Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA O‘YINLI TA’LIMIY FAOLIYATNI XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA O‘YINLI TA’LIMIY FAOLIYATNI XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
643
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq og‘zaki ijodi / aqliy rivojlanish / rivojlanish sohalari kompetensiyalari / intellektual salohiyat / o’yinli ta’limiy faoliyat. / Folklore / intellectual development / development competencies / intellectual potential / playful educational activities.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muhabbat Salaeva, Adolat Amangeldiyeva

Maqolaning mazmuni bolalarni aqliy rivojlantirish, bilish kompetensiyasini shakllantirishda xalq og’zaki ijodidan foydalanishning zamonaviy uslubiy yondoshuvlarini ishlab chiqishga, o’yinli ta’limiy faoliyatlarni xalq og’zaki ijod namunalari asosida tashkil etish va bugungi kun maktabgacha yoshidagi bolalar uchun aqliy rivojlantirish mazmunini metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF GAME EDUCATIONAL ACTIVITIES IN THE MENTAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL EDUCATIONAL STUDENTS ON THE BASIS OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY

The content of the article is to develop modern methodological approaches to the use of folklore in the formation of children's intellectual development, cognitive competence, the organization of playful educational activities on the basis of folklore and the development of methods of intellectual development for preschool children today focused.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA O‘YINLI TA’LIMIY FAOLIYATNI XALQ OG‘ZAKI IJODI NAMUNALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINI AQLIY RIVOJLANTIRISHDA O'YINLI TA'LIMIY FAOLIYATNI XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI

Muhabbat Salaeva Adolat Amangeldiyeva

Urganch davlat universiteti professori Urganch davlat universiteti magistranti

ANNOTASSIYA

Maqolaning mazmuni bolalarni aqliy rivojlantirish, bilish kompetensiyasini shakllantirishda xalq og'zaki ijodidan foydalanishning zamonaviy uslubiy yondoshuvlarini ishlab chiqishga, o'yinli ta'limiy faoliyatlarni xalq og'zaki ijod namunalari asosida tashkil etish va bugungi kun maktabgacha yoshidagi bolalar uchun aqliy rivojlantirish mazmunini metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Xalq og'zaki ijodi, aqliy rivojlanish, rivojlanish sohalari kompetensiyalari, intellektual salohiyat, o'yinli ta'limiy faoliyat.

ORGANIZATION OF GAME EDUCATIONAL ACTIVITIES IN THE MENTAL DEVELOPMENT OF PRESCHOOL EDUCATIONAL STUDENTS ON THE BASIS OF PEOPLE'S ORAL CREATIVITY

ABSTRACT

The content of the article is to develop modern methodological approaches to the use of folklore in the formation of children's intellectual development, cognitive competence, the organization of playful educational activities on the basis of folklore and the development of methods of intellectual development for preschool children today focused.

Keywords: Folklore, intellectual development, development competencies, intellectual potential, playful educational activities.

KIRISH

Respublikamizda bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim olishlari uchun keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Sohada amalga oshirilayotgan barcha islohatlarning bosh maqsadi yurtimiz kelajagi bo'lgan bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etishni taqozo etadi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda ona Vatanga muhabbat hissini uyg'otish,

oilaga, o'z xalqining milliy tarixiy madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishda xalq og'zaki ijodining boy namunalaridan foydanish ta'lim tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

ASOSIY QISM

Xalq og'zaki ijodi maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ma'naviy-axloqiy tarbiyalash bilan bir qatorda, bolalarni aqliy rivojlantirish va intellektual shakllantirishga ham xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodi zamirida aks etgan tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi, do'st-birodarlik, ahillik, mehnatsevarlik, kasb-hunarga muhabbat, yaxshilik va yomonlikning ta'rifi, yaxshi va yomon so'zning oqibati, halollik, to'g'rilik, olijanoblik tarbiyasi, adolat, insof va insofsizlik, og'a-inichilik va qon-qardoshchilikning ahamiyati, botirlik va qo'rqoqlik, odob-odobsizlik, mehmon va mehmondo'stlik kabi kategoriyalarni ta'lim vazifalari bilan uyg'unlashtirish orqali bolalarda bilish kompetensiyasining rivojlanishiga xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida bolalarning aqliy rivojlanishi, intellektual salohiyatining o'sishi hamda mantiqiy fikrlashiga zamin yaratadi.

Bilamizki, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya berishda o'yin faoliyati keng qo'llaniladigan va eng samarali vositadir. Xalq og'zaki ijodidagi ijobiy qahramonlar roliga kirib, ulardagi xislatlarni o'zida mujassamlanishini ko'rmoqchi bo'lgan bolajonlar ertaklardagi botirlar, mard o'g'lonlarga, aqlli va qo'rqmas, jasur va matonatli obrazlarga xavas qiladi hamda taqlid qilishadi. Xalq og'zaki ijodi namunalaridan o'yinli ta'limiy faoliyatlarda ya'ni mashg'ulot jarayonida foydalanish-bolalarda umumiy muhim kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllanishiga hamda "Ilk qadam" davlat o'quv dasturida bayon etilgan o'quv tarbiya faoliyatining maqsadini, to'la to'kis amalga oshirishga xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodi namunalari bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar va tadbirlarda tanlangan har bir asar va unda olg'a surilgan pedagogik g'oya bolalarning -ilmiy dunyoqarashini o'stiradigan;

-unda bilim, malaka va ko'nikmalar, qadriyatlar majmuini qaror toptiradigan; -e'tiqod va g'oyalarga undaydigan yo'sinda tashkil qilinishi kerak.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga xalq og'zaki poetik ijodi namunalarini asosida mashg'ulotlarni tashkil etish va bu ishga rahbarlik qilish, avvalo tarbiyachidan, qolaversa, maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir pedagoglaridan juda katta pedagogik mahorat va qobiliyatni talab qiladi. Chunki xalq og'zaki ijodi namunasi mazmunini saqlagan holda bolalarga sodda shaklda tushuntirib berish, shuningdek xalq og'zaki ijod namunasining maktabgacha ta'lim tashkiloti "O'quv dastur"da belgilangan mavzular maqsadi bilan integratsiyasini ta'minlash, bolalarda xalq og'zaki ijodi

janrlarini bir-biridan farqlash, ularda aks etgan maqsadni bilib olib, tahlil qilish malakasini tarkib toptirish va shu asosda milliy qadriyatlarni ularga singdirish tarbiyachi oldida turgan muhim pedagogik vazifadir. Tarbiyachining bu funksiyani kreativ ya'ni "mashg'ulotni xalq og'zaki ijodi namunasining syujeti asosiga qurish" metodi orqali hal qilishi bolalarda kompetensiyalarini kompleks shakllanishini ta'minlab beradi. Tarbiyachi tomonidan xalq og'zaki ijodi namunalariga, unda aks ettirilgan g'oyaga, uni o'rganishga va tahlil qilishga qiziqish uyg'otish orqali, tarbiyalanuvchida aqliy rivojlanish kurtaklari shakllanadi.

Xalq og'zaki ijodi durdonalaridagi ilg'or pedagogik g'oyalarni hozirgi zamon talim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish va ulardan foydalanishning xilma-xil shakllari va metodlarini ishlab chiqish orqali tarbiyachi eng muhim pedagogik muammoni hal etishga hissa qo'shadi.Bu tarbiyachining kreativligi va yuqori kasbiy kompitentligi, ijodiy iste'dodini yanada rivojlantiradi, uning katta va boy ilmiy bilimini oshiradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti har bir yosh guruhi uchun tuzilgan o'quv dasturida "Maktabgacha yoshdagi bolalar xalq og'zaki ijodi"ga doir qator materiallar berilgan. Ammo yuqori natija va sifatga erishish uchun o'quv dasturda berilgan materiallar bilan bir qatorda, har bir mashg'ulotda xalq og'zaki ijodidan foydalanish yangi pedagogik texnologiyaga boy kompleks mashg'ulotni tashkil etishni yuzaga keltiradi.

Mashg'ulotlar jadvalidagi har bir mashg'ulotlarni xalq og'zaki ijodi namunasi syujeti asosida bir - biriga chambarchas bog'liqlikda olib borish, o'quv tarbiya faoliyatini samarali tashkil etishni ta'minlab beradi.

Xalq og'zaki ijodi namunalari asosida bolalarni aqliy rivojlantirishda tarbiyachilar o'z faoliyatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari», «Ilk qadam» davlat o'quv dasturi talablari bilan hamohang ravishda olib borishlari lozim. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi xalq og'zaki ijodi asarlarini tanlashda

-bolalarning yosh va psixologik xususiyat hamda sifatlariga; -tanlagan xalq og'zaki ijod namunasi va MTTning "O'quv dastur"i mazmuni bilan integratsiyasiga;

-xalq og'zaki ijodining har bir janriga; -metodik vositalarning yetarli darajada ekanligiga;

-xalq og'zaki ijodi namunasidagi personajlar, obrazlarning fel atvorlarini, xalq ertaklaridagi inson bilan tabiat o'rtasidagi bog'lanishlarni ham hisobga olishi zarur.

Xalq og'zaki ijodi namunalaridan ta'lim-tarbiya jarayoni uchun tanlashda uning g'oyaviy-siyosiy tomoniga, o'z mazmunida pedagogik va psixologik g'oyalarni aks ettirishga insoniy fazilatlarni baynalmilalchilik, xalqlararo do'stlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, rostgo'ylik, to'g'rilik, halollik, vijdonlilik kabi axloqiy tuyg'ularni

ifodalagan janrlariga alohida e'tibor berish katta ahamiyat kasb etadi. Masalan Xalq og'zaki ijodinining eng yorqin namunasi bo'lgan "Alpomish" dostonini maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga quyidagi tarzda o'yinli ta'limiy faoliyatlarda, ya'ni mashg'ulotlarda foydalanish mumkin:

Maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini "Alpomish" dostoni bilan tanishtirish orqali aqliy rivojlantirishga qaratilgan kompleks mashg'ulot ishlanmasi.

(Tayyorlov guruh uchun)

Mashg'ulotning ta'limiy maqsadi: Bolalarning aqliy va intellektual rivojlantirish, nutqini yangi so'zlar bilan boyitish, elementar matematik, fan va tabiatga doir bilimini mustahkamlash, xalq og'zaki ijodi haqidagi tasavvurlarini tarkib toptirish.

Mashg'ulotning tarbiyaviy maqsadi: Bolalarda vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, or-nomus, imon- e'tiqod, yurt birligi yo'lida o'zini safarbar qilishga, yurtsevarlikka, odil va haqgo'y bo'lishga o'rgatish.

Mashg'ulotning rivojlantiruvchi maqsadi: Bolalarning kuchlilik, epchillik, chaqqonlik sifatlarini rivojlantirish, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish.

Kerakli jihozlar: Doston qahramomlari rasmlari, "Alpomish" multifilmi, didaktik tarqatma materiallar, o'yinchoq otlar, o'yinchoq kamon va hayvon rasmi tushirilgan nishonlar, o'yinchoq kamon yoylari, shartlar uchun zarur jihozlar.

Mashg'ulotning borishi:

- Bolalar bugun men sizlarga "Dovyurak Alpomishning jasorati" haqida (doston) hikoya qilib beraman.Qadim-qadim zamonda Qo'ng'irot elida Dobonbiy bobo yashagan ekan.Uning farzandi Alpinbiyning ikkita o'g'li bo'lgan ekan.Aka-uka Boybo'ri va Boysari mard jasur ekanlar.Boybo'ri otasining o'rniga Qo'ng'irot elining shoxi bo'libdi.Boysari esa shu elning boy kishisiga aylanibdi.Uning qo'y qo'zilari, otlari juda ko'p ekan. Boybo'rining bir o'g'il va bitta qizi bor ekan.Qizining ismi Qaldirg'och, o'g'li Hakimbek ekan. Boysarining yolg'iz Oybarchin ismli qizi bor ekan.Ular juda do'st inoq va ahil ekanlar. Ota- onalari bolakaylarni yetti yoshiga qadar mustahkam bilim va misilsiz ilm egasi bo'lishlari uchun tarbiyachiga berishibdi. Ular yetti yoshgacha o'qish va yozish malakalarini, burro gapirish, son- sanoq, vaqt va miqdorni, geometrik shakllarni , tabiat va fanga oid bilimlarni rasm chizishni mukammal egallashibdi.

Tarbiyachi: Bolalar, mana- siz ham yetti yoshga qadam qo'yib, maktabga yo'l olmoqdasiz.Siz yetti yoshgacha Hakimbek, Qaldirg'och, Oybarchin kabi barcha sohadan bilimlarni o'zlashtirib oldingiz.Keling, buni tekshirib olamiz!

Dovyurak Alpomishning jasorati

1-Topshiriq. "Bexato sana" o'yini.Bolalar hozir men sizga bergan hayvonchaning rasmlari to'liq emas.Ularning qo'l va oyog'i yo'q.Har biringiz savatchalardan mos qo'l va oyoqlarini topib hayvonchaning yaxlit tasvirini hosil qilishingiz kerak.

Bolalar, shuni unutmang-ki, sizga berilgan hayvonchaning qorin qismida sonlar yozilgan.Siz tanlagan qo'l oyoq qismlardagi predmetlar soni aynan mana shu songa mos bo'lishi kerak.

Tarbiyachi:-Bolalar dostonni hikoya qilishda davom etishimni xohlaysizmi?

Bolalar:- Ha!

Tarbiyachi:-Boybo'ri va Boysari maslahatlashib, "Farzandlarimiz elga foydasi tegadigan kasb-hunar egasi bo'lsa, kelajakda katta yutuqlarga erishishadi"- deb, ularni kasb-hunarga o'rgatishibdi. Boybo'ri Hakimbekni qilichbozlik, chavandozlik, merganlik, kurash tushishga, xullas, sipohilikka o'rgatibdi.U mohir chavandoz, dovyurak va jasur, qo'rqmas botirga aylanibdi.Hakimbek yetti yoshida Alpinbiy bobosidan qolgan katta kamonni tortib, o'q uzibdi.U otgan o'q eng baland Asqar tog'ni toshlarini qulatib yuboribdi.Shundan buyon Hakimbekni butun xalq Alpomish deb atar ekan.Boysarining juda ko'p otlari, sigirlar, tuyalar va qo'ylari bor ekan.U qiziga sut sog'ishga usta bo'lsin deb, chorvadorlikni o'rgatibdi.Tarbiyachi:-Bolalar kelinglar, bizlar ham o'zimizni sinab ko'ramiz. (Tarbiyachi bolalarni qizlar va o'g'il bolalardan iborat bir necha guruhlarga ajratadi va guruhlar nomlanadi. ) 2-Topshiriq. Qizlardan iborat guruhlar sigir sog'ish bo'yicha bellashadilar.

(Tarbiyachi har bir qiz uchun fartuk, chelakcha, topshiriq uchun sigirlarni

tayyorlaydi.Sigir rasmi va barmoqlari teshilgan sanitariya qo'lqoplari yopishtirilgan kursichalar oldindan tayyorlab qo'yiladi. Sanitariya qo'Iqoplari esa sigirni sutiga to'la yelini vazifasini bajaradi. Tarbiyachi qo'lqoplarga suyuq massani (mayonez va suv aralashmasi yoki ayron) tayyorlab solib qo'yadi.Qizlar qo'lqopga solingan suyuq massani sut sifatida sog'ib, chelakni to'ldiradilar)

O'g'il bolalar esa ikki jamoa bo'lib, arqon tortish mashqini bajaradi.(Bolalar shu tarzda o'zlarining kuchlilik va epchillik, uddaburonliklarini sinab oladilar.Bolalar xohishiga ko'ra qizlar va o 'g'il bolalar o'rin almashishi ham mumkin yoki aralash guruhlar tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Shart so'nggida guruhlar rag'batlantiriladi va tarbiyachi yana hikoyada davom etadi.)

Tarbiyachi: -Kunlardan bir kun aka-uka Boybo'ri va Boysari o'rtasida nizo kelib chiqibdi. Akasidan qattiq xafa bo'lgan Boysari: "Endi bu Qo'ng'irot elida turmayman, undan ko'ra Qalmoq yurtiga borib begona yurtda yashayman"-debdi. Qo'ng'irot elini tark etib, Qalmoq yurtiga o'z xalqi bilan yo'l olibdi.

Tarbiyachi: - Bolalar aka-ukalarning bunday janjallashishi yaxshimi?

Bolalar:Yo'q.

Tarbiyachi: Aka- ukalar bir- birlari bilan qanday munosabatda bo'lishlari kerak? Bolalar javobi.

Tarbiyachi:Barakalla bolalar, aka-ukalar ahil, inoq,totuv, bahamjihat bir-birlariga mehribon bo'lishlari kerak.(Tarbiyachi shu tarzda bolalarga savollar berib, "Oila a 'zolar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar"haqida fikrlarini so'raydi.Bolalar nima yaxshi-yu, nima yomonligini bilib olishlari uchun sharoit yaratadi).

Tarbiyachi:-Afsuski, Qalmoq yurtida begonalarni yoqtirishmas, qo'ng'irotliklar bu yerda begonadek, yashar edilar.Qalmoq elida Suhayl kampir bo'lib, uning yetti o'g'li bor ekan.Har bir o'g'li alp ekan. Suhayl kampir Barchinning go'zalligi va kasb-hunarda tengsizligini eshitib o'z o'gilllaridan biriga kelin qilmoqchi bo'libdi va Boysari yashaydigan Chilbir dashtiga sovchilikka boribdi.Go'zal va aqlli Oybarchin yigitlarga shart qo'yibdi: -Shartlarni bajargan alpga turmushga chiqishga rozi bo'libdi.(Tarbiyachi bolalarga Oybarchinning 90 alpga qo'ygan to'rtta shartini aytadi va bolalar uchun to'rttta shart tayyorlaydi. Tarbiyachi:bolalar mana bu qo'limdagi maktubda to'rtta shart yozilgan.siz ham mahoratingizni tekshirib olishingiz mumkin.(deb tarbiyachi bolalarni shartlar bilan tanishtiradi)

3-Topshiriq. Bolalar ketma - ket shartlarni bajaradilar. 1-shartda har bir guruhga o'yinchoq otlar beriladi. Bolalar o'zaro chavandozlik bo'yicha bellashadilar.(Agar buning imkoni bo'lmasa, kim o'zarga yugurish shartini bajaradilar yoki maqsadga muvofiq boshqa shart tanlanadi.)

2-shartda Bolalar start chizig'idan finishgacha belgilar bo'yicha to'siqlardan

o'tib borishlari kerak.Birinchi bo'lib to'siqlarni yengib o'tgan jamoa a'zolari g'oliblikni qo'lga kiritadi.

3-shartda.Bolalar o'yinchoq kamondan foydalanib, mo'ljalga urishlari kerak.(Shartni qiziqarli qilish uchun kamon o'qiga biror uy hayvoni masalan, echki rasmi yopishtiriladi.Bolakay kamon o'qidagi hayvonni nishonlar orasidan topib ayna mazkur hayvon rasmi tushirilgan nishoniga o'q uzishi kerak bo'ladi.(O'yinni bunday tashkil etish orqali jismoniy va aqliy rivojlanish baravar shakllanadi)

4-shartda.Har bir guruh o'zaro qo'l jangini olib boradi va yutgan jamoalar yana o'zaro bellashadi.(Shartlar davomida g'alaba qozongan guruhlar rag'batlantirib boriladi.Tarbiyachi hikoyani davom ettiradi)

Tarbiyachi: Bolalar mard va chavandoz Alpomish Qo'ng'irotliklarni ona yurtiga qaytarish uchun Qalmoq yurtiga Boychibor otida kelibdi.

1-shartda Alpomish Boychibor otida barcha alplardan o'zib ketadi va marraga birinchi bo'lib yetib keladi.

2-shartda yoyni hech bir alp Alpomish singari tortolmaydi. Bu shartda ham Alpomish g'olib bo'ladi.

3-shartda Alpomish kamondon o'q uzib, tilla uzukni nishonga bexato oladi va hammani hayratga soladi.

4-shartda kurashga tushgan to'qson alpni Alpomish yengadi.

Bolalar Alpomish kuchda va aql zakovotda tengi yo'q bahodirligini isbotlaydi. U Qo'ng'irot elini va Oybarchinni yovuz qalmoqlardan himoya qiladi.Ularni o'z yurtiga qaytaradi.Boybo'ri ham ukasini nohaq xafa qilganini tushunib yetadi.Boysari esa "O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'lgan yaxshi"-deb o'ylaydi va ona yurtiga qaytadi. Ular murod-maqsadiga erishib, Qo'ng'irot elida baxtli hayot kechiradi.

XULOSA

Mazkur mujassam mashg'ulot ishlanmada elementar matematika, jismoniy tarbiya, ilm fan va tabiat, nutq o'stirish, badiiy adabiyot kabi mashg'ulotlar integratsiyasini ko'rish mumkin.Mashg'ulotni bu shaklda tashkil etish orqali bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirishdek oliy maqsadga erishiladi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiya jarayoni zamon talablari asosida tashkil etiladi va xalq og'zaki ijodi durdonalariga qiziqishga maktabgacha ta'lim yoshidanoq poydevor qo'yiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi. 2018 yil.

2. "Davlat ta'lim standard" 2020 yil

3. Haydarov M.. Xalq og'zaki ijodi na'munalarida tarbiya masalalari.-T.: Fan, 2004.

4. To'rayev S. Folklorshunoslik: udumlar, qadriyatlar, marosimlar.-T.: Mehnat, 2005.

5. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Maktabgacha ta'lim konsepsiyasi. T., Fan va texnologiya, 2011.

6. Qodirova, F., Toshpulatova Sh., A'zamova M. Maktabgacha pedagogika. O'quv qo'llanma T.: Ma'naviyat, 2013.

7. Qodirova F.R., Qodirova R.M. Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Darslik T.: Istiqlol, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.