Научная статья на тему 'Роль семьи в воспитании совершенного человека'

Роль семьи в воспитании совершенного человека Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
62
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
семья / семейное воспитание / ребенок / социальное развитие / человек / идеальный человек / family / family education / child / social development / individual / ideal person.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Абдурауф Абдуллаев

В данной статье обсуждена роль семьи, семейного воспитания в воспитании ребенка, приведены примеры из различных источников. Подчеркивается роль родителей в создании здоровой атмосферы в семье, роль махалли, школы в воспитании детей.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The role of family in the upbringing of the ideal person

This article discusses, gives citations about various resources about the significance of family and family education for a child to be an ideal person in the society. The role of parents in the creation of a healthy environment in the family, the neighborhood, the importance of the school in the upbringing of the child are described.

Текст научной работы на тему «Роль семьи в воспитании совершенного человека»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

The role of family in the upbringing of the ideal person Abdurauf ABDULLAYEV1

Namangan State University

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Artidehsstory. Received July2021 Received in revised form 20 July 2021

Accepted 15 August2021 Available online 15 September 2021

Keywords: family,

family education, child,

social development, individual, ideal person.

This article discusses, gives citations about various resources about the significance of family and family education for a child to be an ideal person in the society. The role of parents in the creation of a healthy environment in the family, the neighborhood, the importance of the school in the upbringing of the child are described.

2181-1415/© 2021 in Science LLC

This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deedru)

Komil inson tarbiyasida oilaning o'rni

ANNOTATSIYA

KaUtso'Zan

oila,

oiladagi tarbiya, farzand,

ijtimoiy rivojlanish, shaxs,

komil inson

Ushbu maqolada bola tarbiyasida uning yetuk shaxs, komil inson bolib yetishishida oilaning, oiladagi tarbiyaning o'rni naqadar muhimligi to'grisida fikrlar yuritilgan, turli manbaa-lardan misollar keltirilgan. Oilada sog'lom muhitning yara-tilishida ota-onaning o'rni, mahallaning, maktabning bola tarbiyasidagi ahamiyati bayon etilgan.

Роль семьи в воспитании совершенного человека

Ключевые слова-

семья,

семейное воспитание, ребенок; социальное развитие, человек; идеальный человек.

АННОТАЦИЯ

В данной статье обсуждена роль семьи, семейного воспитания в воспитании ребенка, приведены примеры из различных источников. Подчеркивается роль родителей в создании здоровой атмосферы в семье, роль махалли, школы в воспитании детей.

1 Lecturer of Namangan State University, Namangan, Uzbekistan. E-mail: [email protected].

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 8 (2021) | ISSN 2181-1415

Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo'lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta'lim-tarbiya bo'yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga yetkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta'lim tizimining, hurmatli ustozlarimiz va professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

Jismonan sog'lom, ma'nanaviy yetuk, aqlan kuchli avlodlarni tarbiyalash eng asosiy ijtimoiy vazifa hisoblanadi. Buni bevosita oilada, ta'lim maskanlarida amalga oshiriladi.

Farzandlarimizni to'g'ri, pok, hayoli, insofli, mehr-oqibatli va vatanparvar bo'lib yetishishida shubhasiz oilaning ro'li katta. Oilada mafkuraviy tarbiyaning eng ta'sirchan vositalaridan biri muloqot hisoblanadi. Chunki yuzma-yuz fikr almashish, so'z va xis-tuyg'ularning uzviy bog'liqligi ota-ona va farzandlar o'rtasidagi muloqatning samarali bo'lishiga olib keladi.

Oila ijtimoiy, tabiiy omillar asosida shakllangan, kichik jamoa sifatida ikki jinsga mansub bo'lgan shaxslar o'rtasidagi munosabatlar bo'lib, bunda faqat farzandni dunyoga keltirish emas, balki, ularni ma'naviy va jismoniy kamol toptirib, hayotga mustaqil qadam qo'yishlariga sharoit yaratishdir.

Jamiyatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri bo'lgan sog'lom avlodni tarbiyalash oilaning faoliyati bilan chambarchas bog'liqdir. Jismonan sog'lom, manan kuchli va aqlan yetuk bo'lgan sog'lom avlodni tarbiyalash eng asosiy ijtimoiy vazifalardan biridir. Shuning uchun davlatimizda oilaning mustahkam bo'lishiga uning tarbiyaviy imkoniyatini oshirishga katta ahamiyat bermoqda.

Oila hayotning abadiyligi avlodlarning doimiyligini ta'minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak avlodlar, munosib insonlar bo'lib yetishishlariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan muhim hayotiy qadryatlarimizdir. Agar oila tinch va mustahkam bo'lsa, unda tarbiya topayotgan farzandlar ham har tomonlama barkamol va sog'lom farzandlar bo'lib yetishadilar. Shuning uchun bugungi kunimiz va ertangi istiqbollimiz uchun eng muhim va dolzarb masalalardan biri sanaladi. Shu bois oilaga e'tiborni kuchaytirish, uni ijtimoiy himoyalash, e'zozlash va qo'llab quvvatlash kerak.

Buni esa asosiy qomusimiz O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham alohida bob ajratilishi, fuqarolarga o'z burch va majburiyatlari belgilangani oilaga bo'lgan munosabat qanchalik muhimligini anglash mumkin. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 64-moddasida "Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalashva o'qitishni ta'minlaydi, bolalarga bag'ishlangan xayriya faoliyatlarini rag'batlantiradi" - deyilgan. O'z o'rnida farzandni ham ota-ona oldidagi vazifasi 66-moddada "Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida g'am-xo'rlik qilishga majburdirlar" - deb keltirilgan.

Oila inson deb ataluvchi binoni faqat poydevorini qo'yish bilan cheklanmasdan, balki uning so'nggi g'ishti qo'yilguncha javobgardir. Ota-ona - san'atkor, bola - san'at asari, tarbiya jarayoni esa san'atning o'zidir. Xalqimizda "qush uyasida ko'rganini qiladi" deb bejiz aytilmagan. Oilada amalga oshadigan ijtimoiylashuv jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy me'yorlar va qadriyatlarni o'zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.

Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations Special Issue - 8 (2021) / ISSN 2181-141S

Bolalarda shakllanib kelayotgan, ularning dunyo-qarashlari vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga, o'z yaqinlariga mehr-muhabbat ruxida, yangicha fikrlash asosida tafakkurni shakllantiradi.

Oilada ota-onalar bolalarni mas'uliyat tuyg'usi bilan yashashga o'rgatishi muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning shaxsiy mas'ulliyati, ularning shaxsiy manfaatlari nazorat qilib turilsa, bu asta-sekin fuqarolik mas'uliyatiga aylanib boradi va unda jamiyat mas'ulyatlari nazarda tutiladi. Demak, bolalarni oiladanoq mas'uliyatni xis etishga o'rgatib borish asosida ularga mustaqil fikrlashni hamda shaxsiy g'urur va tuyg'ularni yuksak bo'lishini shakllantirish muhimdir. Bolada mas'uliyatni shakllantirishda ota-onani farzandga bo'lgan ishonchi, uddalay olishini bilishi muhimdir.

Bolaning rivojlanish psixologiyasi bola ruxiyatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi obyektiv va sub'yektiv omillar uning shaxsi samarali va to'laqonli rivoj-lanishiga ko'maklashishi ham, monelik qilishi ham mumkin. Bolaning rivojlanishini o'rganish kabi yo'nalishlari, bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila va ota-onaning muhim ro'l o'ynashini tan oladilar. Bu avvalo, inson shaxsining psixologik asoslari shakllanuvchi ,uning emotsional, intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlarga bola rivojlanishining asosiy manbai sifatida qaraladi.

Bola tarbiyasida maktab, oila va mahalla hamkorligi mustahkam bo'lishi kerak. O'qituvchilar o'quvchilarning oila a'zolari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lib, muloqatlar olib borishlari zarur. Ko'pgina oilalarda ota-onalarning ziyoli bo'lganliklari o'quvchilarning dars jarayonlarida faol, bilimdon bo'lishlariga olib keladi. Oilada bola doimo nazoratda bo'lishi natijada barcha fanlarni yaxshi va a'lo baholarga o'zlashtiriladi va jamoat ishlarida bo'lishi oilada bolani yaxshi tarbiya olishiga yordam beradi.

Har bir ota-ona o'zining va farzandlarining salomatliklariga befarq bo'lmasligi sportga va san'atga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, odatga aylantirishlari asosida, sog'-salomat, mazmunli umr kechirish imkoniyatini beradi. Farzandlarini kuchli, chidamli, sog' bo'lib o'sishini istagan ota-onalar, har kuni ular bilan badan tarbiya va turli qiziqarli mashg'ulotlarni o'tkazib turadilar. Amalga oshirilayotgan harakatlarning barchasi, farzandlarimizni to'g'ri rivojlanishi va sog'-salomat kamol topishlariga va kelajakda istiqbol yo'lini to'g'ri belgilashga erishadilar. Ota-onalar bolalar tarbiyasida pedagogik asoslardan xabardor bo'lishi, pedagogik ta'lim asosida bolalar xissiyoti va ongiga yaxshi yo'l topishi lozim. Shuningdek uy-ro'zg'or madaniyati, gigenik, umummadaniy va estetik talablarga rioya qilgan holda bolalarning kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkurini, nutqiy muloqotni rivojlanishi, ularning anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatlaridan xabardor bo'lishiga olib keladi. Ana shundagina bolalarning har tomonlama rivojlanishini ongli amalga oshirish mumkin. Oilada farzandlar yaxshi tarbiyalansa, ular o'sib ulg'aygach ota-onalariga rahmat olib keluvchi, mehr-murruvat ko'rsata oladigan bo'ib yetishadilar. Shu jihatdan milliy farovonlik asosi bo'lgan bolalar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirgan xolda farzandlarimizning har tamonlama kamol topishlari uchun qulay sharoitlar yaratish orqaligina oila tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Pespublikasining Konstitutsiyasi. T.: "O'zbekiston" 2017.

2. G'.B. Shoumarov Oila psixologiyasi, T.: "Sharq" 2010

3. O'.J. Yo'ldashev, A. Abdurashidov, A.N. Ziyayev. Umumiy pedagogika, T.: "Sharq" 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.