Научная статья на тему 'BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI O'STIRISH'

BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI O'STIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

3834
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy asar / folklor namunalari / muammoli savol-topshiriqlar / metod / usul / nutq o’stirish / nutq madaniyati / tasviriy ifodalar / badiiy-estetik did / o`xshatish / metafora / jonlantirish. / literary work / examples of folklore / problem-solving tasks / method / method / speech development / speech culture / figurative expressions / artistic and aesthetic taste / analogy / metaphor / animation

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xolida Gulomova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda o’qish uchun yuksak darajadagi adabiy asarlardan, folklor namunalaridan tanlash va badiiy asar tahlili orqali o’quvchilar hissiyotiga ta’sir o’tkazish, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta’minlash xususida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses how to influence students' emotions through the selection of high-quality literary works, folklore samples and analysis of works of art for primary school reading, to ensure that they acquire an artistic point of view, a culture of speech

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI O'STIRISH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326

BADIIY ASAR MATNI TAHLILI ORQALI O'QUVCHILARNING NUTQINI

O'STIRISH

Xolida G'ulomova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda o'qish uchun yuksak darajadagi adabiy asarlardan, folklor namunalaridan tanlash va badiiy asar tahlili orqali o'quvchilar hissiyotiga ta'sir o'tkazish, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta'minlash xususida so'z yuritiladi.

Калит сузлар: adabiy asar, folklor namunalari, muammoli savol-topshiriqlar, metod, usul, nutq o'stirish, nutq madaniyati, tasviriy ifodalar, badiiy-estetik did,o'xshatish, metafora, jonlantirish.

ABSTRACT

This article discusses how to influence students' emotions through the selection of high-quality literary works, folklore samples and analysis of works of art for primary school reading, to ensure that they acquire an artistic point of view, a culture of speech

Keywords: literary work, examples of folklore, problem-solving tasks, method, method, speech development, speech culture, figurative expressions, artistic and aesthetic taste, analogy, metaphor, animation

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning 2019- yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmoni, 2018-yil 14- avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3907-sonli Qarori hamda ushbu sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi boshqa fanlar qatori boshlang'ich sinf o'qish ta'limida ham muhim o'rin tutadi. O'qish darslarida kichik yoshdagi o'quvchilarning xalqimizning boy va qadimiy ma'naviyati, madaniyati, turmush tarzi, davr taraqqiyoti haqidagi tushunchalarini

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326

boyitish orqali ularda nutq madaniyati va tildan maqsadiga muvofiq ravishda savodli foydalana olish ko'nikmasi shakllantiriladi. Bunda yozuvchi va shoirlar, dono xalqimiz yaratgan badiiy asarlarga tayaniladi. Negaki, badiiy asarlar jozibador tili va badiiy sujeti, voqealarining qiziqarliligi bilan o'quvchi e'tiborini o'ziga tortadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Badiiy asar matnida ilgari surilgan g'oya, tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish va nutq o'stirishda uning til xususiyatlarini tahlil qilish muhim ta'limiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.

Tilning nutqdagi eng muhim qurilish materiali so'z va iboralar, tasviriy ifodalar sanaladi. Badiiy nutqda so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari, iboralar, tasviriy vositalar keng qo'llanadi.

Badiiy asar syujeti, kompozitsion tuzilishi hamda fabulasining qiziqarliligi bilan o'quvchini o'ziga jalb qilishi tufayli mutolaa jarayonida asar voqealari "Endi nima bo'lar ekan? Keyin nima bo'ladi?" tarzida hayajonlanib kuzatiladi.

Shunday ekan, o'qish darsliklariga kiritiladigan har bir asar yuksak badiiyat namunasi bo'lmog'i lozim. Bundan kutiladigan maqsad shuki, o'quvchi darslikka kiritilgan har bir asarni bir marta o'qib qo'ymasin, uni qayta-qayta o'qib o'ziga manaviy-estetik ozuqa oladigan bo'lsin.

Buyuk ma'rifatparvar adib Abdurauf Fitrat: "Adabiyot qoidalari" qo'llanmasida: "Adabiyot - fikr, tuyg'ularimizdagi to'lqinlarni so'zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to'lqinlarni yaratmoqdir",- deb yozgan edi. Shu fikrlarga asoslanib ayta olamizki, boshlang'ich sinfda o'qiladigan badiiy asar, birinchidan, o'z ona tilimizni o'quvchilarga o'rgatish, nutqini o'stirish, ikkinchidan, badiiy asar tili orqali o'quvchilar hissiyotiga ta'sir o'tkazib ularni tarbiyalash, badiiy nuqni, nutq madaniyatini egallashlarini ta'minlash vazifasini amalga oshirishi kozda tutiladi.

Ta'limni tashkil etishning muvaffaqiyati, o'quvchilarning fan asoslarini egallashlarida nutqining boyiganlik darajasi til hodisasini va ularning nutqdagi vazifasini o'zlashtirishlariga bog'liq. Shunday ekan, boshlang'ich sinf o'qish darsliklariga tanlanadigan o'quv materiallariga e'tiborli bo'lmoq lozim.

O'qish uchun tavsiya etilgan asar qanchalik badiiy-estetik jihatdan yuksak maqomga va o'quvchi nutqini to'laqonli o'stirish imkoniyatiga ega bo'lmasin, uning tahlilida o'quvchining e'tiborini biz ko'zlagan maqsadga qaratadigan muammoli savol-topshiriqlar tizimi ishlab chiqilmas ekan, o'quvchini harakatga keltiradigan metod-usullar tadbiq etilmas ekan muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning asarning g'oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig'i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushunishlarini, bog'lanishli nutqining o'sishi (lug'atining boyishi va faollashishi)ni, tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy jozibasini va asar mazmunini ongli idrok etishlarini ta'minlash, muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, o'quvchini muallif hayajonlangan voqeadan hayajonga solish asar tahlilida amal qiladigan muhim metodik qoidalar sanaladi.

O'quvchilarning nutqini o'stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni shakllantirish ham muhim o'rin tutadi. O'quvchilar adabiy tushunchalarni o'rganish natijasida badiiy adabiyot san'atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.

Boshlang'ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari - sifatlash, o'xshatish, jonlantirish, mubolag'a va adabiy janr turlari - ertak, hikoya, masal, she'r, doston, maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.

Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o'quvchilarda o'z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni ongli o'qish ko'nikmasi o'stiriladi, asar g'oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, o'quvchilar nutqi rivojlantiriladi.

Qudrat Hikmatning «Ayamajiz» f3-sinf «O'qish kitobi» she'rida "Boralar qor kapalak", "Bog'lar sokin mizg'ishar Misoli oq kapalak", "Muz oynalar sovuq yeb" misralarida o'xshatish, jonlantirish; "Saxiy ona tabiat", "quchog'ida havo sof" misralarida metafora, "Ayamajiz izg'iydi, Ko'chalarda tutoqib, Shox-shabbani tortqilar, Yalmog'izdek yutoqib" kabi misralarda o'xshatish, jonlantirishlar qo'llangan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Qudrat Hikmatning «Qish to'zg'itar momiq par» (4-sinf «O'qish kitobi») she'rida yuqoridagi badiiy vositalar yangi holatlarda yana o'zgacha joziba ko'rsatadi va bular o'quvchilarda shoir ijodiga qiziqish uyg'otadi. «Yerga serbar oq namat», «Pirpiratib ko^zini Avtobuslar o^tadi, Qahraton qish hovurni Mo^rkon kabi yutadi», «Tomlar kiydi oq qalpoq, Hovlilarda sep tepa Osmon elak nazdimda, Shahrimizga un separ ".

"Bumerang texnologiyasi", "Arra" metodi kabi pedagogik texnologiyalardan foydalanish o'qish materiali - badiiy asar ustida amalga oshiriladigan ishlarning aniq maqsadga yo'naltirilishini, o'quv harakatlarining bosqichma-bosqich tashkil etilishini, ta'lim oluvchilarga individual yondashishni, o'quvchilar faoliyatini kuzatish va tezkorlik bilan baholashni ta'minlaydi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-322-326

"Агга" metodida o'rganilayotgan badiiy matn tarkibiy qismlarga ajratiladi. Bu texnologiya 4-sinfda "O'qish kitobi" darsligiga kiritilgan barcha asarlarni o^ganishga tadbiq etilishi mimkin. Masalan, "Shaxzodaning bolaligi" hikoyasi o'rganiladigan darsda asar dastlab audiodan eshittiriladi. Asar 4 qismga bo'linadi. Sinf o'quvchilari ham 4ta kichik guruhga bo'linadi. Har bir guruhga o'qiydagin qismi belgilab ko'rsatiladi. Har bir guruh uchun bir xil topshiriq beriladi:

1-topshiriq. O^qigan qismlarining mazmunini toliq gapirib berishga tayyorlanish.(Guruhning har bir a'zoisi bu topshiriqni bajarishga tayyorlanadij

So'ngra guruhlar qayta tashkil qilinadi. Har bir guruhda oldingi guruhdagi bitta mutaxassis o'quvchi bo'ladi. Ular arra tishlari ketma-ketligida mavzuni - asar mazmunini mantiqiy ketma-ketlikda o'rtoqlariga hikoyalab beradi.

2-topshiriq: Har bir guruh asar yuzasidan berilgan quyidagi savollarga javob tayyorlaydi:

1. Malika Oychechak Kuzbor Malikka nima uchun o'g'li Jaloliddinni ayamasdan tarbiya qilishni topshirdi?

2. Kuzbor Malikning Jaloloddinga chavandozlik sirlarini o'rgatishining sababini izohlang.

3. Kuzbor Malikning Jaloloddinga o'q otish sirlarini o'rgatishining sababini izohlang.

4. Asar nima uchun to'rt qismga bo'lindi?

3-topshiriq. Asar qahramonlariga baho berish yuzasidan berilgan quyidagi topshiriqlarni bajarish va taqdimotga chiqish:

1. Malika Oychechak qanday ayol ekan? Unga malika va ona sifatida baho bering.

2. Kuzbor Malik qanday chavadoz va mergan ekan? Malikning malika Oychechakka munosabatida qanday xususiyatlarini payqadingiz.

3. Jaloloddin Kuzbordan nimalarni o'rgandi? U qanday shahzoda bo'lib yetishdi? Siz Jaloliddin haqida yana nimalarni bilasiz?

4-topshiriq. Nutq madaniyatini egallashga qaratilgan topshiriqlar:

1.Kuzbor Malikning Malika Oychechakka ko'rsatgan ehtiromlarini ifodalagan so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (ehtirom ila bosh egdi, tiz choлkdi, buyuring, sadoqat ila, siz buyuk Xorazmshoh rafiqasi, men qulingizman, e^tirozga og^izjuftlamoqchi boldi, bosh ustiga, ta^zim ila).

2. Malika Oychechakning Kuzborga ko'rsatgan ehtiromini ifodalovchi so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (yonidan joy ko^rsatdi, og^a, o^tiring, minnatdorchilik bilan unga qaradi, uniyuz-xotir qilmang).

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326

4. Malika Oychechakning onalik tilaklarini ifodalovchi so'z va iboralarni aniqlab, lug'at daftaringizga yozing va taqdimotga chiqing (injiq-tantiq shahzoda bolmasin, chinakam bahodir yigit bolsin, alp yigit bolsin, zehni o^tkir, Jaloliddin valiahd, bugundan shogirdingiz, oлquvchingiz)

O'quvchilar topshiriqlarni bajarish uchun asarni bir necha marta o'qiydi, o'qish ko'nikmalari takomillashadi. Asar mazmunini qayta hikoyalashda yuqorida aniqlagan so'z va iboralarni nutqida qo'llaydi, ular o'quvchining lug'at boyligiga aylanadi.

Matn ustida ishlash tarbiyaviy xulosa chiqarish bilan yakunlanadi. Bunda asar qahramonlariga tavsif beriladi, bu orqali o'quvchilar o'zlariga hozirgi davr nuqtai nazari bilan yondashadilar: har bir yigit ajdodlari kabi alp yigitlar, bahodir yigitlar bo'lib yetishishlari uchun harbiy bilimlarni egalamoqliklari kerak degan xulosaga keladilar.

Musobaqa tashkil qilish:

1. "Ifodali o'qish" musobaqasi. Hikoyaning bir qismi ifodali o'qitiladi.

2. "Eng yaxshi hikoyachi" tanlovi. Asar matniga yaqinlashtirib qayta hikoyalash.

XULOSA

K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to'g'ri qo'yilgan masalaning o'zi yarim javobdir. Shunday ekan, tahlildan ko'zlangan maqsad va uni amalga oshirish yo'li aniq bo'lmog'i lozim.

REFERENCES

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги "Узбекистан Республикаси Хал; таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тугрисидаги ПФ - 5712- сонли Фармони. КДММБ: 0619/5712/3034-co^ 29 04.2019 й.

2. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 4 jild. -T.: Ma'naviyat. 2006.

3. S.Matchonov, H.Bakiyeva, X.G'ulomova, Sh. Yo'ldosheva, G.Xolboyeva. Boshlang'ich sinflarda ona tili o' qitish metodikasi. -T. : Hamkor ishonch. 2021.

4. Umarova M. va b. O'qish kitobi. -T.: O'qituvchi. 2019.

5. Matchonov S. G'ulomova X. va b. O'qish kitobi. Yangiyo'l poligraf servis. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.