Научная статья на тему 'Qandli diabet'

Qandli diabet Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
3474
43
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qandli diabet / qon tarkibida glyukoza miqdori / insulin yetishmasligi / davolash / o’simlik / oziq-ovqat / tashxislash

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Zamira Abduqaxxor Qizi Pazildinova

Qandli diabet kasallik belgilari, diagnostikasi, turlari, xavfli omillari, yashirin belgilari, sabablari, dorivor o’simliklardan foydalanish davolashni samarali usullari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Qandli diabet»

Qandli diabet

Zamira Abduqaxxor qizi Pazildinova Toshkent tibbiyot akademiyasi

Annotatsiya: Qandli diabet kasallik belgilari, diagnostikasi, turlari, xavfli omillari, yashirin belgilari, sabablari, dorivor o'simliklardan foydalanish davolashni samarali usullari.

Kalit so'zlar: Qandli diabet, qon tarkibida glyukoza miqdori, insulin yetishmasligi, davolash, o'simlik, oziq-ovqat, tashxislash

Diabetes

Zamira Abdukhakhor kizi Pazildinova Tashkent Medical Academy

Abstract: Diabetes symptoms, diagnosis, types, risk factors, hidden symptoms, causes, effective methods of treatment using medicinal plants.

Keywords: Diabetes, blood glucose level, insulin deficiency, treatment, plant, food, diagnosis

Insonlar qadim zamonlardan beri kasalliklarni davolashda turli xil o'simliklarning qismlaridan foydalanib keladilar. O'zbekiston tibbiyotida qo'llaniladigan dorivor vositalarning 38-40 foizini o'simliklardan olinadigan preparatlar tashkil qiladi. Ba'zi og'ir kasalliklarni davolashda ishlatiladigan muhim ahamiyatli ayrim dorivor preparatlarni sintez qilish murakkab jarayondir.

Qandli diabet bilan kasallangan tanadagi nosozliklar tufayli to'qimalar yetarli energiya ololmaydi.

Agar glyugoza darajasi uzoq vaqt saqlanib qolsa, qon quyuqlasha boshlaydi. Kichik qon tomirlari orqali o'tish qobilyatini yo'qotadi, bu barcha organlarning ishiga ta'sir qiladi. Shuning uchun birinchi vazifa iloji boricha tezroq qon shakarini normal holatga qaytarishdir.

Qondagi glyukozaning minimal qiymatlari odamning oshqozonida, ya'ni bo'sh oshqozonda bo'lganida aniqlanishi mumkin.Ovqat iste'mol qilishni assimilyatsiya qilish jarayonida ozuqa moddalari qonga o'tkaziladi, bu ovqatdan keyin plazma tarkibidagi shakar foizining ko'payishiga olib keladi.

Qand kasalligi-organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 220

qadimdan ma'lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e'tibor beradi. "Suv qanday ichilgan bo'lsa, shu holda chiqadi", deb yozadi u. Bemorning ko'p suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi.

Xalqaro sog'liqni s aqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda hozirgi kunda dunyoda 420 milliondan ortiq odam qandli diabet kasalligiga chalingan. Bu esa 40 yil oldingi ko'rsatkichlardan 25% ga ko'p.

Kattalar uchun glyukoza normasi kapillyardan olingan material uchun 3, 3-5, 5 birlik norma hisoblanadi. Venadan olingan qon uchun norma 3, 7 dan 6, 1 norma hisoblanadi.

Qonda qand miqdori past bo'lgan odamda uchraydigan eng ko'p uchraydigan alomatlar:

Bosh aylanishi

Chalkashlik

Jahldorlik

Asabiylashish

Tashvish

Terlash

Tez yurak urish tezligi Hushidan ketish

Gipoglikemiya qon glyukoza darajasi juda past tushganda sodir bo'ladi. Qon shakarining pastligi ko'p narsalarga, shu jumladan diabetning turli xil turlari, ba'zi dorilar, alkogol ichimliklar, endokrin kasalliklar, ovqatlanish buzilishi, homiladorlik va jigar, buyrak yoki yurak kasalliklari sabab bo'lishi mumkin.

Agar qonda glyukoza miqdori uzoq vaqt davomida yuqori bo'lsa, bemorlarda quyidagi belgilar kuzatilishi mumkin:

Jarohat yoki yaralarning sekin bitishi; Teridagi to'q rangli dog'lar; Oyoq og'rig'i;

Qandli diabetga chalingan ayollarda yuqorida ta'kidlangan umumiy simptomlardan tashqari, terining quruq bo'lib, qichishi kabi belgilari kuzatilishi hamda siydik yo'llari infeksiyalari, zamburug' kasalliklari tez-tez takrorlanib turishi mumkin.

Oshqozon osti bezi toq a'zo bo'lib, oshqozon pastrog'ida qorin pardasi orqasida, o'n ikki barmoqli ichakning tushuvchi qismi yaqinida joylashgan. Katta odam osh qozon osti bezi massasi 70 - 80 gr uzunligi 12 - 18 sm. Bezning ichki sekretsiya qismi Langergans orolchalarida bo'lib, u bezning 1, 5% ni tashkil etadi. Langergans orolchalarida alfa hujayralar glyukogon, beta hujayralar insulin ishlab chiqaruvchi hujayralar bor. Mazkur hujayralarda o'smalar paydo bo'lishi mumkin. Beta hujayralar vazifalari organizmda energiya gemostazini saqlashdir. Bu hujayralar

www.openscience.uz / issn 2181-0842 221

energetik retseptorlari qonda kalorigen molekulalari (glyukoza, aminokislotalar, keton tanachalari, yog' kislotalari) ning minimal o'zgarishlarini ham sezadi. Insulin organizmga kiruvchi ozuqa moddalarining singishi, metabolizmi va to'planishini bajaradi. U o'sish, rivojlanish, to'qimalar shakllanishida qatnashadi, uglevodlar, yog'lar va aminokislotalarga anabolik va antikatabolik ta'sir ko'rsatadi.

Ma'lumki, zamonaviy tibbiyotda qandli diabetni davolashda sintetik yo'llar bilan olingan manelin, amaril, insulin kabi o'nlab kimyoviy birikmalar qabul qilish buyuriladi. Bu dorivor moddalarning barchasi qondagi qand moddasining hujayralarga oson o'tishini ta'minlaydi, evaziga qonda va siydikda qand miqdori kamayadi. Qondagi qand miqdorini kimyoviy moddalar bilan kamaytirish oshqozon osti bezining insulin ishlab chiqarish faoliyati yanada susayishiga sabab bo'ladi. Uzoq muddat kimyoviy moddalarni qabul qilish oshqozon osti bezining atrofiyaga uchrashiga olib boradi. Kimyoviy dorivor moddalar to'xtalilishi bilan qonda qand miqdori ko'tarilib ketaveradi. Shuning uchun zamonaviy tibbiyotda qandli diabet bilan og'riganlarga muntazam dorivor moddalarni qabul qilish tavsiya etiladi. Xalq tabobatida qo'llanadigan dorivor vositalar esa oshqozon osti bezi faoliyatini faollashtiradi, bu organizmda ishlab chiqaradigan insulin miqdorini ko'paytirish orqali qonda qand miqdorini kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun qandli diabet kasalligi xalq tabobati uslublari yordamida davolanganda oshqozon osti bezi ish faoliyati tiklangandan so'ng dori-darmon ichishni to'xtatish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005), Tibbiyot ensiklopediyasi,

3. Patalogik fiziologiyadan amaliyot darslari qo'llanmasi O.Ahusinov (2008)

www.openscience.uz / issn 2181-0842

222

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.