ta'lim, kattalar mehnati, kasbga yo'naltirish, kasblar olami, faoliyat, faoliyat turlari, qobilyat, qiziqish, individuallik, rivojlanish, tizimlilik, tasavvur olami, topqirlik.

Ta'lim - har qanday zamonning va har bir makonning qon tomiridir. Zero, ta'limga e'tibor yuqori bo'lgan mamlakat hech qachon inqirozga yuz tutmaydi. Unga bevosita yoshlikdan e'tibor qaratilsa, o'z samarasini yanada yaqqol namoyon etadi. Jahon ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida yosh avlodni ma'naviy- axloqiy, intellektual, jismoniy rivojlantirish, barkamol inson qilib tarbiyalash, salohiyatini namoyon eta olishini ta'minlash, bolalarda vatanparvarlik, qonunlarga hurmat, intiluvchanlik, mehnatsevarlik, o'zgalar mehnatini qadrlash kabi ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilayotganligi esa buning isbotidir.

Maktabgacha ta'lim tizimi esa bunda boshlang'ich nuqta bo'lib, uzluksiz ta'limning asosi ekanligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Maktabgacha ta'lim tizimi sifati va samaradorligini ta'minlash, tarbiyalanuvchilarni har tomonlama uyg'un rivojlantirishga qaratilgan ta'lim texnologiyalarini maktabgacha ta'lim amaliyotiga keng tatbiq etish bugungi kunning eng dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Zero, O'zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim konsepsiyasida yosh avlodni kelajakda ma'naviy-axloqiy, aqliy-intellektual, jismoniy sog'lom, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda maktabgacha ta'lim bosqichining tutgan o'rni yetarlicha asoslab berilgan. Shunga ko'ra, "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi orqali yosh avlodni kichik maktabgacha yoshidan boshlab salohiyatli qilib yetishtirishni ta'minlash zarur. Tarbiyalanuvchilarning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi ilg'or ta'lim-tarbiya texnologiyalari negizida mehnat tarbiyasi va kasbga yo'naltirishni amalga oshirishga bevosita bog'liq. Mazkur g'oyaning ildizi chuqur va nihoyatda keng qamrovga ega bo'lib, insoniyatning ilg'or vakillari, mutafakkirlar va zamondosh olimlar tomonidan asoslangan pedagogik-psixologik nazariya va konsepsiyalarga tayanadi.

Maktabgacha ta'lim jarayonida tarbiyalanuvchilarga ham tarbiya ham ta'lim berishda har bir mashg'ulotning o'rni beqiyos. Kun tartibida belgilangan har bir yangi mavzu o'zida bolaning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladigan ma'lumotlarni saqlash bilan birga, uning tasavvur dunyosi uchun mos keladigan shaklda yangi informatsiyalarni qo'shishga xizmat qiladi. Ularni asosan tarbiyalanuvchi kundalik hayotida guvoh bo'lgan, hamda u haqida ma'lum tushunchaga ega bo'lgan ma'lumotlar bilan boshlanishi va mashg'ulot davomida esa bola uchun notanish va qiziqarli shaklda yangi bilimlarni berish bilan ahamiyatlidir. Maktabgacha ta'limda dars mashg'ulotlari davomida nafaqat bugungi kun uchun dolzarb bo'lgan balki, insoniyat yaralganidan beri hayot tarzining ajralmas qismi bo'lib kelayotgan mehnat va kasb haqida ham ma'lumotlar

berib boriladi. Kasbga yo'naltirish tushunchasi "Kasb-hunar", "Mehnat tarbiyasi", "Kasbga yo'naltirish", "Kasbiy axborot", "Erta kasbga yo'naltirish", "Politexnik ta'lim", "Kasb-hunar bilan tanishtirish" kabi tushunchalarni o'z ichiga oladi. Maktabgacha ta'lim mazmunini rivojlantirish zamonaviy maktabgacha pedagogikaning muhim vazifasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kognitiv rivojlanishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'quv va ta'lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv adabiyotlarining paydo bo'lishi bilan chambarchas bog'liq. Maktabgacha pedagogikada maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish masalalari 20-asrda ilmiy asoslandi va ishlab chiqildi. R.S. Bure, S.A. Kozlova, M.V. Krulext, V.I.Loginova va boshqalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash va mehnat munosabatlarining mazmunini aniqladilar. Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bilimlar mazmuni zamon talablarida kelib chiqqan holda doimiy yangilanishda. Chunki to'xtovsiz rivojlanayotgan va cheksiz axborot maydoniga ega bo'lib borayotgan bugungi kun o'zi bilan hamnafas bo'lishga chorlamoqda, shu sababdan ham maktabgacha yoshdagi bolalar uchun bilim mazmunini aniqlash va ularning integratsiyasi asosida o'quv jarayoniga tadbiq etish imkonini beradi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda, axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida kattalarning mehnatiga to'g'ri munosabatni shakllantirish, kasblar olami bilan tanishtirish uchun uslubiy asoslarni ishlab chiqish, material tanlash muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv adabiyotlarining, kasblar bilan tanishish uchun yangi ko'rgazmali qurollarning, shuningdek, kasbga yo'naltirish markazlarining paydo bo'lishi bizga maktabgacha yoshdagi bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish masalasini ko'rib chiqishga yangicha yondashish imkonini beradi.

Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tayyor kompyuter va multimedia vositalaridan, guruhdagi yoki internetdagi foto va video materiallardan, bolalar bilan ishlash uchun veb-saytlardagi ma'lumotlardan, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun kasblar bilan tanishtiruvchi ko'rgazmali qurollardan, o'quv va badiiy adabiyotlardan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash asosan o'yin faoliyatiga asoslanadi, ular uchun turli xil o'yin turlarini tanlash kerak, jumladan rolli o'yinlar, stol o'yinlari, rivojlantiruvchi va didaktik o'yinlar. Bu ish bolalar uchun zamonaviy kasb-hunarga yo'naltirish markazlari yordamida yangi usulda tashkil qilinishi mumkin: bularning aksariyati maktabgacha ta'lim tashkiloti guruh tarbiyachisining mahoratiga va malakasiga bevosita bogliq. Tarbiyachi bolalar uchun kasblar va ilmiy-ommabop adabiyotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv adabiyotlari, masalan, bolalar ensiklopediyalari, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ko'rgazmali qurollar bilan birlashtirilishi va boyitilishi mumkin. Kasblar bilan tanishish orqali bolaning kognitiv rivojlanishi, axborot texnologiyalari va maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o'quv adabiyotlaridan foydalangan holda ularga yangi bilimlarni berish lozim. Uni har bir mashg'ulot davomida amalga oshirish tarbiyachining mahoratini ko'rsatib beradi.

Bolalarda mehnat ko'nikmalarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim:

1) katta guruhlarda o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, xo'jalik mehnati, ko'chat ekish, ko'shatlarga suv quyish kabi tabiat bilan aloqador mehnat turlarini, shuningdek, qo'l mehnatini tashkil etish;

2) "Maktabgacha ta'lim tashkiloti ta'lim-tarbiya dasturi" orqali mehnat uchun ajratilgan vaqtdan to'liq foydalanish. Bolalarni mehnat turlariga muntazam jalb qilish;

3) bolalar mehnat faoliyatining yakka va jamoa turlaridan foydalanish;

4) bolalar mehnatiga rahbarlik qilish metod va usullarini ta'lim-tarbiya vazifalariga muvofiq tanlash;

5) mehnat turlarini bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan oqilona uyg'unlashtirish;

6) Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni kasb-hunarga qiziqtirish muhitini ta'minlash

kabilar;

Kun tartibi orqali barcha bolalar mehnati to'g'ri tashkil etilsa, ular bundan katta quvonch tuyadilar. Bu kabi mehnatga to'g'ri munosabatning shakllanishi natijasida bolada kelajak kasblari haqidagi qiziqishlar paydo bo'ladi. O'zini ma'lum kasbda ko'rish uning tasavvurlarini boyitishga yordam beringina qolmay, u haqida yangi ma'lumotlar olishga, lug'at boyligida yangi so'zlarning paydo bo'lishiga ham ko'mak beradi. Ularni erkin mashg'ulotlarda qo'llab, ijodkorlik qobilyatini ham rivojlantirish mumkin. Bolada kasb tanlashga bo'lgan qiziqish asosan 2 xil ko'rinishda namoyon bo'ladi: vaqtinchalik qiziqish va muhim, doimiy qiziqish. Bola ulg'ayish jarayonida ham oilada, MTTda, maktabda, jamoatchilik orasida mahallada ta'lim-tarbiya oladi. Tarbiyalanuvchilarning kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar va sub'yektlar (oilaviy muhit, MTT muhiti, ota-onalar, tarbiyachilar va boshqalar) ta'siri muhim o'rin tutadi. Demak, bolani erta kasb tanlashga yo'naltirish barchaning birdek vazifasidir.

Maktabgacha ta'lim sifatini belgilab beruvchi modellar murakkab va bahstalab masala bo'lsa-da, usiz ta'lim sifatini ta'minlash mumkin emas. Zero, har qanday yangilik avvalo reja, bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan hatti-harakatlar tizimi sifatida tafakkurda shakllanadi. Uning zamirida esa maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachising bilimi, malakasi, mahorati va bugungi kun bilan hamnafas ravishda yurtimiz va xorij tajribalaridan xabardor bo'lib, uni amaliyotga tadbiq etish yotadi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4312, 2019 y.

2. "Ilk qadam" Davlat o'quv dasturi //Takomillashtirilgan ikkinchi nashr. - Toshkent, 2018.

3. "Bolalar bog'chasida kasbga yo'naltirish" Nataliya Postnikova . M - 2017 .

4. "Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yin texnologiyalari orqali kasb-hunarga qiziqishlarini shakllarish". Raxmonova Gulrux Ubaydullayevna. Falsafa doktori (PhD)...diss. T.2023.

5. "Maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish - Katta maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish". A.V.Antonova., Moskva, 2019.

6. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish. Metodik qo'llanma. (birinchi nashr). Shin A.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Grosheva I.V., Mikailova U.T., UNICEF. Toshkent, 2020.

7. Kalmuratov T.N. Management of the Quality of Education in Non-government pre-school educational organizations on the Basis of public-private Partnership. SCIENCE AND EDUCATION IN KARAKALPAKSTAN 4/1-SON Nukus 2021 y ISSN 2181-9203

8. F.R. Valiyeva Raqobatbardosh mutaxassislarni kasbga tayyorlash jarayonida ta'lim mazmuni uzviyligini ta'minlash asoslari// Bosma O'ZMU xabarlari//№4 son 2018

9. Mavlonov N.Sh. , Ne'matova Z.F., Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyatida aktdan foydalanish, INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) - Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9- 189p., 186-189

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.