"BADIIY ASAR TILI" MODULINING AMALIY MASHG'ULOTIDA KONSEPTUAL JADVALDAN FOYDALANISHGA OID TAJRIBALAR
G. Imomova
QarshiDU dotsenti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Oliy ta'lim I kurs talabalari uchun "Adabiyotshunoslikka kirish" fanining "Badiiy asar tili" mavzusining amaliy mashg'ulot qismini o'tishda konseptual jadvaldan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari haqida tajribalar almashilgan.
Kalit so'zlar: badiiy asar, badiiy nutq, jonli til, lakonizm, aforizm, konseptual jadval.
ОПЫТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ КОНЦЕПТАНТНОЙ ТАБЛИЦЫ НА ПРАКТИЧЕСКОМ СЕМИНАРЕ МОДУЛЯ «ЯЗЫК ИСКУССТВА»
Аннотация: В статье рассказывается об особенностях использования концептуальной таблицы в практической части предмета «Язык художественной литературы» для студентов первого курса вуза по предмету «Введение в литературоведение».
Ключевые слова: художественное произведение, художественная речь, живой язык, лаконичность, афоризм, концептуальная таблица.
EXPERIENCE OF USING THE CONCEPT TABLE IN THE PRACTICAL SEMINAR OF THE "LANGUAGE OF ART" MODULE
Abstract: The article describes the peculiarities of using the conceptual table in the practical part of the subject "Language of Fiction" for first-year students of the university on the subject "Introduction to Literary Studies".
Keywords: fiction, artistic speech, living language, brevity, aphorism, conceptual table.
Adabiyot - inson ma'naviyati asoslarini tashkil etuvchi ruhiy qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan san'at turi. Boshqa o'quv mashg'ulotlarida bilim berish ustuvor bo'lsa, adabiyotda insonning ko'ngli bilan, tuyg'ulari ishlanadi. Shu ma'noda, biror o'quv predmeti yoki biror san'at turi adabiyotning o'rnini bosa
olmaydi. Badiiy adabiyot o'quvchilarning hissiyotlarini shakllantirib, tuyg'ularini noziklashtirib, kechinmalarini teranlashtiradi.
Adabiyot darslarida o'qilgan asar bo'yicha o'quvchi va talabalarga tayyor xulosalar berilmasligi kerak. O'rganilayotgan badiiy asardan har bir tarbiyalanuvchi o'zicha ta'sirlanishi, o'zi istagan xulosaga kelishi lozim. Bunday holatni yuzaga keltirish uchun o'qituvchi ijodkor bo'lishi, adabiyot darslari esa badiiy matnning joziba qudratini oshirishga qaratilgan bo'lishi va o'quvchilarni badiiy hodisadan zavqlana bilishga yo'naltirilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.. Ayniqsa, Oliy ta'limda badiiy asar tili muammosini o'rganish, talabadan o'ta sinchkovlikni tilab qiladi.
Chunki, o'zbek adabiy tili badiiy mukammalikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o'ziga xoslikka osonlikcha erishgani yo'q. U birlamchi klassik o'zbek adabiy tili va xalq jonli so'zlashuv tili zaminida vujudga keldi. Badiiy asar tili shakl va mazmunning mosligini talab qiladi, individuallashtirish qonunlariga bo'ysunadi, shuningdek, o'zining badiiy estetik sifati bilan adabiy til va jonli so'zlashuv tilining barcha ko'rinishlarini qamrab oladi.
Badiiy nutq insoniy taqdirlar mazmunini, davrning haqqoniy kartinasini yoritib beruvchi nurdir. Bu nurning zarrasalarida qiyofalarning qirralari, odamlarning ruhiyatlari , vaziyat, holat, joy, muhit va tabiat tasviri bilan qo'shilib jilolanadi. Shu nur - badiiy nutq asarda ravshan bo'lmasa, yozuvchi o'z maqsadiga erisha olmaydi
Badiiy nutq - voqelikni ko'zgusi bo'lib, prozalik bayonda tarixiy sharoit va muhit belgilari bilan qahramonlar nutqida tasvirlanayotgan davr xususiyatlarni aks ettiradi. Jumladan, badiiy nutq ishtirokida "Avval aytganimizday, shaxs agar o'zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal qilsa, xarakterga ega bo'ladi"1
Mamlakatimizda ta'lim tizimida olib boriladigan islohotlar o'quv jarayoniga nisbatan o'zgacha mazmun, o'zgacha talab, o'zgacha pedagogik munosabatlarni taklif etoqda. Shuni inobatga olib, Oliy ta'limning O'zbek filologiyasi 5220100 - Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun "Adabiyotshunoslik nazariyasi" faninidan rejalashtirilgan "Badiiy asar tili" mavzusinining amaliy mashg'ulotini yangicha pedagogik texnologiyalarda, xususan konseptual jadval asosida quyichagicha shakllantirish mumkin.
1 Аристотел. "Поэтика"Тошкент; Адаюиёт ва санъати нашриёти,1980.31 бет.
Chirchik, Uzbekistan 1276 International Conference
Konseptual jadval. Uchta va undan ko p jihatlar yoki savollarni taqqoslash taqozo etilganida ushbu usul ayniqsa foydali bo 'ladi. Jadval quyidagicha tuziladi: vertikal bo'yicha taqqoslanadigan narsalar, gorizontal bo'yicha esa - ushbu taqqoslash bajariladigan xususiyat va xossalar joylashtiriladi.
"Badiiy asar tili " modulining amaliy mashg'ulotini o'tishda konseptual
jadvaldan foydalanish
Qiyoslanuvchi jihatlar 1- belgi , tavsif 2- belgi , tavsif 3- belgi , tavsif
Adabiy til Jonli tildan tug'ilgan Grammatik imlo qoidalariga qat'iy amal qiladi Axborot xarakteriga ega
Xalq tili Jonli so'zlashuv nutqi Grammatik qoidalarga bo'ysunmaydi Jonli til erkinlikni yoqtiradi
Badiiy asar tili Jonli, emotsional, poetik til Asarda obrazlarni, manzaralarni yaratadi Lakonizm va aforizmga asoslangan
Konseptual jadval asosida "Badiiy san'atlar"ni tavsiflang
Qiyoslanuvchi jihatlar 1-belgi , tavsif 2- belgi , tavsif 3- belgi , tavsif
Ma'naviy san'atlar Bu san'at she'riyatda ma'no go'zalligini ifodalaydi She'rning g'oyasi ma'no bilan bog'lik holda keladi. She'riyatda his-tuyg'u juda ta'sirchan ifodalanadi
Lafziy san'atlar Lafziy san'at so'zning tovushi bilan bog'liq She'riyatda shakl hodisasi She'riy nutqqa bezak beradi
"Badiiy asar tili" modulini amaliy mashg'ulotlarini o'tishda konseptual jadvalning grafik organayzerlaridan ham foydalaniladi. Grafikli organayzerlar (tashkil etuvchi) - fikriy jarayonlarni ko'rgazmali taqdim etish vositasi.
"Nima uchun" sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. "Nima uchun" so'rog'ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi. "Nima uchun" sxemasi -muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo'yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o'zlarining chizmalarini to'ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarining taqdimoti
NIMA UCHUN? DIAGRAMMASI
Nima uchun?
Nima uchun?
"Badiiy asar tili" modulining amaliy mashgulotida "Qanday?" diagrammasidan foydalanib, tilning maxsus leksik katlamlarini aniqlang.
Ko'pgina hollarda muammoni yechishda "nima qilish kerak"ligi to'g'risida o'ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda "buni qanday qilish kerak?", "qanday" asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo'ladi. "Qanday" savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi:
muammoni echish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo'llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo'ysunadigan g'oyalar tuzilmasini aniqlaydilar.
Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro'yxatiga mos keladi:
- barcha g'oyalarni o'ylab o'tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak;
- Diagramma hech qachon tugallangan bo'lmaydi: unga yangi g'oyalarni kiritish mumkin;
- Agarda chizmada savol uning "shoxlarida" bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni echishning asosiysi bo'lishi mumkin;
- Yangi g'oyalarni grafik ko'rinishda: daraxt yoki kaskad ko'rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o'ngda qayd qilinishini o'zingiz hal etasiz;
- Agarda siz o'zingizga to'g'ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo'nalishini namoyon bo'lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan echimini topishingizni kafolatlaydi
QANDAY? DIAGRAMMASI
"Badiiy asar tili" modulining amaliy mashg'ulotida "QANDAY?" sxemasidan foydalanib, dars xulosalanadi.
REFERENCES
1. Аристотел. "Поэтика" Тошкент; Адаюиёт ва санъати нашриётиД980.31 бет.
2. У.Носиров. Ижодкор шахс бадиий услуб, автор образи. Тошкент: Фан,1981.109 -110 бетлар
3. И.Султон. Адабиёт назарияси. Автор нутк;и ва персонаж нутк;и. Тошкент: Укитувчи,1980.199 бет.
4. Г. Имомова. Миллийлик ва бадиий нут;. Тошкент. Янги аср авлоди, 2004. 75 бет/