INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
M.ASHRAFIYNING OPERA XOR IJODIYOTI Shokarimov O'ktamjon Ibragim o'g'li
O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Akademik xor dirijyorligi" kafedrasi katta o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7434534
Annotatsiya.O'zbek musiqa san'atining atoqli namoyandalaridan biri mashhur kompozitor va dirijyor, murabbiy va jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy o'zbek musiqa madaniyatini rivoj topishiga katta hissa qo'shgan san'atkordir.
Kalit so'zlar: opera, xor, kantana, musiqiy asarlar, xor ijodiy, kompozitorlar.
ОПЕРНОЕ ХОРОВОЕ ТВОРЕНИЕ М.АШРАФИ
Аннотация. Мухтар Ашрафий, один из известных деятелей узбекской музыки, известный композитор и дирижер, педагог и общественный деятель, артист, внесший большой вклад в развитие узбекской музыкальной культуры.
Ключевые слова: опера, хор, кантана, музыкальные произведения, творческий хор, композиторы.
OPERA CHORUS CREATIVITY M.ASHRAFI
Abstract. Mukhtar Ashrafiy, one of the famous figures of Uzbek music, a famous composer and conductor, teacher and public figure, an artist who made a great contribution to the development of Uzbek musical culture.
Keywords: opera, choir, cantana, musical compositions, creative choir, composers.
Muxtor Ashrafiy 1912 yili 11 iyunda Buxoro shahrida sozanda oilasida tug'ildi. Dastlab sharq musiqa maktabida, keyinchalik musiqa texnikumida o'qib yetuk sozanda va maqomdon ustalardan dutor chalishni va maqom ijrochiligi yo'llaridan ta'lim oladi. 1928 yilda esa Samarqand musiqa va xoreografiya institutini talabasi bo'ldi va bu dargohda etnograf va kompozitor N.N Mironovdan kompozitorlik va dirijyorlik ilmini, nazariy va notalashtirish uslublarini o'rganadi. Shu yillari Samarqand radiosida ham ishlaydi, qo'shiqlar hamda ko'p ovozli asarlar yaratadi. Institutni bitirgach, 1931 yilda Toshkentdagi o'zbek davlat musiqiy teatriga dirijyor va musiqa rahbari qilib tayinlandi. 1943-1947 yillari M.Ashrafiy o'zbek opera teatri dirijyori, musiqa rahbari va direktori, 1947-1962, 1970-1966 yillari Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari, bosh direjyori, 1966-1975 yillarda Alisher Navoiy nomidagi akademik katta opera va balet teatri musiqa rahbari va bosh dirijyori lavozimlarida ishladi. M.Ashrafiy 1926 yildan boshlangan dirijyorlik faoliyatida «Farhod va Shirin», «Gulsara», «Arshin mololon» musiqali drama komediyalaridan boshlab, «Zaynab va Omon», «Maysaraning ishi», «Ulug'bek», «Layli va Majnun», «Zulmatdan ziyo», «Karmen», «Aida», «Traviata» operalari, «Jizel», «Shopeniana», «Shelkunchik», «Spartak», «Paxta» baletlari singari o'zbek kompozitorlari va jahon klassik kompozitorlarining yuzdan ortiq asarlariga dirijyorlik qildi.
M.Ashrafiy S.N.Vasilenko bilan 1939 yilda «Bo'ron» nomli birinchi o'zbek operasini yaratdilar. Keyinchalik esa «Ulug' kanal», S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda «Dilorom», «Shoir qalbi» operalarini, «Sevgi tumori», «Temur Malik», «Jasorat», «Muhabbat va qilich», «Rustamnoma» baletlarni yozdi va muvaffaqiyatli sahnalashtirildi. M.Ashrafiy ijodida simfonik va vakal simfonik musiqa janrlari ham muhim o'rin egallaydi. Ikkinchi jahon urushi yillarida yaratilgan uch qismdan iborat «Qahramonlik» simfoniyasi yana shu davrda yaratilgan, «G'oliblarga shon-sharaflar bo'lsin» simfoniyalarida xalqimizning bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashi ifodalangan. M.Ashrafiy qalamiga mansub beshta simfonik syuitasi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
yaratilgan bo'lib, («Bahor o'lkasi», «Farg'ona syuitasi») uch qismli syuita, tojik syuitasi, beshinchi syuita «Opa-singil Rahmonovalar» kinofilhmi asosida yaratilgan bo'lib, ushbu janrda ham barakali mehnat qilganligidan dalolat beradi. Bundan tashqari «Tantanali marsh», «Vatanimiz tongi», «Tinchlik tarafdorining namoyishi» simfonik asarlari, «O'zbekiston», «Baxt haqida qo'shiq», «Olovli kunlar» vokal-simfonik poemasi, «Rustamnoma» epik oratoriyasi ham uning ijodiga mansubdir.
M.Ashrafiy jahonning ko'p sahnalarida o'z dirijyorlik mahoratini namoyish etgan bo'lib, uning asarlari ham turli davlatlarda musiqa jamoalarida ijro etilgan. Ustoz san'atkor yuzlab shogirdlar yetishtirdi. F.Nazarov, D. Abdurahmonova, A.Abduqayumov, M.Lazarev, U.Madiyorov, O.Halimov, Q.Usmonov, G'.To'laganov, F.Yoqubjonov, E.Azimov, singari mohir dirijyorlar shular jumlasidandir.
Ustozning san'atimiz rivojiga qo'shgan buyuk ishlari munosib taqdirlangan bo'lib, 1939 yili O'zbekiston va 1951 yili sobiq ittifoq xalq artisti faxriy unvonlariga, uch marta davlat mukofotlari, Javoharlal Neru (1972) va Jamol Abdul Nosir (1973) nomli xalqaro mukofotlarga sazovor bo'lgan.
Opera san'ati paydo bolgandan buyon qancha-qancha bastakorlar dunyoga kelib,shu janrda qalam tebratib korishgan. Turli tillarda koplab operalar sahnalashtirilgan.Ulardan birlari faqat bir marta,boshqalari ko'p marta qo'yilgan. O'zbekistonda esa opera janri XX asr boshida o'zbek musiqa dramasining rivoji asosida, shuningdek chet el mumtoz operaning ta'sirida yuzaga keldi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Toshkentga gruzin, italyan, tatar, rus va ozarbayjon opera gruppalari gastrolga kelgan, 1918-yildan Rus opera teatri o'z faoliyatini boshladi. 1929-yilda Muhiddin qori Yoqubov tashabbusi bilan o'zbdk musiqali teatri ishga tushdi. Uning repertuari asosan musiqali dramalardan iborat bo'lgan. Mazkur teatr sahnasida o'zbek tilida birinchi bo'lib M.Magomayevning «Nargiz», E.Brusilovskiyning "Er Targ'in" operalari qo'yildi. O'zbek opera va balet gruppasi O'zbek musiqali teatri zaminida yuzaga kelib, o'z faoliyatini kompozitorlar S.Vasilenko va M.Ashrafiy yaratgan «Bo'ron» operasi bilan boshladilar. Bu asarning sahnalashtirilishi O'zbekistonning musiqali teatr hayotida katt a voqea bo'ldi. Aynan, «Bo'ron» operasi premerasidan so'ng musiqiy dramatik teatr O'zbek opera va balet teatri nomini oldi.«Bo'ron» operasida o'zbek xalqining chorizmga qarshi 1918- yilgi qo'zg'oloni davri o'z aksini topgan. Operaning bosh qahramoni xalq bo'lganligi sababli ommaviy sannalar muhim ahamiyatga ega, har bir pardaning avjini xalq sahnalari tashkil etadi. Opera xorlarida kuy materiali ko'proq «sitatali» bo'lib, u xalq kuylari va Hamza qo'shiqlaridan olingan. Masalan, 1-pardadagi dehqonlar xori Hamzaning «Ishchi bobo», 2-pardaning final sahnasida "Biz ishchimiz" qo'shig'i yangraydi. Asarda xalq musiqa ijodiyoti namunalari orqali gavdallantirilgan lavhalar muvaffaqiyatli chiqqan, biroq rechitativlarda musiqa va nutqni ohangga solishda nomuvofiqlik seziladi. Kompozitorlar mazkur asarda dramatik spektaklni musiqalashtirish uslubiga barham berdilar. Bu asarda musiqa jo'r bo'libgina qolmay, balki tashkiliy ahamiyat kasb etadi. Ariyalar oddiygina ijro etiladigan qo'shiq sifatida emas, balki qahramon obrazini yorituvchi vosita bo'lib keldi. «Bo'ron» bilan deyarli bir vaqtda ANavoiy dostoni asosida «Layli va Majnun» operasi ustida ham ish olib borildi. 30 -yillarda «Layli va Majnun» musiqali drama sifatida namoyish etilgan edi. Tomoshabinlar e'tiborini qozongan bu asar qaytadan ishlanib operaga aylantirildi. Librettosiga juda ko'p voqealar kiritildi. Ushbu asar musiqa tuzilishiga ko'ra o'zbek musiqali dramasi an'analarini davom ettirdi. Operaning asosi yakka kuylashdan iborat bo'lib, ansambil va xorlar kam o'rin egallagan. Orkestr
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ko'proq xonandalarga jo'r bo'ladi. Ariyalar og'zaki an'anadagi kasbiy musiqa naunalariga asoslangan. Operada musiqiy tavsiflar kam. Emotsional jihatdan bir rejaliligi mazmuni va musiqa rivoji sustroq bo'lganligiga qaramay, «Layli va Majnun» operasi tinglovchilar e'tiborini qozondi. Asar partiturasida mavjud bo'lgan qisman opera dramaturgiyasi elementlari o'zining milliy badiiy an'analar bilan uzviy bog'langanligi uchun qimmatlidir. Shunday qilib, rus va o'zbek kompozitorlarining hamkorligida yaratilgan birinchi opera «Bo'ron» va «Layli va Majnun» o'zbek musiqa teatrining keyingi rivojiga asos bo'ldi, zamonaviy professional san'atning murakkab janrlarini o'zlashtirishga yordam berdi. O'zbek musiqali teatri o'zining o'n yillik (I929-I939) faoliyati davomida Musiqali etnografik ansambillardan musiqali nomerlarga ega dramatik spektakllar orqali musiqali drama hamda undan operagacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Dastlabki o'zbek operalari o'zbek va rus kompozitorlarining ijodiy hamko rligi natijasida hamda O'zbekistonda ijod qilgan rus kompozitorlarining mahalliy mavzudagi ijodida rivojlandi. XX asrning 4G-yillaridan boshlab o'zbek opera san'atining yo'nalishida yangi davr boshlandi. Birin-ketin turli mavzulaida yaratilgan operalar paydo bo'la boshladi. Ikkinchi Jahon urushi yillarida vatanparvarlik va tarixiy qahramonlik mavzularida A.Kozlovskiyning «Ulug'bek». O.Chishkoning "Mahmud Tarobiy" operalari yaratildi. Urushdan keyingi dastlabki yillarda ko'proq musiqali drama rivojlangan bo'lsa, 5G-yillarning ikkinchi yarmida kompozitorlarning opera janriga qiziqishlari sezilarli darajada kuchaydi. Ushbu davrda yaratilgan musiqaviy sahna asarlarini xarakterlar ekanmiz, birinchidan, dramaturgiya mazmuni voqelikning muhim tomonini aks ettirishga intilishi natijasida zamonaviy mavzuda keskin burilish kashf etgani, ikkinchidan esa o'zbek kompozitorlarining mustaqil ijod qila boshlanishi ko'zga tashlanadi. 1950-I966-yillarda teatr repertuari bir qator asarlar bilan boyidi. Sahnada namoyish etilgan operalar qayta ishlanib yangi tahrirda yuzagi keldi. Masalan, M.Ashrafiy va S.Vasilenkoning «Ulug' kanal» deb nomlangan operasi yangi tahrirda «Baxt vodiysi» deb o'zgartirib namoyish etildi. R.Gliyer va T.Sodiqovning «Gulsara», T. Jalilov va B. Brovsinning «Tohir va Zuhra», G.Mushel va V.Uspenskiyning «Farhod va Shirin» kabi operalari shular jumlasidan. 1958-yildan boshlab yangi teatr mavsumi boshlandi, o'zbek kompozitorlari yangi opera asarlarini sahnalashtira boshladilar. Bular M.Ashrafiyning «Dilorom» (I95S), T.Sodiqov, Y.Rajabiy B.Zeydman va D.Zokirovlaming «Zaynab va Omon» (1958), S.Yudakovning «Maysaraning ishi» (1959), S.Boboyevning «Hamza» (1961), M.Ashrafiyning "Shoir qalbi" (1962), M.Yusupovning «Xorazm qo'shig'i», R. Hamroyevning «Zulmatdan ziyo» (1966) operalaridir. Mavzu va badiiy saviyasi har xil bo'lgan mazmunli asarlar tomoshabinlar tomonidan turlicha qabul qilindi. Ba'zilari sahnadan tezda tushib ketdi, boshqalari esa teatr repertuaridan muhim o'rin egalladi. I95G-yillaming oxiri o'zbek musiqali teatri tarixida yangi opera janrining paydo bo'lishi bilan ajralib turadi. I958-yilda kompozitor S.Yudakovning «Maysaraning ishi» deb nomlangan birinchi o'zbek hajviy operasi yaratildi. Bir qator davlat teatrlarida sahnalashtirilgan, chet ellarda ham qiziqish uyg'otgan mazkur opera librettosi H.H. Niyoziyning shu nomdagi pyesasi asosida S.Abdulla va M.Muxamedovlar tomonidan vozilgan.
O'zbek musiqasi tarixida birinchi opera I939-yilda yaratilgan,deb ko'pgina kitoblarda yozilgan.Bung-o'sha paytda yosh bastakor bo'lgan Muxtor Ashrafiyning ustozi S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda yozgan "Boron" operasi misol bola oladi. O'zbekistonda opera janrining shakllanishida dastlabgi pog'ona bo'lgan "Bo'ron"dan keyin talaygina o'zbekcha operalar dunyoga keldi. Bular-R.Glier va T.Sodiqovning "Layli va Majnun",Muhtor Ashrafiyning "Dilorom","Shoir xotirasi",Rashid Hamraevning "Zulmatdan ziyo", Sobir Boboyevning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
"Hamza","Fidoyilar",Hamid Raximovning "Zafar",Ibrohim Hamraevning "Oyjamol",Ikrom Akbarovning "So'g"d elining qoploni",Mutal Burhonovning "Alisher Navoiy",Sayfi Jalilning"Zebunniso", M.Vafoyevning "Umar Xayyom", Ulug'bek Musayev ,Nurilla Zokirov,Rustam Abdullayev ,Habibulla Rahimov,Avaz Mansurov kabi o'zbek bastakorlarining qator operalaridir.
Sulaymon Yudakov yozgan opera -"Maysaraning ishi", birinchi o'zbek hajviy operasi bo'lib,butun dunyoga tanilganini alohida ta'kidlab o'tish lozim.
Bolalar uchun yozilgan va sahnalashtirilgan o'zbek operalari ko'p emas. Bular-Sobir Boboyevning"Yoriltosh",Sayfi Jalilning "Malikai ayyor" va Avaz Mansurovning "Hayvonlar sultoni" operalari.
Muxtor Ashrafiy I9I2-I975 yillarda yashab ijod qilgan,o'zbek professional bastakorligi shakllanishida birinchilardan bo'lgan musiqa san'ati allomasidir.Uni xalqimiz bastakor,dirijyor,ustoz,katta rahbar sifatida yaxshi tanigan, qilgan mehnatlariga yarasha ardoqlagan.Vafotidan so'ng uning nomiga konservatoriya, bilim yurti, maktablar, ko'chalar qo'yilishi bejiz emas albatta.
Muxtor Ashrafiy bastakor sifatida barcha janrlarda ijod qilgan.Uning qalamiga mansub 4ta opera 3 ta balet,2 ta simfoniya va boshqa ko'pgina kamer-cholg'u, kamer vokal va o'nlab qo'shiqlarni sanab o'tish mumkin. Ijodkorning Toshkentda yashagan uyi bugungi kunda "Uy-muzeyga aylantirilgan". Musiqa san'ati shinavandalari bu u y muzey bilan yaqindan tanishish uchun barcha viloyatlardan tashrif buyurishib ziyorat qilishadi.
REFERENCES
1. R.Solomonova, R.Abdullayev "o'zbek musiqa tarixi va xrestomatiyasi". T.I9S3 yil.
2. Sh.Ro'ziyev "Xorshunoslik". T.1987 yil.
3. Ye.V.Romanovskaya stati i dokladbi. Zapisi muzbikalna folklora (sost. M.Kovbas) T.I957.
4. Yu.Rajabiy "o'zbek xalq musiqasi" t III. Toshkent I959.
5. Shokarimov, U. (2G22). KOMPOZITOR BOLALARGA. Science and innovation, 1(C7), 3I5-3I7.
6. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING DAVRIY BOSQICHLARI. Science and innovation, 1(C7), 3IG-3I4.
7. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA BOLALAR QO 'SHIQLARI. Science and innovation, 1(C7), 322-327
S. Shokarimov, U. (2022). O 'ZBEKISTONDA XOR SAN'ATINING
RIVOJLANISHI. Science and innovation, 1(C7), 3G7-3G9. 9. Shokarimov, U. (2022). "AVESTO" KITOBIDA XOR IJROCHILIGIGA OID AYRIM MA'LUMOTLAR. Science and innovation, 1(C7), 3IS-32I.