Научная статья на тему 'SO’LAKDA BORUVCHI BIOKIMYOVIY JARAYONLAR'

SO’LAKDA BORUVCHI BIOKIMYOVIY JARAYONLAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3632
225
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
amilaza / ligaza / ximotripsin / apatitlar / pellikula / streptakokklar / paradontit / makroelementlar / mikroelementlar. / amylase / ligase / chymotrypsin / apatites / pellicle / streptococci / periodontitis / macronutrients / microelements.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Z. R. Mamadaliyeva, M. I. Nazarova, Sh. X. Keldiyorova, S. A. Abdusamiyeva

Sulakning tarkibi va uning tarkibiy qismida o’zgarish ro’y berganda kelib chiqadigan kasaliklarga tashxis qo’yish uslublari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOCHEMICAL PROCESSES IN THE LEFT

Methods for diagnosing diseases caused by changes in the composition of saliva and its composition.

Текст научной работы на тему «SO’LAKDA BORUVCHI BIOKIMYOVIY JARAYONLAR»

SO'LAKDA BORUVCHI BIOKIMYOVIY JARAYONLAR

Z. R. Mamadaliyeva M. I. Nazarova Sh. X. Keldiyorova S. A. Abdusamiyeva

Samarqand davlat tibbiyot instituti

ANNOTATSIYA

Sulakning tarkibi va uning tarkibiy qismida o'zgarish ro'y berganda kelib chiqadigan kasaliklarga tashxis qo'yish uslublari.

Kalit so'zlar: amilaza, ligaza, ximotripsin, apatitlar, pellikula, streptakokklar, paradontit, makroelementlar, mikroelementlar.

BIOCHEMICAL PROCESSES IN THE LEFT

ABSTRACT

Methods for diagnosing diseases caused by changes in the composition of saliva and its composition.

Keywords: amylase, ligase, chymotrypsin, apatites, pellicle, streptococci, periodontitis, macronutrients, microelements.

Kirish. So'lak - bu so'lak bezlarining sekretidir. Aralash so'lak tarkibiga 3 juft va mayda so'lak bezlari kiradi. Uch juft so'lak bezlariga: quloq oldi, jag' osti, til osti bezlari kiradi. Bir sutkada ajraladigan so'lak miqdori 1-2 l ni tashkil qiladi. So'lak sekretsiyasi shartli va shartsiz reflektorlar orqali amalga oshadi.

So'lakning asosiy funksiyalari: Organizmdagi uglevodlar hazmini amalga oshiradi. Organizm himoya funksiyasi. Bu ba'zi maxsus oqsillar ishtirokida amalga oshadi. Emal uchun mineral moddalar manbasi.

So'lak bu rangsiz suyuqlik bo'lib, yopishqoqligi yuqori. Massasi 1.001-1.017 gr. So'lakning pH i 6.4-7.0 bo'lib, og'iz bo'shlig'ining gigiyenik holati, ovqatning tabiati, sekretsiya tezligi bilan bog'liq. So'lakning 99.5 % ini suv, qolgan qismini shu suvda erigan organik birikmalar va mineral moddalar tashkil qiladi. Bundan tashqari so'lak tarkibida oqsil mavjud va uning konsentratsiyasi 1 g/l dan 4 g/l gacha bo'ladi. Masalan quloq oldi bezidagi so'lakni tekshirib ko'rganimizda uning tarkibi yoshga qarab o'zgarishi aniqlangan. 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda 2.5-3 g/l, 14 yoshdan 20 yoshgacha bo'lganlarda 6-7 g/l gacha, kata yoshdagilarda esa 3 g/l gacha o'zgaradi. So'lak tarkibida ba'zi qon oqsillari, fermentlar, transferrin, seruloplazmin, AVO seistemasining bir guruh maxsus oqsillari mavjud.

Shuningdek, unda oqsilsiz azot birikmalar - 20 mg/l mochevina, siydik kislota, erkin aminokislotalar, nukleotidlar bor.So'lakda uglevodlardan - glukoza -10 mg/l, laktat -20 mg/l, PVK - 2-4 mg/l, sitrat 2-20 mg/l.

So'lak tarkibidagi vitaminlar va mineral moddalar: Bundan tashqari aralash so'lakda steroidlar, erkin yog' kislotalari, fosfolipidlar, vitaminlardan - B1,B2, B3, PP, B6, fol kislotasi mavjud.So'lak tarkibidagi mineral moddalarning konsentratsiyasi turli xil masalan, Na 20 mekv/l, Cl 20-40 mekv/l, P ning miqdori qondagiga qaraganda 5-10 marta ko'p, shu bilan birga unda Mg, Zn, Cu ham bor. Qolgan mineral moddalarning konsentratsiyasi oziq mahsulotlarining tarkibiga qarab o'zgarib turadi. Sog'lom odamning qoni va so'lagida Ca va P miqdori: So'lak tarkibidagi Ca va P tish to'qimalariga ta'siri katta. Ca va P ning so'lakda ko'p bo'lishi emalning erishiga yul quymaydi, emalga Ca va P ionlarining o'tishini ta'minlaydi, so'lak pH ni taminlaydi. Ca va P ning ortishi pH ortishiga olib keladi. Ca va P yetishmovchiligida pH kamayishi kuzatiladi.

So'lak tarkibida 30 ta fermentlar mavjud. Bularga ligaza, alfa amilaza va bashqa fermentlar misol bo'ladi. Alfa amilaza fermentining faolligi turli patologik holatlarda o'zgarib turadi. Oshqozon osti bezining yallig'lanishida, qandali diabed bilan kasallangan bemorlarda alfa amila fermenti miqdori ortib ketadi.

Og'iz bushlig'ida tish doim so'lak bilan kontakda bo'ladi va bu tishning qattiq tuqimalari holati shu jarayon bilan bog'liqligini ko'rsatadi.

Moddalarning tish qattiq to'qimalariga o'tish yo'llari va emalning o'tkazuvchanligi. Tish emalidagi mineral va organik moddalarning asosiy qismi so'lakdan o'tadi.So'lak tish emalidagi kollagen baryerlarini shishiradi yoki bujmaytirib quyadi. Bu holatda o'z-o'zidan tish emalidagi o'tkazuvchanlik ham o'zgaradi. Emal yarim o'tkazuvchan membrana hisoblanadi. Emal va so'lak tarkibidagi moddalar o'zaro almashinib turadi, bu holat de- va remineralizatsiya asosida amalga oshadi. Emal membranasi yarim o'kazuvchan bo'lganligi tufayli undan barcha moddalar o'ta olmaydi yoki moddalar tishning barcha qavatlariga utish imkoniga ega emas. O'tkazuvchanlik xossasi moddaning kimyoviy tuzilishi va ionlarning xossalariga ham bog'liq bo'ladi. Masalan, tishning normal tarkibini belgilovchi yani unda doimiy mavjud bo'lgan moddalar:OH, ionlar( fosfatlar, bikarbonatlar, xloridlar, ftoridlar, kationlar, Ca, Mg, K, Na, F, Ag....) kabilar emal membranasidan oson o'ta oladilar.

Tajriba: So'lakda amilaza miqdorini laboratoriya sharotida Samarqand tibbiyot instituti biokimyo kafedrasida aniqladik. Tajribada laboratoriya tajribalari orqali olingan xulosalar natijasida konikmalar hosil qilish.

Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, kraxmalning 0,5 % li eritmasi, distillangan suv, natriy xloridning 1 % li eritmasi, mis (Il)-sulfatning 1 % li eritmasi, 5 marta suyultirilgan so'lak, 0,1 % li eritmasi.

Ferment aktivligini kuchaytiruvchi yoki toxtatuvchi moddalar aktivator va paralizatorlar deb ataladi. Aktivator va paralizatorlarning ta'sir mexanizmi to liq o'rganilgan emas. Ko'pchilik fermentlar aktivatorlari reaksion muhitda boTmasa, ta'siri umuman ko'rilmaydi. Masalan, amilaza dializ qilinsa, aktivligi yo'qoladi, NaCl eritmasi

qo'shilsa tiklanadi. Kinazalar gruppasidagi fermentlarning aktivligi uchun Mg2+ ioni bolishi shart. Paralizatorlar yoki ingibitorlarning ta'sir mexanizmi yoki xarakteri xilma -xildir. Ba'zi hollarda ular ferment aktivatori bo'lgan metall ionlarini biriktirib olsa, ba'zan fermentni denaturasiyalaydi yoki ferment bilan "yolg'on" ferment - substrat kompleksini hosil qilib, inaktiv holatga otkazib qo'yadi.

Ishning bajarilishi. 3 ta probirka olib, ularga 5 tomchidan 0,5 % li kraxmal eritmasidan tomiziladi, birinchi probirkaga 10 tomchi distillangan suv, ikkinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1 % li NaCl eritmasi, uchinchisiga 8 tomchi suv bilan 2 tomchi 1 % li CuSO4 eritmasi quyiladi, hammasiga 5 marta suyultirilgan solakdan 10 tomchidan qo'shib, yaxshilab aralashtirib, xona temperaturasida qoldiriladi. 5 minutdan keyin 3 ta probirkaga 10 tomchidan distillangan suv, 1-2 tomchidan 0,1 % li yod eritmasidan aralashtiriladi, ularning ustiga tajribadagi uchala probirkadagi aralashmaning har biridan 2-3 tomchidan alohida probirkalarga tomiziladi. Yod bilan qilinadigan reaksiya 10-15 minutda yana takrorlanadi. Birinchi probirkadagi suyuqlik binafsha yoki qizil rangga, ikkinchisi qizil yoki sariq, uchinchisi esa ko'k rangga kiradi. Demak, 2-probirkada kraxmal yaxshiroq gidrolizlangan, uchinchisida esa umuman gidroliz ketmagan. Ish natijasi jadvalda qayd qilinadi. Moddalarning emalga o'tishi asosan yengillashgan diffuziya yo'li bilan amalga oshadi. Emal membranasining o'tkazuvchanligi asosan quyidagilarga bog'liq; Emal strukturasida -OH bilan to'lgan mikro muhitlar o'lchamiga. Moddalar. molekulasi yoki ionlar o'lchamiga.

Bu omillar yoki molekulalarning emal komponentlari bilan bog'lana olish qobilyatiga bog'liq bo'ladi. F ioni (0.13 nm) emalga osongina o'tib, emalning parchalangan komponentlari bilan bog'lanishi sababli emalning ichki qavatlariga o'tmaydi. Ca ioni (0.18 nm) emal qavatining ham tashqi ham ichki qismlariga oson diffuziyalanadi. Sababi u kristallarning yuza qavatiga adsorbsuyalanishi va shuningdek Kristal panjaraga ham osonlik bilan kira oladi. Shunday moddalar borki ular emal qavatning o'tkazuvchanligini susaytiradi. Ularga KCl, KNO3, ftor birikmalarini misol

9+

qilish mumkin. Gialorunidaza Ca va glitsinning o'tkazuvchanligini oshiradi,

9+

ximotripsin, ishqoriy fosfataza Ca , F va lizin uchun o'tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kislotali fosfat barcha ionlar uchun o'tkazuvchanlikni oshiradi.

O'tkazuvchanlik xususiyati yoshga qarab o'zgarib turadi. Karies o'tkazuvchanlikni oshiradi. Oq va pigmentli dog' bosqichida o'tkazuvchanlik oshib turli ionlar va moddalar, shuningdek, Ca va fosfatlar kirish ehtimoli yuqori bo'ladi. Bu aktiv demineralizatsiyaga javoban kompensator reaksiya hisoblanadi. Giposalivatsiya emalning buzilishiga olib keladi. Tunda rivojlanadigan karies - tungi kasallik hisoblanadi.

Tishning so'lak bilan doimiy kontaktda bo'lishi vatq o'tishi bilan unda hosilalar paydo bo'lishiga olib keladi. Ularga mutin, kutikula, pellikula, tish karashi va toshlar kiradi.

Mutin- bu murakkab oqsil bo'lib, so'lak glikoproteidlariga kiradi. U tishning yuzasini qoplab olib, tishni mexanik va kimyoviy nojuya tasirlardan ximoyalaydi. Uning roli tarkibida 200 tagacha serin, trianin, prolin kabi maxsus aminokislotalar saqlashi bilan tushuntiriladi.

Kutikula tish yorib chiqishidan oldin hosil bo'ladi, ko'plab hujayralardan tashkil topadi. Tish yorib chiqqach yo'qolib ketadi.

Pellikula uglevod-oqsil tabiatli shaffof plyonkadir. U tish karashini qoplab turish vazifasini bajaradi. Tuzilishida 3 ta qavat tafovut etiladi: birinchi 2 tasi emal yuzasida, 3 chisi esa emalning yuza qavatida bo'ladi. Tarkibida glitsin, glikoproteidlar, sial kislota, alohida aminokislotalar (alanin, glutamin), Ig, A, G, M, bakteriyalar hayotiy faoliyati natijasida ishlab chiqilgan aminoshakarni saqlaydi.

Tish karashi oq, yumshoq plyonka bo'lib, tish bo'yni va butun yuzasida joylashgan. U tishni tozalaganda va qattiq oziq yeganda yo'qoladi. Bu kariesni keltirib chiqaradigan omildir. Tish karashi desruktiv organik moddadan tuzilgan bo'lib, o'zida og'iz bo'shlig'i mikroblarini saqlaydi. 1 gr tish karashida 500*10 mikrob hujayralarini biriktiradi. Tish karashining 20% ni quruq modda, 80 % ni esa OH tashkil qiladi. Quruq moddada mineral moddalar, uglevodlar, lipidlar mavjud. Mineral moddalardan 1 gr da C - 5 mkgr, P 8.3, Na- 1.3, K - 4.2, va Fe, Mg, F, Se, Sr kabi mikroelementlar bor. F tish karashida quyidagi formalarda uchraydi: CaF - Ftorid kalsiy, CF - Oqsil kompleksi, M/O tuzilishidagi F. Mg, F mikro elemntlari tishning kariesga beriluvchanligini kamaytiradi. Tishda kariesning rivojlanishi karashlarga bog'liq bo'ladi.

Tish toshlari - bu tishlarning yuzasida oxaklanish tufayli hosil bo'ladigan patologik hosiladir. Tish toshlarining milk usti va milk osti turlari bor. Ular joylashishi, kimyoviy tarkibi va kelib chiqishi jihatidan farqlanadi. Tish toshlarining kimyoviy tarkibiga qaraydigan bo'lsak uning quruq moddasi 70-90 % ni mineral moddalarga to'g'ri keladi. To'q rangdagi tish toshi och rangdagisiga nisbatan ko'proq mineral modda saqlaydi.Tish toshidagi F xuddi tish karashidagi singari 3 xil formada uchraydi. Tishning yetilganlik darajasiga qarab oqsillar 0.1 % dan 2.5 % gacha saqlanadi. Oqsillar milkusti tish toshida 2.5 %, to'q rangdagi milkusti tish toshida 0.5 %, milkosti tish toshida 0.1 % miqdorda bo'ladi.

Tish toshida oqsillar kalsiy pretsipitlovchi xossaga ega bo'lib, glikl va fosfoproteidlardir. Ularning uglevod qismi galaktoza, fruktoza, maltoza dan iborat bo'lib, nisbati 6:3:1. Aminokislota tarkibining asosiy xususiyati shundaki, tish toshlarida siklik aminokislotalar uchramaydi.

GFL lipidlar tish karashlari mikroorganizmlari tomonidan sintezlanadi. Ca ni oqsil bilan bog'lash xossasiga va GAP ni shakllantirishni inisirlash xossasiga ega. Tish toshlarida ATF saqlanadi, U fosforoorganik moddalarni minerilizatsiya natijasida brulitdan TAP ga aylanishida donor, shuningdek, energiya manbasi ham hisoblanadi.

Xulosa: Tish yorib chiqish vaqtida o'tkazuvchanlik eng yuqori bo'lib, tish to'qimalarining rivojlanish paytiga kelib pasayadi. Keyinchalik vaqt o'tgan sari pasayib boradi. 25 yoshdan 28 yoshgacha kariesga rezistenlik ortadi. Emal tarkibining doimiyligini saqlash uchun murakkab modda almashinuv jarayonlari sodir bo'ladi. So'lak tarkibida pH pasayishi tufayli emal o'tkazuvchanligi ortishini ko'rish mumkin.

REFERENCES

1. Mamadaliyeva Z.R., Saidmurodova Z., ''Mikroelementlarning inson arganizmidagi roli'' Samarqand-2016 yil 132 bet.

2. R.A.Sabirova -t.f.d, prof, ''Biologik kimyo'' Toshkent ''Ijod-print'' 2020 yil. 187-bet.

3. R.A.Sobirova, 'Tibbiy biokimyo' Toshkent 'Ijod-print' 2020 yil.N.M.Yuldashev Toshkent-2016, 201-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.