Научная статья на тему 'ONOMASTIK BIRLIKLAR VA ULARNING BADIIY MATNDAGI FUNKSIYALARI'

ONOMASTIK BIRLIKLAR VA ULARNING BADIIY MATNDAGI FUNKSIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
onomastik birliklar / nomlar / kognitivlik / etalon / lingvokulturologiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxmudova Oygul Toxirjonovna

Til birliklarini uni yaratuvchi shaxs hamda etnos bilan uzviylikda o‘rganish lingvistika sohasida lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya kabi yangi sohalarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Mazkur sohalar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda nomlarga dahldor bir qator nazariy qarashlar ilgari surildiki, bugungi kunda onomastik birliklarni bu qarashlardan holi tarzda tadqiq etish aslo mumkin emas. Matn tilshunosligi bilan bog‘liq tadqiqotlarda ,,presedent birliklar‟ termini bilan umumlashtirilgan alohida hodisa qayd qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONOMASTIK BIRLIKLAR VA ULARNING BADIIY MATNDAGI FUNKSIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ONOMASTIK BIRLIKLAR VA ULARNING BADIIY MATNDAGI FUNKSIYALARI

Maxmudova Oygul Toxirjonovna

O'qituvchi FarDU https://doi.org/10.5281/zenodo.11045175

Annotatsiya. Til birliklarini uni yaratuvchi shaxs hamda etnos bilan uzviylikda o'rganish lingvistika sohasida lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, etnolingvistika, madaniyatlararo kommunikatsiya kabi yangi sohalarning shakllanishiga sabab bo'ldi. Mazkur sohalar bo'yicha olib borilgan tadqiqotlarda nomlarga dahldor bir qator nazariy qarashlar ilgari surildiki, bugungi kunda onomastik birliklarni bu qarashlardan holi tarzda tadqiq etish aslo mumkin emas. Matn tilshunosligi bilan bog'liq tadqiqotlarda ,,presedent birliklar" termini bilan umumlashtirilgan alohida hodisa qayd qilinadi.

Kalit so'zlar: onomastik birliklar, nomlar, kognitivlik, etalon, lingvokulturologiya.

Abstract. The study of language units in harmony with the person who created them and the ethnos led to the formation of new fields in the field of linguistics, such as linguoculturology, cognitive linguistics, ethnolinguistics, and intercultural communication. In the research conducted in these areas, a number of theoretical views on names were putforward, and today it is impossible to study onomastic units without these views. In the studies related to text linguistics, a special phenomenon summarized by the term "precedent units" is noted.

Keywords: onomastic units, names, cognitive, standard, linguo-culturology.

Аннотация. Изучение языковых единиц, гармонирующих с создавшим их человеком и этносом, привело к формированию новых направлений в области языкознания, таких как лингвокультурология, когнитивная лингвистика, этнолингвистика, межкультурная коммуникация. В исследованиях, проводимых в этих областях, был выдвинут ряд теоретических взглядов на имена, без которых сегодня невозможно изучение ономастических единиц. В исследованиях, связанных с лингвистикой текста, отмечается особый феномен, обобщаемый термином «прецедентные единицы».

Ключевые слова: ономастические единицы, имена, когнитивные, стандартные, лингвокультурология.

,,Muayyan til egalariga yaxshi tanish bo'lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatida qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so'z birikmalari, jumlalar hamda matnlar presedent birliklar" [1,87] sifatida olinadi. D.Xudoyberganova mazkur termin tilshunoslikda birinchi marta YU.N.Karaulov tomonidan qo'llanganini aytadi [1,87] hamda presedent birliklar ichida presedent nomlarning alohida o'rin tutishini ta'kidlaydi. Shuningdek, tilshunos presedent nomlarning yana bir vazifasi bo'lgan ,,mikromatn subyekti sifatida matn yaratilishida ishtirok etishi"ni misollar vositasida yoritadi. D.Xudoyberganovaning o'zbek xalqi milliy mentaliteti bilan bog'liq mashhur nomlar haqida fikr yuritib, ularning matn yaratishdagi o'rni xususida bildirgan mulohazalari tilshunosligimizda bu boradagi ilk qarashlardan biri deyish mumkin [1,91]. Olimaning ta'kidlashicha, presedent nomlar tayyor mazmuniy bloklar" bo'lib, ular ko'p qirrali hodisa sifatida tilshunoslikda turli aspektlarda o'rganilishi lozim. Bu borada tilshunos presedent nomlarning lingvopoetik tadqiqini ham nazarda tutgan bo'lib, bu kabi tadqiqotlar orqali badiiy matndagi ko'pchilikka tanish bo'lgan mashhur nomlarning ijodkor badiiy niyatini yoritishda muhim vosita bo'la olishini yoritish mumkinligini aytadi [2,77]. Presedent nomlar nazariyasi rus tilshunosligida keng va chuqur tadqiq etilgan mavzulardandir. Ularning aksariyatida muayyan adib asarlaridagi nomlarni tahlil qilishga katta e'tibor qaratilgan. Bunday xarakterdagi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

ishlarda biror bir asarda qo'llangan presedent nomlarni aniqlash, ularni mazmuniga ko'ra tasnif qilish va badiiy matndagi funksional-stilistik xususiyatni aniqlash markaziy o'rinni egallaydi. Presedent nomlarga berilgan ta'riflarni umumlashtirish natijasida bu tushunchaga xos bo'lgan xususiyatlarni quyidagicha belgilash mumkin:

1) til egalari xotirasida mavjud bo'lishlik;

2) mashhurlik;

3) biror mashhur matn yoki vaziyat bilan bog'liqlik;

4) ramziy ma'no kasb etishi.

Ta'kidlash kerakki, o'zbek lingvomadaniyatida etalonlik xususiyatiga ega presedent nomlar borki, ulardan ko'plab ijodkorlar badiiy vosita sifatida foydalanganligini kuzatishimiz mumkin. Xususan, she'riy matnlarda ko'p murojaat qiladigan qahramonlik etaloni - Alpomish, go'zallik, ibolilik etaloni - Kumush; mard ayol etaloni - To'maris; vatanparvarlik etaloni - Shiroq; zukkolik etaloni - Nasriddin Afandi; mehnatsevarlik etaloni - Zumrad; dangasalik va qo'pollik etaloni - Qimmat; saxiylik etaloni - Hotamtoy; xasislik etaloni - Qorun kabi nomlar ijodkorning muayyan maqsadini yoritishga xizmat qiladi. Bu nomlar ko'rsatilgan ma'nolarda ramziy nomlar sifatida qo'llanadi. Masalan, badiiy matnda Zumrad antroponimi oqilalik, suyuklilik, mehnatsevarlik ramziy ma'nolarida qo'llangan. Quyidagi parchada esa antroponim ertak qahramoni nomiga ishora sifatida o'xshatish vazifasini bajarib kelgan.

Afsuski, ertak - ertak-da... Ammo Shukurjon, bizga Zumradday suyukli bo'ladigan o'zbek qizlarimizning obrazini ham yaratib berishingiz kerak!

Bilmadim-ov Zumraddakasi yo'g'-ov...

Bor! Bo'lmasligi mumkin emas, - o'z so'zida turib oldi Mengziyo.

- Ehtimol, Saidangizning o'zi Zumraddir. (Sh.Xolmirzayev ,,Bu kishim ustoz, men shogird").

Yuqorida Qimmat antroponimi orqali ,,Zumrad va Qimmat" ertagidagi qahramon nomiga ishora qilingan. Ertak qahramoni nomi Xolbeka ismli qahramonga salbiy munosabatni ifodalash maqsadida qo'llangan: Xolbeka keyin ham Masturaning boshiga ko'p kunlarni soldi. Har kelganida yoki bular borganida, albatta, bir ko'ngilsizlikni oraga suqar, g'iybat yo malomatni tayyorlab qo'ygan bo'lar edi. So'ng necha kun Nuriddinning uyida g'urbat.G'urbatni Mastura boshlamaydi, u bir og'izgina beozor shama qiladi, xolos. Shu Qimmatxonim (Xolbeka demoqchi) qiziq-da, uyda o'tirib, buncha gapni qayoqdan olarkan?" (E.A'zam. ,,Javob").

Badiiy matnda nafaqat antroponimlar, balki boshqa onomastik birliklar ham presedent birlik sifatida funksional-stilistik vazifa bajaradi. Presedent nomlar badiiy matnda quyidagi vazifalarni bajaradi:

1.Ekspressivlikni hosil qiladi. Badiiy matnning anglanish jarayonini tezlashtiradi. Mazkur nomlar yordamida matnning tez va oson tushunilishi ta'minlanadi.

2. Tashqi aloqadorlikni hosil qiladi. Ya'ni matnlar orasidagi aloqadorlikni ta'minlaydi. Boshqa bir matnga muayyan maqsad bilan ishora qiladi. Turli vositalar orqali kitobxon ongiga mustahkam o'rnashgan, uning lisoniy xotirasiga joylashgan ,,tanish nomlar" asarning ko'p qatlamliligini ta'minlaydi. Badiiy matndagi bu hodisani M.Yo'ldoshev intertekstuallik termini ostida tadqiq qilgan.

3. Ichki aloqadorlikni hosil qiladi. Ya'ni badiiy matndagi qahramonlarning biror-bir xususiyati bilan ,,tanish nom" o'rtasida aloqadorlik o'rnatiladi. Bunda o'xshatish, qiyoslash, farqlash, sharhlash yoki eslatish maqsad qilingan bo'ladi.

4. Badiiy matnda onomastik repertuarni kengaytiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

5. Badiiy ifoda vositalari tarkibida kelib, ta'sirchanlikni oshiradi. Demak, lingvomadaniy yondashuvga ko'ra presedent nom deb hisoblangan onomastik birliklar badiiy matnda allyuziv nom, onomastik metafora, o'xshatish etaloni kabi funksional-stilistik vazifalarda qo'llanishi mumkin. Onomastik birliklar allyuziv nom sifatida qo'llanganda yozuvchining badiiy maqsadi birmuncha aniq ifodalanadi. ,,Tarixiy voqealar, mashhur asarlar, diniy, mifologik rivoyatlar va shu kabi keng ommaga ma'lum bo'lgan narsalarga ishora qilish yoki ulardagi turg'un tushunchalarni badiiy matnga olib kirish [3,124] usuliga allyuziya deyiladi. Adabiyotshunoslik terminlari lug'atida esa allyuziyaga shunday ta'rif berilgan: ,,Allyuziya (lot. Allusion - Ishora, hazil) -barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki adabiy faktga ishora qilishga asoslangan stilistik usul. Mohiyatan sharq mumtoz she'riyatida keng qo'llanilgan talmeh san'atiga yaqin keladi. Farqli jihati shundaki, talmehda ko'proq mashhur tarixiy va badiiy faktlarga ishora qilinsa, allyuziyada ijodkor o'z zamonasidagi siyosiy, maishiy yoki badiiy faktlarga ishora qilishi mumkin. Ya'ni allyuziyada ishora obyektining doirasi kengroq [4,27].

D.Xudoyberganova allyuziv nomga shunday ta'rif bergan: „Allyuziv matnda allyuziv ko'rsatkichi vazifasida keluvchi onomastik birlik, assotsiativ tarzda idrok qilinuvchi presedent matnning tarkibiy qismi;ikki madaniy-semiotik maydonni tutashtiruvchi vosita. Tilshunos allyuziv nomni allyuziv ko'rsatkichlarning bir turi sifatida ta'kidlaydi hamda allyuziv ko'rsatkichning, odatda, mashhur nomlar, jumlalar yoki matnlar, ya'ni presedent birliklardan iborat bo'lishini yozadi [5,19]. Tilshunoslikda allyuziv nomlar muammosi bo'yicha shu kungacha ko'plab tadqiqotlar yaratilgan. Shunday bo'lsa-da, bu masala hamon tadqiqotchilar diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. O'zbek tilshunosligida ham matn tilshunosligi, xususan, intertekstuallik borasida ilgari surilgan yangicha qarashlar bu muammoning dolzarb bo'lishiga sabab bo'ldi.

Tilshunos M.Yo'ldoshev badiiy matnni tadqiq etishda bu tushunchani chetlab o'tishning imkoni yo'qligini bir qator misollar bilan yoritib bergan [6,126-150]. O'zbek adabiyotini kuzatish shundan dalolat beradiki, allyuziv nomlar, ayniqsa she'riyatda muhim o'rinni egallaydi. She'riy matnda qo'llangan allyuziv nomlar tahlili muayyan ijodkor asarlari onomastik ko'lami haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Masalan, E.Vohidov o'z she'rlarida shoirlar nomi hamda badiiy asar personajlari nomlaridan turli badiiy maqsadlarda mahorat bilan foydalanganligini ko'rish mumkin.

Quyidagi misolda Layli va Majnun allyuziv nomlariga ishora qilish orqali lirik qahramon o'zining oshiqlik holatini bo'rttirib ifodalashga erishgan:

Jahonda ikki dilbarning

Biri sensan, biri Laylo,

Jahonda ikki oshiqning

Biri menman, biri Majnun. (E.Vohidov ,,Rubobim tori ikkidur").

Shoirning ,,O'zbekiston" faxriyasida esa qo'shimcha boshqa matnlarga, ya'ni ijtimoiy-tarixiy fakt mazmuniga ishora qiluvchi To'maris, Kayxusrav, Spitamen, Maroqand, Shiroq, Iskandar, Beruniy, Farg'oniy, Saydona, Ho'qand, Kampanella, Maskov, Osiyoxon kabi; filologik fakt mazmuniga ishora qiluvchi Alisher, Alpomish, Go'ro'g'li, Barchin, Zebiniso, Nodirabegim, Dilshodi Barno, Anbar Otin, Pushkin kabi nomlar ushbu matnning g'oyaviy-badiiy mazmunini nihoyatda boyitgan. Asarni o'qir ekansiz, unda qo'llangan har bir nom bilan bog'liq axborotlar ko'z o'ngingizda gavdalanaveradi.

Ta'kidlash kerakki, ijodjkorning muayyan allyuziv nomga murojaat qilishi uning dunyoqarashi, nomlar haqidagi bilimi bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, R.Parfi she'riyatida o'zbek

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

xalqi uchun mashhur bo'lgan nomlar bilan bir qatorda g'arbga xos allyuziv nomlarni ko'p kuzatish mumkin.

Men kimnidir kutaman mahzun,

Men kimgadir yig'lamog'im shart.

Tanholik-la turibman o'zim,

Mening bilan birgina zulmat.

Yiroqlarda ingranar List ham,

Qulog'imga bo'zlaydi Furqat.

Huzurimga chiqmas bir odam,

Men baribir, kutgayman faqat.

Ushbu parchadagi ingranar so'zi antroponimning kodini topishga ishora qilyapti. List bastakor, musiqashunos bo'lgani uchun uning musiqalari lirik qahramonning kayfiyatiga uyg'un holda mahzun eshitilishi nazarda tutilgan. Allyuziv nomlar qatnashgan matnlarda katta hajmli axborotni ixcham shaklda ifodalash imkoniyati mavjud bo'ladi. Presedent nomlarning badiiy matndagi navbatdagi vazifasi onomastik metafora bo'lib kelishidir. Onomastik birliklar ham badiiy matnda metaforik ma'noda qo'llanishi mumkin. Metaforaning bu tip birliklar bilan namoyon bo'lishi onomastik metafora deb yuritiladi va muayyan onomastik birlikni nom bo'lmagan boshqa so'z yoki so'z birikmasi ma'nosida qo'llashga asoslanadi. Masalan, Hotam antroponimini o'ta saxovatli odam ma'nosida qo'llash o'zbek badiiy nutqida an'anaga aylangan bo'lib, quyidagi misolda buni ko'rish mumkin:

Och yotganga yemak ber...

Hech bo'lmasa ko'mak ber.

Suyab elt bir Hotamga. (A.Obidjon ,,Och yotganga yemak ber").

Tilshunoslikda onomastik birliklarning ko'chma ma'noda qo'llanishiga alohida e'tibor berilgan [7,200] hamda ushbu hodisa antonomasiya, onomastik metafora, deonimlashish [7,64] terminlari ostida o'rganilgan.

Ko'chma ma'noda qo'llangan onomastik birliklar esa konnotonim [7,65], ramziy nomlar terminlari bilan atalgan. Tilshunoslikda nomlarni turdosh ot yoki boshqa turkumdagi so'zlar ma'nosida qo'llash hodisasiga turlicha yondashuvlar mavjud. Ma'lumki, bu hodisa yuzaga kelganda, muayyan onomastik birlik semantik jihatdan turdosh otga yaqinlashadi. Shu o'rinda onomastik birlikning ko'chma ma'noda qo'llanishida uning qaysi jihati asos bo'ladi, degan savol bo'lishi tabiiy. Onomastik birliklarning leksik ma'no ifodalashi yoki ifodalamasligi tilshunoslikda bahsli muammolardan biridir. Jumladan, bu hodisaga daniyalik tilshunos X.Serensen shunday munosabat bildiradi: ,,Onimlar ham leksik ma'noga ega, faqat bu ma'no turdosh otlarga xos bo'lgan ma'nodan farq qiladi" [8,76].

Tilshunos E.A.Naximova ham ushbu fikrni ma'qullaydi va bu borada uch xil yondashuv borligini yozadi:

1) entsiklopedik ma"no kontsepsiyasi (unga ko'ra onimlar lug'aviy ma'noga ega emas, qomusiy ma'noga ega);

2) referentiv ma'no kontseptsiyasi (unga ko'ra onimlar yagona referentni ifodalaydi. Masalan, yozuvchi so'zi yagona bo'lmagan referentlarni anglatsa, Mixail Sholoxov aniq referentni bildiradi);

3) ,,poluantroponimlar" kontseptsiyasi (unga ko'ra, ayrim antroponimlar ham atoqli ot, ham turdosh ot vazifasida kela oladi).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS"

_April 25, 2024

REFERENCES

1. Xudoyberganova D. Matnning antroposentrik tadqiqi. - Toshkent: Fan, 2013.

2. Гунко Ю. OcoGeHHOcrn функционирования прецедентных высказываний в разговорний речи носителей русского языка: Дисс. ... д-ра. филол. наук. - Санкт-Петербург, 2002.

3. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008.

4. Qurbonov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati. - Toshkent: Akademnashr, 2013.

5. Xudoyberganova D. Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha izohli lug'ati. - Toshkent: Turonzaminziyo, 2015.

6. Yuldashev M. Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi: Filol. fan.. ..d-ri diss. - Toshkent, 2009.

7. Ермолович Д.И. Имена собственные на стыке языков и культур. - Москва, 2001.

8. Нахимова Е.А. Прецедентные онимы в современной российской массовой коммуникации. Теория и методика когнитовно-дискурсивного исследования. -Екатеринбург, 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.