Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI MULTEMEDIA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI MULTEMEDIA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
22
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Multimedia / animatsiya / tovush / zamonaviy kasblar / xotira / tafakkur / bilish jarayonlari / tehnologiya / taqdimot.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Isabekova Dilafruz Shermirzayevna, Izaitullayeva Lazokat Eshimbayevna

Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishda multimedia tehnologiyasidan foydalanish xozirgi kundagi global axborotlashgan davr talabi ekanligi bayon etilgan.Kasblar bilan tanishtirishda multimedia tehnologiyasidan foydalanganda bolalarni diqqat, xotira, tafakkuri, bilish jarayonlari rivojlanishi ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI MULTEMEDIA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM TARBIYA JARAYONINI MULTEMEDIA ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH 1Isabekova Dilafruz Shermirzayevna 2Izaitullayeva Lazokat Eshimbayevna

1Angren Universiteti o'qituvchsi 2Angren Universiteti o'qituvchsi 1dilafruz.isabekova.87@mail.ru https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10041029 Annotatsiya. Maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishda multimedia tehnologiyasidan foydalanish xozirgi kundagi global axborotlashgan davr talabi ekanligi bayon etilgan.Kasblar bilan tanishtirishda multimedia tehnologiyasidan foydalanganda bolalarni diqqat, xotira, tafakkuri, bilish jarayonlari rivojlanishi ham yoritilgan.

Kalit so'zlarMultimedia, animatsiya, tovush, zamonaviy kasblar, xotira, tafakkur, bilish jarayonlari, tehnologiya, taqdimot.

KIRISH. Dunyoning rivojlangan davlatlari singari yurtimizda ham ta'lim-tarbiya va yoshlar tarbiyasiga e'tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda intelektual salohiyatli kadrlarni tayyorlash asosiy bosh vazifamiz hisoblanadi. Sh maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni 1-ilovasida maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligini ko'nikmalarini shakllantirish maqsad qilib olindi. «Davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan, zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma'naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta'lim tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun ,,Ilk qadam" davlat o'quv dasturi(takomillashtirilgan ikkinchi nashr)da ham o'z aksini topgan. Maktabgacha ta'lim va tarbiya- bolalarga ta'lim va tarbiya berishga, ularni intelektual, ma'naviy-axloqiy,etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga shuninigdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan uzluksiz ta'limdir deb ta'kidlangan.,,O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida''gi PQ-4312 da Maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari quyidagilar deb belgilab berildi:

maktabgacha ta'lim sohasidagi me'yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; maktabgacha yoshdagi bolalarni intelektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;

bolalarni sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'lamini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarni ta'minlash,mazkur sohada davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish;

maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-komunikatsiya tehnologiyalarni joriy etish;

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishlarini shakllantirishimiz ularda kattalar mehnatiga bo'lgan xurmatni hamda mehnat tarbiyasini oshiradi desak mubolag'a bo'lmaydi.Bolalarni kasbga yo'naltirishning maqsadi- bolalarda kasblarga hissiy munosabatni shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga o'zlarining kuchli tomonlarini mavjud faoliyatda ishlatish imkoniyatini berishdir.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagogi tomonidan tanishtirib boriladigan kasblar bolalarni kelajakda qanday kasbni egalasam ekan degan savol tug'ilishiga sabab bo'ladi.Chunki kun davomidagi faoliyatlarda kattalar mehnati bilan tanishtirib boriladi. Mehnat orqali kishilarga kelayotgan yaxshiligi haqidagi suhbatlar quriladi. Demakki maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar dunyosi bilan tanishtirib borish, zamonaviy kasblar haqida ma'lumotlar berish axborotlashgan jamiyatda zarur hisoblanadi.

Bolada kasbga qiziqish o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Bolada biron bir kasbga qiziqish quyidagi sabablar tufayli paydo bo'ladi:

- oiladagi muhit; - biror bir faoliyatga nisbatan qobiliyatning mavjudligi;

- ta'lim-tarbiya jarayonida kasbga yo'naltirish orqali. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga kattalarni kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsadi:

- kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish;

- kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uyg'otish;

- barcha kasblar muhimligini va uning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga singdirish;

- kattalar mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishlarini shakllantirishda multimedia va media ilovalardan foydalanish(elektron ilovalar, interaktiv taqdimot)samarali natija beradi.Media ilovalarda kasb nomi, kasb egasi nima bilan shug'ullanadi, kasb quroli ko'rsatilib tanishtiriladi.

Multimedia orqali tarbiyalanuvchilarning kasbga qiziquvchanlik xususiyatini oshirishi quyidagilar asosida namoyon bo'ladi:

1)Ekranda ko'rsatiladigan ma'lumotga animatsiya samarasi berilgan bo'lishi va ular doimiy ravishda harakatlanib,jilolanib turishida;

2)Tovushda

3) Musiqada

4) Animatsiyada

5) Multifikatsiyada

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni tarbiyasini shakllanishida axborot tehnologiyalari ya'ni multmedialardan foydalanish uni MTTlarda samarali qo'llash hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri hisoblanadi.Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni kasbga qiziqtirishda multimediadan foydalanish metodikasi ishlab chiqilmagani uchun tarbiyachi-pedagoglar multimedia vositalarini multimedia tehnologiyasi sifatida qabul qilmoqdalar. Multimedia taqdimoti orqali kasblarni tanishtirsak ta'lim va tarbiya jarayonida rivojlantiruvchi materialni algoritmik tarzda har tomonlama tuzilgan ma'lumotlar bilan to'ldirilgan yorqin mos rasmlar tasvirlari tizimi sifatida taqdim etish imkonini beradi.Bunday holda, turli xil idrok kanallari ishtirok etadi, bu esa ma'lumotni nafaqat fatografik, balki bolalar xotirasida assotsiativ shaklda saqlashga imkon beradi.Ta'lim va tarbiya jarayonida kasbga qiziqish uyg'otish davomida multimedia taqdimotlaridan foydalanish diqqat, xotira, aqliy faoliyatning rivojlantiradi.

Elektron o'yinlarni bajarish orqali bolalarda kattalar mehnatiga hurmat, ularning kasbiga qiziqish, mehnatni qadrlash, vazifani o'z vaqtida to'g'ri bajarish, o'zining natijasidan zavqlanish kabi ahloqiy-estetik tuyg'ular shakllanadi. Bolalar kasblar haqidagi tushuncha, bilimga ega bo'lishi bilan birga, bu boradagi bilimlari virtual tarzda mustahkamlaydilar. Shu bilan birga, bolalarda zamonaviy axborot texnolgiyalardan to'g'ri foydalana olish ko'nikmasishakllanadi. Ammo bunday electron o'yinlardan foydalanishning o'ziga yarasha talablari va shartlari bor:

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

1. Bolaga beriladigan elektron o'yinlar uning yoshiga mos bo'lishi va uning ruhiyatiga zarar yetkazmasligi yani tajovuzkor, vahshiy o'yin bo'masligi lozim;

2. Elektron o'yinlarning o'ynash vaqti 5-10 daqiqadan oshmasligi lozim;

3. Elektron o'yinlar bolaning aqli, tafakkuri, tasavvuri, dunyoqarashi va nutqini o'stirishga xizmat qilishi shart;

4. Elektron o'yinlarni tanlashda o'yinning mazmuni, usdagi qahramonlar ko'rinishi, voqelar rivojiga, tarbiyaviy ahamiyatni hisobga olinadi;

5. Elektron o'yinlar bolaga zavq va quvonch berish bilan birga, kattalar mehnatiga nisbatan hurmat va qizishni tarbiyalashi lozim.

6. Elektron o'yinlardan foydalanish borasida eng avvalo, tarbiaychi avborot texnologiyalarni yaxhi egallagan bo'lishni talab etadi;

7. Elektron o'yinlardan haftada 1-2 marta foydalanish tavsiya etiladi.

XULOSA. Xulosa qilib aytsam, o'yin orqali bolalarning turli kasblarga bo'lgan qiziqishlarini mustahkamlanadi va chuqurlashadi, mehnatga hurmat hissini tarbiyalanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarni kasbga yo'naltirishda hozirgi zamon talabi bo'lgan axborot texnologiyasi kommunikatsiyasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kasbga yo'naltirishda tashkilot tarbiyachi pedagoglari ta'lim-tarbiyaviy faoliyatlari davomida, kasblarga oid, audio, video, DVD disklari, televizor bir so'z bilan aytganda, multimedia orqali ma'lumotlar berish har bir kasbga tegishli bo'lgan asbob-anjomlarni multimedia orqali ko'rsatib tanishtirib borilsa, ularni kasb tanlashga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga va mustaqil kasb tanlashga yo'naltirgan bo'lamiz.

REFERENCES

1. "O'zbekiston — 2030" strategiyasi

2. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. 8 may 2019 yil PQ-4312

3. Ilk qadam'' (Takomillashtirilgan) davlat o'quv dasturi.2022 yil.

4. F.K.Qodirova. „Maktabgacha ta'lim pedagogikasi" 2008 yil

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori. 11-iyun 2019 yil 487-son

6. https://minikar.ru/uz/dengi/plan-po-proforientacii-dlya-doshkolnikov-iz-opyta-raboty-po-rannei/.

7. WWW.lex.uz;

8. WWW.pedagog.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.