INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© D.Q.Rahimboyeva1^_
1Buxoro davlat universiteti, Buxoro, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada ona tili ta'limida matn ustida ishlashning nazariy va metodologik asoslari hamda matn ustida ishlash jarayonida didaktik tamoyillarning ahamiyati, ular asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar borasida tavsiyalar berilgan.
MAQSAD: ona tili ta'limida matn ustida ishlashning didaktik tamoyillari bo'yicha ilmiy asoslangan amaliy tavsiyalar berish.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, anketa, kuzatish, metodlaridan, shuningdek, Abu Nasr Forobiyning to'g'ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning ahamiyati haqidagi g'oyalardan, metodist olim G'.Hamroyevning darsiklar tuzilishi haqidagi fikrlaridan, T.Ziyodovaning umumta'lim maktablarida ona tili darslarida o'quvchilarda mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishga bag'ishlangan tadqiqot ishidan, M.Rixsiyevaning matn tuzishga o'rgatishga bag'ishlangan tadqiqot ishidan hamda D.Toshxo'jayeva, H.Ne'matov, A.G'ulomovlar tomonidan ilgari surilgan g'oyalar va tadqiqot ishlaridan foydalanildi.
MUHOKAMAVA NATIJALAR: matn yaratish matn ustida ishlash jarayoni bilan uyg'unlikda olib borilishi zarur. Har bir yaratilgan matnning takomiliga yetishi matn ustida olib boriladigan grammatik va tahririy ishlarga bog'liq bo'lib, bu leksik (so'z tanlash, so'zlarning o'zaro aloqador uyadoshlari, sinonimlari va uslubiy bo'yoqdor variantlarini topish, turg'un so'z birikmalari va iboralardan o'rinli foydalanish), grammatik (so'z va gaplarni, matn qismlarini bog'lovchi vositalarni to'g'ri qo'llash, sintaktik sinonimik vositalardan o'rinli foydalanish), matnda qo'llangan tinish belgilarini to'g'ri qo'llash matnning mazmuniy va grammatik mukammaligini ta'minlaydi.
XULOSA: matn yaratishga yo'naltiruvchi lingvopsixologik o'quv topshiriqlari tizimini ona tili ta'limiga keng joriy etish o'quvchining so'z boyligini oshirish, egallagan bilimlarini qiyoslash, analiz va sintez qilish asosida mustaqil ijodiy fikrlash, o'z fikrini ifodalash jarayonida so'zlarni tanlab ishlatish kabi ehtiyojlarni yuzaga keltirishga yordam beradi. Shunga yo'naltirilgan ko'nikma va malakalarni uzluksiz shakllantirib va rivojlantirib borish esa o'quvchi nutqiy mahoratining oshib borishiga va ijodiy tafakkur ko'lamining kengayishiga, asta-sekin matn yaratish ko'nikmalarining avtomatlashuviga xizmat qiladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Kalit so'zlar: matn, til tuzilmasi, monologik nutq, leksik, grammatik, sintaktik,
РАБОТА НАД ТЕКСТОМ В РОДНОМ ЯЗЫКЕ ОБРАЗОВАНИЯ
ДИДАКТИЧЕСКИЕ ПРИНЦИПЫ_
© Д.К. Рахимбоева1Н
1 Бухарский государственный унивеситет, Бухара, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье даны рекомендации относительно теоретико-методических основ работы над текстом в родном обучении, значения дидактических принципов в процессе работы над текстом, а также сформулированные на их основе научные выводы.
ЦЕЛЬ: дать научно обоснованные практические рекомендации по дидактическим принципам работы над текстом при обучении на родном языке.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: интервью, анкетирование, наблюдение, методы в процессе исследования, а также значение лексикологии, грамматики и логики в правильной речи Абу Насра Фараби, составлении правильных логических выводов, составлении осмысленной и красивой речи из идей Абу Насра Фараби. Ученый-методист Г. Хамроев о структуре учебников, из научно-исследовательской работы Т. Зиёдовой, посвященной формированию навыков самостоятельного создания текста у учащихся на уроках родного языка в общеобразовательных школах, из учения М. Рихсиевой по составлению текста, посвященное Использовались научно-исследовательские работы, а также идеи и исследования, выдвинутые Д. Тошходжаевой, Х. Нематовым, А. Гуломовым.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: создание текста должно осуществляться в гармонии с процессом работы над текстом. Совершенство каждого созданного текста зависит от грамматической и редакторской работы, проводимой над текстом: лексической (подбор слов, нахождение взаимосвязанных вложенных слов, синонимов и стилистических вариантов слов, устойчивое уместное употребление словосочетаний и выражений), грамматической (правильное употребление слов и предложений, средства связи частей текста, уместное использование синтаксических синонимических средств), используемые в тексте знаки препинания, правильное применение обеспечивает содержательное и грамматическое совершенство текста.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: широкое внедрение в обучение на родном языке системы лингвопсихологических учебных задач, направленных на создание текста, увеличивает словарный запас обучающегося, дает возможность самостоятельного творческого мышления, основанного на сравнении, анализе и синтезе полученных
sinonimik.
Iqtibos uchun: Rahimboyeva D.Q. Ona tili ta'limida matn ustida ishlashning didaktik tamoyillari. // Inter education & global study. 2024. №6. B. 61-74.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
знаний, а также в процессе выражения свое мнение помогает формировать такие потребности, как избирательное использование вещей. Постоянное формирование и развитие направленных на это навыков и квалификации будет служить повышению речевых навыков студента и расширению сферы творческого мышления, постепенно автоматизируя навыки создания текста.
Ключевые слова: текст, языковая структура, монологическая речь, лексическая, грамматическая, синтаксическая, синонимия.
Для цитирования: Рахимбоева Д.К. Работа над текстом в родном языке образования дидактические принципы. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 61-74.
WORK ON THE TEXT IN MOTHER TONGUE EDUCATION DIDACTIC PRINCIPLES_
© Dilnoza K. Rakhimboyeva1®
1Bukhara State University, Bukhara, Uzbekistan_
INTRODUCTION: the article provides recommendations regarding the theoretical and methodological foundations of working on the text in mother tongue education, the importance of didactic principles in the process of working on the text, and the scientific conclusions developed on their basis.
AIM: to provide scientifically based practical recommendations on the didactic principles of working on the text in mother tongue education.
MATERIALS AND METHODS: interview, questionnaire, observation, methods in the research process, as well as the importance of lexicology, grammar and logic in Abu Nasr Farabi's correct speaking, making correct logical conclusions, making a meaningful and beautiful speech from the ideas of the Methodist scientist G. Hamroyev about the structure of textbooks, from the research work of T. Ziyodova dedicated to the formation of independent text creation skills in students in the mother tongue classes in secondary schools, from M. Rikhsiyeva's teaching to compose a text the dedicated research work and the ideas and research works put forward by D. Toshkhojayeva, H. Nematov, A. Gulomov were used.
DISCUSSION AND RESULTS: text creation must be carried out in harmony with the process of working on the text. The perfection of each created text depends on the grammatical and editorial work carried out on the text, which is lexical (choosing words, finding interrelated nested words, synonyms and stylistic variants of words, stable appropriate use of phrases and expressions), grammar (correct use of words and sentences, connecting means of text parts, appropriate use of syntactic synonymous means), punctuation marks used in the text correct application ensures the content and grammatical perfection of the text.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
CONCLUSION: the widespread introduction of the system of linguistic and psychological educational tasks aimed at creating a text into mother tongue education increases the student's vocabulary, enables independent creative thinking based on the comparison, analysis and synthesis of acquired knowledge, and in the process of expressing one's opinion. helps to create needs such as selective use of things. The continuous formation and development of the skills and qualifications aimed at this will serve to increase the student's speaking skills and expand the scope of creative thinking, gradually automatizing the skills of text creation.
Key words: text, language structure, monologic speech, lexical, grammatical, syntactic, synonymy
For citation: Dilnoza K. Rakhimboyeva. (2024) 'Work on the text in mother tongue education didactic principles', Inter education & global study, (6), pp. 61-74. (In Uzbek).
Insonning muayyan zamon va makondagi ijtimoiy-ma'naviy faoliyatining asosiy vositasi muomala-muloqot bo'lsa, insoniyat erishgan yutuqlar, madaniy-ma'naviy meroslarni keyingi avlodlarga yaxlit holda yetkazishning asosiy vositasi matndir. Ijodiy tafakkur mahsulini yozma ifodalash, ya'ni matn yaratish uchun matn ustida ishlash malakasini egallash, matn turlarini bilish, matnning tarkibiy qismlarini farqlash va ularni o'zaro bog'lovchi grammatik vositalarni qo'llay olish ko'nikma-malakalarini egallashni taqozo etadi. Buning uchun ona tili darslarida o'quvchilarni matn turlari va uning ifoda vositalari bilan tanishtirish, matnning tuzilmaviy-tarkibiy qismlari haqida nazariy ma'lumotlar berish, matn mazmunini to'ldirish, kengaytirish, matnni qayta ishlash, matnning shakli, uslubini o'zgartirish, matnda mavjud mantiqiy va uslubiy nuqsonlarni aniqlash yo'nalishlarida ish olib borish, ya'ni o'quvchilarni nafaqat matn yaratishga, balki matnni tahlil qilish va tahrir qilishga o'rgatish ham kerak bo'ladi.
Til tuzilmasiga oid jihatlarni, til sathlari birliklarini nutqdan ayri holda tahlil qilmay, aynan nutq tarkibida tahlil qilish, til bo'limlarini o'rganishni matn tahlili va matn yaratish bilan o'zaro uyg'unlikda olib borilsagina ushbu maqsadni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bu esa bevosita grammatik topshiriqlarning qanday qo'yilishiga bog'liqdir.
Shuni qayd etish kerakki, bugungi kunda grammatik bilimlar haqida turlicha qarashlarga ega bo'lish oqibatida grammatika masalasida bir-biriga qarama-qarshi fikrlar kelib chiqmoqda. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy to'g'ri so'zlash, to'g'ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida shunday degan edi: «Qanday qilib ta'lim berish va ta'lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, so'rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substansiya - narsalar) va aksidensiyalar) ga ism beruvchi til haqidagi ilmlardir" deb tasdiqlayman. Ikkinchi ilm grammatikadir; u jismlarga berilgan ism (nom) larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so'zlarni va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi [1, 35].
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ma'lumki, dastlab grammatika so'zi "o'qish va yozishni o'rganish" ma'nosida qo'llangan. Keyinchalik keng ma'noda tilning struktural tuzilishi, til faniga oid nazariy qoidalari majmuyi, tor ma'noda esa morfologiya va sintaksis sathlari sifatida tushunilgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ona tili fani mashg'ulotlarida uzoq yillar davomida aynan grammatikaning morfologiya va sintaksis sathlari (morfologiya va so'z yasash, sintaksis va punktuatsiya) 5-sinfdan boshlab 4 yil davomida o'qitib kelindi [2, 66]. Biroq, ta'kidlash kerakki, ushbu sathlarda berilgan nazariy ma'lumotlar nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirishga deyarli xizmat qilmadi. Metodist olim G'.Hamroyev fikricha, aksincha, darsliklar tarkibidagi ko'p yillardan beri e'tibordan chetda qolib, juda kam soatlarda o'qitib kelinayotgan fonetika, to'g'ri yozish, imlo qoidalari (orfografiya), adabiy talaffuz qoidalari (orfoepiya), tilning lug'at tarkibi (leksika, leksikologiya emas) va tinish belgilari (punktuasiya) kabi mavzular o'quvchining so'z boyligini oshirishga, ularda imloviy savodxonlik, adabiy talaffuz ko'nikmalarini shakllantirishga ko'proq xizmat qilgan bo'lar edi [2, 68].
Matn ustida ishlash o'quvchidan matn va uning turlari, matn qismlarining o'zaro o'zaro o'xshash va farqli jihatlarini ajrata olish, matnning tarkibiy qismlari - kirish, asosiy qism, xulosa haqida ma'lumotlarga ega bo'lish, matn uslubidan kelib chiqib til birliklarini tanlab ishlata olish ko'nikma-malakalarini shakllantirish va rivojlantirishga yordam beradi. O'zbek tilini o'qitishga oid metodik tadqiqot ishlarida matn ustida ishlash, bog'lanishli nutq tuzish ko'nikma-malaklarini shakllantirish va rivojlantirish muammolari yuzasidan metodist olimlarning turli qarashlari bayon etilgan. Jumladan, metodist olima T.Ziyodovaning umumta'lim maktablarida ona tili darslarida o'quvchilarda mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishga bag'ishlangan tadqiqot ishida matn yaratishning intensivuniversal texnologiyasini yaratish, mati yaratishning 4 bosqichli tizimini ishlab chiqish va uni ona tili ta'limi amaliyotiga joriy etish masalasi [3, 46], Z.Salishevaning tadqiqot ishida esa oliy ta'limda talabalarning bog'lanishli monologik nutqini o'stirish masalasi tadqiq etilganini qayd etib o'tish mumkin. Ushbu tadqiqot ishlarida o'quvchilar va talabalarni matn va uning tarkibiy qismlari (kirish, asosiy qism va xulosa), murakkab sintaktik butunliklarni o'zaro bog'lovchi, uslubiy ravonlikni taminlovchi grammatik vositalarni to'g'ri qo'llash yuzasidan bilim, ko'nikma va malakalar bilan qurollantirish, egallangan nazariy bilimlarni o'quv amaliyotiga tatbiq etish orqali ularda bog'lanishli matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirish va muntazam ravishda takomillashtirib borish haqida fikr yuritiladi [4, 49].
M.Rixsiyevaning matn tuzishga o'rgatishga bag'ishlangan tadqiqot ishida, asosan, o'quvchilarning yozma nutq malakalariga, o'zbek tilida bog'lanishli matn tuzish ko'nikmalarini rivojlantirishga e'tibor qaratilgan bo'lib, u metodik tavsiyalarida "o'zbek tili dasturlarida leksik va grammatik toifalarning vazifasi asosan bir yoqlama tahlil qilinganligi, ularni matn tuzishdagi roli nuqtayi nazaridan o'rganish muammosi deyarli e'tibordan chetda qolganligi, shu bois matn va uning tuzilishi, matnning ma'no va grammatik xususiyatlarini o'rgatish yo'llarini ishlab chiqish, matnni tashkil qiluvchi mustaqil gaplar orasidagi munosabat turlariga oid nazariy masalalarni hal qilish, gaplarni o'zaro bog'lovchi vositalar va ularni o'rganish izchilligini belgilash zarur"ligini o'rinli qayd etib o'tgan [6, 56].
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
D.Toshxo'jayeva esa "Matn mazmunini o'z so'zlari bilan qayta hikoya qilishga o'rgatishning metodik asoslari" mavzusidagi tadqiqot ishida matn mazmunini qayta hikoya qilishga tayyorlashda o'zbek tili o'qituvchilari nimalarga e'tibor qaratishlari kerakligiga alohida to'xtalib, "Matn mazmunini o'z so'zlari bilan bayon etish talabada ma'lum darajada gap tuzish malakalari aniqlangan paytdan belgilanadi. Lekin buning uchun muayyan poydevor yaratilgan bo'lishi zarur. Poydevor qancha vaqt oralig'ida paydo bo'lishi lug'at ishi hamda gap tuzishga o'rgatish samaradorligiga, bu ishlarning nechog'li to'g'ri tashkil etilishiga bog'liq" ekanligini, amaldagi darsliklarda matn mazmuni yuzasidan o'tkaziladigan savol-javoblar aksariyat hollarda darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirish, tayyor javoblarni o'qib berish asosida olib borish kabi samarasi kam ish usullardan foydalanilishini ta'kidlab o'tadi. Uning fikricha, "talaba-o'quvchi xilma-xil matnlarni o'qib, tasvir, rivoya, muhokama jarayoni", "monologik nutqning qurilishidagi kompozitsion xususiyatlari" bilan tanishishi, "matnning qanday boshlanayotgani va qanday tugayotganini ko'rish jarayoni"da "uning turli xil uzunlikdagi (gap, matn), turli shakldagi (monolog, dialog) va hokazolar bayonini idrok etishlari" zarur. Ushbu jarayon o'quvchi/talabada "bayonning mantiqiy qurilishi haqida tushuncha hosil qiladi" va matn tuzish jarayonida "og'zaki bayon tuzishda olgan bilimlaridan foydalanadi" [7, 54].
H.Ne'matov, A.G'ulomovlar rasm asosida hikoya, manzara tasviri, shaxs, hayvon, narsa-buyum, voqea-hodisa tasviri kabilardan iborat bo'lgan ijodiy yozma ishlarni matn tushunchasi bilan bog'lagan holda, o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatishda egallangan bilimlarni muayyan ko'nikma va malakalar bilan mustahkamlashni tavsiya qiladilar [8, 44]. Bizningcha, ular orasidan quyidagilarni muhim deb ajratish mumkin: yozma ishga mavzu tanlash; ayni bir narsa (buyum, manzara, voqea-hodisa) haqida turli mavzuda matn yaratish; yozma ish mazmunini mavzu nomlanishi bilan uyg'unligini ta'minlash; mavzuni yoritish uchun zarur material: bilimlar, kuzatishlar asosida mushohadalar, qiyoslash va o'xshatishlari, hukm va xulosalarni to'plash; yozma ishning rejasini tuzish (u tor yoki keng reja bo'lishi mumkin); mavzuni yoritishda mazmun izchilligiga e'tibor qaratish va xat boshidan yozishga e'tibor qaratish; matn uslubi, jumlalar qurilishi, imlo va tinish belilarining qo'yilishi ustida ishlash va ishni oqqa ko'chirish va h.k.
Mazkur metodik qo'llanma ma'lum bir muddat umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi ona tili o'qituvchilari uchun asosiy dastur vazifasini bajardi. Ammo T.Ziyodova fikricha, mazkur tavsiyalarda matn yaratish jarayonida o'quvchilarning kommunikativ savodxonligini oshirish, o'quvchining matn yaratish uchun mustaqil ravishda leksik va sintaktik manbalar asosida jumlalar hosil qilish ko'nikmalarini muayyan tizim asosida shakllantirish ko'zda tutilmagan [8].
Matn yaratishga yo'naltiruvchi lingvopsixologik o'quv topshiriqlari tizimini ona tili ta'limiga keng joriy etish o'quvchining so'z boyligini oshirish, egallagan bilimlarini qiyoslash, analiz va sintez qilish asosida mustaqil ijodiy fikrlash, o'z fikrini ifodalash jarayonida so'zlarni tanlab ishlatish kabi ehtiyojlarni yuzaga keltirishga yordam beradi. Shunga yo'naltirilgan ko'nikma va malakalarni uzluksiz shakllantirib va rivojlantirib borish esa
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
o'quvchi nutqiy mahoratining oshib borishiga va ijodiy tafakkur ko'lamining kengayishiga, asta-sekin matn yaratish ko'nikmalarining avtomatlashuviga xizmat qiladi.
Matn ijodiy tafakkur mahsuli bo'lib, maktab ta'limining birinchi va asosiy vazifasi, avvalo, bolalarni o'z ona tilida ravon, mantiqan izchil gapirishga o'rgatishdir. O'quvchilar o'z ona tilida qanchalik yaxshi nutq so'zlay olsalar, o'z fikrlarini og'zaki va yozma shaklda shunchalik yorqinroq, chiroyli va sermazmun ifodalay oladilar. Ona tili orqali o'quvchi tafakkurida olamning lisoniy manzarasi, milliy madaniyatlar, milliy g'urur shakllanadi.
Ma'lumki, mustaqil yaratiladigan har bir matn o'quvchilar ijodiy tafakkurining mahsuli hamdir. Shu bois tadqiqot ishlarida o'zbek tili darslarida o'quvchilarning ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ijodiy tafakkurini o'stirish masalalariga alohida e'tibor qaratilayotgani ham qayd etish mumkin [9, 28].
O'zbek tilini ikkinchi til sifatida o'qitish, chet tillarini o'qitish sohalarida ham muammoli holatda ekanligini qayd etib o'tish mumkin. Jumladan, X.Muxitdinova o'zbek tilini ikkinchi til sifatida o'qitish bo'yicha olib borgan doktorlik tadqiqot ishida til ta'limida o'quv topshiriqlari va mashqlarga alohida to'xtalib, quyidagilarni ta'kidlab o'tgan edi: "Hozirgi kunda o'zbek tilini o'qitish tamoyillari, ularda beriladigan o'quv materiallarining tartibi va taqsimoti bilan bir qatorda, dars jarayonida o'zbek tilini o'rgatishga yo'naltirilgan mashqlar tarkibi va turlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy ta'lim mashg'ulotlariga moslashtirib qo'llash yo'llarini topish o'zbek tili ta'limi mutaxassislari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir" [9, 18].
Ingliz tili grammatikasini o'rgatishning lingvometodik xususiyatlari bo'yicha tadqiqot ishi olib borgan H.Mustafoeva chet tillari ta'limida mashqlarning til va nutq mashqlari turlariga bo'linishi bo'yicha B.A.Lapidusning quyidagi fikrlarini keltiradi: "Uning (B.A.Lapidusning) fikricha, nutq mashqlari bevosita nutqiy faoliyat xususiyatlarini qamrab olganligi bilan xarakterlansa, til mashqlari nutqiy muloqot ko'nikmasi taraqqiyotini
ta'minlash uchun xizmat "qiladi"..... Uning (B.A.Lapidusning) fikricha, nutq mashqlari
bevosita nutqiy faoliyat xususiyatlarini qamrab olganligi bilan xarakterlansa, til mashqlari nutqiy muloqot ko'nikmasi taraqqiyotini ta'minlash uchun xizmat qiladi" [10].
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yillar davomida metodika sohasiga jiddiy e'tibor berilmadi, hatto ayrim tadqiqot ishlaridagi ilmiy asoslangan xulosalar amaliyotga tatbiq etilmay qolib ketdi. Jumladan, X.Muxitdinova 2011-yildayoq o'zbek tili ta'limida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlashga qaratilgan doktorlik ishida til ta'limidagi turli yondashuvlarni tahlil qiladi, jahon til o'qitish metodikasida tillar ona tili, davlat tili va ikkinchi til sifatida farqlanishi, nutqqa oid mavzular hamda grammatik ma'lumotlarning berilishida mashq va topshiriqlarning uzviyligi xususida asosli fikrlar bildirib o'tgan. Qayd etish kerakki, ushbu fikrlar hali ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q.
Grammatik ma'lumotlarni chegaralamaslik, nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish maqsadini qo'ymaslik oqibatida me'yoridan ortiq nazariy ma'lumotlar maktab darsliklariga kirib qoldi. Natijada bitiruvchi yoki birinchi kurs talabasidan jumlani grammatik tahlil qilib berish so'ralsa, u tibbiyot yo'nalishida bo'ladimi, moliya yo'nalishida bo'lishidan qat'i nazar so'z va gaplarni yaxshi tahlil qilib bera oladi, ammo unga gapni murakkab ega, ot-kesim,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
sifatlovchi, qaratqich aniqlovchi, nomustaqil, mustaqil to'ldiruvchiga ajratishdan o'z kasbi doirasida biror amaliy foyda bo'lmaydi. Ortiqcha grammatizm ona tili ta'limini hayotdan uzoqlashtiradi. Aslida unga yaxshi shifokor va bank xodimiga kerak bo'ladigan kasbiy muloqot madaniyati o'rgatilishi kerak. Buning uchun maktab ta'limidagi o'quvchilar adabiy talaffuzi ravon, imloviy savodxon, ta'sirli nutq uchun yetarli so'z boyligiga ega bo'lishlari kerak [10, 69].
G'.Hamroyev fikricha esa, hozir respublika miqyosida amalda bo'lgan maktab darsliklaridagi mashqlar va o'quv topshiriqlarining funksiyalarini aniqlashtirish kerak, ularning aksariyati DTSda belgilangan talablarga mos kelmaydi. Chunonchi, ona tili darslarida tez-tez uchraydigan "Matndan unlilarni topib tavsiflang" kabilarni o'quv topshiriqlari darajasida baholab bo'lmaydi, sababki, ular o'quvchida ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qila oladigan yetarli ko'nikma, malakalarni hosil qilishi qiyin [11, 48].
Tadqiqotchilarning tahlillari darsliklarda asosan tayyor matn ustida ishlashga e'tibor qaratilayotgani, tayanch so'zlar va nutqiy qurilmalar vositasida o'quvchilarda bog'lanishli nutq ko'nikmalarini hosil qilish, o'z fikrini turli vaziyatlarda mustaqil ifodalash, nutqida sintaktik-sinonimik vositalardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan mashq va topshiriqlar kam berilganini, o'quvchilarni so'zlardan - so'z birikmalari - so'z birikmalaridan - gaplar -gaplardan bog'lanishli matn yaratishga olib chiqadigan mashq va topshiriqlar tizimi shakllantirilmaganligini, demak, o'quvchilarni bog'lanishli nutqqa o'rgatish ko'nikma-malakalari shakllantirish talab darajasida emasligini ko'rsatmoqda.
Tayyor berilgan matnlar ustida ishlashda, odatda, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi mustaqil amaliy ishlarni bajarish, mavzuga bog'liq bilim, ko'nikma, malakalarni egallashga qaratilgan o'quv topshiriqlari, shuningdek, matnning turi, qaysi uslubga xosligini aniqlash, matn qurilishi, tarkibi, tashkil etuvchi qismlariga bog'liq holda matndagi gaplarni sodda yoyiq va yig'iq gaplarga ajratish, gaplardagi bosh va ikkinchi darajali bo'laklarni aniqlash, gap bo'laklari orasidagi grammatik va sintaktik bog'lanishlarni, qo'shma gaplarni sodda uyushiq gaplarga aylantirish, matnda tinish belgilarini to'g'ri va o'rinli qo'llash ko'nikmalari ustida ish olib boriladi. Amaldagi darsliklarda asosan quyidagi topshiriqlarni ko'plab uchratish mumkin: nuqtalar o'rniga qo'shimchalardan mosini qo'yib ko'chirish; matnni o'qish, ajratib ko'rsatilgan so'zlarning ma'nosini izohlash; nuqtalar o'rniga qavs ichida berilgan so'zlardan mosini qo'yib yozish; matnni o'qish va berilgan topshiriqlarni bajarish; savollarga javob yozib chiqish va shu asosda kichik hikoya tuzish; rasm asosida kichik hikoya tuzish; berilgan tayanch so'zlardan foydalanib matn tuzish; maqollarni o'qish va ma'nosini aytib berish; berilgan matn mazmuni asosida hikoya tuzish; matn mazmunini o'z taassurotlari asosida qayta so'zlash kabi.
Ko'rinadiki, darsliklarda mashq va topshiriqlarning turi ko'p bo'lsa-da, ularda muayyan tizim mavjud emas, topshiriqlarni oddiydan murakkabga qarab, terma gaplardan bog'lanishli nutqqa, so'ng monologik nutqqa qarab o'stirib borish tamoyili qo'llanmagan. Ushbu mashq va topshiriqlar orasida bevosita bog'lanishli monologik nutqqa olib chiqishga
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yo'naltirib tizimlashtirilmagan. Bog'lanishli matn tuzish yo'llari ko'rsatilmagan holda o'quvchining o'zidan bog'lanishli matn tuzish so'ralganini ko'rish mumkin.
Mashqlarning muayyan ketma-ketlik asosida tizimli ravishda berilishi o'quvchining bilim va malakalarini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishga va o'quvchini nutqqa olib chiqishga xizmat qiladi. Bu o'rinda I.A.Zimnyaya tomonidan bildirilgan fikr alohida e'tiborga sazovor bo'lib, uning ta'kidlashicha, tilga o'rgatishda ilk bosqichning asosiy vazifasi avvaldan tayyorlangan mashqlar vositasida o'quvchiga lisoniy bilim berishni tashkil qilish bo'lsa, keyingi bosqichda shunday ta'lim sharoitini yaratish lozimki, bunda o'quvchi o'rgatuvchidan kommunikativ topshiriqni bajarish uchun zarur bo'lgan bilimni "tortib" olish imkoniyatiga ega bo'lsin [11, 53].
T.Ziyodova tavsiya etgan MYBT - matn yaratish texnologiyasi e'tiborga sazovor bo'lib, u matn yaratishning to'rt modulga bo'lingan quyidagi bosqichli tizimini tavsiya etadi [9, 33]:
1-bosqich - tayanch so'zlarni tanlash (tovushdosh, ma'nodosh, uyadosh, zid ma'noli, shakldosh, iboralar, tasviriy ifodalarni tanlash);
2-bosqich - so'z birikmalarini hosil qilish (so'zlardan so'z birikmalari hosil qilish);
3-bosqich - gap tuzish (tuzilgan so'z birikmalaridan sodda yoyiq, uyushiq va ajratilgan bo'lakli, kirish so'z va kirish gapli, sodda va qo'shma gaplar, she'r qatorlar tuzish);
4-bosqich - matn yaratish (tuzilgan gaplardan foydalanib monologik va dialogik matnlar yaratish).
Ona tili ta'limida o'quv topshiriqlari masalasida tadqiqot ishi olib borgan G'.Hamroyev []esa o'quvchilarda matn tuzish ko'nikmasini shakllantirishda asosiy diqqat-e'tiborni: matnda qo'yilgan tinish belgilarning qo'llanilish sabablarini izohlang; matnni mazmunga putur etkizmay qisqartiring; hikmatni matnga aylantiring; turli mavzudagi maqol va hikmatlarni bir umumiy mazmunga birlashtiring; tarjimayi hol matnini tavsifnomaga aylantiring; berilgan mavzuni 10 ta jumla bilan so'zlar takrorisiz, bexato va yorqin ifoda qiling; so'zlarni ularning ma'nodosh muqobillari bilan almashtiring; gaplarning shakli va mazmunini o'zgartiring; matnni kengaytiring yoki ixchamlang; matnga qo'shimcha ma'lumotlar kiriting; matnga kirish so'zlar kiriting; ilmiy matnni badiiy matnga yoki aksincha aylantiring; matnni xulosalang kabi topshiriqlarga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
Bog'lanishli nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashqlardagi topshiriqlar tayyor berilgan matnlar va yaratilajak matnlar ustida olib boriladigan ishlarni o'z ichiga oladi. Darsliklarda berilgan yoki o'qituvchi tomonidan taqdim etilgan tayyor matnlar ustida ishlashda quyidagi o'quv topshiriqlaridan foydalanish mumkin: matn turini aniqlang; matnga sarlavha toping; matnning kirish (xulosa, asosiy qismi)ni ajrating; matndagi abzaslarlarning o'rinliligini kuzating; matndan ma'nosi notanish bo'lgan so'zni ma'nosini izohli lug'atdan topib izohlang; matnni tarkibiy qismlarga ajrating va har bir qism tuzilmasini tahlil qiling; matndagi asosiy fikrni ifodalagan gapni ajrating; matndagi ikkinchi darajali ma'lumotlarni ajarating; matnning xulosa qismi qanday ifodalanganini izohlan kabi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'quvchilar tomonidan yaratilgan matnlar ustida ishlashda esa quyidagi o'quv topshiriqlaridan foydalanish mumkin: matnda yo'l qo'yilgan imloviy va uslubiy xatolarni toping va bartaraf qiling; matnda tinish belgilarning qo'yilishidagi xatolarni toping va ularni bartaraf qiling; matnda yo'l qo'yilgan mantiqiy xatolar, noo'rin ishlatilgan so'zlarni aniqlang; matnni qo'shimcha ma'lumotlar qo'shib kengaytiring; matndan ortiqcha ma'lumotlarni chiqarib, matnni ixchamlashtiring; matnga kiritilgan o'zgarishlarni maqsadli ekanini isbotlang; matn mazmuniga mos hikmatli so'zlar, maqollar, iboralarni matn tarkibiga kiriting va h.z.
Ona tili darslarida o'quvchilarning matn ustida ishlash ko'nikmalarini shakllantirish jarayoni amaliy jihatdan nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda o'quvchilar ona tili ta'limida egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini uyg'unlashtirgan holda amaliyotda tatbiq etishi lozim bo'ladi. Chunki har qanday matn ham grammatik bilimlarni, ham so'z va so'z birikmalari, iboralarni tushunib qo'llash, gaplarni to'g'ri tuzish va uzviylikda bog'lash yuzasidan bilim va ko'nikmalarni bilishlikni taqozo etadi. Ayni vaqtda matn ustida ishlash o'quvchidan matn va uning turlari, matn qismlari, ularning farqli jihatlari, matn tarkibi, matn qismlarini bog'lovchi vositalar, matnning uslubi va lisoniy vositalari yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo'lishlikni ham talab qiladi. Xususan, 8-9-sinfdan boshlash o'quvchilar matn tarkibiy qismlarini farqlashi, matn qismlarini ajrata olishi va matn janri, tili va uslubini farqlashi kerak bo'ladi. Buning uchun matn ustida ishlashni 5-sinfdan boshlash, avval tayyor matnlar bilan tinishtirish va kichik matnlar tuzdirish orqali o'quvchilarda matn yaratish ko'nikmalarini asta-sekin shakllantirib borish kerak bo'ladi.
Matn yaratish ustida ish olib borish esa quyidagi 3 bosqichdan qamrab olishi maqsadga muvofiq: 1) matn oldi topshiriqlari; 2) matnning xomaki variantini tayyorlash; 3) matnni tugallash.
1. Matn oldi topshiriqlari matn tuzishga tayyorlanish jarayoniga qaratilgan mashqlardan boshlanadi. Bunda quyidagi turdagi topshiriqlardan foydalanish kerak bo'ladi: matnni boshlashga mos keluvchi jumlani shakllantirish; tayanch so'z va so'z birikmalarini aniqlash; gaplarni bog'lanishli izchillikda joylashtirish; jumlalarni bog'lashda qo'llanadigan grammatik vositalarni (qo'shimchalar, yordamchi so'zlar, kirish so'zlar) aniqlashtirish; notanish so'zlar ma'nosini lug'at asosida aniqlashtirish; nutq vaziyatiga mos kirish so'zlarni tanlash; matnni xulosalashda qo'llanadigan jumlalar, kirish so'zlarni tanlash.
2. Matnning xomaki variantini tayyorlash mashqlari esa quyidagi mazmundagi topshiriqlarni qamrab olishi ko'zda tutiladi: matnni tarkiblash: asosiy va qo'shimcha axborotlarni joylashtirish; matnning kirish, boshlovchi qismi uchun jumlalarni tanlash; matndagi yakunlovchi jumlani o'zgartirish; matnga munosabat bildiruvchi va xulosalovchi jumlalar qo'yish; matndagi ortiqcha jumlalarni aniqlash; sarlavha asosida matn tuzish; mavzu mazmuniga mos kichik matn tuzish; matnga reja tuzish; fikrni davom ettirish.
3. Matnni tugallash jarayonida quyidagi turdagi topshiriqlarni berilishini rejalashtirish kerak: tuzilgan matnning asosiy mazmunini so'zlab berish; mavzuni qo'shimcha ma'lumotlar bilan kengaytirib gapirish; matnni (mavzuni) ixchamlashtirib so'zlab berish;
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
matn mazmunini jumlalar tartibini o'zgartirib so'zlash; matnni shaxsni o'zgartirib (1-, 2-, 3-shaxs nomidan) hikoya qilish.
Bu kabi tizimlashtirilgan topshiriqlar o'quvchilarning o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini turli vaziyatlarda amalda qo'llay olish malakalarini shakllantirishga yordam beradi hamda ularning bog'lanishli monologik nutqini rivojlantiribgina qolmay, mustaqil fikrlash faoliyatlarini ham o'stiradi.
Umumta'lim maktablarida o'quvchilarning egallangan bilimlar, ko'nikma va malakalarning amaliy tatbiqi asosida mustaqil matn yaratish ona tili darslarida o'tilayotgan har bir mavzuning asosiy maqsadiga aylanishi lozim. Matn ustida ishlash va uni tahrir qilish orqali esa matnning mantiqiy-mazmuniy va uslubiy shakllanganlik darajasi aniqlanadi, matndagi imloviy va uslubiy nuqsonlar bartaraf etish jarayonida o'quvchilarda matn yaratish mahorati rivojlantirib boriladi.
O'qituvchi dars jarayonida o'quvchilarning ta'limiy-didaktik faoliyatini samarali tashkil qilishni aniq bir maqsadga - mustaqil matn yaratishga yo'naltirish uchun darsni puxta rejalashtirishi, o'quvchiga ijodiy ishlash muhitini yaratib beradigan topshiriqlar tizimi namunalarini ishlab chiqishi kerak. Har bir ta'lim oluvchiga individual yondashish, uni erkin mustaqil ijodkorlikka unda ilmga chanqoqlik, izlanuvchanlik, yangilik yaratishga intilish xislatlarini tarbiyalaydi, o'quvchiga taqdim qilinayotgan bilimlarini tushunish va ulardan amaliy foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi.
Maktab o'quvchilarida mustaqil matn yaratish ko'nikmalarini shakllantirishda topshiriqli mashqlar tizimidan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'kidlash joizki, o'quv topshiriqlari qo'llaniladigan asosiy manba darslik va qo'llanmalar bo'lib, har bir darslik o'quv jarayonida o'quvchilarning ongli va faol ishtirokini, o'quv materialining to'liq asosini ta'minlashi lozim.
G'.Hamroyev doktorlik tadqiqot ishida o'quv topshiriqlarini o'zaro farqlash masalasi pedagogikada ham, metodikada ham bahsli mavzu ekanligini qayd etgan holda, "topshiriq jahon til o'qitish metodikasida o'quv maqsadiga erishishga qaratilgan o'quv jarayonining birligi bo'lib, uning tuzilishini belgilaydi, til va nutq maqsadlariga erishishda ma'lum darajada mashqdan farqlanishi bilan tavsiflanadi"1, deya ta'kidlaydi. Uning fikricha, mashqlardan farqli ravishda topshiriqlar darsning tashkiliy jihatlariga, o'quv materialini tushuntirishda va pedagogik aks ettirishda to'liq qatnashadi. Topshiriq bir vaqtning o'zida bir nechta mashqlarni o'z ichiga olishi mumkin2.
Bugungi davr mustaqil, tanqidiy, yangicha fikrlaydigan insonlarni tarbiyalash vazifasini ona tili ta'limi oldiga muhim vazifa qilib qo'ymoqda. Til ta'limida matn ustida ishlash topshiriqlarini bajarish jarayonida o'quvchilar til imkoniyatlaridan foydalanishning turli usul va vositalari bilan tanishadilar, o'zlari tuzadigan jumla uchun eng ma'qul, nutqiy vaziyatga mos, zarur so'zni tanlaydilar, shu so'zning lug'aviy mano guruhlari ustida ishlash
1 Hamraev G', Ko'rsatilgan ish, - 59-b.
2 Hamraev G', Ko'rsatilgan ish, - 65-b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
orqali uning boshqa so'zlar bilan birikish imkoniyatini aniqlaydilar, so'zlarni o'zaro bog'lab so'z birikmalari hosil qilish orqali esa tilda mavjud lisoniy sintaktik qoliplar haqida muayyan tasavvurga ega bo'ladilar, yaratilajak matnning asosiy tarkibiy qismlarini aniqlash va uni ketma-ketlikda joyiashtirishga urinadilar, fikrni ixcham va ravon ifodalash malakalarini egallashga harakat qiladi. O'quvchi mustaqil matn yaratish jarayonida o'zi mustaqil mushohada yuritadi, o'zi so'z tanlaydi, tuzgan gaplarini o'zi mustaqil tahlil qiladi, gaplarning ketma-ketligini o'zi tartiblaydi, tuzgan matnining mazmuniy-me'yoriy shakllanganligi, uslubiy mukammalligi haqida fikr yuritadi, o'z bilimi, tanqidiy yoki ijobiy qarashlari, intellektual qobiliyatini namoyish qiladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan ko'rinadiki, topshiriqlardan dastlab bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishda foydalaniladi, ya'ni matn ustida ishlashning birinchi bosqichida grammatik topshiriqlar sof grammatik vazifani bajaradi, ya'ni o'zlashtirilgan bilim va egallangan ko'nikma hamda malakalarning matn tarkibidagi gaplarda amaliy qo'llanishiga qaratiladi. Keyingi o'rinda esa yaxlit matn ustida ishlashga qaratilgan topshiriqlar haqida so'z boradi. Aynan shu fikrdan kelib chiqqan holda G'.Hamroyev o'z tadqiqot ishida topshiriqlarni quyidagi 6 turga bo'lishni taklif etadi:
1. Bilishga doir topshiriqlar. Bu daraja o'quv materiallarining asosiy unsurlarini eslash, tushunib yetish va qayta tiklashga yo'naltirilgan o'quv maqsadlarini ishlab chiqishni ko'zda tutadi.
3. Qo'llashga doir topshiriqlar. Bu daraja, asosan, o'quvchida amaliy ko'nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi (bilimlarni amaliyotda qo'llash qobiliyati): tushunchalarni qo'llash; qoidalarni qo'llash; nazariyalarni qo'llash va hokazo.
4. Tahlilga doir topshiriqlar. Bu daraja o'quv maqsadlarini quyidagi toifalar bo'yicha aniqlashtiradi: unsurlar tahlili (matnni qismlarga bo'lish, ajratish); munosabatlar tahlili (abzatslar o'rtasidagi aloqalarni o'rnatish); tamoyillar tahlili (birliklarni tizimlashtirish).
5. Sintezlashga doir topshiriqlar. Bu daraja "alohida qismlardan yaxlitini tuzish" ko'nikmasini shakllantirish bo'yicha o'quv maqsadlarini belgilaydi: g'oyalar sintezi (masalan, muammo yechimi bo'yicha bildirilgan g'oyalarning umumlashishi); mulohazalar sintezi (masalan, nutqiy ko'nikmalarning shakllanganlik darajalari, mezonlarini ishlab chiqish); tuzilma sintezi (masalan, matn ko'rinishi - chizmasi, til birliklari yordamida nutqning ifodalanishi).
6. Baholashga doir topshiriqlar. Bunday topshiriqlar muayyan maqsad uchun u yoki bu o'quv materiallarining ahamiyatini baholash ko'nikmalarini nazarda tutadi.
Til tuzilmasiga oid hodisalarni, til sathlari birliklarini nutqdan ayri holda tahlil qilmay, aynan nutq tarkibida tahlil qilinsa, til bo'limlarini o'rganish matn tahlili va matn yaratish bilan o'zaro uyg'unlikda olib borilsagina ushbu maqsadni amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bu esa bevosita grammatik topshiriqlarning qanday qo'yilishiga bog'liq.
Bizningcha, ona tili darslarida matn yaratishga doir topshiriqlar tizimi quyidagilarni qamrab olishi maqsadga muvofiq: berilgan mavzu asosida matn yaratish; berilgan tayanch so'zlar asosida kichik matn tuzish; berilgan fikr asosida matnni davom ettirish; boshlanish qismi berilgan matnni davom ettirish; matnni berilgan ma'lumot asosida matnni davom
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ettirish; matn mazmunidagi asosiy fikrni ifodalagan gapni topish; matndan ikkinchi darajali ma'lumotlarni chiqarib, matnni ixchamlashtirish; matnga xulosaviy fikrlarni qo'shing va matnni xulosalash; matn mavzusiga mos maqol, hikmatli so'zlar va iboralar vositasida matnni xulosalash; matnni bildirilgan yangi fikrlar asosida abzaslarga ajrating va abzatslarga ajratilishini asoslash; matnni tarkibiy qismlarga ajratish va har bir qismga ajratilishni asoslash; matnning kirish qismini abzats vositasida ajratish va h.z.
Ushbu topshiriqlarning har biri o'ziga xos grammatik topshiriqlar ustida ishlashni talab etadi. Ammo bu topshiriqlar matnni gaplarga ajratish, gap va jumlalarni sintaktik, so'zlarni morfologik tahlil qilishga qaratilmasligi kerak. Har bir grammatik topshiriq matn mazmunini, matn tuzilmasini, uning tarkibiy qismlarini tugal shaklga keltirishga, har bir so'z, gap, grammatik vosita o'zar uyg'un izchillikda matn yaxlitligini ta'minlashga xizmat qilishiga yo'naltirilishi shart.
Ko'rinadiki, matn yaratish matn ustida ishlash jarayoni bilan uyg'unlikda olib borilishi zarur. Har bir yaratilgan matnning takomiliga yetishi matn ustida olib boriladigan grammatik va tahririy ishlarga bog'liq bo'lib, bu leksik (so'z tanlash, so'zlarning o'zaro aloqador uyadoshlari, sinonimlari va uslubiy bo'yoqdor variantlarini topish, turg'un so'z birikmalari va iboralardan o'rinli foydalanish), grammatik (so'z va gaplarni, matn qismlarini bog'lovchi vositalarni to'g'ri qo'llash, sintaktik sinonimik vositalardan o'rinli foydalanish), matnda qo'llangan tinish belgilarini to'g'ri qo'llash matnning mazmuniy va grammatik mukammaligini ta'minlaydi.
Demak, ona tili ta'limida grammatik topshiriqlar shunday tuzilishi kerakki, ular o'quvchilarga egalalagan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliy qo'llashga o'rgatsin. Ona tili ta'limida o'tkazilayotgan islohotlar faqatgina o'quv dasturlari mazmuninigina emas, darsliklar tarkibiga kiritilgan grammatik o'quv topshiriqlarining mazmun-mohiyatini ham tubdan o'zgartirishni taqozo etmoqda.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: G'afur G'ulom, 1991. - 15- b.
2. Abdullayev Y., Omilxonova M., Ma'rufov Z., G'ulomov A. Ona tili .6-7-sinf. - Toshkent: O'qituvchi, 1994.; 3.Asqarova M. Abdullayev Y., Omilxonova M., . O'zbek tili .7-8 sinf. -Toshkent: O'qituvchi, 1981.
3. Hamroyev G'. Ona tili ta'limida o'quv topshiriqlarini ishlab chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish: Ped. fan. dokt. (DSc) ... dis-ya. -Toshkent, 2022. - 72-b.
4. Salisheva Z.I. O'zbek tili mashg'ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarida): ped. fan. b-cha fals. dokt. (PhD) .... dis-yasi. -Toshkent, 2019.
5. Rixsiyeva M.M. Ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarning o'zbek tili darslarida o'quvchilarni matn tuzishga o'rgatish: Ped. fan. nom. ... dis. -Toshkent, 1998. -146 b.
6. Toshxo'jaeva D. Matn mazmunini o'z so'zlari bilan qayta hikoya qilishga o'rgatishning metodik asoslari: Ped. fan. nom. ... dis. -Toshkent, 2000. -94-95-b.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
7. Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi.-Toshkent, Fan. - 2008. - 46-b.
8. Yusupova Sh.J. Hozirgi o'zbek adabiy tili darslarida o'quvchilar tafakkurini o'stirishning ilmiy-metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped. fan. dok.... diss. - Toshkent, 2005. - 250 b.;
9. Alavutdinova N. G. Ona tili darslarida ijodiy fikrlash ko'nikmasini shakllantirish metodikasi (5-sinf misolida): ped. fan. nomz. ... dis. - Toshkent, 2008. - 156 b.
10. Muxitdinova X. Ta'lim bosqichlarida o'zbek tili o'qitilishi uzluksizligini ta'minlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish: ped. fan. dokt.... diss. -Toshkent, 2011. -108- b.
11. Лапидус Б. А. К проблеме функциональной дифференциации языкового материала // Иностранные языки в высшей школе. - Москва: 1975. - С. 18-21. Qarang: Mustafoeva H. T. Ingliz tili grammatikasini ijtimoiy-gumanitar talabalarga o'rgatishning lingvometodik xususiyatlari: Ped. fan. nom. ... dis. - Samarqand, 2003. -139 b.
1. Зимняя И. А. Психологические аспекты обучения говорению на иностранном языке. -Москва: МГУ, 1998. -268 с. / Qarang: Кадырова Ф. Р. Лингводидактические основы обучения детей дошкольного возраста второму языку (на материале русского и узбекского языков): Дис. ... док. пед. наук. -Ташкент: 2006. - С. 70.
2. Salisheva Z.I. O'zbek tili mashg'ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarida): ped. fan. b-cha fals. dokt. (PhD) .... dis-yasi. -Toshkent, 2019. - 66-b.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HRahimboyeva Dilnoza Qahramon qizi, Buxoro davlat universiteti musaqil tadqiqotchisi;
[Рахимбоева Дилноза Кахрамон кизи, соискатель Бухарского государственного
унивеситета]; [Dilnoza K. Rakhimboyeva researcher of Bukhara State University];
manzil: O'zbekiston, 00060, Toshkent shahri, Chilonzor tumani 19-daha; [адрес:
Узбекистан, 00060, г. Ташкент, ул. Чилонзор 19], [address: Uzbekistan, Chilonzor 19,
Tashkent, 00060]; E-mail: [email protected]