Научная статья на тему 'ONALIK VA BOLALIKDA BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOGIYANING O’RNI'

ONALIK VA BOLALIKDA BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOGIYANING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
30
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsi / yetuk / barkamol shaxs / tarbiyachilar / pedagoglar va psixologlar / ota-onalar / bolalar psixologiyasi / go‘daklik / inson psixikasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Maftuna Ibragimovna Ismoilova

Bolani komil etib shakllantirishga zamin yaratishda oilaning o‘rni va roli beqiyosdir. Oilada bolani komil inson qilib tarbiyalashga zamin yaratish otaonalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu maqolada onalik va bolalikda bola tarbiyasida psixologiyaning o’rni va bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONALIK VA BOLALIKDA BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOGIYANING O’RNI»

ONALIK VA BOLALIKDA BOLA TARBIYASIDA PSIXOLOGIYANING

O'RNI

Maftuna Ibragimovna Ismoilova Renessans ta'lim universitet

Annotatsiya: Bolani komil etib shakllantirishga zamin yaratishda oilaning o'rni va roli beqiyosdir. Oilada bolani komil inson qilib tarbiyalashga zamin yaratish ota-onalar zimmasiga yuklatilgan. Ushbu maqolada onalik va bolalikda bola tarbiyasida psixologiyaning o'rni va bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsi, yetuk, barkamol shaxs, tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar, bolalar psixologiyasi, go'daklik, inson psixikasi

THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN CHILD EDUCATION IN MATERNITY

AND CHILDHOOD

Maftuna Ibragimovna Ismoilova Renaissance Educational University

Abstract: The place and role of the family in creating a foundation for the perfect formation of a child is incomparable. It is the responsibility of parents to create a foundation for raising a child as a perfect person in the family. This article talks about the role of psychology in motherhood and childhood education and the main and auxiliary methods of child psychology.

Keywords: psychologist, researcher, child psyche and personality, mature, mature personality, educators, pedagogues and psychologists, parents, child psychology, infancy, human psyche

Har tоmоnlаmа уеtuk, bаrkаmоl shaxsni tаrbiуаlаsh hozirgi kun tа'lim tizimi оldidаgi dоlzаrb muаmmоlаrdаn biridir. Bаrkаmоl shахsni tаrbiуаlаshdа u dunyoga kelganidan boshlab, to maktabgaсha tarbiya yoshigaсha bo'lgan davrdagi psixologik хususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota-onalar uchun muhim ahamiyatga ega. 0'quv qo'llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik, ya'ni bola tug'ilganidan boshlab, maktab yoshigacha bo'lgan davrini qamrab olgan.

Bolalar psixologiyasi - psixologjya fanining alohida tarmog'i bo'lib, u turli yosh davriari bola psixik taraqqiyotining qonuniyatlarini, shuningdek, bir yosh bosqichidan boshqasiga o'tish qonuniyatlarini o'iganadi. Bolalar psixologiyasi fanining asosiy

fîcïV^^^BI 228 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

e'tibori tug'ilgandan yetuklik davrígacha inson psixikasi va ongning qanday rivojlanishiga qaratilgan. D.B.Elkonin ta' kidlaganidek, bola jamiyat a'zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib, olamni aks ettirish qobiliyati go'daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi. Ushbu jaiayonning o'ziga xos xususiyatlari, uning qonuniyatlarini bolalar psixologiyasi tadqiq etadi.

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inini tashkil qiladi, oila tarbiyasini to'g'ri tashkil qilmay, oilalarning barqarorligini va mustahkam bo'lishini hamda jamiyatning ijtimoiy rivojlanishini ta'minlash mumkin emas. Shu nuqtai nazardan yondashganda oila sharoitida ota-onalarning tarbiyachilik madaniyatini tashkil qilish, to'ldirib borish va takomillashtirish bag'oyat muhim oilaviy pedagogik muammolardandir.

Mazkur muammoni hal qilishida oilaning ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlari oshirish haqida muhtaram Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning «Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlay digan, shu bilan birga kelajak nasllar qanday inson bo'lishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir» 3 -deb bildirgan fikri nihoyatda hayotiy. Shuning uchun ham oilada ota-onalar oilaning ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan to'la-to'kis foydalanishlari shart. Agar ota-onalar oila sharoitida bunday imkoniyatlardan foydalana olmasalar hayot davom etmay, avlodlar davomiligi ham davom etmaydi. Shuning uchun biz ota-onalar xohlaymizmi yo'qmi hayot davom etishi uchun bu talabni bajarishimiz darkor.

Ammo oilaning barcha ta'lim-tarbiyaviy imkoniyatlaridan oila sharoitida barcha ota-onalar ham to'la-to'kis foydalanadilar deb bo'lmaydi. Bu borasida ota-onalarning tarbiyachilik madaniyatini tarkib toptirishi oila pedagogikasi va ijtimoiy pedagogika fanlari oldidagi dolzarb oilaviy pedagogik muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Buning uchun birinchi navbatda pedagogik kadrlarning va ota-onalarning bola ta'lim-tarbiyasi haqidagi maxsus tarbiyachilik ma'lumotlarini hozirgi zamon oila rivojlanishiga qarab to'g'ri tashkil qilish, to'ldirib va takomillashtirib borish talab qilinadi

Oila va ijtimoiy tarbiyada axloq tarbiyasining inson kamolotidagi tutgan o'rni haqida Yusuf Xos Xojib «Kimning odobi va axloqi to'g'ri bo'lsa, u kishi o'z maqsadiga yetadi va baxt unga kulib boqadi, zero, yaxshi axloq-jamiyat, yaxshiliklarning zaminidir» va yana «Halol, haqgo'y, axloq-odobli kishi, har qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatli» ,-deb bildirgan fikrlari oilada bolalarni axloqiy tarbiyalashga asos bo'ladi.

Haqiqatan ham inson oiladami yoki ijtimoiy hayotdami o'zining odobi, axloqi bilan qadr, hurmat topadi, maqsadiga yetadi va baxtli bo'ladi. Insonning axloqli bo'lishi shu nsonning oilada, maktabda, mehnat jamoasida, ijtimoiy hayotda hurmatini, obro'sini, mavqyeini oshiradi. Aksincha axloqsiz bo'lsa, u insonning hurmati, qadri,

ncTTÜ^^Bl 229 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.311 (SJIF 2022)

mavqyei bo'lmaydi. Hatto axloq faqat bir insongagina emas, balki jamiyat a'zolarini, yaxshiliklarni, ezguliklarni yuzaga keltiruvchi tarbiya vositasidir. Shuningdek, insonni qadrli qilishga zamin, asos yaratadi va inson o'z axloqi bilan qadrli bo'lib qolaveradi. Xususan oila va jamiyat insonlarni axloqiy tarbiyalashdan moddiy-ma'naviy manfaat ko'radi. Bu o'z navbatida davlatning, jamiyatning moddiy, ma'naviy va ijtimoiy rivojlanishini ta'minlaydi.

Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda: "ko'ndalangiga kesim" va "uzunasiga kesim" metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi. Tadqiqot ko'ndalangiga kesim shaklida o'tkazilganda turii yoshdagi bolalar guruhlarida muayyan psixologik jarayon, holat yoki xususiyat o'rganiladi va har xil yosh bosqichidagi bolalar ustidan olib borilgan tadqiqot natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.B.Elkonin kichik, o'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalaming syujetli-rolli o'yinlariga xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o'yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko'ndalangiga kesim shaklidagi tadqiqotda asosiy e'tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farqlarga qaratUishi kerak. Farq qanchalik kichik bo'lsa, psixolog tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi muhim o'zgarishlami payqash uchun ko'proq imkoniyatga ega boiadi.

Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida o'tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi hayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o'tishda bola psixikasi va hulq-atvorida ro'y beruvchi o'zgarishlami aniqlab boradi. Masalan, maktabgacha taiim muassasasida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan boisa, muassasaga endi qabul qilingan bolalami 4-5 yil uzluksiz o'rganish orqali dastuming bola taraqqiyotiga ta'sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin boiadi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqot shuningdek, ayrim hollarda longityud tadqiqot ham deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko'p vaqt talab etadi.

An'anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yoidamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment - bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma'lumot bera oladi. Yordamchi metodlar - test, so'rov, faoliyat mahsullarini o'iganish - tasvirlovchi maiumot berib, bu maiumot asosida faqatgina taxminlami ilgari surish mumkin boiadi.

Kuzatish. Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri boiib, psixik hodisalami maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok j arayonidir. Kuzatish quyidagi talablaiga j avob berishi kerak:

1. Kuzatishdan oldin uning maqsadi aniq belgilanishi kerak: bola psixikasi, xulq-atvori va faoliyatining qaysi tomonlari kuzatilishini aniqlashtirish lozim.

2. Kuzatish ob'ektiv bo'lishi kerak: kuzatishda faqat u yoki bu holat, hodisani qayd etish, uni sub'ektiv talqin etishga o'tmaslik lozim.

IIgcTIÍ^^BI 230 ISSN 2181 -063X/lmpact Factor 4.311 (SJIF 2022)

3. Kuzatish muntazam, katta vaqt oraliqlarisiz o'tkazilishi kerak.

4. K uzatish shunday o 'tkazilishi kerakki, bola uning kuzatilayotganini bilmasligi lozim.

Kuzatishni amalga oshirayotgan tadqiqotchi kuzatilayotgan hodisalami tez qayd eta olish mahoratiga ega boiishi zarur. Kuzatishning quyidagi turlari mavjud:

a) ichki kuzatish, tashqi kuzatish va kiritilgan kuzatish;

b) standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan kuzatish;

c) frontal va tanlanma kuzatish. Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda kuzatilayotgan hodisalarga faol ta'sir ko'rsatish, ulami o'zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko'rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri boiib kelmoqda.

Eksperiment.

Eksperiment - ilmiy bilishning asosiy metodlaridan biri. Uning kuzatishdan asosiy farqi shundaki, unda tadqiqotchi o'rganilayotgan vaziyatga faol ta'sir ko'rsatadi, bir yoki bir necha o'zgaruvchilar bilan manipulyatsiyani amalga oshiradi. Eksperimentda psixik xususiyatlar maxsus sharoitlarda o'iganiladi.

So'rov. So'rov - tadqiqotchi va respondentning bevosita yoki bilvosita o 'zaro muloqoti davomida birlamchi verbal axborot yig'ishga yo'naltirilgan metod. So'rov anketa yoki intervyu shaklida o'tkazilishi mumkin. Anketa yordamida so'rov o'tkazilganda sinaluvchi yozma savollarga, intervyuda esa og'zaki savollarga javob qaytaradi.

Proyektiv metodlar.

Proektiv metod - shaxsni o'iganish metodlaridan biri. Unda shunday eksperimental vaziyatlar yaratiladiki, bu vaziyatlar sinaluvchilar tomonidan talqin etilishi mumkin bo'ladi. Aynan sinaluvchining bergan talqinini tahlil etish orqali uning shaxsi haqida muayyan xulosalar chiqariladi. Chunki muayyan eksperimental vaziyatni talqin etar ekan proeksiya mexanizmi tufayli sinaluvchi o'z ichki kechinmalari, o'y-xayollari, orzulari, qo'rquv va xavotirlarini tashqariga chiqaradi. Makatbgacha yoshdagi bolalar bilan ishlaganda qo'llaniladigan odatdagi proektiv m etodikalar quyidagilardan iborat: "Bola appertseptsiya testi", "Oilaviy ustanovkalaming Jekson testi", "Dyuss ertaklar metodikasi" va hokazolar. Ushbu metodikalami qoilash asosan individual ish jarayonida amalga oshirilib, ancha ko'p vaqt talab etadi. Proektiv metod asosida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini talqin etishda tadqiqotchidan katta mahorat talab qilinadi.

Faoliyat mahsulini o'rganish metodi.

Faoliyat mahsulini o'rganish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni or'ganish haqida gap ketganda, birinchi navbatda, bolalaming tasviriy faoliyati mahsullarini tahlil qilish nazarda tutiladi. Shu tufayli tasviriy faoliyat mahsullarini o'rganishga

PÍgcTIÍ^^BI 231 ISSN 2181-063X/lmpact Factor 4.311 (SJIF 2022)

asoslangan metodlar o'z nomi bilan grafik metodlar deb ataladi. Grafik metodlar o 'z ichiga rasm chizish metodikalari - "Odamni chizgin", "Avtoportret", "Erkin mavzudagi surati", "Dunyo surati", "Oila rasmi", "Oilaning kinetik surati", "Uy, daraxt, odam" - "Geometrik shakllardan odam rasmini yig'ish", "Daraxt" grafik testi, "Grafik diktant" va boshqalami oladi. Yuqorida tilga olingan metodik vositalar adabiyotlarda batafsil tahlil etilgan.

Test - shaxsga xos muayyan psixologik sifatning rivojlanish darajasini o'lchash uchun xizmat qiladigan topshiriqlar yig'indisi. Test metodida muayyan standart topshiriq va vaziyatlar (testlar) qoilaniladi. Ushbu metod bir qator ustun tomonlarga ega: tadqiqotni sinaluvchilaming katta guruhi bilan o'tkazish mumkin; natijalami hisoblash va qayta ishlash ancha yengil va sodda. Metodning asosiy kamchiligi shundaki, u bolaning kelajakdagi rivojlanishi haqida maiumot berolmaydi.

Psixologiya fanida hozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy sohasiga xos sifatlar, motivatsion sohasiga tegishli xususiyatlar, individual-tipologik xususiyatlar, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus test to'plamlari mavjud.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bolalar psixologiyasi ya uni o'qitish metodikasi Z. Nishanova, G. Alimova «AVTO-NASHR» 2006-y

2. Axloq-odobga oid hadis namunalari. - Toshkent: Fan, 1990. 30.

3. Ahmad Donish. Navodir-ul vaqoye'. - Toshkent, 1964. 31.

4. G'aniyev A. Ahmad Donishning pedagogik qarashlari. - Samarqand, 1990.

5. Muhammad payg'ambar qissasi. Hadislar. -Toshkent, «Kamalak», 1991.

6. Quronov M. Milliy tarbiya. T:. «Ma'naviyat» 2007 yil, 226- bet.

7. Jamoa. Oila pedagogikasi. - Toshkent, Aloqachi, 2007..

8. Azarov Yu.P. Oila pedagogikasi. - Toshkent, O'qituvchi, 1988.

9. www.ziyouz.com kutubxonasi

232

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.311 (SJIF 2022)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.