CHET TILLIARNI O'QITISH METODIKASI-INNOVATSIYALAR, AN'ANALAR, MUAMOLAR VA YECHIMLAR 1Amanova Onarxol Choriyevna, 2Islomov Ilyosjon Isroiljon o'g 'li
1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Denov, O'zbekiston, 2Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti
o'qituvchisi Denov, O'zbekiston.
E-mail. [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10806499
Annotatsiya. Ushbu maqolada chet til orqali ta'lim-tarbiya berish jarayoni o'qitish metodikasi va innovatsiyalar,an'analar haqida, O'qituvchi chet tili darsini o'qitish metodidan to'g'ri foydalanish orqaligina darsni to'g'ri tashkil qilishi mumkin. "Chet tilini o'qitish metodikasi" chet tili darslarining ta'lim me 'yorlarini o'quvchilarga darsda va darsdan tashqari mustaqil ta'lim materiallarni qanday o'tkazishni belgilab beradi, hozirgi kunda har bir hayotda ingliz tilini o'rganishda turli darajadagi muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish juda muhim ahamiyatga ega
Kalit so'zlar: metodlar (o'rganish usullari), innovatsiyalar(yangi loyihalar),mustaqil ta'lim,muloqat,malaka
Abstract. In this article, the process of learning through a foreign language talks about teaching methods, innovations, and traditions. A teacher can properly organize a lesson only using the method of teaching a foreign language. The "Methodology of Teaching a Foreign Language " defines educational standards for foreign language classes, and methods of transmitting independent educational materials to students in the classroom and outside the classroom.
Currently, everyone has a different level of communication skills while learning English.
Keywords: methods (learning methods), innovation (new projects), independent education, communication, competence
Аннотация. В этой статье процесс обучения через иностранный язык рассказывает о методах обучения, новациях и традициях. Учитель может правильно организовать урок только с использованием метода преподавания иностранного языка. Методология преподавания иностранного языка определяет образовательные стандарты для занятий на иностранных языках, а также методы передачи независимых учебных материалов учащимся в классе и за его пределами.
В настоящее время каждый человек обладает различным уровнем навыков общения при изучении английского языка.
Ключевые слова: методы (методы обучения), инновации (новые проекты), самостоятельное образование, коммуникация, компетентность
Kirish:"Til bilgan-el biladi" maqoli bejizga aytilmagan. Birinchi navbatta chet tililarni o'rganish,eng muhim vazifalardan hisoblanadi; Buning uchun ona tilini grammatik jihatdan yaxshi o'zlashtirganlar tilni chog'ishtirib o'rganishlari oson kechadi.Bazi ingliz tilidagi grammatikani o'rganish chog'ida o'zbek tilida movjud bo'lmagan"artikl"yangilik grammatik kategoriyaga oid tushuncha bilan boyiydi.
Talafuzni o'rgatish ko'nikmalarini rivojlantirish tinglab tushunish,o'qish, gapirish va yozish rivojlanadi. Chet tillari orasida ingliz tili eng ko'p so'zlashiladigan til hisoblanadi. Aniqlanishicha bugungi kunda ingliz tilini 5 milliard so'zlashuvchilariga ega bo'lgan, eng ko'p tushuniladigan tilga aylanib bo'lgan.Xalqaro beznes hamda milliy agentlikda chet tilini shaxslar
uchun talab juda ham yuqori. Pedagogikaning rivojlangan tajribalari hamda ta'limda erishilgan yutuqlarni amaliyotga olib kirish bugungi kunning muhim shartlaridan hisoblanadi.
Hozirgi kunda axborot almashish, tezkor muloqot asrida insonlarning ruhiy zo'riqishlarini kuchaytirmoqda. Ko'pchilikda toqatsizlik, asabiylik, ruhiy tushukunlik xolatlari kuzatilmoqda. Har bir jamiyatda muhitni sog'lomlashtirish, kelajak avlodni ayniqsa yoshlarni ruhan, ham jismonan sog'lom qilib tarbiyalash vazifasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun ham mamlakatimizda sog'lom avlodni tarbiyalash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Ingliz tilini o'rganishga quydagi maqol ayni mudao bo'ladi "Sendan harakat,mendan barakat", "If you try or work hard, I(God)will give you result or weath". Turli xil harakatlar va metodlar yordamida o'rganish yaxshi samara beradi. Xilma -xil metodlar yordamida batafsil yoritishga e'tibor qaratiladi. Jumladan, har bir usul bosqichma-bosqich oddiydan murakkabga qarab, yosh darajasi hisobga olingan holda amaliyotga tadbiq etilishi kerakligi haqida fikr yuritildi. Hozirgi kunda ingliz tilini o'rganishda turli darajadagi muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish juda muhim ahamiyatga ega. Bo'lajak o'qituvchilarning olgan metodik bilimlarini amaliyotda qo'llay olishga malakalar hosil qiladi.Taxsil olish jarayonidagi amaliy va nazariy bilim malakalarni mehnat faoliyatida samarali qo'llay olishiga kofil bo'la oladi. Metod-tizimli ta'limda usul,reja asosida maqsadga erishish Metodlarning rivojlanishga mustaqil ta'lim rivojlantirish ham o'z samarasini berayotganini ko'rishimiz mumkin. Til o'rganish hozirgi kunda juda muhim. Hol buki, o'qituvchi o'z fanini amaliy va nazariy jihatdan puxta o'zlashtirgandagina professional o'qituvchi bo'la oladi. Innovatsiyalar, Chet tili darslarining ta'lim me'yorlarini,o'quvchilarga darsda va mustaqil ta'lim materiallarni qanday tayyorlashni belgilab beradi. chet tilidan dars beradigan bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy jihatdan tayyorlaydi. Asosiy qisim: Til asosiy aloqa vositasidir, usiz inson jamiyatining borligi va rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Ingliz tilini dunyoning aksariyat qismlarida so'zlashadigan til sifatida ko'rib, bugungi kunda bu tilni o'rganishga bo'lgan talab va ahamiyatni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Ingliz tili o'rganishga bo'lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bog'cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tili o'rganishga harakat qilyaptilar. Zamonaviy ta'lim innovatsiyalari ta'lim jarayonini samaradorligini oshirish va o'quv jarayoniga ko'proq individuallikka e'tibor berish orqali takomillashtirishga qaratilgan. Innovatsiyalar malakalarni o'zlashtirish qonuniyatlarini o'rganuvchi, shaxsni turli faoliyat turlariga, o'qitishning mazmuni, usullari va tashkiliy shakllariga, ta'lim jarayonining uning ishtirokchilariga ta'sirini o'tkazuvchi sohasi hisoblanadi. Innoatsiya ikki jihatda ko'rib chiqiladi: o'qitishning yondashuvlari va prinsplari. Prinsip - faoliyat turlarida pedagogik tushunchaning, idrok etilgan qonun va qonuniyatlarni. Innovatsiyalar-yangi turdagi samarali faoliyat bo'lib,uning natijasi yaqqol ko'rinadi.Bu esa o'qitishning maqsadlari, mohiyati, mazmuni, tuzilishi haqidagi bilimlar, uni amaliyotning tartibga soluvchi normasi sifatida ishlatishga imkon beradigan instrumental ifodasidir. Innoatsiya - bu amaliyotga tadbiq etishning asosiy maqsadi bo'lib, faoliyat tadqiqotchisi maqsadli ishni o'zlashtirish yo'llari ishlab chiqadi va samarasini ko'rsatadi.
Talabalarning bilimini rivojlantirishda,ko'proq mustaqillikka e'tibor beradigan yangi ta'lim paradigmasi, Paradigma - (grekcha — „namuna, andoza") — ilmiy hamjamiyat tomonidan tan olingan va yangi ilmiy tadqiqot ... birinchi navbatda, o'quvchilarga maxsus mavzular bo'yicha bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga yordam beradi. Pedagogik amaliyotni an'anaviy tarzda kurslar kesimida yo'lga qoyish juda samarali olib borilmoqda. Shuningdek, talaba o'z bilimidan pedagogik amaliyot jarayonida,4ga/2tarzda olib borilish faoliyati juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Malakaviy amaliyot jarayonida faoliyatni bajarishda, maktab hayotida yuzaga keladigan turli
qiyinchiliklarni bartaraf eta olishi osonlashadi. Bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorlashda malakaviy amaliyotni o'rinni katta "Chet tillarni o'qitish metodikasi" kursining ham bir qancha maqsadlari bor. Ular quyidagilar: 1. Maktabda chet tilini o'qitishning asosiy xususiyatlarini ochib berish va o'quvchilarni nazariy bilimlarini amaliyotda duch keladigan muammolarni hal qilishda qo'llashga o'rgatish; 2. Talabalarni mamlakatimizda va xorijda xorijiy tillarni o'qitishning asosiy yo'nalishlari bilan tanishtirish; 3. Metodikani fan sifatida ko'rib, uning qismlarini o'rgatish. Shuningdek, chet tilini o'qitish jarayonida talabalarni ijodiy mehnat qilishga yo'naltirish; 4. Talabalarni ilg'or o'qituvchilarning tajribalari va pedagogik ishlari bilan tanishtirish va amaliyot davomida o'sha tajribalardan foydalanishni o'rgatish; 5. Seminar va amaliy mashg'ulotlarda maktab ishida va chet tilidan dars berishda o'qituvchi uchun zarur bo'lgan malakalarni talabalarga o'rgatish; 6. Bo'lajak o'qituvchini ilmiy uslubiy adabiyotlarni o'qishga, ular bilan hamqadam bo'lishga o'rgatish Ularning kasbiy saviyasini, bilimini oshirish uchun tinmay mehnat qilishga tarbiyalash; Metodologiya. O'qitish metodikasi - bu o'qituvchi va talabalarning o'zaro tartibli bog'langan faoliyatlari orqali metodlarni o'rganadigan fanlar majmuasidir. Metodologiya- ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan, hamda o'qituvchining maqsadli harakatlar tizimi asosida o'quvchilarni maqsadlariga erishishga yetaklaydigan ta'lim faoliyati hisoblanadi. Metodika bir qancha o'qitish usullarini o'z ichiga oladi, ular quyidagilar: an'anaviy, innovatsion va boshqalar. Chet tilini o'rgatish metodologiyasi biron bir fanga bir tomonlama yo'naltirishdan qochgan holda, o'qitishning nazariy va amaliy masalalarini hal qilishda asosiy va tegishli fanlar ma'lumotlarini o'z ichiga oladi . Metodologiya fan sifatida ta'lim jarayoniga asoslanganxolda, tarkibiy qismlarga bo'linadi, bular: o'qituvchining o'quv faoliyati, mashg'ulotlarni tashkil etish (maqsadlari, mazmuni, texnikalari, usullari va vositalari), talabalarning ta'lim faoliyati. bu o'qitish usullari va turlarini tanlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Chet tillarni o'rganishdagi muamolar va yechimlar; o'qitish jarayonida uchta asosiy komponentdan iborat. Komponent - o'qituvchi va talaba o'rtasidagi o'quv jarayonida maqsadni amalga oshirishga qaratilgan harakatlar majmui bo'lib, o'quv jarayonining uchta asosiy komponenti bor. Ular quidagilar: 1. O'qituvchining faoliyati. 2. Ta'lim olish shartlari. 3. Talabalarning faolligi. O'qituvchi faoliyati o'z navbatida o'qituvchining shaxsiyati, o'quvchilarga munosabati, psixologik holatini o'z ichiga oladi.Ta'lim muhiti haqiqiy ta'lim sharoitlarini o'z ichiga oladi. Bunga o'qitishning uslubiy ishlari, o'qitish vositalari kiradi. Talaba faoliyati o'quvchining shaxsiyati, uning o'qish qobiliyati va boshqalarni o'z ichiga oladi. Ushbu uchta komponent birlashtirilishi va bir-birini to'ldirishi kerak. Qachonki, bu yagona yoki birlashtirilgan faoliyat bo'lsa chet tilini o'rgatish jarayoni shunchalik samarali bo'ladi. Shuning uchun bo'lajak o'qituvchi bu uch komponentni hech qachon unutmasligi kerak. Binobarin, «Chet tillarni o'qitish metodikasi» o'qitishning maqsadi, mazmuni, muamolarga yechimlar vositalarini o'rganuvchi fandir.
Til o'rganish muamolari: Chet tillarni o'qitishda muamolar va qiyinchiliklar ham mavjud.To'rt asosiy nutq faoliyati turidan tashqari qo'shimcha nutq faoliyati turlarini ham o'rganib chiqishni tavsiya etadi chet tilidan ona tiliga og'zaki/yozma o'girish,o'zga shaxs nutqini aytib turganda yozish,grafik matnning mazmunini boshqalarga yetkazish uchun ovoz chiqarib o'qish. Bu muamolar o'quvchilar va o'qituvchilar orasida kommunikatsiya muammolaridan boshqa muammolarni ham o'z ichiga oladi.
Yechimlar: Chet tillarni o'qitishda ta'lim mazmunining shakllanishiga bevosita ta'sir qiladi. Nutq malakalariga qo'yiladigan talablar,avval ta'kidlanganidek, o'quv dasturlariga
bosqichma- bosqich yozib qo'yiladi.Nutq faoliyati turlari bo'yicha miqdor va sifat ko'rsatkichlari belgilanadi.
Chet tillarni o'qitish metodikasi, innovatsiyalar, an'analar, muamolar va yechimlar mavzusi global o'qitish sohasidagi muhim muddatlardan biridir va bu muddatlarga e'tibor qaratgan holda o'qitish jarayonini yanada samarali qilish mumkin. XULOSA
Ushbu maqolada biz ingliz tilini o'rganishning asosiy usullarini muhokama qildik. Chet tillarini o'qitishda asosiy e'tibor bugunda til o'rganuvchilarda quydagi bilim,ko'nikma va malakalarini o'zlashtirishi kerak;
I. Nutq faoliyati turlari
II. Til materiali (leksika,grammatika,talaffuz).
III. Lingvistik bilimlar (leksikologiya,grammatika,fonetika,mustaqil ta'lim)
IV. Chet tili o'qitish metodikasi(nazariy kurs,amaliy mashgulot-pedagogik amaliyot). Grammatik birlikning tuzilishidan uning ishlatilish qoidalari va so'zlovchining muloqot jarayonida qay hollarda qo'llanilishiga qarab ketma-.ketlikda tuzildi. Ta'lim sharoitini maqsadi ,mazmuni, metodi, innovatsiya va mustaqil ta'limni o'rni bir-biri bilan bog'liq.
Xullas pedagogik g'oyalar va ingliz tilini o'rganishning turli usullari ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rgatishda qo'llaniladigan turli yondashuvlar va texnikalarni nazarda tutadi.Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylandi. Shuni misol qilib qytishimiz mumkinki, til bilish seritifikatlari asnosida 20% dan50% gacha ustama pullari har oyiga to'lanishi. Xulosa qilib shuni ayta olamizki, zamonaviy tilni o'rgatish ko'proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga va raqobatbardosh biznesni yo'lga qo'yishga juda qo'l keladi. O'z-o'zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko'nikmalariga ega ekan. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir.Bu maqolada til o'rganish yo'llarini ko'rsatibgina qolmay,yaxshi natijalarga erishishga doimiy yordam bo'la oladi,deb o'ylaymiz.
Bilamizki,ingliz tili nafaqat ta'limda balki,texnologiya,internet,axborot xatto turizmda ham eng kerakli bo'lgan universal tilga aylanib ulgirgan.Albatta har bir rivojlanish yaxshi olingan va berilgan ta'limga borib taqaladi.Ayni paytda virtual olamdan foydalanish,kompyuter grafikalari yaratish kuchayib bormoqda qolaversa,mashhur veb brauzerlarning ko'pchiligi asosan Amerika davlatida joylashgan,o'z-o'zidan ularning ish tili ingliz tilida yuritiladi.Oddiy hayotimizda foydalanadigan maishiy texnika anjomlaridan foydalanishda ham inglizcha qo'llanish yo'riqnomasiga ega.Ingliz tili nafaqat ta'lim sohasida odatiy turmushda ham kerak.Ingliz tilini ta'lim jarayonida yaxshi o'rganish zarur.
REFERENCES
1. Гальскова Н.Д., Гез Н.И. Теория обучения иностранным языкам. Лингводидактика и методика: учеб.пособие для студ. лингв. ун-тов и фак. ин.яз. высш.пед.учеб. заведений / Н.Д. Гальскова, Н.И. Гез.- 3-е изд., стер.- М.: Издательский центр «Академия», 2006
2. GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2024 https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal January, 2024.
3. Ф.М.Ражжова.Вопросы. обучения иностранным языкам в средних профессионально-технических училишах-М.Высшая школа,1984-9-12-betlar.
4. Jumanova Dilbarxon Ahmadaliyevna. Международныйнаучныйжурнал №5 (100), часть2 «Научный импульс» Декабрь, 2022
5. Shabnam Jo'Raboyevna Toliboboyeva. Academic Research in Educational Sciences Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение» Iyun, 2023
6. Sheraliyeva Sarvinoz Jahongir qizi.SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JURNAL VALUME ISSUE8 UIF-2022 82 ISSN-21.81-3337
7. Shavkatova Shohida Shavkat qizi "PEDAGOGS" international research journal ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995
8. https://elib.buxdupi.uz/books/Pedagogikaning%20konseptual%20asoslari.pdf