Научная статья на тему 'TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA BAKALAVIRLARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI'

TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA BAKALAVIRLARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
366
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim / kredit-modul / mustaqil ta’lim / bakalavir / guruh

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilorom Xoshimova, Shaxnoza Akbarovna Abdullajonova

Ushbu maqolada kredit-modul tizimida bakalavrlarning mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish yo‘llari asosida tashkil etilgan mustaqil ta’limmuvaffaqiyatli bajarilganda talabalarning mustaqilliklarini tarbiyalab borishi haqida atroflicha ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA BAKALAVIRLARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI»

TA'LIMNING KREDIT-MODUL TIZIMIDA BAKALAVIRLARNING MUSTAQIL FAOLIYATINI TASHKIL ETISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Dilorom Xoshimova Shaxnoza Akbarovna Abdullajonova

QDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada kredit-modul tizimida bakalavrlarning mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish yo'llari asosida tashkil etilgan mustaqil ta'lim- muvaffaqiyatli bajarilganda talabalarning mustaqilliklarini tarbiyalab borishi haqida atroflicha ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, kredit-modul, mustaqil ta'lim, bakalavir, guruh.

WAYS TO IMPROVE THE METHODOLOGY OF ORGANIZATION OF INDEPENDENT ACTIVITIES OF BACHELORS IN THE CREDIT-MODULE

SYSTEM OF EDUCATION

Dilorom Xoshimova Shakhnoza Akbarovna Abdullajonova

KSPI

Abstract: This article provides detailed information on how to improve the methods of organizing independent activities of bachelors in the credit-module system, independent education - the development of students' independence in the successful implementation.

Keywords: Education, credit module, independent study, bachelor, group.

Ta'limning kredit-modul tizimida bakalavrlarning mustaqil faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish yo'llari asosida tashkil etilgan mustaqil ta'lim-muvaffaqiyatli bajarilganda talabalarning mustaqilliklarini tarbiyalab boriladi. Odatda mustaqil ta'lim talabalar e'tiboriga darhol uni hal etish mumkin bo'lgan masala ko'rinishida havola etiladi. Talabalarga mustaqil ta'limni masala ko'rinishida taklif etish, aniq muammoli vaziyatlarda shartlarni izlash yoki ifoda etish jarayonida sub'ektlar tomonidan tashkil etuvchi faoliyatini go'yoki talabalar o'rniga o'qituvchi bajargandek bo'ladi. Mustaqil o'qishda shartlar oldindan ma'lum qilinmaydi. Agarda o'qituvchi tomonidan beriladigan ta'limiy mustaqil ishlarni bajarish jarayonida talaba yechim yo'lini topa olmasa, u holda aniq vaziyatga duch kelib ushbu mustaqil ishni yechimini izlashga imkon beruvchi holatga aylantira olmaydi.

Mustaqil ta'lim ma'lum didaktik vazifalarga qat'iy amal qilishni taqozo etadi. Mustaqil ta'limning shartlari avvaldan tuzuvchi tomonidan belgilab qo'yilganda, talabadan o'zgartirish malakasini namoyish qilish talab etilmaydi. Mustaqil bilim olishda ko'proq shartlari ifoda etilmagan topshiriqlarni bajarishga to'g'ri keladi. Mustaqil ta'lim asosida sub'ekt shartlarni o'zgartirishi qonunlari bilan tanishadi, aniq bir muammoni tahlil qilish va mustaqil ishini bajarishda mavjud ko'nikma va malakalardan foydalanadi. Mustaqil ta'lim yordamida tushunchalarni shakllantirish, sub'ektlarga mustaqil ravishda muammo belgilarini aniqlash, muhim ma'lumotlarni ikkinchi darajali ma'lumotlardan ajratib olish va qo'shimchalarni izlab topish imkonini beradi. Mustaqil ishlashni ta'minlashga imkon beradigan mustaqil ta'lim -tushuncha, sabab va qadriyatli yo'nalishlarni o'zlashtirishi past darajali va qoniqarsiz bo'lgan talabalar uchun qulay sharoitni yaratishni ko'zda tutadi. Mustaqil ta'lim o'z -o'zini tarbiyalash, mustaqil o'qish-bilishlarni o'zlashtirish, tasavvurlarni rivojlantirish tushuncha malaka ko'nikmalarni hosil qilishi bo'yicha o'quv jarayonlarining sub'ektiv maqsadiga muvofiq muntazam mustaqil faolligini tashkil etishidir. Mustaqil ta'lim omilining birinchi tamoyillaridan biri - ilmiy yo'llarni va ilg'or pedagogik tajribalarni aqliy ravishda o'zlashtirishdir. Ilmiy bilimlar -voqelikning haqqoniy in'ikosidir. Tevarak - atrofni o'rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning ichki muhim xossalarini va o'zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina ilmiy hisoblanadi.

Mustaqil ta'limning ilmiyligi qoidasi o'qituvchining o'quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi, o'zlashtirishi uchun to'g'ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Nazariy qoidalarni tushunishi, materialni ilmiy asosda izohlab berishni muhim belgisi bo'lib, u o'quvchini fikrlash faoliyatini xususiyatlarini belgilaydi. Ilmiy bilimlar ilmiyligiga xos voqelikni har xil darajada aks ettirishi mumkin. Ilmiy izoh mustaqil ta'limning hamma bosqichlariga har bir guruhda ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri - nazariy ma'lumotlar tuzilishi, shu ma'lumotlarda tevarak - atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazardan bilib olishidir. Ilmiy bilimlarni egallash jarayonida talabalarda ilmiy dunyoqarash, e'tiqod tarkib topadi. Tafakkur rivojlanadi. Mustaqil ta'limning ilmiy bo'lishi qoidasi ta'lim jarayonida talabalarni hozirgi zamon darajasiga muvofiq kelajak ilmiy bilimlar bilan qurollantirish yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishni ta'minlashga qaratilgan. Shunday ekan, ta'lim tizimida talabalarni ta'lim jarayonlarida va mustaqil ishlar faoliyatida erkin, ijodiy, mustaqil fikr yuritishlarida pedagogning o'rni kattadir. Ta'lim tuzilishida mustaqil ish va uni tashkil etishda ikki tamoyil - mustaqil ishning tizimli va izchil bo'lishi tamoyilidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy taraqqiyotning har bir davridagi institutning tarixiy tajribasi ta'lim vazifasini ma'lum bir tizimsiz bajarib bo'lmasligini ko'rsatadi. O'quv materialini tushuntirishi tizimi o'quv materiali aniq bayon qilingan

g'oyalarga, o'qituvchi bu g'oyalarni qaysilarini tushuntirmoqchi ekanligiga, talabalar yoshi ularning bilimlarni o'zlashtirishga qanchalik imkoniyat berishini, talabaning yaxshi bilish - bilmasligiga shu yosh va shu saviyadagi talabalarga xos fikrlash faoliyatining xususiyatlariga darsdagi bilimlarni o'zlashtirish jarayoni odatda qanday tushuntirilishiga bog'liqdir.

Mustaqil ish - uning tizimli, izchil bo'lishi bilan bog'liqdir. Izchillikning xarakterli belgisi shundaki, u talabalarning oldindan o'zlashtirgan bilim va malakalari zamirida yangi bilim, ko'nikma, malakalarni yana ham chuqurlashtirishi, kengaytirishi va mustahkamlashni ta'minlashga qaratilgandir. Mustaqil ish tizimlilik va izchillik qoidasi orqali har qaysi o'quv fanlarning bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lishini ko'rsatishda ham muhim ahamiyatga ega. Mustaqil ta'limning mustaqil bo'lishi qoidasi bayon qilinayotgan o'quv materiallarini mustahkamlash va ilgari o'qitilgan materiallarini to'ldirishga xizmat qilishni, talabalarning uzluksiz va tizimli suratda mustaqil ish olib borishlarini, talabalarning o'zlashtirgan bilim va hosil bo'lgan ko'nikma, malakalarini hisobga olib borishni ham o'z ichiga oladi.

Mustaqil ishni tashkil etishning uch tamoyili mustaqil ishning amaliy faoliyati bilan bog'lashdir. Mustaqil ishni turmush va ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog'lab olib borish eng asosiy va yetakchi qoidadir. Talabalarning mustaqil, ijodiy faoliyati shu faoliyatga xizmat qilinganligi va hayot bilan bog'langanligi sababli bu bilimlarini egallash uchun ularning mazmunini o'zlashtirib olishgina emas, balki bilimlarini amalda qo'llay bilishga yordam beradi. Mustaqil ishlarni tashkil etishda guruh a'zolari orasida vazifalar aniq tasdiqlansa, o'zaro hamkorlik yo'lga qo'yilsa, samarali natijalar beradi. Talabalarni mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi elementlar hisobga olinmog'i zarur:

1. Talabalarni guruhlarda ishlashga tayyorlash, o'quv topshiriqlarini aniq qo'shish, guruhda ishlash bo'yicha tushuncha berish, reglament o'rnatish.

2. O'quv topshiriqlarini bajarish bo'yicha reja tuzish, uni muhokama etish. Uni hal etish yo'llarini aniqlash va ishni olib borish bo'yicha o'zaro vazifalarni taqsimlash.

3. O'quv topshiriqlarini bajarish bo'yicha ishni tashkil eta olish.

4. Guruhdagi ishni tashkil etishda ish jarayoni va a'zolar ish joylarini kuzatish va zarur hollarda yordamga kelish.

5. Guruhlarda topshiriqlarni bajarish natijalari bo'yicha axborot berish, guruhda munozaralar o'tkazish, ish jarayonini borishiga qo'shimcha va tuzatishlar kiritib borish. O'qituvchi tomonidan ishning natijalari bo'yicha xulosalar chiqarish va yakun yasash.

6. Guruhda topshiriqlarni bajarish jarayonida o'zaro tekshiruv va nazorat olib borishni yo'lga qo'yish.

7. Har bir guruhning ish natijalariga, guruh ishiga tahliliy baholar berish.

Guruh ishining muvaffaqiyatli chiqishi o'qituvchining o'quv faoliyatini tashkil eta olish harakati, mahoratiga bog'liq. Ya'ni, o'qituvchi guruhda ishtirok etayotgan har bir talabaning shaxsiy faoliyatini tashkil eta olishi, har bir talaba o'qituvchi ko'magini olishi, ishning borishi bilan pirovard natijani muvaffaqiyatli ko'rsata olishga bog'liq. Guruhlar ishini tashkil etishda bir qator kamchiliklar sodir bo'lishi mumkin. Qiyinchiliklardan biri guruhlarni to'g'ri maqsadli shakllantira olish va unda ishni tashkil eta olishdir. Guruhlarda ishlash jarayonida talabalar ayrim qiyin topshiriqlarni mustaqil yechishga qiynaladilar. Shu sababli guruhlarda ishni tashkil qilishda umumiy ishni tashkil etish bilan bir vaqtda individual ishlarni ham tashkil etishga to'g'ri keladi. Bunday hollarda ko'pincha yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Umuman, o'quv predmetlari bo'yicha beriladigan topshiriqlarning qiyinchilik darajasiga qarab guruhda ijodiy muhit yaratiladi. Guruhlarda ishlash davrida talaba, talaba - talaba orasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam muhiti o'rnatilsa, guruhlar ishi kutilgan natijalarni beradi. Interfaol metodlarda ishlash jarayonlarida ishlash malakalarini hosil qilish uchun mustaqil ishlar beriladi. Mustaqil ishlashda talabalar ijodiy fikrlaydilar, o'z o'quv faoliyatlarida foydalanish uchun malaka va ko'nikmalarni hosil qiladilar. Ta'lim - tarbiya jarayonini tashkil etishda pedagog dastlab ta'lim - tarbiya mazmuniga, ilmiy, zamonaviyligiga, DTSga mosligiga e'tiborni qaratishi lozim. Treninglar - qo'shimcha ta'lim olishning asosiy formalaridan bo'lib, uning o'zaro xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil, ishlash, qarorlar qabul qilishni o'rganadi. Teningni tashkil etish va o'tkazishda shunday metodlar mavjudki, ular universal xarakterga ega. Masalan, guruhiy munozaralar, o'yin asosidagi metodlar, vaziyatlarni modullashtirish, inson sezgilarini rivojlantirish texnikalari, mediativ texnikalar va boshqalar. Guruhli -munozara - bu metod muammoli savollarni hamkorlikda muhokama etishda qatnashchilarni nazariy va amaliy, ijodiy qatnashchilarni talab etadi. Bunday metodlar masalaning echimiga turli tomonlardan qarashga mo'ljallanadi, masalani echimiga har bir ishtirokchi alohida fikr bildiradi va shular asosida qandaydir echimga olib kelinadi. Trener munozarani turli savollarni qo'yish asosida boshqaradi va ularni echim sari boshlaydi. Agar guruh a'zolari biror savolni o'rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o'zlari echimni izlab topishlari ham mumkin. Trening qoidali tashkil etish bo'yicha munozara o'tkazish bilan boshlanishi, guruh deganda nimani tushuniladi, guruhning shakllanishi, qaysi kriteriyalar orqali shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Treningni samarali kechishi yangi ko'nikmalarni egallash, ijodiy, mustaqil faoliyatning rivojlanishiga olib keladi. Treninglarda mustaqil ishlarni guruxlarda tashkil etishning o'ziga xosliklari mavjud.

- Bu shaklda talabalar guruhlarga bo'linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi.

- Har bir guruh alohida (ya'ni bir xil yoki tabaqalashgan) topshiriqlar ustida ishlaydi.

- Topshiriq o'zaro muloqotga asoslanadi yoki biror etakchi rahbarligida tashkil etiladi.

- Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg'ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh a'zosining qanchalik hissa qo'shganini hisobga olinadi.

Guruh tarkibi doimiy bo'lmasligi mumkin, ular shunday guruh a'zosiga o'zining maksimal hissasini qo'shish imkoniyati muhiti yaratiladi. Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 nafar a'zo ishtirok etadi. Uning tarkibiga beriladigan topshiriqlarning mazmuni va xarakteriga qarab o'zgartirishlar kiritilishi mumkin. Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan talabalarning bo'lishi kutilgan natijalar beradi. Guruhli mustaqil ishlarni tashkil etishda ayrim talabalarning individual yordamga muhtojliklari sezildi. Shunday vaziyatlarda o'qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmagan talabalarga yordam berib borishi maqsadga muvofiq. Guruhli o'quv - biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq tabiiy fanlardan tashkil etilgan amaliyot, nutq o'stirish mashg'ulotlari (dialog) matnlarni o'zlashtirish, tarixiy materiallarni o'rganishi va pedagogika darslarida juda qo'l keladi. Bu holatlarda guruhlarda o'zaro muloqot o'rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi.

Amaliy mashg'ulotlar ilmiylik, talaba tabiatiga mosligi, ketma-ketlik, tizimliligi, tushunarliligi, mustahkamligi, anglash va faollik, ko'rgazmalilikning amaliyot bilan bog'liqligi, amalda qo'llay bilish asosida tashkil qilinadi va mustaqil tafakkurlari rivojlantiriladi hamda quyidagilarga erishiladi. Faol usullardan foydalanilganda esa amaliy mashg'ulotni tashkil etish bilan bor kuchini, mahoratini ishga solib oladi, ko'rgazmali qurol, didaktik tarqatma materiallar yordamida yaxshilab tushuntirishga harakat qiladi. O'qituvchi talabalar bilan mavzu yuzasidan fikr almashinadi. Ijodiy ishlar berish orqali mashqlar yechadi. Ishlanmalarini, mustaqil ishlash, takrorlash orqali amalga oshiradi. Ta'lim mazmunini birmuncha o'zlashtirishga erishadilar. Yangi texnologiyalar asosida amaliy mashg'ulotlarni tashkil etish talabalarni dars jarayonini o'zlashtirishga qulay muhit yaratiladi, talabalarning o'zaro fikr almashishlariga imkon beradi. O'zaro axborot olish va berish uchun sharoit tug'diriladi. Yechimini kutayotgan masalalarni hamjihatlikda muhokama etadilar, yechadilar. Vaziyatdan chiqishda hamkorlikda yechim topadilar. Olgan axborotlari asosida bilimlarini bir-birlariga namoyish etadilar. Bir-birlaridan ilhomlanib, ruhiy qoniqish paydo bo'lib, vaqt o'tganini bilmay qoladilar. Har bir ishtirokchi ta'lim mazmunini mualliflardek his etadilar. Ta'lim mazmunini to'la o'zlashtirishga erishadilar. Amaliy mashg'ulot o'qituvchi tomonidan barchaga birdek qaratiladi, ya'ni bir oz abstraktlik yuzaga keladi. Barchani qiziqish, qobiliyatlaridan qat'iy nazar

bir xilda, bir maqsad yo'lida izlanish, fikrlash, ishlashga undaydi. Talabalarning rivojlanish darajasi, tayyorgarligi bir xil bo'lganligi tufayli bilim va ko'nikmalarni qabul qilib olish, o'zlashtirish birdek natijani kafolatlamaydi.

Shuning uchun amaliy mashg'ulotlarda savol-javoblar, laboratoriya ishlari, mashqlar yechish iloji boricha talaba shaxsiga yo'naltirilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, amaliy mashg'ulotlar biror faoliyat yoki muammoni o'zaro muloqotda, o'zaro muomalada, o'zaro bahs -munozara, debat usulida, fikrlash asosida hamjixatlik bilan hal qilish asosida tashkil qilinishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirzieyevning 2019 yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi // kun.uz. 2018.12.28.

2. "Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon haetning, do'stona hamkorlik esa taraqqietning kafolatidir". Prezident Shavkat Mirzieyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi // "Xalq so'zi" online gazetasi, 2018 yil 8 dekabr.

3. Mirzieyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - T.: "O'zbekiston", 2017 y.

4. Mirzieyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqieti va xalq farovonligining garovi. - T.: "O'zbekiston", 2017 y.

5. S.Jo'rayev, A.Xasanov. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi.T.2014.

6. Golish L.V., Fayzullayeva D.M. Pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish va rejalashtirish. T.: "Iqtisodiet", 2011. - 208 b.

7. Methods of Teaching. Cource Gulde. Associate Degree in Education B.Ed.(Hons) Elementary. 2012. 44-65.

8. Technologies for education. Wadi D. Haddad, A.Draxler. 94-118.

9. Ishmuhammmedov R. Ta'limda innovasiya. - Toshkent:«Fan», 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.