Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI'

O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
360
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
epos / doston / baxshi / Alpomish / marosim / marosim folklori / syujet / poetik struktura / an’ana / axborot-kommunikastiya texnologiyalari / ta’lim jarayoni / o’zbek xalq dostonlari / metodika. / epic / epic / bakhshi / alpomish / rite / ritual folklore / plot / poetic structure / tradition / information and communication technologies / educational process / uzbek folk epic / methodology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova, Mehrangiz Jamshid Qizi Nozirova

Maqolada ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikastiya texnologiyalari ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko’tarishga xizmat qilayotgani va bu orqali o’zbek xalq dostonlarini o’rgatish metodikasi haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPUTER POSSIBILITIES IN TEACHING UZBEK FOLK FRIENDS

The article commented on the fact that constantly developing information and communication technologies in the education system serve to improve the quality and content of the educational process, and therefore the methodology of teaching uzbek folk epics.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI»

O'ZBEK XALQ DOSTONLARINI O'QITISHDA KOMPYUTER

IMKONIYATLARI

Maxbuba Baxshilloyevna Sharipova Mehrangiz Jamshid qizi Nozirova

BuxDU Maktabgacha ta'lim kafedrasi Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabasi o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqolada ta'lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikastiya texnologiyalari ta'lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga ko'tarishga xizmat qilayotgani va bu orqali o'zbek xalq dostonlarini o'rgatish metodikasi haqida fikr bildirilgan.

Kalit so'zlar: epos, doston, baxshi, Alpomish, marosim, marosim folklori, syujet, poetik struktura, an'ana, axborot-kommunikastiya texnologiyalari, ta'lim jarayoni, o'zbek xalq dostonlari, metodika.

COMPUTER POSSIBILITIES IN TEACHING UZBEK FOLK FRIENDS

ABSTRACT

The article commented on the fact that constantly developing information and communication technologies in the education system serve to improve the quality and content of the educational process, and therefore the methodology of teaching uzbek folk epics.

Keywords: epic, epic, bakhshi, alpomish, rite, ritual folklore, plot, poetic structure, tradition, information and communication technologies, educational process, uzbek folk epic, methodology.

Hozirgi kunda talabalar uchun informatsion savodxonlik ta'lim samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu borada ularning bilimi qanchalik mustahkam va keng bo'lsa, talaba dunyoqarashi, intellektual salohiyati ham shunchalik rivojlanadi va kamol topadi.

Xalq dostonlarini o'qitishda yangi ta'lim texnologiyalarini kiritib, "noan'anaviy ta'lim usullaridan: "Konferensiya darsi", "Seminar darsi", "Aralash darslar", "O'yinchoqlar yordamida dars o'tish", "Kasbga boglab dars o'tish", "Badiiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish", "Evrika" (O'ylab top); ta'limning qiziqarli faol usullaridan: "Kichik va katta guruhlarda ishlash", "Rolli o'yinlar", "Sahna ko'rinishi", "Krossvordlar yechish", "Zakovat savollari", "Test-sinov" topshiriqlari, "Turli tarqatma materiallardan foydalanib dars o'tish", "Sinkveyn o'yinlari"; shuningdek, ta'limning innovatsion (yangi) usullari: "Modifikatsiyalashgan ta'lim", "Improvizatsiya", "Aqliy

hujum", "Debat", "Tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi usul", "Klaster usuli", "Muammoli vaziyat", "Muayyan holat, vaziyatni o'rganish, tahlil qilish", "Har kim har kimga o'rgatadi", "Nuqtai nazaring bo'lsin", "Multimediya" va boshqalarni qo'llashi muhimdir" Shulardan adabiyot darslarida samarali foydalanib kelinayotgan turlaridan biri multimedia vositalaridir.

Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to'liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta'lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o'qituvchining ko'magi zarur bo'ladi. Kompyuter xizmatidan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish jarayonida foydalanish quyidagi faoliyatlarni tashkil etish imkonini beradi:

1. O'quv materiali mazmuni bilan tanishish.

2. O'quv materiali mohiyatini anglash.

3. Turli manbalar, xususan, Internet tarmog'ida qayd etilgan manbalardan o'zlashtirilayotgan materialga oid ma'lumotlarni yig'ish.

4. Turli formula, sxema, grafik hamda mashqlarni bajarish yoki muayyan vaziyatlarni modellashtirish.

5. Mustaqil ravishda bilimlar darajasini oshirib borish.

6. Yordamchi dasturlar bilan ishlash ko'nikmalarini o'zlashtirish.

Kompyuter tizimlarida audio, grafikaviy illyustrastiyalar va multimedia imkoniyatlarini keng qo'llash faqat ta'lim oluvchilarga axborotni uzatish xajmini, sifatini, tezligini va uni tushunish intensivligini oshirish imkoniyatini berib qolmasdan, balki ularda intuistiya, sezgirlik, obrazli fikrlash kabi qobiliyatlarini rivojlantiradi.

Kompyuter o'qitish texnologiyasida o'qituvchining vazifalari quyidagilarda ko'rinadi:

• kompyuter vositasida o' qitish j arayonini tashkil etish;

• kompyuter sinfidagi tarmoqni boshqarish, o'quvchilarni faollashtirish va mavzu ustida mustaqil ishlashga yo'naltirish;

• o'quvchilarni individual kuzatish va zaruriy xollarda yordam ko'rsatish;

• o'quvchilarning topshiriqlarni bajarishi bo'yicha qo'shimcha ko'rsatmalar berish;

• o'quvchilarning o'z-o'zini baholash natijalarini tahlil etish.

Elektron o'quv vositalarini ishlab chiqish yo'nalishlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

1. Avtomatlashtirilgan ta'lim berish tizimlarini yaratish - turli o'quv fanlari bo'yicha pedagoglarga o'z o'quv-uslubiy materialini o'rganishni maxsuslashtirilgan tillar yoki boshqa asbobli vositalar yordamida dasturlashtirish imkonini beruvchi mualliflik tizimlari.

2. Kompyuterli o'quv dasturlari va matematik modellashtirish - turli sohalarni axborotlashtirish jarayonlari bilan uzviy bogliq.

Ta'limning samarali natijalar berishi, eng avvalo, o'qituvchi va talabalarning o'zaro munosabatiga, qo'llaniladigan ta'lim usullari texnologiyalarga bogliqligini har bir pedagog yaxshi biladi. Shuning uchun ta'lim jarayonida har bir o'qituvchi va talaba hamkorlikda faoliyat ko'rsatish, o'zaro tushunish, ijobiy munosabatlarga asoslangan holda muloqotli, ijodiy ishlashni yo'lga quyishga erishish uchun intilishi lozim.

Xalq og'zaki ijodi namunalari xalq vakillari tomonidan yaratilgan bo'lib, nafaqat xalq tarixi, balki uning ilmiy, ma'naviy, ma'rifiy qarashlarini ham ifodalashi ma'lum. Shular haqida o'quvchilarga bilim berishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish katta samara beradi. Ya'ni bunda folklorga oid ma'lumotlar faktik asosda havola qilinishi ta'minlanadi. Buni "Rustamxon" dostoni misolida kompyuterda quyidagi mashq va topshiriqlarning bajarilishi asosida ko'rib chiqish mumkin. Masalan: "Rustamxon" dostonini o'qib chiqing va mazmunini so'zlab bering", topshirig'i berilgach, keyin kompyuter xotirasiga dostonning hajmi, nashri va asar qahramonlari haqida ma'lumot kiritish berish tavsiya etiladi. Har bir o'quvchi kompyuterga o'zining kodi va shifri bilan birga javoblarini ham yozib kiritadi. Agar o'quvchi oldindan yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, javob matnini tezgina tayyorlaydi. O'quvchilarga faqat topshiriq emas, ma'lumotnoma materiallaridan (kompyuterga doston haqida ma'lumot ham kiritilgan bo'ladi) foydalanish imkoni ham beriladi.

"Rustamxon" dostonini o'qitishda turli kitob, rasmlar, illyustrastiyalar, magnitafon, dioproektor, kompyuter slaydlari, maketlardan, jadval va tarqatma materiallardan ko'rgazmali qurol sifatida foydalanish mumkin.

"Alpomish" dostoni misolida kompyuterda quyidagi mashq va topshiriqlarni bajarish mumkin.

Birinchi topshiriq. Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi "Qorajon" qishlog'ining nomi "Alpomish" dostoniga aloqadormi? Agar manbalar topsangiz, kompyuter xotirasiga kiriting.

Mustaqil topshiriqlar yuzasidan olingan javoblarning xulosasi shuki, o'quvchilar kompyuter yordamida xalq og'zaki ijodi namunalari bo'yicha darslikdagi materiallarga qo'shimcha tarzda qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishadi.

Navoiy viloyati Zarofshon vohasi Navbahor tumanidagi "Qorajon" nomli qishloq Navoiy viloyat toponimik komissiyasi tomonidan doston va ertak qahramonlari nomlari bilan yuritiladigan Respublika ro'yxatiga kiritilgan.

O'quvchilar "Qorajon" qishlog'i bilan "Alpomish" dostonidagi Qorajon obrazini boglab turuvchi qanday asos borligi haqidagi ma'lumot bilan qiziqadilar. Natijada folklor arxivi materiallari asosida, shuningdek, mazkur soha olimlarining fikrlari umumlashtirilib, "Alpomish" dostoni bilan "Qorajon" qishlog'i aholisi etnik tarkibidagi farqlar va umumiy o'xshashliklarga oid ma'lumotlar kompyuter xotirasiga kiritiladi.

"Alpomish" dostonini o'qib chiqing va mazmunini so'zlab bering" topshirig'i o'zgartirilib, boshqacha variantda kompyuter xotirasiga kiritilib, "Alpomish"

dostonining hajmi, nashri va asar qahramonlari haqida ma'lumot berish tavsiya eti ldi. Har bir o'quvchi kompyuterga o'zining kodi va shifri bilan birga javoblarini ham yozib kiritadi. Agar o'quvchi oldindan yaxshi tayyorgarlik ko'rgan bo'lsa, javob matnini tezgina tayyorlaydi. O'quvchilarga faqat topshiriq emas, ma'lumotnoma materiallaridan (kompyuterga doston haqida ma'lumot ham kiritilgan bo'ladi) foydalanish imkoni ham beriladi.

Tahliliy nazorat o'tkazilganda mazkur topshiriq bo'yicha o'quvchilarning qoniqarli javob qaytarganligi aniqlanadi. "Nega Barchinning otasi Boysari boshqa mamlakatga ko'chib ketdi?" "Barchinning shartlari tasvirlangan parchani yodlang" topshirig'i "Barchinning shartlari tasvirlangan parchani kompyuter xotirasida saqlangan matndan toping" tarzida almashtirildi.

"Alpomish" dostoni qachon yaratilgan?" degan savol-topshiriq "Alpomish" dostoni yaratilgan davrga tavsif bering" tarzida o'zgartiriladi.

O'quvchilar "Alpomish" dostoni yaratilgan davrni tavsiflashda fondda mavjud bo'lgan "Alpomish" dostonining 2000 yilligi bo'yicha Termizda o'tkazilgan Xalqaro anjuman materiallaridan foydalanishi mumkin.

"Doston qaysi baxshilardan yozib olingan?" savoliga ham o'quvchilar Xalqaro anjuman materiallaridan foydalanib javob qaytarishadi.

"Poygada qatnashgan otlar ta'rifini keltiring" topshirig'iga o'quvchilar kompyuter xotirasidagi bazadan foydalanib, otlarning zotlari haqida boy ma'lumotlarni keltirishadi. Tahlil jarayonida o'quvchilarning ko'pchiligi dostondagi otlarning zotlarini bilishlari namoyon bo'ladi. Alpomishning oti Boychiborga xos xususiyatlarni tavsiflashga doir topshiriqqa ham o'quvchilarning ko'pchiligi o'zlari o'zlashtirgan materiallar asosida to 'g'ri j avob qaytarishadi.

Ikkinchi topshiriq. Bulardan tashqari, o'quvchilarga quyidagicha topshiriqlar berilishi mumkin.

1. "Alpomish" dostonidagi etnografiya, numizmatika fanlariga oid ma'lumotlarni qanday izohlaysiz?

2. "Alpomish" dostoni bilan Gomerning "Iliada" dostonidagi asosiy motivlarning o'xshashligini qanday izohlaysiz?

O'quvchilarning javoblaridan ma'lum bo'ldiki, darslikdagi materiallarga qo'shimcha topshiriqlarning berilishi ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shuni nazarda tutib, kompyuter xotirasiga maxsus fayl ajratildi va unga "Alpomish" dostoni haqida manbalar" deb belgilab qo'yildi. O'quvchilarning etnografiya, numizmatika fanlari haqida ma'lumot so'rab murojaat qilishlari natijasida maxsus faylga terminologik lug'at, shuningdek, "Alpomish" dostoni va uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi mavzusidagi materiallar kiritildi. Natijada "Alpomish" dostonida berilgan "Qo'ng'irot" urug'i haqida ma'lumot izlash jarayonida o'zbeklarning 92 urug'i haqida ma'lumotga ega bo'ldilar. O'quvchilar o'zlari uchun zarur deb hisoblagan ma'lumotlarni maxsus

daftarlariga yozib oldilar. Ammo numizmatika fani (tanga pullar, orden-medallar haqidagi fan) bilan "Alpomish" dostonining aloqadorligini topishda ancha qiyinchilik sezildi. Shunda o'quvchilarga Barchinning "Ming qadamdan tanga pulni urganga" kabi sharti eslatildi.

O'quvchilarda shunday xulosa paydo bo'ldiki, o'tgan davrda ham bizda tanga pullar, dirhamlar zarb etilgan ekan. Demak, ulardan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa munosabatlarda foydalanilganligi tabiiydir.

REFERENCES

1. Uraeva, D. S., Sharipova, M. B., Zaripova, R. I., & Nizomova, S. S. (2020). THE EXPRESSION OF THE NATIONAL TRADITIONS AND BELIEFS IN UZBEK PHRASEOLOGICAL UNITS. Theoretical & Applied Science, (6), 469-472.

2. Рахимов Ф. Б., Шарипова М. Б. МЕСТО ИННОВАЦИЙ В РЕШЕНИИ СОВРЕМЕННЫХ ПРОБЛЕМ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //Academy. -2020. - №. 5 (56).

3. Шарипова М. Б., Садуллоева М. Б. К. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46)

4. Шарипова М. Б., Мустакимова Г. А. Наследие мыслителей в эстетическом воспитании учащихся начальной школы //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 105. - с. 48-49.

5. Sharipova M. B., Nizomova S. S. THE ARTISTIC IMAGE OF THE IMAGE OF" WATER" IN THE POEM //УЧЕНЫЙ XXI ВЕКА. - 2018. - №. 11. - С. 75.

6. Шарипова М. Б., Муродова Ш. Ш. ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В ЭПОСЕ «АЛПОМИШ» //Научный журнал. - 2020. - №. 9. - С. 3234.

7. Шарипова М. Б. и др. ПРОФЕССИЯ «УЧИТЕЛЬ» И ЕЁ РОЛЬ В ОБЩЕСТВЕ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1. - С. 24-25.

8. Baxshilloyevna M. S., Shuhratovna M. S. Description and interpretation of wedding customs in the epic" Alpomish" //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

9. Sharipova M. " Alpomish" dostoni-o'zbek xalqi tarixi badiiy ifodasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

10. Sharipova M. O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

11. Sharipova M. Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi (" Alpomish" dostoni misolida) //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -2020. - Т. 1. - №. 1.

12. Sharipova M. O'lmas an'ana va marosimlar-ma'naviyatimizning nodir xazinasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

13. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИИ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

14. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

15. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

16. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

17. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

18. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

19. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

20. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛОКОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. -№. 2.

21. Нигматова М. М., Файзуллаева Ш. Ф. К., Кодирова С. Д. К. Способы эффективного использования методов обучения математике в начальных классах //Academy. - 2020. - №. 3 (54).

22. Нигматова М. М. Формирование и развитие толерантности в семье //Наука и инновации-современные концепции. - 2019. - С. 82-85.

23. Ниязова Г. Д., Нигматова М. М., Хужаева С. С. Современное представление о физиологическом механизме внимания и памяти //Научно-спортивный вестник Урала и Сибири. - 2015. - №. 5. - С. 50-55.

24. Nigmatova M. RAQAMLI O'YINLAR BOLALARNI O'QITISH USULI SIFATIDA //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

25. Rajabova L. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishning shart-sharoitlari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 3. - №. 3.

26. Rajabova, Lobar. "Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning matematikadan mustaqil ishlarini tashkil qilish metodikasi." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 2.2 (2020).

27. Rajabova L. Maktabgacha ta'limda metodika fanlarini о 'qitish texnologiyasining asosiy tamoyillari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

28. Rajabova L. Steam ta'lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg'or usullari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. -№. 1.

29. Rajabova L. Matematika mashg'ulotlarida didaktik o'yinlardan foydalanishning ahamiyati //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

30. Ражабова Л. Ч., Очилова Л. Т. Методика использования мультимедийных образовательных технологий и средств в процессе обучения школьников младших классов //Academy. - 2019. - №. 12 (51).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.