Научная статья на тему 'BO’LAJAK O‘QITUVCHILARNI O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI'

BO’LAJAK O‘QITUVCHILARNI O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
120
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
social sciences

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nasiba Sabirova

Ta’limning barcha bosqichlarida ona tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishdan iboratdir. Ona tili kommunikativ kompetensiyasi – ona tili bo‘yicha egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyati. O‘quvchining mustaqil fikrlashi, o‘zgalar fikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili ta‘limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetentsiyasi bo‘yicha yetarli darajada egallashlari ko‘zda tutiladi. Shu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi:

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O‘QITUVCHILARNI O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI O'QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI Nasiba Sabirova

Xorazm VPYMOMM "Tillarni oqitish metodikasi" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori

(DSc), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10003319

Ta'limning barcha bosqichlarida ona tilini o'qitishning asosiy maqsadi o'rganuvchilarning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun kommunikativ kompetentsiyasini shakllantirishdan iboratdir. Ona tili kommunikativ kompetensiyasi - ona tili bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo'llash qobiliyati. O'quvchining mustaqil fikrlashi, o'zgalar fikrini anglashi, nutq va muloqot madaniyati rivojlanishi uchun ona tili ta'limi standart talablariga javob berishi, ona tilini kommunikativ va lingvistik kompetentsiyasi bo'yicha yetarli darajada egallashlari ko'zda tutiladi. Shu maqsadda ushbu o'quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko'zda tutiladi:

1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetentsiya).

2. Til materiali va vositalarini nutqda qo'llay bilish uchun yetarli bilimlarni o'zlashtirish (lingvistik kompetentsiya).

Ushbu mazmun asosan kommunikativ kompetentsiyani egallash orqali ona tilini o'rgatishning umumta'limiy maqsadini ko'zda tutadi.

3. Kommunikativ kompetensiya.

Ona tili faniga qo'yilgan talablar bo'yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy uch turi: o'qish, gapirish va yozish amallari bo'yicha har bir sinfda taqozo etiladigan bilim va ko'nikmalar me'yorini belgilab beradi. Bunda o'quvchining notanish matnni ifodali o'qiy olishi, o'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash hamda uni og'zaki qayta bayon qila olish darajasi, fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olishi, tilning ifoda vositalaridan o'rinli va unumli foydalana bilishi, imloviy savodxonligi kabi kompetentsiyalarni egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi.

4. Lingvistik kompetensiya.

Standartda nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy ko'nikma va malakalar belgilanadi. Bunda o'rganilayotgan o'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo'yicha nutqning og'zaki va yozma shakllaridan keng va to'g'ri foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy-amaliy ma'lumotlar berish, o'zbek tilida to'g'ri talaffuz, imlo va punktuatsiyaning asosiy qoidalarini o'zlashtirish, muayyan bir xabarni yoki ma'lumotni turli shakllarda bera olish, kundalik hayot uchun zarur bo'lgan ish qog'ozlarni yuritish, badiiy, ilmiy, siyosiy asarlarni o'rganib, ular haqidagi fikr mulohazasini shaxsiy munosabatini og'zaki va yozma shakllarda to'g'ri bayon eta olish imkoniyatlaridan o'rinli foydalanish talab etiladi. Uzluksiz ta'limning boshlang'ich va umumiy o'rta, o'rta maxsus ta'lim bosqichlarida til ta'limining lisoniy, lingvopsixologik, sotsiopsixologik va paralingvistik xususiyatlari, muhimi, umumdidaktik hamda o'ziga xos metodik xususiyatlardan kelib chiqqan holda hosil qilinadigan kommunikativ, grammatik va umumtarbiyaviy vazifalar belgilanadi, xususan maktabni bitirib chiqqan yoshlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha jabhalarida, muloqot va munosabatning hamma turlarida ona tilidan erkin, samarali va to'g'ri foydalana olish, uning cheksiz imkoniyatlaridan to'laqonli bahramand bo'lish, zaruriy ko'nikma va imkoniyatlariga ega bo'lishlari zarur. Ona tili fani

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimining majburiy ta'lim bitiruvchilarga qo'yiladigan majburiy minimal talablar va buni ular bilishlari kerak bo'lgan. Ular quyidagilar:

Lingvistik bilimlar: Fonetika, leksikologiya, so'zning tarkibi, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bog'lanishli nutq, nutq uslublari, uslubiyatga oid tushunchalar, ularning muhim belgilari, tushunchalar bilan bog'liq grammatik atamalarni bilish.

Nutqiy kompetensiya. O'qish - harflarni to'g'ri talaffuzi, so'zlarni to'g'ri o'qilishi, gap ohangi, gapdagi tinish belgilarining talaffuzi, sanash va ajratish ohanglaridan to'g'ri foydalanish, so'z urg'ulari, murakkab tipdagi ilmiy atama va ramzlarni to'g'ri talaffuzi, mumtoz adabiyot namunalarini, so'z, ibora va atamalarni to'g'ri talaffuzi, ma'nosini anglash.

Fikrni og'zaki bayon qilish - og'zaki nutqning to'g'ri, ravon, aniq, tushunarli va ta'sirchan bo'lishi, monologik nutq, dialogik nutq mantiqiy jihatning aniq bo'lishi, matn mazmunining mos bo'lishi.

Fikrni yozma shaklda bayon qilish- matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, harf va tinish belgilarini to'g'ri yozish, husnixatda qatorlarni to'g'ri joylashtirish, so'zlar orasidagi oraliqni to'g'ri belgilash, tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish, matnda so'zlarni takrorlashdan saqlanish va ma'nodoshlarini qo'llay olish, matnda xatboshilarining yaxlitligi va fikr izchilligini ta'minlash, uyadosh so'zlardan foydalana olish, diktant, bayon, insho, maqola, ish qog'ozlari (xat, tabriknoma, tushuntirish xati, tilxat, ariza, ma'lumotnoma, hisobot, ishonch xati, axborot)ni yozish, sodda va murakkab reja tuzish, yozma ishga epigraf tanlash, xatboshini to'g'ri belgilash, til birliklarini fonetik, lug'aviy, morfologik, sintaktik, tahlil qilish. Adabiy ta'lim o'z oldiga bir qator maqsadlarni qo'yadi. Majburiy ta'lim tizimidagi adabiy ta'lim asosan sof ilmiy maqsadlarni emas, balki ma'naviy-axloqiy yo'nalishlar ustuvorligini ko'zda tutadi. O'quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o'qish va tahlil qilish asosida ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik, go'zallik va qusur haqidagi xilma-xil talqinlarga duch kelishadi, ularga ongli va jonli munosabat bildirishadi, shular asosida o'zlaridagi axloqiy-ma'naviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan ochiq hayotiy munosabatlarni aks ettirish zaruriyati esa o'quvchilar og'zaki hamda yozma nutqlarining rivojida muhim omil vazifasini ado etadi.

O'quvchilar turli davr va mamlakatlarda yaratilgan, turlicha dunyoqarash va e'tiqodlarni aks ettirgan, badiiy asarlarning eng yuksak namunalari bilan tanishib boradilar. Shular asosida ularda olam va odamlarning rang-barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning bir butunligi haqidagi tasavvur va qarashlari shakllanib, kengayib, mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u olam va odamga tegishli bo'lgan barcha hodisalarga emotsional (hissiy) munosabat bildira oladigan darajaga ko'tariladi, qarashlar, dunyoqarashlar, nuqtai-nazarlar xilma-xilligini kuzatish imkoniga ega bo'ladi. Adabiy ta'limning asosiy maqsadlari quyidagilar:

• o'quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olib, milliy va jahon adabiyotining eng munosib namunalari bilan tanishtirish asosida ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan rag'bat, mehr va muhabbat uyg'otish;

• fuqarolik va vatanparvarlik ruhida, adabiyotga, milliy, madaniy-ma'rifiy qadriyatlarga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash;

• boy ma'naviy dunyosini shakllantirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

• badiiy asar va uning poetik xususiyatlarini o'rganish asosida o'quvchida tanqidiy fikrlashga oid ko'nikma va malakalarni hosil qilish;

• ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji uchun imkoniyat yaratish;

• har qanday ma'naviy xurujlarga nisbatan sog'lom va baquvvat e'tiqodga tayanadigan immunitetni shakllantirish;

• so'z san'ati vositasida o'quvchining individual va shaxslik fazilatlarini rivojlantirish.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi zarur: o'quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan mehr uyg'otish; badiiy adabiyotning janr va uslubiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, asarni tahlil qilishning munosib shakllarini topishi va amalda qo'llashiga ko'nikma hosil qilishiga erishish; og'zaki nutqlarining adabiy til me'yorlari asosida shakllanishi va rivojini ta'minlash, nutqiy kompetentsiyani o'stirish; yozma nutqlarida yuksak savodxonlik, adabiy til me'yorlariga rioya etish, uslubiy rang-barangliklardan foydalana olishga oid ko'nikma va malakalarning shakllanishiga erishish; adabiy-badiiy asar mohiyatini, uning asosiy nuqtalarini og'zaki va yozma tarzda ifodalay olish, bu haqdagi o'z fikrlarini boshqalarga og'zaki va yozma tarzda etkazish yo'llarini egallash; badiiy asar mazmun va mohiyatini, undagi go'zallik va nafosatni his etishga o'rgatish; badiiy matnni emotsional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur hamda ijodiy fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa san'at asarlari bilan yaqin va farqli jihatlari haqidagi tasavvurlarini, ularning og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish. Adabiyot fani bo'yicha uzluksiz ta'lim tizimining bitiruvchilariga qo'yiladigan majburiy minimal talablar va buni ular bilishlari kerak bo'lgan. Ular quyidagilar:

Tushunchalar: Adabiyotning so'z san'ati ekanligi, uning estetik, tarbiyaviy, ta'limiy ahamiyati, badiiy so'z qudrati, so'zning ifoda imkoniyatlari, so'z orqali inson ruhiy olami, his-tuyg'ulari hamda tabiat manzaralarining tasvirlanishi, adabiyot va ma'rifat, adabiyot va ma'naviyat, adabiyot va tarbiya, xalq og'zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti namunalari va ularning ijodkorlari, adabiy tur va janrlar haqida umumiy bilimga ega bo'lish.

Adabiy-nazariy bilimlar: xalq og'zaki ijodi: maqol, topishmoq, tez aytish, ertak, rivoyat, hikoyat, masal, lof, latifa, afsona, xalq qo'shiqlari, doston va uning turlariga xos qonun-qoidalar; epik tur va uning janrlari: hikoya, qissa, romanga xos nazariy tushunchalar; lirik tur va uning janrlari: she'r, ruboiy, qit'a, g'azal, tuyuq, muxammas, masnaviy va boshqalarga xos qonun-qoidalar; dramatik tur va uning janrlari: drama, komediya, tragediyaga xos nazariy tushunchalar; syujet, kompozitsiya, obraz, prototip, badiiy asar tili, ijodiy metod, uslub, she'riy san'atlar va ularga oid nazariy qoidalar.

Adabiy jarayonlar: adabiyot so'z san'ati ekanligini, o'zbek adabiyoti tarixi, xalq og'zaki ijodi, mumtoz sharq adabiyoti, zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti, adabiy-badiiy asarlar mazmuni, g'oyasi va muammosi, ijodkorlarning hayoti va ijodi, asosiy va ikkinchi darajali voqealar, asar qahramonlarini tavsiflash, o'zaro qiyoslash, matnning tezis va rejalari, muallif nuqtai nazari, asarga nisbatan o'z nuqtai nazarini asoslash, adabiyot tarixining asosiy tamoyillari, adabiy qahramonlarning ma'naviy olami, jahon adabiyoti, o'zbek adabiyotining jahon adabiyotidagi o'rni, roman janri, badiiy asarda milliy ruh ifodasi, ruhiy tahlil, adabiyotdagi komil inson tasviri, tashxis, musammat, lirik qahramon obrazi, tragik obrazlar va hayot haqiqati, so'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

san'atining obrazliligi, tarixiy-adabiy jarayonga xos asosiy qonuniyatlar, adabiy tur va janrlar, muayyan bir badiiy asarning turi va janri, asar badiiyatiga xos xususiyatlar. Nazariy bilimlarni namoyon qilish: o'rganilgan adabiy-nazariy tushunchalar va qoidalarni ta'riflash hamda tavsiflash, ularning amalda qo'llanilishiga misollar keltirish; mustaqil ravishda badiiy asarga nazariy jihatdan baho berish; o'rganilgan adabiy-nazariy tushunchalarning qo'llanilishiga doir test topshiriqlarini bajarish.

Axborotlarni mustaqil ravishda izlash: Turli manbalar (darslik va qo'llanmalar, lug'at, ilmiy-ommabop adabiyotlar, kompyuter ma'lumotlari bazasi, adabiy saytlar - internet resurslari)dan foydalanib, ilmiy-adabiy mazmundagi axborotlarni izlash va foydalanish.

Amaliyotda qo'llay olishi kerak: O'rganilgan xalq og'zaki ijodi, mumtoz va zamonaviy adabiyot, jahon adabiyoti namunalaridan tegishli xulosalar chiqarish, ibrat olish, yaxshi insoniy fazilatlarni o'ziga singdirish, o'rganilgan maqol, matal, ibora, aforizm, she'riy satrlar va boshqa badiiy asarlardan kundalik og'zaki so'zlashuvlarda o'rinli foydalanish,asar va uning qahramonlariga yozma va og'zaki tavsif berish, annotatsiya va taqrizlar, referat va insholar, ijodiy matnlar yoza olish, badiiy ijod namunalari (nasriy, she'riy, dramatik asar)ni ifodali o'qish, ularning mazmun-mohiyatini tushunish, anglash va idrok etish. Badiiy matn yoki uning parchasini ifodali yod aytish, qayta hikoyalash, o'zgalarga tushuntirib berish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalar, obrazlar tizimini sharhlash, munosabat bildirish va baholay olish, og'zaki va yozma nutqni boyitish, rivojlantirish, tushunarli va ravon, og'zaki hamda yozma nutqqa ega bo'lish.

Test o'tkazish metodikasi, testlarning turlari.

"Test" atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J. Kettel tomonidan 1980 yilda kiritilgan. "Test" atamasi inglizcha "test" so'zidan olingan bo'lib, tekshirish, nazorat, sinov degan ma'nolarni anglatadi. Pedagogikada "test" atamasi o'ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo'lgan, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini xolisona baholash imkonini beradigan topshiriqlar tizimidan iborat.

Test topshiriqlari - ta'lim natijalarini xolisona nazorat qilishning didaktik va texnologik vositalaridan hisoblanadi. Test sinovlari yordamida barcha o'quvchilarning bilimini bir vaqtda tekshirish, o'quvchilarni mashg'ulotga puxta tayyorgarlik ko'rish, mustaqil o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish, intizomini mustahkamlash kabi imkoniyatlar yaratadi. Biz quyida bir-biriga o'xshash ikki xil ko'rinishdagi darajali testlar haqida fikr yuritamiz.

O'quvchilarning o'zlashtirish darajasi bo'yicha testlar quyidagicha tasniflanadi:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

October 19-20, 2023

Tanib olish testlari: "ha" yoki "yo'q", "to'g'r'i" yoki "noto'g'ri" deb javob beriladigan savoldan iborat bo'ladi. topshiriqda albatta o'quvchi bilishi, yoki xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo'lishi lozim bo'lgan obyekt haqida so'raladi. Birinchi bos Farqlash testlari: Bir yoki bir necha javobga ega bo'lgan testlar qich testlari Qiyoslash testlari: o'rganilgan obyektlarda umumiylik yoki farqlarini topish so'raladi. Bunda qiyoslanayotgan xususiyatlar yoki parametrlar topshiriq shartida berilgan bo'ladi. Bir necha variantli test topshiriqlari: Topshiriq sharti va barcha boshlang'ich ma'lumotlar beriladi. javoblar variantlari keltiriladi. o'quvchu berilgan topshiriq yechimini va to'g'ri javob qaysi ekanligini ko'rsatishi kerak.

Ikkinchi bosqich testlari

Ma'lumotni eslash testlari:

Test savoli beriladi, javob variantlari berilmaydi.

To'ldirish testlari:

Topshiriqda har xil shakldagi ma'lumot, matn, formula (tenglama) chizma yoki grafik beriladi va o'quvchi tushirib qoldirilgan ma'lumotni

to'ldirishi kerak.

Konstruktiv testlar:

O'quvchi javobni

topishi uchun formulani yozishi, teoremani isbotlashi yoki grafikni chizib berishi lozim.

Uchinchi bosqich testlar

O'zlashtirilgan ko'nikma va malakalarni yangi sharoitlarda, amaliyotda ishlatish so'raladi.

Hozirgi kunda innovatsion texnologiyalar, interfaol uslublar juda ko'p, egallagan bilim, ko'nikma, malakalari darajasini aniqlash, baholashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan intensiv interfaol metodlardan biri «Assesment» texnikasi haqida fikr yuritamiz va uning metodikasini keltiramiz. «Assesment» texnikasi Ushbu texnika baholash metodi ichida usul sifatida qo'llaniladi. Texnika mohirlik, ustalik degan ma'noni bildiradi. Demak, o'quvchilar o'z bilim, ko'nikma, malakalarini mohirlik bilan sinab, o'z-o'zlarini baholashlari, bir sinovdan o'tishlari

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

mumkin. Assesment (ingl. - assessment - baho) oz-ozini taqdimot qilish, malum bir sinovdan o'tish deb belgilanadi.

Xulosa. Yuqorida biz keltirgan, o quvchilarning bilimini baholovchi ba'zi mezonlar o'qituvchi tomonidan avvalambor, ozi tomonidan tahlil qilinib, keyin dars jarayoniga tatbiq etishni taqozo qiladi. Shunday qilib, hozirgi zamon o'qituvchisining xususiyati dinamik xarakterda ekanligi bilan diqqatni tortadi. Bu masalada quyidagi xulosaga kelish mumkin: birinchidan, o qituvchi kasbiy madaniyati mazmunida professionallik, bilimdonlik va zamonaviylik komponentlari muhim o rin tutadi; ikkinchidan, o qituvchi kasbiy madaniyati mazmunida o'qituvchi kasbiy madaniyatida kasbiy layoqatlik, axloqiy malakalilik va faoliyatni baholash komponentlari ustuvor boladi.

REFERENCES

1. Abdurahmanova, M. (2021). LEGAL FUNDAMENTALS OF LAND RESOURCES OF USANCE TO ACHIEVE ECONOMIC EFFICIENCY. Экономика и финансы (Узбекистан), (Спецвыпуск 4), 187-189.

2. Abdurahmanova, M., & Olimova, M. (2023). MORFOLOGIK ANALIZATOR XUSUSIDA. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 1(1).

3. Abduraimova M. Ona tili ta'limida ilg'or pedagogik texnologiya. -Toshkent, 2005.

4. Ergashevna, S. N. (2020). Technology of teaching students to work hard through folklore. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(9).

5. Ergashevna, S. N. (2021). LATEST DEVELOPMENT OF THE ART OF BAKHSHI IN UZBEKISTAN. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 10(8), 49-55.

6. Ishmuhamedov R. Oquv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo llash uslubiyati. - T.: RBIMM, 2008. - 68 b.

7. Karimova, G. (2020). Some considerations about the process of lexicalization of grammatical units. Результаты научных исследований в условиях пандемии (COVID-19), 1(04), 112-114.

8. Otajanova, M. O. (2016). NEW APPROACH TO THE TRADITIONS. Theoretical & Applied Science, (11), 8-12.

9. Sabirova, N. E. (2022). Xorazm vohasida baxshi ijrochiligi genezisi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 656-663.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.