Научная статья на тему 'PEDAGOGIKA INSTITUTI O’QITUVCHISI OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI'

PEDAGOGIKA INSTITUTI O’QITUVCHISI OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
248
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IJTIMOIYLASHUV / SOTSIALIZATSIYA / SHAXS / RIVOJLANISH / PSIXOLOGIYA / PEDAGOGIKA / JAMIYAT / OILA / OTA-ONA / BOLA / JAMOA / TARBIYA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolbozorova N.X.

Ushbu maqolada shaxs ijtimoiylashuvi, shaxs ijtimoiylashuvida oila o’rnining qay darajada muhim ekanligi va buning uchun oila a’zolarining nimalarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF FAMILY ENVIRONMENT ON PERSONAL SOCIALIZATION

This article analyzes the process of socialization of the individual, interpersonal relationships in the family, as well as the role of the family in the socialization of the individual.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKA INSTITUTI O’QITUVCHISI OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA’SIRI»

Xolbozorova N.X.

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi

OILA MUHITINING SHAXS IJTIMOIYLASHUVIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxs ijtimoiylashuvi, shaxs ijtimoiylashuvida oila o 'mining qay darajada muhim ekanligi va buning uchun oila a'zolarining nimalarga ko'proq e'tibor qaratish kerakligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ijtimoiylashuv, sotsializatsiya, shaxs, rivojlanish, psixologiya, pedagogika, jamiyat, oila, ota-ona, bola, jamoa, tarbiya.

Xolbozorova N.X.

teacher Pedagogical Institute Karshi State University

THE EFFECT OF FAMILY ENVIRONMENT ON PERSONAL

SOCIALIZATION

Resume: This article analyzes the process of socialization of the individual, interpersonal relationships in the family, as well as the role of the family in the socialization of the individual.

Key words: person, socialization, personality development, psychology, pedagogy, society, family, parent, child, community, education.

Kirish

Har birimizning jamiyatdagi o'rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo bo'lgani, jamiyatga qo'shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari jarayoni psixologiyada ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya deb ataladi.

Ijtimoiylashuv- bu shaxs o'z hayoti davomida o'zi tegishli bo'lgan jamiyatning ijtimoiy me'yorlari va madaniy qadriyatlarini o'zlashtirish jarayoni. Ijtimoiylashuvnmg maqsadi- bola egallashi kerak bo'lgan shaxsiy xususiyatlar va u o'rganishi kerak bo'lgan ijtimoiy xatti-harakatlardir.Ijtimoiylashuv ob'ekti-bu shaxs.

Shaxs - muayyan jamiyatning a'zosi bo'lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo'ladi. Ana shular ta'sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish-oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o'tish, yangilanish, yangining paydo bo'lishi, eskining yo'qolib borishi, miqdor o'zgarishining sifat o'zgarishiga o'tishini ta'minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi

Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o'rtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta'limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta'sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta'sir etadi.

Insonning ijtimoiylashuvi jarayoni uning hayoti davomida davom etadi, ammo bu ayniqsa bolalik davrida intinsiv ravishda amalga oshiriladi. Aynan o'sha paytda shaxsning ma'naviy rivojlanishining poydevori yaratiladi, bu ta'lim sifatining ahamiyatini oshiradi, jamiyat mas'uliyatini oshiradi, bu ta'lim jarayoni uchun ma'lum koordinatalar tizimini belgilaydi, bu umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirishni o'z ichiga oladi; ijodiy fikrlashni rivojlantirish; yangi narsalarga intilish va nostandart vaziyatlarda hayotiy muammolarni maqbul yechimini topish qobiliyati, yuqori ijtimoiy faollikni, fidoiylikni, jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirish; doimiy o'z-o'zini tarbiyalash va kasbiy fazilatlarni shakllantirish zarurati; mustaqil ravishda qaror qabul qilish qobiliyati rivojlanadi.

Shunday qilib, inson butun umri davomida o'zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo'lsa, u jamiyat a'zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o'ziga munosib o'rin egallaydi. Shaxsning ma'naviy sifatlariga ega bo'lishi, unda ma'naviy bilimlarnin egallashga nisbatan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo'lishida oila asosiy rolni bajaradi. Oilada qaror topgan sog'lom ma'naviy-ruhiy muhit farzandlarning yetuk, barkamol bo'lib voyaga yetishishlari uchun beqiyos ahamiyatga egadir. Chunki rivojlanish tarbiya ta'siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to'g'ri ko'rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Ota-onalar o'zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg'usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foydali mehnatga, turli ko'rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartib-intizomga amal qilish, ijtimoiy me'yorlarga og'ishmay rioya etish, sog'lom turmush tarzini yaratish, o'z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so'z va faoliyat birligini ta'minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat na'munasini ko'rsatadi.

Shaxs shakllanishiga ta'sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo'lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o'ziga xos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday hislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar to'qnashuvidan iborat ijtimoiy munasabatlardan toliqqan inson organizmining ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo'lgan mo'tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg'u xalqimiz ruhiyatidagi o'ziga xos xususiyatlaridan biridi

Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatning asosiy maqsadlaridan biri-barkamol avlodni tarbiyalashdir. O'zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov va hukumatimiz oilani jamiyat negizi sifatida bilib, unga nisbatan g'amxo'rlik qilmoqda, uning moddiy-maishiy ravnaqi uchun butun imkoniyatlarni ishga solmoqda. Jumladan, yurtboshimiz oilaning jamiyatda tutgan o'rni va ahamiyati to'g'risida shunday deydi: «Bola tug'ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an'analar, qadriyatlar, urf-odatlar bola zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi».

Oila- kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarsi, axloqiy mas'uliyat hamda o'zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi.

Oila mikromuhit sifatida bolaning ruhiy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Ishonch va qo'rquv, xotirjamlik va xavotirlanish, muloqotdagi samimiylik va kirishimlilik yoki aksincha, kirisha olmaslik va sovuqlik - bu xislatlarning barini shaxs oilada egallaydi. Bu xislatlar bola maktabga chiqqunicha shakllanadi va bolaning rivojlanishiga uzoq vaqt ta'sir etadi. Xavotirlanuvchan onalarda xavot irlanuvchan bolalar shakllanadi.Chunki aynan oilada individual qobiliyatlar, shaxsiy, kasbiy qiziqishlar, axloqiy me'yorlar shakllanadi. Oila inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilgunicha javobgardir. Negaki, oila omili insonga butun umri davomida ta'sir etadi. Ijtimoiy jihatdan oila inson turli ijtimoiy maqomlarni egallaydigan jamoa hisoblanadi. Axir oilaning vazifasi bolani asta-sekinlik bilan jamiyatga tayyorlashdir. Oila insonning o'z-o'zini belgilab olishiga, uning ijtimoiy-ijodiy faolligini oshirishiga yordam beradi. Ota-ona — san'atkor, bola — san at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va xalqimizning azaldan saqlab kelayotgan milliy urf-odatlari, an'analari (bola tarbiyasida ota-onadan tashqari, buvi-buva, qarindosh-urug', mahallaning ham ta'siri) bu borada katta ahamiyatga ega. Lekin ba'zan oilaning tarbiyaviy funksiyasining susayishi va targ'ibot-tashviqot ishlarining kamligi natijasida oila a'zolari xulqida yomon odatlarning (ichish, chekish, narkomaniya, turli diniy oqimlar ta'siriga berilish, ma'naviy buzuqlik yo'liga kirish) paydo bo'lishi tashvishlanarli hollardan biridir.

Muhokama va natijalar

Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval, oilada amalga oshadi. Oila- bu maskanning ahamiyatini anglash uchun «Qush uyasida ko'rganini qiladi» degan maqolni tahlil qilishning o'zi kifoya. Ya'ni har qanday bola o'z oilasida o'zlashtirgan tajribalaridan hayoti davomida foydalanadi va uni keyinchalik farzandlariga ham o'rgatadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga ma'lum bir siyosiy-g'oyaviy dunyoqarash, axloqiy me'yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi. Aynan oilada bola mehnat qilishga va mustaqillikka o'rganadi.

Har qanday jamiyat taraqqiyoti shu jamiyatdagi sog'lom oila muhitiga bog'liqdir. Sog'lom oila muhitida sog'lom avlodlar tarbiyalanadi va voyaga yetadi. Ma'lumki, dunyoga kelgan go'dakning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. Aynan shu maskan quchog'ida bola ijtimoiy muhitga moslashib, ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi. Shular asosida ijtimoiy hayotga kirib boradi. Farzand oilada kamol topar ekan, u oila a'zolarining o'zaro munosabatlaridan doimo ibrat oladi. Keyin bolalar bog'chasi, maktab va ko'cha kabi ijtimoiy muassasalar inson hayotiga kiradi. Shular zaminida u boshqa kishilarning xulq-atvori, xatti-harakatlarini o'rganib, farqlay boshlaydi va ular bilan munosabatga kirishishi, muloqotda bo'lishining usul va shakllarini o'rganib boradi va bu tushunchalari uning o'smirlik va balog'at yillarida ham saqlanib qoladi.

Oilada olib boriladigan ijtimoiy ta'lim jarayoni ham ikkita asosiy yo'nalishda o'tadi. Bir tomondan, ijtimoiy tajribani egallash bolaning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari bilan to'g'ridan-to'g'ri o'zaro munosabati jarayonida yuzaga keladi. Ikkinchi tomondan, ijtimoiylashuv boshqa oila a'zalarining bir -biri bilan ijtimoiy o'zaro ta'sirining xususiyatlarini kuzatish orqali amalga oshiriladi.

Bolaga nisbatan ota-onalar xatti-harakatlarining to'rtta parametrlari o'rganilgan: nazorat, yetuklik talabi, aloqa, yaxshi niyat. Nazorat: ya'ni bolaning faoliyatiga ta'sir ko'rsatishga urinish. Bolaning ota-onalarning talablariga bo'ysunish darajasi aniqlash. Yetuklikka talab: Ota-onalar bolalarni aqliy qobiliyatlari chegarasida, yuqori ijtimoiy va hissiy darajada harakat qilishiga majburlash unga bosim o'tkazish. Aloqa: ota-onalar tomonidan boladan imtiyoz olish, uning fikrini yoki biror narsaga munosabatini tushuntirish uchun e'tiqodlardan foydalanish. Yaxshi niyat: ota-onalar bolaga qanchalik qiziqish ko'rsatish ya'ni maqtov, uning muvaffaqiyatlaridan xursandchilik, iliqlik, sevgi, g'amxo'rlik va unga mehr qo'yish kabilar.

Oilaning roli bolani jamiyatga bosqichma-bosqich kiritishdan iborat bo'lib, uning rivojlanishi insonning tabiatiga va u tug'ilgan mamlakat

madaniyatiga mos keladi. Bolaga insoniyat to'plagan ijtimoiy vazifani, u tug'ilib o'sgan mamlakat madaniyatini, uning axloqiy me'yorlari va xalq urf-odatlarini o'rganish ota-onalarning bevosita vazifasidir.

Har bir shaxs oilaning jamiyatdagi o'rni va funksiyalarini, qadr-qimmatini anglamasdan, Vatanning ostonadan boshlanishini tushunmasdan turib Vatan tuyg'usini tom ma'noda his qila olmaydi. Aynan har bir inson, "Vatan", "xalq" tushunchalarining mohiyatini dastlab ana shu maskanda o'zlashtiradilar. Binobarin, oilaning o'zi Vatanning bir bo'lagidir. Oila sha'nini himoya qilish, uni saqlash to'g'risidagi qayg'urishning Vatanning sha'nini, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg'ulari bilan uzviy bog'liq bo'lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy-siyosiy tarbiyaning asosi bo'lishi lozim. Bu ish asosan har bir o'zbek oilasidagi tarbiya an'analari va ularni takomillashtirish, milliy qadriyatlarni turmush tarzining ajralmas bo'lagiga aylantirish, muloqot madaniyatining sharqona ko'rinishlari bilan zamonaviy shakllarini uyg'unlashtirish, mehnat tarbiyasi, uning farzandlar farovon turmush kechirishining muhim tamoyili sifatida qadrlanishiga erishishi orqali amalga oshirish mumkin.

Oilada tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun ota-onalar turli tarbiya vositalaridan fodalanishadi: bolani rag'batlantirishadi, jazolashadi, uning uchun namuna bo'lishga harakat qilishadi. Do'stona munosabatda bildirilgan maqtov, befarq va sovuq ota-onalardan olingan maqtovga qaraganda ta'sirliroqdir. Jazolash va taqiqlashga nisbatan maqtovdan aql bilan foydalanish hisobiga bolani shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta'sir qilish mumkin. Bolani boshqa yo'1 bilan amalda o'zgartirib bo'lmaganida jazolashdan ham foydalanish mumkin. Agar jazolash uchun ehtiyoj tug'ilsa, uning tarbiyaviy ta'sirini oshirish uchun iloji boricha qilgan xatti-harakati uchun jazolashga intilish kerak. Jazolash adolatli, lekin juda shafqatsiz bo'lmasligi lozim. Juda qattiq jazolash bolada qo'rquv paydo qilishi mumkin. Bolaning qilgan xatosi unga yaxshilab tushuntirilsa, jazolash samarali bo'ladi. Ko'proq jazolanadigan, baqiriladigan bolalar, ota-onadan uzoqlashadi, emotsional befarq bo'lib qoladi hamda yuqori agressivlikni namoyon etadi.

Oila sharoitida uyushtirilayotgan suhbatlar alohida diqqatga sazovordir. Ommoviy axborot vositalari orqali aholi e'tiboriga havola etilayotgan huquqiy mavzulardagi maqolalar, ko'rsatuv eshittirish, shuningdek, ommaviy-huquqiy adabiyotlar hamda ularda ilgari surilayotgan g'oyalar yuzasidan o'tkaziladigan suhbatlarbolalarda huquqiy tasavvur, idrok, savodxonlik, tafakkur, faillik, mas'ullik, e'tiqod va salohiyatni qaror topishiga olib keladi. Oila muhitida bolalarga ularning burchlari to'grisidagi ma'lumotlarni berib borish, o'z navbatida huquqlaridan foydalanish yo'llarini ko'rsatib berish bu borada yaxshi samara bera oladi. Bolalarning ota-onalari bilan o'zaro munosabati ularni mashq qilish va ijtimoiy ko'nikmalarni takomillashtirishga imkon beradi, keyinchalik bu tengdoshlari bilan muloqotda juda foydali bo'ladi.

Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta'sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi. O'ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi. Ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog' va salomat shaxs bo'lib yetishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ya'ni, oila va uning sog'lom ma'naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga o'ziga o'xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo'lish, muomalada axloq-odob me'yorlariga bo'ysunishga o'rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish kerakki, insonning kelajakdagi shaxsiyati, demak, uning kelajakdagi hayoti oilaning qay darajada ijtomoiy jihatdan farovon bo'lishiga, oilada farzand bilan shug'ullanish darajasiga bog'liq. Shunday qilib, insonning hayotidagi oilaning ta'sirini tahlil qilar ekanmiz, shuni ko'rmoqdamizki, oila bu ijtomoiy institut, hayotga kirgan insonning shakllanishi sodir bo'ladigan jamiyatning hujayrasi, u inson o'sib-ulg'aygan va birinchi hayot saboqlarini olgan birinchi uyga aylanadi. Oilada shaxs qo'llab-quvvatlash va yordam oladi, u yerda dunyoni va odamlarni sevishni o'rganadi va bu haqida butun hayoti davomida eng mehribon va eng yorqin xotiralarni eslaydi, hayotning eng qiyin daqaiqalarida yuragini isitadi va yorqin irodasini kuchaytiradi. Shunday ekan insonning kelajakdagi shaxsiyati, uning kelajakdagi hayoti oilaning qay darajada ijtimoiy jihatdan faravon bo'lishiga, oila farzand bilan shug'ullanish darajasiga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Karimov I.A. «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevoridir». Т., Sharq, 1997-y.

2. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Т., O'qituvchi. 1994.

3. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T., 2003.

4. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. T., Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi. 2009.

5. Toxtaxodjayeva M.X va boshqalar. Pedagogika. T., O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2010.

6. Ismoilova N, Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya. T., O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.