ORGAN CHOLG'U SOZI TARIXI
Sarvarjon Azizov [email protected]
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filliali
Annotatsiya: Bu maqolada qadimgi musiqa cholg'u asbobi-organning kelib chiqish tarixi, rivojlanishi, takomillasuvi va uning bugungi kunda madaniyat va san'at sohasidagi o'rni va ahamiyati masalalari yoritilgan.
Kalit so'zlar: organ, gidravlos, damli, klavishli, nay, tovush, organ-portativ, opera, simfoniya, orkestr, bastakorlar
HISTORY OF THE MUSICAL INSTRUMENT ORGAN
Sarvarjon Azizov [email protected]
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article discusses the history of the emergence, development, and improvement of the ancient musical instrument, the organ, as well as its role and significance in the field of culture and art today.
Keywords: organ, hydraulics, wind, keyboards, flute, sound, portable organ, opera, symphony, orchestra, composers
Har bir cholg'u musiqa madaniyati tarixida o'z o'rni va ahamiyatiga ega, noyob va muhimdir, ammo ularning hech birini organga solishtirib bo'lmaydi, uni faqatgina orkestr bilangina taqqoslash mumkin xolos.
Organ dunyodagi eng yirik damli-klavishli murakkab tuzilmaga ega cholg'u asbobi hisoblanib, "musiqa qiroli" deb ham ataladi. Organ paydo bo'lganidan to bugungi kunlarga qadar har bir davrning o'ziga xos madaniy va texnik taraqqiyoti bilan birga rivojlanib, turli o'zgarishlarga uchrab, asta-sekin takomillashib kelgan. Organ tovushlarining ulug'vorligi hech kimni befarq qoldirmaydi, tinglovchining ong va taffakkuriga o'zgacha ta'sir ko'rsatib uni koinot, olam va tabiat haqida mushohadalarga chorlaydi va inson qalbining tubida yashiringan hissiyotlarni uyg'otish xususiyatiga ega.1 V.Stasov "Organ haqida ikki so'z" maqolasida organga to'liq tavsif beradi: "Bu cholg'u, birinchi navbatda, inson ruhining eng chuqur va kuchli intilishlarining ifodasidir; u, ayniqsa, ruhimizning ulkan va cheksiz
1 Евгений Авраменко "Орган — музыкальный инструмент двадцати восьми веков" (http://principal.su/organ-muzy-kal-ny-j-instrument-dvadtsati-vos-mi-vekov/
Пмта^^И] 233 ¡ЭБЫ 2181-063Х / 1трас( Рас(ог 4.311 (БЛР 2022)
ulug'vorlikka intilishlarining musiqiy obrazlar va shakllarda gavdalanishi bilan ajralib turadi; Faqat uning o'zida mana shunday hayratlanarli sadolar, momaqaldiroqlar, go'yo abadiyatdan so'zlovchi ulug'vor ovoz borki, uni hech bir cholg'u, hech bir orkestr ifoda etolmaydi..."2
Organ so'zining kelib chiqishi haqida turli fikrlar mavjud: 1-lotin tilida "organum" - cholg'u; 2-grekcha " organon" - qurol, asbob-uskuna degan ma'noni bildiradi. Organ juda qadimgi cholg'u bo'lib, uning ajdodi yunon afsonalaridagi Panning sirinks fleytasi hisoblanadi. Sirinks bir nechta turli shakl va hajmdagi qamish tayoqchalarini birlashtirib yasalar va puflash orqali ovoz chiqarilar edi. Har bir tayoqcha faqatgina ma'lum bir balandlikdagi tovushni berardi.
Pan fleytasi
Keyinchalik yunon millatiga mansub Aleksandriyalik mexanik Ktesebiy taxminan eramizdan avvalgi 3-asrda gidravlos (gidra-suv, avlos-nay) deb nomlangan qurilmani yaratdi, qurilma malika Arsinoya Zefritskaya ibodatxonasiga o'rnatildi. Bu cholg'uda tovushlar trubaga suv orqali ta'sir ko'rsatish natijasida hosil qilinardi. Rim imperiyasini Gretsiyani bosib olishi natijasida gidravlosdan imperiya hududlarida foydalanila boshlandi. Rim imperiyasida ayollar ham gidravlosda ijro etishni o'rganganlar. Gidrolavtik organ eramizdan avvalgi VIII-IX asrlargacha mavjud bo'ldi, keyinchlik pnevmatik organ bilan o'rin almashdi. Ilk o'rta asrlarda G'arbiy Yevropada organ uchun yangi davr boshlandi. Feodal krepostnoylik davrida madaniyatning rivojlanishi, eng avvalo, xristian cherkovi bilan chambarchas bog'liqligi bilan ajralib turardi. Monastirlar, shahar soborlari, cherkovlar va monastirlar qoshidagi maktablar kasbiy va ayniqsa, musiqa san'ati markazlariga aylanib bordi. Organ endi Rim va Vizantiya saroylaridagidek sirk tomoshalari, festivallar va ko'ngilochar tomoshalar uchun emas balki diniy marosimlarda foydalanilaniladigan musiqa cholg'usiga aylandi. Bu davrda unchalik katta hajmga ega bo'lmagan 8-15 truba va 1-2 oktavalik organ-portativ keng tarqaldi. Organlar cherkov va monastirlarning ajralmas, zaruriy qismiga aylandi, Monastirlarda yashaydigan rohiblar organ ishlab chiqarish bilan ham shug'ullanganlar. Aynan shu davrda yirik hajmdagi organlar ham ishlab chiqarila boshlangan. Bu organlar trubalar soni ko'paygani va qurilmalar murakkablashgani
2 Надежда Бакеева "Орган" Музыка 1977
ПЙта^^Н 234 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
hisobiga qo'pol va bahaybat ko'rinishga ega edi. Klavishlar katta va kengligidan tovush chiqishi uchun ijrochidan klavishlarni musht bilan urish talab qilinardi. Ko'p sonli organ pufaklari ijro vaqtida shovqinli xunuk tovush chiqarar, sozda umuman turmasdi shu sababli bu organda unchalik ham murakkab bo'lmagan, oson kuylar ijro etilardi. 3Vaqtlar o'tib organ cholg'usi takomillashib bordi va 17-18 asrlar organning "oltin davri" bo'ldi. Bu davrda organ ijrochiligi va yasalishi o'z cho'qqisiga chiqdi deyish mumkin. Tembrdagi aniqlik organni polifonik asarlar ijrosi uchun takrorlanmas cholg'uga aylantirdi. Barcha yirik katolik soborlar va cherkovlarda organlar qurildi. Ularning tantanali va kuchli ovozi hashamatli va jimjimador bo'lgan soborlarning me'morchiligiga juda mos kelardi. Dunyodagi eng yaxshi musiqachilar cherkov organistlari bo'lib xizmat qilishgan. Ushbu cholg'u uchun turli bastakorlar, jumladan Bax tomonidan juda ajoyib musiqalar yozilgan. Ko'pincha ular oldingi yoki keyingi davrlarning organlariga qaraganda kengroq tarqalgan va foydalanilgan "barokko organi" uchun yozdilar. Albatta, organ uchun yaratilgan barcha musiqalar cherkov bilan bog'liq diniy musiqalar emas edi. Organ uchun dunyoviy-ko'ngilochar asarlar ham yaratilgan. Rossiyada organ faqat dunyoviy cholg'u edi, chunki pravoslav cherkovida, katolik cherkovidan farqli o'laroq, organ hech qachon o'rnatilmagan. 18-asrdan boshlab kompozitorlar organni oratoriyalarga kiritdilar, 19-asrda u operada paydo bo'ldi. Qoidaga ko'ra, bu sahnadagi vaziyat tufayli yuzaga kelgan - agar sahna voqealari cherkov yoki uning yonida sodir bo'ladigan bo'lsa. Chaykovskiy, masalan, "Orlean qizi" operasida organni Charlz VII ning tantanali toj kiyish sahnasida ishlatgan. Gunoning "Faust" operasi (sobordagi sahna) sahnalaridan birida ham organni eshitish mumkin. Rimskiy-Korsakov bo'lsa "Sadko" operasida organdan Dengiz qirolining raqsini to'xtatgan qudratli qahramonning qo'shig'ida tahdidli harakatini ifodalshda foydalangan bo'lsa, Verdi "Otello" operasida dengiz bo'roni ovoziga taqlid qilish uchun foydalandi. Organ simfonik asarlarning partituralariga kiritiladi. Uning ishtirokida Sen-Sansning uchinchi simfoniyasi, Skryabinning "Prometey" asarlari ijro etiladi; Chaykovskiyning "Manfred" simfoniyasida ham organ mavjud, garchi bastakor fisgarmoniya uchun partiyani yozgan bo'lsa ham ko'pincha bu partiya organda ijro etiladi.
Organ turlari:
1. Damli-klavishlar, trubalar bilan jihozlangan, aerofonlar sinfiga kiruvchi, ko'pchilik tasavvur qiladiganidek - balandligi bir necha qavat bo'lgan, cherkovlar yoki boshqa keng inshoatlarda joylashadigan murakkab tuzilmaga ega bo'lgan katta cholg'u asbobidir.
2. Simfonik-damli organining bir turi bo'lib, tovushda afzalliklarga ega. Keng diapazon, yuqori tembr va regist3. r imkoniyatlari ushbu cholg'uga butun orkestrni
! Надежда Бакеева "Орган" Музыка 1977
235
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
o'rnini bosa olish imkonini beradi. Bu guruhga kiruvchi organ turlari yettita manual va o'n minglab trubalardanlar iborat bo'ladi.
3. Teatr - musiqiy imkoniyatlari boshqa organ turlariga nisbatan u qadar keng emas. fortepiano tovushlari va turli xil shovqinli tovushlarnigina chiqarish mumkin xolos. Bu turdagi organlar teatrda spektakllar va ovozsiz filmlarda musiqiy sahnalariga jo'r bo'lishi uchun yaratilgan.
4. Hammond organi - bu elektron musiqa chokg'u asbob bo'lib, uning ishlash printsipi dinamik seriyadagi audio signalning qo'shimcha sinteziga asoslangan. Organning bu turi 1935-yilda L.Hammond tomonidan cherkov organlarining muqobili sifatida ixtiro qilingan. Elektron organ boshqa organ turlariga nisbatan ancha arzon edi va tez orada harbiy orkestrlar, jazz va blyuz ijrochilari tomonidan unumli foydalanila boshlandi.
Organ tuzilishi
Organ juda murakkab tuzilmaga ega bo'lib bir nech qismlardan tashkil topgan. Uni asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Kafedra yoki pult
2. Manuallar
3. Registrlar
4. Trubalar
5. Pedal klaviaturasi.
6. Traktura
Kafedra yoki pult - Musiqachi organni boshqarishi uchun mo'ljallangan joy. Tutqichlar, klavishlar, tugmalar bilan jihozlangan. Bundan tashqari pultda manuallar va oyoq pedallari joylashgan bo'ladi
Manuallar. Qo'l bilan ijro etish mo'ljallangan uchun bir nechta klaviaturalar jamlanmasi. Manuallar miqdori har bir model uchun individualdir. Hozirgi davr uchun 7 ta manual yetarlidir. 2-4 ta manualdan iborat organlar ham keng tarqalgan. Har bir manualda o'ziga xos registrlar to'plami mavjud. Asosiy manual musiqachiga eng yaqin joylashgan bo'lib, eng baland registrlarga ega. Manual klavishlari soni soni 61 ta (5 oktava diapazoniga to'g'ri keladi).
Registrlar. Bir xil tembrga ega bo'lgan organ trubalari shunday nomlanadi. Muayyan registrda ijro etish uchun musiqachi masofadan boshqarish pultidagi tutqichlar yoki tugmalarni boshqaradi. Ushbu harakatsiz registrlar ovoz chiqarmaydi. Turli mamlakatlar va turli davrlarning organlari turli xil registrlarga ega.
Trubalar. Ular uzunligi, diametri, shakli bilan farqlanadi. Trubalar metall, yog'ochdan yasaladi, Shakli yirik trubalar og'ir, past tovushlarni chiqaradi va aksincha. Trubalar soni har bir organda turlicha bo'lib, ba'zan o'n ming donaga yetadi.
Pedal klaviaturasi. U past, bas tovushlarni chiqarish uchun ishlatiladigan oyoq klavishlaridan tuziladi, klavishlar soni 5 tadan 32 tagacha bo'lishi mumkin. Nota
[fciyfl^^B 236 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)
yozuvida oyq pedallari, qo'lda chalinadigan partiyalaridan tashqari alohida chiziqqa yoziladi.
Traktura. Signallarni manuallardan, pedallardan trubalarga uzatuvchi qurilmalar tizimi. Trakturalar mexanik, pnevmatik, elektr, aralash kabi Шгк^ bo'linadi.4
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Евгений Авраменко "Орган — музыкальный инструмент двадцати восьми веков" (кНр://ргтшра1. su/organ-muzy-kal-ny-j -instrument-dvadtsati-vos-mi-vekov/
2. Надежда Бакеева "Орган" Музыка 1977
3. Бакеева Н. Орган. Журнал «Искусство в школе», № 2, 3, 4 1998г. , с. 38
4. Газарян С. Г. Мир музыкальных инструментов, «Просвещение», М. ; 1999г. с. 158
5. Гандшин. Ж. Что такое орган? - "Музыкальный современник", М, 1996г. , с. 132
6. Майкапар «Орган - инструмент какого века?», М, «Искусство», 2000г. , с.
123
7. История мировой музыки. Стили. Направления. М:, Авторы-составители А. Минакова, С. Минаков, «Эксмо», М. ; 2010г. , с. 267
8. Орган (https://muzinstru. ru/duhovye/organ)
4 Орган (https://muzinstru.ru/duhovye/organ)
237
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)