Научная статья на тему '“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI'

“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
202
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MUSTAQIL ISH / FAOLIYAT / MOTIVATSIYA / DIDAKTIK MAQSADLAR / KO‘NIKMALAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Axrarov B.S.

Maqolada bakalavriatning “Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar” yo‘nalishidagi 1-bosqich talabalariga o‘qitiladigan “Axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha mustaqil ishlarini tashkil etish masalalari tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS ON THE DISCIPLINE "INFORMATION TECHNOLOGIES"

The article examines the issues of organizing independent work on the discipline "Information Technologies", taught to students of the 1st year of the bachelor's degree in the direction "Information Service and Public Relations".

Текст научной работы на тему «“AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI»

УДК 378.147.004

Axrarov B.S., p.f.f.d (PhD) "Zamonaviy axborot texnologiyalari" kafedrasi dotsenti O'zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent

"AXBOROT TEXNOLOGIYALARI" FANIDAN TALABALARNING MUSTAQIL ISHINI TASHKIL ETISH MASALALARI

Annotatsiya: Maqolada bakalavriatning "Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar" yo'nalishidagi 1-bosqich talabalariga o'qitiladigan "Axborot texnologiyalari " fani bo'yicha mustaqil ishlarini tashkil etish masalalari tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: mustaqil ish, faoliyat, motivatsiya, didaktik maqsadlar, ko'nikmalar.

Akhrarov B.S., doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD)

associate professor

Department of Modern Information Technologies of the Uzbek State

University of World Languages Uzbekistan, Tashkent

ISSUES OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT WORK OF STUDENTS ON THE DISCIPLINE "INFORMATION TECHNOLOGIES"

Abstract. The article examines the issues of organizing independent work on the discipline "Information Technologies", taught to students of the 1st year of the bachelor's degree in the direction "Information Service and Public Relations".

Key words: independent work, activity, motivation, didactic goals, skills.

Oliy ta'lim tizimidagi islohotlar va jadal o'zgarishlar sharoitida talabalarning zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar bo'lib yetishishlari nuqtai-nazaridan ularga qo'yiladigan talablar ortib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish kabi vazifalar belgilangan [1]. Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda "Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar" yo'nalishidagi bo'lajak bakalavrlarning kelgusi kasbiy faoliyatlarida

axborot tizimlari va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishlari uchun "Axborot texnologiyalari" fani o'qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'limning kredit-modul tizimi asosidagi zamonaviy o'qitish shakllaridan biri talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish hisoblanadi. Oliy ta'lim tizimiga ilg'or xalqaro tajribalarni va standartlarni joriy etilishi, xususan, o'quv jarayonini kredit-modul tizimiga o'tkazilishi natijasida muayyan fan doirasida talabalarning auditoriya darslari uchun 40 foiz, mustaqil ishlari uchun 60 foiz vaqt ajratilishi belgilandi. Kredit-modul tizimida talabalarni hayotda mustaqil bo'lishga ko'niktirish amaliyoti qo'llaniladi [2].

Talabaning mustaqilligi uning o'z oldiga belgilangan maqsadlarni qo'yish, unga erishish va amalga oshirishga intilishida namoyon bo'ladi. Talabaning mustaqilligini rivojlantirish unga mustaqil ishlash ko'nikmalarini egallash, shuningdek, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu holat esa talabaning zamonaviy dunyoda ijtimoiylashuvi uchun juda muhimdir.

A.A.Mirolyubov fikricha, mustaqil ish deganda o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, lekin uning ko'rsatmalariga binoan sinfda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda yoki uyda o'quvchilarning individual va jamoaviy faoliyatining turli xil turlari tushuniladi [3, 250 b]. Ushbu masalada yetakchi o'rin mustaqil ishni tashkil etish va rejalashtirishga beriladi.

I.A. Zimnyaya mustaqil ishni sub'ekt faoliyati nuqtai nazaridan quyidagicha ta'riflaydi: mustaqil ish maqsadga yo'naltirilgan, ichki motivatsiyalangan, sub'ektning o'zi tomonidan amalga oshiriladigan va jarayon hamda natijaga ko'ra tahrirlanadigan strukturalashtirilgan harakatlar yig'indisidan iborat faoliyat. Uni bajarish yuqori darajada o'z-o'zini anglashni, refleksivlikni, intizomni, shaxsiy mas'uliyatni talab qiladi [3, 256 b.].

P.I. Pidkasistiy mustaqil ish "o'quv jarayonida o'quvchining mustaqil faoliyatini tashkil etish va boshqarishning o'ziga xos pedagogik vositasi bo'lib, u o'quv yoki ilmiy bilish metodini o'z ichiga olishi kerak", deb hisoblaydi [5, 315 b]. Uning fikricha, mustaqil o'quv ishi deganda odatda o'qituvchi tomonidan tashkil etiladigan va ajratilgan muayyan vaqt oralig'ida qo'yilgan didaktik maqsadlarga erishishga qaratilgan talabaning bilimlarni izlash, ularni tushunish, mustahkamlash, ko'nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish, umumlashtirish va tizimlashtirish kabi har qanday faol faoliyati tushuniladi.

Talabalarning mustaqil ishi - bu talabaning o'ziga xos o'quv faoliyati bo'lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o'qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo'naltirilgan [2, 90 b.].

"Talaba mustaqil ishi" tushunchasiga berilgan ta'rifni aniqlash muammosiga bag'ishlangan ilmiy va pedagogik adabiyotlarning tahlili ushbu masala bo'yicha haligacha yagona ta'rif berilmaganligini ko'rsatdi. Umumiy holda quyidagi uchta yondashuvlar asosida ushbu tushunchaga berilgan ta'riflar

guruhini ajratib o'tish mumkin: a) faoliyat turi sifatida, b) ta'lim shakli sifatida va c) o'rganish usuli va vositasi sifatida [6, 7, 8, 9].

Birinchi guruhda talabaning mustaqil ishi sub'ekt-sub'ekt munosabatlarining bir turi sifatida namoyon bo'ladi, bunda o'qituvchi talaba uchun maslahatchi hamkor vazifasini bajaradi.

Mustaqil ish tushunchasiga berilgan ta'riflarning ikkinchi guruh yondashuvlarida asosiy urg'u o'quv maqsadlariga erishishga beriladi va bunday maqsadlarga talabalar o'qituvchi rahbarligida mustaqil ravishda erishishlari kerak bo'ladi.

Uchinchi guruh yondashuvlarida, mustaqil ish o'qituvchining rahbarligi va nazorati ostida talabalar axborotni mustaqil izlash orqali bilimlarni egallashlari nazarda tutiladi.

Yuqoridagi barcha ta'riflar mustaqil ishning ahamiyatini e'tirof etishi, uning alohida jihatlarini tavsiflashi bilan qimmatlidir, lekin ularda mustaqil ishning pedagogik mohiyati va muammolari to'liq ochib berilmagan.

Pedagogik va psixologik adabiyotlarning tahlili mustaqil ish tushunchasiga berilgan ta'rifni quyidagicha aniqlashtirish imkonini berdi: mustaqil ish o'qituvchi tomonidan maxsus tashkil etiladigan talabaning bilimlarni mustaqil o'zlashtirish, ko'nikmalarni ivojlantirish\, o'z-o'zini anglash, tarbiyalash, nazorat qilishga qaratilgan o'quv va ijodiy faoliyati.

Mustaqil ish - talabaning zarur bilimlarni o'zlashtirishi, ko'nikma va malakalarni egallashi, tizimli ishlashga, fikrlashga o'rgatadigan, o'ziga xos aqliy faoliyat uslubini shakllantiradigan ta'lim shaklidir. Uning boshqa ta'lim shakllaridan farqi shundaki, u o'quvchining o'z faoliyatini qo'yilgan vazifa yoki paydo bo'lgan muammoli masalaga muvofiq tashkil etish qobiliyatini nazarda tutadi.

Bakalavriatning "Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar" yo'nalishidagi I kurs talabalariga o'qitiladigan "Axborot texnologiyalari" fani bo'yicha o'quv rejaga muvofiq jami 120 soat, shu jumladan ma'ruza mashg'ulotlari uchun 24 soat, amaliy mashg'ulotlar uchun 24 soat va mustaqil ishlar uchun 72 soat belgilangan.

Talabalarning mustaqil ish topshiriqlarini bajarish bo'yicha ko'nikmalarini rivojlantirishga, bizning fikrimizcha, o'quv jarayonining dastlabki kunlaridanoq e'tibor qaratish lozim. Talabalarga ilmiy axborot hajmining ortib borishi, ba'zi bilimlarning yangilanib borishi hisobiga boshqalarining tez eskirishi kuzatilayotgan hozirgi sharoitda yangi bilimlarni izlab topishlarida mustaqil ishning ahamiyati alohida tushuntirilishi uni bajarish samaradorligini oshirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

"Axborot texnologiyalari" fanini talabalar tomonidan muvaffaqiyatli o'zlashtirilishi ularning auditoriyada va auditoriyadan tashqarida mashg'ulotlarga vijdonan munosabati va mustaqil ishni bajarish jarayonida o'qituvchi ularga mustaqil ishlash mahoratini qay darajada singdira olganligi hamda foydalaniladigan metodik usullarning qanchalik to'g'ri ekanligiga bogliq.

Shuning uchun talabalarning barcha mustaqil faoliyati o'qituvchi tomonidan kuzatib borilishi va nazorat qilinishi kerak. U maslahat, ko'rsatmalar berish, metodik usullarni tushuntirib berish, nazorat qilish shaklida namoyon bo'ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarilishi uchun o'qituvchi va talabaning o'zaro munosabati (biri boshqaruvchi, ikkinchisi esa ijro etuvchi) to'g'ri tashkil etilishi muhim. Bunda ustuvor vazifa sifatida "Axborot texnologiyalari" fanini o'zlashtirilishini ilmiy asoslangan metodik boshqarish e'tirof etiladi. Shu bilan birga, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish va boshqarish sifati hamda samaradorligi butun pedagogik jarayonni baholashning eng muhim mezoniga aylanadi.

Mustaqil ish materialini bir tekis taqsimlash va uning hajmini nazorat qilish imkoniyati talabalar uchun haddan ziyod yuklanishiga va surunkali kredit qarzlariga olib kelmasligi uchun muhimdir.

Metodik adabiyotlar bilan ta'minlamasdan turib talabalarning mustaqil ishini samarali tashkil etish mumkin emas. Mustaqil ishlarni tashkil etish va boshqarish vositasi sifatida muayyan mustaqil ishni bajarishga oid berilgan topshiriqlar bilan birga ularni bajarish yuzasidan yozma metodik ko'rsatmalarning o'qituvchi tomonidan ishlab chiqilishi muhim.

"Axborot texnologiyalari" fani bo'yicha talabalarning auditoriyadan tashqari bajaradigan mustaqil ishlarini didaktik maqsadlarga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

- o'rganilayotgan mavzuning mohiyati va xususiyatlarini ochib berish, mantiqiy ketma-ketlik asosida hisobot yaratishni o'rganishga yo'naltirilgan mustaqil ishlar;

- elektron hujjatlar bilan ishlash ko'nikmalarini egallashga yo'naltirilgan mustaqil ishlar;

- axborotni (matn, grafika, infografika, video va shu kabilarni) qayta ishlash ko'nikmalarini mustahkamlash, axborotni qayta ishlash texnologiyalarida aniq harakatlarning amalga oshirilishini tasvirlashni o'rganishga yo'naltirilgan mustaqil ishlar.

Didaktik maqsadlarga ko'ra birinchi guruh mavzulariga quyidagilar kiradi:

1. Axborotlashtirishning ijtimoiy oqibatlari.

2. Axborotlashgan jamiyat sharoitida ijtimoiy tuzilma va OAV faoliyatining o'ziga xosligi.

3. Bulutli texnologiyalarni axborot xizmatlari ko'rsatishda qo'llash

4. Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha mutaxassis uchun multimedia texnologiyalari va ularning imkoniyatlari.

5. Axborot uzatishning texnik vositalari va ulardan foydalanish.

6. Statsionar va mobil kompyuterlarning rivojlanish tendensiyalari

7. O'zbekistonda Internet orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot va interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish

8. Internet va axborot xavfsizligi. Internetda va ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik

Didaktik maqsadlarga ko'ra ikkinchi guruh mavzulariga quyidagilar kiradi:

1. MS Word matn protsessorida xizmat va ish hujjatlarini yaratish

2. Nashriyot tizimida shakllar, reklama varaqalari, taqdimot bukletlarini sahifalash

3. MS Excel jadval protsessorida hisobot hujjatlarini yaratish

4. MS Excel jadval protsessorida statistik ma'lumotlarni yaratish va tahlil

qilish

Didaktik maqsadlarga ko'ra uchinchi guruh mavzulariga quyidagilar kiradi:

1. Arxivator dasturlari va ularning imkoniyatlari

2. Prezi - professional taqdimotlar yaratish uchun onlayn xizmati

3. Google-taqdimotlar yaratish texnologiyalari

4. Infografika yaratish uchun bepul xizmatlar va ulardan foydalanish

5. Rastrli grafika texnologiyalari.

6. Vektorli grafika texnologiyalari.

7. Kompyuter va smartfonlar uchun bepul video muharrirlari.

8. Video muharrir dasturi bilan ishlash texnologiyalari

9. Audio va video lavhalarga ishlov berish

10. Google servis xizmatlari yordamida blog va so'rovnomalar yaratish

11. Sayt yaratish uchun konstrukorlar. CMS WordPress yordamida sayt yaratish va uni sozlash.

12. Veb-muharrirlar yordamida Veb-sayt yaratish.

Adabiyotlar tahlili va to'plangan tajriba asosida talaba tomonidan mustaqil ishni samarali bajarilishi quyidagi omillalarga bog'liq deb xulosa chiqarish mumkin:

1. Talabaning mustaqil ishi unda jiddiy va barqaror motivatsiya mavjud bo'lganidagina samarali bajarilishi mumkin;

2. Talabaning axborot bilan ishlashi (axborotni tahlil qilish, taqqoslash, sintez qilish, umumlashtirish, hisobotlarni tayyorlash) uchun ma'lum darajadagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi;

3. Talabada bajariladigan mustaqil ish hajmini aniqlash, uni bajarish bosqichlarini ajratib ko'rsata olish, har bir bosqichda maqsad va vazifalarni to'g'ri belgilash, o'z-o'zini boshqarish, vaqtni to'g'ri taqsimlash, o'z ish joyini to'g'ri tashkil etish ko'nikmalarini ma'lum darajada shakllanganligi;

4. Talabaning mustaqil ish bo'yicha zarur ma'lumotlarni olish uchun ma'lumlar va noma'lumlar chegaralarini aniqlash, o'z imkoniyatlarini va mustaqil ish sifatini tanqidiy yondashuv asosida baholay olish kabi qobiliyatlariga ega bo'lishi.

Motivatsiya - shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar to'plami bo'lib, u ayni zamonda kishi xulqini psixofiziologik boshqarishning

dinamik jarayonini ham bildiradi va faoliyatining yo'nalishi, faolligi, uyg'unligi va turg'unligini belgilaydi [10, 19 b.]. Motivatsiya - o'quv faoliyati tarkibining muhim uzviy bog'liq qismidir.

Talabada motivatsiyaning shakllantirilishi uning o'z faoliyatidan «qoniqish» hosil qilish va yuqori o'zlashtirish ko'rsatkichlariga erishish uchun zamin yaratadi. Talabaning mustaqil ishni bajarishga bo'lgan ishtiyoqi o'qituvchi mahoratiga hambog'liq. O'qituvchi mashg'ulotlarni qiziqarli va o'ziga jalb qiladigan darajada olib borsagina talabaning mustaqil ishni bajarishga bo'lgan ishtiyoqi ortadi.

Mustaqil ishni samarali bajarilishidagi talaba motivatsiyasi quyidagilarga bog'liq:

- bajariladigan mustaqil ishning talabaning kelgusi kasbiy faoliyati uchun ahamiyuati va foydaliligi;

- yuqori reyting ballariga erishishga intilish.

- bajarilgan mustaqil ish bo'yicha talabani rag'batlantirish;

- o'qituvchi shaxsi va uning mahoratiga.

"Axboroit texnologiyalari" fani bo'yicha mustaqil ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat natijasida talabalarda quyidagi ko'nikmalar rivojlantiriladi:

- axborotni izlash (axborot manbalari bilan ishlash);

- axborotni qayta ishlash;

- axborotni taqdim etish;

- axborotni uzatish.

Axborotni izlash (axborot manbalari bilan ishlash) - talabalarning mustaqil ish topshiriqlarini bajarish faoliyatining asosiy turi. Adabiyotlar, Internet resurslari bilan ishlash ko'nikmalari talaba dunyoqarashini, uning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, talabalar axborot manbalari bilan ishlashda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Ular axborot-resurs markazidagi (elektron) kataloglardan yoki Interenet tarmog'idan kerakli manbani izlab topishlari, uning tarkibidan unumli foydalana olmasdan, darhol asosiy bob yoki paragraflarni o'qishga berilib ketib, mundarija, annotatsiya, kirish qismlaridagi ma'lumotlarga e'tibor bermaydilar [11, 75 b.].

Axborotni qayta ishlashda talabalarda mavzuga doir axborotni tushunish, anglash, mantiqiy ketma-ketlik asosida grafik ko'rinishidagi bog'lanishlarni tuzish, tahlil qilish, taqqoslash, sintez, umumlashtirish, o'qilganlar asosida muammoni hal qilish bo'yicha o'z yondashuvini ishlab chiqish kabi ko'nikmalar rivojlantiriladi.

Axborotni taqdim etishda talabalarda mavzuga doir ma'lumotlar asosida reja ishlab chiqsh, reja bo'yicha ma'lumotlarni guruhlash, strukturalash, matnnig hajmiga va mantiqiy ketma-ketligiga rioya qilgan holda elektron shakldagi

hisobotni (referat, multimedia taqdimoti, video) tayyorlash va taqdim etish ko'nikmalari rivojlatiriladi.

Axborotni uzatishda talabalarda mustaqil ish hisobotini bayon etishda dalillarni farqlash, munozaraga kirishish, mavzu bo'yicha o'z fikrini asoslash kabi ko'nikmalar rivojlantiriladi.

Shunday qilib mustaqil ish talabalarning axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirishning omili bo'lib, bo'lajak bakalavrlarning kelgusi kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni / Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019 y., 06/19/5847/3887-son.

2. Хабибуллаев Р., Топилдиев В., Инназаров М.. Кредит модул тизими ва укув жараёнини\ ташкил этиш. Укув -услубий мажмуа. Бош илмий-методик марказ. Тошкент - 2020, 149 b.

3. Зимняя И. А. Педагогическая психология: Учебник для вузов. - 3-е издание, пересмотренное. - М.: МПСИ; Воронеж: МОДЭК, 2010. - 448 с.

4. Педагогика. Учебное пособие для студентов педагогических вузов и педагогических колледжей / Под ред. П.И. Пидкасистого. - М: Педагогическое общество России, 1998. - 640 с.

5. Жуков, Г. Н. Профессиональный стандарт педагога и особенности его реализaции в системе СПО [Текст] / Г. Н. Жуков // Профессиональное образование. Столица. - 2016. - № 11. - С. 28-31.

6. Никулин, А.А. К проблеме внедрения инновaционных моделей обучения в системе среднего профессионального образования // Материалы международного научного форума обучающихся "Молодежь в науке и творчестве", 26 апреля 2017 г., [Электронный ресурс]: сборник научных статей. - Гжель: ГГУ, 2018. - 821 с.

7. Организaция самостоятельной работы студентов [Текст]: материалы докладов VI Международной очно-заочной научно-практической конференции "Организaция самостоятельной работы студентов", 28 апреля 2017 года / Саратовский шциональный исследовательский государственный университет им. Н. Г. Чернышевского; [редкол.: Сипакова И. Н. (отв. ред.) и др.].-Саратов: Техно-Декор, 2017.-419 с.

8. Хлупина Н. О. Организaция самостоятельной работы студентов по овладению компетенциями в учреждениях среднего профессионального образования: автореферат дис.... кандидата педагогических наук: 13.00.08 / Н.О. Хлупина; [Место защиты: Кемер. гос. ун-т].-Кемерово, 2017.-23 с.

9. Абдукодиров А.А., Пардаев А.Х. Педагогик технологияларга оид атамаларнинг изошли луFати. - Т.: «Фан ва технология», 2012. - 44 б.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

10. Бережнова Е.В., Краевский В.В. Основы учебно-исследовательской деятельности студентов: Учебник для студентов средних пед. учеб. заведений. - М.: Академия, 2005. - 128 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.