Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO‘LLANILGAN POETONIMLARNING LINGVOPOETIK, JIHATDAN TAHLIL QILISH TAMOYILLARI'

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO‘LLANILGAN POETONIMLARNING LINGVOPOETIK, JIHATDAN TAHLIL QILISH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
46
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / onomastik / birliklar / poetonimlar / lingvopoetik / zoopoetonim / fitonim. / metaphor / onomastic / units / poetonyms / linguopoetics / zoopoetonym / phytonym.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojimatov, Rasuljon G‘anijonovich

Maqolada lingvistik tushuncha hamda poetonimlar lingvopoetik, sifatida muhokama qilinadi asosiy element til madaniyatni tushunish. Buni aniqladi bu hodisani har tamomlama tahlil qilish yordam beradi til muhitining tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash tadqiqotsiz tahlil qilib bo‘lmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRINCIPLES OF LINGUOPOETIC AND ASPECT ANALYSIS OF POETONYM USED IN THE CREATION OF MUHAMMAD YUSUF

The article discusses the linguistic concept and poetonyms lingvopoetic, as the main element of understanding language and culture. It is clear that a comprehensive analysis of this phenomenon will help to determine the nature and specific features of the language environment, which cannot be analyzed without research.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO‘LLANILGAN POETONIMLARNING LINGVOPOETIK, JIHATDAN TAHLIL QILISH TAMOYILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA QO'LLANILGAN POETONIMLARNING LINGVOPOETIK, JIHATDAN TAHLIL QILISH TAMOYILLARI

Tojimatov Rasuljon G'anijonovich

Turan xalqaro universiteti O'zbek tili va adabiyoti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada lingvistik tushuncha hamda poetonimlar lingvopoetik, sifatida muhokama qilinadi asosiy element til madaniyatni tushunish. Buni aniqladi bu hodisani har tamomlama tahlil qilish yordam beradi til muhitining tabiati va o 'ziga xos xususiyatlarini aniqlash tadqiqotsiz tahlil qilib bo 'Imaydi.

Kalit so'zlar: metafora, onomastik, birliklar, poetonimlar, lingvopoetik, zoopoetonim, fitonim.

ABSTRACT

The article discusses the linguistic concept and poetonyms lingvopoetic, as the main element of understanding language and culture. It is clear that a comprehensive analysis of this phenomenon will help to determine the nature and specific features of the language environment, which cannot be analyzed without research.

Key words: metaphor, onomastic, units, poetonyms, linguopoetics, zoopoetonym, phytonym.

KIRISH

Bugungi kunda dunyo tilshunosligida badiiy matndagi onomastik birliklar (poetonimlar)ga oid tadqiqotlarda masalalarga yondashuvning ustuvorligi integrativ xarakterga ega ekanligidadir. Ularda allyuziv nomlar, onomastik metafora, badiiy matnning onomastik ko'lami, nomlarning intertekstuallik bilan aloqador jihatlari kabi muammolarni o'rganish, shuningdek, onomastik birliklarning lingvopoetik, lingvokulturologik omillarini ochib berish dolzarblik kasb etadi.

Respublikamizda ham milliy o'zligimizni anglash, xalq ma'naviyatini yuksaltirish, o'zbek milliy va adabiy tili qo'llanish doirasini kengaytirishga alohida e'tibor berilmoqdaki, natijada tilning xalq tarixi, madaniyati va ma'naviyatining o'ziga xos ifodachisi, yuksak estetik qimmat hamda hadsiz ifoda i mkoniyatlariga ega xazina ekanligi haqidagi oydin haqiqat barqarorlashmoqda.

Keyingi yillarda o'zbek tilshunosligida ayrim olingan ijodkor badiiy mahsullarida lingvopoetik yondashuvning takomillashuvi badiiy matnni tashkil qiluvchi til birliklarini har tomonlama tadqiq qilish masalasini muhim ahamiyatga ega vazifalarbiriga aylanmoqda. Chunki har qanday til birligi badiiy matnda muallifning badiiy niyatiga xizmat qiluvchi bebaho vositaga aylanishi hamda o'ziga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

xos poetik qonuniyatlarni namoyon qilishi mumkin. Jumladan, onomastik birliklar ham bundan mustasno emas. O'zbek nomshunosligida onomastik birliklar (poetonim)ning umumnazariy masalalari bo'yicha bir qator tadqiqotlar yaratilgan bo'lsa-da, ularning badiiy matndagi estetik vazifalari, lingvopoetik xususiyatlari maxsus tadqiq qilinmagan. Xususan, tilimizdagi kishi nomlari, turli geografik ob'ektlarga qo'yilgan nomlar badiiy matnda muayyan ob'ekt nomigina bo'lib qolmasdan, balki ijodkorning xilma-xil badiiy niyatlarini ta'kidlash uchun ham xizmat qiladi. Bu esa onomastik birliklarga nihoyatda boy tilimizning mazkur birliklar vositasida yuzaga keluvchi ifoda imkoniyatlarini aniqlash, o'zbek badiiy matnlaridagi nomlarni xalqimizning tarixi, ma'naviy-madaniy qadriyatlari bilan birgalikda o'rganish muhimligini ko'rsatadi. Dunyo tilshunosligining yangi ilmiy konhephiyalari asosida onomastik birliklarning badiiy matnni shakllantirishdagi o'rni va vazifalari, nomlarning nominativ vazifasidan tashqari ramziy ma'nolarni anglatishi, ularning lingvopoetik xususiyatlari, o'zbek lingvomadaniyatida tutgan o'rni kabi masalalarni tadqiq etish oldimizga qo'ygan vazifamizdan hisoblanadi.

O'zbek adabiyotshunos olimi Dilmurod Quronov o'zining "Badiiyat sirlari" maqolasida: taniqli adabiyotshunos M.Baxtin eng oddiy jumladan to yirik adabiy asarlargacha - barchasini "nutqiy janrlar" tushunchasi doirasida sharhlar ekan, ularni jarayondagi bir zanjir deb hisoblaydi. Darhaqiqat, nutq jarayonida aytilgan gan mazmuniga so'zlovchi bunga qadar aytgan gaplar (kengroq qaralsa, so'zlovchining bu gap ay tilgunga qadar shakllangan shaxsiyati) ham, boshqa muloqot ishtirokchilari aytgan gaplar ham ta'sir kiladi. SHunga qaramay, muayyan gapda so'zlovchining o'sha onda ongiyu qalbidan kechgan uy-hislari, modeligina mujassamlashadi. De-mak, muayyan gapni butunning (nutk jarayonining) qismi sifatida ham, alohida yaxlit sifatida ham tushunishimiz mumkin1, deya ta'kidlagan. Mazkur fikrlar, tabiiyki, badiiy asarga ham to'liq tegishlidir. Konkret asarni ham muallifning butun ijodi va davr adabiyoti kontekstida, ham alohida olingan holda tushunish mumkin. Xuddi gapga o'xshash, konkret asarda ham ijodiy jarayon - san'atkorning ijod onlaridagi uy-hislari, unga o'sha lahzalarda ayon bo'lgan olamu odam mohiyatining modeli akslanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilmiy adabiyotlarda qayd etilishiga ko'ra, badiiy adabiyotda badiiy obrazni, xoh u jonli, xoh u jonsiz ramzlarni jonlantirishda otlarlar, atamalar yoki atoqli otlardan samarali foydalaniladi. Badiiy matnlarda qahramon ismi, adabiy personajlar nomi, joy nomlari, davr, asarlar, predmet ma'lum davr nomlari atoqli otlar bilan nomlanadi.

1 Kyp0H0B EaaHHOT CHp.iapn // Tii([)iiKKvp. - 1998. - № 1. - E. 78-83.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Xususan rus tilshunos olimi A.Nikonov "Personaj ismi - badiiy obrazni yaratuvchi vositalardan biri bo'lib, u personajning ijtimoiy mansubligini, milliy va mahalliy koloriti: o'ziga xos belgisini xarakterlaydi, agar voqealar o'tmishda sodir bo'lgan bo'lsa tarixiy haqiqatni yaratishi mumkin", deb ta'kidlaydi2. Ushbu fikrda, asosan badiiy asardagi atoqli otlar va ijtimoiy sharoitlar o'rtasidagi uzviy bog'liqlikka e'tibor qaratilgan, badiiy matn tuzilishidagi xususiyat esa mustaqil birlik sifatida ifodalangan poetonimlarga qaratilgandir. Poetonim bu - (yunoncha) "she'riy san'at" va "ism" -adabiy asarda qo'llaniladigan har qanday atoqli ot3.

Darhaqiqat, poetonimning ma'no maydoni faqatgina kontekstlarda namoyon bo'ladi, poetonim esa badiiy matnning yopiq dunyosidir. Uzoq yillar davomida badiiy matnda atoqli otlarni belgilashda adabiy antroponim asosiy termin bo'lib hisoblangan. Antropoetonim yunoncha "odam" va poetonim) - badiiy asarda tilga olingan lirik qahramon, personaj, badiiy ifodaning sub'ektidir.

Badiiy asar tilini o'rgangan tilshunoslar tadqiqotlar avvalida adabiy antroponim deganda faqatgina muallif tomonidan yaratilgan atoqli otlarnigina nazarda tutishgan. Badiiy asarlarda personajlarning nomlari sifatida ishlatilgan aniq tarixiy shaxslarning atoqli otlari bundan mustasno bo'lgan. Keyinchalik badiiy obrazlarni jonlantirishda ishtirok etadigan barcha atoqli otlarni adabiy antroponimlar nomi bilan o'rganildi.

Badiiy asardagi atoqli otlarning barcha bo'limlariga mos keluvchi universal termin sifatida tanlash zarurati paydo bo'lganligi sababli poetik onomastika uchun poetonim termini tanlab olingan.

Poetonim terminining mazmun mohiyatini kengaytirish talab etilgan. "Onomastik terminologiya lug'ati" da uning quyidagi ma'nolari beriladi: poetik nom (poetonim) - stilistik va ideologik vazifasini xarakterlovchi xususiyatga ega badiiy adabiyotdagi unsurdir. O'ylab topilgan ismlar toifasiga kiradi, ammo odatda yozuvchilar tomonidan aniq mavjud bo'lgan nom - ismlar qo'llaniladi4.

Ta'kidlanishicha, badiiy matn ijodkorning dunyoni, voqelikni obrazli-estetik idrok qilishi mahsuli sifatida paydo bo'ladi. Badiiy matnning yaratilishi ham, uning uzi ham, badiiy butunlik sifatida o'quvchi (tinglovchi) tomonidan tushunilishi, idrok etilishi xam murakkab estetik faoliyatdir5.

O'zbek tilshunosligida maydonga kelgan ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan badiiy asar tilini umumiy tamoyillar asosida lingvopoetik taxlil olib borilganda, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning estetik butunlik sifatidagi badiiy asarlarining mohiyati va mahoratini xolis baholash mumkin bo'ladi.

2 Никонов В. А. Имя и общество. - Москва, 1974. - C. 234.

3 Силаева Г.А. О содержании понятия "литературный антропоним" // Русская ономастика. Рязань, 1977. - C. 152.

4 http ://i mj a. name/poehtonimy/termin-poehtonim. shtml

5 Йулдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. - Тошкент: Фан, 2008. - Б. 148.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Keyingi yillarda dunyo filologlarining diqqat markazida bo'lgan masalalardan biri onomastik birliklarning badiiy matndagi o'rni masalasidir. Bu borada onomastik birliklarga badiiy matnning ko'pqatlamliligini ta'minlovchi poetik vosita sifatida yondashilgan bir qator tadqiqotlar yaratildi. O'zbek tilshunosligida badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari, muayyan bir ijodkorning tildan foydalanish mahorati kabi masalalar maxsus o'rganilgan. Jumladan, I.Mirzaev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, M.YAqubbekova hamda M.Yo'ldoshevlarning tadqiqotlari ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega6.

Tilshunoslikda poetik onomastika masalasi, onomastik birliklarning badiiy matndagi vazifalari, prehedent nom, onomastik metafora, "so'zlovchi" nomlar, allyuziv nomlar mohiyati hamda badiiy matnning onomastik ko'lami tadqiq qilingan ilmiy tadqiqotlarda onomastik birliklarga badiiy matnning ko'pqatlamliligini ta'minlovchi poetik vosita sifatida yondashilgan7. Ularda nomlarning badiiy asardagi vazifalari xususida fikrlar bildirilgan. Jumladan, ayrim tilshunoslar nomlar badiiy matnda nominativ vazifa bilan bir qatorda tavsifiy, g'oyaviy, estetik va ramziy vazifalarni bajaradi, deb hisoblasa, ayrim ishlarda nomlarning o'xshatish vazifasida kelishiga asosiy e'tibor qaratilgan, ba'zilarida metaforik ma'no kasb etishi alohida vazifa sifatida ko'rsatilgan.

Ma'lumki, qadimiy poetika fanining tilshunoslikka tatbiqi natijasida bu boradagi tadqiqotlar samarasi ham, qamrovi ham benihoya kengayib ketdi. Hatto ishlar shu darajada takomillashdiki, XX asr avvalida o'rtaga tashlangan fikrlar etilib, o'tgan asr oxirida poetikaning maxsus turi - lingvopoetika paydo bo'ldi. Onomastik birliklarning lingvopoetik tadqiqi fanlararo hamkorlik tamoyiliga asoslangan bo'lib, bunda badiiy matn, poetika va tilshunoslikning xususiy muammosi hisoblangan onomastika sohasi muayyan maqsad asosida o'zaro birlashadi. Soha terminologik tizimidagi asosiy terminlardan biri "poetonim"dir. "Poetonim" termini ilk bor 1956 yilda V.M.Mixaylov tomonidan qo'llangan bo'lib, mazkur termin mohiyatan "badiiy

6 Мирзаев И.К. Проблемы лингвопоэтической интерпретации стихотворного текста: Автореф. дисс. ... д-ра филол. наук. - Ташкент, 1992; Нурмонов А. Тилшуносликнинг адабиёт билан муносабати // Танланган асарлар. 3 жилдли. - Тошкент: Академнашр, 2012. - 3-жилд. - Б. 163; Махмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ухшатишларнинг лингвопоэтикаси // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1985. - № 6. - Б. 48-51; Шу муаллиф. Абдулла Каххор хикояларининг лингвопоэтикасига доир // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1987. - № 4. - Б. 34-36; Шу муаллиф. Шайхзода сузининг лингвопоэтикасига чизгилар / Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Илмий-назарий анжуман материаллари. - Тошкент, 2009. - Б. 12-17; Ядуббекова М.М. Узбек халк; кушикларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фан. д-ри ... дисс. - Тошкент, 2005; Йулдошев М. Чулпоннинг бадиий тил махорати: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 2000; Шу муаллиф. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадкики: Филол. фан. д-ри ... дисс. - Тошкент, 2009; Каримов К. «Кутадгу билиг» асарида учрайдиган шахс номлари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1967. - № 2. - Б.42;

7 Магазаник Э.Б. Поэтика имен собственных в русской классической литературе: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Самарканд, 1967; Шу муаллиф. Ономапоэтика или «говорящие имена» в литературе. - Ташкент: Фан, 1978; Гаррапова Г.Х. Поэтическая ономастика прозы Мухаммета Магдеева: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Казань, 2000

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

asarda qo'llangan har qanday ism"ni ifodalash uchun ishlatilgan8. Keyinchalik S.I.Zinin ushbu terminga alohida diqqat qaratgan va bir qator tadqiqotlar olib borgan. Mazkur tadqiqotlar ayni soha terminologiyasini tartibga solgani, "poetonim" sifatida har qanday onomastik birlik emas, balki badiiy yuki, poetik qimmati bor nomlargina tushunilgani bilan ham muhim. S.I.Zinin poetik yuki bor shaxs nomlarini "poetik antroponim", poetik yuki bor joy nomlarini "poetik toponim" hamda ayni xususiyatli hayvon va qush nomlarini esa "poetik zoonim" deb atagan9. Bizningcha ham, badiiy matndagi har qanday nom emas, balki ijodkor badiiy niyatini yoritishga xizmat qilgan nomlar poetonim termini ostida o'rganilishi maqsadga muvofiq. Chunki ayni termin onomastik birliklardan yasaladigan poetonimlarning ichki turlarini nomlashda ham qulaydir. Biz tilshunos olima Dilrabo Andaniyazova fikrlariga qo'shilgan holda, poetik yukli shaxs nomlariga nisbatan "antroponim" emas, balki "antropoetonim", hayvonlarga atab qo'yilgan nomlar uchun "zoopoetonim", joy nomlariga nisbatan "topopoetonim" tarzidagi sof sohaviy terminlarni qo'llash sohaga oid terminlarni bir qadar tartibga solishga yordam beradi, degan fikrlari10 tarafdorimiz. Olima ta'kidicha, onomastik birliklar badiiy matnda onomastik metafora, allyuziv nom, "so'zlovchi" nom kabi lingvopoetik vazifalarda keladi. Shuningdek, bu birliklar ijodkorning sub'ektiv munosabatini ifodalab keluvchi, matnni shakllantiruvchi vosita hamdir. Nomlarning yuqoridagi vazifalari badiiy matnda boshqa lingvopoetik vositalar qatorida muhim ahamiyat kasb etadi.

Jahon adabiyotining buyuk namoyandalari adabiy merosida, har bir millatning taniqli shoir yoki yozuvchisining har bir she'riy, nasriy, dramatik asarlardagi poetonimlar ijodkorning o'ziga xos badiiy tafakkuri va iste'dodi qirralarini namoyon etadi.

"Koinot qachonlardir bir nuqtaning, bir zarraning portlashidan paydo bo'lgan, deyiladi. Agar shu fikr to'g'ri bo'lsa, poetik so'z, ya'ni she'riyatning mohiyatida lohududga sochilib ketgan koinotni to'plab, sidirib, yana o'sha nuqtaning ichiga sig'dirish istagi yotadi", - deydi Ramiz Ravshan. Va, shoirning zimmasidagi qutlug' vazifa haqida gapirib: "har bir asl shoir Tangrini o'z ona tilida tasvirlaydi va haqiqiy shoir Tangri diydorini tilab, qushday, qanot qoqa-qoqa, o'z tilining osmonini kengaytiradi", -deydi. Qushning qanot qoqishidan ohang yaraladi, kuyga aylanadi,

8 Калинкин В.М. Поэтика собственных имен в произведениях романтического направления: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Донецк, 1987. - С. 4.

9 Зинин С.И. Имена персонажей в художественной литературе и фольклоре / С.И. Зинин, А.Г. Степанов // Антропонимика. - М., 1970. - С. 330-355

10 Анданиязова Д.Р. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоэтикаси: филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферата. - Тошкент, 2017. - Б.12.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

so'zga aylanadi. Shu bepoyon osmon qushlarga va shoirlarga armug'on qilindi, deya bejiz aytilmaydi11.

O'zbek shoiri Muhammad Yusuf badiiy so'z olamidan maydonga kelgan har bir she'ridagi poetonimlarda shoir hayoti davomidagi kuzatishlari, quvonchu iztiroblari, hayajoni, ruhiy tushkunliklari, baxt va baxtsizliklari, yorug' olam va insoniyat taqdiri borasidagi o'y-mulohazalari, qomusiy bilimi, cheksiz-chegarasiz zakovati o'z ifodasini topgan.

SHoir ijodining badiiy olamida poetonimlar katta o'rin tutadi. Masalan, rayhon fitonimi "jannat hidi", "olamdagi tengsiz ifor" ma'nosida qo'llash o'zbek badiiy nutqida an'anaga aylangan bo'lib, buni quyidagi misolda ko'rish mumkin: Rayhon hidlaringni

Yo 'llarimga sep...

YOki

Bo 'yi rayhon yurtimning

Qadrin bilib yurdimmi.

Kulganda shod...

O'zbek tilida rayhon (fitonim) poetonimi o'zida "o'ta shirin hidli", "jannat ifori", "tengsiz iforli" kabi ma'no yukini o'z zimmasiga olgan holda, M.YUsuf qalamida falsafaning tildagi umumiylik va xususiylik kategoriyasining voqelanishiga guvoh bo'lamiz. SHoir she'r bag'ishlagan shaxsning o'zigagina xos barcha individual ijobiy hususiyatlari shu birgina so'zga mujassam eta olgan. "Sen xushbo'y ayolsan", "suluvlikda tengsizsan", "go'zalligingni tengi yo'q" kabi an'anaviy ta'rif va sifatlashlardan qochib, ular zimmasidagi poetik mazmun yukini birgina "rayhon" poetonimi zimmasiga yuklagan va o'zbek tili badiiy uslubi uchun o'ziga xos yangi, ya'ni "rayhon hid" birikmasini yaratib bera olgan.

She'rdagi "rayhon" poetonimining yana bir vazifasi sifatida ularning allyuziv nom sifatida qo'llanib, matnlarda katta hajmli axborotni ixcham shaklda ifodalash imkoniyatini yuzaga keltira olgan.

ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - Xalq so'zi, 2017 yil 23 dekabr. 258-son.

2. Quronov D. Badiiyat sirlari // Tafakkur. - 1998. - № 1. - B. 78-83

3. Yo'ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. - Toshkent: Fan, 2008. - B. 148.

4. http://imja.name/poehtonimy/termin-poehtonim.shtml

11 ro^gameB M. My^aMMag Mcy$HH aHraam //Y3^CMH xaöaprapn. - TomKeHT,2020. №3(15). - E.28-30.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

5. Йулдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. - Тошкент: Фан, 2008. -Б.148.

6. Мирзаев И.К. Проблемы лингвопоэтической интерпретации стихотворного текста: Автореф. дисс. ... д-ра филол. наук. - Ташкент, 1992; Нурмонов А. Тилшуносликнинг адабиёт билан муносабати // Танланган асарлар. 3 жилдли. -Тошкент: Академнашр, 2012. - 3-жилд. - Б. 163; Махмудов Н. Ойбек шеъриятидаги ухшатишларнинг лингвопоэтикаси // Узбек тили ва адабиёти. -Тошкент, 1985. - № 6. - Б. 48-51; Шу муаллиф. Абдулла Каххор хикояларининг лингвопоэтикасига доир // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1987. - № 4. - Б. 34-36; Шу муаллиф. Шайхзода сузининг лингвопоэтикасига чизгилар / Узбек тилшунослигининг долзарб масалалари. Илмий-назарий анжуман материаллари. - Тошкент, 2009. - Б. 12-17; Якуббекова М.М. Узбек халк кушикларининг лингвопоэтик хусусиятлари: Филол. фан. д-ри ... дисс. -Тошкент, 2005;

7. Йулдошев М. Чулпоннинг бадиий тил махорати: Филол. фан. номз. ... дисс. автореф. - Тошкент, 2000; Шу муаллиф. Бадиий матннинг лингвопоэтик тадкики: Филол. фан. д-ри ... дисс. - Тошкент, 2009;

8. Каримов К. «Кутадгу билиг» асарида учрайдиган шахс номлари // Узбек тили ва адабиёти. - Тошкент, 1967. - № 2. - Б.42;

9. Магазаник Э.Б. Поэтика имен собственных в русской классической литературе: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Самарканд, 1967; Шу муаллиф. Ономапоэтика или «говорящие имена» в литературе. - Ташкент: Фан, 1978;

10. Гаррапова Г.Х. Поэтическая ономастика прозы Мухаммета Магдеева: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Казань, 2000

11. Калинкин В.М. Поэтика собственных имен в произведениях романтического направления: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук. - Донецк, 1987. - С. 4.

12. Зинин С.И. Имена персонажей в художественной литературе и фольклоре / С.И. Зинин, А.Г. Степанов // Антропонимика. - М., 1970. - С. 330-355.

13. Анданиязова Д.Р. Бадиий матнда ономастик бирликлар лингвопоэтикаси: филология фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. - Тошкент, 2017. - Б. 12.

14. Юлдашев М. Мухаммад Юсуфни англаш //УзДСМИ хабарлари. -Тошкент,2020. №3(15). - Б.28-30.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.