Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ TILI FANLARIDAN O‘QUV TOPSHIRIQLARINI MASHINASOZLIKDA INTEGRATSION METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI'

O‘ZBEK VA INGLIZ TILI FANLARIDAN O‘QUV TOPSHIRIQLARINI MASHINASOZLIKDA INTEGRATSION METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanova Aqida Raximjon Qizi

Ma’lumki, o‘zbek va Ingliz tillari ta’limida o‘quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish, o‘zbek va Ingliz tillarida o‘qitish, o‘quv jarayoniga tegishli barcha turdagi o‘quv qo‘llanma, darslik, ko‘rgazmali qurollardan tortib multimedia AKT vosita, materiallari asosida o‘quv topshiriqlarini tibbbiy OTM talabalariga mos, innovatsion tizimli va o‘rganishga qulay samarali usullarini ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masala sifatida e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi tibbiy oliy ta’lim tizimida o‘zbek va Ingliz tillarini metodik integratsion o‘qitish, o‘quv materiallari asosida o‘quv topshiriqlarini rivojlantirish, samarali ta’lim berish maqsadida mashinasozlik mutaxxassislarini o‘zbek va Ingliz tillarida o‘qitish sifatini samarali ta’minlash, o‘zbek va Ingliz tillarida erkin so‘zlasha oladigan tibbiy mutaxassislarni tayyorlash, tibbiy oliy ta’lim tizimida tilshunoslik fanlarini o‘qitishni tubdan takomillashtirish, ushbu yo‘nalishlardagi o‘quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini integratsion ta’minlash muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ TILI FANLARIDAN O‘QUV TOPSHIRIQLARINI MASHINASOZLIKDA INTEGRATSION METODIK RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI»

O'ZBEK VA INGLIZ TILI FANLARIDAN O'QUV TOPSHIRIQLARINI MASHINASOZLIKDA INTEGRATSION METODIK RIVOJLANTIRISH

MEXANIZMI Xasanova Aqida Raximjon qizi

Assistant teacher at "University of economics and pedagogy" https://doi.org/10.5281/zenodo.11088366 Ma'lumki, o'zbek va Ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish, o'zbek va Ingliz tillarida o'qitish, o'quv jarayoniga tegishli barcha turdagi o'quv qo'llanma, darslik, ko'rgazmali qurollardan tortib multimedia AKT vosita, materiallari asosida o'quv topshiriqlarini tibbbiy OTM talabalariga mos, innovatsion tizimli va o'rganishga qulay samarali usullarini ishlab chiqarish bugungi kunning dolzarb masala sifatida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasi tibbiy oliy ta'lim tizimida o'zbek va Ingliz tillarini metodik integratsion o'qitish, o'quv materiallari asosida o'quv topshiriqlarini rivojlantirish, samarali ta'lim berish maqsadida mashinasozlik mutaxxassislarini o'zbek va Ingliz tillarida o'qitish sifatini samarali ta'minlash, o'zbek va Ingliz tillarida erkin so'zlasha oladigan tibbiy mutaxassislarni tayyorlash, tibbiy oliy ta'lim tizimida tilshunoslik fanlarini o'qitishni tubdan takomillashtirish, ushbu yo'nalishlardagi o'quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini integratsion ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

O'zbek va Ingliz tillarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini rivojlantirish asosida malaka sertifikatiga ega bo'lgan talabalar va pedagoglarga imtiyozlar berish hamda ularni rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori qabul qilindi1. Bulardan: 1). O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Xalq ta'limi vazirligi, oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markaziga: 2). 2017-2018 o'quv yilidan boshlab uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'zbek va Ingliz tillarni o'zlashtirish darajasini davlat ta'lim standartlarida belgilangan "Tinglab tushunish" (Listening), "O'qish" (Reading), "Yozish" (Writing), "Gapirish" (Speaking) ko'nikmalari asosida baholab borish mexanizmini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish; 3). 2018-yil 1-yanvardan boshlab o'zbek va Ingliz tilini bilish darajasi to'g'risidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatiga ega bo'lgan talaba va pedagoglarga yetakchi Ingliz ta'lim muassasalarida til o'rganish amaliyotlarini tashkil etish; 4).2018-yil 1-sentabrga qadar o'zbek va Ingliz tillarini o'qitishning asosiy bosqichlari umumiy o'rta ta'lim muassasalari va akademik litseylarda ta'minlanishini nazarda tutgan holda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'zaro uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga asosan o'quv dasturlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish vazifalari yuklandi. Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi 2017-yil 1-oktabrdan boshlab tizimda oliy ta'lim muassasalari bo'lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: oliy ta'lim muassasalarining o'zbek va Ingliz tili kafedralari bazasida professor-o'qituvchilar uchun darsdan tashqari vaqtda tegishli mutaxassislik fanlarini o'zbek va

1 www.Lex.uz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori Toshkent sh., 2012-yil 10-dekabr, PQ-1875-son("Xalq so'zi" gazetasi, 11.12.2012-y., 240 (5660)-son; O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov. Toshkent sh., 2017-yil 11-avgust, 610-son

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017-y., 32-son, 820-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.05.2019-y., 09/19/395/3115-son)

Ingliz tilida o'qitish bo'yicha xizmat ko'rsatadigan kurslarning tashkil etilishi belgilandi. Umumiy o'rta ta'lim tizimida ushbu qaror tadbiqi o'z o'rnida O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi yangi Qonun 2020-yil 23-sentabr hamda o'zbek va Ingliz tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni rivojlantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratilishiga uzviy bog'landi. Mustaqillik yillarida2 51,7 ming nafardan ziyod Ingliz tillar o'qituvchilari, 71,7 ming nafardan ziyod o'zbek tili o'qituvchilari tayyorlandi, o'zbek va Ingliz tillari bo'yicha multimedia darsliklari, boshlang'ich ingliz tilini o'rganish bo'yicha elektron resurslar tayyorlandi, OTM da lingafon kabinetlari jihozlandi. Shu bilan birga, o'zbek va Ingliz tillarni o'rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko'rsatmoqdaki, tibbiy oliy ta'limda DTS, modul-kredit asosidagi o'quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg'or axborot va mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to'liq javob bermayotginligi, tibbiy oliy ta'lim asosan an'anaviy uslublarda olib borilganligi, tibbiy oliy ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'zbek va Ingliz tillarni uzluksiz o'rganishni tashkil qilish, shuningdek, zamonaviy o'quv-uslubiy materiallar asosida o'quv topshiriqlari bilan ta'minlash mavzuning dolzarbligini ta'minlaydi. Zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tibbiy oliy ta'limda tilshunoslik fanlaridan o'qitishning ilg'or uslublarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. O'zbek va Ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish, mashinasozlik mutaxassislarini tayyorlash tizimini tubdan spiralsimon tamoyil asosida takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon sivilizatsiyasi yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko'lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, OTMda ayrim maxsus fanlar, xususan, xalqaro guruhlar mutaxassisliklar bo'yicha o'qitish Ingliz tillarda olib borilmoqda. Binobarin, mazkur o'quv jarayonlari o'rganib chiqilgach qator choralar va aniq ta'limiy maqsadlar belgilab olindi. Belgilangan filologik ta'limiy maqsadlar negizida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi: jahonda o'zining tibbiy oliy ta'lim tizimi va o'qitish sohasida yuqori natijalarga erishilgan ilg'or davlatlar Koreya, Yaponiya, Angliya va Amerika davlatlari tibbiy oliy ta'lim tizimlari o'rganib chiqildi, qator Ingliz davlatlarning tibbiy oliy ta'lim muassasalari tajribalari amalda O'zbekiston tibbiy oliy ta'lim sohasiga tadbiq etilib, nufuzli Ingliz tibbiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari va tibbiy oliy ta'lim sohasida tajribalar almashildi. Malakali professor-o'qituvchilarning dars mashg'ulotini o'rganish maqsadida mamlakatimiz tibbiy OTMga taklif qilindi. Yangicha ko'rinish va tizimdagi samarali amaliyotda Ingliz tili darsliklari ishlab chiqildi. Aniq va samarali filologik ta'lim berish vositasi sifatida amaliyot tibbiy OTMda darsliklar yaratishda ularning tarkibini ishlab chiqish, qayta ishlab chiqilishi ulardan foydalanish keng tadbiq etishdagi muammolar o'rganildi. O'quv materiallari didaktik va lingvopedagogik jihatdan turli usullarda, o'zbek va Ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish tibbiy oliy ta'lim muassasasi talabalarining o'quv topshiriqlarini samarasini tajribada sinash ustida izlanishlar olib borilmoqda. O'zbek va Ingliz tillarni o'qitishda didaktik, metodik, pedagogik yondashuvlar asosida rivojlangan interfaol ta'lim metodlari, o'qitish tizimi samarali ishlab chiqildi va yangicha til o'rgatish interfaol va didaktik usullaridan foydalanib xalqaro baholash tizimlari modul-kredit

2 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. // Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T: 1997. 20-29 b.

dasturlari amaliyotga joriy etildi. Tibbiy OTMda oddiydan murakkab tomon boradigan spiralsimon tamoyil asosida filologik darsliklarni takomillashtirish, o'quv jarayonining filologik fanlararo bog'lanishiga tizimli yondashish, uning tarkibi, tuzilishi hamda vazifalarini, boshqa tizim ob'ektlari, o'quv jarayoni dars mashg'ulotlari, o'quv-tarbiyaviy jarayonida talabalarning lingvopsixologik rivojlanishi, lingvopedagogik salohiyati bilan uzviy bog'liqligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tibbiy oliy ta'lim tizimida tilshunoslik ta'limi va tarbiyasiga oid ilmiy-nazariy qarashlar, inovatsion g'oyalar har bir mustaqil davlatning rivojlanishida, kelajak avlodlarini barkamol qilib tarbiyalashida, yuqori raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishida mamlakatning yuksak va yorqin kelajagi asosini ta'minlaydi. Globallashuv davri bo'lgan XXI asrda Yangi O'zbekiston konseptsiyasi yanada bilimli, intelektual salohiyatli Tibbiy oliy ot mutaxassislarini yetishtirish, jahon standartlariga mos, barcha talablarga javob beradigan o'zbek va Ingliz tillarni o'qitish, mustaqil o'quv topshiriqlarini tizimli rivojlantirishni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi Tibbiy oliy ta'lim tizimida o'zbek va Ingliz tillarini shu jumladan, ingliz tilini o'zbek tili fani bilan Ingliz tili bilan fanlaaro bog'liqligini (integratsiyalashgan) ilmiy-metodik holda tizimlashtirilgan, xalqaro talablarga to'la javob beradigan darsliklar yaratish, talabalarga mos bugungi o'zbek va ingliz tili darsliklarini yanada mukammallashtirish, Tibbiy oliy ta'lim sohasidagi bugungi kunning asosiy masalasiga aylantirdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda bir qator o'zbek tili o'qitish metodikasiga doir ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borildi. Jumladan, Sh.Yusupova va N Dadajonova kabi tilshunoslar o'z tadqiqotlarida o'zbek tili ta'limi jarayonida talabalarning nutqi ustida ishlash metodikasi asosida o'qitishni targ'ib qilgan. A.G'ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova, A.Bobomurodova, N.Alavuddinova, V.Karimjonova kabi tilshunos olimlar esa ona tili o'qitish asosida mustaqil o'quv topshiriqlarini ishlash, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasi ustida izlanishlar olib borgan. T.Yusupova gapning bosh bo'laklarini o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Ona tili ta'lim mazmunida metodik va nazariy ta'limi bo'yicha tadqiqotchi olimlar H.Ne'matov, A.G'ulomov, M.Qodirov, A.Nurmonov, A.Sobirov , B.Mengliev , L.R.Raupova , B.To'xliev, Yusupova Sh, Ziyodova T, Oxunjonova O, D.Jumashev kabi tilshunos olimlarning ishlari shular jumlasidandir. Shu bilan birga, mazkur tadqiqotlarning yozma va og'zaki nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan. O.Roziqov, N.Mahmudov, R.Safarova, U.Tursunov, A.Muxtorov, Sh.Rahmatullaev, H.Alavuddinova , R.R.Sayfullaeva, B.R.Mengliev, L.L.Raupova kabi tilshunos olimlar ham shular jumlasidandir. Tadqiqotchi A.Bobomurodova ona tili ta'lim mazmunida o'yin-mustaqil o'quv topshiriqlardan foydalanish, metodist T.Ziyadova ona tili ta'limi jarayonida talabalarning so'z boyligini oshirish imkoniyatlarini tadqiq etgan va ona tili ta'lim mazmunida matn tahliliga murojat qilgan. Jumladan, K.Turdieva, G.Axmedovalarning o'zbek tili darsligi (mashinasozlik institutlarining rus guruhlari uchun)da, o'zbek tili ta'limi jarayonida tafakkurni rivojlantiruvchi o'quv topshiriqlari va ulardan foydalanishga oid ishlangan metodik yondashuvlari OTM uchun muhim ahamiyatga ega. Metodikaga doir T.T.G'aniev ona tilidan mashq bajarish jarayonida talabaning bilish faolligini oshirish masalalarini tadqiq qilgan. A.Hamraev ona tili ta'lim mazmunida ta'lim oluvchining ijodiy faTibbiy oliy atini loyihalashtirish muammosini tadqiq qilish asosida, ijodiy faTibbiy oliy atni loyihalashtirishda ona tili ta'limida uzviylik, uzluksizlik, onglilik, o'zaro bog'liqlik va aloqadorlikni ta'minlash tamoyillari asosida o'quvchilarning intellektual salohiyatini tizimli tarzda rivojlantirish ilmiy-metodik jihatdan asoslangan. Bu borada metodist K.Mavlonovaning "Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn asosida integratsiyalab o'qitish metodikasini takomillashtirish" mavzusidagi tadqiqot ishini alohida ta'kidlash lozim. Olim tomonidan ona tili ta'lim mazmunining bugungi yondashuvlariga

mos ravishda eng murakkab bo'lib turgan matn ustida ishlash, uni o'qiy olish, tushuna olish va eng muhimi, matn yarata olish ko'nikmalarini adabiyot fani bilan integratsiya qilgan holda rivojlantirish texnologiyasi ishlab chiqilgan. Shuningdek, tadqiqot mavzusiga doir izlanishlar I.A.Allayorov, O.R.Roziqov, R.Ibragimov M.H.Mahmudov, A.G'ulomov, M.Qodirov, B.R.Adizov M.Mirtojievlar kabi tilshunos, metodist-pedagoglar tomonidan ta'lim oluvchining o'quv-biluv faTibbiy oliy atini rivojlantirish, uning faolligi va mustaqilligini tarbiyalash muammolari ham o'rganilgan.

Ingliz tillarni o'qitishda mustaqil o'quv topshiriqlarini tizimlashtirishning

lingvopedagogik jihatdan tadqiqini va o'quv jarayonini fanlararo bog'liqligini3 A.M. Mamadaliev, Q.Q. Qiyasova, didaktika va o'qitish metodikasida bilimlar mazmuni bilan ilmiy bilish metodlarining mutanosibligiga asoslangan yaxlit tizim sifatida tushunilishini M.N.Skatkin, I.D.Zverev, I.YA.Lerner metodik asoslagan va tadqiqot olib borganlar. Tadqiqotchilardan I.V.Raxmanov,V.S. T Setlin, J.J. Jalolov4, T.Q. Sattorov, S.S.Saydaliev Ingliz tilining didaktik, pedagogik, amaliy (funksiyaviy), ta'limiy-tarbiyaviy asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan. Bir guruh metodist-olimlar A.A.Mirolyubov, I.V.Raxmanov V.S.Setlin o'quv predmetlarini tasniflashda ularning didaktik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quydagicha yondashiladi:

- mashinasozlikda o'quv topshiriqlari tushunchalariga pedagogik, psixologik va lingvodidaktik, modul-kredit tizimi talablari asosida metodik yondashilib, ularning qo'llanilish o'rinlari, bajaradigan vazifalarni aniqlashtirish;

- mashinasozlikda nutqiy kompetentsiyalarni rivojlantirish, matn bilan ishlash uchun o'quv topshiriqlar tuzish, o'quv topshiriqlar berishning darajalari nutq vaziyatdan kelib chiqib aniqlangan, lingvodidaktikada o'quv topshiriqlari tuzishga pragmatik usulda yondashishni belgilovchi integratsion metodik rivojlantirishga oid mezonlar ishlab chiqish bilan tavsiflash;

- o'zbek va Ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirishga doir muayan kompetensiyalar tizimi asosida talabalarni bilish darajalari bilan bog'liq modul-kredit tizimini rivojlantirish imkonini beruvchi, lingvodidaktik xususiyatlarini aniqlash;

- o'zbek va Ingliz tili fanlaridan didaktik-metodik vazifalarni o'rganishga doir o'quv topshiriqlarini tashkil etish va ularni baholash mexanizmlari, metodik yondashuvlarni ta'lim paradigmalarida tizimlilik, izchillik g'oyalarini generatsiyalash, modul-kredit tamoyillariga ustuvorlik berish asosida lingvopedagogik ta'lim traektoriyalari doirasida takomillashtirish;

- mashinasozlikda o'zbek va Ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish jarayonida talabalarda o'quv topshiriqlari sinab ko'rish, nutqiy ko'nikmalarni rivojlangantirish, lingvodidaktik tavsiflash, tahlil etish, umumlashtirish hamda talabalarga o'zbek va Ingliz tillarni to'g'ri va mantiqli savol berishga o'rgatish metodlari ishlab chiqish va xulosa chiqarishga muvofiqlashtirilgan tavsiyalar berish;

- o'zbek va Ingliz tillarni o'qitishda darsliklarni, o'quv uslubiy qo'llanmalarni yaratishda nazariy jihatdandan aniq ilmiy ma'lumot g'oyaga asoslangan, talabalarning lingvo-psixologik ma'naviy salohiyatiga mutanosib gipoteza ishlab chiqish, o'quv materillari ustida

3 Abdullayev Y. Eski maktabda xat-savod o'rgatish. - Toshkent: O'rta va Oliy maktab, 1960. - 150 b.

4 Jalolov J. Ingliz tili o'qitish metodikasi.Toshkent "O'qituvchi"1998

tadqiqot olib borgan tajribali metodist olimlarning g'oyalari va tajribasi bilan yaqindan tanishib, darsliklarni yaratilishiga qo'yilgan ilmiy -nazariy talablar va vazifalardan kelib chiqib samarali tizimlashtirish, o'quv topshiriqlarini turlarga ajratish, darsliklarning metodik tarkibini boyitishga va aniq ilmiy nazariy fikrlar ishlab chiqish tadqiqotning nazariy ahamiyatini ochib beradi.

O'zbekiston Respublikasining 2030-yilgacha belgilangan ustuvor ta'lim strategiyalarida Tibbiy oliy ta'lim tizimida fanlarni integratsiyalashgan holatda modul-kredit dasturi asosida yangicha o'qitish usullari bosqichma - bosqich amalga oshirish muhim ahamiyatga ega. Albatta bu ustuvor strategiyalar yangicha tizimlashtirilgan metodik darsliklarni ishlab chiqish va talabalarga ta'limiy jihatdan aniq, to'g'ri ilmiy asoslangan vizual hatto mediatexologiyalar asosida qiziqarli, milliy ruh singdirilgan zamonaviy hamda lingvopedagogik jihatdan filologik fanlararo bog'liqlik muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko'rinib turibdiki mashinasozlikda o'quv topshiriqlarini o'quv jarayonining asosiy manbasi bo'lgan o'zbek va ingliz tili darsliklarini yanada boyitish, interfaol mashq va amaliy o'quv topshiriqlarini yangicha ko'rinishda berilishi albatta, o'zbek va ingliz tiliga bo'lgan qiziqishni uyg'otibgina qolmay balki talabani so'z boyligi, gapirish (speaking), eshitish (listening), yozish (writing), o'qish (reading) qobilyatlarini rivojlantiradi. An'anaviy usullardan voz kechib yangi zamonaviy usullarga o'tish, osondan murakkab bosqichga qarab tizimlashtirilgan darslikdan foydalanish va uni amalyotda takomillashtirishni dars mashg'uloti jarayoni bilan birga, o'quv topshiriqlarini rivojlantirishda maqbul darsliklar, metodik qo'lanmalar yaratish tadqiqotning ilmiy-amaliy vazifasi hisoblanadi. Zamonaviy tizimlashtirilgan materiallar asosida o'zbek va ingliz tillari ta'limida o'quv topshiriqlarini lingvopedagogik asoslarini integratsion metodik rivojlantirish ushbu tadqiqot ishimiz uchun muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. // Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T: 1997. 20-29 b.

2. Axmedova M.E. //"Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari"// Monografiya //"Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi" MCHJ Toshkent-2022, 136 bet.

3. Axmedova M.E. //"Mustaqil topshiriqlar bilan ishlash va ularni baholash metodikasi" Metodik qollanma //"Tibhbiyot nashriyoti matbaa uyi" Toshkent-2022, 100 bet.

4. Axmedova M.E. //"PEDAGOGIKA" dasrlik //"Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi" MCHJ Toshkent-2022, 212 bet.

5. Abdullayev Y. "Eski maktabda xat-savod o'rgatish" - Toshkent: O'rta va Oliy maktab, 1960. - 150 b.

6. Jalolov J. Ingliz tili o'qitish metodikasi. Toshkent "O'qituvchi" 1998.

7. Axmedova M.E. Talabalarda mustaqil ta'lim ko'nikmalarini rivojlantirishning metodik xususiyatlari // O'zbekiston til va madaniyat. Metodika jurnali.T. - Тошкент, 2022. - №1(4). -Б. 70-81.

8. Axmedova M.E. Kredit tizimida mustaqil topshiriqlar // TIL VA ADABIYOT TA'LIMI jurnali. Лошкент, 2022. №6. - Б 18-20. (13.00.00; №8).

9. Akhmedova M.E. Foreign experience in the transition to a credit-module system // Principles of development of linguistic-speech competence of students in independent education // Current Research Journal of Philological Sciences (2767-3758). №3(01). - Р. 46-57 (13.00.00; №23). Journal Impact Factor 6,925

10. Akhmedova M.E. Research and application of textbooks in tutorials and manuals of higher education // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. - xmh^hctoh, 2022. - P. 165- 172. Vol. 12, Issue 01. (13.00.00; №20). (13.00.00; №23). Journal Impact Factor 8,037

11. Akhmedova M.E Improvement of didactic, pragmatic methods of independent study tasks in philological education in the credit-module system // Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. - xhhahctoh, 2022. - P. 86-90 Vol. 12, Issue 02. (13.00.00; №23). Journal Impact Factor 8,625

12. Akhmedova M.E Improvement of pedagogical - pragmatic processes of independent study // Tasks in philological higher education European journal of Humanities & Educational Advancements pages Vol. 3 No. 04, April 2022, Spain, - P. 279-281. (13.00.00; №23). Journal Impact Factor 7,223

13. Axmedova M.E. Features of module-credit, methods of question use and competence in creation of independent educational tasks / New York 2022. 28 iyun. Pages 217-221. Conference.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.