Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ZAMONAVIY KASBLARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ZAMONAVIY KASBLARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
311
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Zamonaviy kasblar / ekskursiya / illyustratsiya / qiziqish / qobiliyat / iste’dod / texnologiya / gnostik kasblar / ta’lim-tarbiya / faoliyat / Modern rofessions / Excursion / Illustration / Interest / Ability / Talent / Technology / Gnostic Professions / Education / activity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — O. Abduqodirova

Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishni shakllantirishning mazmuni, maqsadi, usullari, metodologiyasi hamda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishni shakllantirishning ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMING THE INTEREST OF PRESCHOOL CHILDREN IN MODERN PROFESSIONS

This article describes the content, purpose, methods, ways, literature analysis, methodology and the importance of forming interest in modern professions among preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ZAMONAVIY KASBLARGA QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI ZAMONAVIY KASBLARGA

QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISH Abduqodirova Ozoda A'zam qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7266139

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishni shakllantirishning mazmuni, maqsadi, usullari, metodologiyasi hamda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishni shakllantirishning ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Zamonaviy kasblar, ekskursiya, illyustratsiya, qiziqish, qobiliyat, iste'dod, texnologiya, gnostik kasblar, ta'lim-tarbiya, faoliyat

ФОРМИРОВАНИЕ ИНТЕРЕСА ДОШКОЛЬНИКОВ К СОВРЕМЕННЫМ

ПРОФЕССИЯМ

Аннотация.В данной статье описаны содержание, цель, методы, методика, а также значемость формирования интереса к современным профессиям у детей старшего дошкольного возраста.

Ключевые слова: Современные профессии, экскурсия, иллюстратсия, интерес, способность, талант, технологии, образование, деятельность.

FORMING THE INTEREST OF PRESCHOOL CHILDREN IN MODERN

PROFESSIONS

Abstract. This article describes the content, purpose, methods, ways, literature analysis, methodology and the importance of forming interest in modern professions among preschool children.

Key words: Modern rofessions, Excursion, Illustration, Interest, Ability, Talent, Technology, Gnostic Professions, Education, activity.

KIRISH

"Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonunda har bir bolaning ta'lim va tarbiya olish imkoniyatining mavjudligi, har bir bolaning iste'dodi nishonlarini, ishtiyoqlari va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit teng bo'lishi ta'kidlangan.[1] Bola shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan shaxsiy yondashuv asosida ta'lim-tarbiya jarayonini olib borish, ularni har tomonlama rivojlantirish maqsadida innovatsion axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etishni talab etadi.

Shunga ko'ra, maktabgacha yoshdagi bolalarni kasblar dunyosi bilan, ayniqsa, zamonaviy kasblar bilan tanishtirish muhim ahamiyaga ega hisoblanadi. Bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.

Inson hamma biror kasbni egallashi uchun o'qishi va ta'lim olishi lozim. Kasbga qiziqishni biz eng avvalo yoshlikdan bolalarda ayniqsa, maktabgacha bo'lgan davrda shakllantirishimiz lozim. Buning uchun biz bolalarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularni kelajakda turli zamonaviy kasblarni tanlashga qiziqishlarini shakllantirish lozim.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Maktabgacha yoshdagi bolalarni biz odatda quyidagi kasblar bilan doim tanishtirib kelganmiz: o't o'chiruvchi, oshpaz, tikuvchi, o'qituvchi, tarbiyachi, askar, shifokor, hamshira, uchuvchi, kosmonavt, quruvchi, haydovchi, sartarosh, sotuvchi, rassom, novvoy.

Ammo bugun ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari jadal rivojlanmoqda hamda shunga yarasha yangidan yangi kasblar vujudga kelmoqda. Shunga muvofiq, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni zamonaviy yangi kasblar bilan tanishtirishni ta'lim-tarbiya jarayoniga kiritish lozim.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirish bo'yicha g'arb olimlar tomonidan bir qator ilmiy ishlar olib borilgan. N.K.Krupskaya bolalar bog'chasida kattalar mehnati haqidagi g'oyalarni shakllantirish bo'yicha ishlarni tizimli ravishda olib borish kerakligini aytdi.

Kozlova bolalarning kasblar haqidagi tasavvurlarini shakllantirishda vizual usullarning rolini ta'kidladi: illyustratsiyalarni ko'rish, filmlar ko'rsatish, namuna ko'rsatish. U maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi g'oyalarini kengaytirishda bosqichma-bosqichlik tamoyiliga amal qildi.

T. A. Markova va V. G. Nechayevalar ekskursiyaga katta ahamiyat berganlar. Ular ekskursiyani maktabgacha yoshdagi bolalarning kasblar haqidagi g'oyalarini shakllantirishning eng yaxshi usuli deb hisoblashgan.[2]

V.P. Kondrashov tomonidan "Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'yin faoliyati sharoitida kasblar dunyosi haqida g'oyalarni shakllantirish" mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan bo'lib, u tomonidan bolalar kasblar bilan tanishtirishda rolli o'yinlarga alohida e'tibor berdi va "Kasblar alifbosi" nomli dasturni ishlab chiqdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni biz quyidagi zamonaviy kasblar bilan tanishtirishimiz maqsadga muvofiq: dasturchi, dizayner, arxitektor, tarjimon, jurnalist, reportyor, aloqa operatori, menejer, styuardessa, kompozitor, fotograf, kashfiyotchi olim, milliy gvardiya, arxeolog, volontyor, advokat, sport ustasi, tadbirkor, marketolog.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga zamonaviy kasblar bilan tanishtirishning asosiy maqsad, vazifalari:

- zamonaviy kasblar haqida aniq bilim va tushunchalar berish;

- zamonaviy kasblarga nisbatan qiziqish va xohishni uyg'otish;

- zamonaviy kasblarning jamiyat hayotida ahamiyatini bola ongiga singdirish;

- kattalar va o'z mehnatini qadrlash va hurmat qilishni tarbiyalash

- bolalari zamonaviy kasblarga qizishni shakllanitirsh orqali kelajakda mamlakat rivojiga hissa qo'shadigan yosh avlodni tarbiyalash.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni zamonaviy kasblarga qiziqishni shakllantirishning bir qator tashkiliy yo'llari va usullari mavjud.

Birinchi yo'l - ekskursiya, mashg'ulot, maqsadli sayrlar orqali. Bunda kuzatish, kino va diafilm, diapazitiv, teleeshittirish, badiiy adabiyot, ko'rgan va eshitgani to'g'risida suhbat, tarbiyachi va bolalarning hikoyalari, tarbiyachining hikoya va tushuntirishi, didaktik o'yinlar kabi turli-tuman metodlardan foydalaniladi.

Ikkinchi yo'l - mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari vaqtlarda.Bunda Gigiyenik va pedagogik jihatdan mumkin bo'lgan ishlarni (binoni tozalash, idish yuvish, yuvilgan kirlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

dazmollash va taxlash, bayram kiyimlarini tikish, bolalar bilan o'yin, mashg'ulot uchun kerakli materiallarni tayyorlash va boshqalar) bolalar oldida bajarish, kuzatish, ko'rsatib tushuntirish, suhbat, tarbiyachining so'zlab berishi va shunga o'xshash materiallardan foydalaniladi. Kuzatishdan keyin bolalar bilan shunga o'xshash mehnat turlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi: kutubxonaga borib kelgandan keyin yirtilgan kitoblarni yamash, modalar atelyesiga borib kelgandan keyin qo'g'irchoqqa kiyim tikish va hokazolar.

Uchinchi yo'l - bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari. Bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatlari har xil bo'lishi mumkin (xona o'simliklarini yuvish, polizda ko'chat yoki urug'larni ekish uchun jo'yaklar tayyorlash, binoning ichini tozalash va h.k.) [3]

TADQIQOT NATIJALARI

Maktabgacha katta yoshdagi bolarni biz odatda jamiyat jayotida zarur bo'lgan kablar bialn tanishtirib boramiz. Ko'pchilik bolalar kelakada qaysi kasb egasi bo'lmoqchi ekanligi so'ralganda, odatda, ular o'qituvchi, harbiy, quruvchi, qutqaruvchi, raqqos, shifokor, uchuvchi kabi kasblarni yatib o'tishadi.

The Balance Careers jurnalining ish qidirish bo'yich amutaxassisi hamda CareerToolBelt.com asoschisi Alison Doyl bolalar eng ko'p orzu qiladigan 15 ta kasblarni sanab o'tgan.[4] Ya'ni bular quyidagilar:

1. Raqqos

2. Aktyor

3. Musiqachi

4. O'qituvchi

5. Kashfiyotchi olim

6. Professionl atletchi

7. Qutqaruvchi

8. Detektiv

9. Yozuvchi

10. Politsiya ofitseri

11. Astronavt

12. Uchuvchi

13. Veterinary

14. Advokat

15. Shifokor

Bundan ko'rinib turibdiki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning aksariyati yuqoridagi kasb egasi bo'lishni xohlaydilar. Biroq, biz bolalarni shu kasbga nisbatan layoqati va qobiliyati, imkoniyatlarini ham hisobga olgan holda ularni kasblarga yo'naltirishimiz lozim.

MUHOKAMA

Hozirgi kunda maktabgacha katta yoshdagi bolaalrni zamonaviy kasblarga qiziqshni shakllantirishda eng samarali yo'l bu ekskursiya hisoblanadi. Ekskursiya davomida bolalar o'z ko'zlar bilan jonli obyektni , insonlar mehnatini, jarayonni kuzatadilar, bu borada kasb egalari bilan suhbatlashishlari, savollarga javob olishlari ham mumkin. Masalan, bolalarni aloqa kompaniyasiga ekskursiyaga olib borib, kompaniya binosi, uning ichki va tashqi ko'rinishi, u erdagi ish jarayoni hamda aloqa operatorlrining mehnati bilan tanishishlari ham mumkin. Bundan tashqari, biz bolalarni atelyelarga, qurilish obyektlariga, televideniyaga, IT-maktablarga,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

fotostudiyalarga, ishlab chiqarish korxonalariga, muzeylarga, teatrlarga, sport klublariga turli kasblar bilan tanishtirish ucun ekskursiyalarga olib borishimiz mumkin.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlar jarayoniga milliy gvardiya xodimlari, dasturchi, styuardessa, advokat, fotograf, arxitektor, tadbirkor, tarjimon, reportyor, dizayner, olimlar, journalist kabi kasb egalarini taklif qilishimiz va ular bilan suhbatlar tashkil etishimiz mumkin. Bunday mashg'ulotlarda bolalar kasb egalarining o'zlari haqida hikoyalarini eshitadilar, ularga savol bilan murojaat qiladilar, birgalikda suhbat olib boardilar.

Shu o'rinda maktabgacha katta yoshdagi bolalarni kasblar bilan tanishtirishda ota-onalarni ham ushbu ta'lim jarayoniga jalb qilish ham yaxshi samara beradi. Aksar xorij davlatlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarda kasbga nisbatan qiziqishni shakllantirishda mashg'ulotlar jarayoniga bevosita ularning ota-onalari jalb qilinadi.

XULOSA

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kasbga qiziqishni shakllantirishda tarbiyachi har bir bolaning qiziqish va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularni shu kasbga yo'naltirishlari lozim. Bolalarning kelajakda qanday inson bo'lishlari va qaysi kasbni egallashlari aynan maktabgacha yosh davrida yaqqol namoyon bo'ladi. Bizning maqsadimiz ham yurtimiz ravnaqiga hissa qo'shadigan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Shu sababdan, maktabgacha yosh davridan bolalarni kasb tanlashga qiziqishni shakllantirish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" gi qonun. 2019 yil

2. Королева, М.В. Формирование у старших дошкольников представлений о мире современных профессий / М.В. Королева. Текст: непосредственный // Молодой ученый. 2015. № 7 (87)

3. Sh.Sh.Safarovich, D.Karim, N.G.Salohiddinova. Kasbga yo'naltirishning ilmiy-pedagogik asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent. .2007

4. F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo'latova, N.M.Qayumova, M.N.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika" Darslik. Toshkent. 2019 yil

5. https://www.thebalancecareers.com/top-kids-dream-jobs-2062280

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.