ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA TA'LIMIY VOSITALARDAN
FOYDALANISH
Mavlyanova Shahodat Djambulovna
Toshkent shahri, Yangihayot tumani 285-maktab Ona tili va adabiyot o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7524208
Annotatsiya: Maqolada ona tili va adabiyot darslarida foydalaniladigan ta'limiy vositalar, ya'ni dars samaradorligini oshirishda xizmat qiladigan grafik organayzerlar haqida ma'lumotlar berilgan. Ushbu chizma usullari yordamidan foydalanish uchun "Insert" va "Kaskad" haqida alohida tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: grafik organayzerlar, chizmalar, jadvallar, "Insert", "Kaskad".
Ma'lumki, ona tili va adabiyot darslarida innovatsiya va ilg'or xorijiy tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Buni biz grafik tashkil etuvchilar yoki organayzerlar misolida ko'rib chiqishimiz mumkin. Grafik tashkil etuvchilarga "Insert" usuli, "Toifali jadval", "Konseptual jadval", "BBB" usuli, "Klaster" sxemasi, "T-jadvali", "Venn diagrammasi", "SWOT-tahlil jadvali", sxema va diagrammalar: "Nima uchun?", "Qanday?", "Baliq skeleti", "Muammoli vaziyat" kabilar kiradi. Organayzer inglizcha "tashkil etuvchi, grafik tashkil etuvchi" ma'nosini bildiradi. Axborot texnologiyalari sohasi atamasi sifatida ishlatiladi. Aniqrog'i, Power-point va shu kabi dasturlarda tayyorlanadigan vizual ko'rgazmali namoyish usuli hisoblanadi. Tahliliy ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish usullari va vositalari sifatida organayzerlar (grafik tashkil etuvchilar)ning vazifasi muhim hisoblanadi. Ma'lumotlarni ko'rgazmali taqdim etish usullari va vositalari: grafik tashkil etuvchilar. Ushbu bo'limda ma'lumotlarni tarkiblashtirish va umumlashtirish usul va vositalari, o'rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o'rtasida aloqa va aloqadorlikni o'rnatish; ma'lumotlarni tahlil qilish, solishtirish va taqqoslash; muammolarni hal etishni rejalashtirish kabi masalalar o'rganiladi.
Grafik tashkil etuvchi - fikriy jarayonlarni ko'rgazmali taqdim etish vositasi. Ular ma'lumotlarni tarkiblashtirish va tarkibiy bo'lib chiqish usul va vositalari, o'rganilayotgan tushunchalar (hodisalar, voqealar, mavzular va shu kabilar) o'rtasida aloqa va aloqadorlik o'rnatishga o'rgatadi. "Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan yaxshi" degan naql bor. Og'zaki ravishda materiallarni o'zlashtirish ko'rsatkichi 10 foiz bo'lgan sharoitda dars o'tish samarasiz bo'ladi. Mashg'ulotlarda o'quv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim.
Dars o'tish qulay va jonli bo'lishi uchun turli ko'rgazmali qurollar ishlab chiqish zarur bo'ladi. Ulardan o'z vaqtida va o'rnida foydalanishga harakat qilish kerak. Murakkab mavzuni o'quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun "Insert" va «Kaskad» kabi organayzerlardan foydalanishni tavsiya qilaman.
INSERT JADVALI. Insert so'zi inglizcha joylashtirmoq, belgi qo'ymoq ma'nosini beradi.
- mustaqil o'qish, ma'ruza tinglash jarayonida olinadigan ma'lumotlarni bir tizimga keltirishga imkoniyat yaratadi;
- oldindan olingan ma'lumotni yangisi bilan o'zaro bog'lash qobiliyatini shakllantirishga imkon beradi. O'qish vaqtida olingan ma'lumot yakka tartibda taqsimlanadi: matnda belgi qo'yilgan mos ravishda jadval ustunlariga "joylashtiriladi":
V - "..." haqida olingan bilim (ma'lumot)ga mos keladi;
__".." haqidagi bilimga qarama-qarshi;
+ - yangi ma'lumot sanaladi; ? - tushunarsiz qo'shimcha ma'lumot.
INSERT jadvali
V — + ?
Insert - samarali o'qish va fikrlash uchun matnda belgilashning interfaol tizimi. Insert - avvalgi bilimlarni faollashtirish va matnda belgilash uchun savollarning qo'yilish muolajasi. Shundan so'ng, matnda uchraydigan, har turdagi axborotlarning belgilanishi. Insert - matn bilan ishlash jarayonida ta'lim oluvchiga o'zining mustaqil bilim olishini faol kuzatish imkonini ta'minlovchi kuchli asbob. Insert -o'zlashtirishning majmuali vazifalarini yechish va o'quv materialini mustahkamlash, kitob bilan ishlashning o'quv malakalarini rivojlantirish uchun foydalaniladigan o'qitish usulidir.
"KASKAD" tarkibiy - mantiqiy sxema iyerarxik g'oyalar tarkibini aniqlash imkonini beradi. Tizimli, ijodiy, tashliliy mushoshada qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Sxemani tuzish qoidalari bilan tanishiladi. Yakka (juftlikda) sxema tuziladi. Juftlarga birlashadi, o'z sxemalarini taqqoslaydi va qo'shimchalar kiritadi.
'Kaskad" tarkibiy - mantiqiy sxema
"Kaskad" tarkibiy-mantiqiy sxemasini tuzish qoidalari
1. "Kaskad"ni tuzish jarayonida tizimli sxema tarkibiy qismi va elementlarini oldinga surish mumkin - bu u yoki bu holatni qayta mushohada qilishga imkon beradi.
2. G'oyalarni ishlab chiqishda agarda siz tor yo'lakka kirib qolsangiz, u holda bir-ikki daraja yuqoriga qayting va muhim narsani unutmaganingizga hamda boshqacha nimadir qilish mumkin ekanligiga amin bo'ling.
3. Siz chapdan o'ngga yozishga o'rgangansiz. "Kaskad" qurishni o'ngdan chapga bo'lishligiga harakat qiling. Buning uchun asosiy g'oyani varaqning chap qirrasi emas, balki o'ng qirrasiga joylashtiring. Sxemani tuzish qoidalari bilan tanishiladi. Yakka (juftlikda) sxema tuziladi: asosiy muammo (g'oya, masala), kichik muammolar yoziladi, keyin muammo yoki masalaning ikkinchi darajali jihatlarini chuqurroq ko'rib chiqish uchun xizmat qiluvchi "kichik shoxlar" davom ettiriladi. Buning natijasida bitta g'oya rivojlanishining barcha tomonlari yetarlicha chuqur o'rganib chiqilishi mumkin. Juftlarga birlashadi, o'z sxemalarini taqqoslaydi va qo'shimchalar kiritadi. Umumiy sxemaga jamlaydi. Natijalar taqdimoti.
Xulosa shuki, darsni turli ta'limy vositalar ko'rgazmalar, jadvallar va organayzerlar yordamida o'rgatish o'quvchilarda amaliy ishlash ko'kmasini shakllantiradi, mustaqil izlanishga chorlaydi natijada dars samaradorligi oshadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi Ona tili, Adabiyot (5-9-sinf), O'zbek tili (2-9-sinf). Toshkent, 2017-yil.
2. Q.Yuldoshev. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari. Toshkent, "O'qituvchi", 1996.
3. A.Zununov. N. Hotamov. J. Esonov. Maktabda adabiyot o'qitish metodikasi. Toshkent, "O'qituvchi" 1993.