UDK: 636.398.5
ORENBURG ZOTLI ULOQLARNING JINSIY DIMORFIZMGA BOG'LIQ GEMATOLOGIK KO'RSATKICHLARI
Yunusov X.B. - professor Djambilov B.X. - dotsent ORCID.ORG/0009-0004-3902-4437
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
Annotatsiya. Mazkur maqola yurtimizga chetdan keltirilgan oq tusli orenburg tivit echkilarining gematologik ko'rsatkichlari o'rganilgan. Bunda ilk bor birinchi tug'imdan olingan uloqlarning turli jins bo'yicha gematologik ko'rsatkichlari dinamikasi postembrional davrning sut emish bosqichigacha o'zaro taqqoslanib tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: echkichilik, orenburg zoti, eritrotsit, leykotsit, gemoglobin, dinamika, postembrional davr.
Kirish. Ma'lumki organizmning shaxsiy taraqqiyot davri (ontogenez) ikki katta davrga bo'linadi. Ontogenezning birinchi davri embrionol davr hisoblanadi. Embrional davrda organizmning o'sish va shakllanishi juda tez o'tadi va rivojlanayotgan homila har xil o'zgarishlarga juda sezgir bo'ladi. Ammo bu davrda homilani ma'lum yo'nalishda boshqarish juda murakkab. Chunki bu jarayon ona organizmi tomonidan amalga oshiriladi. Ona organizmi embrionni tashqi muhit ta'siridan himoya qiladi.
Organizm embrional davr muddati tugashi bilan ontogenezning ikkinchi davri - postembrional davri boshlanadi. Bunda tug'ilgan yosh organizm yangi muhit sharoitiga tushadi va muhit sharoitiga moslashib rivojlanishi kerak bo'ladi. Bu davrda yosh hayvon organizmiga tashqi muhit omillari, jumladan asrash, oziqlantirish, yorug'lik, namlik, havo harorati, havo bosimi va boshqa omillar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Mazkur omillarning uzluksiz ta'siriga nisbatan hayvon organizmi shartsiz va ular asosida shakllanadigan shartli reflekslar orqali javob qaytaradi. Shun ing bilan bir qatorda organizmda kechadigan jarayonlarning bir me'yorda kechishi uchun qon muhim biologik ahamiyat kasb etadi.
Qon organizmning biologik suyuqligi bo'lib, muhim hayotiy jarayonlarni me'yorda kechishini ta'minlaydi. Qon organizmdagi arteriyalar, venalar va kapillyarlarda aylanib harakatlanadigan suyuq to'qimadir. Organizmning yashashi hamda barcha organ va to'qimalarning normal ishlashi uchun qon reaksiyasi, tarkibi fizik-kimyoviy xossalari me'yor darajasida hamisha bir xil turishi fiziologik shartdir. Shuning uchun ham organizmning oynasi hisoblanadi. Umurtqali hayvonlar o'sish va rivojlanishining turli bosqichlarida qizil suyak iligi, timus, taloq va limfa tugunlari qon hosil qiluvchi organlar hisoblanadi. Qon tarkibiga ko'ra ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, unga qon plazmasi va qon hujayralari kiradi. Qon hujayralari yoki
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
boshqacha qilib aytganda qonning shaklli elementlariga leykotsitlar, eritrotsitlar va trombotsitlar kiradi. Har bir shaklli elementlarning organizmda bajaradigan alohida o'z funksiyasi mavjud.
Shundan kelib chiqib qaraydigan bo'lsak, qonning shaklli elementlarini sonini aniqlash muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Agar organizmdagi qon ko'rsatkichlarini bilsak, yangi ekologik sharoitda hayvonlarning fiziologik holatida me'yorga nisbatan qanday o'zgarish ro'y berayotgani to'g'risida fikr yurita olamiz. Shuning uchun ham tadqiqotlar davomida chetdan keltirilgan Orenburg zotli echkilardan tug'ilgan uloqlar organizmi postembrional davrning yangi tug'ilganlik va dastlabki sut emish bosqichida gematologik ko'rsatkichlarning qanday o'zgarishi dinamikasini bilish muhim sanaladi.
Tadqiqot manbai va uslubiyati. Tadqiqotlar Navoiy viloyati Nurota tumani Temirqovuq qishlog'ida "Nurota qorako'l naslchilik" MCHJ da urchitilayotgan tivit yo'nalishidagi orenburg zotli echki uloqlari ustida o'tkazildi. Bunda birinchi marta bolalagan echkilardan olingan uloqlardan foydalanildi. Uloqlardan qon namunalari ertalab oziqlantirishdan oldin bo'yin venasidan olindi. Eritrotsitlar miqdorini sanashda eritrotsitli (qizil aralashtirgichli) melanjerdan foydalanildi. Bunda natriy xloridning 3% li eritmasi yordamida qon 200 marta suyultirilib, yaxshilab chayqatildi. So'ng ozroq qismi oqizilib, Goryayev sanoq to'riga tomizildi. Uch daqiqadan so'ng mikroskop ostida 10x40 kattalalashtirishda 5 ta katta katakda (har biri 16 ta kichik katakchalarga bo'lingan, jami 80 ta) eritrotsitlar soni sanaldi.
Olingan eritrotsitlar miqdori quyidagi formula yordamida hisoblandi:
Bunda, E- eritrotsit miqdori mln/mm3; X- beshta katta kataklarda sanalgan eritrotsitlar soni; leykotsitlarning miqdorini sanashda leykotsitli (oq aralashtirgichli) melanjerdan foydalanildi. Bunda metil ko'ki qo'shilgan sirka kislotasining 3% li eritmasi yordamida qon 20 marta suyultirilib, yaxshilab chayqatildi. So'ng ozroq qismi oqizilib, Goryayev sanoq to'riga tomizildi. Uch daqiqadan so'ng 25 ta katta katakda (400 ta kichik katakchaga teng) sanaldi. Olingan leykotsitlar miqdori
quyidagi formula yordamida hisoblandi: L~X*4000*20. Bunda, L- leykotsitlar miqdori
ming/mm3; X- yigirma beshta katta kataklarda sanalgan leykotsitlar soni; qondagi gemoglobin miqdori olingan qon namunada Sali gemometri orqali kolorometrik usulda aniqlandi. Olingan raqamli ma'lumotlarga matematik-statistik uslubida qayta ishlov berilib: o'rtacha arifmetik qiymat - X, o'rtacha arifmetik qiymatning xatosi -Sx, varriatsiyalanish koeffitsienti - Cv%, guruhlar o'rtasida farqlanishning ishonchlilik mezoni - P Microsoft Office Excel 2007 kompyuter dasturi yordamida tegishli formulalar orqali hisoblab chiqildi.
Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlar davomida turli jins va yoshdagi orenburg zotli uloqlarda gematologik ko'rsatkichlari aniqlandi. Tajribadagi turli jins va yoshdagi orenburg zotli uloqlarda qonning morfologik tarkibi dinamikasi bo'yicha olingan raqamli ma'lumotlar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
Ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, uloqlar hayotining dastlabki kunida eritrotsitlar ko'rsatkichi erkak jinsli uloqlarda o'rtacha arifmetik qiymat 11,52±0,24 x 1012/l ni tashkil etib, urg'ochi jinsdagi tengqur uloqlarda esa o'rtacha 11,35±0,25
x1012/l ni tashkil etdi. Jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi farq 0,17 x1012/l yoki 1,50% bilan erkak uloqlar ustunlik qilsada orada ishonchli farqlanish kuzatilmadi (P>0,05).
Eritrotsitlarning miqdori uloqlarning bir oylik yoshida har ikkala guruhda ham nisbatan kamayganligi kuzatildi. Mazkur yoshda erkak jinsli uloqlarda eritrotsitlarning o'rtacha arifmetik qiymati 10,21±0,33 x1012/l ni tashkil etdi. Bu yoshda eritrotsitlar miqdori tug'ilgan paytga nisbatan taqqoslanganda uning miqdori 1,31 x1012/l (P<0,01) ga, yoki 11,37% ga kamayganligi aniqlandi. Urg'ochi jinsli uloqlarda esa eritrotsitlarning o'rtacha arifmetik qiymati 9,64±0,29 x1012/l ni tashkil etib, tug'ilgan paytga nisbatan taqqoslanganda uning miqdori 1,71 x1012/l (P<0,01) ga, yoki 15,07% ga kamayganligini ko'rsatdi. Bir oylik yoshda jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi farq 0,57 x1012/l yoki 5,91% bilan erkak uloqlar ustunlik qilsada orada ishonchli farqlanish kuzatilmadi (P>0,05).
1-jadval
_Orenburg zotli uloqlar qonining morfologik tarkibi, n-10_
Yoshi, oy
Jinsi
s
X±Sx
Cv%
s
X±Sx
Cv%
Eritrotsitlar miqdori, x1012/l
11,52±0,24
6,70
11,35±0,25
7,04
10,21±0,33
10,36
9,64±0,29
9,65
15,13±0,29
6,03
14,92±0,36
7,55
Leykotsitlar miqdori, x109/l
8,24±0,21
8,16
8,84±0,21
7,60
8,78±0,23
8,23
9,20±0,24
8,13
9,46±0,24
7,98
9,86±0,22
7,16
Gemoglobin miqdori, g%
8,36±0,18
6,75
8,02±0,18
7,10
6,88±0,21
9,71
6,74±0,21
9,90
8,82±0,22
7,82
8,66±0,24
8,78
0
1
4
0
1
4
0
1
4
Uloqlarning sut emish davri 4-4,5 oylik yoshigacha davom etib, so'ng odatda ona echki emizmay qo'yadi, yoki aksincha uloq emmaydi. Uloqlar faqatgina ozuqalar bilan oziqlana boshlaydi. Tajribalar davomida sutdan ajratilganda orenburg zotli uloqlarning 4 oylik yoshdagi jinsiy dimorfizmga aniqlangan eritrotsitlar ko'rsatkichlari mos holda 15,13±0,29x1012/l va 14,92±0,36 x1012/l ni tashkil etdi. Ko'rinib turibdiki mazkur yoshda ham erkak uloqlar guruhi eritrotsitlar miqdorining 0,21x1012/l yoki 1,41% ga ortiq bo'lsada, orada ishonchli farqlanish yana aniqlanmadi (P>0,05). Ammo har ikkala guruhda ham eritrotsitlarning hajmiy birlikdagi miqdor ko'rsatkichi bir oylik yoshiga nisbatan taqqoslanganda ishonchli darajada ko'payganligini ko'rsatdi. Jumladan, erkak jinsli uloqlarda eritrotsitlar miqdori 4,92 x1012/l (P<0,001) yoki 48,18% ga, urg'ochi jinsli uloqlarda esa 5,28 x1012/l (P<0,001) yoki 54,77% ga ortganligi aniqlandi.
Tadqiqotlarda tajribadagi uloqlarning qon donachalari hisoblanmish leykotsitlarning yosh davrlari bo'yicha dinamikasi ham o'rganildi. Leykotsitlarning yosh davrlari bo'yicha hajm birligidagi miqdor ko'rsatkichlari dinamikasi bir maromda oshib bordi. Xususan, uloqlar hayotining dastlabki kunida leykotsitlar
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida \ TO'PLAM — 2/24
ko'rsatkichi erkak jinsli uloqlarda o'rtacha arifmetik qiymat 8,24±0,21 x109/l ni, urg'ochi jinsdagi uloqlarda esa o'rtacha 8,84±0,21 x109/l ni tashkil etdi. Jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi farq 0,60 x109/l yoki 7,28% bilan urg'ochi uloqlar ustunlik qilsada orada farq ishonchli qiymatga ega bo'lmadi (P>0,05).
Tajribdagi uloqlarning leykotsitlar miqdori bir oylik yoshida har ikkala guruhda ham nisbatan ortganligi qayd etildi. Mazkur yoshda erkak jinsli uloqlarda leykotsitlarning o'rtacha arifmetik qiymati 8,78±0,23 x109/l ni, urg'ochi uloqlarda esa 9,20±0,24 x109/l ni tashkil etdi. Jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi farq 0,42 x109/l yoki 7,28% bilan urg'ochi uloqlar ustunlik qilsada orada farq ishonchli qiymatga ega bo'lmadi (P>0,05). Shuningdek, tug'ilgan paytga nisbatan taqqoslanganda leykotsitlar miqdori jins bo'yicha 0,54 x109/l (P>0,05) yoki 6,55% va 0,36 x109/l (P>0,05) yoki 4,07% ga ortganligini ko'rsatdi.
Uloqlarning sutdan ajratilganda aniqlangan leykotsitlarning ko'rsatkichlari erkak va urg'ochi uloqlarda mos holda 9,46,±0,24 x109/l va 9,86±0,36 x109/l ga to'g'ri keldi. Mazkur yoshda ham urg'ochi uloqlar guruhida leykotsitlar miqdori erkak uloqlardan 0,40x109/l (P>0,05) yoki 4,23% ga ortiq bo'lsada farqlanish ishonchli qiymatga ega bo'lmadi. Mazkur yoshda ham leykotsitlarning hajmiy birlikdagi miqdor ko'rsatkichi bir oylik yoshiga nisbatan taqqoslanganda ortganligini ko'rsatdi. Xususan, erkak jinsli uloqlarda leykotsitlar miqdori 0,68 x109/l (P>0,05) yoki 7,74% ga, urg'ochi jinsli uloqlarda esa 0,66 x109/l (P>0,05) yoki 7,17% ga ortganligi aniqlandi.
Tajribalar davomida qonning shaklli elemetlari bilan bir qatorda eritrotsit tarkibidagi gemoglobinning miqdori (g%) ham hisobga olib borildi. Gemoglobin murakkab tuzilishga ega. U oqsil bo'lgan - globin va oqsil bo'lmagan - gem (temir va protoporfirin IX kompleks) qismidan tashkil topgan bo'lib, organizmda o'pkaning alveolalaridan kislorodni butun organizmdagi hujayralarga va karbonat angidridni hujayralardan o'pka alveolalariga tashishni amalga oshiradigan xromoproteid hisoblanadi. Uloqlarning yosh davrlari bo'yicha aniqlangan gemoglobin miqdori juda o'zgaruvchan dinamikaga ega ekanligini ko'rsatdi. Jumladan, uloqlar tug'ilgan paytda gemoglobin ko'rsatkichi erkak jinsli uloqlarda o'rtacha arifmetik qiymati 8,36 g%, urg'ochi jinsdagi tengqur uloqlarda esa o'rtacha 8,02 g% ni tashkil etdi. Jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi farq 0,34 g% yoki 4,24% bilan erkak uloqlar ustunlik qilsada orada ishonchli farqlanish kuzatilmadi (P>0,05).
Gemoglobin miqdori uloqlarning bir oylik yoshida har ikkala guruhda ham keskin kamayganligi aniqlandi. Mazkur yoshda erkak jinsli uloqlarda gemoglobinning o'rtacha arifmetik qiymati 6,88 g% ni tashkil etdi. Bu yoshda eritrotsitlar miqdori tug'ilgan paytga nisbatan taqqoslanganda uning miqdori 1,48 g% (P<0,01) yoki 17,70% kamayganligi aniqlandi. Urg'ochi jinsli uloqlarda esa gemoglobinning o'rtacha arifmetik qiymati 6,74 g% tashkil etib, tug'ilgan paytga nisbatan taqqoslanganda uning miqdori 1,28 g% (P<0,001) ga, yoki 15,96% ga kamayganligini ko'rsatdi. Bir oylik yoshda jinsiy dimorfizm bo'yicha oradagi sezilarli farq kuzatilmadi (P>0,05).
Uloqlarning 4 oylik yoshida qondagi gemoglobin miqdorining sezilarli darajada ko'payganligi aniqlandi. Tajribadagi uloqlarning 4 oylik yoshdagi jinsiy dimorfizm bo'yicha gemoglobin miqdori mos holda 8,82 va 8,66 g% ni tashkil etdi.
Mazkur yoshda erkak va urg'ochi uloqlarda gemoglobin miqdori 1,94 va 1,92 g% (P<0,001) ga ortganligi aniqlandi.
Xulosa. Tadqiqotlar davomida orenburg zotli tivit echkilarning dastlabki postembrional davrda o'rganilgan qonning morfologik tarkibi dinamikasi shuni ko'rsatadiki, yosh davrlarida qonning morfologik ko'rsatkichlari bo'yicha o'zgarish ro'y beradi. Bu o'zgarishlar eritrotsitlar va gemoglobin miqdor ulushlarida yaqqol ko'zga tashlanadi. Tug'ilgan hayvon organizmida gemopoez asosan suyak ko'migida sodir bo'ladi. Ma'lumki yosh organimzda suyakning shakllanishi tug'ilgandan keyin yosh kattalashishi bilan rivojlanib boradi. Shuning uchun ham eritrotsitlar miqdori ortib boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Bianca W. Kunz, P. Hellmann, U. Einige physiologische Normal werte von Ziegen. Schweiz. Arch. Tierheilk. 119, - S. 197-199.
2. Emily Litzow, Nick van den Berg and Barton Loeche. Goat Diseases. The Farmers' Guide. September 2021. -101 p.
3. Febretrisiana A., Anwar A., Alwiyah A., and etc. Physiological response of dairy goats in tropical climates: A study in Tadukan Raga Village, Deli Serdang Regency, North Sumatra. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 1001 (2022) 012022. - P.1-5.
4. Peter G.G. Jackson, Peter D. Cockcroft. Clinical Examination of Farm Animals. Copyright © 2002 by Blackwell Science Ltd. -301 pp.
5. Влaдимирoвa И.П., 3oraH А.Я. Кривые тeрмoрeгуляции и oпрeдe-ляющие их фaктoры. Ж: Успехи физшл. HayK. №2|0 (3) 1989. - С. 21-42.
6. Зaбeлинa М.В. Рейзбих Е.Ю. Мясные Ka4ecTBa газлигав русс^й мoлoчнoй пoрoды в зaвисимoсти ot мoлoчнoсти их мaтeрeй Ж: Овцы, кoзы, шeрстянoe дeлo. - 2011. -№ 1. - С. 22-24.
7. Мeркyрьeвa Е.К. Бшметрия в селекции и генетике сeльскoхoзяйствeнных живoтных. Мoсквa: Кoлoс, 1970. - 424 c.
8. Мyстaфинa Г.Н. Прoдyктивныe и биoмoрфoлoгичeскиe кaчeствa пoмeсeй ko3 рyсскoй бeлoй и зaaнeнскoй пoрoд: aвтoрeф. Дис.к.с-х.н.-Чeбoксaры. - 2008. - 22 c.
9. Чaмyрлиeв Н. Г., Шлeрoв А. С., Зыкoвa А.А., Шенгелия И. С. Клиникo-мoрфoлoгичeскиe пoкaзaтeли ko3 зaaнeнскoй и aнглo-нyбийскoй пoрoд при их aдaптaции к yслoвиям нижнeгo пoвoлжья. Известия. Нижнeвoлжскoгo Агрoyнивeрситeтскoгo Кoмплeксa: HayKa и высшее прoфeссиoнaльнoe oбрaзoвaниe. № 1 (61), 2021. - C. 1-10.
10. Я^влев В.Б., Щеп^в Е.В. Биoмeтричeскиe рaсчeты в тaбличнoм прoцeссoрe Microsoft Excel. Учебше пoсoбиe. Мoсквa 2004. - 204 с
11. Юсушв С. Овцы и ^зы Узбeкистaнa. Тaшкeнт 2002. - 43 с.
12. https://orenblog.ru/archives/158