Научная статья на тему 'BADIIY MATNNI TUSHUNISHDA INTERTEKSTUAL BIRLIKLARNING O‘RNI'

BADIIY MATNNI TUSHUNISHDA INTERTEKSTUAL BIRLIKLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
707
156
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Intertekstuallik / allyuziya / talmeh / lisoniy shaxs / intertekstual birliklar / badiiy matn / adabiy fakt / ijtimoiy-tarixiy fakt. / Intertextuality / allusion / talmeh / linguistic entity / intertextual units / artistic text / literary fact / socio-historical fact.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — O‘Rinova, Zarifa Jumanazar Qizi

Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari, o‘ziga xos xususiyatlari, zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so‘z yuritdik. Badiiy matnni kitobxon tomonidan to‘g‘ri tushunilishi va matnni asl mazmun-mohiyatini anglab yetishida intertekstual birliklarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdik. Intertekstual birliklardan biri allyuziya hodisasiga alohida to‘xtalib, ushbu hodisaning badiiy adabiyotdagi talmeh san’ati bilan o‘xshash va farqli jihatlarini izohlab berdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INTERTEXTUAL UNITS IN UNDERTEKSTUAL THE LITERARY TEXT

In this research work, we talked about the concept of intertextuality, its types, characteristics, the introduction of this phenomenon into modern linguistics and its research. We talked about the importance of intertextual units in the correct understanding of the literary text by the reader and in understanding the original content of the text. We focused on the phenomenon of allusion, one of the intertextual units, and explained the similarities and differences between this phenomenon and the art of talmeh in fiction.

Текст научной работы на тему «BADIIY MATNNI TUSHUNISHDA INTERTEKSTUAL BIRLIKLARNING O‘RNI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

BADIIY MATNNI TUSHUNISHDA INTERTEKSTUAL BIRLIKLARNING

O'RNI

Ushbu tadqiqot ishimizda intertekstuallik tushunchasi, uning turlari, o 'ziga xos xususiyatlari, zamonaviy tilshunoslikka ushbu hodisaning kirib kelishi va tadqiq qilinishi haqida so'zyuritdik. Badiiy matnni kitobxon tomonidan to'g'ri tushunilishi va matnni asl mazmun-mohiyatini anglab yetishida intertekstual birliklarning ahamiyati haqida to 'xtalib o 'tdik. Intertekstual birliklardan biri allyuziya hodisasiga alohida to 'xtalib, ushbu hodisaning badiiy adabiyotdagi talmeh san 'ati bilan o 'xshash va farqli jihatlarini izohlab berdik.

Kalit so'zlar: Intertekstuallik, allyuziya, talmeh, lisoniy shaxs, intertekstual birliklar, badiiy matn, adabiy fakt, ijtimoiy-tarixiy fakt.

THE ROLE OF INTERTEXTUAL UNITS IN UNDERTEKSTUAL THE

LITERARY TEXT

ABSTRACT

In this research work, we talked about the concept of intertextuality, its types, characteristics, the introduction of this phenomenon into modern linguistics and its research. We talked about the importance of intertextual units in the correct understanding of the literary text by the reader and in understanding the original content of the text. We focused on the phenomenon of allusion, one of the intertextual units, and explained the similarities and differences between this phenomenon and the art of talmeh in fiction.

Keywords: Intertextuality, allusion, talmeh, linguistic entity, intertextual units, artistic text, literary fact, socio-historical fact.

Hozirgi kunda badiiy matnni boshqa bir matnlar bilan bog'lab o'rganish, ular orasidagi uzviy aloqani aniqlash, matnlarni bog'lashga xizmat qiluvchi birliklami tahlil qilishga e'tibor kuchaydi. Bu izlanish va tahlillar natijasida fanga intertekstuallik tushunchasi kirib keldi. Keyingi yillarda vujudga kelib shakllangan matn lingvistikasi, lingvokulturologiya va lingvopoetika kabi tilshunoslikning yangi

O'rinova Zarifa Jumanazar qizi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili adabiyoti universiteti o'qituvchisi zarifaorinova@gmail.com

ANNOTATSIYA

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

yo'nalishlarida badiiy matn tarkibidagi o'zga matn yoki uning birliklari intertekstuallik atamasi ostida tadqiq qilib kelinmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Intertekstuallik atamasi birinchi bo'lib 1967-yilda fransuz olimasi Y. Kristeva tomonidan "Baxtin, so'z, dialog va roman" 1 risolasida ilmiy termin sifatida ishlatilgan. Olima intertekstuallik hodisasi asosan ilmiy va badiiy matnda uchrashini ta'kidlab, ko'proq badiiy matnda intertekstuallik tamoyiliga urg'u beradi. 2 Lug'atlarda ham intertekstuallik tushunchasiga ta'riflar berilgan bo'lib, ulardan birida shunday deyilgan: Intertekstuallik bu- matn ma'nosining boshqa matn orqali shakllanishidir. Zero, hozirgi har qanday badiiy matnda intertekstuallik elementlariga duch kelamiz va ularni bemalol tahlilga tortishimiz mumkin.

Intertekstuallik hodisasi shu paytgacha tilshunoslar, adabiyotshunoslar, faylasuflar, madaniyatshunoslar, umuman o'rganish obyekti matn bo'lgan bir qator soha olimlari tomonidan tadqiq qilingan va hali ham bu jarayon davom etmoqda. Intertekstuallik hodisasining bevosita lingvistikaga ham dahldorligi haqidagi qarashlar esa ingliz olimi Jonatan Kuller nomi bilan bog'liq. U o'zining "Пресуппозиция ва интертекстуаллик" nomli maqolasida intertekstuallikning matndan presupozitsiyaga bog'liqligiga o'z e'tiborini qaratdi3 Shuningdek, bir necha ingliz tilshunos olimlari ham intertekstuallikning paydo bo'lishi, nazariy ahamiyati haqida tadqiqot olib bordi. Xusussan, H. Fairklough, Beaugrande kabi tilshunos olimlar intertekstuallikni matn tilshunosligidan paydo bo'lgan deydi4.

Intertekstuallik muammosini o'rgangan ko'plab olimlar uning aksariyat hollarda badiiy adabiyot doirasida amal qilishini ta'kidlaydilar. Intertekstuallik til belgisi sifatida badiiy matnda turli shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan, havolalar, allyuziya, aforizmlar kabi.

Badiiy matnni tushunishda intertekstual birliklarning o'rnini belgilash uchun uning turlariga to'xtalishimiz lozim. Rus tilshunosi Fateva intertekstual birliklarni quyidagicha tasniflaydi:

1. Allyuziya

2. Reminissensiya

3. Epigraf

4. Sarlavha

5. Havola(sitata)

1Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967. T. 23, № 239, pp.

2Xomidova M. Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik. Filol.fan. fals.dok.(PhD)...Diss. Toshkent, 2021.

3 Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6. Comparative Literature(Dec., 1976). Pp. 1380-1396.

4 Beagrande R. A. De. Dressier W. Introduction to text linguistics. L.:N.Y.,1981. -XVI.-270p.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

6. Aforizmlar

7. Maqol, matal5

Biz ushbu kichik tadqiqotimizda intertekstual birliklarning birinchi turi ya'ni allyuziya haqida so'z yuritamiz va badiiy matnni tushunishdagi ahamiyatiga to'xtalamiz.

NATIJALAR

Allyuziya hodisasiga adabiyotshunoslik terminlari lug'atida quyidagicha ta'rif beriladi: "Allyuziya (lot. allusio- ishora, hazil)- barchaga tanish deb hisoblangan real siyosiy, maishiy, tarixiy yoki adabiy faktga ishora qilishga asoslangan stilistik usul. Mohiyatan sharq mumtoz she'riyatida keng qo'llanilgan talmeh san'atiga yaqin keladi. Farqli jihati shuki, talmehda ko'proq mashhur tarixiy va badiiy faktlarga ishora qilinsa, allyuziyada ijodkor o'z zamonasidagi siyosiy, maishiy yoki badiiy faktlarga ishora qilishi ham mumkin. Ya'ni allyuziyada ishora obyektining doirasi kengroq".6 Demak, talmeh san'atini faqatgina tarixiy shaxs va joy nomlari vujudga keltirsa, allyuziya esa zamonaviy ijtimoiy-siyosiy faktlarga ham ishora qilishi mumkin. Shuni ta'kidlab o'tishimiz joizki, XX-XXI asrlarda yaratilgan she'riy matnlardan biz talmeh san'ati bor-yo'qligini tahlil qilmasligimiz ham buning yaqqol dalilidir.

Mashhur nomlarning funktsional turlaridan biri bo'lgan allyuziv nomlarga nomlar badiiyatida uslubiy figura sifatida qaralsa, lingvomadaniyatshunoslikda ular ikki madaniy-semiotik maydonni o'zaro tutashtiruvchi vosita sifatida e'tirof etiladi. Bunda quyidagi ikki jihat e'tiborga olinmog'i lozim: a) allyuziv nomlarning adabiy faktga ishora qilishi va b) ularning turli ijtimoiy-tarixiy faktga ishora qilishi.7

Ko'ngil ag'darilar latifalardan,

orzular, qarashlar naqadar kalta.

Nega gapirishmas separatchilar

Indira Gandini otgani haqda!?8 Shavkat Rahmonning ushbu bayti "Avtobusdagi o'ylar" she'ridan olingan bo'lib, bunda Indira Gandhi antroponimi allyuziv nom vazifasida kelgan. Bu baytda ham allyuziv nom tarixiy faktga ishora qilgan. Ushbu she'r bilan tanishayotgan o'quvchi "Hind temir xonimasi" sifatida mashhur bo'lgan siyosatchi Indira

5 Фатеева, Н.А. Интертекстуалыюсть и её функции в художественном дискурсе Текст. / Н.А. Фатеева // Известия АН. Сер. литературы и языка, 1997. Т. 56.

6 Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati - Toshkent :Akademnashr, 2013.-27-bet

7 Xudoyberganova D. Til.Tafakkur.Madaniyat Ilmiy risola. -Toshkent: Nodirabegim, 2020. 103-bet.

8 Rahmon Sh. Gullayotgan tosh. Toshkent: Yosh Gvardiya- 1985. 54-bet

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Gandhining 1984-yil 31-oktabrida o'zining tansoqchilari tomonidan otib o'ldirilganligiga ishora borligini sezadi.

Sevimli shoirimiz Rauf Parfining "Hamlet" she'ridan keltirilgan quyidagi misralarda esa allyuziv nom adabiy faktga ishora qilgan:

Adabiy faktning asosi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, bu baytda Hamlet hamda Ofeliya pretsedent nom bo'lib, allyuziv nom vazifasida kelgan. Bunda shoir ingliz yozuvchisi, daramaturgi Shekspirning "Hamlet" tragediyasining bosh qahramonlaridan foydalanib butun asar voqealariga ishora qilgan. Shoirlarimiz, yozuvchilarimiz ijodida bunday, adabiy faktga ishora qiluvchi baytlarni ko'plab topish mumkin.

MUHOKAMA

Badiiy matnni tushunishda intertektual birliklardan biri allyuziyaning o'rni, o'ziga xos xususiyatlari, shoirlarimiz she'rlarida mahorat bilan foydalanilgan allyuziv nomlarni tahlil qildik. Allyuziyaga to'xtalar ekanmiz, mashhurlik, lisoniy shaxs ya'ni til egasi xotirasida uzoq yillar davomida mavjudlik uning o'ziga xos xususiyati ekanligiga amin bo'ldik. Allyuziv nomlar juda mashhur matnlar bilan bog'liq (Qori Ishkamba, Maysara, O'tkuriy kabi), vaziyatlar bilan bog'liq (Jaloliddin, Mahmud Tarobiy, Shiroq kabi ) atoqli otlarni badiiy matnda qo'llash orqali vujudga keladi. O'zbek xalqi madaniyatiga tegishli ayrim atoqli otlar umuminsoniy madaniyatga tegishli ekanligi bilan ajralib turadi: Forobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Amir Temur, Navoiy, Ulug'bek, Registon, Samarqand, Habib Abdulla, Islom Karimov. Bunday mashhur nomlarni badiiy matnda qo'llash esa allyuziya hodisasidir.

Yuqorida keltirilgan misollar orqali ko'rinib turibdiki, allyuziv nomlar she'riy matnda qo'llanganda, matnga qo'shimcha, lekin verbal ifodaga ega bo'lmagan fakt yoki ma'lumotni lisoniy shaxs xotirasida jonlantirishga xizmat qiladi. Bunda allyuziv faktning mashhurligi, lisoniy shaxs xotirasida uzoq vaqt yashashi ahamiyatlidir. Demak, allyuziya qatnashgan matnda ikki madaniy-semiotik maydon o'zaro tutashadi. Ulardan biri matnning tashqi strukturasida qatnashadi, ikkinchisi esa o'quvchi

9 R. Parfi. Ko'zlar. Toshkent:G'afur G'ulom-1978. -36-bet

Shoir, yetolmaysan uning dodiga, Hamlet yuragida alam va qadar. Yetar... Ofeliya qayt hayotingga. Inonmoq istaydi senga naqadar, Inonmoq istardi bashar zotiga,

Undan ko'rmasaydi yomonlik agar.

9

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

tomonidan tasavvur qilinib, qayta tiklanadi. Ikkinchi xususiyatni tiklash kitobxonning bilim darajasiga bog'liq tarzda amalga oshadi.

REFERENCES

1. Kristeva J.Bakhtine, le mot, le dialogue et le roman Texte. / J. Kristeva // Critique, 1967. T. 23, № 239.

2. Xomidova M. Badiiy matn persepsiyasida intertekstuallik. Filol.fan. fals.dok.(PhD)...Diss. Toshkent, 2021

3. Presupposition and Interrextuality Author (s): Jonathan Culler Source:MLN. Vol.91.NO.6. Comparative Literature(Dec., 1976).

4. Beagrande R. A. De. Dressier W. Introduction to text linguistics. L.:N.Y.,1981. -XVI.

5. Фатеева, Н.А. Интертекстуалыюсть и её функции в художественном дискурсе Текст. / Н.А. Фатеева // Известия АН. Сер. литературы и языка, 1997. Т.

6. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug'ati -Toshkent :Akademnashr, 2013.

7. Xudoyberganova D. Til.Tafakkur.Madaniyat. Ilmiy risola. -Toshkent: Nodirabegim, 2020.

8. Rahmon Sh. Gullayotgan tosh. Toshkent: Yosh Gvardiya- 1985.

9. R. Parfi. Ko'zlar. Toshkent:G'afur G'ulom-1978.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.