Научная статья на тему 'OPERA JANRINI PAYDO BO‘LISHI BOSQICHLARI VA UNI JAXON MUSIQIY IJROCHILIGIDAGI TARIXIY AHAMIYAI'

OPERA JANRINI PAYDO BO‘LISHI BOSQICHLARI VA UNI JAXON MUSIQIY IJROCHILIGIDAGI TARIXIY AHAMIYAI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
2184
187
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
afsonalar / musiqiy monodik va polifonik oxanglar / oxangdoshlik / musiqiy janrlar / diniy va marosimiy qo‘shiqlar / cherkov musiqasi / dramatik asarlar / oratoriya / simfoniya / opera va operettalar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Azizjon Nabijonovich Talaboyev, Sarvarjon Salimjon O‘g‘li Azizov

Ushbu maqolada musiqa san’atining ilk shakllanish davri, turli marosimiy va diniy musiqiy janrlar haqida, yirik sahna asarlari-opera janrining paydo bo‘lishi, musiqaning inson tafakkurini rivojlanishida tutgan o‘rni haqida fikr bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OPERA JANRINI PAYDO BO‘LISHI BOSQICHLARI VA UNI JAXON MUSIQIY IJROCHILIGIDAGI TARIXIY AHAMIYAI»

OPERA JANRINI PAYDO BO'LISHI BOSQICHLARI VA UNI JAXON MUSIQIY IJROCHILIGIDAGI TARIXIY AHAMIYAI

Azizjon Nabijonovich Talaboyev

Sarvarjon Salimjon o'g'li Azizov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa san'atining ilk shakllanish davri, turli marosimiy va diniy musiqiy janrlar haqida, yirik sahna asarlari-opera janrining paydo bo'lishi, musiqaning inson tafakkurini rivojlanishida tutgan o'rni haqida fikr bildiriladi.

Kalit so'zlar: afsonalar, musiqiy monodik va polifonik oxanglar, oxangdoshlik, musiqiy janrlar, diniy va marosimiy qo'shiqlar, cherkov musiqasi, dramatik asarlar, oratoriya, simfoniya, opera va operettalar

THE EMERGENCE STAGES OF THE OPERA GENRE AND ITS HISTORICAL SIGNIFICANCE IN WORLD MUSIC PERFORMANCE

Azizjon Nabijonovich Talaboyev Sarvarjon Salimjon oglu Azizov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, an opinion is expressed about the period of the first formation of musical art, various ritual and religious musical genres, the emergence of large-scale stage works-opera genre, the role of music in the development of human thinking.

Keywords: legends, musical monodic and polyphonic melodies, harmony, musical genres, religious and ritual songs, church music, dramatic works, oratorios, symphonies, operas and operettas

Musiqa inson tuyg'ularini, ruhiy kechinmalarini, orzu va umidlarini so'zsiz ifodalaydigan tarjimon, yoki tarjimonsiz tushuniladigan san'at asaridir. Musiqa yaralibdi-ki, insonlarni ezgulikka, xalqlarni, millatlarni birlashtirishga, ularni ruhan yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Dunyoni go'zallik qutqaradi, deyishganida bu go'zallikning bittasi san'at, aniqrog'i musiqa deb tushunish kerak. Musiqiy san'at asarlari san'atning boshqa turlari kabi kishini hayot va olam haqida fikrlashga, unda estetik didni, maftunkor va go'zal, teran dunyoqarashni shakllashda, ongli mushohada qilishga, o'zgalarga yaxshilik qilishga undaydi. Musiqa har bir millatda o'ziga xoslik bilan birgalikda umuminsoniy qadriyatlarni ham rivojlantirishga, turli xalqlarning

I icclT^^^^H 449 http://oac.dsmi-qf.uz

musiqiy va boshqa san'at turlaridan bahramand qilishda ko'zga ko'rinmas ko'prik vazifasini o'taydi. Ushbu maqolada musiqa san'atining ilk shakllanish davri, turli marosimiy va diniy musiqiy janrlar haqida, uyg'onish davri va uyg'onish davridagi tarixiy zaruriyatlar tufayli vujudga kelgan ilk yirik sahna asarlari-opera janrining paydo bo'lishi, musiqaning inson tafakkurini rivojlanishi va hayotida tutgan munosib o'rni haqida fikr bildiriladi.

Hususan ushbu san'at turi ham boshqa san'at turlari kabi asta sekinlik bilan oddiylikdan murakkab san'at turi darajasiga ko'tarildi. Dastlab musiqani ijtimoiy hayotdagi o'rni yoki vazifasi haqida to'xtaladigan bo'lsak XI - XVI asrlarda yevropada barcha fan va san'at faoliyati bir obyekt bilan bog'liq holda faoliyat yurutar edi, ya'ni cherkov bilan bog'langan holda. Aynan shu davrlarda cherkovning ijtimoiy hayotdagi mavqeyi yetakchi o'rinda bo'lgan. U yerda nafaqat diniy marosimlar o'tkazilar va shu bilan birgalikda monastrlarda barcha fan sohalari bo'yicha ilmiy izlanishlar, kashfiyotlar, yangidan - yangi g'oyalar ham hayotga tadbiq etilar edi. Nafaqat musiqa san'ati va boshqa san'at turlari ham bevosita cherkov uchun xizmat qilgan. Shu sabablarga ko'ra fan va san'at ham insoniyatga doimiy ravishda hamrohlik qilishi va cherkov qoidalariga ko'ra insonlarga ohiri zamon va o'limni eslatib turushi zarur edi.

Nihoyat XVII asrga kelib yevropada yangi davr boshlandi. Biz bu davrni "Uyg'onish davri" deb bilamiz. Bu davrda jamiyatda mavjud bo'lgan barcha ilm-fan sohalari o'zining yangi bosqichiga ko'tarildi. Jumladan musiqa ham endilikda faqat cherkov uchun xizmat qilibgina qolmay, balki ijtimoiy va dunyoviy masalalarda ham o'z ifodaviyligini ortirdi. Turli yangi janrlar paydo bo'lib musiqaning jamiyat hayotidagi roli oshdi. Oldindan mavjud bolgan janrlar ham asta sekinlik bilan rivojlanib bordi va murakkab ifodalar bilan boyidi. Bu davrga kelib Opera janri ham paydo bo'ldi.

Opera - musiqa san'atidagi eng yirik janrlardan hisoblanib u san'atning sintetik turidir. Chunki opera - adabiyot, teatr, rassomchilik, hareografiya va musiqa san'atlari uyg'unlashgan holida hosil bo'ladi.

Shuningdek, opera dramaturgiyasiga, uning obrazlariga yangilik bo'lgan simfoniya shakllandi. Hatto diniy musiqa -oratoriya, kantata opera obrazlarining dramatizmi bilan opera shakllari, konsertbop vokal uslubi, kompozitsiya tamoyillari kirib keldi. Endilikda oratoriya va kantatalar ham maishiy mavzularni ifodalay olar edi. Opera janrining umumiy tabiati uni katta sahnalarda ijro etilishini, keng demokratik auditoriya bilan muloqotda bo'lishni taqazo etdi. Operani jamiyatda tutgan o'rnining o'ziga xosligi ham shundan iborat bo'ldi.

Ya'ni ushbu janr syujetida yoritilishi mumkin bo'lgan mavzular qamrovi yuqorida aytganimizdek chegara bilmas va keng qamrovli edi. Shuning uchun ham operada tarixiy, afsonaviy, ertak va maishiy mavzular syujet sifatida tanlanar va

endilikda opera nafaqat tomashabob sahna asari, balki tarbiyaviy va tanqidiy ahamiyatga ega ta'sir etish kuchiga ham aylandi.

Italiya operasi. Uyg'onish davriga mansub yangi janr - Opera edi. Opera vatani hisoblanmish Italiyada ushbu janr jadallik bilan rivojlanib bordi. Renessans davrida Florentsiya opera maktabi o'zining boy madaniy hayoti bilan bog'langan holda shuxrat qozondi. Shaharda mavjud bo'lgan shoir, sozanda, honandalar, olim va san'at shinavandalarining to'garagi (camerata) juda mashhur bo'ldi va uni Florentsiyalik mastenant Jovanni Bardi (1534-1612) va uning do'sti kompozitor Yakopo Korsi (1561-1602) lar boshqardi. Ushbu to'garakda yangi musiqiy-dramatik janrning asosini tashkil qiluvchi estetik nizomlar va ba'zi tamoyillar birinchi marta shakllantirildi. Shoir Ottavio Rinuchuni va kompozitor Yakopo Pieri bilan hamkorlikda "Dafna" (1954) va "Evridika" (1600) operalarini yaratdilar. Ushbu operlardan birinchisi "Dafna" ning partiturasi bizgacha saqlanib qolmagan. "Evridika" operasi partiturasi esa yetib kelgan. "Evridika" operasi yangi musiqiy janr-opera janrining ilk asarlaridan biridir. Bu asar Fransiya qiroli Genrix IV bilan Mariya Medichining nikox to'yida ijro etish uchun yaratilgan. Shundan opera musiqasi Pastoral (Cho'ponlar qo'shig'i) harakterga ega.

Operada qallig'ini yo'qotgan Orfeyfa yordamga kelgan Pluton va Orfeyga qallig'i Evridikani qaytarishi haqida so'zlanadi.

Ushbu afsonaviy sevgi mavzusida keyinchalik ko'plab kompozitorlar asarlar yaratishadilar, masalan 1602 yili Dj. Kachchini ham boshqa opera yaratgan.

"Dafna" operasini M. da Galyano O.Rinuchchinining asari asosida 1607-1608 yillarda yozadi. Opera 1 qismli, prolog bilan boshlanadi. Birinchi ijrosi Manguya shahrida bo'lib o'tadi. Opera mavzusi Ovidiyning "Metamorfoza"dan olingan qadimgi afsonaga asoslanadi, prolog va operani ichida rimlik shoir obrazi orqali go'yoki sodir bo'layotganday qilib ifodalanadi.

Operada cho'ponlar podasini eb ketayotgan yovuz ajdardan qutilish uchun xudolar xukumdori Yupiterdan o'tinib yordam so'rashlari, yorug'lik xudosi Apolonni yovuz ajdarni o'ldirishi, Amurni Apollondan oldin bo'lish uchun yni

Venera yordamida yoy bilan yarador qilib Dafnaga-dengiz xukmdorining qizi-sevgi izhor qiladi. Dafna uni taklifini rad qilib lavr daraxtiga aylanib oladi. Sevgilisidan ayrilgan Apollon yni yod etib boshiga lavr yaproqlaridan gulchambar qilib taqib oladi.

O'limidan so'ng lavr daraxtiga aylanib qolgan go'zal Dafna va Apollon mavzulari keyinchalik ham ko'plab kompozitorlar qo'l urishgn D.Peri, Dj.Kachchini va boshqalar.

Florentsiya operasida ariyalar sahnada uncha katta bolmagan musiqachilar jamoasi jo'rligida ijro etilar edi. Yana bir opera markazlaridan biri Rim shaxri edi. Operlar bu yerda aksariyat diniy mavzularda bo'lib, xristian dini nasihatlari bilan yo'g'rilgan edi. Rim operasining eng mashxur kishilaridan Stefano Landi, aka -uka Madrokilar, Marko Maradziolli, Loretto Vittori va boshqalar ajralib chiqdilar. Ayniqsa

I [ccñ^^BI 451 http://oac.dsmi-qf.uz

Stefano Landining ijodi Rim opera uslubiga mos. U yozgan opera "Avliyo Aleksey" 1632 - yilda Barberinlar saroyida sahnaga qo'yildi. Bu operaning yangilik tarafi shunda ediki, unda ilk bor komediya unsurlari operaga kiritildi. Shuningdek Loretto Vittorining "Galateya" operasi ham juda mashxurlikka erishdi.

Buyuk Italiyalik kompozitor Klaudiyo Monteverdi (1567-1643) ijodi tarixda buyuk iz qoldirdi. Uning ijodiga mansub "Orfey" (1607), "Ariadna" (1608) operalari Mantuyada yozildi va sahna yuzini ko'rdi.

Klaudiyo Monteverdining Venetsiyada yozgan so'ngi ikki operasi bizgacha yetib kelgan. Ular "Ulissning vatanga qaytishi" va "Poppeyaning tojlanishi". Monteverdining operasida musiqachilar orkestri tarkibi dastlab 40 kishidan ham ortiq edi, keyinchalik orkestr tarkibi soddalashtirilib kichikroq hajmga solindi, skripkalar ham orkestr tarkibiga kiritildi. Monteverdi operaga unit a'sir kuchini oshirish, voqealar rivojini ochiv berish, opera qaxramonlari ruxiy xolatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi ariyaning o'zi yaratgan yangi turini - "Lamento" (yig'i) olib kirdi va bu tezda opera va oratoriyalarga singib ketdi. Opera yakka qo'shiqchiligining turli shakllarini yaratishda Monteverdi birinchilardan bo'ldi. Uni asarlarida deklamatsiya, variatsiyalashtirilgan, ikki qismli, da capo ariyasi, xalq qo'shig'i shakllari keng qo'llanildi.

Klaudiyo Monteverdining "Ullissning vatanga qaytishi" nomli operasi (IL ritorno d' Ulisse in Patriya) D. Badoaronng librettosi asosida 1641 yilda yozilgan, birinchi ijrosi Venetsiya shaxrida bo'lgan.

"Poppeyaning tojlanishi" - "Koronovanniye Poppyi" (L'incoronazione di Poppeya) operasi Klavdiyo Monteverdi tamonidan 1642 yilda Dj.F. Buzenello librettosi asosida yozilgan. Birinchi marotaba Venetsiyaning Grimani teatrida qo'yilgan. Opera 3 qismdan iborat.

Klavdiyo Monteverdi tamonidan yozilgan "Poppeyaning tojlanishi" operasi musiqasi juda ham ravonligi, opera qaxramonlari ichki dunyosini, qalb tuyg'onlarini, harakterlarini ochib berishda juda ifodali, ravonlikka erishganligi bilan garchi 300 yildan oshiq vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay katta shuxrat qozondi va xozir ham, yani XIX, XX kompozitorlari asarlariga ham ilxom manbai bo'lib xizmat qilib kelmoqda.

Venetsiya opera maktabi XVII asr o'rtalariga kelib mashxurlikda Florentsiya va Rimdan ham o'zib ketdi. Venetsiyada opera ilk bor ommaviy teatrlarda sahnalashtirildi. Ya'ni saroy aristokratlari va zodagonlar auditoriyasidan shahar auditoriyasiga, shahar teatrlariga o'tkazildi. Shaharda birinchi opera teatri San Kasiyano 1637- yilda ochildi. Shundan so'ng shaharda yana yettita opera teatrlari faoliyat boshladi. Endilikda jiddiy operalarga komediya epizodlarini kiritilishi odat tusiga kirdi. Operalar uchun halq qo'shiqlaridan namunalar kiritilishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. "Barkarolla" halq qo'shiqlari kompozitorlar tomonidan keng ravishda operalarga singdirib borildi. Opera aynan Venetsiyada demokratik

I icclT^^^^H 452 http://oac.dsmi-qf.uz

tamoillarga mos ravishda o'zining yangi rivojlanish bosqichiga o'tdi. Venetsiyaning mashxur operachilari - Franchesko Kavalli (1602-1676), Marko Antonio Chesti (16231669) lar edi. Kavalli mahorat bilan yakkahonandalikni rivojlantirdi.

Italiyaning Neapol shahri ko'p vaqtlar musiqa madaniyatining markazi hisoblanib keldi. XVI asrdayoq Neapolda to'rtta konservatoriya faoliyat ko'rsatdi.

Buning natijasida musiqa san'atining barcha janrlari gurkirab rivojlandiva ko'plab musiqa san'ati ijodkorlarni kashf etilishiga kotta turtki bo'ldi. Dunyoviy musiqaning jadal rivojilanishi, XVII asrda opera teatrlarining paydo bo'lishi, ushbu muassasalarining faoliyatini yanada oshirdi.

Fransuz operasi. Fransuz operasi Italiyan operasi bilan XVII asrda raqobatga kirisha olgan yagona mamlakat sifatida tarixda qoldi. Buyuk fransuz kompozitori Jan Batist Lyulli ushbu janrda va boshqa ko'plab janrlarda ijod faoliyati bilan shuhrat qozongan edi. U 1672- 1678 yillar orasida 19 ta opera yozishga muvaffaq bo'ldi. Uning operalarida Fransuz teatri va klassik tragediya favqulodda ta'sir ko'rsatdi. Jan Batist Lyulli opera janrida foydalangan yangi janr bu Balet janri edi.

Balet janri ham dastlab XVI asrda Italiyada ilk ko'rinishlari paydo bo'lib, XVII asrda Fransiyaga kirib keldi va balet musiqasi ham ommalashdi. Endilikda Fransiyda balet san'ati ham jaddalik bilan rivojlandi. Bu ishda albatta usta raqqos Lyullining xizmatlari beqiyosdir. Fransiya opera teatrlarida balaet san'ati alohida spektakklar ko'rinishida ham sahnalashtirildi. Opera tarkibidagi balet sahnalariga ham jiddiy ijodiy munosabat berildi. Natijada orkestr baletda orkestr musiqasi ham yangicha bosqichda rivojlandi. J.Lyulli yaratgan operaning yangi turida Uvertyura ham yangicha tusda shakllandi. Bu uvertyura tarixda "Fransuzcha uvertyura" nomini oldi. "Fransuzcha uvertyura" uch qismdan iborat bo'lib, 1-qismda og'ir, tantanali, salmoqli bo'lsa, 2-qism tez va yengil, ko'p hollarda fugalashtirilgan holda bo'lgan, 3-qism esa, harakteri bo'yicha birinchi qismga yaqin bo'lgan. Umuman Lyulli operalari dramaturgik jihatdan mustahkam kompozitsiyani tashkil etadi. Xor, balet, hajmli orkestr epizodlari - uvertyuralar, muqaddimalar, antraktlar, ommaviy-dekorativ sahnalar shaklning salobati va ishonarli chiqishida katta ahamiyatga ega edi. Bularning hammasi Lyulli operalarida qahramonlik mavzusi, sevgi va burch, hissiyot va ong o'rtasidagi qarama-qarshilikni faol rivojlanishi bilan uyg'unlashgan edi.

Nemis operasi. Ayni davrga kelib Germaniyada ilm fan va san'at boshqa yevropa mamlakatlari orasida orqada qolib ketdi. Buning sababi esa barcha jabhalarda din vakillarining aralashuvi sabab edi. Birinchi nemis operasini yaratishga bo'lgan urunishlar uzoq vaqt samara bermadi. Nihoyat 1627 yilga kelib nemis kompozitori Genrix Shyus "Dafna" operasini yaratdi va u Torgau shahrida sahnalashtirildi.

Oradan bir necha vaqt o'tib 1678 - yilda Gmaburgda birinchi opera teatri ochildi. Bu yerda Collegium Mucikum havaskorlar to'garagi faoliyat boshladi. Ular orasida musiqa savodi bo'yicha eng bilimdoni - Natan Zigmund Kesserning mehnati tufayli

I [ccñ^^BI 453 http://oac.dsmi-qf.uz

Gamburg operasi baddiy jihatdan yuksalishga erishdi. Reynhard Kayzer (1674-1739) opera xonandachiligi shakllarini ixtiro qilish bilan shuhrat qozongan edi, orkestr sado berishi bilan keng miqyosda va erkin tarzda foydalana oladi, rechitativlar ustida puxtalik bilan ishladi. XVIII asrning birinchi o'n yilligi Gamburg operasi uchun gullab yashnagan davr bo'ldi. Gendel bilan musobaqalashib Kayzer "Oktavia", "Neron" operalarini yozdi, bu asarlar kompozitorning eng yaxshi asarlari hisoblanadi. Biroq Kayzerning o'zi operani inqirozi va uning barbod bo'lishiga sababchi bo'ldi. 1702 yil teatr boshqaruvi R.Kayzer qo'liga o'tadi va uning boshqaruvni bilmasligi natijasida bu korxonani bankrotlikka olib keladi. Keyinchalik Kayzerning asarlarida milliy o'ziga xos xususiyat xiralashib, o'chib boradi. Keyinchalik yana bir iste'dod sohibi Reynhard Keyzer nomi Gamburg operasini mashxurlikka olib chiqdi.

Ingliz operasi. Yangi opera janri rivoji Angilyaga ham kirib keldi. Lekin ushbu janrning ahamiyati juda qisqa davr ichida ommalashdi. Operani boshqa teatr asarlaridan mashxur bo'la olmagani ingliz teatrlari - musiqa, dramatik voqelikning uzviy, tarkibiy qismi bo'lib qoldi. Bunda demokratik musiqiy janrlar xalq improvizatsion komediyalari bilan tabiiy ravishda uyg'unlashib ketadi. Nozikroq pastorallar aristokratiya va saroy doiralari o'rtasida sevimli edi. Dramatik asarlar pardalar o'rtasidagi antraktlar musiqiy intermediyalar bilan to'ldirilar edi. Dramatik teatr sahnalarida pardalar orasidagi tanafuus vaqtida musiqiy intermediyalar ijro qilanar edi. Angilyada mashxur "maska" deb ataluvchi dramatik musiqiy janr mashxur edi. Buyuk ingliz opera ijodkori Genri Pyorsell (1659-1695) "Didona va Eney" operasi bilan ingliz opersaini dunyoga tanitdi. Genre Pyorsell operasi ingliz halq kuylarining nozik qirralarini, salobatli lirik kayfiyatini, chuqur benuqson kompozitsiyasini mohirlik bilan ko'rsatadi.

Operada Greklar tamonidan bosib olingan Troya shaxridan Eney qutqarib qolgan Karfagen malikasining xaloskori Eneyga bo'lgan muxabbati haqida hikoya qilinadi.

Operaning prologida sevgi xudosi Venera bilan Febning uchrashuvi, Sevgi va go'zallik xudosini Nereid va tritonlar olqishlayotganligi, cho'ponlar,gullar va baxorning raqslari keltirilgan.

"Didona va Eney" - "Dido and Aeneas" operasi G.Pyerselning moxir kompozitorligidan darak beradi. Opera musiqasi ushbu janrdagi asarlarning eng mashxurlaridan biridir.

XVII asr G'arbiy Yevropa cholg'u musiqasi ijodning mustaqil sohasi bo'lgan cholg'u musiqasi o'z o'rnini birdaniga topa olmadi. Uzoq vaqt cholg'u musiqa -qo'shiqqa jo'rsoz sifatida qabul qilib kelindi. XVII asrda musiqa bilan shug'ullanishdagi turli shakllar - turmush va konsert ijrochiligining jadal rivojlanishi tufayli sezilarli darajada burilish yuz berdi. Bu jarayon polifonik va gamofonik musiqaning parallel rivojlanishi sifatida tasavvur qilish mumkin.ing y'angi turi-opera san'ati kirib kela boshladi.

Uyg'onish davri kompozitorlari tamonidan yaratilgan san'atning deyarli barcha janrjarini qamrab oluvchi yangi opera janri shu taxlit zamonlardan -zamonlarga o'tib deyarli butun insoniyatni ma'naviy va madaniy hayotida uning qalb tuyg'ularini, ichki kechinmalarini, dil izxorlarini, shodliyu g'am-alamlarini-umuman butun borlig'ini ma'naviy ozuqa olishida yordam beruvchi kuch, san'at turi sifatida katta turtki bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Levik B. Chet el musiqasi tarixi (darslik) - Toshkent, 1981.

2. Problemi istoriko-stilevoy evolyusii. Novosibirsk, 1994.

3. Gruber. Vseobshaya istoriya muziki. M., 1965.

4. GalaskaY. Zarubejnaya muzikalnaya literatura. I - IV t. M., 1967.

5. Druskin. Istoriya zarubejnoy muziki. IV t. M., 1963.

6. Keldish. Istoriya russkoy muziki. I - IV t. M., 1973.

7. Ahmadjon Yuldashev, Ortiqov Normatjon, Mirzayev Husniddin " METHODS OF TEACHING STUDENTS TO WORK INDEPENDENTLY IN PERFORMING MUSICAL INSTRUMENTS . ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal Vol 11, Issue 1, January 2021

8. Yuldashev A,AzizovS,, Boboyev V. Jurayev B. " Development of a material and spiritual culture of Central Asian people". Philosophical readings XIII.4 (2021), pp.2585-2591. 2585

9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

11.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

12. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!" European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

21. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.