MUSIQA INDUSTRIYASINING BOLALAR PSIXOLOGIYASIGA TA'SIRI
Latofat Mo'minova [email protected] Respublika musiqa va san'at kolleji
Annotatsiya: Musiqa kichkintoylar qalbida yaxshilikka mehr uyg'otadi. Uning psixologik dunyoqarashini shakllantiradi. Ruhiy irodasini kuchaytiradi. Bu birinchi masala. Eng muhimi esa unda tinglash qobiliyati rivojlanadi. Bu bilan esa keyinchalik dars jarayonlarini qiynalmay o'zlashtirishga zamin yaratiladi. Qolaversa, bola turli tovushlarga taqlid qila boshlaydi. Yaxshilik va yomonlikni ifodalovchi musiqiy tembrning farqiga bora oladi. O'ziga ishonchning paydo bo'lishi esa uni faqat va faqat g'alabalar sari chorlayveradi.
Kalit so'zlar: musiqa, neyrobika, neyrogimnastika, milliy cholg'ular, damli cholg'ular, pnevmoniya, miya, psixologiya, nutq, dofamin, serotonin, IQ darajasi, musiqa industriyasi, binarual ritm, statistika
THE INFLUENCE OF THE MUSIC INDUSTRY ON THE PSYCHOLOGY OF
CHILDREN
Latofat Muminova [email protected] Republican College of Music and Art
Abstract: Music instills a love of goodness in the hearts of children. Forms his psychological outlook. Strengthens mental will. This is the first issue. Most importantly, he develops listening skills. And with this, the ground is created for mastering the lesson processes without difficulty. In addition, the child begins to imitate various sounds. It can distinguish between good and bad musical timbre. The appearance of self-confidence only and only invites him to victories.
Keywords: music, neurobics, neurogymnastics, national instruments, wind instruments, pneumonia, brain, psychology, speech, dopamine, serotonin, IQ level, music industry, binaural rhythm, statistics
Bugungi kunda bolalar psixologiyasini rivojlantirishga qaratilgan turli yo'nalishlar paydo bo'lmoqda. Bu yo'nalishlar bilan bolalar psixologi, logoped, neyrotreyner, shuningdek sportchi mutaxassislar shug'ullanishmoqda. Ular neyrogimnastika, neyrobikaning turli mashqlari orqali bolalardagi miya faoliyatini yaxshilash, turli nuqsonlarni bartaraf etishni ko'zda tutishadi.
Neyrogimnastikaning bir turi bu - musiqadir. Biz sanab o'tgan mutaxassislar bolalarning raqs yoki musiqa bilan ham shug'ullanishlarini maslahat beradilar. Neyrogimnastikani musiqa orqali bajarishning asosiy prinsipi ikkala qo'lning bir vaqtning o'zida sinxron xarakatiga asoslanadi. Masalan, milliy cholg'ulardan doira, dutor, tanbur, rubob va boshqa cholg'ular orqali amalga oshirish mumkin. Bunda har bir qo'l alohida vazifani bajaradi. Mashg'ulotlar jarayonida bosh miyaning ikkala yarimsharlari mutanosib ishlay boshlaydi, bolaning nutqini rivojlantirishga, ijodiy hayolotini reallikka aylantirishiga, fikrlashiga, diqqatini bir yerga jamlashiga yordam beradi.
Shuningdek, damli cholg'ularda ijro etadigan bolalarda tish kasalliklari, pnevmoniya, bronxit, astma va shunga o'xshash kasalliklarning rivojlanishini oldi olinib, diafragmal nafas olish to'g'irlanadi. Tibbiy tomondan qaraydigan bo'lsak, puflama-damli cholg'ularda ijro etish hayot uchun muhim funksiyalar - nafas olish, yurak faoliyati, qon aylanishini yaxshilashi ilmiy isbotini topgan. Chunki, damli sozlarda ta'lim jarayonida talab qilinadigan jismoniy mashqlar nafasni ochishga yordam bersa, oddiygina qo'llar orqali bajariladigan jismoniy xarakatlar yordamida bosh miyani yanada rivojlantirish mumkin. Chunki inson organizmi bir butun, ya'ni unda tana va aql o'zaro bir biri bilan bog'langan.
Bundan tashqari, musiqani tushungan, biror sozni chalishni biladigan insonlarni tarbiyalash, ularning hammasi ham kelgusida shu soha yo'lidan ketishi kerak degani emas. Musiqa ularning ta'bi, talabi, dunyoqarashini tarbiyalasa, shu ham katta yutuq. Zotan, bu har bir soha rivojida kreativ fikrlaydigan, o'z ishiga boy qalbi, yuksak insonparvarlik fazilatlarini baxsh etadigan kadrlarni kamolga etkazishda ayni muddaodir.
Musiqa bilan doimiy shug'ullanadigan odamlarda quyidagi o'zgarishlar kuzatiladi:
✓ Asab tizimi holati yaxshilanadi;
✓ Yangi axborotni qabul qilish va eslab qolish osonlashadi;
✓ Kognitiv xususiyatlar (xotira, fikrlash, diqqat) rivojlanadi;
✓ Miyaning yashirin qobiliyatlari ochiladi;
✓ Bosh miyaning ikkala yarimsharlari bir vaqtda ishlay boshlaydi;
✓ Kayfiyat ko'tariladi;
✓ Kreativlik rivojlanadi;
✓ Bolada fantaziyalar uyg'onadi
✓ Qo'rquv va xavotirlardan xoli bo'la boshlaydi;
✓ Uyquning sifati yaxshilanadi;
✓ Emotsiyalarni boshqara olish, ya'ni qo'zg'aluvchanlikni bartaraf etish va agressiyani nazorat qilish rivojlanadi.
Shuningdek, "mental arifmetika"ni o'rganishda miyaning ikki yarim sharini teng rivojlantirish uchun maxsus neyrobika mashqlarini talab etishadi. Mana bu borada ham musiqa cholg'ularini o'rganish bola uchun juda muhimligini ko'rishimiz mumkin.
Arastu: "Inson qo'llari - uning tashqaridagi miyasidir" degan ekan. Demak o'sha vaqtlardan buyon qo'llarning sehrli xususiyatlari ma'lum bo'lgan. Musiqa esa odamzod yaralibdiki, asrlar davomida insonga hamroh bo'lib kelmoqda. Farzandlarimiz tarbiyasida ularning qo'llariga alohida e'tibor bersak, kelajakda ulardan Arastular, Xorazmiylar, Farobiy va ibn Sinolar yetishib chiqishiga ishonchimiz komil.
Tarixdan ma'lumki, umumjahon tamaddunining tamal toshini qo'ygan ajdodlarimiz xoh adabiyot, xoh astronomiya, tibbiyot, matematika, geometriya, tarix, qo'yingki, qaysi soha bilan shug'ullanmasin, albatta, biror sozni chalishni o'rgangan, kuyni ruhning ozig'i deb bilgan. Musiqa ilmi haqida fundamental ilmiy-nazariy risolalar yozishgan. Musiqani "qalb matematikasi", deb bilishgan.
Hozirgacha O'zbekistonda musiqa psixologiyasiga san'atshunoslik fanlari nomzodi, professor Fayzulla Karommatli, O'zDK professori professor Rauf Qodirov, psixologiya fanlari doktori, professor G'oziyevlar professional tarzda murojaat qilishgan.
Shuningdek, klassik musiqa tinglaganda boladagi IQ darajasi o'sishni boshlar ekan. Bu musiqa esa xoh o'zbek klassikasi, xoh jahon klassikasi bo'lsin uning ta'sirida boladagi rivojlanish, miyaning ishlash salohiyati yuqorilab borar ekan. Statistika natijalari orqali buning isbotini ko'rishimiz mumkin:
Do you like Classical Music?
110 —
106
103
100
95 93 A
hat« It moh love it
Feelings for Classical Music
Ilmiy tadqiqotlar orqali olimlar nutq va musiqaning o'zaro bog'liq jihatlarini aniqladilar. Ya'ni nutqning rivojlanishida musiqa juda katta ahamiyatga ega. Nutq -insonning hissiy tizimiga ta'sir qilishi sir emas. Nutq orqali eshituvchining hissiyotlariga ta'sir qilish mumkin bo'lganidek, musiqa orqali ham tinglovchining tuyg'ulariga ta'sir qilish mumkin.
Buning sababi shuki, nutqning ham, musiqaning ham markazi bir joy da, ya'ni bosh miyaning o'ng peshona qismidagi - brok sohasida joylashgan. Inson chiroyli
musiqa tinglaganida uning bosh miyasida dofamin hamda serotonin garmonlari ishlab chiqarila boshlaydi. Bosh miyada dofamin garmoni yetarli miqdorda bo'lmasa odam stress holatiga tusha boshlaydi. Dofamin ko'p miqdorda ishlab chiqarila boshlasa odam o'zini juda yaxshi va yengil his qiladi. Og'riqlar yo'qola boshlaydi.
Asalning ham ozi shirin deganlaridek, dofamin garmonining haddan ziyod ko'payishi ham miyaga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Bugungi kunda musiqa industriyasi rivojlanishini nazorat qilish bizning qo'limizdan kelmas, ammo tinglovchilarni bolalikdan musiqa eshitish madaniyatini tarbiyalash orqali bu masalaga yechim topishimiz mumkin. Musiqashunos, shoir, bastakor Najmiddin Kavkabiy "Musiqa-nafis san'at bo'lib, ilohiy sirlarga egadir. Shuning uchun uni idrok qilish hammaga ham nasib etavermaydi", - degan fikrlari zamirida ham aynan musiqani eshitish madaniyatini bilgan, musiqa bilan shug'ullangan insonlargina uni idrok qilishga qodirligi nasihat qilinmoqda.
Ayni damda yoshlar tinglaydigan jahon estradasi musiqasini eshitishga ruxsat beradigan birorta ulamoni topa olmaysiz. Chunki bu kabilarning qo'shiqlari axloqsizlik, sharmandaliklarga to'la. Qo'shiq matni buzuq yoki tushunib bo'lmas darajada yomon ahvolga kelib qolgan. Bu qo'shiqlar yoshlarning his tuyg'ulari bilan o'ynashishga majbur qiladi.
Musiqa insonlar ongiga ta'sir qila oladigan kuchga ega ekanligi mingyillar avval isbotlab bo'lingan. Yuzlab ilmiy tadqiqotlarda musiqa insonning his tuyg'ulariga, hulq-atvoriga katta ta'sir o'tkaza olishi o'z isbotini topgan.
1839-yili fizik va meteorolog Geynrix Vilgelm Dov musiqaning g'aroyib sifatini aniqladi. U binarual ritmlarning g'ayrioddiy hodisasini kashf qildi. Agar siz odamning har bir qulog'iga alohida ovozli signal bersangiz, ularning orasidagi farq bir necha Gerts bo'lsa, bu tovushlarning ustma-ust qo'yilishi miyada tovush to'lqinlarining chastotasida ikkita manba signalining chastotasidagi farqga teng bo'lgan "xayoliy" signalni keltirib chiqaradi. Ya'ni, aslida bu tovush mavjud emas, bu miyada paydo bo'ladigan illyuziya.
Masalan, agar chastotali tovush bir quloqqa naushnik orqali 124 Gts, ikkinchisiga - 114 Gts chastotada berilsa, u holda miya ushbu ikkita signalning kombinatsiyasini bitta, haqiqatan ham mavjud bo'lmagan va 10 Gts chastotaga teng deb qabul qiladi. Bunda musiqa ichidagi baland chastotalarning miya to'lqinlariga ta'sir qilishi orqali hulqimizga va kayfiyatimizga salbiy ta'sir o'tkaza oladi, deya ta'kidlaydi olim.
2012-yilda psixolog Annet Shirmer tomonidan olib borilgan tadqiqotda musiqiy ritm bizning dunyo qarashimizga bevosita ta'sir o'tkaza olishi isbotlangan. Unga ko'ra bizning miya to'lqinlarimiz akustik ritmlar bilan hamohang harakat qiladi. Bu tadqiqotning qiziq tarafi shundaki, Shirmer, insonlar musiqa ta'sirida sinxron ya'ni, hamohang harakat qilayotganlarida ularning tashqi dunyolari ham bir xillashib borishi ehtimoli ko'payganini sezgan. Ya'ni, miya to'lqinlarning musiqa ta'sirida tebranishi
natijasida aqliy faoliyatimiz turli o'zgarishlarga duchor bo'lishi mumkin. Musiqa ritmlari miya to'lqinlarini tebratadi va buning natijasida musiqa va miya to'lqinlari sinxron harakat qila boshlaydi. Musiqa miyaning limbic qobig'iga ta'sir ko'rsatadi va bu qobiq esa bizning hissiyotlarimizga javobgardir. Bu qobiqning ishlash ko'lami katta emasdir, ammo kezi kelganda u miyaning boshqa qismlarini ham boshqarishi mumkin. Inson kimnidir qattiq sevib qolgandagi holatini bunga misol qilish mumkin.
AQShda bolalar bir kunda 2 yarim soat musiqa eshitadilar. Hozirda har 3 ta musiqaning 1 tasi ahloqsiz kayfiyatga ega. O'smir 1 soatda 35 marta ana shunday ahloqsizlikni tinglaydi. Bu esa 1 kunda o'rtacha 84 ta, 1 haftada 591 marta degani. Ular bu musiqalarda spirtli ichimliklar, narkotiklar haqida ham eshitadilar. 1 yilda 30700 marotaba, bu faqat alkogol yoki narkotik haqidagi so'zlar.
2022-yil aprel oyi statistika natijalariga ko'ra, Amerikaliklar va Britaniyaliklar sevib tinglaydigan janrlar qatorida eng oliy o'rinlarni pop, rokning turlari hamda blues (R&B) janrlari egallagan.
What are the top most favourite music genres among Americans and Brits?
Pop musiqasida bu kabi so'zlarning ulushi 9%, rokda esa 14%, hip-hopda esa 20%, repda 77% ligi aniqlangan. Farzandlarimiz ham ularni tinglamaydi deb o'ylaysizmi?
Bu musiqalarda turli shaytoniy simvollarni ishora etish ham urfga aylangan. Jahon estrada yulduzlarining ishoratlariga bir nazar soling. Ularning millionlab obunachilari bor. Demak o'z o'zidan ularga taqlid qiladiganlar soni ham kam emas. Rok konsertlarida esa "rock qirollari" deya nom olgan kimsalar ochiqchasiga xudoni inkor qilishni so'raydilar. To'plangan tinglovchilar esa ko'r-ko'rona unga ergashadilar va tasdiqlaydilar. Shunday holatlardan biri Merlin Menson konsertlarida yuz bergan.
Bunday targ'ibot insonning dunyoqarashini ma'lum bir tomonga yo'naltirish ideologiyasi bo'lib, bu orqali tomoshabin yoki tinglovchiga to'g'ridan to'g'gri ta'sir o'tkaziladi. Aslida ana shu ermaklar insonning onggiga ta'sir eta olishi natijasi o'laroq, ma'lum bir targ'ibotning eng zarur quroli hisoblanadi. Bu esa jamiyatni boshqarishdagi
asosiy maqsadidir. Ya'ni insonlarga shunday ta'sir ko'rsatiladiladiki, hatto ular sezmaydilar va aslo shubhalanmaydilar.
Bolalar aynan qaysi vositalar orqali musiqalar tinglashi to'g'risidagi statistika esa fikrimizga yanada oydinlik kiritadi:
I How today's kids listen to music
Share of 8 to 15 year olds in Great Britain saying they normally listen to music using the following
Mobil«- phono Radio Tablet Computer MPS playet TV CD Vinyl
2020-yil mart oyi statistika natijalariga qaraydigan bo'lsak, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan Britaniyalik bolalarning 63% mobil telefondan, 36% radiodan, 29% planshetlardan, 23% kompyuterdan, 22% MP3 pleyerlardan, 19% televizordan, 16% CD disklardan, 4% gramplastinkalardan musiqa tinglashda foydalanishar ekan.
Biz musiqa industriyasini nazorat qila olmaymiz. Ammo farzandlarimizda immun eshitish tizimini shakllantirish va rivojlantirish bizning asosiy burchimizdir.
Tib ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino o'zining "Tib qonunlari" kitobida hush ohangning inson ruhiyatiga ta'sir kuchiga shunday baho beradi: "Go'dakning organizmi chiniqishi uchun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratish, ikkinchisi esa onaning qo'shig'idir. Beshik bolani jismoniy kamolotga etkazsa, ona allasi uni ma'naviy kamolotga etkazadi".
Shuningdek, Yusuf at-Tabib Xaraviyning shunday misralari bor:
Aql qochar bo'lsa har tandin yiroq, Jinnilik asari yuz bergay shu choq.
Go'zallar yuziga tiksin ko'zini, Nay-u, ud, changga ham tutsin u quloq.
Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyevning yoshlarning musiqa ijrochiligiga doir bilim hamda salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari zamirida ham, shubhasiz, chuqur o'ylangan maqsad va mazmun yotibdi. Bu borada fikr yuritganda xayolimizda xalqimiz azaldan e'zozlab keladigan qadriyatlar, orzu-umidlar jonlanadi. Ushbu yorug' niyatlarning eng qadrlisi, albatta, barkamol avlod tarbiyasi bilan bog'liq. Insonning jismonan baquvvat, aqlan etuk va ma'nan komillikka yetishuvi barkamollikdan nishona. Prezidentimizning o'g'il-qizlarimizga biror cholg'u asbobini chalishni o'rgatish, umuman, musiqaga oshno etish borasidagi taklifi ularni ma'nan ulg'aytirishga, qalblariga ezgulik urug'lari ekishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
"Ma'naviyat boshqa sohalardan oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak" - Sh.Mirziyoyev.1
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mirziyoyev Sh. "Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishidagi nutqi". 2023-y. 22-dek.
2. Matyoqubov B. "Doston navolari". Ilmiy nashr. T. 2009
3. Qodirov R. "Musiqa psixologiyasi". Musiqa nash. T. 2015
1 Mirziyoyev Sh. 2023-yil 22-dekabr Ma'naviyat va ma'rifat kengashining kengaytirilgan yig'ilishidagi nutqidan
ITFVE^^Hl 198 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)