Научная статья на тему 'ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI ADAPTIV QO‘LLASH, LINGVOMETODIK TIZIMINI ISHLAB CHIQISHDA GIBRID TA’LIM IMKONIYATLARI'

ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI ADAPTIV QO‘LLASH, LINGVOMETODIK TIZIMINI ISHLAB CHIQISHDA GIBRID TA’LIM IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
18
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili / adaptiv ta’lim / gibrid ta’lim / lingvometodik tizim / ta’lim mazmuni / ta’lim metodlari. / родной язык / адаптивное обучение / гибридное образование / лингвометодическая система / содержание образования / методы обучения.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.K. Rasulova

maqola kirish qismida, ona tili o‘qitishdagi zamonaviy muammolar va gibrid ta’limning zarurati haqida umumiy ma’lumot beriladi. Shuningdek, tadqiqotning dolzarbligi va nazariy asoslari bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADAPTIVE USE OF NATIVE LANGUAGE EDUCATIONAL CONTENT, HYBRID EDUCATIONAL OPPORTUNITIES IN THE DEVELOPMENT OF A LINGUO-METHODICAL SYSTEM

во вводной части статьи даны общие сведения о современных проблемах преподавания родного языка и необходимости гибридного образования. Также описаны актуальность и теоретические основы исследования.

Текст научной работы на тему «ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI ADAPTIV QO‘LLASH, LINGVOMETODIK TIZIMINI ISHLAB CHIQISHDA GIBRID TA’LIM IMKONIYATLARI»

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

ONA TILI TA'LIM MAZMUNINI ADAPTIV QO'LLASH, L ISHLAB CHIQISHDA GIBRID TA'LIM IMKONIYATLARI

© G.K. Rasulova18_

1Toshkent Amaliy fanlar universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqola kirish qismida, ona tili o'qitishdagi zamonaviy muammolar va gibrid ta'limning zarurati haqida umumiy ma'lumot beriladi. Shuningdek, tadqiqotning dolzarbligi va nazariy asoslari bayon qilinadi.

MAQSAD: Maqolaning asosiy maqsadi ona tili ta'lim mazmunini adaptiv qo'llash imkoniyatlarini baholash va gibrid ta'lim yordamida lingvometodik tizimini takomillashtirish usullarini ishlab chiqishdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda foydalanilgan usullar, kuzatuvlar va tajriba ishlari haqida ma'lumot beriladi. Gibrid ta'limning turli modellari va ularning ona tili ta'limiga qo'llanilishi tahlil qilinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari muhokama qilinadi, gibrid ta'limning ona tili o'qitishdagi samaradorligi va uning lingvometodik tizimlarga ta'siri tahlil etiladi.

XULOSA: maqola yakunida, gibrid ta'lim yondashuvlarining ona tili ta'lim mazmunini qanday qilib samarali adaptiv va innovatsion qilib qo'llash mumkinligi haqida xulosalar keltiriladi.

Kalit so'zlar: ona tili, adaptiv ta'lim, gibrid ta'lim, lingvometodik tizim, ta'lim mazmuni, ta'lim metodlari.

Iqtibos uchun: Rasulova G.K. Ona tili ta'lim mazmunini adaptiv qo'llash, lingvometodik tizimini ishlab chiqishda gibrid ta'lim imkoniyatlari. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 277-284.

АДАПТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ РОДНОГО ЯЗЫКОВОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО КОНТЕНТА, ГИБРИДНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В РАЗВИТИИ ЛИНГВОМЕТОДИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ_

© Г.К. Расулова1И

Ташкентский университет прикладных наук, Ташкент, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: во вводной части статьи даны общие сведения о современных проблемах преподавания родного языка и необходимости гибридного образования. Также описаны актуальность и теоретические основы исследования.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

5VOMETODIK TIZIMINI

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЦЕЛЬ: основная цель статьи - оценить возможности адаптивного применения образовательного содержания родного языка и разработать методы совершенствования лингвометодической системы с использованием гибридного образования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: описаны методы, наблюдения и экспериментальная работа, использованные в исследовании. анализируются различные модели гибридного образования и их применение к образованию на родном языке.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: обсуждаются результаты исследования, анализируется эффективность гибридного образования при обучении родному языку и его влияние на лингвометодические системы.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в конце статьи сделаны выводы о том, как эффективно адаптировать и инновировать содержание родного языка гибридных образовательных подходов.

Ключевые слова: родной язык, адаптивное обучение, гибридное образование, лингвометодическая система, содержание образования, методы обучения.

Для цитирования: Расулова Г.К Адаптивное использование родного языкового образовательного контента, гибридные образовательные возможности в развитии лингвометодической системы. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 277284.

ADAPTIVE USE OF NATIVE LANGUAGE EDUCATIONAL CONTENT, HYBRID EDUCATIONAL OPPORTUNITIES IN THE DEVELOPMENT OF A LINGUO-METHODICAL SYSTEM_

© Gulbahor K. Rasulova1®

1Tashkent University of Applied Sciences, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in the introductory part of the article, general information is given about the modern problems of mother tongue teaching and the need for hybrid education. The relevance and theoretical foundations of the research are also described.

AIM: the main purpose of the article is to evaluate the possibilities of adaptive application of the mother tongue educational content and to develop methods of improving the linguo-methodical system using hybrid education.

MATERIALS aNd METHOdS: the methods, observations and experimental work used in the research are described. Different models of hybrid education and their application to mother tongue education are analyzed.

DISCUSSION AND RESULTS: the research results are discussed, the effectiveness of hybrid education in mother tongue teaching and its impact on linguomethodical systems are analyzed.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

CONCLUSION: at the end of the article, conclusions are made about how to effectively adapt and innovate the content of native language education of hybrid educational approaches.

Key words: mother tongue, adaptive education, hybrid education, linguo-methodical system, educational content, educational methods

Bo'lajak tilshunos o'qituvchilarni, didaktik-metodik kompetentligini rivojlantirishda gibrid ta'lim modellarini samarali qo'llash mexanizmlarini rivojlantirish, metodik o'qitish vositasida tilning ta'limiy jarayonida, mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarini rivojlantirish orqali, ilmiy adabiyotlarda mustaqil topshiriqlarning mazmuniga, foydalilik darajasiga alohida e'tibor beriladi. Jumladan, talabalarning modul-kreditda metodik kompetentligini rivojlantirishning amaliy-metodik va ilmiy metodik ta'minotini rivojlantirish, masofaviy va mustaqil ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning an'anaviy va noan'anaviy shakllarini Ona tili ta'lim sohalariga adaptiv qo'llash, lingvometodik tizimini ishlab chiqish muhim dolzarblik kasb etadi.

Ayniqsa, gibrid ta'lim sharoitida oliy ta'limdagi o'qituvchilarning modul-kredit tizimidagi metodik tayyorgarligini jadallashtirish, didaktik-pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga tayyorlashning mustaqil topshiriqlar tizimini takomillashtirish yanada dolzarblik kasb etadi. O'zbek tili metodikasida bugunga qadar mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarini rivojlantirish lingvistik, kommunikativ, tahliliga doir keng tadqiqotlar olib borilgan. Lekin modul-kredit tizimida tilshunoslikda pragmatik, lingvodidaktik xususiyatlari tizimli o'rganilgan emas. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasida "ta'lim tizimini takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish" alohida ta'kidlangan. Zero modul-kredit ta'limida mustaqil ta'lim topshiriqlari global masalalar sirasida markaziy o'rinni egallaydi.

Shunga ko'ra, modul-kredit tizimida tilshunoslik fanlaridan mustaqil topshiriqlar tuzish, pragmatik, leksikografik jihatdan o'rganib, ularning pedagogik-didaktik qiymati va ijtimoiy ahamiyatini aniqlashga qaratilgan mazkur tadqiqot katta ahamiyatga ega.

Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator ona tili o'qitish metodikasiga doir ilmiy -metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Sh.Yusupova va N.Dadajonova kabi tilshunoslar o'z tadqiqotlarida o'zbek tili ta'limi jarayonida talabalarning nutqi ustida ishlash metodikasi asosida o'qitishni targ'ib qilgan. A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavuddinova, V.Karimjonova kabi tilshunos olimlar esa ona tili o'qitish asosida mustaqil ta'lim topshiriqlarini ishlash, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. Ayniqsa, Professor R.R.Sayfullaeva ona tili ta'limi mazmuni, maqsadi

For citation: Gulbahor.K Rasulova. (2024) 'Adaptive use of native language educational content, hybrid educational opportunities in the development of a linguo-methodical system', Inter education & global study, (7), pp. 277-284. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

va mazmunini ishlab chiqqan professsor H.Ne'matov g'oyalariga tayanib, ona tili o'qitishda yangi - ortiqcha grammatizmdan voz kechib, talabalarda nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish, lug'at va matn asosida milliy tilni, milliy ma'naviyatni talaba ongiga singdirish, talabani turli nutq vaziyatlariga tayyorlash, ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash yo'nalishni birinchilardan bo'lib boshlab berdi. Pedagogika fanlari doktori, professor R.Safarovaning o'quv-biluv ko'nikmalarni rivojlantirish ona tili ta'lim mazmunining asosiy vazifasi ekanligiga xususan, mustaqil ta'lim topshiriqlari, shuningdek didaktik yondashish masalasi, o'zbek tilining davlat tili sifatida o'qitilishi bilan bog'liq muhim masalalarni tadqiq etganini alohida ta'kidlash lozim. Ona tili ta'lim mazmunini rivojiga munosib hissa qo'shgan metodist olim pedagogika fanlari doktori, professor Sh.Yusupova o'zining doktorlik dissertatsiyasida ona tili ta'lim mazmunini takomillashtirishda, darslarda o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiy-metodik asoslari yuzasidan tadqiqot olib boradi, o'quvchilar tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-metodik asosini ishlab chiqish bilan birga tafakkurni rivojlantiruvchi mustaqil ta'lim topshiriqlariga ham alohida individual tipologik xususiyatlariga e'tibor qaratadi. X.Muhiddinova o'zbek tilining davlat tili sifatidagi ta'limini tizimlashtirishda uzviylik va uzluksizligini ta'minlash borasida pedagogik-metodik yondashuv, mustaqil ta'lim topshiriqlarni ham uzluksiz ta'lim tizimi uchun uzviylik tamoyili asosida takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini tavsifladi.

Ona tili ta'limiga qo'yilgan eng muhim talablardan biri bo'lajak mutaxassislar faoliyati asosida talabalarni o'z fikrlarini mustaqil bayon qilish faoliyatiga tayyorlash ekanligi unutmaslik lozim. 2009 yilda nashr etilgan mazkur darslikda talabalarni baholash bo'yicha ham talabalar - bo'lajak mutaxassislarga yaxshi tavsiyalar, baholash mezoni sifatida xizmat qiluvchi o'quv material berilgan. Mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda asosan quyidagi mezonlarga tayanish kerak:

Tayyorlov sinflarning ta'lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo'lmasa-da, lekin bu davrda bolalaming nutqiy tayyorgarfigini o'rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:

1. O'qish ko'nikmasini aniqlash. a) so'zni sidirg'a o'qiydi; b) bo'g'inlab o'qiydi; d) harflab o'qiydi (noto'g'ri o'qish); e) anchagina harflarni biladi, lekin o'qishni bilmaydi; f) ayrim harflarni taniydi.

2. Yozuv ko'nikmasi. a) hamma harfni yozishni biladi, so'z yozadi (bosma yoki yozma): b) ayrim harflarnigina yozishni biladi (bosma yoki yozma); d) yozishni umuman bilmaydi.

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi. a) so'zni bo'g'inlarga bo'ladi; b) so'z yoki bo'g'indagi tovushni ajratadi; d) hamma tovushni to'g'ri talaffuz qiladi; e) ayrim tovushlarni noto'g'ri talaffuz qiladi (qaysi tovushlar ekani hisobga olinadi); f) nutqining baland yoki pastligi, diksiyasiga e'tibor qaratiladi.

4. Og'zaki bog'lanishli nutqi. She'rni yoddan o'qish. a) 3 ta yoki undan ortiq she'rni biladi, uni zavqlanib aytadi; b) 1—2 ta she'rni biladi, aytishga uyaladi; d) birorta she'rni yoddan o'qishni bilmaydi.

5. Og'zaki bog'lanishli nutqi. Ertak aytish. a) bir yoki bir nechta ertakni biladi va aytib bera oladi; b) ertakni biladi va uni aytishga harakat qiladi, lekin ayta olmaydi; d) ertak avtishni bilmaydi, o'rganishga ham harakat qilmaydi.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. Og'zaki bog'lanishli nutqi. Fikr bayon qilish ("Rasmda nimalar ko'rayotganingni aytib ber"). ■■■■■■■H

a) 20 so'zdan ortiq bog'lanishli hikoya, bir necha gap tuza oladi;

b) 10 tadan 20 tagacha so'z, bir necha gap tuza oladi;

d) 10 tagacha so'z bilan bog'lanishli nutq tarzida javob qaytara oladi;

e) 3-4 so'z bilan qisqa javob bera oladi.

Grammatik mashqlar. Grammatik mashqlar dastlab ikki guruhga ajraladi: morfologik mashqlar, sintaktik mashqlar. Morfologik mashqlardan so'zning tarkibi, so'z yasash, qo'shimchalar, so'z turkumlari, mustaqil va yordamchi so'zlar bo'yicha nazariy bilim larni mustahkamlash jarayonlarida foydalaniladi. Turli morfologik hodisalarni - mustaqil va yordamchi so'z turkumlari, turli morfologik kategoriyalar - turlanish va tuslanish kabi hodisalar bo'yicha intellektual malakalarini shakllantirishda morfologik mashqlar asosiy omil hisoblanadi. Morfologik mashqlarga misol keltiramiz. 3-topshiriq. Nuqtalar o'miga qavs ichidagi ot yasovchi qo'shimchalardan mosini qo'yib ko'chiring. Yomonning bir qil. (-iq,-ik, -ig')i ortiq. Sintaktik bilimlar asosida gap, so'z birikmasi, gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlari, gap bo'laklari, sodda va qo'shma gaplarga oid intellektual malakalarni shakllantirishda sintaktik mashqlardan foydalaniladi. Misollar: 4-topshiriq. Nuqtalar o'rniga

to'ldiruvchilar topib qo'ying. Odamning yuzi.....issiq. Nodon kishi.....bino qo'yar. 5-topshiriq.

Berilgan ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gaplarga aylantiring. 1. "Xalq g'ayrat qilsa, umidi tush bo'lib qolmaydi", - dedi Sayramov ma'nodor kulib. 2. "Bug'doy noning bo'lmasin, shirin so'zing bo'lsin",- deydi dono xalqimiz.

Oliy ta'lim tizimida boshlang'ich ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarning hammasi ham metodist olim bo'lmasligini inobatga olinsa, yuqorida keltirilgan savol va mustaqil ta'lim topshiriqlar mazmuni biroz o'zgarishi mumkin.

Lekin OTM talabalari uchun 2012-yilda nashr etilgan A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Allavutdinova, V.Karimjonovalar tomonidan yozilgan "Ona tili o'qitish metodikasi" darsligini tahlilga tortganimizda, darsliklar tarkibidagi mustaqil ta'lim topshiriqlari, asosan, grammatik tahlil, grammatik qonuniyatlarni o'rgatishga, mustahkamlashga, morfologik tahlil yuzasidan sof nazariy ko'nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Nutqiy malakalarni rivojlantirishda quyida shunday topshiriq va mashqlardan namunalar keltirilgan. Lekin savollar tuzish metodikasi mustaqil berilmagan.

"Bu so'z bizniki" o'yinini o'tkazishda o'qituvchi ko'chma doska yoki kodoskop orqali ot so'z turkumiga oid bir qancha so'zlarni o'quvchilarga tavsiya etadi. Shu so'zlardan mavhum otlarni alohida yozish va ma'nosini sharhlashga ma'lum vaqt ajratiladi. Berilgan so'zlar: kitob, baxt, taxt, ozodlik, tinchlik, tuyg'u, sumalak, shodlik, chashma, bug'doy, tegirmon, muhabbat, rasm, hurriyat, mardlik, qadriyat, sadoqat. Qaysi guruh otlami tez va to'g'ri topsa, o'yinning g'olibi hisoblanadi deb, talabalarni rag'batlantirishga harakat qilingan.

Shuningdek, darslik turli xil qo'shimcha vositalar - antologiyalar, mashq va mustaqil topshiriqlar to'plamlari, lug'atlar, ma'lumotnomalar, darslikdan tashqari o'qish uchun kitoblar, atlaslar, tarixiy-geografik xaritalar va boshqalar bilan bog'liq bo'lishi to'ldirilishi kerak bo'lgan manba. Zamonaviy darsliklarning o'ziga xos xususiyati shundaki, ular o'quv materialini

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yanada kengaytirilgan rejada beradi, mustaqil ta'lim topshiriqlari asosida eng yangi ma'lumotlar, ma'lumotnoma xarakteridagi tavsiflar bilan kengaytiriladi. Darslik bilan ishlashda talabalar qo'shimcha adabiyotlar yordamida tahlil qilish, kreativ yondashish, tanqidiy yondashish, to'ldirish, ularni taqdim etish uslubi va o'rganilayotgan matnni o'zgartirishni o'rganadilar. Mustaqil ta'lim topshiriqlari asosida ona tilini o'qitishga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga doir ishlarni faollashtirish; ona til o'qitish uchun ilmiy, metodik, psixologik va pedagogik yordam tizimini rivojlantirish ishlarni takomillashtirish; ona tili ta'lmida o'zbek etnolingivistikaning so'nggi yutuqlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egaligi, maqsadiga muvofiq muctaqil izlanishga undashi lozim. 2. Bunday sharoitda darslikning eng muhim qismini nazariy ma'lumotlar bazasi emas, balki talabaga ona tilimizning son-sanoqsiz imkoniyatlaridan unumli va o'rinli foydalanishni o'rgatadigan mustaqil ta'lim topshiriqlarini tashkil etmog'i lozim. Chunki oliy ta'lim tizimi maqsad faqat tilshunos tayyorlash emas, til imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan ijodiy tafakkur sohibini jamiyatga yetkazib berishdir. Mustaqil ta'lim topshiriqlari asosida ona tili ta'lim mazmunini takomillashtirish didaktik-pedagogik yondashuvlar asosida amaliyotga tatbiq etiladi. 3. Talabada nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish, lug'at va matn asosida milliy tilni, milliy ma'naviyatni talaba tafakkuriga singdirish, o'z talabasini turli nutq vaziyatlariga tayyorlash, ijodiy tafakkur sohiblarini tarbiyalash texnologiyasini ona tili ta'limiga samarali joriy qilish asosiy masalalardan biridir. Zamonaviy elektron darsliklar innovatsion mediatexnologiya kabi ko'plab axborot manbalarini o'ziga birlashtirishi, ularni tortishi, boshqarishi lozim. Mazkur jarayonda mustaqil ta'lim topshiriqlari innovatsion mediatexnologik o'quv lug'atlari, audio, video materiallar, mashq va topshiriqlar to'plami, testlar, ko'rgazmali vositalar, elektron resurslar ortilgan vagonlarga bog'lay olishi, ulardan foydalanishda asosiy vosita bo'lib xizmat qilishi kerak. Oliy ta'lim tizimida o'zbek tilining sohada qo'llanilishi, Ona tili ta'lim yo'nalishining ona tilini o'qitishda, xususan, mustaqil ta'lim topshiriqlari va mustaqil o'quv topshiriqlarni tuzishda pragmatik yondashuvlardan foydalanish samaralidir.

Ona tili ta'lim mazmunida mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda lingvodidaktik-pedagogik

asoslari

_1 -rasm

Ona tili ta'limida mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda lingvodidaktik-pedagogik

asoslari

Ta'lim mazmun l=^ Tilshunos olimlarning metodik merosini o'rganish, darslik va pedagogik adabiyotlar, ilmiy-pedagogik manbalar tahlili

Talim tamoyillari Ilmiylik, tizimlilik, izchillik, integratsiya, o'quv topshiriqlarining nazariy-amaliy xususiyatlarini hisobga olish, o'quv faoliyatda mustahkamlash, metodik faoliyat va munosabat uzviyligi, shaxsiy tajriba va paradigmalar, motivatsiya va faoliyatlilik, tashabbuskorlik

Ta'lim shakllari va turlari Seminar-trening, suhbat, shaxsiy namuna va taqdimot, ta'lim turlari va shakllarini ajratishdan iborat dars mashg'ulotlari, novatsiya, innovatsiyaning bir-biridan farqli tomoni, demonstratsiyalar

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ta'lim metodlari Lingnopedagogikaning ta'limiy faoliyatini idealli-obrazli modellashtirish, metod na nositalar, ta'limiy-tarbiyaviy jihatlari (innovatsion texnologiyalar, milliy va zamonaviy ijodiy yondashuvlar)

Ta'limda pedagogik shart-sharoitlar Mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda sanoldan foydalanishdagi oddiy ko'ringan metodik yondashunlarni aniqlash na ularni takomilllashtirishda izchillikni ta'minlash; lingnodidaktik -pedagogik omillar, keksa avlodning metodik tajribasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratish mexanizimini joriy etish.

ta'lim vositalari i=> "Ustozlar maktabi"; keksa anlod darsliklarining real namunalari na dars jarayoniga asoslangan darslik, o'qun qo'llanmalari manbalari; Tilshunos mutaxassislarning sohaga oid shaxsiy ibrati, metodik loyihalar, kredit modul tizimi asosida metodik roliklar, tarqatmalar, OAV chiqishlar

Ta'lim jarayonida mezonlar ishlab chiqilganligi Mustaqil ta'lim topshiriqlari tuzishda sanoldan foydalanishdagi dars mashg'uloti muhitining rinojlanishiga ta'sir etuvchi mezonlar ishlab chiqilishi

Ona tili ta'lim mazmunid a mustaqil ta'lim topshiri qlari tuzishda Imgvodidaktik-pedagogik asoslari takomillashadi

Kredit tizimi uchun tilshunoslik fanlarining mustaqil ta'lim topshiriqlar tuzishda lingvodidaktik-pedagogik asoslarining model xaritasida oliy ta'limda, odatda, muayyan o'quv predmetiga tegishli darsliklar, dars mashg'uloti jarayonida ham, hatto dars mashg'ulotidan so'ng ham talaba va o'qituvchining shu o'quv predmeti bo'yicha bilim berish hamda ma'lumot olishning asosiy vositasi, tayanchidir. Shunday ekan, asosiy diqqatni darsliklardagi o'quv materiallarining, xususan, mustaqil ta'lim topshiriqlarining tarkibi, tuzilishi va albatta, mazmuniga qaratish kerak. Oliy ta'limda joriy etilayotgan yangi modul tizimining asosiy qismi ham baholash va mustaqil ishlashga yo'naltiruvchi ta'lim topshiriqlaridir. L.S.Vigotskiyning Pedagogik-psixologiya darsligida aynan mustaqil ta'lim topshiriqlar mazmuniga ham alohida e'tibor berish lozimligini, talabalarning lingvodidaktik va psixologik bilish darajalari asosida bilimlarini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini bilish darajalari miqyosida tahlil etgan. Hissiy daraja-sezgi, murakkab daraja- xotira, xayol, idroda, diqqat, mexanik xotira bilan bog'liq bo'lgan - esda saqlab qolinadigan nazariy ma'lumotlarni tekshirishga qaratilgan topshiriqlardan foydalanishni cheklash, balki fikrlashga, mushohada qilishga, dunyo qonuniyatlarini anglashga, oliy daraja-tafakkur va nutq, dunyoqarashni rivojlantirishga, sabab-oqibat-yechim, shakl va mazmun mutanosibligi, inkorni-inkor qilish, qiyoslash qonuniyatlarini anglashga, kreativ va tanqidiy yondashishga xizmat qiladigan mazmundagi mustaqil ta'lim topshiriqlaridan foydalanish shart ekanligini ifodalaydi.

Shu bilan birga, quyidagi darslikka e'tibor qaratamiz.

Ma'lumki, "O'zbek tilining izohli lug'ati" dagi so'zlarning 50-55 % foizini ot so'z turkumiga mansub so'zlar tashkil etadi. Mazkur so'z turkumini o'rganishda ko'zlanadigan asosiy maqsad, avvalo, shu turkumga kiruvchi, ammo nutqda kam qo'llanilayotgan yoki deyarli qo'llanilmayotgan so'zlarni, nutqiy faoliyatiga olib kirish, o'quvchi va talabalarning talaffuziy va imloviy ko'nikma hamda malakalarini mustaqil kengaytirishdan iboratdir. Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, OTM bilan umumiy o'rta ta'lim darsliklarida

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

berilgan topshiriqlar bir-biriga juda yaqin, mustaqil ta'lim topshiriqlari hamda umumiy topshiriq tuzish metodikasini o'zida to'laqonli aks ettirmaydi, ularning metodikasi mualliflarning shaxsiy salohiyatiga bog'liq bo'lib qolgan, ammo davr talabi bilan mukammal tadrijiy metodika kasb etib bormoqda. Bu esa darsliklarda beriladigan ta'limda OTM metodikasi va lingvodidaktik asoslari yuzasidan ilmiy-amaliy tadqiqotlar qilishni taqozo etadi. "Ona tili", "Ona tili o'qitish metodikasi", "O'zbek tili", "Tilshunoslik asoslari" darsliklaridagi mashq, vazifa va mustaqil ta'lim topshiriqlari talabalarning nutqiy va lingvistik ko'nikmalarini rivojlantirishga aksariyat hollarda qaratilmagan, balki grammatik qonuniyatlarni o'rgatishga urg'u berilgan. O'zbek tili darsliklari bundan mustasno. Darsliklar DTS, o'quv reja va O'UMlar pedagogik-didaktik manba bo'lganligi bois ularda nutqiy va lingvistik ko'nikmalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan turli mustaqil ta'lim topshiriqlar, mashq va matn tahlilini talab etadigan savollar, og'zaki so'rov, mustaqil nutq, bahs-munozara kabilardan foydalanish shart.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. To'xliev B, Inog'omova R, Abdulahatova R. Darsliklar bilan ishlash metodikasi. - T.: TDPU.2008. - 51 b.

2. Axmedova M.E. (hammualliflar) Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik- T.: TDPU 2012. b.(302)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3.Скаткин М.Н.Совершенствование протсесса обучения.-М.: Педагогика. 1971.- 205c

4.G'ulomov A.., Ne'matov H. Ona tili ta'limi mazmuni. O'qituvchilar uchun metodik ko'llanma. - T.: O'qituvchi. 1996. 9-b.

5.To'xliev B., Shamsieva M., Ziyodova T. O'zbek tili o'qitish metodikasi. - T., 2010. - 184 b.

6.Roziqov O., Mahmudov M., Adizov V.,Hamrayev A. "Ona tili didaktikasi" - T., Darslik. - T.: Yangi asr avlodi.

7.G'ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Allavutdinova N, Karimjonova V., Ona tili o'qitish metodikasi (Universitet va pedagogika institutlarining filologiya fakulteti talabalari uchun) Darslik. T.: TGPI, 1991. T.Fan va texnologiya 2012. -380 b.

8. Axmedova M.E. Pedagogika. Drslik. T. Tibbiyot nashriyot matbaa uyi MCHJ 2022. - 209 b.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Rasulova Gulbahor Kerimbayevna, dotsent v.b, [Расулова Гульбахор Керимбаевна доцент и т. д.], [Gulbahor K. Rasulova, associate professor etc]; manzil: O'zbekiston, Toshkent shahri, Gavhar ko'chasi, 1-uy [адре^ Узбекистан, ул.Гавхар, 1, г. Ташкент], [address: Uzbekistan, 1, Gavhar st., Tashkent city]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.