Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARGA KASBIY QARORLAR QABUL QILISHDA YORDAM BERADIGAN RESURSLAR VA STRATEGIYALAR'

O‘QUVCHILARGA KASBIY QARORLAR QABUL QILISHDA YORDAM BERADIGAN RESURSLAR VA STRATEGIYALAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kasb / o‘quvchi / qaror / shaxs / iste’dod / ta’lim / qobiliyat / tashkilot / tendentsiya / aholi / iqtisod / Maktab / ilm-fan / xavf.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toxtasinov Abdurahim, Kamolov Shamshiddin, Mirojiddinov Qalandarbek, Nazirova.F.A

Ushbu maqolada yoshlarni kasbga yo’naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko’plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, vrachlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va g`oyat xilma-xil sohalarida ishlovchi amaliyotchi xodimlarning e`tiborini o’ziga jalb etdi. Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozimligi o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARGA KASBIY QARORLAR QABUL QILISHDA YORDAM BERADIGAN RESURSLAR VA STRATEGIYALAR»

O'QUVCHILARGA KASBIY QARORLAR QABUL QILISHDA YORDAM BERADIGAN RESURSLAR VA STRATEGIYALAR

1To"xtasinov Abdurahim, 2Kamolov Shamshiddin, 3Mirojiddinov Qalandarbek,

4Nazirova.F.A.

1,2,3Qo'qon davlat pedagogika nstituti, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari 4Qo'qon davlat pedagogika nstituti, Ta'lim menejmenti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11182416 Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarni kasbga yo'naltirishga oid bir qancha amaliy masalalarni shoshilinch ravishda hal qilishning zarurligi hozirgi vaqtda ko'plab mutaxassislar: pedagoglar, psixologlar, vrachlar, iqtisodchilar, sotsiologlar va goyat xilma-xil sohalarida ishlovchi amaliyotchi xodimlarning etiborini o'ziga jalb etdi. Maktab o'quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo'lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo'lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo'lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozimligi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: kasb, o'quvchi, qaror, shaxs, iste'dod, ta'lim, qobiliyat, tashkilot, tendentsiya, aholi, iqtisod, Maktab, ilm-fan, xavf.

Abstract. The need to urgently address a number of practical issues related to youth career guidance in this article has now attracted the attention of many specialists: teachers, psychologists, doctors, economists, sociologists and practitioners working in a variety offields. It has been studied that the choice of profession by schoolchildren should be a conscious necessity and at the same time correspond to the interests of society, satisfy the personal preferences of boys and girls on the way to perfection.

Keywords: profession, student, decision, person, talent, education, ability, organization, trend, population, economy, school, science, risk.

Наг tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta'lim tizimi oldidagi dolzarb muammolardan biridir. Yoshlarning iste'dodi va qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, ularning ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishlarini qo'llab-quvvatlash, iqtidorini ro'yobga chiqarish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni barkamol, jismonan va ruhan sog'lom shaxs sifatida Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, fidoyilik, keng dunyoqarashga ega komil inson bo'lishga intilish tuyg'usini shakllantirish maqsadida ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi hozirgi davrda iqtisodiyot tarmoq va sohalarida faoliyat olib borayotgan barcha tur va shakldagi korxonalarning barqaror rivojlanishiga qaratilgandir. Shu jihatdan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, moliyalashtirish, investitsiyalash, zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalarni jalb etish barobarida ular faoliyatida marketing xizmatlari faoliyatini takomillashtirish har qanday soha, shu jumladan maktablar oldida turgan hamda o'z yechimini kutayotgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim tizimini, jumladan umumta'lim tizimini modernizatsiyalash, uni yangi bosqichga ko'tarish asosida kreativ fikrlaydigan raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida keng miqyosda olib borilayotgan islohotlar va me'yoriy-huquqiy hujjatlar fikrimizning dalilidir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida

ta'kidlanganidek, "Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo'yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. Oliy ma'lumot olaman, o'z ustimda ishlab, ilmli bo'laman, degan, yuragida o'ti bor, jo'shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shart. Shuning uchun maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 2020 yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga yetkazamiz".

Shu bilan birga bu mutaxassislarning har biri to'la aniq ma'lumot olgan, muayyan ish tajribasiga ega xodimlardir. SHu boisdan ular kasbga yo'naltirish sohasidagi o'z faoliyatida o'zlariga malum bo'lgan metodlarga, muammoga yondashuv usullariga hamda idrok qilish uslubi va shu kabilarga tayanadilar. Bu esa ba'zan ularda tushunchalarning ayrim atamalaridan foydalanishda ziddiyatlar tug'diribgina qolmay, kasbga yo'naltirish maqsad va vazifalarining qo'yilishida bir qancha amaliy masalalarini tushunib olishda bu borada yakdillikning buzilishiga ham olib kelmoqda. SHu sababdan ham kasbga yo'naltirishga oid bilimlar mazmunining yagona tizimini hamda kasbga yo'naltirish metodologiyasini ishlab chiqish kasbga 9 yo'naltirish sohasida bundan buyon muvaffaqiyatli ish olib borishning muhim shartidir. Maktab o'quvchilarini kasbga yo'naltirish muammosiga oid e'lon qilingan asarlarning tanqidiy tahlili va ommaviy maktablar tajribasini umumlashtirish asosida o'quvchilarning e'tiborini yosh avlodga mehnat tarbiyasi berish va ularni kasbga yo'naltirishga doir etarli darajada yaxshi ishlab chiqilmagan bir qancha muammolarga alohida qaratish lozim. Jumladan, mintaqa sharoitlarini, milliy an'analarini hisobga olib o'quvchilarni kasblarga uchun ta'lim muassassining kasbga yo'naltirish bo'yicha kompleks tadbirlarini ishlab chiqish, kasbga yo'naltirish vazifalarini amalga oshirish bilan o'quvchilarning umummehnat va kasbiy tayyorgarligi o'rtasida uzviy aloqadorlikni ta'minlash alohida dolzarblik kasb etadi1. Respublikamizda yetarli darajada nazariy va amaliy jihatdan ishlab chiqilmagan bu kabi muammolarni hal qilishda mamlakatimiz mintaqa xususiyatlarini, milliy an'analarini va tarixiy tajribasini hisobga olish lozim bo'ladi. Ikkinchi tomondan esa fan-texnika taraqqiyotining hozirgi talabalari asosida maktab yoshlariga mehnat tarbiyasi berish va ularni ishchi kasblarini egallashga yo'naltirish shakl va metodlarini takomillashtirishning yangi yo'llarini qidirishga to'g'ri keladi. Kasbga yo'naltirish ishida iqtisodiy muammolar muhim o'rin tutadi. Bular orasida xalq xo'jaligini rivojlantirish va kad muammolari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu masalalarni kasbga yo'naltirish jihatlari bilan o'zaro bog'liq tarzda talabalarning mustaqil mashg'ulotlarida ko'rib chiqishi tavsiya etiladi. Hozirgi fan-texnika va ijtimoiy taraqqiyot sharoitida yosh avlodni jamiyat barpo etishda faol qatnashishga tayyorlashi lozim bo'lgan maktabning roli har qachongidan ko'ra o'sdi. SHu munosabat bilan o'quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy axloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash ta'lim va tarbiyaning hamma bosqichlarida hozirgi maktabning vazifalaridir.

Kasbni to'g'ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko'p jihatdan kasbning qanchalik to'g'ri tanlanishiga bog'liq. Kasbni to'g'ri tanlash har bir maktab o'quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo'lishi uchun uning sog'lig'ini, o'zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko'ra ko'proq qaror topadi va namoyon bo'ladi. Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo'lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo'r qiziqish bilan qarasa, o'z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa,

1 O'zbekiston Respublikasida o'quvchi-yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi. -Toshkent: O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi.

uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o'shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo'ladi, bunday hoolda har bir shaxs jamiyatga eng ko'p naf keltiradi. Mana shu aytgan gaplardan kasb tanlashning g'oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug'ullanayotgan ishini yaxshi ko'rsa, bundan u xursand bo'ladi, qoniqish hosil qiladi, zo'r tashabbus ko'rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.

Maktab o'quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo'lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo'lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo'lida shaxsiy mudaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma'lumotli bo'lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma'lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas. Umummehnat va maxsus malakalarni, kasbga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirishning bunday imkoniyatlari ob'ektiv zaminga ega bo'lib, voqelikda har kuni amalda oshirilmoqda. Sanoat tez rivojlanganligi, qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish borasida katta qadamlar qo'yilganligi, ilm-fan, texnikani va madaniyatni yuksaltirish sohasidagi muvaffaqiyatlar bir tomondan, yoshlarning qiziqishlariga va qobiliyatlariga muvofiq, ikkinchi tomondan xalq xo'jaligi talab-ehtiyojlariga asosan kasb tanlashlari uchun amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar yaratdi; umumiy ta'lim maktabida mehnat poletexnika ta'limi sharoitida kasbga yo'naltirish muammosini ijobiy hal qilish uchun barcha shart-sharoitlar vujudga keltirildi.

Kasbga yo'naltirish o'quvchilarga politexnik ma'lumot berish masalalari bilan, kasb tanlash esa muayyan bilim darajasi bilan chambarchas bog'liqdir. YOsh avlodga mehnatga ijodiy munosabatda bo'lishni tarbiyalash muhimdir. Ijodkorlik inson faoliyatiga umuman xos narsadir, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish uchun imkoniyat mavjud bo'ladi, chunki bolalar yoshligidanoq mehnatga qiziqib qoladilar: ular o'z o'yinlarida ota-onalariga, atrof-tevarakdagi kishilarga taqlid qiladilar, ularning mehnat harakatlarini takrorlaydilar. Faoliyatga ana shunda intilish, kattalarning mehnatiga taqlid qilish bolalarga maktabgacha yoshdayoq hammabop mehnat malakalarini singdirish uchun qulay omil bo'lib xizmat qiladi. Tabiiyki, bularning hammasini tushunarli va obrazli shaklda bolalar ongiga etkazish, bolalarni o'rab turgan va ularga xizmat qilayotgan hamma narsalar odamlarning mehnati bilan vujudga keltirilgan, qo'llar faqat mehnatdagina —mohir qo'llarlga aylanadi, mehnatsiz hech narsani o'rganib bo'lmaydi, degan fikrni singdirishga intilish zarur. Umumiy ta'lim maktablarida, zavod va fabrikalarda, o'quv yurtlarida kasbga yo'naltirish ishlarini o'tkazish zaruriyatini turmushning o'zi taqozo etmoqda. Bu narsa qayta qurish yangi marralari yil sayin tobora keng avj oldirilayotgandir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadi: o'quvchi tanlagan kasb og'zaki tushunchagina bo'lib qolmasligi, o'quvchi o'z qobiliyatlarini yangi kasbda sinab ko'rishi, ushbu kasb to'g'risidagi tushunchasi qanchalik to'g'ri ekanini xolisona tekshirib ko'rishi lozim.

O'z-o'zidan ma'lumki, bunga o'qitishning to'g'ri yo'lga qo'yilishi, bilimlarni, ilm-fan asoslarini, ayniqsa ijtimoiy foydali va unumli mehnat bilan chambarchas bog'langan mehnat politexnik bilimni chuqur va mustahkam egallash natijasidagina erishish mumkin.

Har qanday kasbda eng muhimi - uning mehnat mazmuniga ega bo'lishidir. SHu boisdan mehnatsevarlikni, yaxshi urf-odatlarni tarbiyalash va ularni mehnat jo'shqinligiga ko'chirish bolalarni kasb tanlashga tayyorlashning bosh negizidir. Oilada bolani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash odatda maktabgacha bo'lgan yoshdan 12 boshlanadi. Ana shu paytdan e'tiboran bolalarni bo'lg'usi kasbni tanlashga tayyorlash amalga oshirilishi lozim. Bunda bolalarning qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini muntazam ravishda o'rganish zarur. Kasb tanlashda xato qilmaslik uchun bolalarga avvalo maktab va oila yordam berishi kerak.

Har bir shaxs har tomonlama kamol topishi lozim, buning uchun maktablarda barcha imkoniyatlar mavjud. Bolalar yaxshi, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani va shu bilan birga politexnik ma'lumotni ola turib, shu asosda o'zlarini kasbiy faoliyatga tayyorlashlari mumkin." Kim bo'lsam, ekan?"muammosi "Qanday odam bo'lish kerak" muammosi bilan birgalikda hal qilinishi lozim. Maktab o'quvchilarini kasbga yo'naltirishga oid ishlarni ta'lim yo'llari oraqil mutassil va izchillik bilan olib borish kerak.2

Maktabda kasb-hunarga yo'naltirish ishlarini yo'lga qo'yishda an'anaviy amaliy mashg'ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o'yin, konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari bilan birgalikda o'tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.

Maktabda o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish birgina mehnat ta'limi o'qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar, jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o'qituvchilari mavzuni yoritish jarayonida kasblar bilan bog'lab o'tishsa, maktab psixologi va rahbariyati o'quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda talim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o'quvchilarga kasb tanlashlarida ko'mak bergan bo'lishadi. SHu bilan birga takrorlash zarurki, magistrlar O'zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar, —Kadrlar tayyorlash Milliy dasturilning qabul qilinishi o'quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga yo'naltirish tizimini takomillashtirish - ish o'rinlarini bo'shab qolish jarayonlari jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo'yiladigan sifat talablari oshib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Aholini ratsional va samarali bandligini taminlashdagi kasb-hunarga yo'naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo'lgan mavjud ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda insonlarning ish qidirish, ta'lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo'riqish holatlarini oldini olishga yordam beradi.3

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Atamuratova Surayyo Mammatjonovna. "O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish chora tadbirlari" Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, vol. 3, no. 4, 2022, pp. 86-90.

2. O'zbekiston Respublikasining «Milliy kadrlar» dasturi. Ma'rifat gazetasi..

3. B. X. Raximov "Ta'lim tizimida bo'lajak o'qituvchi shaxsning kasb madaniyati" Samarqand

4. M. Ochilov "Muallim qalb me'mori" T., "O'qituvchi"

5. M. F. Ziyaeva "Bo'lajak tibbiyot xodimining kasbiy yo'nalganligini shakllantirish"

6. "International Scientific Conference "Economy of Integration"- ICEI 2015" -Admir Cavalic

7. Назирова, Феруза Абдуазизовна. "Педагогические и коммуникативные способности в работе учителя." Science and innovation 3.Special Issue 18 (2024): 918-923.

8. Назирова, Феруза. "Kasbiy kompetentlik sifatlari." Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире 1.3 (2022): 363-367.

9. Yormatova, Sh, F. Nazirova, and M. Muhammadjonova. "Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish-ijtimoiy zaruriyat sifatida." Scientific progress 1.6 (2021): 1198-1201.

2 Boltaboev S.A. Tolipov O'.Q. Umumiy o'rta ta'lim maktablari kasbga yo'naltirish o'quv-metodika kabineti faoliyatini tashkil qilish bo'yicha metodik tavsiyanoma.

3 Klimov S. A. va b. —Ishlab chiqarish asoslarill. Kasb tanlash 2 - qism.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.