Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KASBGA ERKIN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING DASTURIY TA’MINOTINI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA JORIY ETISH MEXANIZMLAR'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KASBGA ERKIN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING DASTURIY TA’MINOTINI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA JORIY ETISH MEXANIZMLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N.N.Djamilova

Mamlakatimizda ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KASBGA ERKIN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING DASTURIY TA’MINOTINI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA JORIY ETISH MEXANIZMLAR»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI KASBGA ERKIN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHNING DASTURIY

TA'MINOTINI MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIGA JORIY ETISH MEXANIZMLAR

N.N.Djamilova

Nizomiy nomidagiTDPU professori https://doi.org/10.5281/zenodo.11210055

Mamlakatimizda ta'lim tizimi, jumladan, maktabgacha ta'lim tizimini tubdan yangilash va takomillashtirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Shu yillar mobaynida yurtimizda mazkur sohani rivojlantirishning mustahkam huquqiy-institutsional asoslari yaratildi.

"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta'minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta'lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standarti tasdiqlandi.

Davlat standartida har bir bolaning ta'lim olishga bo'lgan qiziqishlarini va ehtiyojlarini qo'llab-quvvatlash, har bir bolaning, shu jumladan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolaning maktabgacha ta'lim va tarbiya olishga bo'lgan huquqini amalga oshirish imkoniyatining tengligi, xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish, ularga ta'lim berishda innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish zarurligi keltirib o'tilgan.

Shunga ko'ra, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasb tanlashga qiziqishlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bolalarning imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.

Kasb - bu insonning mehnat faoliyati, doimiy mashg'ulot turi bo'lib, muayyan ish turini malakali bajarishga imkon beradigan, bilim, mahorat, tajribani talab etadi. Kasb - insonga zarur bo'lgan, qunt bilan shug'ullanadigan, vatani uchun xizmat qiladigan ishdir. Hayotda kasblar shunchalik ko'pki, olimlarning ta'kidlashicha dunyoda 40 mingdan ortiq kasblar mavjud.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni biz odatda quyidagi kasblar bilan doim tanishtirib kelganmiz: o't o'chiruvchi, oshpaz, tikuvchi, o'qituvchi, tarbiyachi, askar, shifokor, hamshira, uchuvchi, kosmonavt, quruvchi, haydovchi, sartarosh, sotuvchi, rassom, novvoy.

Ammo bugun ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda hamda shunga yarasha yangidan yangi kasblar vujudga kelmoqda. Shunga muvofiq, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni biz quyidagi zamonaviy kasblar bilan tanishtirishimiz maqsadga muvofiq: dasturchi, dizayner, arxitektor, tarjimon, jurnalist, muxbir, aloqa operatori, menejer, styuardessa, bastakor, fotograf, kashfiyotchi olim, milliy gvardiya xodimi, arxeolog, volontyor, advokat, sport ustasi, tadbirkor, marketolog.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga zamonaviy kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsad, vazifalari:

- zamonaviy kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish;

- zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uyg'otish;

- zamonaviy kasblarning jamiyat hayotidagi ahamiyatini bola ongiga singdirish;

- kattalar va o'z mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash;

- bolalari zamonaviy kasblarga qizishni shakllantirish orqali kelajakda mamlakat rivojiga hissa qo'shadigan yosh avlodni tarbiyalash.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirishda tarbiyachi har bir bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni shu kasbga yo'naltirishlari lozim. Tarbiyachi har bir kasbning ahamiyatini bolaga uning yoshiga mos tarzda tushuntirishi, davlatimiz tomonidan har bir kasb egalariga berilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilgan imtiyoz va shart-sharoitlar haqida ham esda qolarli qilib so'zlab berishi zarur. Ana shunda, aytish mumkinki,

-bolalarda kasb-xunarga xayrixohlik, qiziqishni uyg'otish;

-kasb-xunarning amaliy ahamiyatini bolaning ehtiyojiga bog'lab tushuntirish;

-kasb-xunarlar bilan tanishtirishda dastlab bolalar e'tiborini mehnat natijasi, mahsuliga, so'ngra esa mehnat jarayoni va unda qo'llaniladigan vositalarga qaratish imkoni hosil bo'ladi.

Bolalarning kelajakda qanday inson bo'lishlari va qaysi kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon bo'ladi. Bizning maqsadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi.

Ushbu qo'llanmada quyidagilar bayon etilgan:

• Bolalar eng ko'p orzu qiladigan kasblar;

• Kelajakdagi eng yaxshi zamonaviy kasblar;

• Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni qiziqtirish uchun tavsiya etiladigan kasblar;

• Kasb egalari nomlari va ular foydalanadigan asbob-anjomlar;

• Kasblarga doir she'rlar;

• Kasblarga doir syujetli-rolli o'yinlar;

• Kasblar haqida elektron o'yinlar.

Kasb-hunarga yo'naltirish ishlarining muhim yo'nalishlaridan biri bu professional ma'lumotdir. Bola kasblar dunyosining qanchalik xilma-xilligini, ularning har biri o'ziga xosligini tushunishi kerak. Shunga ko'ra, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasb tanlashga qiziqishlarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim. Bolalarni har tomonlama barkamol shaxs qilib rivojlantirish va ularni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kasblar bilan tanishtirib borish bolani o'z vaqtida mustaqil hayotga jasorat bilan kirishi o'z kasbiy faoliyat yo'lini tanlashi uchun tayyorlashni nazarda tutadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish, muassasalarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan ta'minlash hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondoshuv hissini qaror toptirish, uzluksiz ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo'nalishlaridan biridir.

Kasb tanlash muammosiga oid ko'plab tadqiqotlar bag'ishlangan, xususan B.Mirzaaxmedov, P.Mazgumov, E.Choriev, Q.Boymirov, O.Ma'diev, U.Nishonaliev, K.Davlatov, A.I.Vorobyovlarning ishlarida kasb tanlash tizimini faqat mohiyati va asosiy boshlang'ich qirralari aniqlanib qolmasdan, balki bu ishlarning mazmuni asoslanilgan. K.Davlatov, J.Ramizov, I.Karimov ishlarida maktab o'quvchilarining kasbga qiziqishini aniqlash va rivojlantirish zarurligi ochib beriladi. O'quvchi shaxsning kasbiy yo'naltirilishini shakllantirish bo'yicha ular bilan maxsus ish olib borish muhimligi aniqlanadi. Bunda: o'quv-tarbiya vazifalarini samarali hal etishda, muayyan darajada nazariy va amaliy tayyorgarlik paytida o'zlari egallab olgan nazariy bilimlarga tayanadilar. Unda ta'lim va pedagogika rivojlanishining zamonaviy tamoyillariga asoslangan, anglab yetilgan shaxsiy pedagogik nuqtai nazarga ega bo'lishi, ushbu

darajadagi pedagogik tafakkur uchun ayrim ijodiy belgilarning namoyon bo'lishi ilmiy tahlil qilingan.

Qo'yilgan masalani aniq tushunish, tafakkurning aniqligi, o'ziga xosligi, mustaqilligi, pedagogika fanida mafkuraviy shakllanishining navbatdagi mezoni hisoblanadi. U xalq ta'limida bugungi kunda yuz berayotgan o'zgarishlar va uning tarixiga o'z fikri mavjud bo'lishini taqozo etadi. Ushbu vaziyatdan chiqish uchun pedagogik fikrlashning abstrakt ta'riflaridan voz kechish zarur bo'ladi. Faylasuf I.Kant so'zi bilan aytganda, tarbiyachiga «aql intizomi» xos bo'lishi kerak va shu sababli tarbiyani singdirish jarayonida kasbga qiziqishini kuchaytirish bosh masala bo'lib qoladi.

Kasb - hunar inson uchun zarur faoliyat, kasb-hunarning umri uzoq, u o'lmas mo'jiza, tugalmas boylik - javohirdir. Chunki u avloddan avlodga o'tadi. Kasb - hunar tufayli barcha orzu umidlarga erishish mumkin. O'z kasb-hunarini yaxshi bilgan kishining ishi unumli bo'ladi. Kasb-hunarni egallagan, mehnatdan bo'yin egmaydigan odam jamiyatda qadr-qiymat topadi. Xalq ichida obro' - e'tibor topish, mansab pillapoyalaridan ko'tarilish ham halol mehnat, hunar sirlarini mukammal egallash natijasidir. Shuning uchun ham xalqimiz "mehnat qilgan-elda aziz" deb bejizga aytmagan. O'zbek xalqi azal-azaldan kasb-hunari, mehnati, halol va pokligi bilan dunyoga tanilib kelmoqda.

REFERENCES

1. Nargiza Dj amilova ANALYSIS OF THE PROBLEMS OF INTRODUCING PRESCHOOL CHILDREN TO PROFESSIONS IN FOREIGN COUNTRIES. EUROPEAN INTERNATIONAL JOURNAL OF PEDAGOGICS ISSN 2751-000X | SJIF 2024:6.783 Crossref doi - 10.55640/eijp, Volume04 Issue04

2. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasbga erkin qiziqishlarini shakllantirish ijtimoiy muammo sifatida N.N.Djamilova -2023, № 4 Pedagogika 24-26 .b

3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasbga erkin biiziqishlarini shakllantirishning pedagogik jihatlari N.N.Djamilova -2024, № 2 Pedagogika 17-19.b

4. Djamilova Nargiza Nuritdinovna Education of physical culture in children of preschool age. Preschool education: international experience and modern approaches "Proceedings of the international scientific and practical conference 2021, May 27, Tashkent 80-81b. 3

5. Djamilova, N. (2022). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF LIFE STRATEGIES IN STUDENTS. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 187-191.

6. Nargiza N. Djamilova , Nilufar Z. Imamova, Irina N. Kim, Dono N. Marasulova. The Technology of Using Electronic Software in Developing the Interest of School Children in Choosing a Profession Tuijin Jishu/Journal of Propulsion Technology ISSN: 1001-4055 Vol. 44 No. 6 (2023)

7. Jamilova N.N., Khasanova Sh.T., Imamova N.Z. Creation of an Innovative Model "Smart Kindergarten", Focused on The Free Choice of Profession by Children in Preschool Educational Organizations. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL AND APPLIED SCIENCES. Volume: 04 Issue: 12 | Dec 2023 ISSN: 2660-5317 https://cajotas.centralasianstudies.org

8. Djamilova N.N., Isabekova D., Abduqodirova O. DIRECTING PRESCHOOL CHILDREN TO PROFESSION AT THE EARLY AGE SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 2 ISSUE 9 SEPTEMBER 2023 UIF-2022: 8. 2 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ 5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.