Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARINING KASB TANLASH VA KASB HUNARGA YO’NALTIRISH HAQIDAGI QARASHLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING KASB TANLASH VA KASB HUNARGA YO’NALTIRISH HAQIDAGI QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

4514
326
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARINING KASB TANLASH VA KASB HUNARGA YO’NALTIRISH HAQIDAGI QARASHLARI»

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING KASB TANLASH VA KASB HUNARGA YO'NALTIRISH HAQIDAGI QARASHLARI

V. Mambetiyarova

Qoraqalpoq davlat universiteti "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, manaviy va madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar talim jarayoni, kadrlar tayyorlash tizimini ham tubdan yangilash hamda rivojlantirishni talab etadi. Shu boisdan talim tizimini zamon talablari darajasida va erishilgan tajribalar asosida rivojlantirish orqali o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat hayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama etuk va yuksak manaviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yonalishlaridan hisoblanadi.

Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo lgan masala hisoblanadi1, - deb ta kidlagan Sh.M.Mirziyoev.

Shunday ekan, yoshlarning, kelajak avlodning kasbiy etukligi, togri kasb tanlashi va mohirona olib borishiga etibor qaratilishi hozirgi kunnig dolzarb masalalaridandir.

Ilk o spirinlar mustaqil hayot sohasida yaqin istiqbolga ega bo lar ekanlar, ozlarining hayot yollarini belgilab olishga, bundan keyingi mehnat faoliyatlarining aniq istiqbollarini aniqlab olishga, o'zlarining kelgusi ixtisoslarini tanlashga intiladilar. Shu munosabat bilan kasb-hunarga oid qiziqishlar tarkib topadi va yanada barqarorroq bolib qoladi, yigit va qizlar oz kelajaklari haqida jiddiyroq oylay boshlaydilar. Katta yoshdagi maktab oquvchilaridan biror oquv faniga ishtiyq natijasida ularga har - xil kasblarga qiziqish vujudga keladi.

Kasbga yo'naltirishdan asosiy maqsad o'sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo'lib, bu jarayon shaxsning bo'lg'usi kasbiy faoliyat sub'ekti sifatida shakllantirishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko'maklashadi.

Kasbga yo'naltirishga yoshlarning kasbni erkin va mustaqil tanlashining ilmiy-amaliy tizimi sifatida qaralishi lozim. Bunda har bir shaxsning individual xususiyatlarini hisobga olish, xalq xo'jaligi manfaatlari nuqtai nazaridan mehnat zahiralari bilan to'laqonli ta'minlash zarurati kabi omillarni e'tiborda tutish joizdir .

Sharq mutafakkirlari ta'limotida o'g'il va qizlarga ta'lim va tarbiya berish bilan birga ularni kasb-hunarga o'rgatish g'oyasi ham muhim o'rin egallaydi. Bundan ko'rinadiki, kasb

1 Mnp3HeeB ffl.M ByroK Ke^a®araMH3HH Mapg Ba o^H®aHo6 xa^HMro 6raaH 6upra ^ypaMH3. - TomKeHT: «Y36eKHCTOH» 2017. -136 6

2 Nishanova Z.T., Alimboeva Sh.T., Sulaymonova M.V. Psixologik xizmat. -T.: 2014. -407 6.

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 364 www.ares.uz

tanlash, kasbga yo'naltirish masalalari hozirgi kun uchun yangilik bo'lmay, balki azaliy muammo sifatida o'rganib kelinmoqda.

Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Forobiy kasb-hunar to'g'risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlarni berganlar, chunonchi ta'lim-so'z va ko'nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo'lishini aytgan. Bu mulohazalardan ko'rinib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo'lib kelgan. Forobiyning fikricha, insonning kasb-hunar va san'atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug'ma emasdir, aks holda uning fikru-fazilatida mutlaqo kuch va ulug'lik bo'lmas edi. Agar kasb-hunar fazilati tug'ma bo'lganda podshohlar ham o'zlari ishlab va harakat qilib emas, balki podshohlik ularga faqat tabiiy ravishda muyassar bo'lgan, tabiat talab qilgan tabiiy majburiy bo'lib qolar edi.

Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo'ladi. Og'ir mehnat sifatida binokor, ko'mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa, ilm aqli-olimlar mehnatiga alohida e'tibor berish, hayrihoh bo'lishga chaqiradi, ularni ma'rifat tarqatuvchilar jamiyat ravnaqiga hissa qo'shuvchilar deb biladi. Beruniy bolalarni mehnatga o'rgatish metodlari, yo'llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshdan mehnatga o'rgatish kerak, deydi.

Abu Ali ibn Sinoning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari ham diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o'rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o'rgansa, uni hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta'minlaydigan bo'lsagina otasi uni uylantirib qo'ymoqi lozim, deb hisoblaydi.

Yusuf Xos Hojibning o'sha davrda kosib hunarmandlarga naqadar hayrihohligi o'z-o'zidan emasdi. Chunonchi, davlatning tinch osoyishtaligi, jahonda tutgan mavqei, boyligi, xalqning farovonligi ana shu toifadagi kishilarga bog'liq edi. Zero, kasb-hunar ta'limning ijtimoiy-siyosiy, moddiy va madaniy taraqqiyotining o'lchov birligi sanalardi. Yusuf Xos Hojib jamiyat taraqqiyoti va xalq farovonligida muhim o'ringa ega bo'lgan dehqonlar, chorvadorlar, savdogarlar, tabiblar, olimlar haqida ham muhim fikrlar bayon etadi va har birining jamiyatdagi o'rnini ko'rsatib beradi .

Shunday ekan, o'sib kelayotgan yosh avlodni kasb hunarga yo'naltirish, to'g'ri kasb egallashga yo'naltirish masalasi faqat hozirgi kunda emas balki azaldan hayotiy ahamiyatli, dolzarb muammolardan biri ekanligini ko'rishimiz mumkin. Farzandlarimizni erta yo'shligidan boshlab qiziqishlari, moyillik va qobiliyatlarini e'tiborga olib ularni kasb hunarga to'g;ri yo'naltirsak, nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning ravnaqiga samarali ijobiy ta'sir qiladi.

3 ^annnoBa C. X., XaMgapoB O.H., XannnoBa H.H. Kac6 ncnxonoraacH. -T: 2010. -17-6. Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

National University of Uzbekistan 365 www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.