Научная статья на тему 'QON BIOKIMYOSI. QONNING KLINIK TAXLILI'

QON BIOKIMYOSI. QONNING KLINIK TAXLILI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1112
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qon / qon biokimyosi / kasallik / laboratoriya / tashxis / tibbiyot / tibbiy ta’lim.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Qodirov R.Sh.

Qonni klinik tahlil qilish ko'pgina kasalliklarni aniqlab olish uchun muhim ahamiyatga ega va murakkab laboratoriya asbob-anjomlari hamda qimmat turadigan sarflanuvchi materiallami talab qilmaydi. Odatdagi siydik tahlillari uchun ko'p vaqt va mablag' kerak bo'lmaydi. Shuning uchun ular birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari uchun mos keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QON BIOKIMYOSI. QONNING KLINIK TAXLILI»

Qodirov R.Sh.

Andijon davlat tibbiyot instituti Biologik kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi

QON BIOKIMYOSI. QONNING KLINIK TAXLILI

Annotatsiya. Qonni klinik tahlil qilish ko'pgina kasalliklarni aniqlab olish uchun muhim ahamiyatga ega va murakkab laboratoriya asbob-anjomlari hamda qimmat turadigan sarflanuvchi materiallami talab qilmaydi. Odatdagi siydik tahlillari uchun ko'p vaqt va mablag' kerak bo'lmaydi. Shuning uchun ular birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari uchun mos keladi.

Kalit so 'zlar: qon, qon biokimyosi, kasallik, laboratoriya, tashxis, tibbiyot, tibbiy ta 'lim.

Qodirov R.Sh. senior teacher department of biological chemistry Andijan state medical institute

BLOOD BIOCHEMISTRY. CLINICAL ANALYSIS OF BLOOD

Annotation. Clinical blood tests are important for the diagnosis of many diseases and do not require complex laboratory equipment and expensive consumables. Regular blood tests do not require a lot of time or money. Therefore, they are suitable for primary care facilities.

Key words: blood, blood biochemistry, disease, laboratory, diagnosis, medicine, medical education.

Tadqiqiot maqsadi:

1. Qonning kislorod tashishi buzilishi bilan bog'liq bo'lgan kasalliklar sababini tushunish maqsadida qon tarkibidagi gemoglobin unumlarini topish usullari bilan tanishtirish.

2. Kelajakda kasalliklarni aniqlash maqsadida qonni biokimyoviy analiz qila olish uchun qon tarkibidagi mahsulotlarning miqdorini o'lchash usullari bilan tanishtirish.

3. Qon tarkibidagi ayrim fermentlar faolligini o'lchash usullarini o'rganish va undan kelajakda kasalliklarni aniqlash va uni davolash foydalana olish.

4. Ayrim kasalliklarni kelib chiqish sabablarini tushunish maqsadida qonning mineral tarkibini o'rganish usullari bilan tanishtirish.

Qon organizmning asosiy ichki muhiti va eritmasi bo'lib hisoblanadi. Tashqi muhitdagi moddalar, hujayra, to'qimaning almashinuv mahsulotlari doimo qonga tushib turadi. Qon qizil rangli, yopishqoq, kuchsiz ishqoriy muhitga ega. Kattalarda uning pH i 7,36-7,4, yangi tug'ilgan bolalarda esa 7,2-7,3,

solishtirma og'irligi 1,050- 1,060, chaqaloqlarda 1,060-1,080 ga teng geterogen modda.

Yangi tug'ilgan bola qonning umumiy miqdori 0,7 l ni tashkil qilsa, 5 yoshga 1,3, 10 yoshda 2,5, 15 yoshda 4,5 va kattalarda 5,0- 5,5 l ni tashkil qiladi. Katta yoshdagilarda qon tana vaznining 7 % ini tashkil qilsa, kichik yoshdagi bolalarda bu ko'rsatgich 2-3 marta ortiq.

Qon sentrifugalanganda uning tanachalari (eritrositlar, leykotsitlar, trombositlar) cho'kmaga tushadi. Cho'kma yuqorisida och-sarg'ish tiniq suyuqlikqon plazmasi qoladi. Plazma tarkibida 7% ga yaqin oqsil hamda turli molekulali moddalar bo'ladi. Plazma bir necha daqiqa ichida iviydi, ya'ni quyqa hosil bo'ladi. Shu iviq qisqarishi natijasida qon zardobi ajraladi. Qon zardobi tarkibida fibrinogen oqsili bo'lmasligi bilan plazmadan farqlanadi. Plazma iviganda fibrinogen erimiydigan fibringa aylanadi. Iviqni aynan fibrin hosil qiladi. Qon moddalar almashinuvi jarayoni bilan chambarchas bog'liq holda muhim vazifalarni bajaradi.

1. Qon o'pkadagi kislorodni to'qimalarga va aksincha to'qimalarda hosil bo'lgan uglerod (IV) oksid (CO2) ni o'pkaga tashish bilan nafas olish va nafas chiqarish vazifalarini bajaradi. Shu vazifasi bilan qon to'qimalarda oksidlanish -qaytarilish jarayonlariniva energiya almanishinuvini boshqaradi.

2. Me'da - ichak sistemasi ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlarni turli a'zolarga yetkazib berishi, glyukoza, keton tanachalarinig jigardan muskullarga, yog'larni jigardan yog' to'qimalariga, sut kislotani muskullardan jigarga, yog' kislotani yog' to'qimalaridan turli a'zolarga o'tkazib berish bilan oziqlantirish vazifasini bajaradi.

3. To'qimalarda hosil bo'lgan zaharli moddalar (ammiak, bilirubin va hokazo), qon orqali jigarga keltirilgan va u erda zaharsizlantirilgan birikmalar buyrak orqali tashqariga chiqariladi. Shu bilan qon ajratish vazifasini bajaradi.

4. Qon orqali kimyoviy signallar - gormonlar va boshqa organizm uchun zarur birikmalar to'qima hujayralariga yetkazilib moddalar almanishinuvi jarayonini bajarishda qatnashadi.

5. Qon leykotsitlar va antitelalar yordamida himoya vazifasini bajaradi. suv tuz, kislota-ishqor muvozanatlarini bir me'yorda saqlaydi, tana harorati saqlanishi kabi qator muhim vazifalarni bajaradi.

Qon tarkibiga qon hujayralari - eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlat tashqari, organik va anorganik birikmalar ham kiradi. Organik birikmalardan eng muhim oqsillar, yog'lar, karbonsuvlar, gormonlar, fermentlar, vitaminlardir. Qon tarkibida shuningdek moddalar almanishinuvi jarayonlarining oraliq va oxirgi mahsulotlari hamda mineral tuzlar uchraydi.

Turli moddalarni tinimsiz qonga tushib turishi va undan chiqib ketishiga qaramay qonning me'yordagi morfologik va kimyoviy tarkibining doimiyligi nisbatan o'zgarmaydi. sog'lom odam qonidagi vaqtinchalik o'zgarishlar tezda to'g'irlanadi. Ammo ko'pchilik kasalliklarda, ayniqsa jigar, yurak, buyurak, me'da osti bezi, o'pka kasalliklarida funksional holatining buzilishi natijasida

qonning kimyoviy ta^ibi o'zgaгganligi kuzatish mumkin. Qon odam o^anizmi holati o^gaiganligining asosiy ko'гsatkichidiг. Qonning biokimyoviy ko'rasatkichlarini o'гganish, odam oгganizmning moddalar almanishinuvi daгajasini bilish kasallikni aniqlashda va uni davolashda muhim ahamiyatga ega.

Karboksigemoglobin va metgemoglobin miqdorining yoshga qarab o'zgarishi (umumiy gemoglobinga nisbatan protsent hisobida) _1-jadval

Bolaning yoshi Homila Hb Kattalar Hb A2 gemoglobin

Yangi tug'ilgan bolada 75 25 0

1-7 kunlik 71 29 0

8-21 kunlik 65 34,6 0

22-30 kunlik 60 40 0

1-2 oylik 56,1 43,4 0,5

2-3 oylik 38,3 60,9 0,8

3-5 oylik 22,5 75,3 2,2

6-9 oylik 9,1 88,2 2,7

9-12 oylik 4,3 92,8 2,9

1-3 yoshda 1,6 94,9 3,5

3-7 yoshda 0,8 94,9 4,3

7-14 yoshda 0,7 94,9 4,4

Qon biokimyosi mavzusi bo'yicha laboratoriya ishlari.

1. Benzindin reaksiyasi

Tekshiriluvchi material: fibrindan tozalangan va suvda suyultirilgan qon.

Reaktivlar: konsenrlangan siгka kislotada yangi tayyoriangan bezidinning 5 % li eritmasi, vodoгod peгoksidning 3 % li eritmasi.

Kerakli anjomlar: shtativ va pгobiгkalar, tomizg'ichlar.

Bajariladigan ish tartibi. Pгobiгkaga fibrindan tozalangan va suyultirilgan

qon, benzidin eritmasi va H2O2 dan 5 tomchi solinadi. Suyuqlikning ko'kimtn--yashil tusga kirishi kuzatiladi.

Reaksiyaning asoslanishi. Qon gemoglobini vodorad peгoksidni suv va atomar kisloгodgacha paгchalash xossasiga ega. Atomar kisloгod esa oksidlovchidiг. Shu kislorod ta'siгida benzidin oksidlanadi va ko'kimtir-yashil tusga kiгadi.

2. Gvoyak reaksiyasi

Tekshiriluvchi material: fibrindan tozalangan va suvda suyultirilgan qon.

Reaktivlar. Gvoyak mum kislotasining spirtli eritmasi (1-2 gvoyak mumi 100 ml 95 % li etil spirtda suyultiriladi), H2O2 ning 3% li eritmasi.

Kerakli anjomlar: shtativ va probrikalaT tomizg'ichlar

Bajariladigan ish tartibi. Prabñkadagi fibrindan tozalangan va suyultirilgan bn tomchi qonga 5 ml suv solib aralashtiriladi. Uning ustiga bn ml Gvoyak muminig spiгtdagi eгitmasi va biг tomchi vodorad peroksidning 3% li

"Экономика и социум" №12(115)-1 2023

www.iupr.ru

594

eritmasi solinadi. Paydo bo'lgan ko'kimtiï rang Gvoyak mumi ozonidi hosil bo'lganini ko'гsatadi.

Reaksiyaning asoslanishi. Vodorod peroksid qon gemoglobini (katalazasi) ta'siгida suv va atomar kisloгodgacha paгchalanadi. Kislorad esa Gvoyak mumini ozonidgacha oksidlaydi. Natijada ko'kimtiï гang hosil bo'ladi. Ushbu usul qon 1:10000 suyultirilgan ham juda sezgir. Shifoxonalarda, sud tibbiyot ekspertizasida shu usuldan foydalanish juda qulaylik tug'diгadi. [2]

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiyot va farmatsevtika ta'limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

2. R.G'.Sultonov, N.M. Xolmuhammedova, SH.F.Karimova, U.L.Sultonho'jaev. "Biokimyodan amaliy mashg'ulotlaf' Toshkent 2006. 161-b

3. https://mymedic.uz/kasalliklar/qon-kasalliklari/temir-tanqisligi-anemiyasi/

"Экономика и социум" №12(115)-1 2G23

www.iupr.ru

595

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.