Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
¿L
O'QUVCHILARNING AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA QO'LLANILADIGAM
VOSITALAR
Muxarram Shavkat qizi Quranboyeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti, Chirchiq, Ozbekiston
Ta'lim sifatini oshirish maqsadida so'ngi yillarda ta'limning barcha tizimida kompetensiyaviy yondashuv asosida o'qitishni tashkil etilmoqda. Boshqa fanlar qatorida, ayniqsa, matematika fanini o'qitishda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanib, talabalarga matematik tushunchalarni hayotiy bog'liqliklar asosida o'qitish va o'rgatishni tashkil qilish bugungi kunda ta'limning asosiy omilidir.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta'minlashni, media madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bugungi kunda matn bilan ishlash kompetensiyani rivojlantiruvchi bir qancha metodlar mavjud. Bulardan eng samaralilari grafik organayzerlardir.[4]
Grafik organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko'rgazmali tashkil etish vositasi. Grafik organayzerlar talabalarga taqdimot bilan, matn bilan, chizma bilan ishlash texnikasini shakllantirishga yordam beradi.[2] Grafik organayzerlar ma'lumotning turiga ko'ra quyidagi tartibda qo'llaniladi: Ma'lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish, o'rganilayotgan tushunchalar (voqea, hodisa, mavzular) o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va o'rgatish usul va vositalari: Klaster, Toifalash jadvali, Insert, B/B/B jadvali.
Ma'lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash usul va vositalari: T-jadval,Venndiagrammasi Muammoni aniqlash, uni hal etish, tahlil qilish va rejalashtirish usullari va vositalari: "Nima uchun?", "Baliq skeleti", "Piramida", "Nilufar guli" sxemalari, "Qanday?" ierarxik diagrammasi, "Kaskad" tarkibiy - mantiqiy sxema. Klaster metodi - pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq oylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Ushbu metodmuayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta ozlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo lishini ta'minlashga xizmatqiladi. Venn diagrammasi - grafik korinishda bolib, olingan natijalarni umumlashtirib, ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetlarni (ko'rinish, fakt, tushuncha) taqqoslash, tahlil qilish va o'rganishda qo'llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq aylanani kesishmasidan
October 20, 2023
https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorligi
g
hosil boladi.Metodning maqsadi: bu metod grafik tasvir orqali o'qitishni tashkil etish shakli bolib, u ikkita ozaro kesishgan aylana tasviri orqali ifodalanadi. Mazkur metod turli tushunchalar, asoslar, tasavurlarning analiz va sintezini ikki aspekt orqali koribchiqish, ularning umumiy va farqlovchi jihatlarini aniqlash, taqqoslash imkoniniberadi.[3] B/B/B jadvali - Bilaman/Bilishni xohlayman/Bilib oldim. Mavzu, matn, bo'lim bo'yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Mavzu bo'yicha "nimalarni bilasiz?" va "nimani bilishni xohlaysiz?" degan savollarga javob beradilar.Jadvalning 1 va 2 bo'limini to'ldiradilar. Mavzuni tinglaydilar, mustaqil o'qiydilarva 3 bo'limni to'ldiradilar.[1]
«Case-study» metodining kompetensiyaviy yondashuvi orqali talabalar mustaqil ijodiy izlanish yo'li bilan o'quv materiallarini izlab topish, muqobilini tanlash, muammo mohiyatini anglash, g'oyalarni ilgari surish, ma'lumotlarni taqqoslash, tahlili qilish va umumlashtirish malakasiga ega bo'ladi .Kompetensiyalar talabalarning o'quv va hayotiy faoliyatlari davomida bilimlarini qo'llay olish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatligi hisobga oladigan bo'lsak, o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishda amaliy yo'naltirilgan metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliy yo'naltirilgan metodlarni qo'llash jarayonida foydalaniladigan o'quv materiallari o'z o'rnida metodning samarali qo'llanilishini ta'minlashi zarur. Xususan «Case-study» metodi amaliy yo'naltirilgan metod hisoblanib, metodni qo'llash davomida foydalaniladigan o'quv materiallarida aniq hayotiy voqelik, vaziyat muammoli tarzda bayon etiladi. Bunday o'quv materiallari foydalanish mobaynida o'quvchilar vaziyatni tahlil qiladi, muammoning mohiyatini ko'rib chiqib, yechim sifatida variantlarni taklif etish bilan birga ulardan eng maqbulini tanlaydi. Ammo aytish lozimki taqdim etilayotgan hayotiy muammoli vaziyatlarga pedagogik «ishlov» beriladi.
REFERENCES
1. Yunusova D.I "Matematikani o'qitishning zamonaviy texnologiyalari" T.: "Fan" nash.-2010 yil.
2. Alixonov S. "Matematika o'qitish metodikasi". T.: "O'qituvchi" nashriyoti-2008 yil.
3. Yo'ldoshev J.G'.,Usmonov S.A. "Pedagogik texnologiya asoslari" Toshkent."O'qituvchi" 2004 yil
4. Matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua.
https://cspi.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
October 20, 2023