BUYUK OZARBAYJON KOMPOZITORI UZEIR HOJIBEKOV IJODIY FAOLIYATINING AYRIM QIRRALARI
A.Yuldashyev https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 ahmadj on.yuldashev21 @gmail .com O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada buyuk ijodkor, jahon musiqiy madaniyati xazinasiga ulkan xissa qo'shgan, ozarbayjon klassik milliy opera san'atining asoschisi, turli janrlarda birdek o'z asarlari bilan yuqori o'rinlarda turuvchi serqirra va sermaxsul ijodkor haqida, o'z asarlari bilan minglab qalblarni go'zallikni sevishga, yovuzlikka qarshi ayovsiz kurashgqa undovchi ijodkorning opera janrida yaratgan yangiliklari va o'ziga xos qirralari haqida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Musiqiy janrlar, musiqa nazariyasi, garmoniya, ritm, xalq qo'shiqlari, ansambl, komik-opera (operetta), libretto, opera, kontsert, uvertyura, musiqiy fantaziyalar, kontata, oratoriya, simfoniya.
SOME ASPECTS OF THE CREATIVE ACTIVITY OF THE GREAT AZERBAIJAN COMPOSER UZEIR HOJIBEKOV
A.Yuldashyev https://orcid.org/0000-0003-2379-7772 ahmadj on.yuldashev21 @gmail .com Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article is about the great creator, who made a great contribution to the treasure of world musical culture, the founder of the Azerbaijani classical national opera art, the prolific and prolific creator who ranks high with his works in various genres, with his works. It talks about the novelties and unique features of the creator, who urges thousands of souls to love beauty and fight against evil.
Keywords: Musical genres, music theory, harmony, rhythm, folk songs, ensemble, comic opera (operetta), libretto, opera, concert, overture, musical fantasies, cantata, oratorio, symphony.
Ozarbayjon kompozitori, dramaturg, musiqashunos, musiqiy va adabiy jamoat arbobi Uzeir Hojibekov Ozarbayjon zamonaviy professional musiqasining asoschisi hisoblanadi. Ozarbayjon madaniyati tarixida Uzeir Hojibekovning o'rni beqiyosdir. Uzeir Hojibekov faqatgina kompozitor bo'lib qolmasdan, ayni paytda umrining aksar
qismini ozarbayjon xalq qo'shiqlarini o'rganishga bag'ishlagan musiqiy olim, ozarbayjon, rus va boshqa xalqlar do'stligini mustahkamlashning faol kurashchisi, ko'plab ozarbayjon musiqachilarini tarbiyalagan moxir pedagogdir.
Uzeir Abdul Huseyn-o'gli Hojibekov 1885 yili, sentyabr oyida Tog'li Qorabog' viloyatining Shusha shahri yaqinida dunyoga keldi.
Shusha shahrida boshlang'ich ta'limni olib 1899 yili Gori shahriga keldi va besh yil davomida skripka chalishni va musiqiy savodni o'rgandi. Musiqa nazariyasi, kompozitsiya kabi fanlarni yaxshi o'zlashtirgandan so'ng, o'zi bolaligidan yaxshi bilgan xalq qo'shiqlarini to'plab notaga tushira boshladi. Bu Uzeir Hojibekovning musiqiy-etnografik va ijodiy faoliyatining boshlanishi edi.
O'quvchilar orkestri xori tarkibida kuylab yurgan chog'lari birinchi marotaba ko'p ovozlik ijro bilan tanishadi. Ushbu jamoada Uzeir Hojibekov birinchi marotaba rus va evropa musiqasi bilan tanishadi, bu tanishuv yosh, musiqa san'atini sevuvchang iqtidorli Uzeir qalbiga o'zgacha cho'g' soladi.
1904 yili Uzeir Hojibekov bir yil maktabda o'qituvchilik qildi va Boku shahriga ko'chib o'tdi. Uning keying hayoti ushbu yirik madaniyat va san'at markazlaridan biri bo'lgan Boku shahri bilan bog'landi. Bokuda Uzeir Hojibekov jurnalistika sohasida mohir maqolanavis bo'lib ta'nildi. Pedagoglik qildi, ozarbayjon-Rus imloviy-lug'tini tuzish ustida ishladi, rus klassik adabiyoti na'munalaridan Ozarbayjon tiliga tarjimonlik qildi. Ammo adabiyot bilan shug'ullanishi Uzeir Hojibekovga musiqa bilanshug'ullanishiga, musiqiy faoliyat olib borishiga halaqit bermadi. 1907 yilda Uzeir Hojibekov ko'pdan beri orzu qilib yurgan opera-Muhammad Sulaymon o'gli Fuzuliy (1498-1556 y.) she'riy sayqal bergan "Layli va Majnin" dostoni syujeti asosida asar yaratishga kirishdi. Opera librettosini o'zi yozgan Uzeir Hojibekov asar musiqasi uchun Ozarbayjon xalq mugamlarini tanladi. Lekin operada mugamlarni qaysi ko'rinishda qaysinisini ijro qilishni orkestrdagi moxir sozandalar bilan birgalikda olib bordi. Masalan, Uzeir Hojibekov "Layli va Majnun" - Go'zal va latofatli Layli va Qaysning ilk ucrashadigan I-sahna uchun "Segoh" lirik mugamidan, Qaysning Majnun bo'lib, iztirob chekib darbadarlikda yurushlari sahnasida (3 va 4 pardalar) chuqur qayg'u va alamni ifodalaydigan "Shutur" hamda "Bayoti Sheroz" mugamlaridan foydalanishi juda o'rinli bo'lgan va asar qaxramonlari obrazlarini ochib berishga katta yordam bergan. Mugomlar ushbu operada qo'shiq, raqs kabi ozarbayjon xalq musiqasi janrlari qatorida an'anaviy opera shakillari bilan ham uyg'unlashib ketgan. Operani 1908 yilda yozib tugalladi. Operaning birinchi ijrosi 1908 yil, 12 yanvar kuni Boku shahrida A.Axverdiyev boshchiligida qo'yildi. "Layli va Majnun" ning go'zal ishq dostonini tarannum qiluvchi, kuchli muxabbat, uni ta'sirida insonni baxtli qilish, agar undan ajrasa aqldan ozish- Majnun darajasigacha boorish haqidagi go'zal avsonaviy voqealar tarixda ko'plab Sharq adabiyotchi-shoirlarni qiziqtirib, ushbu sevgi avsonasi haqida asarlar
yozishlariga ishtiyoq tug'dirgan. Birinchi o'rida Nizamiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Muhammad Sulaymon o'gli Fuzuliy, Indalib va boshqa o'z davrlarining, umuman hozirgi vaqtda ham mashxur bo'lgan shoirlari ham ushbu go'zal sevgi qissasi haqida asarlar yozishgan. Nizamiy Ganjaviy, Alisher Navoiylar o'zlarining besh jilddan iborat "Hamsa" to'plamlariga kiritishgan, lekin barchalari o'zlariga hos tarzda asarni talqin qilishgan, natijada biri-biridan go'zal sevgi haqidagi asar bunyodga kelgan. Uzeir Hojibekov Muhammad Sulaymon o'gli Fuzuliyning talqinidagi variant bo'yicha operani yaratdi. Uzeir Hojibekovning "Layli va Majnun" operasi birinchi Ozarbayjon opera san'atining tug'ulgan yili hisoblanadi. O'sha davr turmushi va diniy urf-odatlari sharoitida operani sahnaga olib chiqish kompozitor uchun ko'p mashaqqatlar va taqiqlarga bir necha bor uchrashiga qaramay bu zaxmatli vazifani amalga oshirdi. Opera honandaligidan habardor bo'lgan sahnada ijro eta oladigan qo'shiqchilarni toppish ancha mashaqqatli o'tdi. Mugam aytadigan havaskorlarni ichida ham yaxshi ijrochilarni toppish, ayniqsa bosh rol- Layli obrazini yaratishga ko'p qiyinchilik tug'ildi. Shariat qonun bo'yicha ayol kishini sahnaga chiqishi taqiqlanardi. Shu sababli bir erkakni bir amallab Layli rolini, ayol qiyofasida sahnada rol ijro etishga ko'ndirildi. Ko'plab sharq, musulmon davlatlarida bunday hol dastlabki teatr san'ati rivojlanayotgan paytlarda ko'p bora uchrab turadi. Faqat 1912 yildagina Shavkat xonim Mamedova degan Ozarbayjon ayoli jasorat ko'rsatib sahnaga chiqishga jazm etgan. Orkestr cholg'uchilarini shakillantirishda ham bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi, cholg'uchilarning aksari nota yozuvini bilishmasdi va eshitib chalishar edi, bu esa to'liq partitura bo'yicha bir tekisda ravon ijroga erishishda uzulishlarga olib kelardi. Bunday qiyinchiliklarni opera partiturasini engillashtirib, oddiy simfonik orkestr tarkibi uchun qayta yozib chiqish blan bartaraf etildi. Opera 1908 yili sahnaga chiqarildi. Tomoshabinlar kutilganidan ham ortiq kelishdi. Opera katta muvoffaqiyat qozondi. Qadimiy mavzuning yangicha talqini san'atsevarlarga juda manzur bo'ldi.
Biroq hukmron doiralar, chorizm amaldorlari operaga shubha va bepisandlik bilan munosabatda bo'ldilar. Chunki operaning har bir sahnasi demokratik kayfiyatdagi insonlarga juda ma'qul bo'lardi.
Uzeir Hojibekov ikkinchi operasi "Shayx San'on" improvizatsiyadan voz kechib, mugamlardan foydalandi va o'zi ham ko'p kuylar yaratdi. Ammo tomoshabinlar uni yaxshi qabul qilmadilar.
Uzeir Hojibekovning keying operalari "Rustam va Suxrob" 1910 yilda, "Shox Abbos va Xurshid bonu" 1911 yilda, "Asli va Karim" 1912 yilda yozgan operalarida kompozitor musiqiy dramaturgiyaning turli printsiblarini qo'llaydi. Ushbu operalarda u ilk marotaba leytmotivni qo'llaydi va bu keyinchalik kompozitor ijodi uchun xos bo'lib qoladi.
Uzeir Hojibekovning "Er va xotin" 1909 yili, "Unisi bo'lmasa bunisi" 1910 yil, "Arshin mol-alan" 1913 yilda yozilgan musiqiy komediyalari (operettalari) katta ijtimoiy ahamiyat kasb etgan, xalq ichida juda mashxur bo'lgan asarlardandur.
Uzeir Hojibekovning "Arshin mol-alan" operettasidagi operetta sahnalarga chiqqanidan so'ng mashxur bo'lib ketgan iborasi: "Bitta mulla, uch so'm pul, bir kalla qand"- deyarli barcha operettani ko'rgan honadonlarning kundalik hayotlarida tez-tez hazillashib aytib yuriladigan haqiqiy ma'nodagi "Xalq iborasi" darajasiga etdi. Ushbu asar o'zining komedik janrdaligi bilan, ozarbayjon musiqasi sharq xalqlari musiqalari bilan bir-birlariga yaqin bo'lganligi tufayli oddiy tomoshabin ham sevib tamosha qiladigan asar sifatida katta shuxrat qozondi.
Asarning bosh qaxramoni tamonidan o'ylab topilgan "Qalliq tanlash" hiylasi real hayotda ham uchrab turishi mumkin bo'lgan holatlarga yaqinligi tufayli barcha sevib ko'radigan asar darajasiga ko'tarildi.
Uzeir Hojibekovning "Arshin mol-alan" asari ko'plab davlatlar teatrlarida katta muvovvaqiyatlar bilan xozirgi kunlarda ham qo'yilib kelinmoqda. Uzeir Hojibekovning "Arshin mol-alan" asari asosida shu nomdagi kinofilm ham yaratilgan va bu o'z navbatida asarni minglab tomoshabinlar ham ko'rib, undagi voqealardan zavqlanib ularni madaniy, estetik zavq olishlariga sabab bo'lgan va hozirgi avlod tomoshabinlari ham sevib ko'radigan asar sifatida o'z qiymatini yo'qotmagan.
Uzeir Hojibekov ijodiy faoliyat yuritish bilan bir vaqtning o'zida Ozarbayjonda musiqiy hayotni yanadarivojlantirish, jahon va g'arb xalqlari musiqalaridan keng ommani ham birday man'faat olishlarida kerak bo'ladigan umumiy musiqiy savodxonlik, barcha yo'nalishlarda professional musiqachi sozandalarni, xonandalarni tayyorlash muxim jarayon ekanligini chuqur his qilgan holda katta targibot va tashviqot ishlarini ham olib bordi.
Uzeir Hojibekovning ijtimoi, musiqiy jamoatchilik faoliyati keng rivojlanib boradi. U Ozarbayjonda birinchi Bolalar musiqa maktabi, keyinroq musiqa bilim yurti va Davlat konservatoriyasini ochilishiga katta xissa qo'shgan musiqiy o'quv yurtlarining tashkil qilishda muxim rol o'ynagan asoschilaridan biri sifatida Ozarbayjon madaniy hayotida o'z o'rniga ega bo'lgan buyuk shaxs sifatida el, yurt xurmatini qozondi. Keyinchalik Uzeir Hojibekov ijodiy ishlar bilan bir vaqtda konservatoriyada hayotining so'ngi kunlarigacha professor va rektor bo'lib ishladi Uzeir Hojibekovning tinimsiz izlanishi, musiqiy hayotni rivojlantirishga bo'lgan xarakatlaridan so'ng Ozarbayjonda birinchi ko'p ovozlik qo'shma xor jamoasi va nota bilan chaladigan xalq cholg'ulari orkestri vujudga keldi. Bu ulkan ishlarning amalga oshishi natijasida musiqa janrini xar ta'monlama keng rivojlantirish va targ'ibot qilishga katta turtki va imkon berdi, milliy musiqa san'ati gullab-yashnashiga munosib xissa qo'shdi.
Uzeir Hojibekov 1936 yilda o'zining eng mashxur-ozarbayjon xalqining feuodal zulimga qarshi kurashiga bag'ishlangan "Go'r o'g'li" nomli operasini yozdi
Operadagi musiqalar juda chiroyli va asar ruxiyatini ochib berish uchuch katta yordam berish bilan birgalikda, uning ayrim nomerlari turli millatlarning orkestrlari kontsert dasturlarida ham ko'p bora kiritiladigan asarlar darajasidaligi bilan maqtovga sazovordir. Asarning "Uvertyura" qismi o'zining milliy Ozarbayjon ohanglari va zamonaviy nyuanslar bilan moxirona uyg'unlashganligi, uning tantanovor, chaqiriq ruxiyatidagi frazalari milliylik va ko'p mavzuliligi bilan ijrochilardan o'ziga hos malaka talab qiladigan darajada yozilganligi bilan ham qiziqarli va yodda qolarlidir.
Opera va musiqiy dramalardan tashqari Uzeir Hojibekov kantatalar, simfonik orkestr uchun pyesalar, milliy cholg'u asbobi "Tor va simfonik orkestr uchun" bir necha "Fantaziya"lar, "Kontsert"lar, xor uchun asarlar, ko'plab qo'shiqlar yozdi.
1945 yili Ozarbayjon davlat madhiyasini yozdi.
Uzeir Hojibekov 1948 yil, 23 noyabr kuni vafot etdi.
Ozarbaylon milliy musiqiy hayotida ulkan hissa qo'shgan, uni xar tamonlama keng miqiyosda rivojlantirish uchun ta'mal toshini q'ygan birinchi kompozitorlardan biri sifatida uning nomi mana asrlar osha o'chmay kelmoqda.
Garchi buyuk ijodkor bu olamni tark etgan bo'lsada u o'zi hayotligidayoq o'z asarlari orqali qurib ketgan eddan chiqmas xotiralar, xalq ardog'idagi yetuk asarlar mana necha asrlardan beri jahon teatrlari sahnalaridan, kontsert zallaridan tushmasdan minglab insonlar qalbini rom qilib kelmoqda.
Uzeir Hojibekov nomini abadiylashtirish, kompozitor yaratgan asarlarni targ'ibotini yanada kengaytirish maqsadida ko'plab musiqa va san'at oily va o'rta maxsus o'quv yurtlariga, ko'chalar, madaniyat saroylariga uning nomi qo'yilgan, Uzeir Hojibekov nomidagi Xalqaro miqiyosda konkurs va tanlovlar davomli ravishda o'tqazilib kelinmoqda. Bu tanlov bir necha bosqichlarda o'tkaziladi, eng asosiysi ishtirokchilarning ijro dasturlarida albatta Uzeir Hojibekovning asarlaridan na'munalar bo'lishligi uni asarlariga bo'lgan qiziqishni yanada oshiradi va kompozitor ijodi yanada keng auditoriyaga tarqaydi. Oliy va o'rta maxsus musiqa san'ati o'quv yurtlarida Uzeir Hojibekovning ijodiy faoliyati keng targ'ib qilinib o'rganilmoqda. Bu esa Uzeir Hojibekovning asarlari zamonlar oshgan sari o'z qadrini yanada oshirayotganligidan dalolatdir. Uzeir Hojibekovning musiqalari, operalari katta san'at saroylari, teatrlari sahnalarida uzoq yillar yashab qolajakdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. 2022-2026 yillarda Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi. T. PF-60 28.01.2022 y.
2. Smirnova E. A. Samonov "Rus musiqiy adabiyoti" Musiqa-1986 y.
3. Popov T. V. "Rus musiqiy adabiyoti" Musiqa-1989 y.
4. Levik B. Chet el musiqasi tarixi (darslik) - Toshkent, 1981.
5. Problemi istoriko-stilevoy evolyusii. Novosibirsk, 1994.
6. Nigora Nurillayeva "Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Xalqlari kompozitorlari" 2016 yil.
7. Ahmadjon Yuldashev, Ortiqov Normatjon, Mirzayev Husniddin "METHODS OF TEACHING STUDENTS TO WORK INDEPENDENTLY IN PERFORMING MUSICAL INSTRUMENTS." ACADEMICIA
8. Jurayev, I. (2022). A Look at the Creative Work of the People's Artist and Composer of Uzbekistan Komiljon Otaniyazov. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 61-65.
9. Jo'Rayev, I. (2021). O'SMIRLIK YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR. Oriental Art and Culture, 2(4), 288-294.
10. Kurbanova, M., Ismoilova, M., & Ahmedov, R. (2022). The Past And Present Of Women's Art. Journal of Positive School Psychology, 2526-2529.
11. Mamatov, J. (2022). Art as a Means of Reflecting the Realities of Life. Kresna Social Science and Humanities Research, 6, 68-71.
12. Boboev, V. (2022). Repertoire Problems and Solutions for Uzbek Folk Orchestra. Kresna Social Science and Humanities Research, 5, 58-62.
13. Azizov, S. (2022). Local Styles in Uzbek Music Performance and Their Essence. Kresna Social Science and Humanities Research, 6, 80-84.
14. Pulatov, R. (2022). The Importance of Muscle Relaxation Exercises in Actor's Stage Attention. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 2(4), 66-69.